Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar
#OAV_va_BIZ
#Viloyat_gazetasi
🗞Vohamizning Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi muassisligidagi 📰 "Xorazm iste'dodi" gazetasining 2024-yil 31-oktabr sonida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldosh va ijodiy to‘garak rahbari Sardor Sa'dullayevning
ijod namunalari joy olgan.
👏 Maktab jamoasi nomidan iste'dodli ustozlarimizni tabriklaymiz.
#Izlam
"Bosiriq"
Nasr – og‘ir mehnat, kuzatuvchanlik, hayotiy tajriba asosida yaratiladigan asarlarni qamragan yo‘nalish. Bu yo‘nalishda yozish uchun mushohadakorlik, hafsala, mehnatdan qochmaslik fazilatlari kerak bo‘ladi. Ayni shu jihatlar asar muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Bayram Ali og‘ani ushbu kitobi ham mashaqqatli mehnat mahsuli deb bilaman va o‘quvchilar o‘qishi lozim deb o‘ylayman.
"Avron"
Avron – toshqin degani. Bu balki ko‘chma ma'noda ko‘ngildagi his-tuyg‘ular toshqinidir?.. Balki o‘quvchilarda ham kitobni o‘qish orqali turli hissiyotlar toshqini yuz berar?..
Umuman olganda, hammaning ko‘nglida o‘z "Avron"i bo‘lishi kerak.
Kitoblar xaridi uchun: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
Suhrob Ziyo she'rlari ravonligi, ko‘lamdor ma'nosi, nafisligi bilan o‘qirmanda iliq taassurotlar qoldiradi. She'r odamni o‘zi yashayotgan real borliqdan o‘zga olamga olib kira olishi kerak... Suhrob ijodida shu fazilat mujassam. Shu xususiyat shoirni Shoir qiladi.
Yangi to‘plam bilan muallifni tabriklaymiz va o‘qirmanlarga she'riyat "Daryo"siga sho‘ng‘ib, o‘zlari uchun duru javohirlar topishini tilab qolamiz.
Xarid: @akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
Кун бўйи “Дераза ортида” “Сир”ни ўқидим. Яна қандай дераза дейсизми? Шифохонаники.
Фоже фожега уланди. Жуманазар Йўлдошнинг “Ҳодиса” ва Муҳаммадхон Юсуповнинг “Илк” асаридаги бош мавзу, бош образ ҳам фожеа. Лекин икки носир қаламида бир мавзу икки хил талқинда. Хусусан, Жуманазар Йўлдош фожеани экзистенциал қайғуриш ва яланғочлик орқали ифодалаган бўлса, Муҳаммадхон Юсупов ижтимоий ва тарихий нуқтаи назардан ёритган. Иккиси ҳам рамзлардан ўринли, моҳирона фойдалангани ўқувчи эътиборини тортади. “Ҳодиса” ҳикоясида кўзгу қаҳрамоннинг синган шахсини ифодаласа, қора ит унинг гуноҳлари ёки назорат қилиб бўлмайдиган кучларни ифода этади. “Илк”да отлар дупурини ўтмишга ва вақтнинг ўтишига ишорадек тушуниш ҳам мумкин.
Қалами бир-бирини такрорламайдиган, бири ҳаётдан, ёлғизликдан, кўнгил тубидан маъни қидирса, бири илм, шахсий йўқотиш ва жамият мажбуриятларидан фоженинг қиёфасини чизадиган икки ёзувчи барчамизга муборак бўлсин!
Адабиётимизга янги авлод келаётгани рост бўлсин!
Ўзини зиёлиман, шу миллат тақдирига бефарқ эмасман дегувчилар замондош ёзувчилари, уларнинг ижоди, имкониятини билиши, ўрганиши ва айтмоқчи бўлган Сўзини тинглаши шарт.
“Дераза ортида” сиз билмаган не-не “Сир”лар бор!..
Буюртма учун: @akademsavdo
@sevara_alijonova
Устоз кўрмаган шогирд ҳар мақомга йўрғалар, деган гап бор. Суҳроб Зиё устоз кўрган. Кўрганда ҳам, ўз даврининг энг оловқалб шоир, синчи муҳаррирларига шогирд тушган. Шундан, у нима ҳақида ёзишни яхши билади. Ёзганларида англанмаган сезим, ҳиссиётлар эмас, тафаккур ғалвиридан ўтган бир қадар вазмин оҳанглар етакчилик қилади. Бир сўз билан айтганда, унинг “Дарё”си тўпалон дарё эмас, менинг назаримда маълум мақсад билан йўлга чиққан ва ўз йўлида собит оғир-босиқ дарёдир. (Чуқур дарё тинч оқади, демиш машойихлар). Ишониш мумкинки, мабодо у сизни оқизиб кетган тақдирида ҳам, саодат соҳилларидан бўлак ерга элитмайди...
Бугун инсон руҳияти мураккаблашди. Мазкур сабабдан, унинг таҳлили янги оқим, янгича услубларга муҳтож. Жуманазар Йўлдош мана шуни кўнглига туккан, ўзига ишончи баланд ёш ёзувчилардан. Унинг “Сир” ҳикоялар тўплами сизга одам қалбининг энг чуқур пучмоқларидан маълум топилдиқлар сўзлайди.
Бир-бирига ўхшамайдиган, бири шеърий, иккинчиси насрий бу иккала китобни барча кузатувчиларимга тавсия қилиб қоламан. Китоблар қимматли, лекин негадир, қуйидаги манзилда анча арзонга сотишяпти экан...
Xarid: t.me/akademsavdo
@BeshinchiTomon
/channel/suhrob_ziyo1/2696
https://www.facebook.com/share/p/19aynMgtBW/
https://www.facebook.com/share/19gzxGFDFZ/
https://www.instagram.com/p/DB3x-IVO7T5/?igsh=MXRtdHNqMXBwOTdmeQ==
#Izlam
Furqat og‘ani ijodi bilan anchadan buyon tanishman. O‘z so‘zi, o‘z g‘oyalariga ega yozuvchi sifatida bilaman va hurmat qilaman. Oldinroq "Pichirlangan sirlar" kitobi chiqqanida xursand bo‘lgan edim. Uning izidan "Qorakuya" ham nashr etilgani nur ustiga a'lo nur bo‘ldi. Demak, yozuvchi ijod mehnatidan to‘xtamayapti. Yana yangi izlanishlar, yangi g‘oyalar uni bezovta qilmoqda. Nimadandir bezovta yozuvchi – asl yozuvchi.
Asl yozuvchining asarlari sizni ham bezovta qilishiga, mushohadaga chorlashiga ishonamiz.
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
"Turkiy elning shiddati so'ngganga o'xshayotir..."
Bu satr o'zini, aslini, o'zligini - Turkiy millatini unutmagan, uning birligini, buyukligini qaytishini qumsagan shoirning satridir. Najmiddin Ermatov ijodi deyilganda xayolimda shu satrlar aylanaveradi. Qarangki, yangi kitobi ham "Turon sog'inchi" deb nomlanibdi. Rauf Parfi, Shavkat Rahmonlarda bo'y ko'rsatgan bu ulug' g'oya Shoirda davom etayotir.
Najmiddinga Turkiynafas shoirlarning ruhi madadkor bo'lsin, yangi kitob muborak bo'lsin!
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
Mansur og‘a ijodi go‘zal ifodalarga, kishiga huzur beradigan, hayrat uyg‘otadigan fikrlarga boy. O‘zim uchun qadrli bo‘lgan, o‘qib zavqlangan satrlarini keltiraman:
"She'r ekansan angladim,
ey Xudoning olami..."
"Bo‘g‘zimgacha keldi bu loyqa daryo
Sen qachon kelasan
Nuhning kemasi?!. "
"Mingni olib yuz bergan,
Men – o‘zidan yuz burgan,
Ilhom bergan, so‘z bergan,
Ko‘ksimda urib turgan,
Xudoga nima deyman?!."
"Ichingda Iso bordir,
Dard chekmasang tug‘ilmas..."
"Dardimizni yo‘q qila qolgin,
Bizni yo‘qdan bor aylagan Zot..."
Bunday satrlar Shoir ijodida anchagina. Muhimi, ularni har birini his bilan, ruh bilan, tafakkur bilan o‘qish, Shoir ruhiyat olamiga sayohat orqali o‘zi uchun muhim haqiqatlarni kashf etishi lozim.
Mansur og‘aga va o‘zbek she'riyatiga Yangi kitob muborak bo‘lsin!
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
"...Ham...Nafas"
Bu ikki kitob bir-birini ruhan, qalban to‘ldiradigan, biri ikkinchisini davom etadigan kitoblardir.
Bu ikki kitob adabiyot dengizidagi yangi bir mavj, yangi bir to‘lqindir.
Bu ikki kitob mushtarak dillarning orzu, umidlari, tug‘yonlaridir.
Bu ikki kitob adabiyotsevarlarga chanqoq qalbi uchun obi ziloldir.
Sh.Shavkat do‘stimiz Ulug‘ so‘zning yukini his qilgan, ulug‘larga ergashib o‘zi ham ulug‘lashayotgan shoirdir.
Nozima ayollarga xos nafis tuyg‘ular tarannumini musiqiy ohanglar bilan ifoda etayotgan shoiradir.
Men ishonamanki, yana yuzlab yil o‘tgandan so‘ng ham bu kitoblar o‘z o‘quvchisini topadi. Chunki inson yashamoqda ekan, qalbini tozartishga, dunyoning azaliy qonuniyatlarini nafis tarzda anglashga zarurat sezadi deb o‘ylayman...
Xullas, bu ikki kitob asl, o‘qilishi zarur kitoblardir!
@Jumanazar_Yuldash
#yangi_nashr #IZLAM
Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi sotuvda!
Xarid: t.me/akademsavdo
#xushxabar
"Izlam" turkumida kitobimiz chiqdi. Dunyo, hayot va inson haqida tasavvurlarim, xulosalarim, fikrlarim jamlangan to‘plam siz azizlar uchun manfaatli bo‘ladi, degan umiddaman.
Kitobga mehnati singgan Sanjar aka va u boshchiligidagi Akademnashr xodimlariga minnatdorlik bildiraman.
Aytgancha, kitobni xarid qilmoqchiman degichlarga murojaat uchun manzil qoldiramiz: http://t.me/akademsavdo
/channel/Akademnashr
@Jumanazar_Yuldash
Rasmda #IZLAM'ning ikkinchi faslidan o'rin olgan 16 nafar yosh ijodkor ismlari gorizontal va vertikal holatda yashirilgan.
Kimlarni topdingiz? Izohlarda yozib qoldiring. ✍️
📚 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
***
Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!"
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!"
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!"
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#kechikkan_xabar
#yangilik
Yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Uy" hikoyasi Zomin seminari ishtirokchilaridan saralangan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida chop etilgan "Buloqlar ko‘z ochganda" to‘plamidan joy oldi.
@Jumanazar_Yuldash
TAʼZIYA
Taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi
Iste’dodli va taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi. Bu haqda uning yaqinlari Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Mansur Jumayev 1991-yili Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shoirning “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Yaqinda chop etilgan “Izlam” turkumida “Biz kutgan fasl” nomli she’riy to‘plami chiqqan.
***
Manov osmon,
manov yulduz,
manov yaproq,
manov qushlar
sano aytar habibimga
mingta rangu ming tovushda.
Manov temir,
manov toshlar
aro nafsim ko‘zin xushlab,
manam borman,
man borarman –
jon hovuchlab,
ruh hovuchlab.
Kelar,
ketar,
tinar,
shoshar –
o‘ng tarafim,
so‘l tarafim…
ichimda bir daryo toshar:
zikri xafiy,
zikri xafiy.
Sassiz kishnar qayg‘ulanib
asovlarim,
ayg‘irlarim…
ulug‘ sevgi – pinhon sevgi:
hayqirmadim,
hayqirmadim.
Biz shundayin sug‘ro, g‘arib,
biz shundayin kubro, sharif,
biz shundayin yaldoli tun,
biz shundayin subhi zarif.
Bizga bir yor yordir – tamiz,
sukut bizni esh etadir:
sevgimizni sevgilimiz
aytmasak ham eshitadir!
▪️AYB KIMDA?Читать полностью…
▪️CHIN XAZINA
▪️DO‘STLAR DIYDORI
▪️ONA TILIM
▪️Uch zamondosh shoir ijodi tahlili
#Izlam
"Ro‘baro‘"
Rahmatjon ko‘ngil shoiridir. Aslida hamma shoir ham ko‘ngil kuychisi, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, xuddi shunday, ammo ko‘ngil mavzusi Rahmatjon she'rlarining tub mag‘zini tashkil etadi. Har bir she'rida ko‘ngilning turfa manzaralarini ko‘rish mumkin... Bu manzaralar orqali Shoir nimadan iztirobda ekanligini anglash mumkin.
Qadrdonim Rahmatjonga yangi kitob muborak bo‘lsin deyman va kitobxonlarga Shoirning Ko‘ngli bilan "Ro‘baro‘" bo‘lish zavqini tilayman.
"Deraza ortida"
Muhammadxon og‘a hikoyalarida men hurmat qiladigan bir jihat ko‘zga tashlanadi – yangilik yaratishga urinish. Xuddi shu jihat ijodkorning boshqalarga o‘xshamasligi, adabiyotning ko‘lamini kengaytirib, yangi sarhadlarni kashf etishiga imkon yaratadi.
Tilagim shuki, kitob O‘zbek Nasri uchun xayrli bo‘lsin, o‘zbek o‘qirmanlariga zavq bersin.
Kitoblar xaridi uchun: @akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
Ҳатто муқовасига термилиб ўтирсанг арзийди💚
Маэстро Баҳриддин Бозоров ижодидан
“Сир” ва “Дарё”нинг миссияси ҳақида
Шу кунларда дўстлар каминадан нега “Излам”даги китобларни бирин-кетин жар солаётганимиз ҳақида сўраяпти. Чунки айни кунларда бизнинг кичик “миссия”миз шу. Бироқ, шубҳангиз бўлмасинки, туркумдан жой олган китобларнинг миссияси бундан баланд.
Ҳозир сизга шулардан иккитаси ҳақида сўзлаб берсам.
#yangi_nashr
MEN BIR "SIR" NI AYTMOQCHIMAN
#yangi_nashr
📘 Jumanazar Yo'ldosh, “Sir”
Hikoyalar
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq
Hajmi: 144 bet
Narxi: 31 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.
#Izlam
"Huqqaboz"
Huqqaboz – hiylagar, ko‘zboylovchi ma'nolarida keladi. Dunyo huqqabozlarga to‘la. Aldov, xudbinlik, manfaat ketidan quvish kabi illatlar ortidan odamlar ham huqqabozga aylanadi.
"Huqqaboz" kitobida balki siz dunyoning bir qarashda sezilmaydigan hiyla-nayranglarini anglab yetarsiz... Buning uchun, albatta, kitobni o‘qish lozim bo‘ladi.
Kitob sizga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz.
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
Adabiyotni bog‘ deb tasavvur qilsak, adabiy tanqid uning bog‘bonidir. Bog‘bon gullarni, daraxtlarni parvarish qiladi, har xil begona o‘tlardan tozalaydi... Xullas, adabiyotning go‘zal bo‘lishiga, gullab-yashnashiga xizmat qiladi – zahmatli mehnat.
Gulrang Ubayeva ana shunday og‘ir mehnatni bo‘yniga olib bu maydonga kirgan ekan, "Gulqaychi"si bog‘ni go‘zal bo‘lishiga xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
#Izlam
Mohirani anchadan buyon g'oyibdan tanirdim, ijodidan xabardorman. Nosirlar orasida eng faol, o'z so'zi, ruhiga ega inson sifatida bilaman va hurmat qilaman.
Adabiyot dunyosida o'z so'ziga ega bo'lish nihoyatda mushkul. Qo'lingga qalam olganingda necha minglab adiblarning g'oyalari, fikrlari seni ta'qib qilib turadi, go'yo endi aytiladigan hech narsa qolmaganday... Ammo haqiqiy iste'dod o'z zamonasi musavviri bo'la oladi, o'z so'ziga ega bo'la oladi. Mohirani ana shunday adiba hisoblayman va uning yangi kitobi ko'plab kitobxonlar qalbini zabt etishiga ishonaman.
Mohirani ushbu ijodidagi yangi dovon – kitobxonlar bilan diydorlashuv imkoniyati bilan qutlab qolaman!
Xarid: http://t.me/akademsavdo
@Jumanazar_Yuldash
“Izlam” - 2 bilan tanishamiz!
https://youtu.be/tnafLDtQTaI?si=6OnEQAtCkCKo4N59
#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar
Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.
Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:
nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;
Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblar to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.
Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.
Kuzatib boring: @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.
Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).
1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.
@akademnashr
Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_VA_BIZ
#Assalom_Xorazm
📆 Joriy yilning 27-sentabr
O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludi munosabati bilan Xorazm televideniyasining 📺 "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari Jumanazar Yo‘ldosh va Xorun Musolar ishtirok etdilar.
💫 Suhbat davomida shoirning ijodiy olami yaratgan asarlaridagi uslub rang-barangligi haqida fikrlaridan o‘rtoqlashdilar. So‘z va she'riyatga oshno qalblar uchun o‘z ijodlaridan she'rlarni havola qildilar.
📱Marhamat siz ham tomosha qiling.
#yangi
Kuz
Xazonlar to‘kilar ohista,
Osmonning avzoyi buzilgan.
Ko‘nglimning taftiga vobasta,
Teraklar qanoti uzilgan.
Farroshlik qiladi shamollar,
Supurar teraklar xazonin.
O‘zimda uyg‘ongan savollar,
O‘zlari topadi javobin.
Dedimki: "Xazonlar nimadir?"
Dedimki: "Teraklar gunohi".
"Nimaga mezonda so‘nadir?
Zirqiraydi yaproqlar joni?"
Xiyol xomush chekaman azob,
Xo‘rsingancha aytaman javob:
"Hayotning tugaydi fursati,
Bu – kuz va hayotning hikmati..."
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
***
(G'azalga havas yo'lida)
Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari.
Huuv pari, sirli pari,
Dilim xufton borgan sari.
Ishqda sira yo‘qtir iloj
Kuymoqdan-u kuydirmoqdan.
Siring nedir, siringni och,
Go'zalliging aytgin qaydan?
Ko‘zlaringda his toshadi,
Bilmam nedan so'z ochadi.
Alloh-Alloh bul mo'jiza
Qay otashlarga otadi!
Meni qilding bechorayu
Meni qilding aftodahol.
Yuzlaringdan sochib yog'du
So'zlaringdan tomizib bol.
Ne desalar dedilar gar,
Sevma dedilarki seni.
Majnun bo‘lib sevdim seni
Sevdimki qasdma-qasdiga.
Huuv pari! Kelgin bari,
Hajr o‘ti kulga do‘nsin.
Ishqqa dushman kimsalarning
Boshiga ishq qushi qo'nsin.
So'zlar bisyor – otashnafas
Yuragingni ilitar, bas.
Men oshiqman sen – pariga,
Yuragimga bo‘l habibam.
Eey pari! Mahvash pari!
Tashnaman men ruxsoringga.
Oxir yetsam visolingga
Jonim ketar osmoni(ng)ga...
Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash