jumanazar_yuldash | Unsorted

Telegram-канал jumanazar_yuldash - Jumanazar YO'LDOSH

1308

Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar

Subscribe to a channel

Jumanazar YO'LDOSH

#drabl

Gullar

U doim hasratlarini o‘zi sevgan, yal-yal ochilgan gullarga aytardi. Bir kuni ko‘rdiki, gullari so‘lib qolibdi...

J.Y

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya

Baxtli baxtsiz

– Siz baxtli bo‘laverishdan charchamadingizmi?
– Baxtsiz bo‘lishdan charchaganman...


J.Yo‘ldosh

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Xorazmdagi jadidlar va jadidchilik harakati haqida hech o‘qiganmisiz? Ushbu maqolada Xorazm hududidan yetishib chiqqan jadidlar va ularning faoliyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

Muallif:Tamara Xaitboyeva

https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid099uvAwVHrqYn8CVdo5sKg86NAmWV72F8m9JPmgoTwhJ2NvFqzLDq1cuxkhWSGF4Vl&id=100039199809167&mibextid=Nif5oz

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya

Yomg‘ir

Yomg‘ir yog‘a boshladi. U osmonga qarab g‘amgin xo‘rsindi:
– Yana yig‘labsan-da...

J.Y


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

18-mart kuni Xorazm TV telekanalining "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh mehmon bo‘ldi.

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#bayram_tabrigi

Assalomu alaykum, hurmatli ayollar!
Ayol so‘zi asosida nafislik, joziba, ma'sumlik, hayo, matonat va yana ko‘p tuyg‘ular, fazilatlar yotibdi. Bularni birlashtirib turuvchi ulug‘ zot esa Ayoldir. U bizning onamiz, opamiz, singlimiz. Ayollarning begonasi bo‘lmaydi, hammasi bizning yaqinlarimizdir. Jamiyatimizda eng muqaddas tushuncha hisoblangan "Oila" so‘zining asosida ham "Ayol" so‘zi bor, chunki ayolsiz oila bo‘lmaydi. Oilasi bor insonlar baxtli insonlardir. Shunday ekan, sizlar bizning baxtimiz asosisiz! Ulug‘ bayramingiz muborak bo‘lsin, hamisha gulday yashnab yuringlar!

Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Nodirabegim.uz сайтида кўпроқ қайси ижодий ишлар яхши ўқилаётганини кузатдим. Сизларга ҳам ойлик рейтингни тақдим этиб борсам дегандим.

Январ ойида эълон қилинган жами 17 та ҳаволадан кўришлар сони бўйича юқори бўлган материаллар:

1. Қирқ йиллигимда (Шерзод Комил Халил)
2. Пўртахол (Сароян, Алфайз таржимасида)
3. Оппоқ қор (Жуманазар Йўлдош)

Кўпроқ наср яхши ўқиларкан. Феврал ойи рейтингини ҳам эълон қиламан. Сиз сайтда кўпроқ нималар ўқишни истардингиз?

@mittihaqiqatlar

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

SHOIRGA

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."

(Jumanazar Yoʻldosh misrasi)

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."
Bu chorlovlar oʻtkinchi, ogʻam,
Oy hamisha goʻzal aldaydi.
Qishi qattiq kelar qishloqning
Qishlagani shahar ketasiz.
Siz ekkan huv tollar kesilgan,
Endi qalbga ishqni ekasiz.
Bu yerlarning manglayi shoʻrmas –
Bergan tuzin oqlar Vatanning!
Shoirlarning sevgani yormas,
Ilhomidir shonli sheʼrlarning.
Oy sayrga chorlaydi, munis...
Qish kechasi,
qishloq koʻchasi...
Sheʼringizga tuzlar sepadi
Sevganingiz goʻzal allasi...
Taqdir– toshday qattiq non ekan!
Tishlaringiz toshni yormadi.
Maktab payti siz yozgan xatlar
Balki...
unga yetib bormadi...
Ne qilarsiz, turmush musht solsa,
Ona aytgan qizga koʻnganysiz.
Shu kechaday sokin, sevimli
Huv allani oyga koʻmgaysiz...
(Bilmam, kimga botar bu izhor?)
Barchasini solasiz she'rga.
Va shu bilan tunlar oqarar
Belanadi sham qora terga...
Lek, unutmang:
Oylar aldoqchi!
Ular doim goʻzal aldaydi,
Shu qishloqda kimdir sizga ham
Yetib kelmas xatlar yoʻllaydi...

"Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi..."


Zubayda Otaxonova


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

– Ойи, нега отам бизни ташлаб кетган?

Тўсатдан берилган бу оғир саволга жавоб бериш Нурия учун оғриқли эди. Ҳар қандай ташлаб кетилган аёлларда бўладиган маъюслик ҳозир унинг юзида Муниса сира кўрмаган ҳолатида намоён бўлган эди. У юрагида аллақайси томири чирт узилгандай бир дардли қалқиб қўйди.

– Отанг… яхши одам эди. Мен ёмон эдим. Шу учун бўлса керак…

Ёш носир Жуманазар Йўлдошдан янги ҳикоя: https://nodirabegim.uz/archives/4974

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

YO‘L

(Kinossenariy)

...Har kim ham eplolmaydigan ishni eplashga harakat qilish – hayotning mazasi shunda. Hayot – yo‘l. Har kim o‘zinikini tanlaydi. To‘g‘ri yo‘lni tanlaysanmi, egri yo‘lnimi, o‘zingga havola...

https://telegra.ph/Yol-01-05

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Assalomu alaykum, aziz yaqinlarim! Sizni kirib kelayotgan 2023-yil bilan samimiy tabriklayman! Oilangizda tinchlik, xotirjamlik, farovonlik hukm sursin. Yangi yil bir dunyo baxt va omad olib kelsin!

Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Xushxabar
#Vatan_taraqqiyotiga_mening_hissam
#Viloyat_bosqich

🇺🇿 Mamlakatimizda ilm-fan, san'at, madaniyat, badiiy ijod kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashbbuskor fidoyi talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan

🔻"VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM" viloyat ko'rik- tanlovining "Nasr" yo‘nalishida ishtirok uchun Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan I DARAJALI DIPLOM bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchisi Jumanazar Yo‘ldoshev munosib taqdirlandi.

Xodimimizni g'alaba bilan jamoamiz nomidan samimiy qutlaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

https://telegra.ph/Oppoq-qor-12-05

OPPOQ QOR...
(Hikoya)


...Munisa onasining yelkasidan tutdi, koʻzlarini artib qoʻydi, lekin oʻzining koʻzlarida milt etgan yosh ham koʻrinmas edi, xuddi yigʻlashni unutib qoʻygan, yo koʻzyoshi tugagan kabi...
 – Bu olam yigʻlab-siqtashga arzimas ekan. Yigʻlamaydiganlar uchun ekan bu olam...


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Yurak, seni tinglaguvchi yo‘q
Ko‘p yamoqlar tushgan bag'ringga
Darding nayday chalgan chog'ingda
Biror hamroz,
yupatguvchi yo‘q.
Shunda nafasing tortadi ma'yus
Xo‘rsinasan og'ir yutinib
Bu g'avg'oli dunyo kamiga
Ko‘nikasan qayg'uga botib.
Oy balqiydi,
zirqirar joning
Faryodingdan titraydi yulduz.
Zahmat chekib
sovumas qoning,
Xiyol xomushlanadi kunduz...
Qayg'u – azal inson taqdiri,
Mudom mushtlab yashaydi bag'ir.
Hech tirik zot bo'lolmas malham
Yolg'iz Egam bermasa to'zim...

Darding nayday chalgan chog'ingda,
Yurak, seni yupatguvchi yo'q...

J.Y.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Odamlar uyquda
Tun musiqa chaladi
Yolg'iz terak shitirlaydi ohista
Go‘yo dardli bir qissani so‘zlaydi...
Itlar hurishar olisda
Nimadandir nolib yo hurkib...
Shamollar guvillar
kimningdir xayolin to‘zg‘itib...
Yulduzlardan taralar
G'amgin va toliqqan shu'la
Oy hazin xo‘rsinar
Mas'um manzaradan o‘kinib...
Odamlar esa uyquda
Tun musiqa chaladi bir mayin...


J.Y.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#mitti_hikoya

YETIM

Turmush qurmasdan ajrashishdi. Yetim qoldi muhabbat...

J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

https://telegra.ph/Bulutli-shahar-05-05

BULUTLI SHAHAR

(Hikoya)

– Bilmadim... Menga nimadir bo‘lyapti.
– Hozir hammada shunday. Odamlar o‘ziga nimadir bo‘lganini bilishadi, ammo nima ekanini bilishmaydi.
– Sen bilasanmi?
– Men ham bilmayman, ammo bu aniq osmonni qoplagan xira bulutlar ta'sirida ekanini bilaman!..


