Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bu millatning yoshlari kitob o‘qishdan hali qaytmagan, demakki, kelajakdan hali umidlar katta!
Jizzaxdan Samarqandga kirishdagi gaz quyish shahobchasidagi kutish joyida shu yigit meva sotyapti. Tinimsiz savdo bo‘lyapti, ammo bo‘sh qolgan 1-2 daqiqada kitobga yopishyapti. 3-4 qator bo‘lsa ham o‘qishga intilyapti. Diqqat qilib qaradim, kitob - "O‘tkan kunlar". Yarimidan o‘tib qolgan, demakki, eng qiziq joyiga kelgan. To‘g‘risi, yigitning shu damda tuyayotgan rohatini o‘ylab, unga juda havasim keldi.
Shunday kitobxon yoshlarimiz bor ekan, millatimiz hali o‘lmaydi...
Bekzod Ibragimov
@kitob_ombori
Kitob o‘qishning insonga ta'siri
Mutaxassislar bolalarni kitob o'qishga o'rgatish uchun 4-6 yoshdan boshlashni tavsiya qiladilar. Buning uchun o‘zingiz na'muna bo‘lishingiz kerak. Ya'ni, bolaning kitob o'qishga mehr qo'yishi uchun ota-onalarning o'zlari qo'llarida kitob bilan vaqt o'tkazishlari kerak.
Hamma kitoblar ham birinchi sahifalaridanoq o‘quvchini o‘ziga torta olmaydi. Aksariyat hollarda odam 20-betga yetmasdan asarga qiziqishini yo‘qotadi.
Ko'pincha kitoblarni 45 yoshdan oshgan kitobxonlar sotib olishadi. Xaridorlarning 20% dan ortig'i ayollardir.
Bir kishi kuniga o'rtacha 1 soat mutolaa qiladi. Bu nafaqat kitoblarga, balki jurnallarga, Internetga va hokazolarga ham tegishli.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, har kuni 6 daqiqa badiiy adabiyot o'qish stress darajasini pasaytirishga yordam beradi. Shuning uchun ko‘p kitobsevarlar depressiya xavfi ostida emaslar.
O'qishga o'tishdan oldin, ko'p odamlar 25-30 soniya davomida kitob muqovasini tomosha qiladilar.
Jahonga mashxur romanlar muallifi Stiven King badiiy asarlarni o‘qish insonga bilim olish imkonini beradi, deb ta’kidlagan.
#info
@kitob_ombori
BIR UMRLIK DARS
Yo‘nalishli taksida Vasilevskiy tarafga ketyapman. Yonimdagi o‘rindiqda olti yoshli bola xarxasha qilib shovqillar edi. Uning onasi bolaga e’tibor bermas, uni eshitmagandek oynadan tashqarini tamosha qilib ketardi. Bola esa, uning yengidan tortib-tortib qo‘yardi.
Tashqarida, oynadan daraxtlar go‘yoki suzib o‘tishar, yomg‘ir shivalar edi. Leningrad emasmi, doimgidek rutubatli havo edi.
Bola nimanidir talab qilar yoki nimanidir tasdiqlar edi. Ona birdan zarda bilan oynadan o‘girilib bolasiga qaradi. Bolani qo‘lidan tutib o‘ziga tortdi. Qulog‘iga shivirlab dedi:
- Mendan nima istaysan?!
Bola dovdirab qoldi.
- Nima xohlaysan, sendan so‘rayapman?! Bilasanmi, sen kimsan? Sen hech kimsan! Tushundingmi? Sen hech kim-saan! - U ichidagi bu achchiq gaplarni go‘yo chuqur nafas olib, keyin bolaning yuziga otib chiqargandek bo‘ldi.
Bolakay onasiga qaradi. Nazarimda, uning boshi qaltirayotgandek tuyuldi menga. Yoki men qaltirayotgan edim. Orqamni ter bosganini his qildim.
Miyamga ilk kelgan fikrni eslayman: - Nahotki bu gapni unga aytdi? Shu onda u kim haqida o‘ylayotgan ekan?
- Men seni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, - pichirladi ayol.
- Sen uni halok qilding-ku! - dedim. Lekin, mening gapimni hech kim eshitmadi.
Avtobusdagi odamlar, hech narsa bo‘lmagandek, mudrab ketar edilar.
Men o‘z joyimda qimir etmay o‘tirar edim. Bola endi yig‘lamas edi.
Ayol bolaning qo‘lini o‘zidan siltab tushirdi va yana oyna tarafga o‘girildi. Bola endi to‘polonini to‘xtatgan, birdan jimib qolgan edi.
O‘rindiqning yirtiq g‘ilofiga tikilgancha sukut saqlardi. Menda esa, hozir hammaning oldida bu ayolni burdalab tashlashga xohish uyg‘ongan edi!
Unga qarab: - Sen o‘zing hech kimsan! Sen o‘ni o‘ldirding-ku, axir!..
Qasam ichaman, shunday qilmoqchi edim!...
Bolaning holati meni tutib turardi. Men o‘zimni bosish uchun, ko‘zimni yumdim. Chuqur-chuqur nafas oldim.
Ko‘zlarimni ochganimda esa, konfetga nazarim tushdi. Egnida jinsi kostyum kiygan yoshgina, talaba bo‘lsa kerak, oppoqqina, jingalak sochli yigitcha konfetni bolaga uzatib turar edi.
U yana qo‘lini silkib, dedi:
- Ol buni! Senga bu.
Bola konfetni oldi. Yigit shu zahoti ikkinchi konfetni uzatdi.
Bola sekinlik bilan ikkinchisini ham oldi. Keyin nima bo‘lganini eslasam, hozir ham ko‘z yoshlarimni arang tutaman. Bu shunday bolalarcha donishmandlik ediki, buni men hech qachon unutmayman.
Bola konfetni yemadi. U onasining qo‘lini asta turtdi. Ayol darrov bolaga yuzini burmadi. Lekin, baribir qaradi. Vajohatidan, boyagi ohangda yana jerkimoqchi bo‘lgani aniq edi. Ammo, shu payt bola unga konfet uzatdi. Ayol bir bolaga, bir konfetga qaradi. Bir on nima bo‘layotganini tushunmay qoldi. Shunda bola konfetlarni onasining kaftiga qo‘ydi.
Ona go‘yo qo‘li kuygandek, konfetlarni tezda bolaga qaytarib berdi.
- Istamayman, - dedi.
Ikkita konfet uning kaftida turar edi. Bola qo‘lini olmas edi.
- O‘zing ye, - dedi ayol va sekin qo‘shib qo‘ydi: - men xohlamayman... rost aytyapman.
Shunda bola konfetni onasining tizzasiga qo‘ydi. Mana shu harakatsiz lahzani hech qachon unutmayman. Ana shu yetuklikni ham...
Oldimda o‘tgan mana shu bir necha daqiqalar ichida bola ulg‘aygan edi. U yovvoyi, shallaqi xotin esa, go‘zal va yosh ayolga aylangan edi. Har holda, menga shunday tuyuldi.
Ona jim edi. Uzoq vaqt sukutda qoldi. Bolaga shunday tikildiki, go‘yo uni endi ko‘rayotgan edi. Keyin uni quchoqladi. Bola ham uni quchoqladi. Keyin konfetni qo‘liga olib, qog‘ozini ochdi. Onasiga berdi. Onasi konfetni og‘ziga solmaguncha, o‘zi yemay turdi. Tasavvur qilyapsizmi? Bu yana bir hayratli hol edi. Lekin umuman boshqa...
Men o‘yladim: - Mana sen o‘tiribsan. O‘zingcha haqgo‘ysan. Sen turib uni ayblab, tilkalab tashlamoqchi eding. Tuzatmoqchi eding, go‘yo. Shunday qilganingda nimaga erisharding? Hech narsaga! Faqat to‘polon chiqarganing qolardi. Bu bolachi? Qara, u qanday donishmand, qanday buyuk bu bola. U butunlay boshqacha yo‘l tutdi.
Bu jasadchada qanday kuchli bolalarcha donishmandlik mujassam ekan-a! Bu harakati bilan jigarlarga, yuraklarga, ko‘z yoshlarga ta’sir eta oldi!...
«FOYDALI ILM» – ko'k yozuv ustiga bosib barcha kanallarimizga obuna bo'lishingiz mumkin!
Читать полностью…Abu Fath Musiliy rahimahulloh: “Jism taom, sharob va davodan man qilinsa o‘ladimi? “Ha”, deyishdi. “Qalb ham shunday. Agar uch kun hikmat va ilmdan man qilinsa u o‘ladi”, dedi.
