jumanazar_yuldash | Unsorted

Telegram-канал jumanazar_yuldash - Jumanazar YO'LDOSH

1308

Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda yosh yozuvchi Jumanazar Yo‘ldosh ijodi bilan tanishasiz. 09.09.2020 yil Murojaat: @Yuldashev_Jumanazar

Subscribe to a channel

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Huqqaboz"


Huqqaboz – hiylagar, ko‘zboylovchi ma'nolarida keladi. Dunyo huqqabozlarga to‘la. Aldov, xudbinlik, manfaat ketidan quvish kabi illatlar ortidan odamlar ham huqqabozga aylanadi.
"Huqqaboz" kitobida balki siz dunyoning bir qarashda sezilmaydigan hiyla-nayranglarini anglab yetarsiz... Buning uchun, albatta, kitobni o‘qish lozim bo‘ladi.
Kitob sizga manfaatli bo‘lishiga ishonamiz.


Xarid: http://t.me/akademsavdo

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Adabiyotni bog‘ deb tasavvur qilsak, adabiy tanqid uning bog‘bonidir. Bog‘bon gullarni, daraxtlarni parvarish qiladi, har xil begona o‘tlardan tozalaydi... Xullas, adabiyotning go‘zal bo‘lishiga, gullab-yashnashiga xizmat qiladi – zahmatli mehnat.
Gulrang Ubayeva ana shunday og‘ir mehnatni bo‘yniga olib bu maydonga kirgan ekan, "Gulqaychi"si bog‘ni go‘zal bo‘lishiga xizmat qilishiga umid qilib qolamiz.

   
Xarid:  http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash
  

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


Mohirani anchadan buyon g'oyibdan tanirdim, ijodidan xabardorman. Nosirlar orasida eng faol, o'z so'zi, ruhiga ega inson sifatida bilaman va hurmat qilaman.
Adabiyot dunyosida o'z so'ziga ega bo'lish nihoyatda mushkul. Qo'lingga qalam olganingda necha minglab adiblarning g'oyalari, fikrlari seni ta'qib qilib turadi, go'yo endi aytiladigan hech narsa qolmaganday... Ammo haqiqiy iste'dod o'z zamonasi musavviri bo'la oladi, o'z so'ziga ega bo'la oladi. Mohirani ana shunday adiba hisoblayman va uning yangi kitobi ko'plab kitobxonlar qalbini zabt etishiga ishonaman. 
Mohirani ushbu ijodidagi yangi dovon – kitobxonlar bilan diydorlashuv imkoniyati bilan qutlab qolaman!


Xarid: http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

“Izlam” - 2 bilan tanishamiz!

https://youtu.be/tnafLDtQTaI?si=6OnEQAtCkCKo4N59

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar

Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.

Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:

nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;


Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblar to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

Kuzatib boring: @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

“Izlam”ning 2-fasli keyingi haftadan sotuvga chiqadi, inshaAlloh. Bu safar 16 nafar muallif saralab olindi. Yoʻnalishlar roʻyxati ham kengaydi: nasr, nazm, adabiy tanqid va publitsistika.

Mualliflar orasida adabiyotimiz uchun kashfiyotlar ham borligiga ishongim keladi. Allaqachon oʻz ovozi va oʻz oʻquvchisini topib ulgurgan ijodkorlar ham bor roʻyxatda. Oʻz syurprizi – “Istisno”si ham bor ;).

1-faslda boʻlganidek asosli-asossiz tanqidlar boʻlishi tabiiy. Va 1-faslda boʻlganidek adabiy jarayonni yana bir qalqitib yuborishidan ham umidvormiz.

@akademnashr

Telegram
| Instagram | Facebook

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#OAV_VA_BIZ
#Assalom_Xorazm

📆 Joriy yilning 27-sentabr
O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludi munosabati bilan Xorazm televideniyasining 📺 "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari Jumanazar Yo‘ldosh va Xorun Musolar ishtirok etdilar.

💫  Suhbat davomida shoirning ijodiy olami yaratgan asarlaridagi uslub rang-barangligi haqida fikrlaridan o‘rtoqlashdilar. So‘z va she'riyatga oshno qalblar uchun o‘z ijodlaridan she'rlarni havola qildilar.


