🇺🇿🥋✅Jizzax shahri mezbonligida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati ishtirokchilari uchun eslatma!!!
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿O‘zbekiston bayrog‘i 33 yoshda!
🇺🇿Bugun davlatimiz suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasida «O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. Ushbu qonuniy asosga binoan 1991 yil 18 noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz bayrog‘i ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosi qoshida tenglar ichra teng bo‘lib hilpiradi.
Mana 33 yildirki, xalqaro sport maydonlarida g‘alabamiz sharafiga yurt bayrog‘i eng yuksakda hilpirab, qalblarimizni cheksiz g‘urur-iftixorga to‘ldirmoqda. Ko‘kda hilpiragan bayroq esa muzaffariyat belgisidir!
🇺🇿Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🤝😁Alfraganus universiteti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi!
Obuna bo`ling👉 Telegram
📹Chirchiq shahrida o`tkazilgan "IV Samurai" xalqaro turniri video operatorimiz Jahongir Qudratov ob`ektivida...
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Chirchiqda " IV Samurai" xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi...
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇸🥋Las-Vegas faxriylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🤝🇰🇿Qarshida qoʻshma mashgʻulot davom etmoqda
Qarshi shahrida qoʻshni Qozogʻistonning Chimkent shahridan kelgan sportchilar hamda qashqadaryolik dzyudochilarning qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini tashkil etilmoqda.
Ikki mamlakat dzyudochilarining hamkorligi, doʻstlik rishtalari nafaqat kattalar, balki yosh dzyudochilar oʻrtasida ham yanada mustahkamlanib boryapti. Bir hafta davom etgan mashgʻulotlar fikrimizga isbot bo`ladi...
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥇🥈Fotima va Zuhra Qirgʻiz Respublikasidan oltin hamda kumush medal bilan qaytishdi
🇰🇬Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi “Sulaymon too” musobaqasida egizak dzyudochilarimiz ham shohsupaga koʻtarilishdi.
Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari tayyorlash markazi dzyudo boʻlimi tarbiyalanuvchilari hisoblangan Fotima va Zuhra Berkinbayevalar xalqaro turnirning oltin hamda kumush medallariga sazovor boʻlishdi.
Egizak dzyudochi qizlarni musobaqaga Anisa Kagarmanova tayyorlagan. Zuhra -52 kg vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, musobaqa chempioniga aylandi. Fotima esa -57 kg vaznda kumush medalga ega chiqdi.
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
📹"SPORT" telekanalining "NIGOH" tahliliy dasturi ijodkorlari Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbir haqida maxsus ko`rsatuv tayyorlashdi...
🤲E`tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏"Diplomat Judo" klubi tarbiyalanuvchilari "Sulaymon too" musobaqasida 13 ta medal qo`lga kiritishdi...
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Olot dzyudo internati tarbiyalanuvchilari Qirgʻiz Respublikasidan medallar bilan qaytishdi
🇰🇬Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
“Sulaymon too” xalqaro musobaqasi oʻz tarixida beshinchi marotaba tashkil etilib, unda mezbonlardan tashqari Markaziy Osiyo davlatlaridan isteʼdodli dzyudochilar tatamiga chiqdi. 2008-2009-yillarda tavallud topgan oʻsmirlar oʻrtasidagi ushbu xalqaro turnirda oʻzbekistonlik dzyudochilar ham medallar uchun bahs olib borishdi.
Jumladan, oʻzbek dzyudosiga uch karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori Rishod Sobirovni yetkazib bergan Buxoro viloyatining Olot dzyudo maktab-internati yoshlari ham Behruz Bekmurodov murabbiyligida Oʻsh turnirida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi.
🇺🇿🥋Olotlik gʻolib va sovrindorlar:
🥇Oltin medal
-50 kg: Usmon Toʻymurodov
-66 kg: Sobir Rasulov
🥉Bronza medal
-55 kg: Uchqun Sheraliyev
-60 kg: Behruz Hasanov
-66 kg: A`zam Poʻlatov
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
📹"MY5" telekanalining "HUDUD" informatsion dasturi ijodkorlari "Xalqaro dzyudo kuni" munosabati bilan o'tkazilgan bayram dasturidan lavha tayyorlashdi.
🤲E'tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🔥Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” savdo majmuasida Butunjahon dzyudo kuniga bag`ishlab tashkil etilgan katta bayram dasturini yana bir bor suratlar orqali tomosha qiling...
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🎁🎂Mirali Sharipov 37 yoshga to`ldi!
🇺🇿🥋Bugun o‘zbek dzyudosining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Mirali Sharipov o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Mirali Sharipov 1987 yil 30 oktabr kuni Buxoroda tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha “Masters”, “Katta Dubulg‘a” va Gran-pri turkumiga kiruvchi qator musobaqalar g‘olib va sovrindori. Sharipov Pekin-2008 (-66 kg) va Rio-2016 (-73 kg) yozgi Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisi hisoblanadi.
Ayniqsa, Pekinda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish bosqichiga yetib borgani uning faoliyatida alohida eslab o‘tiladigan holat. Sharipov Osiyo chempionatlarida oltin va kumush medallarini ham qo‘lga kiritgan.
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Mirali Sharipovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🎁🎂Sharofiddin Boltaboyev yana bir yoshga ulg`aydi!
Bugun qoraqalpoq zaminidan yetishib chiqqan dzyudochimiz, terma jamoa a’zosi Sharofiddin Boltaboyev o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Sharofiddin Boltaboyev 1995 yil 19 noyabr kuni dunyoga kelgan. Osiyo chempionatlari sovrindori, Toshkent Gran-prisi g‘olibi, Parij "Katta Dubulg‘a" turniri kumush medali sohibi va yana boshqa ko‘plab nufuzli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar safidan joy olgan. Tokio va Parij Olimpiadalari ishtirokchisi bugun 29 yoshga to‘ldi.
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Sharofiddin Boltaboyevni bugungi shukrona kuni bilan muborakbod etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
Ватанимизнинг рамзи унинг ютуқлари шарафига бутун дунёда ифтихор билан ҳилпирасин. Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун муборак бўлсин!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Пусть гордо реет символ нашей Родины по всему миру во славу её достижений. С Днём принятия Государственного флага Республики Узбекистан!
🇺🇿🥋🤝😁Alfraganus universiteti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi!
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🤝😁Alfraganus universiteti bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining olimpiya oilasiga mansub dzyudo sport turini birgalikda rivojlantirish boʻyicha hamkor oliy oʻquv dargohlari soni yana bittaga koʻpaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yurtimiz sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisidagi Qarorida sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaxirasini yaratish, sport menejmentini takomillashtirish, sport bazalari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy standartlarga javob beradigan yangi sport obyektlarini barpo etish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish kabi bandlar boʻlib, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bu yoʻnalishlarni amaliyotga tadbiq etib kelmoqda.
Shu kungacha Federatsiya Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlik Memorandumlari imzolangan edi. Kuni kecha dzyudo sport turini yanada rivojlantirish yoʻlida federatsiya bilan hamkorlik qiladigan oliy oʻquv yurtlari soni yana bittaga koʻpaydi.
Endilikda Alfraganus universiteti bilan hamkorlikdagi ishlar yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida oʻtgan tadbirda Alfraganus University nodavlat oliy taʼlim tashkiloti rektori Muhammadismoil Mahmudov, Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha rektor maslahatchisi Farmonqul Egamerdiyev, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov, federatsiya raisi maslahatchisi Kseniya Gulyamova va bosh masʼullar ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, Alfraganus universiteti 2022-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning iqtisod, filologiya, pedagogika, ijtimoiy fanlar, raqamli texnologiyalar, tibbiyot, jismoniy tarbiya va sport, turizm fakultetlari hamda ular tarkibida 37 ta yoʻnalishi mavjud. Alfraganus universiteti oʻzbek qomusiy olimi Ahmad Al-Fargʻoniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Fargʻoniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur boʻlgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan.
“Jismoniy tarbiya va sport” fakulteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022-yil 12-avgustdagi № 034974-sonli litsenziyasi asosida tashkil etilgan. Fakultetning maqsadi shaxsning intellektual, madaniy va axloqiy rivojlanishiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, oliy maʼlumotga ega boʻlish, jamiyatni jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash uchun ijtimoiy buyurtmalarni bajarishdan iborat.
Universitet rahbariyati Federatsiyaga tashrifi chogʻida bu yerdagi moʻjazgina muzey, terma jamoa aʼzolari mashgʻulot oʻtkazadigan dzyudo zali, mehmonxona, oshxona, umuman dzyudochilar uchun muhayyo qilingan barcha sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tomonlar oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida dzyudo sport turini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Memorandumga koʻra, Federatsiya universitetda dzyudo bilan shugʻullanuvchilar uchun mashgʻulotlarni tashkil etish, malakali murabbiylar bilan taʼminlash, mashhur dzyudochilarimiz ishtirokida mahorat saboqlarini oʻtkazish, talabalar bilan uchrashuvlar uyushtirish kabi qator yoʻnalishlarga masʼul boʻladi. Oʻz oʻrnida Universitet tomonidan xalqaro musobaqalarda natija koʻrsatgan hamda Federatsiya tomonidan tavsiya etilgan dzyudochilarimizning ushbu oliy oʻquv dargohidagi imtiyozli tahsil olishi taʼminlanadi.
Ishonamizki, ikki tomonlama hamkorlik yurtimiz dzyudosi rivojiga xizmat qiladi. Tadbir yakunida tomonlar oʻzaro esdalik sovgʻalarini almashishdi.
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Toʻrtinchi bor oʻtkazilgan “Samurai” xalqaro turnirida gʻoliblar aniqlandi
Xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aziz Saidov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalaridan kelgan 500 nafardan ziyod isteʼdod egalari tatamiga chiqishdi.
2008-2009-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar -50, -55, -60, -66, -73, -81, +81 kg, qizlar esa -44, -48, -52, -57, -63, -70 va +70 kg vazn toifalarida oʻzaro bellashishdi. 2010-2011-yillarda tavallud topgan kichik oʻsmirlar esa -38, -42, -46, -50, -55, -60 hamda +60 kg vaznlarda medallar yoʻlida raqobatga kirishishdi.
🇺🇿🥇Barcha gʻoliblar (2008-2009-yillar)
🥋Oʻgʻil bolalar
-50 kg: Sokidinov Rustambek (Andijon)
-55 kg: Azadov Aydos (Boʻstonliq, Toshkent viloyati)
-60 kg: Temirov Mahmudbek (Chirchiq OPSTISM)
-66 kg: Yoʻldoshboyev Otabek (Chirchiq OPSTISM)
-73 kg: Ahmedov Oybek (Chirchiq OPSTISM)
-81 kg: Bahodirov Inomjon (“Diplomat sport” klubi)
+81 kg: Temurov Ruslan (Chirchiq OPSTISM)
🥋Qizlar
-44 kg: Jubatkan Iyanat (Qozogʻiston)
-48 kg: Tojaliyeva Jasmina (“Samuray” dzyudo klubi)
-52 kg: Amashukir Sandugash (Qozogʻiston)
-57 kg: Keereva Sabina (Qozogʻiston)
-63 kg: Turlibek Nursezim (Qozogʻiston)
-70 kg: Turlibek Gulserim (Qozogʻiston)
+70 kg: Bekbergen Nurgul (Qozogʻiston)
🇺🇿🥇2010-2011-yilgi musobaqa gʻoliblari
-38 kg: Muhammadov Otabek (“Yoshlik” sport klubi)
-42 kg: Yoʻldoshev Jahongir (Chirchiq OPSTISM)
-46 kg: Ravan Mamadali (Ozarbayjon)
-50 kg: Solihov Muhammadanis (Tojikiston)
-55 kg: Rasul Alizada (Ozarbayjon)
-60 kg: Meyrambek Alan (Qozogʻiston)
+60 kg: Bekzodov Bilolbek (Diplomat sport" klubi)
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Hakamlar hayʼati raisi Qahramon Uzoqov boshchiligidagi hakamlar ikki kun davomida adolatli tarzda referilik qilishdi. Xalqaro turnirni yuqori saviyada oʻtkazilishida Aziz Tashmatov, Maksim va Vladislav Kim, Ahror Ergashev, Olga Shturbabina, Asadbek Obidov, Dilfuza Rustamova va boshqa murabbiy hamda mutaxassislar mehnat qilishdi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Chirchiqda " IV Samurai" xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aziz Saidov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro musobaqa oʻtkazildi.
Ikki kun davomida “Kimyogar” sport majmuasida 2008-2009-yillarda tavallud topgan oʻsmirlar va qizlar hamda 2010-2011-yillarda dunyoga kelgan kichik oʻsmirlar bir nechta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalaridan kelgan 500 nafardan ziyod isteʼdod egalari tatamiga chiqishdi.
Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutasaddilari soʻzga chiqib, yosh dzyudochilarga masʼuliyatli bellashuvlarda omad tilashdi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Qashqadaryolik dzyudochilar Qirg`iz Respublikasidagi musobaqada shohsupaga ko`tarilishdi
🇰🇬Xabar berganimizdek, 1-3-noyabr kunlari Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida o‘smirlar o‘rtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.
Ushbu musobaqada Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo boʻlimi oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Ular 1 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi.
🇺🇿Shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilarimiz:
🥇-55 kg: Behroʻz Xolliyev
🥈-60 kg: Ramziddin Norboboyev
🥈-66 kg: Joʻrabek Yaxshiyev
🥈-73 kg: Komiljon Aliqulov
🥉-66 kg: Soyibbek Joʻrayev
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Qashqadaryolik yosh dzyudochilar Tojikistondan shoda medallar bilan qaytishdi
🇹🇯1-3 noyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xo‘jand shahrida dzyudo bo’yicha 2007-2009, 2010-2011 yillarda tug’ilgan o’smirlar va kichik o’smirlar o’rtasida “Ustapiriyon Open” xalqaro musobaqasi bo’lib o’tdi.
Maskur turnirda Qarshi shahar OMSTBDIMI dzyudochilari ham munosib ishtirok etib, g’olib va sovrindorlar safidan joy olishdi.
🇺🇿🥋Shohsupaga ko`tarilgan dzyudochilarimiz:
🥇 Muslimbek Muhammadiyev
🥉 Mirakbar Abdujabborov
🥉 Sardorbek Qahhorov
🥉 Anzurbek Abduahadov
🥉 Ulug’bek Eshdavlatov
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🏆Oʻshdagi xalqaro turnirda “Samuray” klubi dzyudochilari ham muvaffaqiyatli qatnashishdi
🇰🇬Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi xalqaro turnirda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “Samuray” klubi yoz dzyudochilari ham muvaffaqiyatli tarzda qatnashishdi.
Yosh “samuraylar” “Sulaymon too” musobaqasida 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, jami 8 ta medal qoʻlga kiritishdi.
🇺🇿🥋“Samuray” klubi gʻolib va sovrindorlari:
🥇Oltin medal
-46 kg: Maqsad Mavlonberdiyev
-48 kg: Jasmina Tojaliyeva
-57 kg: Anjelika Moʻminova
-81 kg: Vitaliy Li
🥈Kumush medal
-55 kg: Abduvali Turgʻunov
🥉Bronza medal
-55 kg: Mirafzal Mirxoliqov
-60 kg: Rauan Saparov
-63 kg: Nasiba Rustamova
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏"Diplomat Judo" klubi tarbiyalanuvchilari "Sulaymon too" musobaqasida 13 ta medal qo`lga kiritishdi...
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏"Diplomat Judo" klubi tarbiyalanuvchilari "Sulaymon too" musobaqasida 13 ta medal qo`lga kiritishdi
🇰🇬Xabar berganimizdek, Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.
2008-2009-yillarda tavallud topgan oʻsmirlar oʻrtasidagi “Sulaymon too” xalqaro musobaqasida O`lmas Gulliyev murabbiyligidagi "Diplomat Judo" klubi yosh dzyudochilari ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, yakunda 13 ta medal qo`lga kiritishdi.
🇺🇿🥋"Diplomat Judo" klubi gʻolib va sovrindorlari:
🥇Oltin medal
-26 kg: Muhammadyahyo Bekmirzayev
-29 kg: Muhammadyusuf Beshimov
-32 kg: Samiyusuf Abbosov
-35 kg: Ibrohim Bahodirov
-50 kg: Shohjahon Usmonov
🥈Kumush medal
-26 kg: Jasur Aliyev
+38 kg: Bekzod Saidov
+55 kg: Javohir Mo`minov
🥉Bronza medal
-26 kg: Sardorbek Bekov
-35 kg: Ibrohim Ulug`bekov
-38 kg: Oybek Mo`minov
-42 kg: Sayfullo Boboxonov
+55 kg: Doston Akbarov
✍️Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram
📹"YOSHLAR" telekanali informatsion dasturi ijodkorlari "Xalqaro dzyudo kuni" munosabati bilan o'tkazilgan bayram dasturidan lavha tayyorlashdi.
🤲E'tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋🔥Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan poytaxtimizdagi “Tashkent City Mall” savdo majmuasida Butunjahon dzyudo kuniga bag`ishlab tashkil etilgan katta bayram dasturini yana bir bor suratlar orqali tomosha qiling...
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇯🇵🇺🇿🔥Qiziq fakt! Ono faoliyatida 9 bor mag‘lub bo‘lgan, uni yutganlar orasida MIRALI SHARIPOV ham bor!
🇯🇵🥇Ikki karra Olimpiada, besh karra jahon chempioni, ko‘plab "Katta Dubulg‘a" va Gran-pri turnirlari g‘olib hamda sovrindori Shohey Ono faoliyati davomida 9 bor mag‘lubiyatga uchragan ekan.
Qizig‘i, yaponiyalik yulduzni tatamini boshi egik holda chiqib ketishini "ta’minlagan" dzyudochilar orasida bugun o`z tavallud ayyomini nishonlayotgan Mirali Sharipov ham bor.
2012 yilgi Parij "Katta Dubulg‘a" turnirining 1/8 finalida yosh Mirali g‘oliblik uchun asosiy da’vogar hisoblangan raqibini mag‘lub etgan edi...
Obuna bo`ling👉 Telegram
📹"SEVIMLI" telekanalining "ZAMON" informatsion ko'rsatuvi ijodkorlari ham o'z dasturlarida Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan o'tkazilgan bayram dasturidan tayyorlangan lavhani efirga uzatishdi...
🤲E'tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram