Dard meni o'zgartib tashladi butkul,
Boshlab bo'larmikan barin boshidan?
Haqoratdan tilim charchamas nuqul,
Og’rimas yuragim ko'zlar yoshidan.
Nogoh eshitilib qolsa biror sas,
Lahzada buzilib ketar asabim.
Qiynalib yetganda o'pkamga nafas,
Sog'lom odamlarga kelar hasadim.
Sevgilim bor edi boshqalar kabi,
Yashadi yonimda qo'limdan tutib.
Dilozorlik meni toliqtirmadi,
Charchadi u barin ichiga yutib.
Na unga beroldim bironta orzu,
Na undan bema'ni orzum yashirdim.
U meni kaftidan tushirmadi-yu,
Men uning yuziga kaftim tushirdim.
Bir o'y kemiradi dilni erta-kech:
Nahotki topilmas dardimga davo?!
Xudodan mol-dunyo tilamadim hech,
So'raganim faqat bir hovuch havo.
Hali ham yetsa gar yuragim dodi,
Nimaga hayotdan mahrum etyapsan?
Erkam, nafasingda havo bor edi,
Sen uni kimlarga olib ketyapsan?..
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
Yur, qochib ketamiz
Yur, qochib ketamiz dunyolaridan,
Ikkimiz quramiz boshqa bir dunyo.
Biz axir qismatning xatolaridan
Va jafolaridan bo‘lganmiz bino.
Qizlar ko‘p – xabari yo‘qdir hayodan,
Gunohga botaman qaragan onim.
Faqat sen ko‘ksingni yashir dunyodan,
Faqat sen ularga o‘xshama, jonim.
Yashama taqdirni bo‘yningga olib,
Ko‘zing ham yo‘llarga qarab tolmasin.
Iltijo qilaman: men chetda turib,
Nomard yuraklarga kuning qolmasin.
Ishonma jilmayib boqqan odamga,
Yo ko‘z yosh to‘kkanga qaratma shafqat.
Mayli o‘t ketsa ham butun olamga,
Aldanib yashashdan asrasin faqat.
Nechun yana bugun ko‘zlaringda mung,
Duch keldingmi hayot cho‘pchaklariga?
Yur, qochib ketamiz telba dunyoning
Hech kim bora olmas burchaklariga.
Bir dunyo quramiz, bilmaydi hech kim,
Oftobi kuydirmas, qorlari iliq…
Yur, qochib ketamiz bu yerdan, jonim,
Bizni topolmasin hatto ayriliq.
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
Ketdim...
Sog‘insangiz, stol ustida
She'rlarim yozilgan daftar turadi.
Qaytsangiz, varaqlab ko‘ring ohista,
Satrlar siz bilan suhbat quradi.
Istasangiz oting uni olovga,
Gulxan mavjlaridan boqib turar ko‘z.
Men ravo ko‘rmadim boshqa birovga,
Bor she'rim "SEVAMAN" degan bitta so‘z...
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
ЭЛАНИШ
Яшамадим гарчи ер бўлиб,
Лекин лозим гоҳо тан бериш.
Ажабланманг агар эр бўлиб,
Эланишим туюлса эриш.
Мен тақлиднинг тарафдоримас,
Ўзгаларга ўхшаб бўлмайди.
Кўкни билмам, ерда ҳар нафас
Эланмасдан яшаб бўлмайди.
Болаликдан сиғмай танамга,
Орзуларга беланган эдим.
Илк бора шу азиз Ватанга
Озод бўл, деб эланган эдим.
Онамга ҳам аввал тик туриб,
Мен ғурурли боламан, дедим.
Шундан кейин секин эланиб,
Севганимни оламан, дедим...
Хуллас, бундай мисоллар бисёр,
Атасангиз майлига авом.
Токи бизда юрак бор, ишқ бор,
Эланишлар этади давом.
Ҳамон шўнғиб болалигимга,
Туйғуларга беланаяпман.
Ҳозир эса жажжи ўғлимга
“Дада де” деб эланаяпман..
Jo'rabek Ramazon
@jorabekramazon
Д У Н Ё
Бу дунёнинг ранги йўқ,
Номи йўқ, сийрати йўқ.
Иккимизни бахтиёр
Қилмоққа қудрати йўқ.
Бу дунёнинг тили йўқ,
Бардоши йўқ, дили йўқ.
Бўйи билан ҳаётга
Қайтарувчи гули йўқ.
Бу дунёнинг ҳисси йўқ,
Илдизи йўқ, изи йўқ.
Кўзларида ёлғонни
Яширмаган қизи йўқ.
Бу дунёнинг сири йўқ,
Боши йўқ, охири йўқ.
Сандиқни парчалашга
Қодир бир Тоҳири йўқ.
