Jizzax viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Rahmatulla Boʻriyev rahbarligida Doʻstlik tumani IIBda yigʻilish oʻtkazildi. Majlisda soha xodimlarining jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash borasidagi ishlari tahlil qilinib, kelgusidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, lavozimga tayinlangan xodimlar shaxsiy tarkibga tanishtirildi.
Bundan tashqari, qizil toifadagi “Sanoatchilar” va “Gʻ.Gʻulom” MFYlarida yettiliklar bilan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ishsizlar bandligini taʼminlash, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, tegishli koʻrsatmalar berildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari odamlarga firib bergan shaxslarni qoʻlga olishdi. Ushbu fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarga oʻziga tegishli boʻlmagan telefon apparatlarini sotish haqida soxta eʼlon joylashtirib, haridorlarni aldash yoʻli bilan pul undirishgan.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti jamoat tartibini saqlash xizmati hamda Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi mutasaddi xodimlari Jizzax viloyatidagi veterinariya, oziq-ovqat xavfsizligi, epizootik holat barqarorligiga masʼul tashkilotlar masʼullari bilan uchrashishdi. Muloqotda olib borilayotgan ishlar holati oʻrganilib, tashkiliy chora-tadbirlarga uslubiy koʻmak koʻrsatildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Жиззах вилояти ички ишлар бошқармаси бошлиғи Ғайрат Қодиров ҳамда вилоят ҳокимининг ўринбосари Ҳамид Ҳасанов Жиззах давлат педагогика университетининг “Боғишамол” маҳалласида барпо қилинаётган қўшимча ўқув биноси ҳамда ётоқхона қурилиши жараёни билан танишдилар. Шунингдек, масъуллар “Қассоблик” маҳалласидаги кўп қаватли уйда амалга оширилаётган таъмирлаш ишлари сифатини ўрганишди.
Маълумот ўрнида айтиш керак, жорий йил маҳалладаги 6 та кўп қаватли уйнинг томини янгилаш ҳамда биноларнинг ташқи қисмини бўяш режалаштирилган. Айни вақтда битта уйда таъмир бошланган. Еттилик билан мулоқот давомида 3- сектор раҳбари ва ҳоким ўринбосари ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш борасидаги вазиятга эътибор қаратдилар. Шу куни масъуллар Жиззах шаҳар мудофаа ишлари бўлими ҳамда 2- оилавий поликлиниканинг шароитларини ўрганишди.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Bu yil “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida Jizzax viloyatida 13 ta mahalladagi turar joylar hamda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarinining zamonaviy qiyofa kasb etishini taʼminlash hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish, shuningdek, ularning bu boradagi takliflarini oʻrganish maqsadida 3- sektor rahbari Gʻayrat Qodirov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqa masʼullar aholi bilan muloqotlar oʻtkazmoqda.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax politexnika institutining talabalar turar joyida qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan umumprofilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur jarayonda yoshlarga tartib-intizom, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Жараён
Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБнинг Эксплуатация ва монтаж бўлими томонидан серқатнов йўл ёқаларида жойлашган айрим таълим муассасалари олдига кўчма светафорларни ўрнатиш ишлари олиб борилмоқда.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan narkotik moddalar va psixotrop vositalar tayyorlash, isteʼmol qilish va oʻtkazish bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi muntazam kurash olib borilmoqda. Navbatdagi lavhamizda mazkur yoʻnalishda oʻtkazilgan ikkita tezkor tadbir tafsilotlari bayon etiladi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Bu yil “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida Forish tumanining “Oqtom” va "Mehnatobod" mahallalarida bir qator bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 3- sektor rahbari Gʻayrat Qodirov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqa masʼullar aholi bilan muloqot oʻtkazdi.
Mazkur jarayonda mahallada qilinadigan ishlar haqida atroflicha soʻz yuritilib, yigʻilganlarning ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash, infratuzilma obyektlarini yuzaga keltirish, mavjudlarini taʼmirlash, hududda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga oid takliflari oʻrganildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Joriy yilda Arnasoy tumanining “Zarafshon” mahalla fuqarolar yigʻinida “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida qurilish, taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqalar mazkur hudud aholisi bilan uchrashdi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Joriy yilda Jizzax viloyatidagi bir qator fuqarolar yigʻinida “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida qurilish, taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqalar mazkur hududlar aholisi bilan muloqot oʻtkazmoqda.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqa masʼullar Baxmal tumanining “Noʻshkent” va “Mustaqillik” mahallalari aholisi bilan muloqot oʻtkazdi. Mazkur tadbirda ushbu aholi punktlarida “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida amalga oshirilishi koʻzda tutilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Chunonchi, “Noʻshkent” mahallasida 2 ta transformator va 71 ta temir beton ustun oʻrnatilib, 2,3 kilometr uzunlikda elektr tarmogʻi tortilishi bildirildi. “Mustaqillik” mahallasida esa 1 dona transformator hamda 68 ta temir-beton ustun oʻrnatish, 5,8 kilometr uzunlikda elektr tarmoqlari tortish koʻzda tutilayotgani bayon qilindi. Xuddi shunday, “Noʻshkent”da 7,5 kilometr uzunlikdagi yoʻlga beton yotqizish hamda 2 kilometrlik piyodalar yoʻlakchasini bunyod etish rejalashtirilgan.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Йўлларда_хавфсиз_болалик
Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан умумаий ўрта таълим мактаби ўқувчилари ўртасида "Йўл ҳаракати интизоми болаликдан бошланади" шиори остида тарғибот учрашувлари олиб борилмоқда.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Рейд
"Хавфсиз тун" профилактик тадбири доирасида Жиззах шаҳрида тунгги рейд тадбирлари ташкил этилмоқда
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Yangiobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qish mavsumini betalofat oʻtkazish, aholi muammolarining hal qilinishi borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Bugun, 22 yanvar
❄️ +8°...0°, Qor
Hozir: ☁️ +4°, ↗️ 7.6 m/s
Tong: ☁️ +5°
Kun: ☀️ +7°
Oqshom: ☁️ +3°
Namlik: 48%
Shamol: G'arbiy-janubi-g'arbiy, 10.8 m/s
Bosim: 770 mm sim. ust.
