***
Tushlarimda yashayman...
Xudoyimning nafasi tekkan
Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan
Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar
Nurlariga chayilar tonglar.
Tushlarimda yashayman...
Unda ko‘zlar sug'ormaydi
g'am niholini
Manglaylarga bosilmas
tolesiz tamg'a!..
Qalbda xitob qilguvchi
g'ussalar ham gung...
Tushlarimda yashayman...
Unda ishq degani – oppoq kabutar
Dildan dilga eltar
mehr – mujdalar
Unga tikilganning yuzlarida
balqir tabassum...
Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal...
Sochlari – tunmisol
Ko‘zlari – tunmisol
Lablarida gul misol
ifor taratar ismim...
Tushlarimda yashayman...
Unda yurakka
Kinli nigoh – tig'larini qadaydigan kimsa yo'q,
Kimsa yo‘q
nafrat neligin biladigan va
oqibat neligini bilmaydigan hech!..
Tushlarimda yashayman –
oddiy hayotmas!
Ozor neligini bilmasman unda,
Sokin xalovatni tuyarman unda...
Uyg'onishni istamay sira
Tushlarimda yashayman baxtli...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
Ko'zlaring
Ruxsat et, ko'zingda turay bir lahza,
Ko'zlaringda baxtim, bir lahza totay.
Azaliy orzudir yashash shu tarzda,
Bir lahza yodingda abadiy qolay.
Qalbimga armonning yoshlari tomgan,
Baxtning kulgilari olis, begona...
Ko‘zimga Xudoyim bir sirni ko'mgan,
O‘zimga noayon sirni ayt, menga!
Tunning soyalari – ko'zlaring rangi,
Tun kabi xalovat etganday tortiq.
Qalbimda ko'zingning ma'yus jarangi,
Umrni ko'zlarda yashab ham oldik...
Umrni ko'zlarda yashamay qo'ydik...
She'r muallifi: J.Yo‘ldosh
O‘qidi: Mavluda Anvarbekova
@Jumanazar_Yuldash
***
Dilchiroy,
sen qalbimda balqding boʻlib oy,
sen qalbimga oqding boʻlib soy,
sen qalbimdan mangu olding joy,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...
Kabutar gul tashir ishq uzra,
Gullar sirli shivirlab soʻzlar,
Soʻzladim men – soʻzlarim poyli,
Hislaringga hislarim boyli,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...
Har yoq – taqiq, sensan taqiqchim,
Aslo bo‘lma qalbda siniqcham...
Senga borar yoʻllardir loyli,
Oyoqlarim yurishdan toydi,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...
Kunga doʻndim, koʻrmoqqa seni,
Qalb iforing tuymoqqa seni,
Umrim kechib mudom xatoli,
Seni suydim – diling hayoli,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...
J.Yoʻldosh
@Jumanazar_Yuldash
#kitob_mutolaa
Kafka insoniyatning ulkan fojealarini o‘z asarlarida aks etgan adib...
@Jumanazar_Yuldash
"Men seni sevmayman, shu gapga ishon..."
Muallif: J.Yo‘ldosh
O‘qidi: Nilufar Komilova
@Jumanazar_Yuldash
***
Orzularim mo‘l edi...
Afsus, yoshlar ko‘l endi.
Menga umidlar bergan –
Qalblar bo‘ldi ko‘r endi.
Yengdi g'amlar zo‘r endi,
Yashash ham bazo'r endi!
Men – mehmoni dunyoning
Davram bo‘lgan to‘r endi.
Peshonalar sho'r endi,
Menga – g'arib yo'l endi.
Yuragimga iliqlik
Berdi hasrat – qo'r endi.
Ne qilardim men sho'rlik,
"G'amginangga ko'n, endi!"
Sof, osuda tuyg‘ular –
Joyi bo'lgan go'r endi...
Orzularim mo'l edi...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#audio_ijro
"Oy shu'lasi chayilgan kecha..."
Muallif: Jumanazar Yo‘ldosh
O‘qidi: Shahodat Rajabova
@Jumanazar_Yuldash
📖📍 TURLI MAMLAKATLARNING MAKTAB O‘QUVCHILARI ADABIYOT DARSLARIDA NIMA O‘QIYDI? 📚
🇫🇷 Fransiya
🔹 Viktor Gyugo “Xo‘rlanganlar”;
🔹 Jan-Batist Molyer “Soxta bemor”;
🔹 Emil Zolya “Tegirmon qamali”;
🔹 Antuan de Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”;
🔹 Gustav Flober “Bovari xonim”.
🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari
🔹 Xarper Li “Mazaxchini o‘ldirish”;
🔹 Mark Tven “Geklberri Finning sarguzashtlari”;
🔹 Uilyam Golding “Pashshalar hukmdori”;
🔹 Frensis Skott Fitsjerald “Buyuk Getsbi”;
🔹 Nataniyel Xotorn “Qizil harf”.