© Жўрабек РАМАЗОНОВ
@jorabekramazon
MARTGA QARAB BORYAPMIZ...
Martga qarab boryapmiz, mohim,
Qorlar qanday eriyapti, boq.
Ortilgandek mening gunohim,
Mung‘ayadi buncha Boysuntog‘...
Martga qarab boryapmiz, gulim,
Nihoya bor muzlashimizga.
Boychechaklar yer ostida jim,
Intiq yotar izlashimizga.
Biz baxtiyor edik baribir,
Entikaman eslagan onim.
Bahor kelar – bag‘ri to‘la sir,
Martga qarab boryapmiz, jonim.
Nega hanuz nigohingda muz,
Bu fasldan kim bezdirdi, kim?
Hamma martga boryapti-yu, biz
Ortga qarab boryapmiz, jonim...
Kim baxtli, deb so‘rama, asli
Baxtni kutib yotmagan baxtli.
Qaqshatuvchi qahraton fasli
Sira sovuq qotmagan baxtli.
Ishq izhori bitgan xatini
Yor qo‘liga tutganlar baxtli.
Muzlamagan muhabbatini
Martga olib o‘tganlar baxtli!
© Jo‘rabek Ramazon
@Qalb_yoli
@jorabekramazon
#chellenge
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Hatto suratingni sevsa bo'ladi...
© Jo'rabek Ramazon
@jorabekramazon
***
Сукунатни синдирар саҳар,
Эрталабдан эшигинг очиқ.
Майин-майин қўшиғин бошлар
Деразангга илинган сочиқ.
Қошларингни қилганча таранг,
Мўралаган йигитни койи.
Ахир, сенинг кичкина хонанг
Дунёнинг энг чиройли жойи.
© Жўрабек Рамазон
@jorabekramazon
@Qalb_yoli
#chellenge
Ishqiy qissalarning barchasi ro‘yo,
Menimcha, sevgi deb hech kim o‘lmagan.
Lekin yaralgandan beri bu Dunyo
Seni sog‘inishdek azob bo‘lmagan.
Soxta maddohlikning bari behuda,
Hamma ham g‘amingni ko‘rmaydi baham.
Qoshingni chimirib qaraganingda
Yoqimli manglaying chiziqlari ham.
Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh,
Ko‘rdimmi – ko‘ksimga mehr to‘ladi.
Ismingni xotirdan chiqarish gunoh,
Hatto suratingni sevsa bo‘ladi...
✍️ Jo‘rabek Ramazon
🎙 Niyatullo Elbek oʻgʻli
@jorabekramazon
@Qalb_yoli
Ўлмас сатрлар
Жўрабек РАМАЗОН
А Л И Ф Б О
«Қизимга дарслар» туркумидан
“А” ҳарфини ўрганиш-чун авваламбор
“Ассалом”ни такрорлашинг зарур, қизим.
Бу дарс эмас, насиҳат ҳам эмас зинҳор,
Бу эътиқод, бу тарбия, ғурур, қизим!
Бир маҳаллар ўша ҳарфни ўргансин деб
Қўлимизга айиқ расмин тутқазганлар.
Инсон эмас, махлуқ билан юзлаштириб,
Тарбияда бир нимадан ютқазганлар.
Кун келади – четга чиқиб ҳою ҳавас,
Ҳаммасини эзгуликка йўядилар;
Алифбонинг аввалида айиқ эмас,
Алла айтган аёл расмин қўядилар.
Шунда севинч бирла кулиб кўз-қароғим,
Ҳаволарга ҳайф бўлмади нолам, дейман.
Алпомишга “А” кетади, қизалоғим,
Барчинойга “Б” кетади, болам, дейман!
#Tabrik 💐💐💐
Kimlardir kuyladi turkman qizini,
Ozarbayjonda kimning xayoli.
Oydan pana qilgan oydin yuzini,
Men uchun buyukdir O'zbek Ayoli!!!
Eshitganman ko'rmay o'zini,
Sheroziyning g'azallaridan.
Ortiq bildim o'zbek qizini,
Men forsiyning go'zallaridan!
Hasad menga begona tuyg'u,
Havas ila dunyoni tuydim.
Chiroy uchun men xolis ko'zgu,
O'zbekoyim, o'zingni suydim.
Husning tanho, qiyosing bitta,
Madh etmoqqa yetmas satrlar!
Senga hatto kuyunib o'tdi,
Izoldayu, Kleopatralar...!
O'zingiz gul bog'dagi tabiiy,
Gulni qutlab gullar tutmayman.
Yuragimdan chiqqan samimiy,
So'zlar bilan sizni qutlayman!
✍️Niyatullo Elbek o'g'li
@Qalb_yoli
MARTGA QARAB BORYAPMIZ...
