judouz | Unsorted

Telegram-канал judouz - Judo Uz

15154

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Subscribe to a channel

Judo Uz

🇺🇿🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turnirini g'alaba bilan boshladik

-52 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Gulhayo Jo‘rayeva ilk davrada mezbonlar vakilasi Madina Qurbonzodani mag'lub etdi...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Diyoraning dzyudo vatanidagi mashg`uloti davom etmoqda

🇯🇵Shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchi vakilasi Diyora Keldiyorova Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi mashg‘ulotlar Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o’tab bermoqda...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Meet your judoka - Gulnoza Matniyazova 🥋🇺🇿

🔽
https://www.instagram.com/reel/C6dmkKQMk6Y/?igsh=MXY2cWQ2YWQzaWl6aA==

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga qur'a tashlandi (Erkaklar)

🇹🇯3-5 may kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir bo`lib o`tadi. Biroz avval ushbu musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

🇺🇿🥋Erkak dzyudochilarimiz uchun qur`a natijasi:

-60 kg: Anvarjon Ibrohimov - Iznaur Saayev (AIN)

-66 kg: Bobur Vadjiyev - Yelaman Sultanbay (Qozog`iston)

-66 kg:
Abdurahim Nutfulloyev - Jay Shimizu (AQSH)

-73 kg: Muhammad Jumayev - Keysey Nakano (Filippin)

-73 kg: Hojiakbar Toshev - Darhan Koibagar (Qozog`iston)

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev - Alayn Aprahamyan (Urugvay)

-81 kg: Nurbek Murtazoyev - Achraf Moutil (Marokash)

-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov - Yadong Ksiye (Xitoy)

-90 kg: Azizbek Avazmurodov - Jon Jeyn (AQSH)

-100 kg: Ernazar Sarsenbayev - Jombor Veg (Vengriya)

-100 kg: Rustam Shorahmatov - Jafar Kostoyev (BAA)

+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov - Yongjiye Yin (Xitoy)

+100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Sharifjon Nazriyev (Tojikiston)

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇹🇯Dushanbe shahrida bo'lib turgan O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz mashg'ulotidan eksklyuziv video reportaj tayyorladi...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniri startiga bir kun qoldi...

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turnirini qabul qiluvchi arena shay holatda!

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniri startiga ikki kun qoldi...

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Diyoraning "Kodokan"dagi mashg`uloti davom etmoqda

🇯🇵Xabar berganimizdek, shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi Diyora Keldiyorova Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi mashg‘ulotlar Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o’tab bermoqda...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋🤝Vazirlikda IJF bosh direktori bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Bosh direktori Vlad Marinesku bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish, murabbiylar, hakamlar va terma jamoa sportchilari o‘rtasida tajriba almashishga yo‘naltirilgan seminar, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Vlad Marinesku futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok hamda o‘z tarixida ilk bor Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

Shuningdek, dzyudochilarimizning Gonkong davlatida o‘tgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki, shuningdek, terma jamoamizning 3-5 may kunlari Tojikiston poytaxti mezbonlik qiladigan Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik masalalari ham kun tartibida bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, IJF taqvimidan Parij-2024 Olimpiadasigacha Tojikiston va Qozog‘istondagi "Katta Dubulg‘a" musobaqalari hamda BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘rin olgan.

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Diyora Keldiyorovaning Kodokan International markazidagi mashg`uloti davom etmoqda

🇯🇵Shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi Diyora Keldiyorova Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o’tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti. Dzyudo vatanidagi mashg‘ulotlar Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o’tab bermoqda.

🇺🇿🤝🇯🇵Ma`lumot uchun, Diyora Keldiyorovaning Kunchiqar yurtda o`tkazayotgan mashg`uloti ikki mamlakat dzyudo federatsiyalari o`rtasidagi yaqin do`stona munosabatlarning mahsuli hisoblanadi.

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis dzyudochilarimizning Osiyo chempionatidagi ishtirokiga to`xtalar ekan, yilimizning asosiy musobaqalari Abu-Dabidagi jahon chempionati hamda Parij-2024 Olimpiadasi ekanligini ta`kidladi...

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Diyora Keldiyorova dunyoga mashhur Kodokan International markazida mashg`ulot o`tkazyapti

🇯🇵Shu kunlarda O`zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchisi Diyora Keldoyorova Yaponiya davlati poytaxti Tokio shahrida o’tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etyapti.

Dzyudo vatanidagi ushbu mashg‘ulot yig‘ini Diyora uchun Abu-Dabi shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o’tab bermoqda. Mashg’ulotlarda Yaponiya terma jamoasining yetakchi dzyudo malikalari qatnashyapti.

