"Men sizni yaxshi ko‘raman"
Jomboy tumani 46-umumta'lim maktabining 4-"B" sinf o‘quvchilari va ota-onalari bilan ajoyib suhbat o‘tkazildi.
Bugun tumandagi umumta'lim maktablarining 11-sinf o'quvchilarga o'zlari qiziqgan kasb-hunar egalari bo'lishlarida amaliy ko'mak berish maqsadida Samarqand shahridagi "Ishga marhamat " monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va kasb-hunarga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida markazga sayohat tashkil etildi.
Читать полностью…🔵 Tumanimizda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi
Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov e’lon qildi:
– Xalq ta’limi bo‘limining pedagog xodimlar salohiyatini oshirishni tashkil etish bo‘yicha metodisti;
– Xalq ta’limi bo‘limining raqamlashtirish shoʻbasi bosh metodisti;
– Xalq ta’limi bo‘limining raqamlashtirish shoʻbasi metodisti;
– Xalq ta’limi bo‘limining ijro intizom va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi mutaxassisi;
– Xalq ta’limi bo‘limining fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha metodisti;
– Xalq ta’limi bo‘limining bosh mutaxassisi.
Arizalar joriy yilning 25-noyabrigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Nomzodlar davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
#challenje
#maktabingga_kitob_ulash
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan e'lon qilingan ‘‘Kitob sovg‘a qil va ma‘navyat ulash‘‘ chellenje davom etmoqda.
Samarqand viloyati Jomboy tumani 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Ma'navyat-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Hamidova va maktabning ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchisi G.Qobilova o‘zi o‘qigan 12-umumiy o'rta ta'lim maktab kutubxonasiga o‘quvchilarimiz foydalanishlari uchun badiiy 📚kitoblar sovg‘a qildi.
✅ Shu fursatdan foydalanib qishlog'imiz aholisi hamda faol yoshlarini ushbu chellenjda faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Farzandlarimiz bilimli bo‘lishlari uchun qaysi kasb egasi bo‘lishingizdan qa‘tiy nazar o‘zingiz o‘qigan maktabingizga 📚kitob sovg‘a qilishga qodir ekanligingizga ishonamiz.
Gulnoza QOBILOVA
📌 18-maktab o‘quvchisi 32 ming dollarlik grant yutib oldi
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵Milliy reyting natijalari tahlil qilindi..
Jomboy tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablaring “Millliy reyting” natijalari joyida borib pedagog jamoa o’rtasida o’rganildi. Xususan, 18-maktabning matematika, fizika, ona tili fanlaridan samaradorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.
Xalq ta’limi bo’limi mudiri tomonidan samaradorlikni ko’tarish maqsadida tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i,
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i.
"O‘z bayrog‘im" deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, ma’nosi bor.
🇺🇿Jomboy tuman 12-umumiy o'rta ta'lim maktab xodimlari "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan «Muqaddasdir - vatan bayrog'i» shiori ostida o‘tkazilayotgan o‘ziga xos xeshtegda faol ishtirok etishmoqda.
Jomboy tumani XTB ga qarashli 30-umumtaʼlim maktabida Bayrog'imiz qabul qilingan kun munosabati bilan 1-ʼʼAʼʼ sinfida "Hilpira bayrogʻimʼ" shiori ostida oʻtkazilgan bayram tadbiridan lavhalar.
Читать полностью…🔵Til bilgan - el biladi
56-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Chet tillar fani oyligi doirasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda boshlang‘ich sinf o‘quvchilar tomonidan rus tarixi madaniyati, davlat tili, urf-odatlaridan so‘zlovchi ertak qahramonlari gavdalantirildi.
Nilufar A’ZAMOVA,
maktabning rus tili fani o‘qituvchisi
Bizni kuzatib boring.
/channel/Jomboy_MVMM
📌 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Xalq deputatlari tuman kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi o‘quvchilarni ushbu g‘oya atrofida birlashtirdi. Tadbir umumta’lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichda tashkil etildi.
