Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bugun xalqaro blogerlar kuni ekan!
Hammangizni tabriklayman!
O'z-o'zimizga like bosib qo'yamiz
Demak Kitobni top o'yinida natija quyidagicha:
Saydullo qizi 1
Nematullayeva Gulhayo 1
akbarjon_juraev 1
Samandar 1
Rahmonov 1
berdinazarov_ 1
Nefelibata Ukiyo 1
Sarvinoz Ergasheva 1
Muhammadjon 2
Adem 2
Mr perfect 3
Rodya 5
G'olib Rodya bo'ldi.
Endi unga Songul Unsalning "Kaktuslar ham gullaydi" kitobini sovg'a qilamiz😁
Inson paydo bo'lgandan beri uning ehtiyojlari, xohishlari o'zgarmagan. Faqat zamonlar o'zgargani sayin ularning shakligina o'zgaradi. Mohiyat esa o'sha-o'sha.
Dunyoda odamlar eng ko'p orzu qilagan narsasi nima deb o'ylaysiz?
Ha, ko'pchilikni hayoliga darrov boy bo'lib ketish kelgan ajab emas. Agar to'satdan menga bu kabi savol berishga ehtimol men ham shunday javob bergan bo'lar edim.
Ammo baxtga qarshi orzu qilish bilangina boylik orttirib bo'lmaydi. Unga yetish uchun aql, harakat va eng muhimi sabr bardosh va iroda kerak. Yana Devid Baxning "Latte omili" kitobi ham))
Kitob haqida
Biznes va shaxsiy rivojlanishga oid ushbu kitob moliyaviy mustaqillik va tejamkorlikka erishish uchun oddiy, ammo samarali usullarni taklif etadi. Kitob nomini bunday atalishiga sabab bir latte narxiga teng keladigan kundalik kichik xarajatlar va ularni kamaytirish orqali katta mablag'larni tejash mumkinligiga ramziy ma'no o'laroq tanlangan. Bu kontsepsiya orqali muallif moliyaviy intizom va o'zini boshqarishning muhimligini ta'kidlaydi.
Kitob mazmuni
Muallif kichik xarajatlarimiz umumiy moliyaviy ahvolimizga qanday ta'sir ko'rsatishini ko'rsatib beradi. Har kuni sotib olinadigan kofe, gazeta yoki fastfood kabi mayda xarajatlar ko'pincha sezilmay qoladi, ammo ularning yig'indisi yillik byudjetimizda katta ta'sir ko'rsatadi.
Kitobda muallif tejamkorlik va mablag'ni to'g'ri boshqarish bo'yicha konkret tavsiyalar bergan. Bax moliyaviy maqsadlarni aniqlash, byudjet tuzish va sarf-xarajatlarni nazorat qilish kabi amaliy maslahatlarni o'quvchilarga taqdim etadi.
Moliya va ruhiy salomatlik
"Latte omili" nafaqat moliyaviy erkinlikka erishish haqida, balki moliyaviy barqarorlikning ruhiy salomatlikka ham ta'siri haqida hikoya qiladi. Moliyaviy stressning kamayishi insonning umumiy hayot sifatini yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Kitobda muallif o'z hayotidan va boshqa insonlarning tajribalaridan keltirilgan real misollar orqali o'quvchilarni ilhomlantiradi. Ushbu hikoyalar o'quvchilarga moliyaviy intizom va tejamkorlikning haqiqiy natijalarini ko'rsatadi.
Tahlil va baho
"Latte omili" kitobi moliyaviy masalalarda yangi yondashuvlarni izlayotganlar uchun qiziqarli va foydali qo'llanma bo'lishi mumkin. Kitobda muallif muoliyaviy maslahatlarni sodda va aniq misollar bilan keltirishi, kitobni o'qish va tushunishni osonlashtiradi. Shuningdek, bu kitob shaxsiy moliya boshqaruvi bo'yicha asosiy bilimlarni o'z ichiga oladi, bu esa ushbu janrda endi kitob o'qiyotganlar uchun ayniqsa foydali bo'lishi mumkin.
Biroq, ba'zi o'quvchilar kitobdagi ayrim tavsiyalarni juda oddiy yoki umumiy deb hisoblashi mumkin. Shunga qaramay, "Latte omili" tejamkorlik va moliyaviy mustaqillikka erishish yo'lida muhim birinchi qadamni qo'yish uchun ajoyib qo'llanmadir.
Bu kitob moliyaviy barqarorlik va erkinlikka intilayotgan har bir kishi uchun tavsiya etiladi.
Tarjima va kitob sifati haqida
Kitob Asaxiybooks loyihasi asosidan nashr qilingan. Tarjimon Rahimjon Qudratov. Tarjima menga ancha manzur bo'ldi. Jumlalar, so'zlarning kombinatsiyalari oddiy o'quvchiga tushunarli, sodda tarzda o'zbekchaga o'girilgan. Musahhihlar ham ancha yaxshi ishlashgan.
Kitob ancha sifatli chiqqan. Varaqlari och sariq, qaymoqrang rangda bo'lib, uzoq vaqt davomida o'qiganda ham o'quvchini ko'ziga ortiqcha bosib bermaydi va charchatmaydi.
Narxi ham bu janrdagi kitoblar uchun normal. 50 ming so'm atrofida.
Agar siz ham ushbu kitobni o'qigan bo'lsangiz o'z fikr-mulohazalaringizni bo'lishing
@kitob_ombori
30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan 8 ta kitob
Har bir kitobning o‘z o‘qilish davri bo‘ladi. Masalan, maktab o‘quvchilari, odatda, klassik adabiyotni unchalik xushlamaydi. Yosh kattalashgani sari buning aksi bo‘ladi. Keling, 30 yoshgacha o‘qish kerak bo‘lgan eng mashhur asarlar haqida gaplashamiz. Ular keyingi hayotga tayyorlashda yordam berishi aniq.
“Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi
Eskirmaydigan klassika, kattalar uchun ertak, uzoq sayyoralar bo‘ylab sayohat qilib o‘z baxtini topishga intilayotgan Kichik Shahzoda haqidagi falsafiy va ta’sirli hikoya. U haqiqiy hayotda biz ko‘radigan barcha odamlarni uchratadi: xudbin “qirollar”, piyonistalar, ishtiyoqmand “geograf” – karerachilar, mitti “charog‘bon” odamlar... Shahzoda Yerga kelganida buzilgan samolyotdan chiqqan uchuvchi bilan uchrashadi.
Ushbu hikoyaning iqtiboslari mashhur bo‘lib ketgan. “Kichkina shahzoda” haqidagi ertak haqiqatdan ham har safar yangi tafsilotlarini topib, qayta o‘qilishi kerak bo‘lgan kitobdir.
“Jang san’ati” – Sun-Szi
Ushbu kitob urush haqida emas, aniqrog‘i, faqatgina urush haqida emas. Ushbu falsafiy risola hech qachon qo‘liga qurol olmaganlarga ham foyda keltiradi. Ammo baribir o‘zingizni qurollashingiz kerak: bilim, strategiyani tushunish, boshqa odamlarning xulq-atvorini anglash orqali. Jangda g‘alaba qozongan, lekin jang oxiriga yetmagan bo‘lsangiz, o‘zingizni qanday tutishingiz kerak? Kelajakdagi ishlarni qanday rejalashtirish, raqiblar bilan qanday metodlar yordamida kurashish lozim va nima uchun bizga ittifoqchilar kerak?
“Jang san’ati” barchaga: ishbilarmonlar, oilali odamlar, mansab pog‘onasidan ko‘tarilishni istaganlar, raqiblaridan ko‘ra aqlli va ayyorroq bo‘lishni xohlovchilarga fikrlash uchun ozuqa beroladi. Bu chuqur mazmunli kitobda “urush qoidalari”dan tashqari ko‘p narsalar bor.
“Dorian Greyning portreti” – Oskar Uayld
Ko‘plab keskin satirik pesalar muallifi faqat bitta roman yozgan. Lekin juda kuchli roman!
Dorian Grey ismli yosh yigit har qanday yo‘ldan yuradi, o‘z xohishi bilan yashaydi va boshqa odamlarning hayotiga tupuradi. Uni o‘zining shaxsiy portreti asraydi – kir hayot tarzining barcha oqibatlari suratda aks etib boradi, Dorianning o‘zi esa yosh va begunohligicha qolaveradi. Afsuski, faqat tashqi ko‘rinishi jihatdan shundayligicha qolgan.
Dorian Grey – biz o‘zimizdagi barcha insoniylik xususiyatlarini olib tashlasak, aylanishimiz mumkin bo‘lgan maxluq namunasidir.
“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” – Rey Bredberi
Odamlar kitob o‘qishni to‘xtatib, barcha ajoyib asarlarni ahmoqona filmlar darajasigacha soddalashtirib, klassik asarlarni qonunga zid deb topsalar nima bo‘ladi? Bunday dunyoda insoniyat eng muhim narsani – fikrlash qobiliyatini yo‘qotadi.
Gay Monteg murakkab narsalarni his qilish va tushunishga qodir emasdek tuyuladi – shunchaki, u bunga o‘rgatilmagan edi. Uning xotini ulkan bir televizorni orzu qilar ekan, Gay qo‘liga taqiqlangan meva – kitobni oladi. Bu uning hayotini o‘zgartiradi, qahramon yana dunyoga boqishni, saqlanib qolgan o‘tmish san’atining nayranglaridan va lazzatlaridan bahramand bo‘lishni o‘rganadi.
Davomi bor...