Ta’kidlash joiz, Yaponiyada o’tgan Olimpiya o‘yinlari paytida "Kodokan" sport majmuasi barcha ishtirokchi davlat terma jamoalari uchun rasmiy o‘quv-mashg‘ulot bazasi vazifasini o‘tab bergandi.

🇺🇿🤝🇯🇵Ma`lumot uchun, Diyora Keldiyorovaning Kunchiqar yurtda o`tkazayotgan mashg`uloti ikki mamlakat dzyudo federatsiyalari o`rtasidagi yaqin do`stona munosabatlarning mahsuli hisoblanadi.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇫🇷👍To`rt yillikning eng muhim starti hisoblangan Parij-2024 Olimpiadasi boshlanishiga roppa-rosa 3 oy qoldi...

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turnirida ishtirok etadigan tarkibimiz ma‘lum!

🇹🇯Xabar berganimizdek, bu yildan ilk bor Tojikiston poytaxtida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir o‘tkaziladi.

🇹🇯3-5 may kunlari tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish istagini hozirgacha sayyoramizning 5 qit’asi 72 davlatidan jami 445 nafar (242 erkak, 203 ayol) dzyudochi bildirgan. Tabiiyki, ushbu 72 davlat orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor.

Ayollar terma jamoamiz tarkibi:

-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Sita Kadambayeva
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇹🇯📸Dushanbe shahrida bo'lib turgan O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati "Katta Dubulg‘a" turniri startiga barcha narsa shay ekanini o'z suratlari orqali aytmoqda...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Bugun Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turnirining ilk kuni 6 nafar dzyudochmizga muxlislik qilamiz

🇹🇯Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo`yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.

Uch kun davomida sayyoramizning 5 qit`asi 65 davlatidan kelgan jami 390 nafar (204 erkak, 186 ayol) dzyudochilar mukofot jamg`armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo`lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishadi. Bugungi ilk kungi bellashuvlarda 6 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.

🇺🇿Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:

-52 kg: Sita Kadambayeva - Nasiba Karlikova (Tojikiston)/Sofia Asvesta (Kipr)

-52 kg:
Gulhayo Jo‘rayeva - Madina Qurbonzoda (Tojikiston)

-57 kg: Shukurjon Aminova - Enhriilen Lhagvatoguu (Mo`g`uliston)

-60 kg: Anvarjon Ibrohimov - Iznaur Saayev (AIN)

-66 kg: Bobur Vadjiyev - Yelaman Sultanbay (Qozog`iston)

-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev - Jay Shimizu (AQSH)

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniri qur'asining to`liq natijalari (musobaqa setkasi)

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga qur'a tashlandi (Ayollar)

🇹🇯Biroz avval 3-5 may kunlari Tojikiston poytaxtida o`tkaziladigan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

🇺🇿🥋Ayol dzyudochilarimiz uchun qur`a natijasi:

-52 kg: Sita Kadambayeva - Nasiba Karlikova (Tojikiston)/Sofia Asvesta (Kipr)

-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva - Madina Qurbonzoda (Tojikiston)

-57 kg: Shukurjon Aminova - Enhriilen Lhagvatoguu (Mo`g`uliston)

-70 kg: Shohista Nazarova - Ying Feng (Xitoy)/Fidan Ogel (Turkiya)

-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Tais Pina (Portugaliya)

-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Zanet Mikaelidu (Kipr)

+78 kg: Rinata Ilmatova - Anastasiya Xolodilina (AIN)

+78 kg: Fotima Kurambayeva - Samira Bouzigarn (Germaniya)

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida oʻz oldiga katta maqsad qoʻygan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Diyora Keldiyorova ayni kunlarda Yaponiyaning Tokio shahridagi Kodokan dzyudo institutida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib boryapti. Qayd etish joiz, Olimpiya oʻyinlariga qisqa fursat qolganida Yaponiya jamoasi yopiq tarzda tayyorgarlik koʻradi. Biroq Oʻzbekiston va Yaponiya dzyudo federatsiyalari oʻrtasidagi iliq munosabatlar sabab kunchiqar yurt jamoasi istisno tariqasida faqatgina hamyurtimizga oʻz eshiklarini ochdi. Sportchimiz bilan bogʻlanib, mashgʻulot jarayoni, toʻrt yillikning eng muhim startiga koʻrayotgan tayyorgarligi, rejalari haqida soʻradik:

В эти дни представительница сборной Узбекистана по дзюдо Диёра Келдиёрова, которая планирует достичь отличный результат на предстоящих летних Олимпийских играх Париж-2024, проводит учебно-тренировочные сборы в институте дзюдо Кодокан Японии. Следует отметить, что накануне Олимпиады сборная Японии готовится к соревнованиям в закрытом порядке. Но между федерациями дзюдо Узбекистана и Японии есть тёплые, дружеские отношения и благодаря этому нашей спортсменке представилась уникальная возможность - тренироваться с дзюдоистами "страны восходящего солнца". Нам удалось связаться с Диёрой Келдиёровой и задать ей несколько вопросов, где она рассказала о тренировках, о подготовке к Олимпиаде Париж-2024 и планах на будущее:

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Dushanbe shahriga yetib borgan dzyudochilarimiz "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlikni davom ettirishyapti...

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯Bugun Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga qur'a tashlanadi

🇹🇯Xabar berganimizdek, bu yildan ilk bor Tojikiston poytaxtida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir o‘tkaziladi. 3-5 may kunlari tashkil etiladigan musobaqada sayyoramizning 5 qit’asi 70 dan ortiq davlatidan 500 nafarga yaqin dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib boradi.

🇺🇿🥋Tabiiyki, ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi dzyudochilari ham bor. Bugun birozdan so'ng, aniqrog'i bizning vaqt bilan soat 14:00da Dushanbe "Katta Dubulg'a" turniriga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ayollar terma jamoamiz tarkibi:

-52 kg: Sita Kadambayeva
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
+78 kg: Fotima Kurambayeva

Erkaklar terma jamoamiz tarkibi:

-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-66 kg: Bobur Vadjiyev
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Muhammad Jumayev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🇺🇿Olimpiya shaharchasi qurilish loyihalari muhokama qilindi

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov “САМСЕ” kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh vakillari Wang Bo va Guo Zijie bilan uchrashdi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo’mita raisi o’rinbosari, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilovlar ham ishtirok etishdi. Tadbirda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasidagi inshootlarni yanada takomillashtirish loyihalari ko’rib chiqildi.

Shu bilan birga, Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini jadallashtirish, ish samaradorligini oshirish kabi mavzularni muhokama qilishdi. Kompaniya “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha oʻz takliflarini ilgari surdi.

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋🤝IJF bosh direktori O'zbekiston dzyudo federatsiyasida ham bo'ldi

🇺🇿Xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Bosh direktori Vlad Marinesku bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirdan so'ng, kunning ikkinchi yarmida martabali mehmon Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamrohligida O'zbekiston dzyudo federatsiyasiga tashrif buyurdi.

Bir qator masalalar muhokamasidan so'ng Vlad Marinesku terma jamoamizning mashg'ulotini kuzatdi. O'tkazilayotgan ushbu mashg'ulotlar 3-5 may kunlari Tojikiston poytaxti mezbonlik qiladigan Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beryapti.

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋IJF reytingi yangilandi. Keldiyorova, Bobonov, To‘raboyev o‘z o‘rnida

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) o‘tkazilgan qit’a chempionatlari yakunlariga ko‘ra o‘z reytingini yangiladi.

Yangilangan reytingda Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodbek Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg), Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) va Gulnoza Matniyazova (-70 kg) avvalgi o‘rinlarini saqlab qolishdi. Shahram Ahadov hamda Osiyo chempionatining kumush medali sovrindori Murodjon Yo‘ldoshev o‘zaro o‘rin almashib olishdi. Sardor Nurillayev qit’a chempionatidagi bronza medali evaziga 6 pog‘onaga yuqorilab, 12-o‘ringa joylashib oldi.

Osiyo chempioni Muzaffarbek To‘raboyev qo‘lga kiritilgan 700 reyting ochkosi evaziga 3-o‘rinni mustahkamladi. Eng og‘ir vaznli dzyudochimiz Alisher Yusupov ikki pog‘onaga pastlab, 7-o‘rinni band etib turibdi. Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) esa aksincha, 6 pog‘onaga yuqoriladi.

🇺🇿🥋O‘zbek dzyudochilarining IJF reytingidagi o‘rni:

-60 kg vazn toifasi

1 (1). Fransisko Garrigos (Ispaniya, 6279 ochko)
8 (8). Dilshodbek Baratov (4110)
19 (21). Doston Ro‘ziyev (3090)
46 (43). Kamoliddin Baxtiyorov (1165)

-66 kg vazn toifasi

1 (1). Denis Viyeru (Moldova, 5662)
12 (18). Sardor Nurillayev (3429)
14 (13). Muhriddin Tilovov (3356)

-73 kg vazn toifasi

1 (1). Hidayat Heydarov (Ozarbayjon, 7161)
3 (5). Murodjon Yo‘ldoshev (4908)
4 (3). Shahram Ahadov (4748)
18 (14). Obidxon Nomonov (3101)

-81 kg vazn toifasi

1 (1). Mattias Kasse (Belgiya, 8392)
26 (32). Sharofiddin Boltaboyev (2192)
45 (44). Muso Sobirov (1374)
48 (46). Nurbek Murtozoyev (1269)

-90 kg vazn toifasi

1 (2). Lasha Bekauri (Gruziya, 6345)
5 (5). Davlat Bobonov (4694)
42 (43). Jahongir Mamatrahimov (1413)

-100 kg vazn toifasi

1 (1). Iliya Sulamanidze (Gruziya, 6955)
3 (3). Muzaffarbek To‘raboyev (5759)
47 (45). Rustam Shorahmatov (1190)
48 (44). Otabek To‘raboyev (1102)
74 (72). Ernazar Sarsenbayev (516)

+100 kg vazn toifasi

1 (1). Inal Tasoyev (IJF, 6900)
7 (5). Alisher Yusupov (4380)
24 (22). Shohruhxon Baxtiyorov (2562)
66 (64). O‘tkirbek To‘raboyev (627)

🇺🇿🥋QIZLAR

-48 kg vazn toifasi

1 (1). Assunta Skutto (Italiya, 6861)
18 (20). Halimajon Qurbonova (2954)

-52 kg vazn toifasi

1 (1). Distriya Krasniki (Kosovo, 8120)
2 (2). Diyora Keldiyorova (7634)
18 (16). Sita Kadambayeva (2638)
38 (37). Gulhayo Jo‘rayeva (1424)

-57 kg vazn toifasi

1 (1). Krista Deguchi (Kanada, 9640)
26 (28). Shukurjon Aminova (2154)
65 (58). Nilufar Yermaganbetova (606)

-63 kg vazn toifasi

1 (1). Katerin Pinar (Kanada, 5982)
57 (55). Sevinch Isoqova (708)

-70 kg vazn toifasi

1 (1). Barbara Matich (Xorvatiya, 7550)
17 (17). Gulnoza Matniyazova (2797)
27 (28). Shohista Nazarova (1998)

-78 kg vazn toifasi

1 (1). Inbar Lanir (Isroil, 7935)
29 (30). Irisxon Qurbonboyeva (1897)

+78 kg vazn toifasi

1 (1). Roman Dikko (Fransiya, 6945)
42 (47). Rinata Ilmatova (1179)

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri, Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov dzyudochilarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi...

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🎁🎂Tavallud ayyomingiz muborak, Shuhrat Saidovich!

🇺🇿🥋Bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Buxoro viloyat dzyudo federatsiyasi raisi Shuhrat Ochilov o‘z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Shuhrat Saidovich 2021 yil Buxoro viloyati dzyudo federatsiyasi rahbarligiga saylangan edi. Unga qadar bugungi kun qahramoni Buxoro Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori lavozimida samarali mehnat qildi. O‘tgan qisqa muddat ichida buxorolik dzyudochilarning mamlakat va xalqaro musobaqalardagi natijalari aytishga arzigulik darajada o‘sdi. Fikrimizni ular tomonidan qo‘lga kiritilayotgan medallar tasdiqlaydi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Shuhrat Saidovichni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlar va nabiralar rohatini ko‘rib yurishlarini tilaydi.

✍️O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

📹"SPORT" telekanali ijodiy guruhi Osiyo chempionatidan qaytgan terma jamoamiz a'zolarini tantanali kutib olish marosimidan lavha tayyorladi...

🤲E`tibor va e`tirof uchun rahmat!!!

Обуна бўлинг👉
Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇺🇿🥋Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turnirida qatnashadigan erkaklar terma jamoamiz tarkibi

🇹🇯3-5 may kunlari o`tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 13 nafar dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Murabbiylar shtabi ayrim yetakchi dzyudochilarimizga dam berishga qaror qilgan.

Erkaklar terma jamoamiz tarkibi:

-60 kg: Anvarjon Ibrohimov
-60 kg: Bobur Vadjiyev
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev
-73 kg: Muhammad Jumayev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-100 kg: Yernazar Sarsenbayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov

Bosh murabbiy: Ilias Iliadis

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…

Judo Uz

🇹🇯Navbat Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniriga!

🇺🇿🥋Osiyo chempionatidan qaytib kelgan dzyudo bo‘yicha terma jamoamiz endi Dushanbe "Katta Dubulg‘a" turniri uchun tayyorgarlikka e’tibor qaratadi.

🇹🇯Bu yildan ilk bor Tojikiston poytaxtida ham "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir o‘tkaziladi. O‘tgan yili Dushanbeda Gran-pri turniri o‘tkazilgan edi. 3-5 may kunlari tashkil etiladigan musobaqada ishtirok etish istagini hozirgacha sayyoramizning 5 qit’asi 72 davlatidan jami 446 nafar (242 erkak, 204 ayol) dzyudochi bildirgan.

Aniqrog‘i, federatsiyalar o‘z tarkiblarini Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu ro‘yxatga hali o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Tabiiyki, ushbu 72 davlat orasida O‘zbekiston terma jamoasi ham bor. Tez orada Dushanbe tatamilarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz tarkibi bilan tanishtiramiz.

✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг👉 Telegram

Читать полностью…
Subscribe to a channel