9019
✅ Software Engineer & AI Specialist 🚀 7 yil coding, 400+ mentorlik Sun'iy intellekt va IT olamidagi eng so'nggi yangiliklar va darslar. Admin: @javohircoder ⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Arxiv video 😁
Aytaman chatgptga ishonmang deb
Link: Instagram
Ish topishning noodatiy usuli
Noodatiy, chunki deyarli hech kim ishlatmaydi.
Odatiy usul - Ishga joylashmoqchi bo’lgan odam, chiroyli “cv” tayyorlaydi, yuboradi, javob kutadi.
Bilmaydiki, shunday kutayotganlar yuzlab bo’ladi.
Siz yuzlab joyga yuborgansiz, ular ham yuzlab kandidat olgan. Tanlanish uchun eng zo’ri yoki eng omadlisi bo’lish kerak.
Noodatiy usul: Xohlagan ish joyingizni tanlaysiz. Yaxshilab o’rganasiz. Xizmatlaridan foydalanib ko’rasiz. Kamchiliklarni topasiz (ular hammada bor). Kompaniya boshqaruvchilariga yaxshilash bo’yicha takliflaringizni yuborasiz.
Adekvat boshqaruvchilar albatta chaqirib, gaplashib ko’radi. O’zingizni intervyuda ko’rsatasiz. (cv da ko’rsatishdan osonroq)
Adekvat bo’lishmasachi? Kamchilikni aytgan odamni blok qilishsachi? Chaqirishmasachi? Yanada yaxshi, yomon ish beruvchidan qutulib qoldingiz)
Bizni bitta marketologimiz va menejerimiz aynan shunday qilib ishga joylashgan)
P.S.
Bu usul asosan kichik va o’rta kompaniyalar uchun ishlaydi.
@azizrakhimov_blog
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin 🥳
Terma jamoamizga ham omad bersin bugun 🤲
⚡️Telegram katta yangilanishni chiqardi. Nimalar o’zgardi:
— ovozli xabarlarni kesish qo’shildi: buning uchun pauzaga qo’yib, kerakli joyini belgilash kifoya;
— suratlarni yuqori sifatda jo’natish: galereyadan rasmni tanlab, pastki qismida HD'ni belgilang;
— kanallar adminiga takliflarni yozish: administratorlar uning bepul yoki pullikligini belgilashi mumkin (har bir xabar uchun 10 000 stars'gacha);
— shuningdek, so’rovnomalardagi tanlov variantlari soni 10 dan 12 tagacha oshirildi.
📟 DigiTech
🔥 This summer, Telegram users will gain access to the best AI technology on the market. Elon Musk and I have agreed to a 1-year partnership to bring xAI’s chatbot Grok to our billion+ users and integrate it across all Telegram apps 🤝
💪 This also strengthens Telegram’s financial position: we will receive $300M in cash and equity from xAI, plus 50% of the revenue from xAI subscriptions sold via Telegram 💰
Telegram + Grok = ❤️📈🏆
Photoshop ishlatishni biladi, lekin 05/21 — bu karta olingan sanasi emas, amal qilish muddati ekanini tushunmagan. Aql Photoshopda qolib ketgan shekilli! 😁
Читать полностью…
📌 Dasturlashni o‘rganish uchun eng yaxshi YouTube kanallar
🔹 Boshlang‘ichlar uchun
✅ freeCodeCamp.org – 100% bepul kurslar (HTML, CSS, JavaScript, Python va boshqalar)
✅ Programming with Mosh – Python, JavaScript, React, Node.js
✅ Traversy Media – Veb-dasturlash, full-stack texnologiyalar
✅ Code with Harry – JavaScript, Python va boshqa tillar bo‘yicha soddaligi bilan mashhur
🔹 O‘rta daraja
🚀 The Net Ninja – JavaScript, React, Vue, Firebase
🚀 Academind – Full-stack development, Node.js, React, TypeScript
🚀 Web Dev Simplified – JavaScript va veb dasturlash bo‘yicha chuqur tushuntirish
🔹 Amaliyot va loyiha qilish uchun
🔥 Ben Awad – React, GraphQL va TypeScript loyihalari
🔥 Codevolution – React, Redux, TypeScript, Next.js
🔥 Tech With Tim – Python, AI, Machine Learning
🎯 Foydali bo‘lsa saqlab qo‘ying va do‘stlaringizga ulashing! 🚀💻
Telegram yaxshida kimni qayerlik ekanligni aytmasa ham bilasiz 😁
Читать полностью…
O‘tirganimga kichkina ko‘rinayapmanmi deyman sizlarni ko'zlaringizga ? 😁🦾
O‘tganimga qaramang, siz uchun 5–6 may kunlari dasturlash bo‘yicha ajoyib mavzular tayyorlaganman!
Hozirning o‘zida pastdagi linkni bosib, kanalga o‘tib oling
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
Bonuslar va darslar tayyor 🔥😍
AI darslari ham bonusda Yana qo'shimcha 😋
Hoziroq kanalga qo'shing Tez orada darslar berilishni boshlaydi 🎉😋
👉 Kanalga qo‘shilish
Nima deb yozilgan o'zi bu yerda? 🤯
Robotlarning aqlli bo‘lib ketgani yomonda, endi odam ekanligimizni ham isbotlash qiyinlashib boryapti! 😄
Kechagi ajoyib turnir uchun tashkilotchilari Umar va PingPongdev jamoasiga, shuningdek, barcha qatnashuvchilarga kattakon rahmat — turnir juda ham ajoyib o‘tdi!
PingPongdev ga albatta borib ko‘rishingizni tavsiya qilaman — juda ajoyib tennis zali ekan!
Ha aytgancha 1- o'ringa sovg'a ham bor ekan unga ham rahmat 😁
Joylashuv: linktr.ee/ping_pong_dev
qoyil uzbekcha subtitle ham ancha yaxshi ishlamoqda
siz ham test qilib ko'ring
link: Youtube
🎉 Darsimiz tayyor! – 1-qism
0 dan boshlab ilk saytingizni yarating – amaliy ko‘rsatmalar bilan! 🚀
Videoni ko‘rib, amalda bajaring va natijangizni izohlarda ulashing! 😎
📺 Ko‘rish uchun link: 👉 https://youtu.be/c3RBrJKrzCU
Daromadli kasblarni uzbekcoders.uz orqali bepul oʻrganing
✅Bugungi raqamli asrda zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish imkonini beruvchi bir qator tashabbuslar mavjud. Quyidagi loyihalar yoshlarga IT, xorijiy tillar, marketing, data science, kiberxavfsizlik kabi sohalarda bepul ta’lim olish imkonini taqdim etmoqda:
💡Al-Xorazmiy vorislari (oflayn)
Dasturlash, ingliz tili, BPO, Game development yoʻnalishlarida bepul darslar.
💡Bir million o‘zbek dasturchilari (onlayn)
Coursera platformasidagi kurslarda bepul tahsil olish imkoniyati.
💡ITstudy.uz (onlayn)
Xorijiy til, elektron tijorat, marketing va SMM yoʻnalishlarida bepul darslar.
💡Kiberxavfsizlik kursi (onlayn)
Tobora rivojlanayotgan dunyoda maʼlumotlar va shaxs xavfsizligini bepul oʻrganish imkoniyati.
💡IT-shaharcha (oflayn)
Chekka hududlardagi 7-11 sinf oʻquvchilariga raqamlashtirish va xorijiy tillarni bepul oʻrgatishga qaratilgan loyiha.
💡School 21 (oflayn)
18 yoshdan oshgan barcha IT yoʻnalishida tahsil olishni xohlovchilarga dasturlashni bepul o‘rganish imkoniyati.
💡Mirzo Ulugʻbek vorislari (oflayn)
Oliy ta’lim talabalari uchun “Data Science” yo’nalishida bepul tayyorlav kurslari taqdim etishga qaratilgan loyiha.
💡IT-iste’dod (onlayn)
Xalqaro IT sertifikatga ega yoshlarning sertifikat olish hamda oʻqishga sarflagan xarajatlarni kompensatsiya qilishga qaratilgan loyiha.
💡Bilgi.uz (onlayn)
Raqamli dunyoning yetakchi kasblariga oʻqishingizga maqsadli qarz berishga qaratilgan loyiha.
Elon musk bilan Durov kelishuv asosida endi telegramda ham grok ni ishlash qobilyati qo'shiladi
Читать полностью…
🥳 Bugun haydovchilik guvohnomasini oldim. Hozirgi holatda bu unchalik oson emas, to‘g‘risi. Oxirgi marta o‘qishga kirganimda bunchalik xursand bo‘lgan edim 😄 – bu ham o‘ziga yarasha imtihon ekan.
Testlarni mustaqil internetdan o‘rganib, 1 haftada tayyorlandim. Bemalol, mustaqil tayyorlanish mumkin ekan.
Narxlar biroz yuqori. Ayniqsa, oddiy ishda ishlaydigan odamlar uchun bu ancha qimmat – shaxsiy fikrim.
Shunday bo‘lsa-da, qoidalarni yaxshilab o‘qish kerak. Haydovchilik – bu faqat guvohnoma emas, balki katta javobgarlikdir.
Bu imkoniyat tez orada yo‘qoladi – hoziroq foydalaning!
🔥 Senior Dasturchi Berdiyev Javohir sizga dasturlashdan 0 dan daromadgacha bo‘lgan yo‘lni mutlaqo bepul o‘rgatadi!