Tanlov jarayonlari soha mutaxassislari, deputatlar tomonidan kuzatib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Mamirova 1-o‘rin, 15-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nurgul Tirkasheva 2-o‘rin, 34-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Muattar Shahriyeva 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu yoshlar viloyat bosqichida tumanimiz nomidan ishtirok etadi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵 “MOBIL METODIK GURUH” FAOLIYATI TAHLILI
Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qaroriga asosan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagoglari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini tushuntirish bo‘yicha “Mobil metodik guruh” tashkil etilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Jomboy tumandagi 26,-35-,44 va 56-umumta’lim maktablarida ham “Mobil metodik guruh” tashkil etildi. “Mobil metodik guruh” ning asosiy vazifasi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning malakasini oshirishdan iborat.
2022-yil 15-noyabr kuni Jomboy tumanida joylashgan 23-IDUMda “Mobil metodik guruh”da tehsil olgan o‘qituvchilar bilimi yozma ish orqali diagnostikadan o‘tkazildi.
Tanlov bir kun o‘tkazilish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur sinovlarda matematika, ona tili va adabiyot, fizika, kimyo , informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
📌 24-umumta’lim maktabida “Mening bag‘rikeng dunyoyim” mavzuida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarning Vatanga bo‘lgan muhabbati, tasavvur dunyosi, iste’dodi munosib rag‘batlantirildi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Ҳурматли кенг жамоатчилик вакиллари!
Хабарингиз бор, сўнгги йилларда Давлатимиз раҳбарининг таълим соҳасига доир қатор ташаббуслари натижасида ўқитувчиларнинг фақат ўз хизмат фаолиятига оид ишлар билан шуғулланиши қатъий белгилаб қўйилди.
Афсуски, белгиланган мазкур чораларга қарамай жойларда мутасадди раҳбарлар томонидан ўқитувчилар зиммасига ортиқча вазифалар юклаш ва бу топшириқларни бевосита Халқ таълими вазирлиги томонидан юборилаётганлиги билан хаспўшлаш ҳолатлари кузатилмоқда.
Куни кеча ижтимоий тармоқлар орқали мактаб ўқитувчиларининг навбатдаги ўқув йилида мактабга чиқиши кутилаётган болаларнинг рўйхатини уйма-уй юрган ҳолда йиғиб чиқаётгани билан боғлиқ хабар тарқалди. Фаолият бошлаганимга қарийб 1 йил муддат бўлаётган бўлса, вазирлик томонидан ўқитувчиларнинг хизмат мажбуриятидан ташқари иш билан шуғулланиши бўйича ҳеч қандай топшириқ берилмади. Аксинча, жойларда аниқланган бундай ҳолатлар билан доимий равишда муросасиз кураш олиб борилмоқда.
Ўқитувчиларнинг уйма-уй юриб, болаларни рўйхатга олиш билан боғлиқ ҳолатга келсак, кечанинг ўзида вазирликнинг ҳудудий бўлинмаларига мактаб педагогларига бундай ўзбошимча топшириқлар берилмаслиги юзасидан огоҳлантириш берилди.
Айтиш лозимки, ўтган бир йиллик фаолиятим давомида мамлакатимизнинг 200 дан ортиқ туман ва шаҳарларидаги 1 600 та мактабда бўлдим. Мазкур ҳудудларда мавжуд барча мактаб раҳбарлари билан учрашувлар ташкил қилиб, ўқитувчиларга муносабат ўзгариши лозимлиги, уларни эътиборини болаларнинг таълимига қаратиш, ортиқча вазифаларга жалб этмаслик бўйича доимий равишда таъкидлаб келаман.
Шу ўринда Давлатимиз раҳбарининг тегишли қарорига асосан, мактаб ўқитувчилари дарс ва тўгарак машғулотларини ташкил этиш ҳамда синф журналини юритишдан ташқари бошқа барча ишлардан, жумладан педагогик юкламалар бўйича ҳисоботлар ва қўшимча маълумотларни талаб қилиш, хизмат мажбурияти билан боғлиқ бўлмаган ишларга жалб этиш қатъиян тақиқланганлигини яна бир бор эслатиб ўтамиз.