Oy: So'nggi chorak
Quyosh chiqishi: 07:45
Quyosh botishi: 17:34
Vaziyat 24
#21jan #uzbekiston24
Qonunbuzardan jami 600 dona dori vositalari hujjatlashtirib olingan.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
3- sektor rahbari Gʻayrat Qodirov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov Jizzax shahridagi bir qator qurilish hamda ijtimoiy va iqtisodiy soha obyektlarida boʻldilar. Masʼullar shaharda tozalash ishlarini tashkil qilish masalasiga ham eʼtibor qaratdilar.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
3- sektor rahbari G`ayrat Qodirov hamda viloyat hokimining o`rinbosari Hamid Hasanov Jizzax shahridagi “Markaziy” dehqon bozoriga yondosh ko`chalarda bo`lishdi. Ushbu manzilda tozalikni ta’minlash, ko`kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.
_ _ _ _ _ _
3- сектор раҳбари Ғайрат Қодиров ҳамда вилоят ҳокимининг ўринбосари Ҳамид Ҳасанов Жиззах шаҳридаги “Марказий” деҳқон бозорига ёндош кўчаларда бўлишди. Ушбу манзилда тозаликни таъминлаш, кўкаламзорлаштириш ишларини амалга ошириш масалалари кўриб чиқилди.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Gʻallaorol tumanida “Xavfsiz hudud va sayyor patrul” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Tadbir jarayonida soha xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Йўлларда_хавфсиз_болалик
Жиззах вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ ходимлари томонидан умумий ўрта таълим мактаби ўқувчилари ўртасида "Йўл ҳаракати интизоми болаликдан бошланади" шиори остида тарғибот учрашувлари олиб борилмоқда.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqa rahbarlar Zarbdor tumanining “Nurafshon” mahallasi aholisi bilan muloqot oʻtkazdi. Mazkur jarayonda asosiy eʼtibor hududda “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyatida sportning voleybol turini ommalashtirish va rivojlantirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Tahliliy ruhda oʻtgan yigʻilishda joriy yildagi vazifalar ham belgilanib, respublika miqyosida oʻtkazilgan musobaqalarda faxrli oʻrinlarni egallagan murabbiylar ragʻbatlantirildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Жараён
Жиззах вилояти ИИБ масъуллари томонидан ҳайдовчиларни тайёрлаш ва қайта тайёрлаш ҳамда малакасини ошириш фаолиятини амалга оширувчи "Жиззах авто ўқув транс" МЧЖ томонидан ташкил этилган амалий машқларни бажариш учун мўлжалланган автодром кўздан кечирилди.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga qarashli muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reablitatsiya qilish markazi hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Joriy yilda Arnasoy tumanining “Zarafshon” mahalla fuqarolar yigʻinida “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida qurilish, taʼmirlash, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov va boshqalar mazkur hudud aholisi bilan uchrashdi.
Tadbirda bayon etilishicha, mahalladagi ichki yoʻllarning 4 kilometriga asfalt, 300 metriga shagʻal yotqiziladi. 1,5 kilometr uzunlikda piyodalar yoʻlakchasi barpo etiladi. 30 ta temir-beton ustunlar yangilanib, 3 kilometr uzunlikka ega tarmoqlar almashtiriladi. 60 ta tungi yoritkichlar oʻrnatiladi. Shuningdek, 7 ta koʻp qavatli uy hamda ehtiyojmandlarga tegishli 3 ta turar joyni taʼmirlash koʻzda tutilgan.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor tadbirida kuchli taʼsir qiluvchi dori sotuvchisi ushlandi. Qonunbuzardan jami 600 dona dori vositalari hujjatlashtirib olingan.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Сайёҳлар учун қулай шароит қилинмоқда
Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи, генерал-майор Ғайрат Қодиров Янгиобод туманини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, ҳудудларни обод қилиш ва аҳоли муаммоларининг ҳал этилиши борасида амалга оширилаётган ишларни кўздан кечирди. Хусусан, давлат мухофазасидаги XV асрга оид “Чилмахрам” археология ёдгорлигида бўлиб, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 24 февралдаги “Ички ва зиёрат туризмини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори билан ушбу ёдгорликни реставрация қилиш борасидаги ишларга эътибор қаратди.
Бундан ташқари туман мутасаддилари билан меҳмон уйлари ташкил қилиш, ташриф буюрувчилар учун зарур шароитлар яратиш масаласи муҳокама қилди. Ўз навбатида қиш мавсумини беталофат ўтказиш, фуқароларнинг мавжуд масалаларини ҳал этиш, давлат дастури асосида ободлик ишларини жадаллаштириш юзасидан кўрсатмалар берилди. Зомин туманида амалга оширилаётган ишлар ҳам ўрганилди.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
#Миллий_ТВ
Жиззах шаҳри марказида транспорт воситасини қарама-қарши бошқарган ҳайдовчига қонуний чора кўрилди.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish
Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tumani sudi tomonidan Sharof Rashidov tumanining “Jizzaxlik” mahallasida sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Tadbir avvalida hudud aholisi, shuningdek, ishi sudda koʻriladigan shaxslar ishtirokida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan targʻibot tadbiri uyushtirildi.
Website | Telegram | Facebook | Youtube | Murojaatyuborish