/channel/+Fh10CzwwUwkyMmJi
Anqaralik Muhammad qissasi
Ismim Muhammad. O‘n to‘qqiz yoshdaman. Chiqindi qog‘ozlari to‘playman. Har kuni Qiziloydan Ulusagacha uch bor piyoda borib kelaman. Ikkita kichkina xonasi bor uychada besh o‘rtog‘im bilan yashaymiz. Ular chiqindi qog‘oz to‘plamaydi. Mavlud qurilishda ishlaydi. Husayin hammollik qiladi, Sidar va Yunus esa poyabzal bo‘yab pul topadi. Bizga yana bir o‘rtog‘imiz qo‘shilgan, Abbos ismi. Ishlayolmaydi, buyragi kasal. Abbosni biz boqamiz. O‘n uch yoshimdan beri Anqarada qog‘oz to‘playman. Nig‘delidanman. Boshlang‘ich sinfga borgan yilim Anqaraga kelgandik. O‘rta maktabni bitirganman xolos. Sinfdan sinfga o‘tayotganimda har yili taqdirlanardim. Otam liseyga yozdirmadi. Ishlab pul topib, foydam tegishi uchun ko‘chaga haydab soldi. O‘sha kundan beri ko‘chadaman. Suratli, suratsiz, qora, oq va rangbarang qog‘ozlar, karton qutilar yig‘ib yuraman. Ishlashni boshlagan yilim otam bizni tashlab ketdi. Qimordan qarzi bor edi, bir ertalab tong sahardan chiqib ketdi. Tirikchilik menga qolib ketdi. Onam meni erkalardi: “Arslon o‘g‘lim” derdi. Yuzimni silardi. Otam ketganiga to‘rt oy bo‘lgan edi, qo‘shnilar onamga bir erkakni topishibdi. Qimor o‘ynamasmish, ibodatda emish. Xotini vafot etgan, ikki qizi bor ekan. Onamga “seni qabul qilaman, bolalaringni ham. Lekin Muhammadni emas!” debdi. Onam hayron qolibdi:
— Nega Muhammadni qabul qilmaysiz? U ham mening bolamku?
— Ikki qizim bor, biri o‘n to‘rt, biri o‘n ikki yoshda. Muhammad bilan bir uyda yashashi joiz emas,- debdi erkak. Uch singlim bor edi, bir-birimizni yaxshi ko‘rardik. Onam uchun bir qarorga kelish oson kechmadi. Bir kecha meni qarshisiga oldi.
— O‘g‘lim Muhammad,- dedi onam iztirob bilan.- Seni hech qachon tashlab qo‘ymayman. Lekin biroz muddat tog‘anglarnikida qolgin bolam. -Meni bag‘riga bosdi. Onam yig‘ladi, men yig‘ladim...
Tog‘amnikiga borganimning ertasi kuni nikoh o‘qildi. Bir haftaga qolmay onam va singillarimni olib o‘z shahriga, Kastamonuga jo‘nab ketibdi erkak. Tog‘am “Onangning omonatisan, bu yer sening ham uying. Xohlagan vaqting kelib yotib ketishing mumkin, Muhammad” dedi. O‘n yoshda edim. Tog‘am menga yashash uchun bir boshpana hozirlamagandi. Qo‘ni-qo‘shni, qarindosh urug‘ hech kim yordam beray demadi. O‘n uch yoshdaman. Anqaradaman. Yolg‘iz o‘zimman...
Olti yildan beri onam va singillarimni ko‘rolmadim. Bir necha bor Kastamonuga borishni niyat qildim. Lekin anavi erkak meni haydab, yaqinlarimni ko‘rsatmaydi deb o‘yladim. Onamdan xafaman. Istasa meni topishi mumkin. Singillarimni juda sog‘indim; Hulyani, Havvoni, Hanifani sog‘indim. To‘rttalamiz domino o‘ynar edik. Men hech qachon yutmadim, bular bola, sevinsin, quvonsin dedim. Holbuki, o‘zim ham bola edim...
Piyoda yurganimda, qog‘oz yig‘ganimda, tongdan shom qorong‘usigacha insonlarning yuzini kuzataman. Masalan, sevishganlar yonimdan o‘tib ketadi. Erkaklar menga ko‘zi tushsa, ayollarini sal nariroqdan olib o‘tishadi. Erkaklar, ayollar, huquq-tartibot xodimlari, harbiylar, qulog‘iga eshitgich taqqanlar, musiqa eshitayotganlar, Kafkani o‘qiyotganlar, duo o‘qiyotganlar, tasbeh o‘girayotganlar, sigareta tutatayotganlar, kalta yubka kiyganlar, hamma yonimdan o‘tib ketayotganida shafqatsiz nigohlarini tikadi menga. Nigohlar qattiq, qo‘pol... Egalari qandoq ekan?.. Kafkani bilishim sizlarga qiziq tuyulgandir? Ko‘chadagi sayyor kitob sotuvchilardan kitoblar olaman. