“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
✅ Plastik kartadgi pullar yechilgan
✅ Qonunbuzarlikka chek qo‘ildi
✅ Go‘sht mahsuloti noqonuniy tashilgan
✅ Tanishini aldagan
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Kinologlar xizmat itlari bilan birga sinovdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik oʻquv markazi hamda JXD JTSX kinologiya boʻlimi naslchilik pitomnigining mutaxassis xodimlari jizzaxlik kinologlar va ularning xizmat itlarini sinovdan oʻtkazishdi. Jarayonda soha xodimlari xizmat itlari bilan giyohvand va portlovchi moddalarni qidirib topish hamda iz-qidiruv yoʻnalishlarida mahoratlarini namoyish etishdi.
IIVning tegishli buyrugʻi bilan oʻtkazilgan sinovda kinolog xodimlar va xizmat itlarining maxsus yoʻnalishlar boʻyicha tayyorlanganlik darajasi baholandi.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning oʻtgan 4 oyi davomida Jizzax viloyati IIB JXX JTSB kinologiya boʻlinmasi xodimlari xizmat itlari bilan tergov-tezkor guruhlari tarkibida 105 ta voqea joyiga chiqishib, 45 ta jinoyatni ochishgan. Ularning 12 tasini oʻgʻirlik, 32 tasini giyohvand modda va 1 tasini noqonuniy ov quroli bilan bogʻliq qonunbuzarlik tashkil etdi.
👮♂️👉/channel/jiziib
#no_comment
#xavfsiz_tun
👮♂️Haftada 7 kun, har kuni 24 soat davomida tinchlik va osoyishtalik yo'lida xizmatingizdamiz, yordamga tayyormiz!
Jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda qonunbuzilish holatlariga chek qoʻyish maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga Jizzax viloyati IIB boshlig‘i general-mayor G‘.T.Qodirov tomonidan xizmat oldi yoʻriqnoma berildi.
TUNINGIZ OSUDA O‘TSIN.
BIZ XIZMATDAMIZ!
02.05.2024- yil
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Jizzax shahri hamda Sharof Rashidov tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya faoliyati tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boqsharmasi hamda viloyat prokuraturasi mutasaddilari oʻtkazgan majlisda mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish, fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi hamda kiberxavfsizlik boʻlinmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Uchrashuvda tergov faoliyati, bugungi kunda amaliyotda koʻp uchrayotgan firibgarliklar, qonunbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar xususida soʻz bordi.
👮♂👉/channel/jiziib
Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бўлиб ўтмоқда. Тадбирда 93 та давлатдан икки ярим мингдан ортиқ хорижий меҳмонлар келган.
Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бўлиб ўтмоқда. Унда давлат раҳбари нутқ сўзлади.
Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
Yoshlarning huquqiy bilimi boyitildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Gʻofur Bozorov rahbarligidagi ishchi guruh IIV Jizzax akademik litseyida oʻquvchilar bilan uchrashishdi. Mazkur tadbirda tergov faoliyati, bugungi kunda amaliyotda koʻp uchrayotgan firibgarliklar, qonunbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlayotgan omillar xususida soʻz bordi.
Taʼkidlanishicha, tergov faoliyatida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya toʻliq roʻyobga chiqib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilayotgani, shu bilan birga kiber makonda sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning salbiy oqibatlari ham tilga olindi.
Ochiq muloqot tarzidagi tadbirda litsey oʻquvchilari mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan javob olishdi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Payariqda boʻlsa ham tutdilar
Forish tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari kapitan Vaxob Balxiyev hamda katta leytenant Bektemir Qurbonboyev rastrata va talon-taroj qilish jinoyatlarini sodir etganligi uchun qidiruvda boʻlgan N.E.ning Samarqand viloyati Payariq tumanidagi yashirin manzilini aniqlab, gumonlanuvchini qoʻlga oldilar. Forish tumanida yashovchi ushbu shaxs ayni vaqtda hibsxonada.