Мактаб ёшигача болалар рўйхатини шакллантириш ҳамда умумий ўрта таълимга қамраб олиш масаласи Халқ таълими вазирлиги томонидан Ички ишлар вазирлигининг манзил-рўйхат ахборот хизмати ҳамда Адлия вазирлигининг ФҲДЁ бўлимлари электрон тизимига интеграция қилинган ҳолда босқичма-босқич олиб борилаётганлигини қайд этмоқчиман.
Ҳурматли соҳа мутасаддилари!
Ўқитувчиларнинг асосий вазифаси ўқувчиларга билим бериш орқали мамлакатимиз тараққиёти ва келажагини таъминлашдир. Зеро, бизнинг олдимизда Ватанимизнинг эртанги кунини белгилаб берадиган келажак авлодни тарбиялаш каби масъулиятли иш турибди.
Давлатимиз раҳбари таъкидлаганидек, бизнинг асосий мақсадимиз, баркамол авлодни вояга етказиш орқали юртимизни дунёдаги тараққий топган демократик давлатлар қаторига қўшиш, халқимиз учун эркин ва фаровон жамият қуришдан иборат экан, бу борадаги энг катта масъулият Сиз — фидойи ўқитувчи ва мураббийлар қўлидадир.
I- GURUH FAN OLIMPIADASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
🔹Samarqandda 1- guruh - (matematika, fizika, kimyo va biologiya, informatika) fanlaridan tuman,shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi yakunlandi.
⚡️Shu munosabat bilan bugun viloyat xalq ta’limi boshqarmasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔸Tadbirda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qo‘ldosh Saidov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni qo‘lga kiritgan g‘alabalari bilan tabrikladi.
🔹Marosimda so‘z olgan ustozlar olimpiada jarayonlari shaffof o‘tganligini e’tirof etdilar va yoshlarning kelgusida yuksak marralarni zabt etishida omad yor bo‘lishini tiladi. Olimpiada nizomiga ko‘ra, 1- o‘rinni qo‘lgan kiritgan o‘quvchilarning har biriga 1800 000 ( bir million sakkiz yuz ming) so‘m , 2- o‘ringa 1 200 000 (bir million ikki yuz ming) so‘m, uchinchi o‘ringa 900 000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m miqdorda pul mukofotlari va faxriy yorliklar topshirildi.
✅@samarqandvxtb
📌 “Barkamol avlod” bolalar maktabi uchun 6 milliard so‘m yo‘naltirildi
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
📌 29-umumta’lim maktabida rus tili fan oyligi munosabati bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida “Oltin kuz” mavzuida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Fan o‘qituvchilari Farida Sharopova, Maftuna Abduqodirova tomonidan namunaviy ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Fotima A’ZAMOVA.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵Maktabingga kitob ulash.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan e'lon qilingan ‘‘Kitob sovg‘a qil va ma‘naviyat ulash‘‘ chellenje davom etmoqda.
Samarqand viloyati Jomboy tumani 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sobiq bituruvchilari o‘zlari yaxshi ko'rib o'qigan kitoblaridan maktab kutubxonasiga o‘quvchilarimiz foydalanishlari uchun badiiy 📚kitoblar sovg‘a qildilar.
✅ Shu fursatdan foydalanib barcha ziyoli aholi hamda faol yoshlarini ushbu chellenjda ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Farzandlarimiz bilimli bo‘lishlari uchun qaysi kasb egasi bo‘lishingizdan qa‘tiy nazar o‘zingiz o‘qigan maktabingizga 📚kitob sovg‘a qilishga qodir ekanligingizga ishonamiz.
Таълим секторини мувофиқлаштириш маҳаллий таълим гуруҳининг ҳамкорлик режалари белгилаб олинди
✅ Пойтахтимиздаги “Hilton” меҳмонхонасида Таълим секторини мувофиқлаштириш маҳаллий таълим гуруҳининг навбатдаги мулоқот учрашуви бўлиб ўтди. Унда Ўзбекистондаги таълим соҳасига тегишли қатор вазирлик ва давлат идоралари, халқаро ташкилотлар раҳбарлари ҳамда масъул ходимлари иштирок этди.
