Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Boshqalar ham biz kabi odamlar ekanligini tushunish biz uchun qiyin. Ba'zida ularni yo xuddi «Xudo» sifatida ideallashtirib yuboramiz yoki hayvonlar qatorida mensimaymiz.
Jon Grin "Qog'oz shahar"
@kitob_ombori
Hech bir odam omadsiz bo‘lmaydi, har kimning asl baxti bu olamda, albatta, mavjud. Faqat uni uchratganda taniy olsak bo‘lgani...
Hayotingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan lahzalarni boy bermang!
@kitob_ombori
+18 diqqat kadrlarda ko‘ngilni xira qiluvchi lavhalar bo‘lishi mumkin
«Men chizgan rasmlar real hayotda qanday ko‘ringan bo‘lar edi?» mavzusidagi ishim.
Men maktabdagi rasm darsi o‘qituvchimizning eng «iqtidorli» o‘quvchisi bo‘lganman😂😂😂
@kitob_ombori
Gap hind kinosi haqida ketar ekan, o‘zim uchun TOP 5 talikdagi kinolarni tavsiya berib ketay.
1. Bog‘bon
2. Gohi shodlik gohi g‘am
3. Mening ismim Xon
4. Uch savdoyi
5. Vir va Zara
Tavsiya mendan, tanlov sizdan.
#kitotavsiya
@kitob_ombori
«32 yil davomida dunyoning ta’lim tizimi rivojlangan davlatlardan andoza olishga harakat qildik, milliardlab pullarni bexuda sarfladik, hech qaysi tizim samara bermadi, bermaydi ham. Qachonki «Jadidlar» singari o‘z «Milliy ta’lim tizimi»mizni yaratsakgina natijaga erisha olamiz!
Buning uchun esa, hadeb chetdan kadrlar jalb qilish shart emas. Milliy ta’lim tizimimizning fidoyi-islohotchi kadrlarini eshitaylik, mavjud muammo va ularning yechimini ko‘rsata oladigan, takliflar bera oladigan ustozlarni eshitaylik.»
Maqoladagi ko‘p fikrlarga qo‘shilaman 👇
https://effect.uz/4381?fbclid=IwAR2Z8TGk6sTLmgwsI5j6_VZVjWli6DmDues8E3uLEhuL3w8vtiOpcXxuJv0
Shunday insonlarimiz borki,
Aytadigan gapimiz qolmasa ham gapni cho'zaveramiz..)
@kitob_ombori
Keyin u meni quchoqladi: quchoqlashni bilgan odam yaxshi odam.
Orxan Pamuk
"Mening ismim qirmizi"
@kitob_ombori
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yana bir juda kerakli kitoblar to'plami nashr etilibdi. Unda Turon zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti haqida ma'lumotlar bor.
Ushbu to'plam Anor books nashriyoti bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan bo'lib, 20 000 adadda nashr qilinadi.
O'tgan yili nashr qilingan "Jadidlar" to'plamiga uyg'un tarzda ushbu to'plamlarni nashr qilinishi quvonarli holat albatta.
@kitob_ombori
Endi o‘rtamizdagi masofa 15 metrga yetadi. Unga qanday yaqinlashay? Nima deyishim kerak? «Xayrli tong, xonim. Iloji bo‘lsa suhbatlashishga yarim soat bo‘sh vaqt topa olasizmi?» Ahmoqona. Sug‘urta agentiga o‘xshab qolarkanman. «Meni ma’zur tuting, mabodo bilmaysizmi, bu mavzeda tun bo‘yi ishlaydigan kir mashinalar bormi?» Yo‘q, bu ham ahmoqona. Hech qanaqa kir kiyimlar ko‘tarib olganim yo‘qku. Kim ham shunaqa gapga laqqa tushardi? Balki shunchaki haqiqatni aytishim kerakdir. «Xayrli tong. Siz men uchun 100% mukammal qizsiz.» Yo‘q, u ishonmaydi. Ishongan taqdirda ham men bilan gaplashgisi kelmasligi mumkin. «Kechirasiz – deyishi mumkin – men siz uchun 100% mukammal qiz bo‘lishim mumkin, biroq siz men uchun 100% mukammal yigit emassiz.» Shunaqa bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Va agar boshimga shu ish tushadigan bo‘lsa, parchalanib ketishim mumkin. Bu zarbadan hech qachon o‘zimga kelmasligim mumkin. Men o‘ttiz ikkidaman va ulg‘ayish shu narsa.
Xuruki Murakami «Bir go‘zal aprel tongida 100% mukammal qiz ko‘rganim»
Hikoyani to‘liq o‘qish uchun: https://nodirabegim.uz/archives/5710
@kitob_ombori
"Vaqtim yo‘q!" iborasini biroz tahlil qilsak, aslida bu ibora “men shuni yoqtirmayman” degan ma’noga olib borar ekan.
Masalan, "kitob o‘qishga vaqtim yo‘q" degan odam, kitob o‘qishni yoqtirmasligini aytmoqchi.
Agar insonda istak bo‘lsa, 24 soatning hammasini o‘sha ishga sarflasa ham, u bu bilan qanoatlanmaydi, yanada ko‘proq vaqtini usha ishga sarflashni xohlaydi. Istak bo‘lmagandan keyin qanchalik vaqting ko‘p bo‘lsa ham foydasiz!
@kitob_ombori
Hamma kanallar Farg‘ona vodiysida hozirgina yer qimirladi! deb vahima qilib yotishibdi.
1 soatdan beri shiftdagi osma lampochkaga qarab yotibman.
Qilt etgan chayqalish yo‘q.
Bozordan qaytishdagi o‘ylar
Sotuvchi sen olmoqchi bo‘lgan har bir narsadan o‘zi ham albatta foydalanib ko‘rgan bo‘ladi;
Sotuvchilar faqat sen uchungina narxlarni arzon qilib beradi;
Sotuvchi, kiygan barcha kiyimlaringni senga juda ham yarashganini, xuddi sen uchun ataylab tikilganligini aytaveradi;
Bozorni bir necha bor aylanib chiqib, yoqtirgan narsangni talashib tortishib sotib olasan. So‘ng bozordan chiqaverishda xuddi o‘zing olgan narsani so‘rasang, sen olgan narxdan yaxshigina arzon narx aytishadi...
Xullas, bozorda sen o‘zingni dunyodagi eng go‘zal/kelishgan, qomatlari o‘ziga hos modeldek his etasan.
O‘zingizga bo‘lgan bahoingiz tushib ketgan bo‘lsa, albatta bozorga boring! O‘zingizni shaxs sifatida qadrli ekanligingizni his qilib kelasiz
Sizda ham shunga o‘xshash qanday holatlar bo‘lgan?
@kitob_ombori
Kitoblarni manaqa qilib reklama qilish bosqichiga o‘tamiz endi.
Yomonmana 😎
Tezroq oila qurish haqida maslahat beradiganlar ortiqcha vaqt va kuch sarflamasdan, $100 dan berishganida muammo ancha tezroq hal bo‘lar edi😏
Читать полностью…Hind faylasuflaridan bir guruhi bir joyga yig‘ilib, Buzurgmehrning fazilatlaridan bahs etadilar, oxirida uning shoshilmay, salmoqlanib gapirib, tinglovchilarni maxtal qilib qo‘yishidan bo‘lak nuqsonini topa olmaydilar.
Buzurgmehr bu gapni eshitib, shunday javob beradi: «Nima desam ekan?» deb o‘ylash, «Nega shunday deb qo‘ydim?» deb pushaymon bo‘lishdan yaxshiroqdir.
Dunyoni xo‘p ko‘rgan, so‘z ustasi chol,
So‘zlashdan ilgari aniqlar ahvol.
Og‘zingga kelganni valaqlay berma,
Keyinroq so‘zlaysan, bundan g‘am yema.
O‘ylab ko‘r og‘zingdan chiqarkan nafas,
Toki demasinlar: «Qil gapingni bas!»
So‘z bilan hayvondan ajralur inson.
Bema’ni gapirgan hayvondan yomon.
Sa’diy Sheroziy
@kitob_ombori
Hayot — g‘alati narsa. Men hayot haqida ko‘p o‘yladim, ko‘pdan beri shu to‘g‘rida bosh qotiraman, lekin nazarimda u kun sayin murakkablashayotir. Nima uchun yashashni shunchalik yaxshi ko‘ramiz? Axir hayot bir o‘yin-ku. Bu o‘yinda inson hech qachon g‘olib chiqmaydi. Yashash to qarilik yetib kelmaguncha, og‘ir mehnat qilish va azob-uqubat chekish demakdir. Qarilik yetib kelganda, biz o‘chib qolgan gulxanning sovuq kulini changallaymiz. Yashash og‘ir. Chaqaloq azob ichida tug‘iladi, qari odam azob ichida so‘nggi nafasini chiqaradi, bizning butun umrimiz qayg‘u va tashvish bilan o‘tadi. Shunga qaramasdan, inson qoqilib-suqilib, tevarak-atrofga olazarak bo‘lib qaraydi va o‘limning quchog‘iga o‘zini istamaygina tashlaydi. O‘lim ezgu narsa-ku! Faqat hayot alam chektiradi. Ammo biz hayotni yaxshi ko‘ramizu, o‘limdan nafratlanamiz! Bu qiziq narsa!
@kitob_ombori
Oldinlari hech qanday sun'iy effektlarsiz, qimmatbaho mashinalarsiz, hashamatli uylarsiz, axloqsiz lavhalar qo‘shmasdan olingan filmlar bo‘lardi. Ularni qayta va qayta ko‘raversang ham ko‘nglinga tegmaydi aksincha, o‘zinga oldin ma'lum bo‘lmagan boshqa tag ma'nolarni anglay boshlaysan.
Masalan, Vir va Zara filmidagi mana shu epizod hamda qo‘shiqni o‘zi odamni yuragini parcha-parcha qilib tashlashga qodir kuchga ega.
Lata Mangeshkalni sehrli ovozi esa alohida mavzu.
@kitob_ombori
Qarasam, bir kunda bittagina post yozsam kanal falsafasiga to‘g‘ri kelmas ekan😁
Yaxshi iqtiboslar bo‘lsa yozib ketinglar kommentariyaga. Post "жалка" ketmasin🤓
Qaniydi hammani blogi bo’lsa
Instagramda rasmlar qo'yiladigan emas. Telegramda fikrlar qo’yiladigan blog.
Rasm tashqarini ko’rsatib beradi. Blog ichkarini. Tashqari aldamchi. Ichkari baribir o’zini bildirib qo’yadi.
Hammani blogi bo’lsa, hamma yutadi.
Bir odam bilan tanishasiz. Blogini topib o’qib chiqasiz. Fikrlashini bilib olasiz.
Eski va yangi fikrlarini solishtirasiz. O’sadiganmi, yo’qmi tushunib olasiz.
O’zini kuzatasiz. Gaplari bilan solishtirasiz. Samimiymi, ikkiyuzlamachimi, bilib olasiz.
Oilangiz, do'stlaringiz, hamkasblaringiz o'qiydi. Siz bilan gaplashgandek bo'lishadi. O'zingiz yo'q bo'ladigan kun kelganda ham, fikrlaringiz qoladi.
Bloglar bor, o’qib qadrdondek his qilasiz. Yoningizdagi odamdan yaqinroq olasiz. Blog orqali do’stlashish osonlashadi.
Blog oching. Yozib boring. Faqatgina sizga yaxshi bo’lmaydi. Hammaga yaxshi bo’ladi.
Aziz Rakhimov
@kitob_ombori
📚 Ishonchimiz komilki, sizlar ko'psizlar!
Aytingchi aynan qaysi asar qahramonini sevib qolgansiz?) 😋🥰
@kitob_ombori
Yulduzlarga qarash - iqtisodni yaxshilamas, urushlarni to‘xtatmas. Muskullaringni ishirmas, hatto munosabating va hayoting bilan qanday qaror qilishinga ham foydasi tegmas. Lekin, bu sen va sening muammolaring naqadar kichikligi hamda cheksiz koinotning bir parchasi ekanligingni eslashinga yordam beradi.
@kitob_ombori
Oxirgi vaqtlarda universitet, institut o'qituvchilaridan tizimda byurokratiya ko'paygani, avvalgi vazir Abduqodir Toshqulov davrida bekor qilingan qator keraksiz tekshiruvlar yana qayta boshlangani haqida xatlar olyapman.
Kecha ana shunday tekshir-tekshirlar va byurokratiya sabab universitetdagi ishini xususiy ta'lim muassasasiga almashtirgan bir o'qituvchi bilan gaplashib qoldim.
Filologiya fanlari doktori, professor bo'lgan olimimizning aytishicha, shunday "ortga qaytishlar" sabab 2023-yilning o'zida u ishlayotgan universitetni 6 nafar fan doktori va 7 nafar fan nomzodi tark etgan.
Quyida suhbat davomida eslab qolganim va olimlarni davlat ta'lim muassasalaridan sovutayotgan omillardan bir nechtasini sanab o'tmoqchiman.
1.Filologik taʼlimda kutilgan Innovatsiya amalga oshirilmadi.
2.Taʼlim sifati koʻtarilmadi va, hatto, muammo oʻlaroq, bir marta ham kun tartibiga qoʻyilmadi.
3.Ilgʻor fikrlar kesiladi, tashabbuslar boʻgʻiladi, yangiliklar e'tiborga olinmaydi.
4.Boshqaruvda ayirmachilik va nepotizm kuchayib ketdi.
5.Qishloqcha qoʻl boshqaruvi ustuvorlashdi.
6.Piar (xoʻjakoʻrsin ishlar, koʼzboʻyamachilik) avjiga chiqdi.
7."Istalmagan shaxs"lar paydo boʻldi va ular muttasil taʼqib qilinmoqda.
8.Rahbariyat "istalmagan shaxs"lar gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlamaydi, mehnatlari koʻzga ilinmaydi, ular oldiga sunʼiy toʻsiqlar qoʻyiladi.
9.Isteʼdodli olimlar universitetni tark etishmoqda yoki ketkazilmoqda, aksar xodimlarda inert kayfiyat, loqaydlik shakllandi.
10.Laganbardorlik va xushomadgoʻylik muqim ishlab qolish shartiga aylandi.
11.Nosogʻlom muhit shakllandi (gʻiybat, fisq-fasod, chaqimchilik, hasad, oʻch olish, badnom qilish).
12.Universitet kengashi amalda bir ovozli boʻlib qoldi.
13.Xorij eshiklari "istalmagan shaxs"lar uchun yopildi. Xalqaro aloqalarda bu holat yaqqol kuzatiladi.
14.Boshqaruv toʻliq lavozimiga nomunosib kadrlar qoʻliga oʻtdi.
15.Ilgʻor xorijiy tajribalar oʻrganilmadi va oʻzlashtirilmadi. Aksar hollarda taʼlim mazmuni, usul va vositalari 80-yillar darajasida qoldi.
16.Ilmning obroʻyi, olimlarning qadri butunlay tushib ketdi. Dissertatsiyalar boʻyicha himoya kengashlari tarkibi "yumshoq" olimlardan iborat qilib qoʻyildi. Ijtimoiy foydali tadqiqotlarga deyarli yoʻl yoʻq.
Bir necha kun avval taniqli biolog olim Baxtiyor Sheraliyev ham o'zi ishlayotgan universitetda byurokratiya yana ko'payib ketayotgani (masalan, o'qituvchilar yillik, oylik, haftalik va kunlik ish rejalari haqida rahbariyatga hisobot berib turishi bo'yicha yangi topshiriq olingani) va shu tufayli boshqa ishga o'tmoqchi ekani haqida post joylagandi.
Agar oliy ta'lim tizimida ko'zlagan maqsadlarimizdan voz kechmagan bo'lsak, dasturlar asosida 2030-yilgacha qilgan rejalarimizga hali ham erishmoqchi bo'lsak, tizimni tezkorlik bilan qayta ko'rish, byurokratiyasiz ish qilolmaydigan rahbarlardan voz kechish talab qilinadi. Ular qanchalik qadrli shaxslar bo'lmasin.
Agar maqsad chindan islohotlarni davom ettirish bo'lsa.
@haqiqatdaIlyos
Бугун бутун Хитой “ўқитувчилар куни”ни нишонламоқда ва ижтимоий тармоқларда хитойликлар учун зерикарли бўлмаган бу касб ҳақида ажойиб видеолар жойлаштиришмоқда.
Видеоларни кўрар эканман, синфхонада ўқитувчининг эртаклардаги сеҳргар каби ўқувчиларни маҳлиё этиши диққатимни тортди. Бунча креативлик, шижоат, ўзига ишонч ва ўқитувчи-ўқувчи ўртасидаги самимий муносабатлар Хитойдек давлатнинг гигант қадамлар билан ривожланиш сирларидан бири бўлса керак. Биз эса китоб етишмаслиги, китобларни чоп этишда манфаатлар тўқнашуви, бюджет пулларинининг талон-тарож қилиниши ва ҳоказо ишлар билан бандмиз. Илмий натижамиз ҳам шунга яраша бўлади. Нимани эксанг шуни ўрасан.
“Diplom - bu juda ayyor narsa. U sizda hech qanday muammo yo‘q, degan illiyuziyani yaratadi. Sizda oliy ma’lumoti bo‘lmagan odamlardan soxta ustunlik tuyg‘usini uyg‘otadi va haqiqat tuyg‘usidan mosuvo qiladi. Hamma narsa yaxshi ketayotganga o‘xshaydi. Ertaga siz tepalikka chiqib, har qanday muammoni hal qila olaman, deb o‘ylashingiz mumkin, lekin bu faqat hayoldir!”
Jon Rokfeller
@kitob_ombori
Aytishlaricha «Azon Kitoblari» kitob do‘koni tarmog‘i tugatilibdi.
Bundan avval Azon Mediya, umuman Azon nomidagi boshqa mediya faoliyatlari ham tugatilgan edi.
@kitob_ombori
Trio Mandili — Kakhuri.
Gurji milliy folkyoridan.
Mana shu gurjistonlik qizlar Gruziyani milliy qo‘shiqlari oddiy qishloq manzalarida kuylab uni dunyoga mashhur bo‘lishiga va sayyohlar oqimini kengayishiga sabab bo‘lmoqda.
@kitob_ombori