Martga qarab boryapmiz, mohim,
Qorlar qanday eriyapti, boq.
Ortilgandek mening gunohim,
Mung‘ayadi buncha Boysuntog‘...
Martga qarab boryapmiz, gulim,
Nihoya bor muzlashimizga.
Boychechaklar yer ostida jim,
Intiq yotar izlashimizga.
Biz baxtiyor edik baribir,
Entikaman eslagan onim.
Bahor kelar – bag‘ri to‘la sir,
Martga qarab boryapmiz, jonim.
Nega hanuz nigohingda muz,
Bu fasldan kim bezdirdi, kim?
Hamma martga boryapti-yu, biz
Ortga qarab boryapmiz, jonim...
Kim baxtli, deb so‘rama, asli
Baxtni kutib yotmagan baxtli.
Qaqshatuvchi qahraton fasli
Sira sovuq qotmagan baxtli.
Ishq izhori bitgan xatini
Yor qo‘liga tutganlar baxtli.
Muzlamagan muhabbatini
Martga olib o‘tganlar baxtli!
© Jo‘rabek Ramazon
@Qalb_yoli
@jorabekramazon
Haqiqat
Haq deya har nokas koʻksini kerdi,
Oʻtib ketaverdi shoshqin zamonlar.
Haqiqat egildi, egilaverdi,
Uning sinishini kutdi yolgʻonlar.
Bitta shoir yozdi: vujud bir oʻtin,
Boshqa biri aytdi: haqiqat — oʻlim.
Hozir oʻlimni ham aldamoq mumkin ...
Rostini yozaman, titrama qoʻlim!
Aslida bu hayot menga ne berdi,
Roʻyolar ichida kezdim jonsarak.
Haqiqat egildi, egilaverdi,
Hech kimim yoʻq oʻsha bukridan boʻlak.
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
Hali
Hali bulutlarga qo‘yilmagan nom,
Otilmas olmadan boshqa mevalar.
Hali sog‘inmaslik bo‘lmagan tamom,
Hali shakllanmay qolgan shevalar.
Oshiqlar tosh qotgan g‘am qirg‘og‘ida,
Odamlar hali ham oshning oshnasi.
Hali kirolmagan sevgi bog‘iga
Qizil, oq va sariq guldan boshqasi.
Hali sirligicha yashamaydi sir,
Garchi ko‘plar yetgan baxt oroliga.
Hali ham sig‘inib yuribdi kimdir
Achchiq xiyonatning ko‘r qiroliga.
Hali daholardan telbalar ko‘proq,
Goh vijdon mulkiga hokim yalmog‘iz.
Hali ko‘p shoirlar hidlamay tuproq,
Vatan deb yirtmoqqa shaylanar og‘iz.
Hali bu dunyoni pok qilish kerak,
Hamma yuraklarni oq qilish kerak.
Erka malikalar – toza hislarni,
Berahm devlardan yashirish kerak.
Ayblama, aybimga iqrorman o‘zim,
Ne topdim osilib birov bo‘yniga?
Alam-da, ishonib yurganing senga
Ta'na toshin otsa olma o‘rniga.
Sen meni xudbinu xudparast dema,
Hali ranjitmadim biror kishini.
Sevgilim, men senga atayin nima,
Nima deb atayin ko‘zing yoshini?..
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
Ona
Qaysidir qavmda urushdan keyin
Onalar kelarkan jang maydoniga.
O‘g‘lining jasadin topib, so‘ng sekin
Yaqinlashar ekan uning yoniga.
Agarda dilbandi old tomonidan
Yaralangan bo‘lsa, tortarkan uvvos.
Joy berib ajdodlar qabristonidan,
Aza tutisharkan onalarga xos.
Agar orqasidan o‘q yeganda u,
"Urushdan qochgan" deb qo‘yarkan tashxis.
Hech kim yig‘lamaskan, chekmaskan qayg‘u,
Ona ham murdadan o‘girarkan yuz.
Bu ko‘hna dunyodan qolgan bir qissa,
Aslini bilmayman – yolg‘onmi yo chin.
Ammoki, hayotda shundayin yasha,
O‘lsang, hech bo‘lmasa onang yig‘lasin.
Jo‘rabek Ramazon
@JorabekRamazon
☀️ Каналимизнинг қадрдон кузатувчилари!
Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов ҳаёти ва фаолиятини ёритувчи янги канал ўз фаолиятини бошлади.
👇👇👇
/channel/erkinvohidovijodi
💫 Сизларни янги каналга аъзоликка таклиф этамиз.
/channel/erkinvohidovijodi
❇️ Каналда фаол иштирок этиб, изоҳ қолдирган иштирокчиларга шоир китобларидан тақдим этилади.
#Kitob_Taqdimoti
Diqqat! Diqqat! Diqqat!
Hurmatli, bizning ijodsevar do'stlar, Joriy yil 21-iyun soat 15:00 da, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ustozimiz taniqli shoir Rustam Mirvohidning "Seningdirman" nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtadi. Lutf aylab tashrif buyurganlar darmonda, kelmaganlar...)
@Rustam_MIRVOKHID
@Qalb_yoli
М А С Л А Ҳ А Т
Бежилов тўлқиндай қалқийди кўксим,
Қароғимга уя қўя бошлар мунг.
Оҳиста пичирлаб қўяди дўстим:
“Кўзлари чиройли Назарованинг…”
Бошланса сукутнинг эрка эртаги,
Қулоқ сола бошлар икки дунё жим.
Очилади яна унинг чакаги:
“Киприги бошқача Назарованинг…”
Балки мен чақмоқдан кескинроқ ўсдим,
Жонимни жойладим қайноқ товага.
Оҳиста пичирлаб қўяди дўстим:
“Мен совчи юбордим Назаровага…”
Жўрабек Рамазонов
@jorabekramazon
ТАКЛИФНОМА
Эртага, 2023 йил 20 май куни соат 18:00да Адиблар хиёбонида "Илҳом" мукофоти танлови ғолибларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтади. Тадбирга барча қизиққанларни таклиф этамиз.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
Озгина тушунинг,
Озгина севинг,
Бир сафар озгина жилмайиб қаранг.
Нечун лабларингиз бунчалар ҳам жим,
Асабингиз нега озгина таранг?
Озгина ўйланинг,
Озгина ўйланг,
Озгина ишонинг муҳаббатимга.
Наҳот туйғуларнинг ҳаммаси ўлган,
Наҳотки айланган севги етимга?!
Билсангиз, юрагим озгина оғрир,
Оғритиб қўйгудек бутун оламни.
Наҳотки, тушуниш шунчалар оғир
Озгина ҳаёти қолган одамни…
Jo'rabek Ramazon
@jorabekramazon
@Qalb_yoli
***
Сукунатни синдирар саҳар,
Эрталабдан эшигинг очиқ.
Майин-майин қўшиғин бошлар
Деразангга илинган сочиқ.
Қошларингни қилганча таранг,
Мўралаган йигитни койи.
Ахир, сенинг кичкина хонанг
Дунёнинг энг чиройли жойи.
© Жўрабек Рамазон
@jorabekramazon
@Qalb_yoli
* * *
Мен ўша-ўшаман: тўпори, содда,
Бисотида ширин сўзи қолмаган.
Сиздан бошқасига алданмаган ва
Сиздан бошқасини алдай олмаган.
Мен ўша-ўшаман: камгап, камсуқум,
Минг ўлиб, жонини ширин демаган.
Сиздан бошқасига қилмаган зуғум,
Сиздан бошқасидан дакки емаган.
Мен ўша-ўшаман: бетайин, бебош,
Шароб ютиб, алам заҳрин ютмаган.
Сиздан бошқасин деб тўкмаган кўз ёш,
Сиздан бошқасидан кўз ёш кутмаган.
Мен ўша-ўшаман: телба-тескари
Ҳаётдан ўз ўрнин топа билмаган.
Мингларга бўлинган битта жонини
Сиздан бошқасига фидо қилмаган.
Мен ўша… ўшаман.
Журабек Рамазонов
@jorabekramazon
BILMAYMAN NIMAGA SEVMAYSAN MENI
✍️ Jo'rabek Ramazon
🎤 Jonibek Qo'shoqov
@jorabekramazon
НИМАГА СЕВМАЙСАН?
Осмондан оҳиста ёғади олов,
Кўзни кўр этмоқа қодир тутуни.
Бир ўй кемиради жонни беаёв:
Билмайман, нимага севмайсан мени.
Кўзингдан қўрқаман, қараб бўлмайди,
Муҳаббат йўлида талаб бўлмайди.
Барибир ўзингдан сўраб бўлмайди,
Билмайман, нимага севмайсан мени.
Жонингга пойлоқчи бўлгим келади,
Кўзингга кўз ёшдай тўлгим келади,
Оёғинг остида ўлгим келади,
Билмайман, нимага севмайсан мени.
Жонимни киприкда тебрат, чидайман,
Минг хил хўрлигингни кўрсат, чидайман,
Кейин севмасликни ўргат, чидайман,
Билмайман, нимага севмайсан мени.
Тилимга қарама – таъна қилмайман,
Кўзимга қарама – шаъма қилмайман.
Нимага севаман сени – билмайман,
Билмайман, нимага севмайсан мени.
Жўрабек Рамазонов
@jorabekramazon