💠 Жумладан, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазири Бахтиёр Саидов, UNICEFнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари Мунир Маммадзаде, Таълим бўйича глобал ҳамкорлик ташкилотининг мамлакат гуруҳи раҳбари Лина Бенет, А.Авлоний номидаги миллий тадқиқот институти ректори Аюбхон Раджиев, Халқ таълими вазирлиги Таълим сифатини жараёнларини мувофиқлаштириш департаменти директори Лазиз Хўжақуловлар мавзуга доир ўз таклифларини билдирди.
Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/847
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
Oraliq test sinovlari, bilim ko'nikmalar zanjiri
Jomboy tuman XTBga qarashli 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 10 -11 sinf o‘quvchilardan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tayyorgarlik maqsadida, ulardan oraliq, Oliy ta’lim muassasalariga kirish testlaridagi majburiy blokdan fanlari, Ona tili, matematika, tarix fanlaridan testlar olindi. Bunda o‘quvchilarning kirish testlarida bilimini va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Akbar ERGASHEV,
direktori o‘rinbosari
📌 O‘quvchi fikr bildirishga qodir bo‘lishi kerak
51-umumtaʼlim maktabining boshlang‘ich sinf oʻquvchilari ishtirokida “Ertak – tarbiya manbai” mavzuida ma’rifiy tadbir oʻtkazildi. Unda milliy folklor namunalari, xususan ertaklarning bolalar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr bildirildi. Oʻquvchilar “Oltin tarvuz”, “Aldar koʻsa” sahna koʻrinishlarini namoyish etshdi.
Sinf rahbari, malakali pedagog Dilfuza Toshmurodovaning ochiq dars sifatida tayyorlagan ushbu tadbiri oʻquvchilarning bilimi faqat yod aytishi bilan emas, balki fikr bildirishga ko‘nikmasi bilan belgilanishini yana bir bor namoyon etdi. Zero, bugungi ta’lim talabi ham shunday.
Zarnigor AZIMOVA.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
#Tejamkorlik bilan foydalanaylik
Jomboy tuman xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktablarining tungi faoliyati o'rganildi. O'rganish jarayonida ta'lim muassasalarining kechki paytdagi gaz va elektor energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish holati borasida tavsiyalar berildi.
Ўрта махсус маълумотли ўқитувчиларнинг талабаликка тавсия этилганлигига доир ҚЎШИМЧА АХБОРОТ
Куни кеча олий таълим муассасаларига мақсадли қабул параметрлари асосида ўқишга тавсия қилинган ўрта-махсус маълумотли ўқитувчилар рўйхати эълон қилинган эди.
Айрим педагоглар Халқ таълими вазирлигига мурожаат қилиб, юқори балл олишган бўлсада, мазкур рўйхатга киритилмаганлигини билдиришмоқда.
Ушбу ҳолат бўйича қўшимча равишда қуйидагилар маълум қилинади:
Юқорида қайд этилган рўйхатдан ташқари, Давлат тест маркази томонидан олий таълим муассасаларининг педагогика йўналишларига тавсиянома асосида мутахассислиги бўйича 5 йиллик меҳнат стажига эга бўлган хотин-қизлар рўйхати ҳам тасдиқланиб, тегишли олий таълим муассасаларига етказилган.
Ушбу рўйхатга ҳам умумтаълим мактабларида фаолият юритаётган ўрта махсус маълумотли ўқитувчилар киритилган.
Шу ўринда ушбу ҳаволадаги рўйхатда келтирилган ўқитувчилар тегишли олий таълим муассасаларига мурожаат қилишлари мумкинлигини маълум қиламиз.
Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram |Youtube |Facebook |Instagram
📌Jomboy tumani 12-umumiy o'rtata'limmaktabida "Bayrog‘im faxrim" shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 Davlatimiz bayrog‘i ma’no-mazmun va tarixiy qadriyatlarning timsoli, mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning birligi, har bir insonning o‘rni muhimligini ifodalab keladi.
Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrog‘imiz O‘zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt sha’ni, shon-u, shavkatidan darak berib hilpirayversin!
Gulnoza QOBILOVA,
maktabning ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi
🔵Vatanga sodiqlik yoshlikdan boshlanadi.
Jomboy tumani 46-maktabining 7-"B" sinf o'quvchilari tomonidan "Bayrog‘im faxrim" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
/channel/Jomboy_XT
📌 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Xalq deputatlari tuman kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan insholar tanlovi o‘quvchilarni ushbu g‘oya atrofida birlashtirdi. Tadbir umumta’lim maktablarining 8-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichda tashkil etildi.
Tanlov jarayonlari soha mutaxassislari, deputatlar tomonidan kuzatib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Maftuna Mamirova 1-o‘rin, 15-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nurgul Tirkasheva 2-o‘rin, 34-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Muattar Shahriyeva 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu yoshlar viloyat bosqichida tumanimiz nomidan ishtirok etadi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Jomboylik sportchilar viloyatda 2-oʻrinda
Besh tashabbus olimpiadasi 2-mavsum doirasida sportning stretbol turi bo‘yicha musobaqaning viloyat bosqichida 16-21 yosh qizlar o‘rtasida Jomboy tumani "Qoʻlbosti" mahallasi 2-maktab jamoasi faxrli 2-o‘rinni qoʻlga kiritgan holda navbatdagi "B"-ligada Respublika bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritdi!
📌 “Adolat bog‘i” barpo etilmoqda
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 45-umumta’lim maktabi hududida “Adolat bog‘i” barpo etilmoqda.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda tuman kengashidagi deputatlik guruhi tashabbusi bilan bugun hududga 50 tup archa, 100 tup terak ko‘chatlari ekildi.
Bundan tashqari, maktabda “Yashil makon - yoshlar nigohida” nomli rasmlar tanlovi ham o‘tkazildi. 24-, 26-, 27-, 28-, 29-, 30-, 36-, 41-maktab direktorlari uchun seminar, o‘quvchi-yoshlar ishtirokida adabiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Bahora Shodmonova hamda shoira Mavluda Mumtoz ishtirok etdi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
#Fan olimpiadasi gʻoliblari.
Fan olimpiadasining III viloyat bosqichida ishtirok etgan oʻquvchilarimiz orasida biologiya, kimyo, fizika fanlaridan 4 nafar oʻquvchilarimiz viloyatda yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi.
Jumladan:
13-umumta’lim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Qurbonov Jonibek fizika fanidan 2-oʻrinni,
40-IDUMning 11-sinf oʻquvchisi Ismoilova Gulyuz kimyo fanidan 1-o'rinni,
40-IDUMning 10-sinf o'quvchisi Mansurova Ra'no biologiya fanida 1-o'rinni,
56-IDUMning 10-sinf oʻquvchisi Aminjonova Munisa biologiya fanidan 2-o'rinni qoʻlga kiritishdi.
Bu o‘quvchilarning ustozlari va ota-onalariga oʻz minnatdorchiligimizni, kelgusidagi oʻqishlariga ishlariga omadlar tilab qolamiz.
/channel/Jomboy_XT
МАКТАБ ЎҚУВЧИЛАРИ УЧУН КУЗГИ ТАЪТИЛ 4 НОЯБРДАН БОШЛАНАДИ
Мактаб ўқувчилари учун I чоракнинг сўнгги куни 3 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябрь куни кузги таътилнинг илк куни саналади.
Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади.
II чорак эса 10 ноябрдан бошланади.
Қайд этиш жоизки, ўқув йили давомидаги таътилларнинг муддатлари Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақидаги Қарорига асосан белгиланади.
****
ОСЕННИЕ КАНИКУЛЫ ШКОЛЬНИКОВ НАЧИНАЮТСЯ С 4 НОЯБРЯ
Осенние каникулы учащихся общеобразовательных школ начинаются 4 ноября. Последним днем 1-й четверти считается 3 ноября, а 4 ноября — первым днём осенних каникул.
Каникулы продлятся 6 календарных дней, до 9 ноября включительно.
Таким образом II четверть начнется 10 ноября.
Необходимо отметить, что сроки каникул определяются Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан “Об утверждении положения об общем среднем образовании”.
каналга уланиш👇👇👇
/channel/xalq_talimi