👮♂👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi 4- sonli oʻrta umumtaʼlim maktabining oʻquvchi qizlari oʻrtasida sportning “Voleybol” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
👮👉/channel/jiziib
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган қатор делегациялар раҳбарларини қабул қилди.
Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
G‘alaba muborak
Joriy yilning 27-28-aprel kunlari Fargʻona shahrida o‘tkazilgan sportning Taekwon-do ITF turi boʻyicha kattalar, yoshlar va oʻsmirlar oʻrtasidagi “Oʻzbekiston chempionati”da
Doʻstlik tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant Usmonqulova Sarvinoz Baxtiyor qizi munosib ishrirok etib, faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
👮♂👉/channel/jiziib
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров Зафаробод тумани “Тинчлик” МФЙда “Обод хонадон”, “Обод кўча” ва “Обод маҳалла” дастури доирасида амалга оширилаётган ишларнинг боришини кўздан кечирди. Шунингдек, вилоят ва туман мутасаддилари билан “Нурафшон” ШФЙ ҳудудидан ўтган “Пахтакор –Чимқўрғон” автомобил йўлининг 92 километридаги таянч устуни яроқсиз ҳолга келган кўприкни таъмирлаш бўйича кўрилаётган чораларни муҳокама қилди.
👮👉/channel/jiziib
Sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi
Jizzax viloyati IIB JXX JTSBga qarashli maʼmuriy qamoqqa olangan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxona xodimlarining tibbiy bilimi oshirildi. Mazkur tadbirda viloyat IIB tibbiyot boʻlimi xodimlari tomonidan sogʻlom turmush tarziga rioya qilish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida shifokorlar vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtish, antropometrik oʻlchovlar, sogʻlom ovqatlanish boʻyicha maʼlumotlar berishdi. Har kuni piyoda sayr qilish, velosipedda koʻproq masofalarni aylanib kelish sogʻliq uchun foydali va koʻpgina kasalliklarning oldini olishda katta samara berishi yetkazildi. Jarayonda xodimlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
👮👉/channel/jiziib
Doʻstlik tumanidagi oʻrta umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan “Vatanparvarlik va huquq” toʻgaragi hamda “Lider vatanparvarlar” guruhi aʼzolari Toshkent shahriga sayohat qilishdi. Yoshlarda vatanparvarik ruhini kuchaytirish, shijoat va ishtiyoqni oshirish, boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish maqsad qilingan tadbir tuman sektorlari tomonidan uyushtirildi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этиш учун мамлакатимизга келган қатор делегациялар раҳбарларини қабул қилди.
Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
✅Telefonni olib qochib ketishgan
✅“Og`u” sumkada saqlangan
✅Qochoq yashiringan joyida ushlandi
✅Noqonuniy ravishda AQSh dollarini sotib olgan
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda qonunbuzilish holatlariga chek qoʻyish maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga Jizzax viloyati IIB boshlig‘i general-mayor G‘.T.Qodirov tomonidan xizmat oldi yoʻriqnoma berildi.
Jizzax viloyat prokuraturasi, viloyat va shahar ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va FVB xodimlari ishtirokidagi yo'riqnomada fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yo‘l transport hodisalari va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar tushuntirildi.
Yo‘riqnoma so‘ngida xizmat vazifasiga vijdonan yondoshib, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarni aniqlashda kasb mahoratlarini namoyon qilgan viloyat IIB JXX JTSB PPXB va HPBlarining bir guruh xodimlari ragʻbatlantirildi. Shuningdek, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
TUNINGIZ OSUDA O‘TSIN.
BIZ XIZMATDAMIZ!
02.05.2024- yil
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Jizzax shahrining Zargarlik mahallasi hududdagi savdo doʻkoni eshigi qulfini buzib kirgan shaxs qoʻlga olindi, jinoyat “issiq izi”da fosh qilindi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Diyor yangiliklari
Huquq-tartibot xodimlari o'rtasida ARM-RESLING musobaqasi
👮♂👉/channel/jiziib
Doʻstlik tumani IIB xodimlari va hamkor tashkilotlarga “Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan yoʻriqnoma berildi.
Bu jarayonda ko’p qavatli uylarning tom va yerto’lalari, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari, savdo, ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tashlandiq binolarni ko’zdan kechirish, huquqbuzarliklarni aniqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta‘minlashga oid topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga kiber jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik hamda elektor energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish bo’yicha tushuntirishlar olib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.
👮♂️👉/channel/jiziib
✅2024 yil 2 may soat 17:00 da
📍 "So'g'diyona" markaziy o'yingohida
✅O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Madaniyat saroyi "Ashula va raqs" ansamblining konsert dasturi
Kirish BEPUL
☑️Dasturda
Fonogrammadan foydalaniladi
Barcha
✅Jizzaxliklarni taklif qilamiz
👮♂️👉 /channel/jiziib
Profilaktika inspektorlari saʼy-harakati bilan
Sharof Rashidov tumani IIB 3-sonli IIB HPG profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Sherzod Alimov “Xavastlik” mahallasida yashovchi B.A. tomorqasida 8 tup kannabis yetishtirayotganligini fosh qildi. Xuddi shunday, profilaktika inspektorlari mayor B.Ergashev hamda kapitan Gʻ.Oʻroqov Sharof Rashidov tumanining “Moʻlkanlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Z.Sh. yashash xonadonida 3 tup koʻknori parvarishlayotganligini aniqladilar. Gumonlanuvchilarning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.
👮👉/channel/jiziib
Mirzacho‘l tumanida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bilan birga jinoyat hamda huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan sayyor patrul tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda tadbirkorlarga savdo va xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda tungi vaqtda ishonchli qoʻriqlov tashkil etish targʻib qilindi. Shuningdek, qarovsiz qoldirilgan velosiped va narsa buyumlarning egalariga bu kabi holatda qoldirmaslik, aholiga esa oʻgʻirlik, kiberjinoyatchilik va firibgarlikka oid qonunbuzarliklardan ogoh boʻlish kerakligi tushuntirildi.
👮👉/channel/jiziib
Bugun, 2 may
☁️ +27°...+16°, Bulutli
Hozir: ☁️ +18°, ⬅️ 0.3 m/s
Tong: ☁️ +20°
Kun: ☁️ +27°
Oqshom: ☁️ +24°
Namlik: 25%
Shamol: Sharqiy-shimoli-sharq, 5.5 m/s
Bosim: 760 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:27
Quyosh botishi: 19:24
Jizzax viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, osoyishtalikni saqlash yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda. Bunda asosiy eʼtibor mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish, aholi oʻrtasida elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanishni targʻib qilish, bandlik va tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilayapti. Mirzachoʻl tumanida olib borilayotgan bu boradagi ishlar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi mutasaddilari tomonidan oʻrganilib, qonunbuzarlik sodir etilishiga sabab boʻluvchi omillar bartaraf etildi.
👮👉/channel/jiziib
Vaziyat 24
#30apr #uzbekiston24
Forish tumanida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbiri oʻtkazildi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi boshligʻi fuqarolar bilan muloqot qildi. Qabulda murojaatchilarni qiynayotgan masalalarga masʼullar ishtirokida yechim izlandi.
👮👉/channel/jiziib
Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari -Tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, podpolkovnik Xabibullayev Azizbek Xabibullayevichning fuqarolar uchun qabuli oʻtkazildi.
Mazkur qabulda Jizzax viloyatining barcha hududlaridan 10 dan ziyod kishi tergovchi va surishtiruvchilar ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlari hamda jinoyat ishlari boʻyicha murojaat qilishdi. Har bir masala masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilib, ularni hal etish choralari koʻrildi.
Muloqot chogʻida ayrim fuqarolar soha xodimlariga oʻz minnatdorchiliklarini ham bildirishdi. Xususan, Arnasoy tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi bir kishining arizasini qanoatlantirib qonuniy hal qilib bergani uchun jabrlanuvchi tomonidan tashakkur bildirildi.
👮👉/channel/jiziib