📱Marhamat siz ham tomosha qiling.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangi

Kuz


Xazonlar to‘kilar ohista,
Osmonning avzoyi buzilgan.
Ko‘nglimning taftiga vobasta,
Teraklar qanoti uzilgan.

Farroshlik qiladi shamollar,
Supurar teraklar xazonin.
O‘zimda uyg‘ongan savollar,
O‘zlari topadi javobin.

Dedimki: "Xazonlar nimadir?"
Dedimki: "Teraklar gunohi".
"Nimaga mezonda so‘nadir?
Zirqiraydi yaproqlar joni?"

Xiyol xomush chekaman azob,
Xo‘rsingancha aytaman javob:
"Hayotning tugaydi fursati,
Bu – kuz va hayotning hikmati..."


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

(G'azalga havas yo'lida)

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari.
Huuv pari, sirli pari,
Dilim xufton borgan sari.
Ishqda sira yo‘qtir iloj
Kuymoqdan-u kuydirmoqdan.
Siring nedir, siringni och,
Go'zalliging aytgin qaydan?
Ko‘zlaringda his toshadi,
Bilmam nedan so'z ochadi.
Alloh-Alloh bul mo'jiza
Qay otashlarga otadi!
Meni qilding bechorayu
Meni qilding aftodahol.
Yuzlaringdan sochib yog'du
So'zlaringdan tomizib bol.
Ne desalar dedilar gar,
Sevma dedilarki seni.
Majnun bo‘lib sevdim seni
Sevdimki qasdma-qasdiga.
Huuv pari! Kelgin bari,
Hajr o‘ti kulga do‘nsin.
Ishqqa dushman kimsalarning
Boshiga ishq qushi qo'nsin.
So'zlar bisyor – otashnafas
Yuragingni ilitar, bas.
Men oshiqman sen – pariga,
Yuragimga bo‘l habibam.
Eey pari! Mahvash pari!
Tashnaman men ruxsoringga.
Oxir yetsam visolingga
Jonim ketar osmoni(ng)ga...

Huuv pari! Mahvash pari!
Ishqim toshar, kelgin bari...


J.Y

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan
Yuzlari binafshaga chayilgan
Aqiq lablarida boʻsa toti bor
Bir qiz bor
Uning koʻzlarida kun
Uning koʻzlarida tun
Har ochib-yumishida
Aylanadi dahri dun!
Bir qiz bor
Yuragida orzulari togʻ
Men bilmagan gʻussalari togʻ...
Uni koʻrsam...
Qachon koʻrsam kipriklari nam
Qayda koʻrsam kipriklari nam...
Yetar shuncha gʻussalar erkam...
Bir qiz bor
Diydorini qumsayman har dam
Har nafasimdan
Ulgʻayar sogʻinch guli
Hatto azizdir
Koʻzlariga botgan gʻam dogʻi
Tushlarim bosadi sogʻinch hovurin
Bir qiz bor
Xayol – dunyoyimni fath etgan chiroy
U qaro tunimni yoritguvchi oy
Umrim bogʻlariga sochadi nurin...
Bir qiz bor
Xayolida uygʻonar tongim
Xayolida botadi shomim
Latif xayoli ilitar jonim
Xayolida oʻtmoqda butun hayotim...
Uning esa xayolida men yoʻqman
Uning tonglarida
Uning tunlarida men yoʻqman
Men yoʻq dunyolarda bir qiz bor...
U meni oʻylamaydi hech!
Bokiradir uning xayoli...
Bir qiz bor
Kokillari taqimin oʻpgan...


J.Yoʻldosh

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Ko‘zlardan uchganda saodat,
Bag'rimni quchganda rutubat,
Tunlarim ichganda sukunat,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...

Dunyoni bezasa go‘zallik,
Sen dil bezading mo‘jizali.

Dilimga gulifor taratding, diloy,
Muhabbat bog‘ini yaratding, guloy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...


Samodan yog‘arkan baxttomchi,
Ming bora urindim tutmoqchi,

Hamma baxtim – Sensan, hoynahoy,
Sening qalbing tuyg'ularga boy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...

Qushlar tumshug‘ida baxttumor,
Bo‘yningga ilishsin, men – xumor.

Baxt oyi tug‘ilgan sen – baxtoy,
Seni men deb yaratgan Xudoy,
Ko‘nglimni yoritding, to‘lin oy,
Diling – oy,
Dilchiroy...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#kitob_mutolaa

Xalqaro nufuzli "Nobel" mukofoti sovrindorlarining durdona hikoyalari. Haqiqiy adabiy zavqni uyg‘otuvchi kitob.

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

"Ko'p o'ylarga cho'mdim yo'llarda..."

✍: Jumanazar Yo‘ldosh

🎤: Oygul Nuramatova

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#xushxabar

Yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning ingliz tilidagi "White snow" ("Oppoq qor") hikoyasi "Ravon cage" xalqaro elektron jurnalning may oyidagi sonidan o‘rin oldi.

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!"
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!"
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!"
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...



J.Yo'ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


"Turkiy elning shiddati so'ngganga o'xshayotir..."

Bu satr o'zini, aslini, o'zligini - Turkiy millatini unutmagan, uning birligini, buyukligini qaytishini qumsagan shoirning satridir. Najmiddin Ermatov ijodi deyilganda xayolimda shu satrlar aylanaveradi. Qarangki, yangi kitobi ham "Turon sog'inchi" deb nomlanibdi. Rauf Parfi, Shavkat Rahmonlarda bo'y ko'rsatgan bu ulug' g'oya Shoirda davom etayotir.
Najmiddinga Turkiynafas shoirlarning ruhi madadkor bo'lsin, yangi kitob muborak bo'lsin!
  

Xarid: http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam


    Mansur og‘a ijodi go‘zal ifodalarga, kishiga huzur beradigan, hayrat uyg‘otadigan fikrlarga boy. O‘zim uchun qadrli bo‘lgan, o‘qib zavqlangan satrlarini keltiraman:
    
    "She'r ekansan angladim,
     ey Xudoning olami..."
     
     "Bo‘g‘zimgacha keldi bu loyqa daryo
      Sen  qachon kelasan
      Nuhning  kemasi?!. "
      
      "Mingni  olib yuz bergan,
        Men  – o‘zidan yuz burgan,
        Ilhom bergan, so‘z bergan,
        Ko‘ksimda urib turgan,
        Xudoga nima deyman?!."
 
        "Ichingda Iso bordir,
         Dard chekmasang tug‘ilmas..."
  
         "Dardimizni yo‘q qila qolgin,
         Bizni yo‘qdan bor aylagan Zot..."

    Bunday satrlar Shoir ijodida anchagina. Muhimi, ularni har birini his bilan, ruh bilan, tafakkur bilan o‘qish, Shoir ruhiyat olamiga sayohat orqali o‘zi uchun muhim haqiqatlarni kashf etishi lozim.
    Mansur og‘aga va o‘zbek she'riyatiga Yangi kitob muborak bo‘lsin!
  

    Xarid:  http://t.me/akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash
      

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#Izlam

"...Ham...Nafas"


  Bu ikki kitob bir-birini ruhan, qalban to‘ldiradigan, biri ikkinchisini davom etadigan kitoblardir.
   Bu ikki kitob adabiyot dengizidagi yangi bir mavj, yangi bir to‘lqindir.
   Bu ikki kitob mushtarak dillarning orzu, umidlari, tug‘yonlaridir.
   Bu ikki kitob adabiyotsevarlarga chanqoq qalbi uchun obi ziloldir.

Sh.Shavkat do‘stimiz Ulug‘ so‘zning yukini his qilgan, ulug‘larga ergashib o‘zi ham ulug‘lashayotgan shoirdir.
Nozima ayollarga xos nafis tuyg‘ular tarannumini musiqiy ohanglar bilan ifoda etayotgan shoiradir.

Men ishonamanki, yana yuzlab yil o‘tgandan so‘ng ham bu kitoblar o‘z o‘quvchisini topadi. Chunki inson yashamoqda ekan, qalbini tozartishga, dunyoning azaliy qonuniyatlarini nafis tarzda anglashga zarurat sezadi deb o‘ylayman...
Xullas, bu ikki kitob asl, o‘qilishi zarur kitoblardir!