🏴 Angliya
🔹 Charlz Dikkens “Buyuk umidlar”;
🔹 Jeyn Ostin “Gʻurur va andisha”;
🔹 Jon Steynbek “Sichqonlar va odamlar”;
🔹 Meri Shelli “Frankenshteyn”;
🔹 Sharlotta Brontening “Jeyn Eyr”;
🔹 Joan Kipling Rouling “Garri Potter va falsafiy tosh”.
🇩🇪 Germaniya
🔹 Gotxold Efraima Lessing “Dono Natan”;
🔹 Iogan Volfgang Gyote “Faust”;
🔹 Erix Mariya Remark “Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo‘q”;
🔹 Ernest Xeminguey “Chol va dengiz”;
🔹 Frans Kafka “Jarayon”.
🇨🇴 Kolumbiya
🔹 Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”;
🔹 Mario Vargas L’osi “Oddiy qahramon”;
🔹 Hulio Kortosarning “Klassik o‘yin”;
🔹 Pablo Nerudaning she’rlari;
🔹 Migel Servantes “Don Kixot”.
@kitoboqiuz sahifasidan
@Jumanazar_Yuldash
***
Yolg'onchining so'ziga ishon
Ishon, unga tong otishiga ishongan kabi
Go'yo xudoning borligiga ishongan kabi
Go'yo ishonch – baxtni baxshida etasan unga
U ko'zlarida olib yuradi baxtni
O'zga yolg'onchi chiqadi uning oldidan
Uning so'zlariga ishonadi u
(balki ishonmas,
baxtini qizg'onar balki)
Ko'zlaridagi baxt
ikkinchi yolg'onchiga o'tadi,
U uchinchisiga eltadi
ko'zidagi nurli baxtni...
Shunday qilib yolg'on baxtga
ishonib yashaydi odamlar...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilida "Dream" ("Ro‘yo"), "A house" ("Uy") hikoyalari "Raven Cage" adabiy jurnalida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Qirdagi qizg‘aldoqlar" hikoyasi "Ezgulik" elektron respublika adabiy-badiiy gazetasida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning vyetnam tilida "Truyen Ngan" ("Uy") hikoyasi vyetnam adabiy saytida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
https://www.nhavanvacuocsong.net/truyen-ngan-jumanazar-yuldash-uzbekistan/
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimotidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
***
Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan
Yuzlari binafshaga chayilgan
Aqiq lablarida boʻsa toti bor
Bir qiz bor
Uning koʻzlarida kun
Uning koʻzlarida tun
Har ochib-yumishida
Aylanadi dahri dun!
Bir qiz bor
Yuragida orzulari togʻ
Men bilmagan gʻussalari togʻ...
Uni koʻrsam...
Qachon koʻrsam kipriklari nam
Qayda koʻrsam kipriklari nam...
Yetar shuncha gʻussalar erkam...
Bir qiz bor
Diydorini qumsayman har dam
Har nafasimdan
Ulgʻayar sogʻinch guli
Hatto azizdir
Koʻzlariga botgan gʻam dogʻi
Tushlarim bosadi sogʻinch hovurin
Bir qiz bor
Xayol – dunyoyimni fath etgan chiroy
U qaro tunimni yoritguvchi oy
Umrim bogʻlariga sochadi nurin...
Bir qiz bor
Xayolida uygʻonar tongim
Xayolida botadi shomim
Latif xayoli ilitar jonim
Xayolida oʻtmoqda butun hayotim...
Uning esa xayolida men yoʻqman
Uning tonglarida
Uning tunlarida men yoʻqman
Men yoʻq dunyolarda bir qiz bor...
U meni oʻylamaydi hech!
Bokiradir uning xayoli...
Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan...
J.Yoʻldosh
@Jumanazar_Yuldash
***
Ko‘zlardan uchganda saodat,
Bag'rimni quchganda rutubat,
Tunlarim ichganda sukunat,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...
Dunyoni bezasa go‘zallik,
Sen dil bezading mo‘jizali.
Dilimga gulifor taratding, diloy,
Muhabbat bog‘ini yaratding, guloy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...
Samodan yog‘arkan baxttomchi,
Ming bora urindim tutmoqchi,
Hamma baxtim – Sensan, hoynahoy,
Sening qalbing tuyg'ularga boy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...
Qushlar tumshug‘ida baxttumor,
Bo‘yningga ilishsin, men – xumor.
Baxt oyi tug‘ilgan sen – baxtoy,
Seni men deb yaratgan Xudoy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#kitob_mutolaa
Xalqaro nufuzli "Nobel" mukofoti sovrindorlarining durdona hikoyalari. Haqiqiy adabiy zavqni uyg‘otuvchi kitob.
@Jumanazar_Yuldash
"Ko'p o'ylarga cho'mdim yo'llarda..."
✍: Jumanazar Yo‘ldosh
🎤: Oygul Nuramatova
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilidagi "White snow" ("Oppoq qor") hikoyasi "Ravon cage" xalqaro elektron jurnalning may oyidagi sonidan o‘rin oldi.
@Jumanazar_Yuldash
***
Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!"
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!"
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!"
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#iqtibos
"Oldingi zamonlarda kitoblarni yozuvchilar yozar, o'quvchilar o'qirdi. Hozir o'quvchilar yozyapti va hech kim o'qimayapti".
