“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni
✅ Qo‘chqorlar o‘g‘irlangan
✅ Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi “pishmadi”
✅ Qochoq ushlanib hibsxonaga joylashtirildi
✅ O‘g‘irlangan qayiqlar motorlari topildi
Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax viloyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Forish tumani IIOlaridan nafaqaga chiqgan faxriylar oʻrtasida sportning mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazilib, gʻoliblarga diplom va estalik sovgʻalar topshirildi.
👮♂👉/channel/jiziib
📌 Жиззах вилояти прокуратураси томонидан Зафаробод туманидаги Учинчи минтақавий ҳудуд 30-сонли манзил-колонияда маҳкумларга яратилган шарт-шароитлар ўрганилди.
Тадбирда, вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси тизимининг олий тоифали шифокорлари томонидан жазо муддатини ўтаётган маҳкумлар чуқурлаштирилган тиббий кўрикдан ўтказилиб, зарур тавсиялар берилди.
Шунингдек, уларнинг муаммо ва таклифлари ўрганилиб, ҳуқуқий тушунтиришлар берилди.
Колонияда жазо муддатини ўташ мобайнида белгиланган тартиб қоидаларга тўлиқ риоя қилиб, тарбиявий тадбирларда фаол иштирок этган бир гуруҳ маҳкумларга китоблар совға қилинди.
Жараёнда, сайёр суд мажлиси ўтказилиб, 5 нафар маҳкумларнинг ўталмай қолган жазоси енгил жазога алмаштирилиб, оиласининг бағрига қайтарилди.
👮♂👉/channel/jiziib
Bugun, 28 aprel
☁️ +17°...+9°, Bulutli
Hozir: ☁️ +11°, ⬇️ 3 m/s
Tong: ☁️ +11°
Kun: ☁️ +16°
Oqshom: ☁️ +16°
Namlik: 25%
Shamol: Shimoliy-shimoli-g'arbiy, 4.9 m/s
Bosim: 767 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:32
Quyosh botishi: 19:19
Zarbdor tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, aholi osoyishtaligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman sektorlar rahbarlari, mutasaddi korxona va tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yigʻilishda aholi uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan aniq vazifalar belgilandi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati huquq-tartibot organlari xodimlari armrestling boʻyicha bellashishdi. Ichki ishlar vazirligi Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashi birinchiligi uchun tashkil qilingan musobaqa gʻoliblari munosib taqdirlandi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Жиззах вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, маҳаллаларни обод қилиш, ички ишлар органлари ходимлари учун бунёд этилаётган турар жойлар қурилиши борасидаги ишлар билан танишди.
👮👉/channel/jiziib
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров Куёвбоши маҳалласида ИИО ходимлари учун барпо этилаётган турар жойлар қурилиши билан танишди. Маълумот ўрнида айтиш керак, бу ерда 104 та уй қурилмоқда.
Таъкидлаш жоиз, мазкур турар жойлар олдида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида мевали боғ ташкил этилган. Вилоят ИИБ бошлиғи ушбу боғга ҳашар йўли билан экилган 250 туп гилос кўчатларини парваришлаш, уларни ўз вақтида суғориш ва зарур минерал ўғитлар билан озиқлантириш бўйича кўрсатма ва топшириқлар берди.
Сектор раҳбари Жиззах шаҳрининг Обод маҳалласида “Обод хонадон, обод кўча, обод маҳалла” дастури асосида бажарилаётган ишларнинг боришшини ҳам кўздан кечирди. Ҳозирда ушбу аҳоли пунктида пиёдалар йўлакчаси бетонланиб, автотураргоҳ ва болалар майдончалари таъмирланаяпти. Кўп қаватли уйларнинг кириш йўлакларига темир эшиклар ҳамда тунги ёритиш чироқларини ўрнатилаётир. Шу қаторда уйлар атрофини обод қилиш, гул ва манзарали дарахт кўчатлари экиш ишлари давом эттирилмоқда.
👮👉/channel/jiziib
“Китобхонлик ҳафталиги” тадбири доирасида ИИВ Жиззах академик лицейи ўқувчилари вилоят ИИБ кутубхонаси фаолият билан таништирилди. Маънавий-маърфий тадбирда ўғил-қизларга кутубхона фонди, кутубхонадан фойдаланиш тартиб ва қоидалари ҳақида маълумот берилди. Ўқувчилар ўзларини қизиқтирган саволларга муассаса масъулларидан атрофлича жавоб олишди. Шунингдек, лицей ўқувчилари кутубхонага аъзо бўлиб, бадиий, ҳуқуқий ва ўқув-услубий китобларни мутолаа қилишди.
----------------------------------------
“Kitobxonlik haftaligi” tadbiri doirasida IIV Jizzax akademik litseyi oʻquvchilari viloyat IIB kutubxonasi faoliyat bilan tanishtirildi. Maʼnaviy-maʼrfiy tadbirda oʻgʻil-qizlarga kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish tartib va qoidalari haqida maʼlumot berildi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga muassasa masʼullaridan atroflicha javob olishdi. Shuningdek, litsey oʻquvchilari kutubxonaga aʼzo boʻlib, badiiy, huquqiy va oʻquv-uslubiy kitoblarni mutolaa qilishdi.
👮👉/channel/jiziib
Jizzax shahar IIB faxriylari sport turlari boʻyicha bellashishdi. IIV Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati Jizzax viloyat kengashida oʻtgan mazkur tadbirda ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va mini futbol turlari boʻyicha mahoratlarini namoyish etishdi. Qizgʻin kechgan musobaqalar yakunida gʻoliblar munosib taqdirlandi.
👮👉/channel/jiziib
Bugun, 27 aprel
☁️ +22°...+14°, Bulutli
Hozir: ☁️ +21°, ↘️ 6.5 m/s
Tong: ☁️ +18°
Kun: ☁️ +21°
Oqshom: ☁️ +19°
Namlik: 39%
Shamol: Shimoliy, 7.2 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.
Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:33
Quyosh botishi: 19:18
Jizzax” telekanalining “Zamin” axborot dasturi
📹izzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor tadbirida G‘allaorollik 2 nafar pedagog qo‘lga olindi. Ushbu shaxslar 29 ming AQSH dollariga yer sotishga kelishib, haridordan 200 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.
🗓 22.04.2024
👮♂👉/channel/jiziib
Sayyor sudda 10 nafar forishlik mahkumlarga insonparvarlik tamoyili qoʻllanildi. Mazkur sud majlisi tuman ichki ishlar boshqarmasi probatsiya guruhining taqdimnomasi asosida oʻtkazildi.
👮♂👉/channel/jiziib
Diyor yangiliklari
"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida uchrashuv
👮♂👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati IIB JXX probatsiya boʻlimi xodimlari uchun oʻquv seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari tomonidan mamlakatimiz rahbarining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalar xususida tushuntirishlar berildi.
Oʻquv davomida probatsiya nazorati ostida turgan yoshlarning muammolari oʻrganilib, ularni hal etish choralari belgilandi.
👮♂👉/channel/jiziib
Дўстлик туманининг умумтаълим мактабларида юқори синф ўқувчиларидан иборат “Лидер Ватанпарварлар” жамоаси ташкил этилган.
Айни пайтда жамоаларга юзга яқин фаол ёшлар жамланган.
Улар “тенгдош-тенгдош билан” тамойили асосида тарғибот ишларини олиб бориш билан биргаликда ўзларида раҳбарлик қобилиятларни ҳам шакллантириб боришади.
Жамоа аъзоларидаги шижоат, иштиёқни ошириш, бошқарувчилик қобилиятларини янада ривожлантириш мақсадида туман ҳокими Шавкат Дарвишев уларни йиғилишларга таклиф этмоқда.
Унда ёшлар мамлакатимизда олиб борилаётган ислоҳотлар, бу борада раҳбарлар масъулияти, топшириқ ва вазифаларни бекаму кўст адо этишдек катта вазифаларни ҳозирданоқ англаб боришмоқда.
Бугун тумандаги 1- ҳамда 2-умумтаълим мактабларининг “Лидер Ватанпарварлари” туман ҳокимлигида бўлишиб, туман ҳокими Шавкат Дарвишев билан мулоқотда бўлишди.
Шавкат Дарвишев туманда амалга оширилаётган ишлар, ижтимоий- иқтисодий натижалар, шунингдек, бу борада келгусидаги ёшлар олдида турган вазифалар тўғрисида батафсил гапириб берди.
Ёшлар ҳокимлик тизими, бўлимлар фаолияти, ишлаб чиқарилаётган дастур ҳамда янги лойиҳалар билан танишишди. Лидерларга ҳар бир соҳада амалга оширилган ишлар, режалар атрофлича тушунтирилди.
🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik hayoti| ✅Tuman hokimligi |
💬Facebook| 📹Youtube
16:00 27.04.2024
Mahkumlarga insonparvarlik tamoyili qoʻllanildi
#Jizzax
👮♂👉/channel/jiziib
Sharof Rashidov tumanining Samarqandquduq mahallasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish, sodir etilishi mumkin boʻlgan qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan dolzarb vazifalar belgilandi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov yuridik va jismoniy shaxslarning vakillari bilan muloqot qildi. Shaxsiy qabulda murojaatchilarni qiynayotgan masalalarga mutasaddilar ishtirokida huquqiy yechim izlandi.
👮♂️👉/channel/jiziib
Maʼnaviyat va maʼrifat darsida...
Jizzax viloyati IIB da “Oʻzbekning turkman shoiri” mavzuida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda lirik sheʼrlar, lirik-epik dostonlar, gʻazal va muxammaslar muallifi Maxtumqulining ijodi va hayoti xususida soʻz bordi. Maxtumquli sheʼriyati barcha turkiy millatlar, jumladan, oʻzbeklarning ham maʼnaviy mulki ekanligi, uning sheʼrlari oʻzbek tiliga qayta-qayta tarjima qilinib, kitob holida nashr etilgani qayd etildi.
Maʼrifiy tadbirda qonunchilikdagi yangiliklar xodimlarga yetkazilib, anʼanaviy savol-javoblar qilindi.
👮👉/channel/jiziib
#24apr #uzbekiston24
#vaziyat24
Iste'molga yaroqsiz go'sht mahsulotlari ushlab qolindi (Jizzax)
👮👉/channel/jiziib
Yoshlar kubok uchun bellashishdi
Sportning voleybol turi boʻyicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun musobaqaning viloyat bosqichi oʻtkazildi. 2004-2006-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida kechgan bahslar murosasiz kechdi.
Ushbu musobaqa mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida tashkil etildi. Natijalarga koʻra, oʻgʻil bolalar oʻrtasida birinchi oʻrinni JDPU jamoasi qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni esa Paxtakor hamda Zafarobod tumanlari terma jamoalari band etishdi.
Qizlar oʻrtasidagi bahslarda ham JDPU gʻoliblikni tantana qilgan boʻlsa Zarbdor va Sharof Rashidov tumanlari jamoalari keyingi oʻrinlarni egallashdi. Zafar quchgan jamoalar Jizzax viloyati IIB hamda IIV Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat kengashining diplom va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
👮👉/channel/jiziib
“Huquqiy targʻibot kunlari” doirasida Gʻallaorol va Yangiobod tumanlari IIB huzuridagi tergov guruhlari xodimlari tomonidan targʻibotlar uyushtirildi. Taʼlim muassasalari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan tadbirlarda asosiy eʼtibor ularning huquqiy bilimini oshirish, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratildi. Uchrashuv va davra suhbatlarida oʻnayotgan avlod vakillari soha xodimlaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
👮👉/channel/jiziib
Интернетда фирибгарларга дуч келганмисиз!!!
Ўзбекистонда кенг тарқалаётган Интернет фирибгарликларидан тезкор хабардор бўлиш ва сохта ҳаволаларга алданиб қолмаслик учун ИИВ ТҚД Киберхавфсизлик маркази расмий каналига обуна бўлиб қўйишингизни тавсия қиламиз.
❗️Мазкур канал орқали Сиз қуйидагилардан хабардор бўласиз:
⚫️Кибержиноятларнинг янги турлари;
⚫️Банк картаси фирибгарликлари;
⚫️Фейк хабарлар;
⚫️Интернетдаги зўравонликлар;
⚫️Вирусли дастурлардан ҳимояланиш;
⚫️Суний интеллект фирибгарликлар;
⚫️Мутахассислар маслаҳати.
⚠️ Огоҳ бўлинг, зеро огоҳлик давр талаби.
Батафсил 👉 Киберхавфсизлик маркази 🖊
Jizzax” telekanalining “Zamin” axborot dasturi
📹Davlatimiz rahbarining shu yil 8 apreldagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan afv etilganlarning 16 nafar shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun zarur ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
🗓 23.04.2024
👮♂👉/channel/jiziib
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasimylashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻziga biriktirilgan yoshlarni Jizzax shahridagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishtirdi.
👮♂👉/channel/jiziib
Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi erkak ogʻir jinoyat sodir etib, voqea joyidan qochib ketdi. Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari uni qoʻlga olishdi. Eʼtiborlisi, bu borada soha vakillariga jasur talaba yaqindan yordam berdi.
👮♂👉/channel/jiziib