📅 5-6-may kuni bo‘lib o‘tadigan ochiq darsga qo‘shiling va ko‘plab bepul darslar hamda manbalarni qo‘lga kiriting.
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
Hurmatli obunachilar,
Biz inson xotirasi, tarixiy joylar va hayotiy voqealarni raqamli texnologiyalar orqali asrab qolish g‘oyasini ilgari surayotgan yangi platformani tayyorlayapmiz. Ushbu yo‘nalishda sizning fikringiz va ehtiyojlaringiz biz uchun muhim.
Shu sababli qisqa so‘rovnoma tayyorladik.
So‘rovnoma anonim va atigi 2 daqiqa vaqt oladi.
Havola: https://forms.gle/z5i9hahaPdSzKnYq7
So‘rovnoma natijasi asosida biz chinakam ehtiyojga javob beradigan yechimni yaratamiz. Loyihaning keyingi bosqichlarida sizning fikringiz muhim rol o‘ynaydi.
Oldindan tashakkur. Hurmat bilan,
@akobirabduganiev
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi
📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.
🏓Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
1. Umar Sadullayev
2. Khondamir Abdukhoshimov
3. codewithakbarov?si=dDkPfFr8tKaj1kKs">Zohidjon Akbarov
4. Abbos Xazratov
5. Ulugbek Samigjanov
6. Eldor Ergashov
7. Alisher Tojiev
8. Javohir Akramjonov
9. Javohir Berdiyev
10. Elbek Normurodov
11. Ikramov MuhammadMubiyn
12. Akobir Abduganiyev
13. Bobosher Musurmonov
14. Muhammadkarim Tuxtaboyev
15. Saud Abdulwahed
16. Shahzod Tursunov
1. Dasturlashda Ilk Koddan Daromadgacha Yo‘l
2. “AI va Dasturchilik”
3. “Freelance Developer Bo‘lish Yo‘li” uydan to'rib ish topish
🔥 Sizga yuqoridagi mavzular qiziqmi?
Unda “Dasturlashdan Daromadgacha” deb nomlangan 2 kunlik BEPUL ochiq darsga qo‘shiling va:
Mentor: Berdiyev Javohir
🎁 Ajoyib sovg‘alarga ega bo‘ling!
🎓 Bilimingizni oshiring va daromad olish sari birinchi qadamni tashlang!
👉 Yopiq kanalga BEPUL ulanish
ChatGPT yoki AI dasturchilar o‘rnini bosa oladimi?
Bu savolni ko‘pchilikdan eshityapman, ayniqsa dasturlashni endi boshlayotganlar orasida. To‘g‘risini aytsam — hali beri AI modellar dasturchilar o‘rnini bosa olmaydi. To’g’ri yaxshi kod yozisha oladi bu ish o’rinlariga tasir qiladi, yani 10 ta emas 5 ta yaxshi dasturchilar bilan ishni bitish mumkin bo’lib qolish ehtimoli bor.
👨💻 O‘tgan haftada bunga o‘zim guvoh bo‘ldim. Ishdan sal ertaroq javob olib ishdan ketdim, front va backendni serverga joylash vazifasini jamoamga topshirdim. Ammo frontda kichik muammo chiqib qolgan serverga build qilish vaqtida
Tajribali backendchi va DevOps mutaxassis bu muammoni AI yordamida hal qilishga urinib ko‘rishgan. Ular o‘ylagan: "Shuni ChatGPT ga bersak, darrov echimini topib beradi deb va ancha xarakat qilishgan"
Natijada 2 soat vaqt ketdi, lekin muammo hal bo‘lmagan
Men qaytib kelib, muammoni ko‘rdim — juda katta narsa emas edi. Bir necha daqiqada yechib oldik.
🎯 Xulosa: AI — bu vosita. Juda kuchli vosita. Lekin hozircha u muammolarni yechishda inson tajribasini va kontekstni tushunishni to‘liq almashtira olmaydi.
Shuning uchun, agar sizda:
"AI dasturchilar ishsiz qoladimi?" degan savol bo‘lsa —
Bemalol o‘rganavering. Sizga o‘xshagan fikr qiluvchi, muammo yechuvchi dasturchilarga hali ko‘p yillar talab bo‘ladi.
Telefondan kam foydalansangiz, hayot yoshlikdagi sekin va zavqli oqimga qaytganini sezasiz.
Ekranlarsiz kun o‘tkazib ko’ring. Atrofga qarang, odamlar bilan gaplashing, tabiatni his qiling. Telefon bizni shoshiltiradi, lekin undan voz kechsangiz, vaqtning qadrini tushunasiz.
Hayot hali ham o‘sha eski, sokin ritmda ekanini payqaysiz. O’sha kun sizga tinchlik va xotirjamlik beradi. Yoshlikdagi sekinlikni qaytarish uchun ekranlardan uzoqlashing!
@abdusattor