🇺🇿🇺🇿21-oktabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
🇺🇿Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga bugun roppa-rosa 35 yil toʻldi.
1989-yil 21-oktabrda Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi Oʻzbekiston uchun Mustaqillik sari qoʻyilgan dastlabki qadam boʻlgandi. Aynan shu tarixiy hujjatga binoan oʻzbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi.
Til insonlarning nafaqat oʻzaro aloqa vositasi, balki maʼnaviyati, maʼrifati hamdir. Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz, mustaqil davlatimiz timsolidir.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi yurtdoshlarimizni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil toʻlishi munosabati bilan muborakbod etadi.
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿📚✏️Urganch dzyudo sport mahorati maktabi sportchi o`quvchilariga ingliz tili fanidan o`tilayotgan "Project" darsidan lavha...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Nukusda Oʻzbekiston chempionati uchun saralash musobaqasi oʻtkazildi
Nukus shahrida dzyudo boʻyicha 2009-2010-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida Qoraqalpog`iston Respublikasi chempionati oʻtkazildi.
Ushbu musobaqa 8-10-noyabr kunlari Fargʻona shahrida tashkil etiladigan shu yosh toifasidagi Oʻzbekiston chempionatiga saralash vazifasini oʻtab berdi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonida medal va diplom bilan taqdirlanish barobarida mamlakat birinchiligida Qoraqalpog`iston sharafini himoya qilish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.
Obuna boʻling👉 Telegram
📹"SEVIMLI" telekanalining "ZAMON" informatsion dasturi ijodkorlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan Harbiylar o`rtasidagi 42-Jahon chempionati haqida lavha tayyorlashdi...
🤲E`tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋📚Denov dzyudo sport mahorati maktabi murabbiylari ingliz tilini o`rganishyapti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Urganch va Denov dzyudo sport mahorati maktablari tashkil etilgandi.
Bugungi kunda har ikki viloyatdagi ushbu dzyudo sport mahorati maktablarida oʻquv yili davom etmoqda. Murabbiylar bolalarga dzyudo sir-asrorlarini o'rgatish barobarida o'zlari ham ingliz tilini o'rganishyapti.
Jumladan, Denov dzyudo sport mahorati maktabi murabbiylariga haftasiga uch marotaba Ingliz tili darsi o'tilmoqda. Murabbiylar katta qiziqish bilan malakali o`qituvchilardan saboq olishyapti. Bino zinapoya va devorlariga alohida berilganiga qoyil qolmay ilojimiz yo`q.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov ishchi safar bilan Buxoroda boʻldi
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Buxoro viloyatida boʻldi.
Safar davomida u Buxoro viloyati prokurori, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining Buxoro viloyati boʻlimi rahbari Ulugʻbek Hamdamov bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida turli yosh toifasidagi terma jamoalarga munosib nomzodlarni yetkazib berib kelayotgan Buxoro viloyati dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish, viloyat murabbiylari va hakamlari tajriba hamda malakasini oshirish, seleksiyaga yordam beruvchi ichki musobaqalarni imkon qadar koʻproq oʻtkazish kabi masalalar haqida gap bordi.
Ma'lumot uchun, bugungi kunda Buxoro viloyatida 3000 dan ziyod yoshlar olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turi bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelyapti. Ularga 150 nafarga yaqin murabbiylar dzyudo sir asrorlarini o'rgatib kelishmoqda.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇰🇿🥋12-13-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida Turar Joldibayev xotirasiga bagʻishlab o`tkaziladigan Osiyo Ochiq kubogining barcha qur`a natijalari...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bugun Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
🇦🇪11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.
Dunyoning 4 qitʼasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 16 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Bugun ulardan 4 nafari medallar uchun bahslarga kirishadi.
🇺🇿🥋Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
✅-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov - Ismael Diyego (Braziliya)
✅-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Luka Modebadze (Gruziya)/Felipe Dakruz (Livan)
✅-66 kg: Muhriddin Tilovov - Luka Kajjiano (Italiya)/Adilbek Berikuli (Qozogʻiston)
✅-66 kg: Ismoil Nishonboyev - Rashad Yelkiyev (Ozarbayjon)
⏰Bugungi bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi...
