🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
💬Bugun butun dunyoda 8-mart ayollarimizni, opa-singillarimizni eʼzozlash, xursand qilish kuni nishonlanmoqda.💐
🌟Kadastr agentligi tizimida bugungi kunda 1 200 dan ortiq ayollar faoliyat yuritib kelmoqda va ularni har birining sohamizda o‘z o‘rni bor.
💠 Respublikamizdagi barcha opa-singillarimizni, shu qatori, Kadastr tizimida mehnat qilayotgan, sohani rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimalarimizni nafosat bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz.
💐 Istaymizki, mana shunday quvonchli kunlaringiz ko‘p bo‘lsin!
💐Barchangizga bugungi bahor va nafosat, go‘zallik bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin.💐
#Kadastr_agentligi #bayram
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
#Kun_nafasi
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi,
yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Kanalga ulanish:
/channel/kartografiyamh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”
2022-yil 9-avgustdagi PQ-348-son qaror ijrosini bajarish maqsadida 2024-yil
1-mart kuni "Kartografiya" DIICH korxonasida faoliyat olib borayotgan xodimlar “Qon donorligi haftaligi” aksiyasida faol qatnashdilar
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор вазифалари юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.
Юртимизда инсон қадрини улуғлаш, аҳолимизга муносиб яшаш шароитларини яратиш, бандликни таъминлаш бўйича барча куч ва имкониятлар сафарбар этилаётгани таъкидланди.
Лекин, тобора ўзгариб бораётган талаб ва эҳтиёжлар мутасаддилар ва вилоят раҳбарияти олдига янги-янги вазифаларни қўймоқда.
Давлатимиз раҳбари вилоятдаги захираларни ишга солишнинг янги имкониятларини белгилаб берди. Хоразмликлар меҳнаткаш, интилувчан, изланувчан, янгилик яратувчи халқлигини, уларга фақат шароит қилиб бериш кераклигини таъкидлади.
Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича устувор вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по приоритетным задачам увеличения использования возобновляемых источников энергии.
#Mirziyoyev #yigilish #energetika #qaytatiklanuvchimanbalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🎤Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda mustaqil blogerlar diqqatiga.
🌟Kadastr agentligi tomonidan respublikamizda yer nazorati tadbirlarini raqamlashtirish orqali ochiqligi va shaffoflikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorati" AAT dasturi ishlab chiqildi.
💬Joriy yilning 22-fevral kuni soat 10-00da Agentlikda ushbu dasturning taqdimotini o'tkazish rejalashtirilmoqda.
📲Taqdimotga ishtirok etishni istagan ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda mustaqil blogerlar 71-202-55-60 raqami orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
#elon #kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Хонобод шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Андижон вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш масалалари муҳокамаси бўйича йиғилиш ўтказилди.
—
В городе Ханабаде под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по вопросам экономического и социального развития Андижанской области.
#Mirziyoyev #safar #Andijon #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🟢 Bugun buyuk shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi.
👳♀Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qiziqarli 6 ta fakt:
➡️ Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
➡️Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
➡️Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda dunyoga kelgan. Ota tomondan Sohibqiron Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.
➡️Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494-yil iyun).
➡️Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.
➡️Boburning Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.
#Kadastr_agentligi #Bobur
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤 🟥🟥🟥
⏺13-fevral kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.
📃Mavzu: "Kadastr agentligi tizimida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi".
🗣Matbuot anjumanda 🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi hamda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi mas'ullari ishtirok etadi.
Matbuot anjumaniga ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarni taklif qilamiz.
#kadastr #matbuot_anjumani
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
#iqtibos
9 fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Odamlarning yaxshisi odamlarga foydasi tegadiganidir!
Soʻzning yaxshisi ozi va maqsadga yetkazadiganidir!
©️Alisher NAVOIY.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬
🌟 Kadastr agentligi tomonidan xarid qilingan Tecnam samolyoti va Leica DMC-III aerokamerasidan foydalanib 62 388,1 kv. km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi, 35 208,1 kv. km. maydonga O‘zbekkosmos agentligidan kosmik suratlar olindi. Ushbu aero va kosmik suratlarni joylarda 5 675 ta planli va balandli bog‘lash orqali, 91 500 kv. km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi. Shuningdek, 60 400 kv. km maydonda topografik xaritalarni yangilash va 49 800 kv. km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi.