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

“IBODAT”

Matnazar Abdulhakim she’ri.

Aziz xalqimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Yetkazganiga shukr.
Barchangizni qutlayman.

Doim yaqinlaringiz ardog‘ida, baxtu omad quchog‘ida, Yaratganning nazarida bo‘ling.

HAYIT MUBORAK!

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Ketib borar bir odam – majnun
Qo'lda xurjun, bir qo'lda aso,
Bir dalivash, sochlari to'zg'iq.
Chikoradir unga bu dunyo
Labda mudom eski bir qo'shiq:
"Yo Ollo do'st, yo Ollo, yo do'st..."
Qalban yolg'iz, qalbida ishq bor,
Bor bisoti shu ishqi xolos.
Xurjunida bir kunlik non bor,
Rizqin berar, razzoqdir Alloh.
G'amga botmas, dunyo moli deb,
Dunyo – Fano. Ishqidir boqiy.
Juldur kiyim shu egniga zeb,
Ishq mayidan quyadi soqiy...
Qalbi olov. Osmonda Yori,
Bu savdoda yo'qdir ag'yori.
Ketay desa vujudda – zori,
Oshiqlikdir uning bor kori...

Ketib borar bir odam – majnun...


J.Yo'ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

(G'azalga havas yo'lida)

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari.
Huuv pari, sirli pari,
Dilim xufton borgan sari.
Ishqda sira yo‘qtir iloj
Kuymoqdan-u kuydirmoqdan.
Siring nedir, siringni och,
Go'zalliging aytgin qaydan?
Ko‘zlaringda his toshadi,
Bilmam nedan so'z ochadi.
Alloh-Alloh bul mo'jiza
Qay otashlarga otadi!
Meni qilding bechorayu
Meni qilding aftodahol.
Yuzlaringdan sochib yog'du
So'zlaringdan tomizib bol.
Ne desalar dedilar gar,
Sevma dedilarki seni.
Majnun bo‘lib sevdim seni
Sevdimki qasdma-qasdiga.
Huuv pari! Kelgin bari,
Hajr o‘ti kulga do‘nsin.
Ishqqa dushman kimsalarning
Boshiga ishq qushi qo'nsin.
So'zlar bisyor – otashnafas
Yuragingni ilitar, bas.
Men oshiqman sen – pariga,
Yuragimga bo‘l habibam.
Eey pari! Mahvash pari!
Tashnaman men ruxsoringga.
Oxir yetsam visolingga
Jonim ketar osmoni(ng)ga...

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari...


J.Y

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Xushxabar
#Isteʼdodlar_gazetada_namoyon

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchisi Jumanazar Yo‘ldoshning
Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan adabiy-badiiy nashri hisoblangan "Ezgu so‘z" gazetasida "Oppoq qor" nomli hikoyasi 15-fevral sonida chop qilindi.

Ijodkorimizga Ogahiy maktab jamoasi nomidan ijodiy parvoz tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan
Yuzlari binafshaga chayilgan
Aqiq lablarida boʻsa toti bor
Bir qiz bor
Uning koʻzlarida kun
Uning koʻzlarida tun
Har ochib-yumishida
Aylanadi dahri dun!
Bir qiz bor
Yuragida orzulari togʻ
Men bilmagan gʻussalari togʻ...
Uni koʻrsam...
Qachon koʻrsam kipriklari nam
Qayda koʻrsam kipriklari nam
Kunlar oʻtar, oy oʻtar, yillar...
Qachon koʻrsam kipriklari nam
Qayda koʻrsam kipriklari nam...
Yetar shuncha gʻussalar, erkam,
Yetar shuncha gʻussalar yetar!
Bir qiz bor
Diydorini qumsayman har dam
Har nafasimdan
Ulgʻayar sogʻinch guli
Hatto azizdir
Koʻzlariga botgan gʻam dogʻi
Tushlarim bosadi sogʻinch hovurin
Bir qiz bor
Xayol – dunyoyimni fath etgan chiroy
U qaro tunimni yoritguvchi oy
Umrim bogʻlariga sochadi nurin...
Bir qiz bor
Xayolida uygʻonar tongim
Xayolida botadi shomim
Latif xayoli ilitar jonim
Xayolida oʻtmoqda butun hayotim...
Uning esa xayolida men yoʻqman
Uning tonglarida
Uning tunlarida men yoʻqman
Men yoʻq dunyolarda bir qiz bor...
U meni oʻylamaydi hech!
Bokiradir uning xayoli...
Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan...


J.Yoʻldosh

2021


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangilik

https://webkamerton.ru/2023/01/devushka-lyubivshaya-esenina

Rossiyaning "Kamerton" adabiy jurnalida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Девушка, любившая Есенина" ("Yeseninni sevgan qiz") hikoyasi rus tilida e'lon qilindi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi.
Chiroqlardan iliq nur tomar,
Itlar hurar – mendayin daydi.
O, qishloqning jonbaxsh nafasi!
Xush iforli his toshar qalbda.
Shu qishloqning har insoniga
Qilgim kelar jonimni sadqa.
Jimjit koʻcha... orom kechasi...
Men oʻzimni butkul unutdim,
Unib chiqdi xayol chechagi
Va nenidir tinmayin kutdim...
Bolalikda ekkan niholim
Bugun oʻsib terak boʻlibdi.
Men unutgan qadrli tolim,
Chopilibdi – tugabdi umri...
Bir paytlari sevgan qizimning
Uyidagi dorga tortilgan
Bir paytlari kiyganday oʻzi –
Goʻdak liboslari osilgan.
Ne ham derdim, shu ekan qismat
Sevilgandik, sevgandik nochor,
Lek maktabni bitirgan fursat,
Ajralishdik – hayot badkirdor.
Bir koʻchada yashasak ham biz
Taqdir uzoq qilgandi axir.
Ne boʻlsa ham koʻrishmaymiz yuz,
Taqdir degan shunchalik taxir.
Sen yashagin, deyman qasdma-qasd
Ayol boshing – turmush bilan band.
Men ham chidab, jim yashayman bas,
Sabil turmush qilar zanjirband...
Bedor kezib tagʻin tunchogʻi
Hasratimni yozdimu biroz,
Yodga olib qadrdon chogʻim
Koʻnglim xiyol boʻldi sarafroz.
Tunda esgan salqin shabboda,
Gʻamlarimni uchirdi ilkis.
Lablarimga tutdi gulboda
Unutilgan umr shodligi...
Oy shuʼlasi chayilgan kecha
Uzun tuproq yoʻllar chorlaydi.
Chiroqlardan iliq nur tomar,
Itlar hurar – mendayin daydi...


J.Y.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#sarhisob

Yil boshida tugagan yil bo‘yicha sarhisob:

1. "Inja san'at" xalqaro elektron jurnalida "Yeseninni sevgan qiz" hikoyam e'lon qilindi.

2. "Besh tashabbus" doirasida o‘tkazilgan "Mushoira" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘ldim.

3. "Yomg‘irdan so‘ng" hikoyam ingliz tilida Pokistonda e'lon qilindi.

3. "Tilanchi" hikoyam Turkiyaning "Güncel sanat" jurnalida e'lon qilindi.

4. Hikoyam Italiyaning "Image Poetry" adabiyot saytida e'lon qilindi.

5. "Factor books" nashriyoti tomonidan chop etilgan yosh nosirlarning "Orzu va dengiz" kitobidan "Sir" hikoyam o‘rin oldi.

6. Hikoyam vyetnam tilida "Van Nghe" adabiy bosma jurnalida chop etildi.

7. Turkiyada chop etilgan o‘zbek ijodkorlarining "Çeşme" jamoa to‘plamidan she'rlarim o‘rin oldi.

8. Ijodiy ishlarim Nodirabegim.uz, Pegas portali saytlarida e'lon qilindi.

9. "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" respublika ko‘rik tanlovining "Nasr" yo‘nalishida g‘olib bo‘ldim.

10. Ellikka yaqin she'r, o‘nlab hikoyalar yozdim, ellikka yaqin badiiy asar mutolaa qildim.


Xullas, 2022-yil mening hayotimda o‘ziga xos ahamiyatga ega yil bo‘ldi. Ham ijodiy, ham hayotiy jihatdan... Hammasi uchun 2022-yildan minnatdorman. Oldimizdagi turli kutilgan va kutilmagan hodisalarni ichiga qamrab olgan yangi yilga yuzlanarkanman, eski yilning qaytib kelmasligini, undagi turli voqealar faqat xotiramda omonat saqlanishini o‘ylab beixtiyor xomush tortdim... Umr shu ekan. Yangi yil esa yana ham samarali va muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilib qolaman.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Yelkamda ko‘tarib borardim tolib
yelkam ezgan yuk bilan...
Olis-yaqin manzilga...
Yo‘lda uchrar odamlar
Hayron bo‘lib qararlar,
Eshitaman shivirlashlarin:
– Bu savdogar bo‘lsa kerak,
Sotsa kerak, albatta!
– Yo‘q, uyida och qolgan
Bolasiga eltar yegulik?
– Balki topib olgan xazina?!
– Menimcha, chiqindini
Tashlab kelmoqchi, balki?
– Ahmoqona! Bildim buni,
Yelkasida – ayoliga atalgan tortiq!
Odamlarning taxminidan
kulaman horg‘in...
Oxir yurak yutib
So‘rasharlar o‘smoqlab:
– Neni ko‘tarib yuribsan,
Bukchayib, horib?
Men hazin jilmayib,
Beraman javob:
– Yelkamdagi – odamlarning anduhi...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

🚪 Bir eshik bor...

🤍 Axir men dil o'g'irladim...


🎤 Mohichehra Rustamova

© J.Y

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

"Yurak, seni tinglaguvchi yo‘q..."

Muallif: J.Yo‘ldosh
Ijro muallifi: Nasiba Abdullayeva

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

🔥"Izlam" sizni izlayapti🔥


Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi,  "Akademnashr" nashriyoti,
nasr.uz adabiy sayti hamda "Yoshlik" jurnali hamkorligida tashkil qilingan yangi tanlovga start beramiz!

🎯Tanlov "Izlam" rukni ostida nashrdan chiqqan Azizbek NOROV qalamiga mansub  "Azal va abad yo‘li" kitobi asosida o‘tkaziladi.

Siz Nazar Eshonqul "Milliy adabiyotimizda o‘ziga xos voqea" deya e'tirof etgan va bu borada bahslasha olishini ta'kidlagan "Azal va abad yo‘li" qissasini o‘qib ulgurdingizmi? 
Tanlovda ishtirok etishga shoshiling!

Nominatsiyalar:

-"Eng yaxshi taqriz"
Bunda ishtirokchidan qissaning mazmun va g‘oyasini to‘g‘ri anglagan holda o‘z fikr-mulohazalarini tahliliy, tanqidiy va ijodiy bildirish talab etiladi.


- "Eng yaxshi maktub"
Agar siz kitobni o‘qisangiz-u, taqriz yozib g‘olib bo‘la olishingizga ko‘zingiz yetmasa,  tushkunlikka tushishga oshiqmang! Har bir o‘qirmanning asar haqida o‘z aytar gapi  bo‘lishini biz tushunamiz. Fikrlaringizni muallifga noma usulida yozing!


📌G‘oliblarni  qimmatbaho sovg‘alar🎁, diplom, statuetka🏆 va kitoblar jamlanmasi📚 kutmoqda! Va bu hali hammasi emas, batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing: tanlov nizomi

📌"Azal va abad yo‘li" kitobini respublika bo‘ylab http://t.me/akademsavdo, TDO'TAU hududida esa @tanlovlarga telegram manzili orqali topishingiz mumkin

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Tavallud_ayyom
#Happy_day

2⃣6⃣ Jumanazar Yo'ldoshev 1997-yilning 5-noyabr sanasida Xiva tumanidagi Shomoxulum qishlog'ida tug'ilgan. 2004-2013-yillarda shu qishloqdagi 47-sonli umumta'lim maktabida tahsil olgan. 2013-16-yillar Xiva agroservis kasb-hunar kollejini tugatgan. Hozirda Ogahiy nomidagi ijod maktabida ijodiy madaniy masalalar bo‘yicha targ'ibotchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

📝 Hikoyalari tuman, viloyat, republika gazetalarida, xususan, "Xiva tongi", "Xorazm yoshlari", "Ezgu so‘z", "Kitob dunyosi", "Yoshlar ovozi" gazetalarida yoritilgan.
Ijodi "Jilg‘alar qo‘shig‘i", "Mushtarak dillar", "Ijod gulshani" kabi to‘plamlardan o‘rin olgan.

📊 2018-yilda o‘tkazilgan Zomin seminari ishtirokchisi.
2018-yilda Shahrisabzda o‘tkazilgan "O‘zbekiston bahori I-mavsum" ishtirokchisi.
2019-yilda Xivada o'tkazilgan "O'zbekiston bahori II-mavsum" ijod fetivali g'olibi
"Yomg‘irdan so‘ng" hikoyalar to‘plami xorijiy davlatlarda chop qilingan
2022-Mushoira ko'rik-tanlovi respublika ishtirokchisi

@Xorun_Muso

Читать полностью…
Subscribe to a channel