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇦🇪🥋Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turniriga qurʼa tashlandi
Xabar berganimizdek, 11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.
Dunyoning 4 qitʼasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 16 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Biroz avval musobaqaga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🇺🇿🥋Dzyudochilarimiz uchun qurʼa natijalari:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov - Ismael Diyego (Braziliya)
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Luka Modebadze (Gruziya)/Felipe Dakruz (Livan)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Luka Kajjiano (Italiya)/Adilbek Berikuli (Qozogʻiston)
-66 kg: Ismoil Nishonboyev - Rashad Yelkiyev (Ozarbayjon)
-73 kg: Muhriddin Gʻiyosov - Yermek Amangeldi (Qozogʻiston)
-73 kg: Shavkat Saitqulov - Karen Galstyan (IJF)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Israel Nzange (Kot DʻIvuar)
-81 kg: Zulfiddin Usmonov - Viron Jon Ferrer (Filippin)
-90 kg: Nurbek Murtozoyev - Ken Dakasin (Filippin)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov - Mixail Latishev (Moldova)
-100 kg: Zufarbek Oʻrolov - Niyaz Bilalov (IJF)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev - Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Tamerlan Bashayev (IJF)
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev - Madi Yedilbayev (Qozogʻiston)
🥋AYOLLAR
+78 kg: Fotima Quramboyeva - Karen Stivenson (Niderlandiya)
+78 kg: Durdona Nizomaddinova - Koraliye Hayme (Fransiya)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bir necha yildan beri sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog, “Shuhrat” medali sohibasi Lola Agzamova kuni kecha dzyudo boʻyicha terma jamoalarimiz murabbiylari bilan psixologik suhbat oʻtkazdi. Unda kelgusi musobaqalarda ham terma jamoa murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashda davom etish masalasi muhokama qilindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇰🇿🥋Qozog'iston - 2027 yilgi Jahon chempionati mezboni!
🇭🇺Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan IJF shtab-kvartirasida Qozog'iston dzyudosi uchun tarixiy voqeylik ro'y berdi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2027 yilgi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini Qozog'iston poytaxti Astana shahriga ishonib topshirdi. Shartnoma IJF prezidenti Marius Vizer hamda Qozog'iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabossinov tomonidan imzolandi.
🇺🇿🥋Eslatib o'tamiz, poytaxtimiz Toshkent shahri 2022 yilgi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan xorazmlik dzyudochilarimiz Urganch temiryo'l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionati sovrindori Despina Bochkova munosib kutub olindi
🇹🇯Xabaringiz bor, 2-7 oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo`lib o`tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Terma jamoamiz safida tatamiga chiqqan Jizzax viloyati Paxtakor tumani sport maktabining dzyudo bo'limi tarbiyalanuvchisi Despina Bochkova ham bor edi.
Yosh dzyudochimiz tuman hokimligi mutasaddilari o’zi o’qigan 2-sonli umumta’lim maktabida o’quvchi yoshlar ishtirokida tantanali kutub olindi. Jahon chempionatida dunyoning 5 qit’asi 67 mamlakatidan jami 531 nafar dzyudochi ishtirok etdi. Terma jamoamiz dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 4-o`rinni band etgandi.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Murodil Murodillayevga jahon chempionatining bronza medalini taqdim etgan usul...
Obuna boʻling👉 Telegram
📹"SEVIMLI" telekanalining "ZAMON" informatsion dasturi ijodkorlari poytaxtimizda bo'lib o'tgan Harbiylar o`rtasidagi 42-Jahon chempionatining so'nggi kuni haqida lavha tayyorlashdi...
🤲E`tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋📹Tarixda ilk bor poytaxtimiz mezbonligida o'tkazilgan Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionatining chiroyli, fayzli, tomoshabop o`tishiga uch kun davomida "Yunusobod" sport majmuasini to`ldirib o`tirgan muxlislar ham katta ulush qo`shishdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋📹O'zbekiston dzyudo federatsiyasi video operatori Jahongir Qudratov poytaxtimiz mezbonligida o'tgan Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionatining so`nggi uchinchi kungi bahslari haqida reportaj tayyorladi ...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇺🇿🏆Harbiylar oʻrtasidagi Jahon chempionatida alohida nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar taqdirlandi
🇺🇿🥋Uch kun davomida poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida dzyudo boʻyicha Harbiylar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Oʻz tarixida 42-marotaba tashkil etilgan dunyo birinchiligi yakunida tashkilotchilar tomonidan bir nechta nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olgan davlat terma jamoalariga kubok topshirildi.
Shuningdek, dzyudochilar tomonidan bajarilgan eng yaxshi usul, eng yaxshi hakam, matonatli dzyudochi kabi nominatsiyalarda gʻoliblar taqdirlandi. Eng yaxshi bajarilgan usul sifatida hamyurtimiz Hikmatulloh Toʻrayevning chiroyli ipponi tan olindi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇺🇿🥋🏆🥇Poytaxtimiz mezbonligida o'tgan dzyudo bo'yicha Harbiylar o‘rtasidagi 42-Jahon chempionatining so`nggi kun taqdirlash marosimidan suratlar...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Muhriddin Tilovov Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turniri bronza medali sovrindori!
🇦🇪BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi bellashuvlari yakuniga yetib bormoqda.
Biroz avval -66 kg vaznda kurashgan Muhriddin Tilovov musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritdi. Tajribali dzyudochimiz murosasiz bellashuvda yaponiyalik Takeshi Takeokani taslim etdi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Muhriddin Tilovov Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turniri bronza medali uchun tatamiga chiqadi
🇦🇪Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boshlandi.
Hozirgina dunyoning 4 qitʼasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etayotgan mazkur musobaqada birinchi kungi saralash bahslari yakuniga yetib, final dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan juftliklar maʼlum boʻldi.
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 16 nafar dzyudochimizning bahslarga kirishishi haqida xabar bergan edik. Ulardan 4 nafari bugun oʻz ishtirokini boshladi va birgina Muhriddin Tilovov kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqish huquqini qoʻlga kiritdi.
-66 kg vaznda kurashayotgan tajribali dzyudochimiz Qozogʻiston va fransiyalik raqiblarini yengib, 1/2 finalga yetib kelgandi. Afsuski, final ostonasida u IJF bayrogʻi ostida qatnashayotgan rossiyalik Murad Chopanovga ippon bahosi bilan yutqazib qoʻydi. Endi u bronza medali uchun yaponiyalik Takeshi Takeokaga qarshi tatamiga chiqadi.
-60 kg vazndagi ikki dzyudochimiz Samariddin Qoʻchqorov va Kamoliddin Baxtiyorov avvaliga 1/4 finalda, keyin esa bronza medali yoʻlidagi oʻtish bellashuvlarida raqiblariga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Oʻn besh nafar dzyudochimiz Aktau Asian Open 2024 musobaqasida tatamiga chiqadi
🇰🇿12-13-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida Turar Joldibayev xotirasiga bagʻishlangan turnir boʻlib oʻtadi.
“Halyk Arena” mezbonlik qiluvchi ushbu Osiyo Ochiq turniri Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan boʻlib, unda Ozarbayjon, Gonkong, Hindiston, Eron, Qirgʻiz Respublikasi, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qozogʻistondan jami 200 nafarga yaqin sportchi medallar uchun bahslarga kirishadi.
Yurtimiz sharafini 15 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Biroz avval Osiyo Ochiq kubogiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Musobaqa chempionlari oʻz hisoblariga 100 reyting ochkosini qoʻshib qoʻyishadi. Kumush medal egalari 70, bronza medal sohiblari esa 50 ochkoni qoʻlga kiritishadi.
🇺🇿Oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun qurʼa natijalari:
🥋ERKAKLAR
-60 kg: Imomaddin Karimov - Aman Bakitjan (Qozogʻiston)
-73 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov - Kanat Abituli (Qozogʻiston)/Iriskeldi Jumabekov (Qirgʻiz Respublikasi)
-81 kg: Ravshanbek Ollamov - Orazgeldi Uralov (Qozogʻiston)
-81 kg: Muhammad Mamadaliyev - Nurbek Murat (Qozogʻiston)
-81 kg: Muhammadali Rashidov - Karim Allahverdiyev (Ozarbayjon)
-81 kg: Behruz Homidov - Sayat Seytkaliyev (Qozogʻiston)
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov - Yerassil Nugumat (Qozogʻiston)
+100 kg: Temirlan Ibrayev - Shinggiz Yerjanuli (Qozogʻiston)
+100 kg: Asadbek Shixnazarov - Rahul (Hindiston)
🥋QIZLAR
-48 kg: Fotimaxon Tursunaliyeva - Ayana Duysenbay (Qozogʻiston)/Ayaulim Turdike (Qozogʻiston)
-48 kg: Ulbusin Hakimova - Jibek Jaksibay (Qozogʻiston)
-52 kg: Yulyana Maksetbayeva - Nurbala Zaynul (Qozogʻiston)
-52 kg: Farangiz Rahimova - Meruyert Sarsenova (Qozogʻiston)
-63 kg: Sevinch Isoqova - Karligash Telman (Qozogʻiston)/Saniya Ray (Hindiston)
-70 kg: Shinar Ibrayeva - Anastasiya Mayakova (Qozogʻiston)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇦🇪🇺🇿🥋11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🎁🎂Anvar Irchayevni tabriklaymiz!
🇺🇿🥋Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi Anvar Irchayev uchun unutilmas kun.
U kishi oila aʼzolari, yaqinlari, hamkasblari davrasida oʻz tavallud kunlarini nishonlayaptilar. Bugungi tugʻilgan kun sohibi poytaxtimizda turli darajadagi musobaqalarning oʻtkazilishi, dzyudo klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, hakamlar va murabbiylar tayyorlash boʻyicha keng koʻlamdagi ishlarga bosh-qosh boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Anvar Irchayevni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etadi. Anvar akaga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Murabbiylar bilan psiloxologiya yoʻnalishida suhbat oʻtkazildi
Sir emas, psiloxologiyaning har bir yoʻnalish, xususan sportda ham oʻrni beqiyos hisoblanadi.
Sportchilarimizning nufuzli musobaqalar, shu jumladan yaqindagina oʻzbek sporti tarixiga zarhal xarflar bilan bitilgan Parij-2024 Olimpiadasidagi yorqin natijalarida ham psixologik tayyorgarlik muhim omillardan biri boʻldi.
Sportdagi yutuq nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki koʻp jihatdan sportchining bellashuv davomida oʻz kuchini qanday boshqarishiga bogʻliq. U oʻzini qanchalik biladi, qanday sokin va xotirjam tutadi, raqibini eng maqbul daqiqada magʻlub eta olish qobiliyatini aniqlashga qodirmi? Bu savollarga aynan psixologiya javob beradi.
Yapon amaliyotida qoʻllaniladigan bir usul bor. Bu har bir inson tashqi psixologiya mohiyatiga oʻzgalar yordamisiz erishishi mumkin boʻlgan ong bilan ishlash, savollar va kichik vazifalar orqali yechim topishdan iborat.
Sportda psixologiya muvaffaqiyatning deyarli yarmi hisoblanadi. Sportchi bahsga jismonan tayyor boʻlishi mumkinki, lekin ruhiyat bilan muammo yuzaga kelsa, natija kutilgan darajada boʻlmaydi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi shu holatlarni inobatga olgan holda terma jamoa aʼzolari uchun psixologik mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻygandi.
Bir necha yildan beri aynan sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog, “Shuhrat” medali sohibasi Lola Agzamova kuni kecha dzyudo boʻyicha terma jamoalarimiz murabbiylari bilan psixologik suhbat oʻtkazdi. Unda kelgusi musobaqalarda ham terma jamoa murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashda davom etish masalasi muhokama qilindi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan xorazmlik dzyudochilarimiz Urganch temiryo'l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
📹"SPORT" telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari Dushanbe shahrida o`tkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan qaytib kelgan terma jamoamiz delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimidan reportaj tayyorlashdi...
🤲E`tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bugun O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o'rinbosari Alisher Narbayev boshchiligidagi mas'ullar 14-20 oktyabr kunlari poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan dzyudo bo'yicha Harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Murodil Murodillayev jahon chempionati bronza medali sovrindori. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda AQSH vakili Jonatan Yangni mag'lubiyatga uchratdi...
Obuna boʻling👉 Telegram