Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar
#tavallud_kuni
Bugun 5-noyabr – yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh tavallud topgan kun.
Yozuvchiga uzoq umr, baxt-saodat, ulkan ijodiy parvozlar tilab qolamiz! Ijodi va hayoti go‘zal bo‘lsin!
@Jumanazar_Yuldash
#kuz
***
Tiyramoh. Yaproqday sarg‘aydi ko‘ngil,
Orzular, yarqiroq hislar xazondir,
Kipriklar – yoshlardan namlangan sohil.
Rutubat – qoraygan bulutli osmon,
Yomg'irlar – ko‘nglimning inja hislari.
Kamalak – samoda jilvalangan shon.
Yalang‘och daraxtni tebratar shamol,
Yaproqlar izg‘iydi manzilsiz, erksiz.
Yurakni kuydirar xazonrang jamol.
O‘tmishu xotira chirib boradir,
To‘lqinday mavj uradi ko‘zlar ashki.
G'ussadan yurakda o‘yiq qoladir...
Tiyramoh. Yaproqday sarg'aydi ko‘ngil...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
Yosh adib Jumanazar Yo‘ldoshning "Xizmatkash" hikoyasi "Yoshlar ovozi" gazetasining yangi sonida chop etildi.
@Jumanazar_Yuldash
#Mujda
Jurnalimizning 2023-yil 7-son mundarijasi bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
#mitti_hikoya
Jur'at
"Hozir qo'ng'iroq qilsaydi..."
U go'shakni ko'tarishga shay qo'llarini iyagiga tirab, telefon apparatiga besabr tikilarkan, shunday o'yladi.
Qo'ng'iroq jiringladi...
Qo'llari beixtiyor-bebuyruq go'shakni ushladi-yu, qandaydir noma'lum tuyg'u sabab ko'tarolmadi.
Qo'ng'iroq jiringlardi...
U bo'g'ziga tiqilgan yig'iga erk berdi:
"Ko'tarolmayman!..."
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Yomg‘irdan so‘ng" ("Petrichor") hikoyasi "Articlass monthly" xalqaro jurnalida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
"Xorazm" telekanalida "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh amerikalik buyuk adib Ernest Hemingueyning "Chol va dengiz" asari haqida so‘zladi.
@Jumanazar_Yuldash
***
U seni sevardi juda...
Yetib bormas maktublar
yozardi senga
Derazangga gullar qo‘yardi,
Tikilardi uzoqdan senga...
Har tun sevgi haqida
kuylardi qo‘shiq,
Mast edi sevgingning tarovatidan.
Boshqalar senga suqlanib boqsa
Yoqalashardi sira tap tortmay.
U seni sevardi juda...
Sen esa sezmading uni
Sezganingda
tuyg‘usini qilmading pisand
Derazangga
qo‘yib ketgan gullarni
har kun uloqtirar eding ayamay...
U bo'lsa shunda ham sevardi seni...
Baxtini sen deb bilar edi u.
Lekin bir kun dilini dog‘lab
Ko‘ngil berding boshqa kimsaga
U bo‘lsa ortingda qoldi
g'amgin jilmayib...
"Baxtingni bersin..."
Seni sevgan o'sha –
men edim...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
***
Biz to‘qnash keldik
hazin bog'larda...
Nigohimiz yer chizdi nogoh
Sen qayrilding,
men ham qoldim jim
Ikkimizni qiynar ezgin xotira...
Sen ortga boqmading,
turding bir lahza
men ham jim edim
ko‘z uzmadim sendan...
Sen olislay boshlading,
men yurdim asta.
Butkul ketib qolding,
ketganingdek hayotimdan...
Bu bog'larda kezgandik birga,
baxtimizga guvoh edi u.
Lek baxtimiz unutildi,
balki qolib ketgandir
qaylardadir...
Balki shu yerlarda
qoldirib ketdik?..
Balki sen izlab kelgansan uni?
Balki men ham izlab
kelgandim uni?..
Biz to‘qnash keldik
hazin bog‘larda...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#mitti_hikoya
Nilufar
– Menga ko‘ldan nilufar uzib bering, – iltimos qildi qiz.
Yigit ko‘l bo‘yida engashdi. Nilufarga uzatilgan qo‘li havoda turib qoldi. Ko‘l suviga ship-ship tomchi toma boshladi...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#drabl
Ma'yuslik
– Undan xafamisan?
– Dunyodan xafaman...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#mitti_hikoya
YETIM
Turmush qurmasdan ajrashishdi. Yetim qoldi muhabbat...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
https://telegra.ph/Bulutli-shahar-05-05
BULUTLI SHAHAR
(Hikoya)
– Bilmadim... Menga nimadir bo‘lyapti.
– Hozir hammada shunday. Odamlar o‘ziga nimadir bo‘lganini bilishadi, ammo nima ekanini bilishmaydi.
– Sen bilasanmi?
– Men ham bilmayman, ammo bu aniq osmonni qoplagan xira bulutlar ta'sirida ekanini bilaman!..
@Jumanazar_Yuldash
“IBODAT”
Matnazar Abdulhakim she’ri.
Aziz xalqimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Yetkazganiga shukr.
Barchangizni qutlayman.
Doim yaqinlaringiz ardog‘ida, baxtu omad quchog‘ida, Yaratganning nazarida bo‘ling.
HAYIT MUBORAK!
***
Ketib borar bir odam – majnun
Qo'lda xurjun, bir qo'lda aso,
Bir dalivash, sochlari to'zg'iq.
Chikoradir unga bu dunyo
Labda mudom eski bir qo'shiq:
"Yo Ollo do'st, yo Ollo, yo do'st..."
Qalban yolg'iz, qalbida ishq bor,
Bor bisoti shu ishqi xolos.
Xurjunida bir kunlik non bor,
Rizqin berar, razzoqdir Alloh.
G'amga botmas, dunyo moli deb,
Dunyo – Fano. Ishqidir boqiy.
Juldur kiyim shu egniga zeb,
Ishq mayidan quyadi soqiy...
Qalbi olov. Osmonda Yori,
Bu savdoda yo'qdir ag'yori.
Ketay desa vujudda – zori,
Oshiqlikdir uning bor kori...
Ketib borar bir odam – majnun...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
* * *
Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?
A.Qutbiddin
Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?
Jonning ilgakiga ipsiz bog'liqsiz.
Ko'ksim tomon botayotgan shommishsiz,
Peshonamda boridan faromushsiz.
Hajr tunlaridan oqqan qonmishsiz,
Ishqqa tashna lablarimga jommishsiz.
Tomchi tomgan yuragimga tommishsiz,
Tonmishsiz,
tonmishsiz,
mendan tonmishsiz...
Konmishsiz uqubatga,
siz konmishsiz,
Ishqdan masrur kimsalarga dormishsiz.
Zormishsiz bir g'aribga,
siz zormishsiz,
Boqib yo'llariga intizormishsiz...
Necha shoir sizga bitgan qasida,
Mening ham sasim bor ular sasida.
Sizga keldim
ma'sum so‘zim qasdida:
Bizdan xafamisiz, sarvim xomushsiz?..
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#tabrik
Assalomu alaykum aziz ustozlar! Sizlarni o‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan tabriklayman! Hamisha shogirdlar ardog‘ida bo‘ling, faxrli o‘quvchilaringiz ko‘payaversin! Ulug‘ kasbingiz, faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan Jumanazar Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "A house" ("Uy") hikoyasi ingliz tilida Pokistonning "Sindh Courier" adabiy saytida e'lon qilindi.
https://sindhcourier.com/a-house-a-short-story-from-uzbekistan/
@Jumanazar_Yuldash
"...Dangasaligim uchun ma’zur tutasiz! Yozda hech narsa qilib bo’lmaydi…"
Anton Chexovning N. A. Leykinga yozgan maktubidan, 1883 yil
@Jumanazar_Yuldash
***
Yurak, seni tinglaguvchi yo‘q
Ko‘p yamoqlar tushgan bag'ringga
Darding nayday chalgan chog'ingda
Biror hamroz,
yupatguvchi yo‘q.
Shunda nafasing tortadi ma'yus
Xo‘rsinasan og'ir yutinib
Bu g'avg'oli dunyo kamiga
Ko‘nikasan qayg'uga botib.
Oy balqiydi,
zirqirar joning
Faryodingdan titraydi yulduz.
Zahmat chekib
sovumas qoning,
Xiyol xomushlanadi kunduz...
Qayg'u – azal inson taqdiri,
Mudom mushtlab yashaydi bag'ir.
Hech tirik zot bo'lolmas malham
Yolg'iz Egam bermasa to'zim...
Darding nayday chalgan chog'ingda,
Yurak, seni yupatguvchi yo'q...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
Yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Yomg‘irdan so‘ng" ("Petrichor") hikoyasi "Raven cage" xalqaro jurnalida e'lon qilindi.
@Jumanazar_Yuldash
#yangilik
Ezgu niyatlar bilan "Ezgulik"da ish boshladik!
"Ezgulik" gazetasining 27-iyun soni
@Jumanazar_Yuldash
***
Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!.."
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!.."
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!.."
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...
J.Yo'ldosh
@Jumanazar_Yuldash
***
Mehmon keldi
toliqqan, horg‘in...
kulishni hech bilmasdi nochor
Izzatini qildim, o‘tkazdim
dil – uyimning to‘riga...
U xo‘rsindi og‘irdan o‘g‘ir,
So‘zlar edi o‘tgan kunlardan –
visolsiz sevgi,
umidsiz baxtdan,
o‘tkinchi umr,
unutish-unutilish
vaqtidan...
Mening ko‘nglim cho‘kib bordi
Dunyodan sovib bordim...
Nahot shumi qismatim?
Yorug‘likdan
yo‘qmi nishon?..
Xitoblarim dilda qoldi.
Mehmon esa jim qoldi.
Uning izzati bitmadi,
Dil - uyimdan ketmadi.
Uni quva olmasdim,
Dilim uniki bo‘ldi...
Axir u baxt emas edi,
U G'am edi...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
#mitti_hikoya
Sogʻinch
Derazadan tashqariga hazin tikilgancha jimgina oʻtirardi. Mittigina bir qushcha derazaga qoʻndi. Choʻchimasdan unga uzoq tikildi...
U maʼsum jilmaydi:
– Bu senmisan?..
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#drabl
Gullar
U doim hasratlarini o‘zi sevgan, yal-yal ochilgan gullarga aytardi. Bir kuni ko‘rdiki, gullari so‘lib qolibdi...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
#mitti_hikoya
Baxtli baxtsiz
– Siz baxtli bo‘laverishdan charchamadingizmi?
– Baxtsiz bo‘lishdan charchaganman...
J.Yo‘ldosh
@Jumanazar_Yuldash
Xorazmdagi jadidlar va jadidchilik harakati haqida hech o‘qiganmisiz? Ushbu maqolada Xorazm hududidan yetishib chiqqan jadidlar va ularning faoliyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.
Muallif:Tamara Xaitboyeva
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid099uvAwVHrqYn8CVdo5sKg86NAmWV72F8m9JPmgoTwhJ2NvFqzLDq1cuxkhWSGF4Vl&id=100039199809167&mibextid=Nif5oz
#mitti_hikoya
Yomg‘ir
Yomg‘ir yog‘a boshladi. U osmonga qarab g‘amgin xo‘rsindi:
– Yana yig‘labsan-da...
J.Y
@Jumanazar_Yuldash
18-mart kuni Xorazm TV telekanalining "Assalom, Xorazm" ko‘rsatuvida yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh mehmon bo‘ldi.
@Jumanazar_Yuldash