karantin_kitoblar | Unsorted

Telegram-канал karantin_kitoblar - KARANTIN KITOBLAR BAZASI

1835

O‘simliklar karantini va himoyasiga oid barcha maxsus kanallar: 1. @Agrokomakchi 2. @KarantinTv 3. @KarantinRv 4. @KarantinFQ 5. @KarantinTestArgos 6. @KarantinKutubxona 7. @Karantin_Kitoblar_Chat

Subscribe to a channel

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

​​🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi muborak bo'lsin!

Bosh qomusimiz 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan. Unda mamlakatimizni huquqiy, demokratik jihatdan rivojlantirishning asosiy prinsiplari belgilangan.

2023 yil 30-apreldagi referendum natijalariga ko'ra Konstitutsiyaning yangi tahriri 1-may sanasidan kuchga kirdi.
Yangi Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat.

Karantin Kitoblar jamoasi barchani yurtimiz uchun muhim bo‘lgan ushbu kun bilan samimiy muborakbod etadi!

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Pestitsid | #Fungisit

Pestitsidlar haqida umumiy
tushunchalar.


👉 Qaysi zararkunandalarda pestitsidlarga chidamlilik koʻproq shakllanadi?

👉 Zararkunandalarning nerv sistemasiga taʼsir qiluvchi insektitsidlar.

👉 Fungitsidlarning taʼsir qilish Guruhlari.

👉 Pestitsidlarning taʼsir qilish Guruhlari.

Asosiy hulosa: Himikatlarni guruhlari boʻyicha almashlab ishlatishga harakat qiling!


👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

​​#Tabrik

🇺🇿 Aziz ustozlar!

💐 Sizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat va xonadoningizga fayz-u baraka tilaymiz!

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin | #Umka

👉 О'simliklar karantin
zararkunandalari va kasalliklari.

Uslubiy qo'llanma

Toshkent-2021

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Zararkunanda #Ombor #slayt

🔰 O‘SIMLIKLAR KARANTINI VA HIMOYASI AGENTLIGI

🌐 Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy tadqiqot instituti

✳️ Ombor zararkunandalariga qarshi kurashish Laboratoriyasi

📊 Zararsizlantirish sohasida qo‘llanilayotgan xalqaro tajribalar hamda boshqa zararsizlantirish usullari.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin | #Fitoekspertiza #Umka

О'SIMLIKLAR VA MAXSULOTLAR KARANTINIDA FITOEKSPERTIZA.
(Uslubiy qo'llanma)

📍 Uslubiy qoʻllanmada O'simliklar urug'larini, O'simliklar va qishloq xo'jalik mahsulotlari dala va laboratoriya sharoitida tahlil qilish, aniqlangan karantin zararli organizmlar aniqlangan taqdirda mahsulotlarni kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirish, hamda tegishli xujjatlarni rasmiylashtirish, o'simliklar karantini tizimining tashkiliy tuzilishi va ulaming vakolatlari to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.


TOSHKENT 2021


👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

​​#Tabrik #Mustaqillik

🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar!
Karantin Kitoblar Bazasi barchangizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilaymiz.

Yana bir bor mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! Har birimiz uchun qudrat manbayi, saodat maskani bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin! Bayramingiz qutlug‘ kelsin azizlar!

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin #Qaror

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” VM-481-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mineral oʻgʻitlarni va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning roʻyxati tasdiqlandi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻsimliklarni himoya qilish sohasidagi xavf-xatarlarni tahlil qilib, xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini shakllantiradi va amaliyotga joriy etadi.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin | #Flayer

📚 FLAYERLAR bu - O'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilish (IPM) bo'yicha tavsiyalar.

🌐 Olimlarimiz tomonidan O'simliklarni ekishdan to hosilni yig'ib olgungacha bo'lgan davrlarni bir jadvalga joylashtirilgan qo'llanma.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin    #Tavsiya
Agroko'makchi - dexqon va fermerlar uchun ajoyib kanal. Bu kanal dexqon va fermerlarga elektron ko’makchi sifatida ishlab chiqilgan.
👉 @Agrokomakchi

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Test #Entomologiya

👉 Qishloq xo'jaligi Entomologiyasi fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari bilan 250 ta.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Entomologiya #Umka

👉 UMUMIY VA QISHLOQ XOʻJALIK ENTOMOLOGIYASI HAMDA UYGʻUNLASHGAN HIMOYA QILISH TIZIMINING ASOSLARI.


✍ Sh.T. XOʻJAYEV. (IV-Nashr)


📍 Toshkent-2019


👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Zararkunanda #Tavsiya #Goza

👉 Go'za zararkunandalariga qarshi biologik kurash bo‘yicha tavsiyalar.

(Fermerning yon daftarchasi)

I. G'o'zaning soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalari.

TOSHKENT 2018

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#AGROBANK | #40kitob
13.
🛖 Omborxona zararli organizmlarga qarshi kurash.

#Agrobank_100kitob

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Goza | #Paxta | #Tavsiya

🌱 Gʻoʻzani zararkunanda va begona oʻtlardan himoya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan
TAVSIYALAR

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

​​HAR BIR DEHQON, MUTAXASISS BILISHI SHART BOʻLGAN NARSALAR!

🔰 Har bir dehqon, mutaxasiss oʻzi yetishtirayotgan ekinining qanday kasallikka chalinganligini aniqlay olishi lozim.

📊 Zararli organizmlarga quyidagilar kiradi:
- Zararkunandalar,
- Kasalliklar,
- Begona o‘tlar.

📊 shu 3 ta zararli organizmni koʻplab dehqon va mutaxasisslarimiz adashtirishadi, bular belgisiga, zarariga koʻra bir biridan keskin farq qiladi.

👉 Zararkunandalar – qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi hasharotlarga aytiladi. Ular oʻz navbatida kemiruvchi, soʻruvchi turlarga boʻlinadi.

👉 Kasalliklar – parazit mikroorganizmlar taʼsirida oʻsimliklarda kuzatiladigan patologik oʻzgarishlarga tushuniladi. Bular ham kasallik qoʻzgʻatishiga koʻra Zambrugʻli, Bakteriyali hamda Virusli turlarga boʻlinadi.

👉 Begona o‘tlar - madaniy o‘simliklar orasida o‘sadigan begona o‘simliklar. Begona oʻtlar ham bir yillik, koʻp yillik, bir urugʻpallali, ikki urugʻpallali begona oʻtlarga boʻlinadi.

🌐 Qishloq hoʻjaligidagi 3 ta zararli organizmlar haqida bilib oldingiz (Zararkunanda, Kasallik, Begona oʻtlar), endi ularga qarshi qanday kurashish mumkin!

1⃣ Agrotexnik usulda - yerni oʻz vaqtida shudugor qilish, begona oʻtlardan tozalash, oʻz vaqtida sugʻorish, ozuqa berish, daraxtlarga shakl berish shu kabilar.

2⃣ Biologik usulda - tabibiy entomofaglarni qoʻllash Oltinkoʻz, Brakkon, Trixogramma.

- Oltinkoʻz - hammaxoʻr oʻsimlik shiralari, trips va oʻrgimchakkana, tunlam kapalaklarining tuxumi yosh lichinkalarini koʻpayishini oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.

- Brakkon - zararkunanda tunlamlar, parvonalarni qurtlarini chaqib parazitlik qiladi.

- Trixogramma - tekinxoʻr hasharot boʻlib, u zararli tangachaqanotli hasharotlarga oʻz tuxumlarini qoʻyib rivojlanadi va zararkunanda hasharotni toʻliq tuxum holatida yoʻq qiladi.

3⃣ Kimyoviy usul - oʻsimliklarni kimyoviy (dorilar) yordamida himoya qilish, kimyoviy dorilar umumiy nomi PESTITSIDLAR deyiladi.

✳️ PESTITSIDLAR - guruhlarga boʻlinadi:

💊 INSEKTITSID - zararkunanda hasharotlar bilan kurashda
qo'llaniladigan kimyoviy dori.

💊 AKARITSID - oʻsimliklami zararli kanalardan himoya qilish uchun qo'lIaniladigan kimyoviy dori.

💊 FUNGITSID - kasalliklarga (zambrugʻli kasalliklarga) qarshi qoʻllaniladigan dori.

💊 GERBITSID - begona o'tlarga qarshi qo'lIaniladigan kimyoviy dori.

Xulosa oʻrnida: siz moʻl-hosil olishingiz uchun yuqoridagi maʼlumotlarni bilishingiz, bir-biridan ajrata olishingiz shart.

👉 @Karantin_Inspektori

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Bashorat #Karantin

🔰 Qishloq xo‘jaligi ekinlari zararli organizmlarni oldindan aniqlash darslik.

📍TOSHKENT –2020


👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin #Zararkunandalar

🔻 Sabzavotlar karantin zararkunandalari bo'yicha maʼlumotlar.

👉 Kartoshka kuyasi.

👉 Kolorado qo'ng'izi.

👉 Qovun pashshasi.

#Slayt

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#AGROBANK

🍇 Uzum navlarining tavsifi

#Agrobank_100kitob

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Anor #Zararkunanda #Kasalliklar

✳️ ANORCHILIK

👉 Anor biologiyasi, Anor yetishtirish agrotexnikasi, Anorni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish.

👉 Keng tarqalgan Anor zararkunanda va kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurashish boʻyicha ma'lumotlar rasmlari bilan birga berilgan.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

👉 Telegram kanaldagi barcha kitoblarni juda oson topish imkoniyati mavjud bunda:

1. Tepadagi (lupa) orqali 🔍

2. Fayl kitoblarga kirib qidirish 🔍

3. Heshteglar #orqali qidiruv 🔍

4. Tepaga qadab qo‘yilgan fayl orqali 🔍

Ps: Eng qulay usul Birinchi usul, lotincha va kirilcha yozish orqali.

👉 t.me/KarantinKutubxona

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Tabrik #Mustaqillik

Ergashev Ibroxim Kenjabayevich - O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori

Mustaqilligimizning 33 yillik bayrami munosabati bilan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi, tabriklaymiz bardavom boʻlsin.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Tavsiya #Tavsiyanoma

Qishloq xo‘jaligida ekinlarni parvarishlash va sifatli yetishtirishga doir tavsiyanoma e’lon qilindi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida faoliyat yurituvchi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan "Dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma" ishlab chiqildi.

Tavsiyanoma qishloq xo‘jalik mutaxassislari, dehqon, fermer xo‘jaliklari xodimlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlarining Davlat reyestriga kirgan navlarini parvarishlash texnologiyasi batafsil yoritilgan.

Shuningdek, kichik maydonli 3, 6, 10 sotix yoki undan ham ko‘proq yer maydonlarida qanday va qaysi muddatlarda sabzavot va poliz ekinlarini ekish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin #himoya

🔰 O'simliklarni himoya qilishda uyg'unlashgan himoya qilish tizimining oʻrni va istiqbollari.

TOSHKENT 2016

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#SHHT #nutq

Ikkinchi. Iqtisodiy sohada hamkorlik bo‘yicha strategik yuksalishga erishish.

O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo davlatlar bilan savdo aylanmasi o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 20 foiz, joriy yil boshidan buyon esa yana 15 foizga o‘sdi.

SHHT doirasida savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha bitimni ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Hujjatga savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, texnik reglamentlar va sertifikatlash, fitosanitariya va veterinariya nazorati tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kiritish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqidan

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#AGROBANK | #40kitob
12.
🔰 Karantin zararli organizmlarga qarshi kurash.

#Agrobank_100kitob

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#osimliklarni_himoya_qilish #IPM

🌐 O'simliklarni uyg'unlashgan himoya qilish (IPM) bo'yicha tavsiyalar.

👉 Tok zararli organizmlarini uyg’unlashgan usulda boshqarish
(IPM)

TOSHKENT 2022

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Zararkunanda #Pomidor

🍅 Pomidor kuyasiga qarshi kurash boʻyicha mazkur oʻquv qoʻllanmada kuyaning morfologik belgilari, zararlash xususiyatlari, unga qarshi kimyoviy va biologik kurash choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan.

Toshkent 2017

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

​​#Tabrik #Tugilgan_kun

Hurmatli Yo‘ldoshbek Jonnazarov sizni bugungi tugʻilgan kuningiz bilan tabriklayman. Ushbu ajoyib kunda sizga sihat-salomatlik, sodiq va sadoqatli doʻstlar, cheksiz baxt, tugamaydigan daromad va yanada baxli kunlar tilayman tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin !

YO‘LDOSHBEK JONNAZAROV @zashitnik_jonnazarov telegram kanali asoschisi hamda faoliyatimizda tezkor yuritilayotgan barcha kanallar va guruhlar adminstratori, dalada, seminarda, ishxonada doimo biz bilan yonma yon yuradigan Ustozimiz zamonaviy O'simliklarni himoya qilish mutaxassisi,

🔰 @zashitnik_jonnazarov

👉 @Karantin_Kitoblar 👈

Читать полностью…

KARANTIN KITOBLAR BAZASI

#Karantin    #Mobil_ilova

📱AGROKO'MAKCHI mobil ilovasi yangilandi (16.05.2024)
ilovaga gmail.com orqali kirish funksiyasi, logistikaga oid maʼlumotlar qoʻshildi, Xatoliklar tuzatildi, ilova ishlashi yangilandi.

Agroko'makchi - dexqon va fermerlar uchun ajoyib ilova.
Bu ilova dexqon va fermerlarga elektron ko’makchi sifatida ishlab chiqilgan. Endi siz zarurat bo‘lganda birgina telefon orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

🛒 "Agroko'makchi" ilovasini Play market va App store platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

👉 @Agrokomakchi

Читать полностью…
Subscribe to a channel