jumanazar_yuldash | Unsorted

Telegram-канал jumanazar_yuldash - Jumanazar YO'LDOSH

1308

Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar

Subscribe to a channel

Jumanazar YO'LDOSH

***

Tushimda
xayolimni yeyar edi bir odam
ishtaha bilan
Xayolim oz qoldi...
Tugadi nihoyat xayolim
Xayolsiz qoldim
– Shirin ekanmi? – dedim
unga tikilib.
U labini yalab dedi:
– Mazasini bilmadim,
Lekin qornim to‘ymadi...
Yana nimang bor yeyishga?
– Orzu, Umid, Ishonch, Vijdon...
– Orzu qanday?
– Orzularimdan oling unda,
Shiringina, ushalmagan...
U orzularimni ham yeya boshladi
ishtaha bilan...
Orzusiz qoldim
– Yana nimang bor?..
Qo‘rqib uyg'onib ketdim...


J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#xushxabar

O‘zbek yozuvchilarining ruscha tarjima asarlari jamlangan "Красное яблоко" ("Qizil olma") to‘plamidan yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Девушка, любившая Есенина" ("Yeseninni sevgan qiz") hikoyasi o‘rin oldi.

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Xushxabar

🇺🇿 Mamlakatimizda ilm-fan, san'at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor yoshlar o‘rtasida

🔸Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" Respublika ko'rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

🥇1-o‘rin "Nasr" yo‘nalishidan
➖Jumanazar Yo‘ldosh

🥇1-o‘rin "Publitsistika" yo‘nalishidan
Xorun Muso


➡️ G'oliblarimizni tabriklaymiz!

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#adabiy_qaydlar


Битта китоби билан машҳур бўлган ёзувчилар


Шундай муаллифлар борки, ҳаёти давомида фақат битта китоб ёзган. Лекин бу китоб уларни шон-шуҳратга кўмиб ташлаган.

1. Харпер Ли «Қарқарани ўлдириш»

«Бемаъни гапларни ёзишдан кўра жим юриш яхшироқдир» — Харпер Ли дўсти Трумен Капоте («Тиффани билан нонушта» муаллифи)нинг «Нима учун фақат битта роман ёзгансан?» деган саволига шундайжавоб беради. Айтганча, у иккинчи иш устида ишлай бошлайди, лекинуни номукаммал ҳисоблаб, униташлаб қўяди. «Қарқарани ўлдириш»да ёзувчи ўзининг узоқболалигидаги хотираларга асосланган ҳикоясини қоғозда тушириш учун бир йил ишиниташлайди. Ҳикояда Скоттсборо шаҳрида суд тўққиз қора танли эркакни оқ танли қизларни зўрлаганликда айблагани ҳақида гап боради. Ҳатто ўша пайтда беш ёшли қизалоқ Харпер Ли ҳам бу иш «уюштирилгани» ва йигитлар шунчаки туҳмат остида қолиб кетганини англаб етганди...


2. Эмили Бронте "Жалали довон"


Балки бу роман унчалик «нишонгатегиш» бўлмагандир - агар у ўттизёшида сил касаллигидан вафот этмаганида, ёзувчи бизга янадаажойиб асарлар берган бўлар эди. Айтганча, Бронте унчалик машҳур бўлмаган шеърларини ҳам ёзиб қолдирган. «Ғира-ширалик» («Сумерки»)яратувчиси Стефани Майер берган интервьюларида «Жалали довон»дан илҳомланганини тан олган. 


3.Пётр Ершов,  «Букур тойчоқ»


Жамоатчилик севимли эртак муаллифи Пётр Ершов эканлигини мутлақо тан олишни истамади. Ёзувчилар муаллиф ажойиб замондоши Александр Пушкиннинг эртагини ўзлаштирганига ишонган. Аммо Ершовнинг ўзи Иван аҳмоқ ва сеҳрли ҳайвон ҳақидаги ҳикоялар халқ достони бўлганлиги, у фақат узоқ болалигида эшитган ҳикояларини қоғозга туширганини таъкидлайди.


4.Маргарет Митчелл, «Шамолларда учган ҳисларим»


Ҳатто севги драмаларини ёқтирмайдиган одамлар ҳам «Бу ҳақда эртага ўйлаб кўраман» деган иборани билишади. Муаллифнинг таржимаи ҳолини яқиндан кузатмоқчи бўлсак, нима учун у дунёга ажойиб, аммо фақат битта китобни тақдим этгани маълумбўлади - романни ёзиш учун тахминан ўн йил керак бўлган. Асар аслида, бу вақт давомида Митчелл томонидан яратилган алоҳида сюжетли ҳикоялар тўплами эди. Айтганча, унинг давоми бўлган дурдона асар «Скарлетт» китобини бошқа ёзувчи аёл - А.Рипли ёзган.

5. Александр Грибоедов, «Ақллилик балоси»

Адабиёт - бу Грибоедовнинг истеъдоди намоён бўлган санъат соҳаларидан бири. Афсуски, дипломат ёзувчининг таржимаиҳолини жуда кам одам эслай олади, бироқ Чацкий ва «Фамус» жамияти ўртасидаги қарама-қаршилик ҳақидаги асар кўпларига яхши таниш. Дўстлари дипломатнинг асосий асариу яратган ажойиб пианино сонатаси эканлигини таъкидлаган. Афсуски, унинг бу нота ёзувлари кейинги авлод учун абадий йўқолган.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Taklif qilib qolamiz!

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

* * *

Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?
A.Qutbiddin

Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?
Jonning ilgakiga ipsiz bog'liqsiz.
Ko'ksim tomon botayotgan shommishsiz,
Peshonamda boridan faromushsiz.

Hajr tunlaridan oqqan qonmishsiz,
Ishqqa tashna lablarimga jommishsiz.
Tomchi tomgan yuragimga tommishsiz,
Tonmishsiz,
tonmishsiz,
mendan tonmishsiz...

Konmishsiz uqubatga,
siz konmishsiz,
Ishqdan masrur kimsalarga dormishsiz.
Zormishsiz bir g'aribga,
siz zormishsiz,
Boqib yo'llariga intizormishsiz...

Necha shoir sizga bitgan qasida,
Mening ham sasim bor ular sasida.
Sizga keldim
ma'sum so‘zim qasdida:
Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?..


J.Yo‘ldosh



@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#tabrik

Assalomu alaykum aziz ustozlar! Sizlarni o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklayman! Hamisha shogirdlar ardog‘ida bo‘ling, faxrli o‘quvchilaringiz ko‘payaversin! Ulug‘ kasbingiz, faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik

Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "A house" ("Uy") hikoyasi ingliz tilida Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.

https://sindhcourier.com/a-house-a-short-story-from-uzbekistan/


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

"...Dangasaligim uchun ma’zur tutasiz! Yozda hech narsa qilib bo’lmaydi…"

Anton Chexovning N. A. Leykinga yozgan maktubidan, 1883 yil


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Yurak, seni tinglaguvchi yo‘q
Ko‘p yamoqlar tushgan bag'ringga
Darding nayday chalgan chog'ingda
Biror hamroz,
yupatguvchi yo‘q.
Shunda nafasing tortadi ma'yus
Xo‘rsinasan og'ir yutinib
Bu g'avg'oli dunyo kamiga
Ko‘nikasan qayg'uga botib.
Oy balqiydi,
zirqirar joning
Faryodingdan titraydi yulduz.
Zahmat chekib
sovumas qoning,
Xiyol xomushlanadi kunduz...
Qayg'u – azal inson taqdiri,
Mudom mushtlab yashaydi bag'ir.
Hech tirik zot bo'lolmas malham
Yolg'iz Egam bermasa to'zim...

Darding nayday chalgan chog'ingda,
Yurak, seni yupatguvchi yo'q...


J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik


Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Yomg‘irdan so‘ng" ("Petrichor") hikoyasi "Raven cage" xalqaro jurnalida e'lon qilindi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik

Ezgu niyatlar bilan "Ezgulik"da ish boshladik!

"Ezgulik" gazetasining 27-iyun soni


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!.."
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!.."
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!.."
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...



J.Yo'ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Mehmon keldi
toliqqan, horg‘in...
kulishni hech bilmasdi nochor
Izzatini qildim, o‘tkazdim
dil – uyimning to‘riga...
U xo‘rsindi og‘irdan o‘g‘ir,
So‘zlar edi o‘tgan kunlardan –
visolsiz sevgi,
umidsiz baxtdan,
o‘tkinchi umr,
unutish-unutilish
vaqtidan...
Mening ko‘nglim cho‘kib bordi
Dunyodan sovib bordim...
Nahot shumi qismatim?
Yorug‘likdan
yo‘qmi nishon?..
Xitoblarim dilda qoldi.
Mehmon esa jim qoldi.
Uning izzati bitmadi,
Dil - uyimdan ketmadi.
Uni quva olmasdim,
Dilim uniki bo‘ldi...
Axir u baxt emas edi,
U G'am edi...



J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya

Sogʻinch

Derazadan tashqariga hazin tikilgancha jimgina oʻtirardi. Mittigina bir qushcha derazaga qoʻndi. Choʻchimasdan unga uzoq tikildi...
U maʼsum jilmaydi:
– Bu senmisan?..

J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#kechinma


Ba'zi insonlar unutilishga va sog'inishga mahkumlar...


J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Ko'p o'ylarga cho'mdim yo'llarda,
Hamroh bo'ldi goh kun va goh tun.
Xuddi ko'nglim o'zga qo'llarda,
Hur ruhim ham o'zgaga tutqun.

Do'stlar ham tark etmoqda bir bir,
Men – odamovi, shumshuk kimsaman.
Netay axir bo'lganim shudir,
Meni ham bir Xudo yaratgan.

Shamollarda uchmoq istardim
Gard yuqmagan bola chog'imda.
Endi esa angladim, bildim –
Bari orzu ushalmas bunda...

Bir paytlari tekkan ishq o'qi
Sayroqi qush kabi ko'nglimga.
Falakgacha yetib qush dodi
Lek yetmadi bitta sanamga.

Ko‘nikdim men, netardim boshqa
Ko‘nmaslikka bormi bir chora?!
Axir hayot matlabi shunday
Inson esa mudom armonda.

Ko‘p o‘ylarga cho‘mdim yo‘llarda...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

https://telegra.ph/Fyodor-Mihajlovich-DOSTOEVSKIJ-09-13

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#adabiy_qaydlar

1863-yilda Jyul Vern "Parij XX asrda" asarini yozgan. Unda u avtomobillar, raketalar, elektr ko'cha chiroqlari, Internet, feminizm va boshqa bir qancha narsalar haqida yozgan.

Biroq, roman faqat 131 yildan keyin nashr etildi: nashriyot o'sha paytda uni judayam aqlga sig'maydigan deb baholagan.



@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#tavallud_kuni

Bugun 5-noyabr – yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh tavallud topgan kun.

Yozuvchiga uzoq umr, baxt-saodat, ulkan ijodiy parvozlar tilab qolamiz! Ijodi va hayoti go‘zal bo‘lsin!


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#kuz

***

Tiyramoh. Yaproqday sarg‘aydi ko‘ngil,
Orzular, yarqiroq hislar xazondir,
Kipriklar – yoshlardan namlangan sohil.

Rutubat – qoraygan bulutli osmon,
Yomg'irlar – ko‘nglimning inja hislari.
Kamalak – samoda jilvalangan shon.

Yalang‘och daraxtni tebratar shamol,
Yaproqlar izg‘iydi manzilsiz, erksiz.
Yurakni kuydirar xazonrang jamol.

O‘tmishu xotira chirib boradir,
To‘lqinday mavj uradi ko‘zlar ashki.
G'ussadan yurakda o‘yiq qoladir...

Tiyramoh. Yaproqday sarg'aydi ko‘ngil...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik

Yosh adib Jumanazar Yo‘ldoshning "Xizmatkash" hikoyasi "Yoshlar ovozi" gazetasining yangi sonida chop etildi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Mujda

Jurnalimizning 2023-yil 7-son mundarijasi bilan tanishing!

@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya

Jur'at

  "Hozir qo'ng'iroq qilsaydi..."
  U go'shakni ko'tarishga shay qo'llarini iyagiga tirab,  telefon apparatiga besabr tikilarkan, shunday o'yladi.
  Qo'ng'iroq jiringladi...
  Qo'llari beixtiyor-bebuyruq go'shakni ushladi-yu, qandaydir noma'lum tuyg'u sabab ko'tarolmadi.
  Qo'ng'iroq jiringlardi...
  U bo'g'ziga tiqilgan yig'iga erk berdi:
  "Ko'tarolmayman!..."


J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik

Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Yomg‘irdan so‘ng" ("Petrichor") hikoyasi "Articlass monthly" xalqaro jurnalida e'lon qilindi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

"Xorazm" telekanalida "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh amerikalik buyuk adib Ernest Hemingueyning "Chol va dengiz" asari haqida so‘zladi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

U seni sevardi juda...
Yetib bormas maktublar
yozardi senga
Derazangga gullar qo‘yardi,
Tikilardi uzoqdan senga...
Har tun sevgi haqida
kuylardi qo‘shiq,
Mast edi sevgingning tarovatidan.
Boshqalar senga suqlanib boqsa
Yoqalashardi sira tap tortmay.
U seni sevardi juda...
Sen esa sezmading uni
Sezganingda
tuyg‘usini qilmading pisand
Derazangga
qo‘yib ketgan gullarni
har kun uloqtirar eding ayamay...
U bo'lsa shunda ham sevardi seni...
Baxtini sen deb bilar edi u.
Lekin bir kun dilini dog‘lab
Ko‘ngil berding boshqa kimsaga
U bo‘lsa ortingda qoldi
g'amgin jilmayib...
"Baxtingni bersin..."
Seni sevgan o'sha –
men edim...


J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Biz to‘qnash keldik
hazin bog'larda...
Nigohimiz yer chizdi nogoh
Sen qayrilding,
men ham qoldim jim
Ikkimizni qiynar ezgin xotira...

Sen ortga boqmading,
turding bir lahza
men ham jim edim
ko‘z uzmadim sendan...
Sen olislay boshlading,
men yurdim asta.
Butkul ketib qolding,
ketganingdek hayotimdan...

Bu bog'larda kezgandik birga,
baxtimizga guvoh edi u.
Lek baxtimiz unutildi,
balki qolib ketgandir
qaylardadir...
Balki shu yerlarda
qoldirib ketdik?..
Balki sen izlab kelgansan uni?
Balki men ham izlab
kelgandim uni?..

Biz to‘qnash keldik
hazin bog‘larda...


J.Y



@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya


Nilufar


  – Menga ko‘ldan nilufar uzib bering, – iltimos qildi qiz.
Yigit ko‘l bo‘yida engashdi. Nilufarga uzatilgan qo‘li havoda turib qoldi. Ko‘l suviga ship-ship tomchi toma boshladi...


J.Yo‘ldosh

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#drabl

Ma'yuslik

– Undan xafamisan?
– Dunyodan xafaman...

J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…
Subscribe to a channel