kishanbandim | Unsorted

Telegram-канал kishanbandim - KISHANBANDIM

168

КИШАНБАНДИМ саҳифасига ҳуш келибсиз! Бу ерда биз ота-оналар ва фарзандлар ўртасидаги муносабатларда учрайдиган муаммоларга сиз билан бирга ечим қидирамиз. Ўз ҳикоянгиз ва муаммоингизни @kishan_anonim_bot орқали ёзиб қолдиринг.

Subscribe to a channel

KISHANBANDIM

орадан неча йил ўтди, шеър актуаллигича қолди

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Sizlarni ajratmayman, jonim bolam. Baringni birdek yaxshi ko'raman deydigan ba'zi onalar uchun🤗

Читать полностью…

KISHANBANDIM

https://youtu.be/IC5PL0XImjw

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Uddasidan chiqishingiz kerak bo'lgan ishni 1 soatga, ertaga, 1 haftaga, 1 yilga, 5..., 10 yilga qoldiryapsiz.

Buguningizni kechagi kuningizdan farqi bormi? Kechagi kundan nimani bugun yaxshiladingiz, uddaladingiz, o'zgartirdingiz? Bugun bilan kechangiz bir xilmi? Tepadagi ertagalar hech qachon kelmaydi.

Tasavvur qiling, buguningiz ertaga, ertaga bugun yetib keldi. Farqini sezyapsizmi? Erta emas bugungi kun eng rivojlangan kuningiz bo'lsagina, ertadan umid qilishga arziydi.

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Девушка обучила ChatGPT на своих детских дневниках, чтобы поговорить с собой, когда она была ребенком. Героиня истории вела дневники почти каждый день на протяжении 10 лет. Она выбрала некоторые фрагменты и скормила их нейросети.

Девушка пообщалась в реальном времени с собой из прошлого: узнала о том, что беспокоило её на тот момент и гордится ли она собой из будущего. Общение носило терапевтический эффект — слова, что «восьмилетняя я гордится мною нынешней» по-настоящему исцеляли.

Для тех, кто хочет пообщаться с собой из прошлого, девушка написала гайд: https://twitter.com/michellehuang42/status/1597702974889144320?s=20&t=CKNr6NgJc0rFUgpvP4fT1w.

Оригинальная новость: https://www.businessinsider.com/i-trained-ai-chatbot-on-my-journals-inner-child-2022-12

Читать полностью…

KISHANBANDIM

PITER PEN SINDROMI – Telegraph
https://telegra.ph/PITER-PEN-SINDROMI-10-17

Читать полностью…

KISHANBANDIM

сен ўсяпсан 🪴🧘‍♀️
@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

қилгинг келмаса, қилма.
#онам_айтмаган_гаплар

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

икки фил урушганида жабр кўрадигани майса (с)

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Sahar - Ayol.

Оиладаги зўравонликлар мавзусидаги ажойиб клип ишланибди. Бефарқ бўлманг.
Яқинларингизга жўнатинг. Айниқса, шу клипдаги "эркак"ларга ўхшаган танишларингиз бўлса, ўзига четдан бир қараб қўйсин.
-
Отличный клип на тему насилия в семье. Не будьте безразличны. Поделитесь с близкими. Особенно если знаете "мужчин" таких, как в клипе. Пусть посмотрят на себя со стороны.

@trolluz

Читать полностью…

KISHANBANDIM

дунё, агар ота-оналар психотерапияга борганида

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Бугун мен анчадан буён кузатиб борадиган ўз ишининг устаси, блоги ўқишга (постларни тез-тез улашиб туришимдан билсангиз керак), консультациялари олишга арзийди деб биладиган ёш ва умидли психолог Сарвиноз Омонованинг тугилган куни экан. Барча яхшиликлар ва карьерасига омад тилаган ҳолда сизларга яна бир бор блоги билан улашаман:

/channel/sarvinoz_omonova

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Nomukammalliging, zaifliklaring, ogʻriqlaring, kechinmalaringni — qarshingdaki inson tinglar ekan, bir kun kelib seni azoblash, boshqarish, yerga urush yoki oʻzining qaysidir manfaati uchun ishlatmasligiga ishonishing — katta baxt.

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Ayol xotirasi

Bizda o'zini o'zi qadrlamaydigan juda ko'p aqlli, iqtidorli va nihoyatda go'zal ayollar bor. Chunki qachondir ba'zi bir "erkaklar" ularni yerga urgan, kamsitgan yoki yuragini sindirgan.

Umuman olganda, bu ayollarning qandaydir noyob sifati - zakolkasi yoki mashinasini qoldirgan joyni esidan chiqarib, birinchi ishqiy munosabatlarini eng mayda detallarigacha eslab qolish. U nomard 2002-yil, 7-iyulda 18:32da nima deganigacha. Va bu voqea tufayli nihoyatda azob chekib, atrofdagilarni ham qiynash.

Qizlar, o'tmishni unuting. Kuchlaringizni allaqachon sodir bo'lib bo'lgan narsaga sarflashda ma'no yo'q, ularni yangi narsalarga sarflash kerak. Har safar o'zingizda shubhalansangiz, ushbu maslahatni eslang.

Женская память

У нас очень много умных, талантливых и невероятно красивых женщин с заниженной самооценкой. Только потому что когда-то какой-то мудак помыкал ими, унижал их или разбил им сердце.

Вообще, это какое-то уникальное женское качество – не помнить, где они оставили заколку или машину, но помнить в мельчайших деталях свои первые отношения. Что этот мудак сказал 7 июля 2002 года в 18:32. Неимоверно из-за этого страдать и заставлять страдать всех вокруг.

Девушки, забейте на прошлое. Нет смысла тратить силы на то, что уже свершилось, надо тратить силы на новое. Каждый раз, когда сомневаетесь в себе, вспоминайте этот совет. ©

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

-Faxriddin bolam, men yomon onamanmi?
-Men Jo'ramurodman, ona.

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Normal ota-/ona: Bola yozgi ta'tilda zerikmasin, biror joyga sayohatga borish kerak.
Men: Yana bitta tug'ishim kerak.

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Qisqasini olganda, ertasini kutmay bugunini produktiv qilishdan o'lmaydi odam😃

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Замонавий технологиялар сизни болаликдаги версиянгиз билан гаплаштириб қўйишга эришяпти.
Яқин орада вақтни ортга қайтариб мехр кўрмаган болаларни ота-оналари ўрнига яхши кўриб келса ажабмас))

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Erkinlikning 5 Turi

Erkinlik - nima sodir bo'lishi kerakligini, nima sodir bo'lganini yo nima sodir bo'lishini emas, aynan hozir nima sodir bo'layotganini  ko'rish, eshitishdir.

Erkinlik - inson nimanidir his qilishi kerak degani emas, nimanidir his qila olishidir.

Erkinlik - nimani his qilishing va nimani o'ylashing kerakligini aytish emas, nimani o'ylayotganing va his qilayotganingni aytish.

Erkinlik - har safar ruhsat berishlarini kutish emas, o'zing nimani istashingni bildira olish.

Erkinlik - tavakkal qilishdan qochish emas, o'z hayot yo'lingni yaratish deganidir.
c. D. Heueck-Mauss

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Одам кўнгли нима тусаяпганини билмаслиги, ўзини ўзи ва хоҳиш-истакларини тушунмаяпгани болалигиданоқ истак билдиришни тақиқлаб қўйилганидан келиб чиқади. Хоҳлаш ва амалга оширмаслик жуда оғриқли бўлади, ҳимоя механизми эса бир умрга ёниқ қолиб кетади. Бу ҳимоя механизми ҳис туйғуларни сусайтириб, уларни майиб қилиб қўяди.

Одам амалда бажариш даражасида бирор нимани хоҳламайди. Аслида ўз танаси унга нима “демоқчи” бўлаяпганини тушунмайди. “Мен”и алохида, танаси алохида.

Кўзлари хеч нарсадан болалигида ёниб тургандек ёнмайди. Бирор нимани қилишга мотивация, истак йўқ. Бирор бир улкан мақсадга эришиш у ерда турсин, дивандан туришга хоҳиш йўқ. Энди унга ёнида доим ота-онани ролини ўйнаб берадиган инсон керак. Кимлар учундир бу раҳбарияти, кимлар учун эри ёки ҳотини. Унга ҳаводек қароқчи зарур, чунки ўзига-ўзи суяна олмайди.

Ўзини хар кўйга солади, ўзини ўзи тушунмайди, ўзлигини қидиради, унга нима қилиш кераклигини айтадиган инсон зарур. Менимча алкоголизм, наркомания, депрессия, одамовилик, ижтимоий тармоқлар ва компьютер уйинларига қарамлик бу билан бевосита боғлиқ. Турли оқимлар ҳам шундай. Одам қалбининг тубида унга ташки дунё ёқмаяпганини тушунади ва ҳаёлот оламига шунғийди. Бу жуда ҳам қайғули.

Фақат биргина психологик дастур. Хаётдаги қолган барча муаммо ва омадсизликлар унинг оқибати. Ота-оналар томонидан “ёзилган” психологик онг ости дастурлар - асос. Қолгани устма-уст ўсиб бораверади.

И. Волчков, “Реалистнинг кундалиги”

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

бировнинг бахти сени қўлингда эмас. меники ҳам.
#онам_айтмаган_гаплар

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

бугун ота-онаси урганида кўзларида ёш билан яна уларга интилаяпган қизалоқлардан эртага эри нима кўйга солса ҳам, миқ этмайдиган идеал жабрийдалар улғаяди.

бугун ота-онаси қўл кўтарган ўғиллардан эртага жаҳли чиққанида, уни фақатгина мушт билан ифодала оладиган эркаклар катта бўлади.
#stop_violence

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

сен албатта уддалайсан, уддаламасанг ҳам мен учун „энг энги“ бўлиб қоласан.
#онам_айтмаган_гаплар

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Sizga befarq yoki sizni rad etgan insonga to'satdan juda qattiq intilish, uni qozonish istagini sezganmisiz?
Bunda qachondir ota-ona mehrini qozona olmagan/mehrni faqat qozonib olinishiga ishongan ruhiyatingiz travmadan qutulish niyatida yana bir bor mehrni qozona olishga urinib ko'radi. Va ko'p hollarda qo'shimcha travma ortirib oladi.

Mehr yoki e'tiborni qozonib olinmaydi. Ular bor yoki yo'q. Ruhiyatingiz esa ularga ter to'kib erishganida emas, borligingiz, mavjudligingiz uchun mehr olishga haqli ekanligingizni tushunganida tiklanadi.

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Assalomu alaykum barchaga! Bugun shanba, soat 19:00. Demak, YouTube blogimda yangi video. Bugun bolalik travmalari haqida gaplashamiz.

Sharing is caring!

https://youtu.be/NJeQhTrxVlA

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Yozayotganlarim kimgadir kamlik qilishi va yana-da koʻproq psixologik bilimga ehtiyoj sezishi mumkin. Shunday kuzatuvchilarimga oʻzim kuzatib boradigan rus tilidagi bir necha psixologik va falsafiy kanallarni tavsiya qilaman.


@itsallokay — oʻzingizga gʻamxoʻrlik, psixologik ahvolingizni yaxshilash haqidagi kanal.

@post_trevoga — xavotir, uning turlari, xavotir buzilishlarini qanday davolash haqidagi kanal.

@travkinatxt — miya va onglilik haqida longridlar yozuvchi sevimli blogerim.

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Kanalimiz asosan ayollar va bolalar himoyasi (jamiyatning aynan himoyaga muhtoj aksariyat qatlami) uchun atalgan bo'lsa-da, ba'zida erkaklarni yoqlab ham fikr bildirish o'rinli deb hisoblayman.

Hozirgina Facebook ijtimoiy tarmog'ida bir videoga ko'zim tushdi. Videoda ayol o'z erini hiyonat qilgani uchun vahshiylarcha tayoq bilan savalamoqda. Ko'pchilik bu holat ustidan hazil, kalaka va masxara qilib munosabat bildirgan.

Sadizm illati albatta jins tanlamaydi. Bu kabi vaziyatlarda erkak ham jabr chekadi (latta! emas, aynan jabrlanuvchi) Shu o'rinda aytish joiz-ki, so'kib-urish - tarbiya emas, JINOYAT!

Читать полностью…

KISHANBANDIM

"Oila qurgan nemis ayollari biror joyga ishga kirishi uchun turmush o'rtog'i tomonidan maxsus ruhsatnoma olishi shart. Ayol ruhsatnoma bilan ishga joylashgan taqdirda ham, erining hech qanday ogohlantirishsiz xotinining mehnat shartnomasini bekor qilib kelish huquqi bor. Agar nemis ayoli turmush qurmasidan oldin ishga joylashgan bo'lsa, bu ishda qolish-qolmasligini turmushga chiqqanidan so'ng er hal qiladi" deb yozilgan, 45 yil avval bekor bo'lgan qonunni o'qib qoldim. Yevropaga tenglashish uchun hech qancha vaqt qolmabdi😀

@kishanbandim

Читать полностью…

KISHANBANDIM

Reallik bilan yuzlashuv

Terapiyaning asosiy vazifalaridan biri — mijozni reallik bilan yuzlashishga oʻrgatishdir. Reallik — insonni har tomonlama himoya qiladigan “mehribon koinot” ham emas, azob berishdan charchamaydigan “bevafo dunyo” ham emas.

Ulgʻaygan muhiti va psixologik holatiga qarab kishilarning reallik bilan munosabati turlicha boʻlishi mumkin. Ruhiy muammolaringiz qanchalik chuqur boʻlsa, reallik bilan aloqangiz shunchalik uzoq boʻlishi mumkin.
Masalan:
• Nevrotik oʻzining yoki boshqa odamning hislari, ehtiyojlariga koʻz yumishi mumkin. Reallik uning uchun anchagina azobli va nevrotik iloji boricha bu azoblardan qochishga harakat qiladi,
• Pogranik shaxs buzilishi(ПРЛ)da kishi oʻz shaxsi yoki boshqalar haqida notoʻliq, buzilgan tasavvurga ega boʻladi. Unga kimdir yaxshi muomala qilsa — dunyodagi eng ajoyib inson boʻlishi, ertasi kuni e’tiborsizlik, hurmatsizlik qilsa — eng yomon odamga aylanishi mumkin. ‘Pogranichnik’ oʻzini va boshqalarni yo butunlay qora, yo oq rangda koʻradi. Toʻliq va barqaror real tasavvurga ega emas.
• Psixotik shaxs buzilishiga ega kishi oʻzining ichki (subyektiv) olamida yuz berayotgan narsa bilan tashqi (obyektiv) olamdagi holatlarni farqlay olmaydi. Reallik bilan aloqa deyarli yoʻqoladi. Eshitayotgan, koʻrayotgan narsalari rostdan ham mavjudmi yoki faqat miyasidami, bilolmaydi.


💬Koʻp zarar yetkazgan kishini esga olganda “yaxshiyam uni uchratdim, menga dars boʻldi” deyish
💬Farzandi vafot etgan ota-onaning darhol yangi bola tugʻishga harakat qilishi
💬Muammolarga duch kelganda “Hammasi yaxshi boʻladi, vaqt oʻtishi bilan joy-joyiga tushib ketadi” deyish
💬“Oʻlgan odamni orqasidan yomon gap gapirmaslik kerak” deya marhumning ba’zi xususiyatlari haqida ogʻiz ochmaslik
💬“Men hech narsaga arzimayman” deya perfektsionistning oʻz yutuqlarini qadrsizlashi
💬“Terapiya davomida ota-onam haqida gaplashmaylik. Ularni hurmat qilaman va yaxshi koʻraman” deya mijozlarning oilasidagi toksik munosabatlarni psixolog bilan boʻlishishni istamasligi
💬Yaqinda sevgan insoni bilan ajrashgan kishining oʻzini koʻngilxushliklarga otib, “daraxtni bir tepsam, qiz/yigit yogʻiladi” deyishi

Yuqoridagi va shunga oʻxshash holatlar reallikdan qochishning kundalik hayotda koʻp uchraydigan (nevrotiklarga xos) koʻrinishlaridir. Bunda reallik — qaygʻu, nafrat, uyat, qoʻrquv, xavotir, tushkunlik, ojizlik kabi noqulay hislardir. Hatto oʻzidan faxrlanish, quvonch, mamnunlik kabilar ham noqulay hislar boʻlishi mumkin.

Biz uchun noqulay hislar bilan yuzlashishni oʻrganish — reallik bilan, hayot bilan yuzlashishni oʻrganish demaktir. Reallik bilan qancha yaxshi aloqa qila olsak, unda yashashimiz shunchalik qulaylashib boradi, oʻzimizni erkinroq va baxtliroq his qila olamiz.

Reallikan qochish esa muammolarni hal qilmaydi, balki xavotirni yana-da oshirib boraveradi. Uni bosish uchun esa istagancha usul bor bugun: qaramliklar, boshqa odamni nazorat qilishga urinishlar, oʻzini cheksiz rivojlantirishlar…

Psixologiya ham xavotirni bosishning bir yoʻli boʻlishi mumkin. Odam terapiyaga qatnaydi, turli kurslar va treninglarda qatnashadi — muammolarini hal qilish uchun harakatsiz oʻtirmaganini oʻziga isbotlash uchun. Lekin navbatdagi seans yoki treningdan chiqqach, hech narsa qilmaydi. Reallik bilan yangicha aloqaga kirishishga toʻgʻri kelganda, noqulayliklardan junjikadi va “psixologik oʻsish” boʻyicha keyingi mashgʻulotga yoʻl oladi.

Yuqoridagi holatlar sizga tanishmi? Oʻzingiz yoki boshqalarning hayotida kuzatganmisiz?

@sara_bilan_terapiya

Читать полностью…
Subscribe to a channel