“Devonul arab”
@kitob_ombori
Kitoblar ko‘p jihatlari bilan odamlarga o‘xshaydilar:
ular bilan yaqindan tanishar ekansiz, yo xursand bo‘lasiz, yoki tanishganingizga pushaymon yeysiz;
ularning ba’zilari siz bilan sodda tilda, ochiq-oydin, do‘stona suhbatlashishadi, turli taqdirlar misolida hayotning past-balandini ko‘rsatib berishadi, yaqin maslahatgo‘yingizga aylanishadi;
ba’zilari esa ichimdagini top xilidan: ularning nima demoqchi ekanini anglash, ishoralaridagi ma’nolarni uqish uchun hushyor turishingiz, aql-zakovatingizni ishga solishingiz, tafakkur qilishingiz darkor;
ba’zi kitoblar so‘zga chechanlik bilan Sizni sekin-sekin aldaydi, xuddi yaramas oshnalar singari buzuq tushunchalar beradi, to‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘ladi, (ular bilan tanishib qolganingiz uchun tavbalar qilasiz);
ba’zi kitoblarda esa yolg‘on yo‘q – og‘ir so‘zlar bilan ichki dunyoingizni ag‘dar-to‘ntar qilsa-da, haqiqatni anglab olishingizga, hayotning ma’nisini uqishingizga yordam beradi;
ba’zi kitoblarning so‘zlash uslubi oddiy, ba’zilari esa xalqni chalg‘itish uchun minbarga chiqadigan notiqlardek jimjimador so‘zlaydi;
ba’zi kitoblarning sirti yaltiroq, bir qarashda ko‘zni kuydiradi, ammo ichi bo‘sh;
ba’zi kitoblar ko‘rimsiz, odmi, u qadar nazarga tushmaydi, lekin ichi to‘la xazina;
ba’zi kitoblarning umri uzun, ba’zilarining umri qisqa...
Kitoblar ko‘p jihatlari bilan odamlarga o‘xshaydilar.
@kitob_ombori
Seni huddi o‘zingdek tushunadigan ayol bilan uchrashish juda xavfli. Odatda bunday uchrashuvlar nikoh bilan tugaydi.
Oskar Uayld
@kitob_ombori
Mirzakalon Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha» asarida bir jumla e'tiborimni tortdi.
«Men sizlarga «Go'zal Vatan» nomli she'rimni o'qib beraman.»
Fosih afandi, oshga tushgan xira pashshaday, shodlik davrasiga suqulib kirib oldi. U o'qiy boshlagan she'rda da'vo qilinganidek, vatani Turkiston emish, Turkiston esa Umarxonlar, Xudoyorxonlar tomonidan jannatsaro oʻlkaga aylantirilgan emish, xalq farovon yashab, yurtda ma'murchilik, obodonchilik hukm surgan emish, kattalar kichiklarga (ya'ni boylar kambag'allarga (mehribon va g'amxo'r boʻlib, kichiklar kattalarga (ya'ni kambag'allar boylarga) hurmat bilan, itoat bilan o'tgan emish, yurtda vayronachilik, talanchilik, zulm va istibdod boʻlmagan emish! Fosih afandi mana shu xil afsonalar haqida uzoqdan-uzoq gap sotgandan keyin mamlakatning goʻzalligiga o'tdi. Uning qog'ozida chizilgan bogʻlarda mevalar hil-hil pishar, togʻlarda oltinlar qaynab toshar, dalalarda bug'doylar boshoqlarini ko'tarolmay yotar, dehqon omborlari g'allalar bilan, sandiqlar mol-matolar bilan tiqilib borar edi. Bogʻlarda gullar ochilgan, hidlari haryon sochilgan, ariqlarda suv limmo-lim oqadi, dehqon yayrab-quvnab boqadi...
Shu xilda davom etgan balandparvoz safsatalardan so'ng Fosih afandi she'rini shu satrlar bilan tugatdi:
Bog'lari jannatsarodir, - bu bog'lar qayda bor?
Shildirab suvlar oqadir, - bu suvlar qayda bor?»
#kitobdan
@kitob_ombori
- Sen nimani orzu qilasan?
- Plashim bo‘lishini.
- Plashni nima qilasan?
- Yaqinda qish keladi, mening esa kiyishga plashim yo‘q.
- (o‘zining plashsini yechib) Mana buni ol-da, bundan keyin buyuk narsalarni orzu qil!
“Kuryer” filmidan
Yangi kitoblar uchun maxsus aksiya!
4 kitobdan birini xarid qiling va "Janoza masalalari" kitobini sovg'a sifatida qo'lga kiriting.
Aksiya 16-noyabrgacha davom etadi!
Buyurtma berish: 👉 @bookuzbot
Tel: +99871 2300050
📚 @bookuzbekistan — kitobxonlar tanlovi!
Nemis yozuvchisi va jurnalisti Hans Kasper aytgan edi:
Propaganda bu - shaytonni tuyoqsiz va shoxsiz rasmga olish san'atidir.
@kitob_ombori
Barchaga salom!
Ko'plab kitobxonlarning taklif istaklaridan kelib chiqib, kitobxonlar jamiyatimizni tuzishga qaror qildik. Endilikda maxsus yopiq guruh ochib u yerda hafta davomida kitoblar tanlab uni birgalikda tahlil qilamiz.