😄Shu bilan 596 km uzunlikda nivelirlash ishlari va 154 ta punktda geodezik o‘lchov ishlari bajarildi.
▶️Batafsil: Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi boshlig‘i-I. Ergeshov intervyusida.
#kadastr #video_hisobot
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬
🇺🇿🌟Kadastr agentligi va 🇬🇧Britaniyaning Yer reyestri xizmati o‘rtasida qator kelishuvlar bo'lib o'tdi.
▶️Batafsil "O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturida.
#oav_biz_haqimizda #xalqaro_uchrashuv
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
16:00 01.02.2024
"SO'ZLOVCHI" INTERAKTIV XARITA ISHLAB CHIQILDI
#Toshkent
muxbir: Mo'tabar Nurmuhammedova
/channel/zamon_lavhalar
Йиғилишда ўзбошимчалик билан ва ноқонуний қурилган объектларни тартибга олиш бўйича мутлақо янги тизим жорий қилиниши белгиланди.
Бунда, Қурилиш вазирлиги, Кадастр агентлиги ва “Ўзбеккосмос” бошчилигида республика комиссияси тузилади.
Комиссия мунтазам равишда ҳудудларнинг аэро ва космик суратларини олиб, таҳлил қилади ва олдинги суратлар билан тафовутларни аниқлайди ва ноқонуний қурилишлар рўйхатини шакллантиради.
Қурилиш вазирлигига вилоят ҳокимлари билан бирга жорий йилда 170 та, келаси йилда эса камида 300 та шаҳар ва шаҳарчанинг бош режасини ишлаб чиқишга топшириқ берилди.
Шунингдек, ҳар бир ишлаб чиқилган режани аҳоли билан муҳокама қилиш ва ижроси бўйича жамоатчилик назоратини ўрнатиш муҳимлиги таъкидланди.
Бунинг учун “Менинг ҳудудим” платформаси ишга туширилиб, шаҳарсозлик ҳужжатларини ишлаб чиқишда жамоатчилик фикрини ўрганиш ва овоз бериш механизмини жорий қилиш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Хитой Халқ Республикасига давлат ташрифининг ишбилармонлик тадбирлари давомида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Шэньчжэнь шаҳрида ўтаётган қўшма Инвестиция форумида иштирок этди.
—
В продолжение деловой программы государственного визита в Китайскую Народную Республику Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе совместного Инвестиционного форума, проходящего в городе Шэньчжэне.
#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #ishbilarmonlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган байрам тадбирида иштирок этди ва мамлакатимиз аёлларини табриклади. Тантанали равишда давлат мукофотлари топширилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в праздничном мероприятии по случаю Международного женского дня и поздравил женщин нашей страны. Состоялось торжественное вручение государственных наград.
#Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌟Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi bosh mutaxassisi Yusupjanovna Amina Mexraliyevna ham taqdirlandi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2018-yilda ta’sis etilgan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilalarning mustahkamlanishiga, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga berib kelinmoqda.
💠 Joriy yilning 5-mart kunida Davlat boshqaruvi akademiyasida bo'lib o'tgan navbatdagi taqdirlov marosimida 900 ga yaqin nomzodlar orasidan tanlab olingan 🌟Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi bosh mutaxassisi Yusupjanovna Amina Mexraliyevna ham taqdirlandi.
🌟Kadastr agentligi jamoasi Amina Mexraliyevnani navbatdagi yutug'i bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi. 💐
#Kadastr_agentligi #tabrik
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬
OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli‼️
😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.
✅Batafsil video lavhada.
#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
БМТ Бош Ассамблеяси Ўзбекистон Республикаси томонидан илгари сурилган "2027 йил - Халқаро барқарор ва яшовчан туризм йили" резолюциясини бир овоздан маъқуллади.
Ҳужжатнинг бош мақсади Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг 2023 йил октябрида Самарқандда бўлиб ўтган БМТнинг Жаҳон сайёҳлик ташкилоти Бош Ассамблеяси сессиясида туризм соҳасининг янги муаммолар ва замонавий хатарлар олдида барқарорлиги ва мослашувчанлиги ҳақида билдирилган фикрларига асосланади.
—
Генеральной Ассамблеей ООН единогласно одобрена инициированная Республикой Узбекистан резолюция “2027 год - Международный год устойчивого и жизнестойкого туризма”.
Главная цель резолюции полностью основывается на выдвинутом Президентом Шавкатом Мирзиёевым на Самаркандской сессии Генассамблеи Всемирной туристской организации в октябре 2023 года тезисе об устойчивости и гибкости сферы туризма к новым проблемам и вызовам современности.
#Mirziyoyev #rezolyutsiya #BMT #turizm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Кадастр агентлиги “Картография” давлат илмий-ишлаб чиқариш корхонаси ва “Геоинновация маркази” давлат унитар корхонаси мутахассислари томонидан мактаб ва мактабгача таълим учун интерактив сўзловчи харита ишлаб чиқилган. Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, бундай лойиҳа юртимизда илк марта қўлланилмоқда. Тингловчилар бу хариталарни эшитиш орқали тез ва осон ўрганиб олишлари мумкин.
Нафақат болажонлар, балки ёши катта инсонларни ҳам ўзига жалб қила оладиган бу харитадан фойдаланиш давомида Ўзбекистоннинг барча вилоятлари ҳақида умумий маълумотни олиш мумкин. Бундан ташқари, харитадан юртимиз мадҳияси, қайси халқаро ташкилотларга аъзолиги ҳақида ҳам маълумотлар ўрин олган. Ҳозирча фақат ўзбек тилида сўзловчи харита, кейинчалик такомиллаштирилиб бошқа тилларда ҳам ишлаб чиқилиши режалаштирилган.
Келгусида бундай маҳсулотлар сонини кенгайтириб, Марказий Осиё давлатларига экспорт қилиш режаси бор. Илмий ишланмалар ёшларимизнинг креатив фикрлай олиши ва географик билимларини мустаҳкамлашга имконият яратади.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬
🌟 Kadastr agentligi tizimida bugungi kun holatiga jami 7 715 nafar xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 1 244 nafari ayollarni tashkil qiladi.
➡️Tizimda faoliyat yuritayotgan 9 nafar ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega xodimlardan, 1 nafari, fan doktori, 8 nafari fan nomzodlaridir.
Tizimda mutaxassislik asosida kadrlarni joy joyiga qo‘yish, ularning salohiyatini oshirish va muntazam malakasini oshirish bo‘limning asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Bo‘lim tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, tizimda 2023-yil boshida 1 316 ta shtat birligi vakant lavozim bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yil boshida 860 taga qisqartirilib, ya’ni vakant lavozimlar 34 % foizga kamaytirildi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬
🔺 Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha Qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Shu xabar chiqqandan keyin joylarda yerlarni egallab qurilish qilish ishlari avj olmoqda ekan. Bu qurilishlarga ham egalik huquqi beriladimi?
➡️ Batafsil: "Uzreport TV" telekanali lavhasida.
#OAV_biz_haqimizda
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢🟢🟢🟢 🎤🎤🎤🎤
🏙Avval hisobga olinmagan 171,5 mingta yangi obyekt va 20,4 mingta mavjud obyektlarda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bazasida hisobga olinishi hisobiga 235,2 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq hisoblandi.
🖥Bugungi kunda kadastr bazasida hisobga olingan ko‘chmas mulk obyektlari soni 8,3 mln. tani tashkil etib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga onlayn taqdim etib kelinmoqda.
📊6 turdagi yangi kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 mln. dan ortiq kadastr xizmatlari ko‘rsatildi.
🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari- Mirsaid Mirmaksudov.
#ayni_damda #matbuot_anjumani
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🟢Bugun respublikamizda Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi nishonlanmoqda.
Alisher Navoiy (1441-1501) - to‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.
Alisher Navoiy hayotiga taalluqli bilishimiz kerak bo'lgan 8 ta ma’lumot:
🟢Navoiy 4 yoshida maktabda ta’lim ola boshlagan. 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini va buyuk muhaddisimiz Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan. Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.
🟢Alisher Navoiy «Muqarrabi hazrati sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni olgan.
🟢Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi.
🟢 Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan “Guli” ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Guli nomi Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.
🟢Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi.
🟢Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.
🟢Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Turkiy tilidagi ilk “Xamsani” 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tilga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.
🟢Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etdi. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “Hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.
#kadastr #Alisher_Navoiy
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Кўксарой қароргоҳида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таклифига биноан мамлакатимизда расмий ташриф билан бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенкони расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.
—
В резиденции «Куксарой» состоялась церемония официальной встречи Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко, пребывающего в нашей стране с официальным визитом по приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌟Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat ishga tushdi!
🅰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 02-sentyabrdagi qaroriga muvofiq “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.
✅Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani ortiqcha ovvoragarchiliksiz olish imkoniyatiga ega.
😄Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
❗️Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!
🪙Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
#kadastr #onlayn_xizmatlar
📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Prezident topshirig‘i ijrosiga kirishildi
Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish bo‘yicha topshiriq berildi.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 5 fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev bilan uchrashdi.
Muloqot davomida ish beruvchilar bilan kadastr yo‘nalishi bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos chuqur bilim, malaka va ko‘nikmaga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga kadastr yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari huzurida kadastr mutaxassislarini malakasini oshirish va ularni sertifikatlash bo‘yicha markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur oliy ta’lim muassasalarini tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarini markazlarda sertifikatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish, oliy ta’lim muassasalarida imtihonlarni bevosita markaz xodimlari ishtirokida tashkil etish masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
#vazir #ishberuvchi #hamkorlik #talaba_bandligi
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Kadastr agentligi Kartografiya va Geoinnovatsiya tashkiloti mutaxasislari tomonidan maktab va maktabgacha ta'limi uchun interaktiv soʻzlovchi xarita ishlab chiqildi. Tinglovchilar xaritalarni eshitish orqali tez va oson oʻrganib olishlari mumkun. Nafaqat bolajonlar balki yoshi katta insonlarni ham oʻziga jalb qila oladigan bu xaritadan foydalanish davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlari haqida umumiy, tarixi va bugungi kuni holatidagi ma'lumotini olishingiz mumkun. Bundan tashqari xaritadan yurtimiz madhiyasi, davlat ramzlari, qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi haqida ham ma’lumotlar oʻrin olgan. Hozircha faqat oʻzbek tilida soʻzlovchi xarita, keyinchalik takomillashtirilib rus , ingiliz va boshqa tillarda ham ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Kelgusida bunday maxsulotlar sonini kengaytrib Markaziy osiyo davlatlariga ekspert qilish rejamiz bor.
Yaratilayotga ilmiy ishlanmalar yoshlarimizni kreativ fikrlay olishi va geografik bilimlarini mustaxkamlashga imkoniyat yaratadi.
Йиғилишда аҳоли учун қулай инфратузилма, сифатли таълим ва тиббий хизматлар, юқори даромадли иш ўринлари ҳамма шаҳарларда ҳам бирдек ривожланмаётгани кўрсатиб ўтилди.
Мутасаддилар аҳоли пунктларининг бош режалари ва батафсил режалаштириш лойиҳаларини ишлаб чиқишни ўз ҳолига ташлаб қўйгани танқид қилинди.
Бош режаси бор ҳудудларда ҳам қурилиш ишлари пала-партиш ташкил этилмоқда, Қурилиш вазирлигида буни назорат қиладиган тизим ишламаяпти, деди давлатимиз раҳбари.
Шунингдек, айрим жойларда ноқонуний қурилишлар аниқланмоқда. Ўтган йилнинг ўзида 4 мингга яқин бундай ҳолат аниқланган.
Шунингдек, сўнгги икки йилда кўп қаватли уйларга туташ майдонларда 7 мингдан ортиқ ўзбошимча қурилиш бўлган, яна 5 мингта ҳолатда умумий фойдаланишдаги жойларни тўсиб олинган.
Ҳудудларда, айниқса, Тошкент шаҳрида кўп қаватли уйлар атрофида ноқонуний автомобиллар учун тўхташ жойлари қилиб, “блокатор”лар ўрнатиш авж олмоқда.
Умуман, кўчаларнинг ягона қиёфасига амал қилиш тизими йўқлиги, масалан, турли услубдаги бинолар ёнма-ён қурилиб, шаҳарларнинг архитектура қиёфаси бузилаётгани қайд этилди.
Facebook|Instagram|X
Олий даражадаги музокаралардан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин Қўшма баёнот имзоладилар.
—
По итогам переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания двусторонних документов. Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Председатель Китайской Народной Республики Си Цзиньпин подписали Совместное заявление.
#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hujjatlar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X