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#yangi_nashr #IZLAM

Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi sotuvda!


Izlam – izlash jarayonining ilk hosilasi demak. Biz galdagi “Izlam”imizni – e’tiborga tushib ulgurgan ruknimizning 2-faslini siz aziz kitobxonlar hukmiga havola etmoqdamiz.

Yozish uslubi, malakasi va iste’dodidan qat’i nazar, mualliflar o‘quvchini muloqotga chaqira olgan: ba’zan o‘z-o‘zi, ba’zan jamiyat, ba’zida Yaratgan bilan… Shu imkoniyat, agar u rostdan ham mavjud bo‘lsa, “Izlam” loyihasining asl maqsadi edi. Keling, gaplashaylik, izlanaylik, hosilalar uchun harakatni boshlaylik.

1. Shahriyor Shavkat “Ham” — 31 000 so‘m
2. Nozima Habibullayeva “Nafas” — 27 000 so‘m
3. Mansur Jumayev “Biz kutgan fasl” — 27 000 so‘m
4. Najmiddin Ermatov “Turon sog'inchi” — 31 000 so‘m
5. Furqat Alimardon “Qorakuya” — 27 000 so‘m
6. Suhrob Ziyo “Daryo” — 31 000 so‘m
7. Muhammadxon Yusupov “Deraza ortida” — 31 000 so‘m
8. Bayram Ali “Bosiriq” — 35 000 so‘m
9. Mohi Ra “Qirq birinchi kun” — 35 000 so‘m
10. Gulrang “Gulqaychi” — 27 000 so‘m
11. Jaloliddin Sayyid “Huqqaboz” — 31 000 so‘m
12. Jumanazar Yo'ldosh “Sir” — 31 000 so‘m
13. Rahmat Bobojon “Ro‘baro‘” — 35 000 so‘m
14. Gulhayo Anorova “Avron” — 27 000 so‘m
15. Sevara Alijonova “Mahkum sayohati” — 31 000 so‘m

Umumiy narx: 457 000 so‘m
Chegirmali narx: 370 000 so'm

Chegirma butun to‘plamni sotib olganlar uchun amal qiladi.

Xarid: t.me/akademsavdo


16-kitob Istisno tariqasida keyinroq taqdim etiladi.

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#xushxabar

"Izlam" turkumida kitobimiz chiqdi. Dunyo, hayot va inson haqida tasavvurlarim, xulosalarim, fikrlarim jamlangan to‘plam siz azizlar uchun manfaatli bo‘ladi, degan umiddaman.

Kitobga mehnati singgan Sanjar aka va u boshchiligidagi Akademnashr xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

Aytgancha, kitobni xarid qilmoqchiman degichlarga murojaat uchun manzil qoldiramiz: http://t.me/akademsavdo
/channel/Akademnashr

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Rasmda #IZLAM'ning ikkinchi faslidan o'rin olgan 16 nafar yosh ijodkor ismlari gorizontal va vertikal holatda yashirilgan.

Kimlarni topdingiz? Izohlarda yozib qoldiring.
✍️

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Kimdir aytdi menga:
"Sevib-sevilib yasha!"
Na seva oldim,
na sevila oldim...
Muz qotgan qalbim...
Kimdir aytdi:
"G'amga botma,
Ko‘nib-ko'nikib yasha!"
Na ko‘na oldim,
na ko‘nika oldim...
Azobdan toldim...
Kimdir aytdi:
"Qayg‘urishni bas qilgin,
Kulib-kulishib yasha!"
Na kula oldim,
na kulisha oldim...
Quvonch hissin unutdim...
Odamlar –
dardni yangilar faqat...
Qalban olislashdim
ulardan...



J.Yo'ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#kechikkan_xabar
#yangilik

Yozuvchi Jumanazar Yo‘ldoshning "Uy" hikoyasi Zomin seminari ishtirokchilaridan saralangan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida chop etilgan "Buloqlar ko‘z ochganda" to‘plamidan joy oldi.


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Tushlarimda yashayman...
Xudoyimning nafasi tekkan
Qizg'aldoqlar g'uncha ochgan
Osmonida yulduzlar to‘kkan jilolar
Nurlariga chayilar tonglar.
Tushlarimda yashayman...
Unda ko‘zlar sug'ormaydi
g'am niholini
Manglaylarga bosilmas
tolesiz tamg'a!..
Qalbda xitob qilguvchi
g'ussalar ham gung...
Tushlarimda yashayman...
Unda ishq degani – oppoq kabutar
Dildan dilga eltar
mehr – mujdalar
Unga tikilganning yuzlarida
balqir tabassum...
Tushlarimda yashayman...
Unda yashar ma'sumgina qiz
Tashrifimga intizor, mahtal...
Sochlari – tunmisol
Ko‘zlari – tunmisol
Lablarida gul misol
ifor taratar ismim...
Tushlarimda yashayman...
Unda yurakka
Kinli nigoh – tig'larini qadaydigan kimsa yo'q,
Kimsa yo‘q
nafrat neligin biladigan va
oqibat neligini bilmaydigan hech!..
Tushlarimda yashayman –
oddiy hayotmas!
Ozor neligini bilmasman unda,
Sokin xalovatni tuyarman unda...
Uyg'onishni istamay sira
Tushlarimda yashayman baxtli...



J.Yo'ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

Ko'zlaring

Ruxsat et, ko'zingda turay bir lahza,
Ko'zlaringda baxtim, bir lahza totay.
Azaliy orzudir yashash shu tarzda,
Bir lahza yodingda abadiy qolay.

Qalbimga armonning yoshlari tomgan,
Baxtning kulgilari olis, begona...
Ko‘zimga Xudoyim bir sirni ko'mgan,
O‘zimga noayon sirni ayt, menga!

Tunning soyalari – ko'zlaring rangi,
Tun kabi xalovat etganday tortiq.
Qalbimda ko'zingning ma'yus jarangi,
Umrni ko'zlarda yashab ham oldik...

Umrni ko'zlarda yashamay qo'ydik...


She'r muallifi: J.Yo‘ldosh
O‘qidi: Mavluda Anvarbekova


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Dilchiroy,
sen qalbimda balqding boʻlib oy,
sen qalbimga oqding boʻlib soy,
sen qalbimdan mangu olding joy,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...

Kabutar gul tashir ishq uzra,
Gullar sirli shivirlab soʻzlar,

Soʻzladim men – soʻzlarim poyli,
Hislaringga hislarim boyli,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...

Har yoq – taqiq, sensan taqiqchim,
Aslo bo‘lma qalbda siniqcham...

Senga borar yoʻllardir loyli,
Oyoqlarim yurishdan toydi,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...

Kunga doʻndim, koʻrmoqqa seni,
Qalb iforing tuymoqqa seni,

Umrim kechib mudom xatoli,
Seni suydim – diling hayoli,
Dilchiroy,
Dilchiroy,
Diling – chiroyli...


J.Yoʻldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#kitob_mutolaa

Kafka insoniyatning ulkan fojealarini o‘z asarlarida aks etgan adib...

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

"Men seni sevmayman, shu gapga ishon..."

Muallif: J.Yo‘ldosh
O‘qidi: Nilufar Komilova

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

***

Orzularim mo‘l edi...
Afsus, yoshlar ko‘l endi.
Menga umidlar bergan –
Qalblar bo‘ldi ko‘r endi.
Yengdi g'amlar zo‘r endi,
Yashash ham bazo'r endi!
Men – mehmoni dunyoning
Davram bo‘lgan to‘r endi.

Peshonalar sho'r endi,
Menga – g'arib yo'l endi.
Yuragimga iliqlik
Berdi hasrat – qo'r endi.
Ne qilardim men sho'rlik,
"G'amginangga ko'n, endi!"
Sof, osuda tuyg‘ular –
Joyi bo'lgan go'r endi...

Orzularim mo'l edi...



J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…

Jumanazar YO'LDOSH

#audio_ijro

"Oy shu'lasi chayilgan kecha..."

Muallif: Jumanazar Yo‘ldosh
O‘qidi: Shahodat Rajabova

@Jumanazar_Yuldash

Читать полностью…
Subscribe to a channel