Unda biz:
Birgalikda kitoblar o'qish chellenjlari;
Asarlar bo'yicha viktorinalar;
Qizirli adabiy o'yinlar;
Kitobxonlar dueli;
Taqrizlar tanlovi;
va boshqa bundan-da qiziqarli dasturlar sizni kutib turibdi!
Eng faol bo'lgan kitobxonlar doimiy tarzda taqdirlanib boriladi.
Guruhga intizomli va haqiqatda kitobxon bo'lgan/bo'lmoqchi bo'lganlarni maxsus yaratilgan anketadan kelib chiqib qo'shamiz.
Guruhga qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun anketa havolasi
https://forms.gle/zjcfABX8QPvzkfEPA
O'zingiz ham bizga qo'shiling va do'stlaringizni ham taklif eting!
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun @ucharxatlarbot ga murojaat qilishingiz mumkin.
P.S: Agar Andijonliklar ko'p bo'lsak ora-orada offline uchrashuvlar ham qilib turamiz nasib qilsa. Shu sabab Andijonliklar faol bo'lamiz)
@kitob_ombori
Kimdir fikr yuritishga qurbi yetmasa - u ahmoqdir. Kimki fikr yuritishni istamasa - u so‘qirdir. Kimki fikr yuritishga urinmasa - u quldir!
Endryu Karnegi
Atir-upa yoki kiyim-kechak do‘konining 30-40 kv metrlik maydonini bir yarim-ikki soat ichida bosib o‘tadigan yaratiqqa ayol deyiladi
@kitob_ombori
Instagram tarmog‘idagi ba'zi vayn, postlarni ko‘rib, uning Ensa'tagramga aylanayotganini ko‘rib qolasan kishi. Bir-biridan burro bilimdonlarni ko‘rib, ensangiz qotib ketadi.
Media savodxonlik, postlar tasmangiz, kimlarni kuzatib borishingizni saralab tanlash ham didingizni shakllantirishi bilan birga axborot axlatidan xoli bo‘lishingizni ta'minlaydi.
Iste'mol qilayotgan axborotingizga ehtiyot bo‘ling.
Mirzo Zominiy
@kitob_ombori
Kim kanalda yangi?
Qalay, foydali ekanmi kanal?
Qanaqa postlarni o‘qishni/ko‘rishni/tinglashni xohlaysizlar?
Mana bu ikkita konfet bergan yigitchi?! - o‘yladim men. - U ham bekorga konfetni ikkita qilib bermadi, axir!
Men o‘girilib qaradim... Avtobusning orqa oynasidan u yosh yigitni ko‘rdim. Yomg‘irli ko‘chadan ketib borar edi...
Ona-bola esa, bir-birlariga boshlarini tekkizgancha ajib holda o‘tirar edilar. Hudo haqqi, ular yosh sevishganlardek edilar!
Shu vaqt haydovchi mening bekatimni e’lon qildi.
Avtobusdan tushar ekanman, bolaning qo‘lidan ushlab qo‘ydim. Bu bilan men unga, «Rahmat!» demoqchi bo‘ldim. Menimcha, u buni anglamadi. Lekin, bu endi muhim emas edi.
Men bu darsni doimiyga eslab qoldim. Eslashga-ku eslab qoldim. Lekin, bu ishning haqiqiy tarbiya ekanini idrok etishim uchun yillar o‘tishi kerak edi. Bu namuna bo‘lib tarbiya etish usulini hamma kattalar ham tushunmaydilar.
Tarbiyani faqat ibrat bilan beriladi.
Baqirish bilan emas, ayblash bilan emas, urib ham emas, yo‘q! Faqat ibrat bo‘lishlik ish beradi. Boshqa hech narsa! Va bu ibratni bola ko‘rsatgan edi. Onasiga ham, menga ham...
U bizni o‘zgartirgan edi...
@kitob_ombori
Ko‘rdimki kulishingdan go‘zal she’r chiqadi.
Sevdim, tavakkal qildim.
Jamol Surayyo
@kitob_ombori
Telegram tarmog'ida hozirgi kunda foydali va manfaatli kanallar kamayib ketmoqda...
Siz uchun eng sara kanallar jamlanmasini tayyorladik barchasiga obuna bo'lib olishingiz mumkin:
1. @Hayot_Falsafasi – siqilsangiz kiring, taskin topasiz...
2. @StivJobs – motivatsion olam.
3. @Liderlaruzb – kuchli biznesmenlardan motivatsiyalar.
4. @pdf_book_uz – pullik kitoblarni bepulga topa olasiz.
5. @Elektron_Kutubxona – keyin izlab ham topa olmaysiz!
6. @Xazon_Rezgi – hayotiy hikoyalar siz uchun!
7. @Mutolaa_Zavqi – diniy kitoblardan parchalar.
8. @Trillioner_INC – gumburlatadigan motivatsiyalar.
9. @Maqsad – maqsadlilar uchun!
10. @Adiw_Blogs – kitobsevar qiz sahifasi!
11. @HazratiKursdosh – qitmir talabalar kanali.
12. @KitobiyIqtibos – kitobdan jumlalar.
13. @RuhiyBarkamollik – qalblar taskin topadigan maskan...
14. @Hikoyalar – hikoyalar olami!
15. @Kitob_ombori — aql ko‘zingizni ochib yuboruvchi kanal.
16. @Atom_Odatlari – kitoblardan iqtiboslar!
17. @Motivatsiya_olami – motivatsiyani "buqasi".
18. @SizgaManfaatli – foydali ma'lumotlar maskani!
«FOYDALI ILM» – ushbu kanallarning barchasi birgina jildda.
17-NOYABR sanasi 1941-yildan buyon "Xalqaro talabalar kuni" sifatida nishonlanib kelinadi
Sana tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1939-yil 16-noyabr kuni natsistlar qo‘l ostiga o‘tgan Chexoslovakiyada talabalar Chexoslovakiya tashkil etilganligining 21 yilligini nishonlash uchun namoyishga chiqishgan. Xukumat qo‘shinlari namoyishchilarni tarqatib yuborgan va tartibsizliklarda tibbiyot fakulteti talabasi Yan Opletal otib tashlangan, yuzlab namoyishchilar hibsga olingan. 17-noyabr kuni esa Gitlerning buyrug‘i bilan fashistlar talabalar yotoqxonalarini o‘rab olib, 1200 dan ortiq talabani konslagerlarga olib borib tashlashgan. 9 nafar talaba va talabalar harakati faollari qamoqxonada qatl etilgan.
Mazkur xunrezlikdan ikki yil o‘tgach, 1941-yilda Londonda natsistlarga qarshi kurashgan talabalarning xalqaro uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda Chexoslovakiya kommunisti Otto Shlingning taklifiga binoan, har yili halok bo‘lgan talabalar sharafiga 17-noyabr sanasini "Xalqaro talabalar kuni" sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Manba
#kuntarixi
@kitob_ombori
QUR’ONDA ZIKR ETILGAN QALB TURLARI
Alloh taolo Qur’oni karimda qalbning bir qancha turlarini zikr etgan. Jumladan:
1. Salim qalb – Allohga ixlos qiluvchi, kufrdan, shirkdan, nifoqdan, turli razolatlardan pok qalb (Shuaro surasi, 89-oyat).
2. Munib qalb – Allohga qaytuvchi, Unga tavba qiluvchi, toatiga yuzlanuvchi qalb (Qof surasi, 33-oyat).
3. Muxbit qalb – bo‘ysunuvchi, taskin topuvchi qalb (Haj surasi, 54-oyat).
4. Vajil qalb – solih amallarini Alloh qabul qilmay qolishidan qo‘rquvchi qalb (Mo‘minun surasi, 60-oyat).
5. Taqiy qalb – Allohning qonunlarini hurmat qiluvchi taqvoli qalb (Haj surasi, 32-oyat).
6. Mahdiy (hidoyat qilingan) qalb – Allohning taqdiriga rozi bo‘luvchi, Uning amriga itoat etuvchi qalb (Tag‘obun surasi, 11-oyat).
7. Mutmain qalb – Allohning tavhidi, zikri bilan xotirjam bo‘luvchi qalb (Ra’d surasi, 28-oyat).
8. Hay (tirik) qalb – eshitgan gaplarini tushunuvchi, Alloh keltirgan misollardan ibrat oluvchi qalb (Qof surasi, 37-oyat).
9. Mariz qalb – shak-shubhaga, nifoqqa, man etilgan shahvatlarga giriftor bo‘lgan kasal qalb (Ahzob surasi, 32-oyat).
10. A’mo qalb – to‘g‘ri yo‘lni ko‘rmaydigan, haqiqatni idrok etmaydigan so‘qir qalb (Haj surasi, 46-oyat).
11. Lohiy qalb – Qur’oni karimdan g‘ofil, dunyo shahvatlari bilan ovora, aql yuritishdan mahrum qalb (Anbiyo surasi, 3-oyat).
12. Osim (gunohkor) qalb – haq guvohlikni berkitadigan qalb (Baqara surasi, 283-oyat).
13. Mutakabbir qalb – Allohning tavhididan, U Zotga itoat etishdan kibr qiluvchi, ko‘p zulm qiluvchi qalb (Gʻofir surasi, 35-oyat).
14. Gʻaliz (qo‘pol) qalb – mehr-shafqatdan, muruvvatdan mosuvo qalb (Oli Imron surasi, 159-oyat).
15. Maxtum (muhrlangan) qalb – hidoyatdan to‘silgan, aql yuritmaydigan qalb (Josiya surasi, 23-oyat).
16. Qosiy (qattiq) qalb – imonga yumshamaydigan, tanbeh, ogohlantirish ta’sir etmaydigan, Allohning zikridan yuz o‘giruvchi qalb (Moida surasi, 13-oyat).
17. Gʻofil qalb – Allohning zikridan g‘ofil, nafsiga bo‘ysunuvchi qalb (Kahf surasi, 28-oyat).
18. Ag‘laf (berkitilgan) qalb – Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so‘zlari yetib bormaydigan qalb (Baqara surasi, 88-oyat).
19. Zoig‘ qalb – haqdan toyiluvchi qalb (Oli Imron surasi, 7-oyat).
20. Murib qalb – shubhalanuvchi qalb (Tavba surasi, 45-oyat).
"Qur’on - qalblar shifosi" kitobidan
@kitob_ombori
Kitobsevar bolalar haqida: ular o‘zgacha olam vakilimi?
Kitobsevarlik hislati bolaga asosan onadan o‘tuvchi dnk kodlaridan biri bo‘lib, ona o‘qishga shunchaki qattiq qiziqqan(sharoitga ko‘ra ko‘p o‘qiy olmagan) bo‘lsa ham bolaga meros bo‘lib o‘tadi. Demak, kitobsevar farzandning onasi avvalambor kitobsevar bo‘ladi.
Bugungi raqamli, chalg‘itadigan dunyoda tug‘ilganiga qaramay, kitoblarga chuqur ishtiyoqi bo‘lgan bolalarda o‘zgacha sehrli narsa bor.
Kitobsevar bolalar o‘zlarining qiziquvchan aqli, jonli tasavvurlari, ertaklarga to‘ymasligi bilan ajralib turadi. Agar farzandingiz tinmay ertak aytishingizni so‘rayotgan bo‘lsa, xursand bo‘lishingiz mumkin, u savodi chiqishi bilan kitoblarga yopishib oladi.
Tasavvur kuchi
Ular cheksiz imkoniyatlarni o‘rganishga imkon beradigan boy tasavvurga ega. Kitoblar ularning xayolini faollashtiradi, qahramonlar, joylar va hodisalarning jonli ruhiy tasvirlarini gavdalantirishga yordam beradi.Bolalarni xayoliy hikoyalar bilan shug‘ullanishga undash ularning kognitiv va hissiy rivojlanishiga yordam beradi.
So‘z boyligi va til ko‘nikmalari
Kitobsevar bolalar o‘qish orqali turli xil so‘zlar, iboralar va jumla tuzilmalari bilan tanishadilar. Ushbu ta’sir ularning so‘z boyligini kengaytirishga yordam beradi va til ko‘nikmalarini oshiradi, bu esa tushunish, yozish qobiliyati va muloqot qobiliyatlarini yaxshilashga olib keladi. Muntazam o‘qish ularning lingvistik rivojlanishini rag‘batlantiradi, kelajakda akademik va shaxsiy hayotlarining turli jabhalarida ustunlik beradi.
Empatiya va hissiy intellekt
Kitoblar turli madaniyatlar, tajribalar va istiqbollarga ochiladigan derazalardir. Kitobsevar bolalar turli xil qahramonlar, ularning kurashlari va g‘alabalari haqida bilib olishadi, bu esa empatiyani rivojlantirishi va dunyoni tushunishini chuqurlashtiradi. Badiiy qahramonlar bilan hissiy aloqalar orqali yosh kitobxonlar hissiy aql, hamdardlik va rahm-shafqatni chuqur his qiladigan bo‘lib yetishadilar.
Kognitiv rivojlanish va akademik samaradorlik
Bunday bolalar o‘qish jarayonida o‘z ongini faol aqliy jarayonlarga jalb qiladi, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va tushunish qobiliyatlarini kuchaytiradi(o‘zi bilmagan holda). Muntazam o‘qish kognitiv rivojlanishni, xotirani saqlashni va analitik fikrlashni kuchaytiradi.
Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qishni sevimli mashg‘uloti sifatida qabul qiladigan bolalar ko‘pincha fanlar bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsatib, akademik jihatdan boshqalardan ustun bo‘lishadi.
Umrbod ta’lim olish
Bolalikdan kitobga muhabbat bir umrlik bilimga chanqoqlikka yo‘l ochadi. Kitobsevar bolalar ko‘proq umrbod o‘rganuvchilarga aylanadi, ma’lumot izlaydi va intellektual o‘sishga intiladi. O‘qish ularni keng ko‘lamli mavzular bilan tanishtiradi, sinf doirasidan tashqarida qiziqish va izlanishni rag‘batlantiradi.
Bunday bolalar tanqidiy fikrlaydi va qayerga bormasin, o‘zi bilan birga kitoblar sehrini olib yuradigan mehr-shafqatli insonlar bo‘lib yetishadi.
Manba: imaginative girl
@kitob_ombori
Ko’rinmaydiganlar qaramaydiganlar uchundir.
Читать полностью…Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p ko‘ryapman: ishi yurishgan yoshlar otasiga moshina sovg‘a qilyapti. Yaxshi. O‘g‘il otaga har qancha yaxshilik qilsa-oz. Ota rozi-Xudo rozi.
E’tirozlarim: otangga sovg‘a qilgan moshinangni videoga olib internetga tarqatish ozroq axloqqa to‘g‘ri kelmaydi, maqtanishga o‘xshaydi. Ikkinchidan, agar moshinani begonaga sovg‘a qilsang edi, har qancha reklama qilsang chidasa bo‘lardi. Otangga bir narsa sovg‘a qilganingni dunyoga oshkor qilish miyangni xomligini bildiradi. Miyasi pishgan odam bunaqa ish qilmaydi.
Ikkinchidan, odatda otalar bolasi go‘yos sovg‘a qilgan moshinani minmaydi, minolmaydi. Chunki bu paytga kelib otalar allaqachon kasalga chalinib ulgirgan bo‘ladi: biri syerroz, biri gipertonik, birini insultni, infarkni boshidan kechirgan, yana biri moshina minishni bilmaydi.
O‘g‘illar aslida o‘zlariga olgan moshinani maqtanish, el-ommaga o‘zini qobil o‘g‘il qilib ko‘rsatish, ishi yurishganini nomoyish etish uchun (past tuyg‘ular) otasiga sovg‘a qilayotgandek qilib videoga olib tarqatishadi. Uyat ish bu.
Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin.
Zoti past, nasli nuqsonli va shubhali pul topadiganlar shunaqa axloqsiz va uyatsiz piarlarga o‘ch bo‘ladi. Ular maqtanish uchun o‘z otasini qurbon qiladi.
Yegan ovqatigacha maqtanadi-ya bu tagi pastlar.
Besh-to‘rt milyon so‘m maosh olasan, xo‘sh, qimmat moshinani qaysi pulga olding? Shu pulni qayerdan topganingga hujjat ko‘rsata olasanmi?
Shunaqa maqtanchoqlar bilan prokuratura shug‘ullanishi kerak.
Byudjet puli qani?
Rahimjon Rahmat
#mulohaza
@kitob_ombori
Atrofimizdagi insonlar.
— Agar siz 5 ta aqlli odam bilan suhbatlashsangiz, siz ularning oltinchisiga aylanasiz.
— Agar siz 3 ta o‘ziga ishongan odam bilan suhbatlashsangiz, siz to‘rtinchisi bo‘lasiz.
— Agar siz 6 ta muvaffaqiyatli tadbirkor bilan suhbatlashsangiz, siz yettinchisi bo‘lasiz.
— Agar siz 2 ta nodon odam bilan gaplashsangiz, siz ularning uchinchisi bo‘lasiz.
Kishi boshqalardan ajralib turishga harakat qilishi bilan uning atrofida dushmanlari paydo bo'la boshlaydi. Barcha sizni yaxshi ko‘rishi uchun o'rtacha bo'lishingiz kerak.
Oskar Uayld
@kitob_ombori
Qirq yashar maktab o‘qituvchisi saraton xastaligiga chalindi. Shifokorlar uzog‘i 1 yil umringiz qoldi deyishdi...
O‘qituvchini bir savol qiynardi: o‘lganimdan keyin xotinim va qizlarim qanday kun ko‘radi?
U ingliz tili va adabiyotidan dars berardi, bestseller bo‘ladigan roman yozib, mualliflik huquqini oilasiga meros qoldirishdan boshqa jo‘yali reja xayoliga kelmadi. Avval umrida hech asar yozmagan bo‘lsa ham, hozirgi ahvoli va qolgan kamgina vaqti nuqtayi nazaridan boshqa biron biznes boshlashga imkoni ham yo‘q edi. Xullas, u roman yoza boshladi.
Maqsadi yuksak adabiy durdona yaratish emas, shunchaki ommabop asar yozish edi. Jon-jahdi bilan kirishdi. Shu darajadaki, hayotini faqat bir yil-u bitta xonadan iborat deb tasavvur qildi. Har kuni asari ustida ishladi, hech nimani o‘ylamadi: na kasalini, na tuzalishni. Muddat tugagunicha ishni yakunlay olsa bas.
U bo‘lajak romani o‘quvchilarini xuddi maktabdagi o‘zining o‘quvchilaridek tasavvur qildi. Asari qahramonlarini ham o‘quvchi bolalardek deb bildi, ulardan ilhomlandi, butun o‘qituvchilik tajribasi davomida bolalar bilan bo‘lgan muloqoti, ta’sirlari va xulosalaridan foydalandi.
O‘ziga shartli ravishda berilgan yil nihoyasiga yetar-yetmas roman bitdi. Qahramonimiz qo‘lyozmani nashriyotga topshirib, shifokor qabuliga bordi. Shifokor esa rentgen suratlari, qon tahlillari va boshqa tekshiruvlar natijalarini qayta-qayta ko‘rib, ko‘zlariga ishonmadi – saraton chekingandi! Bemor sog‘aya boshlagandi.
O‘sha o‘qituvchi – hozirda jahonga mashhur yozuvchi Entoni Byordjes edi, uning “Uyg‘otuvchi apelsin” romani haqiqiy bestseller bo‘ldi. Asar asosida keyinchalik Stenli Kubrik suratga olgan film katta shov-shuv va janjallarga sabab bo‘ldi, hatto bir muddat taqiqlab ham qo‘yildi (bu boshqa tarix).
Byordjes o‘sha romandan keyin yana 50 dan ortiq kitob yozdi. Bu ham kamdek musiqa yoza boshladi: 175 ta musiqa asari yaratdi! Hatto simfonik orkestr ham Byorjersga musiqa buyurtma qilgan...
Yozuvchi mudhish tashxisdan keyin yana 34 yil yashadi va 1993 yilda o‘pka saratonidan vafot etdi (taqdir). Ammo bir saratondan boshqasigacha u dunyoga mashhur ijodkor bo‘lib yashashga ulgurdi.
Ijod, sevimli kasb shunday – davolaydi, yuksaltiradi. Ishga oyog‘ingizni sudrab kelsangiz, istamay ishlasangiz, hafsalasiz shug‘ullansangiz – kasb sizni yemiradi, yeydi! Har kimsaga ko‘ngliga yoqqan kasb bilan shug‘ullanish va undan manfaat ko‘rish baxti nasib etsin.
Qolaversa, har birimizning ichimizda hali o‘zimiz bilmagan bir iste’dod mudrab yotgan bo‘lishi mumkin.
Mashhur rassom Gogen 40 yoshidan keyin rassomchilik bilan shug‘ullana boshlaganini bilasiz. Aslida yosh juda shartli narsa, agar o‘zingizda kuch va iqtidor sezsangiz, faoliyat turini o‘zgartirish uchun 40-50-60 yosh ham kech emas.
@kitob_ombori
Nima uchun 100-200-300 yil avval yozilgan ba’zi kitoblar hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi?
Nega haligacha O‘tgan kunlar, Mehrobdan chayon, Kecha va Kunduz, Otamdan qolgan dalalar, Qutlug‘ qon kabi asarlarni har safar qayta-qayta o‘qisak ham hech me’damizga tegmaydi?
Buning sababi o‘sha asarlardagi yozuvchi o‘quvchiga yetkazib berayotgan voqelik hali ham borligida. Undagi muammolarga yechim topilmaganida.
Hozir kitobxonlar guruhidagilar bilan Mirzakalon Ismoiliyning "Farg‘ona Tong otguncha" asarini o‘qib, undagi har bir epizodlar shu darajada menga qattiq ta’sir ko‘rsatayotganini sababi ham aynan shundayligiga, unda ifodalangan voqeliklar haqiqiy hayotimizga 1ga 1 mos tushishida ekranligidaligini angladim.
Angladim-u ichimda qattiq bir nafrat uyg‘ondi. Nahotki 100 yildan beri muammolarimizga yechim topmadik. Qayta-qayta bir devorga boshimizni uraverishdan charchamadik. Bu qabohat jarligidan chiqishga loaqal urinib ham ko‘rmadik?
Kecha anonim chatda bir inson "nega jamiyatdan bu darajada nafratlanasiz?" deb so‘ragan edi. Men jamiyatdan emas uni o‘simta saratoni bo‘lgan va uni asta sekin tamom qilayotganlardan nafratlanaman.
Asar bosh qahramoni G‘ulomjonning iztiroblarini men ham his qilyapman. Uni qiynagan azoblar meni ham tinch qo‘ymayabdi. Bu kitobni 3 marotaba boshlab hech tugata olmaganman. Davom ettirishga bardoshim yetmagan. Lekin bu safar inshalloh tugataman deb qasd qildim.
Xudo menga kuchli sabr va iroda bersin.
#fikr
@kitob_ombori
Kichkina shahzoda haq ekan.
«Yuragingiz bo‘m-bo‘sh. Fido bo‘lishga arzimaysiz»