Oskar Uayld
"Hayotda qiyin narsa yo'q. Bizning o'zimiz murakkabmiz".
Oskar Uayld
"Odamlar jamiyatda kiyadigan niqob har doim uning ortidagi yuzdan ko'ra qiziqroq tuyuladi".
Oskar Uayld
"Tajriba bu – inson o'z xatolariga qo'ygan ikkinchi nom, xolos".
Oskar Uayld
"Do'stning qayg'usiga hamma ham sherik bo'lishi mumkin. Ammo do'stning muvaffaqiyatiga chin dildan sevina olish uchun ruhiy poklik kerak".
Oskar Uayld
"Keksalikning fojeasi bu odam qarishida emas, balki uning qalbi bilan yosh bo‘lib qolishida".
Oskar Uayld
"Senga pinhon ne bor, men esa so'qir,
Lek zoe o'tmadi umrim bilaman. Iymonim komilki, manguliklarda,
Bir kuni men Senga mehmon bo'laman".
Oskar Uayld
@Jumanazar_Yuldash
#hayit_ayyomi
HAYIT
Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.
Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.
Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir Hayit bo‘lsin...
Abdulla Oripov
@Jumanazar_Yuldash
#bayram_tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli ayollar!
Ayol so‘zi asosida nafislik, joziba, ma'sumlik, hayo, matonat va yana ko‘p tuyg‘ular, fazilatlar yotibdi. Bularni birlashtirib turuvchi ulug‘ zot esa Ayoldir. U bizning onamiz, opamiz, singlimiz. Ayollarning begonasi bo‘lmaydi, hammasi bizning yaqinlarimizdir. Jamiyatimizda eng muqaddas tushuncha hisoblangan "Oila" so‘zining asosida ham "Ayol" so‘zi bor, chunki ayolsiz oila bo‘lmaydi. Oilasi bor insonlar baxtli insonlardir. Shunday ekan, sizlar bizning baxtimiz asosisiz! Ulug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin, hamisha gulday yashnab yuringlar!
Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#tavallud
#ustozlar_ijodidan
ҚОР ҚЎШИҒИ
Лаҳза тиним билмай кутдим бу кунни,
Бугун орзуларим, мана, ушалди.
Сен атайин ухлаб ўтказдинг тунни,
Мен-чи ёғавердим, мен-чи тўшалдим.
Бўронларда елиб, ҳовлингга келиб,
Уйингни айланиб кездим жон ҳалак.
Ниҳоят, ниҳоят, уйғотдим сени
Деразангда бўлиб гирдикапалак.
Ёғдуга кўмилди бедор ҳисларинг,
Улар боис бўлди оппоқ фахримга.
Оҳиста-оҳиста босган изларинг
Ўйилиб-ўйилиб қолди бағримга.
Истасанг, дўстингга от. Турибман шай.
Ахир нечун бундан қилай орлар ман.
Севиб, шодлигимдан осмонга сиғмай,
Сенга зорлар бўлиб ёғган қорлар — ман.
Мен учиб қўнайин, сен қувна ял-ял,
Сен сира қилмагин шодликни канда.
Кечир кўзёшингга ўхшаб қўйсам сал,
Кипригингга аста қўнаётганда.
Шодлигингга қисқа умримни бериб,
Оҳ-фиғон қилмасдан, нолимасдан, жим,
Аста ер қаърига кетаман эриб
Сенга атаб гуллар юбориш учун...
Матназар Абдулҳаким
/channel/M_Abdulhakim
@Jumanazar_Yuldash
Gul
Bu gul vazada turadi
Bu gul vazaniki
Bu gulning ildizi yo'q
Bu gul iforsiz
Bu gul go'zaldir
Bu guldan zavq olish mumkin
Bu gul ko'ngil uchun
Bu gul beilojlikdan
Bu gul so'lishni bilmas
Bu gul ko'rk uchun
Bu gul gulga o'xshar
Bu gul gul emas
Bu gulga suv kerakmas
Bu gul shunchaki gul...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "A beggar" ("Tilanchi") hikoyasi Misrning "Life magazine" adabiy jurnali saytida e'lon qilindi.
https://mebusiness.ae/en/news/show/87909
@Jumanazar_Yuldash
#xushxabar
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilida "A beggar" ("Tilanchi") hikoyasi Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.
https://sindhcourier.com/a-beggar-a-short-story-from-uzbekistan/
@Jumanazar_Yuldash
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimot jarayonidan tayyorlangan video lavha.
🎬 Ushbu video "Audiovizual asarlar yaratish va qayta ishlash" to‘garagi a'zosi, maktabning 11-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy tomonidan tayyorlandi.
📱Marhamat tomosha qilishingiz mumkin.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram
#Kitob_taqdimoti
#Jarayon
JUMANAZAR YO‘LDOSHNING "RO‘YO" KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida
Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" loyihasi doirasida "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari, yosh iste'dodli nosirimiz Jumanazar Yo‘ldoshning "Ro‘yo" kitobi taqdimotidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram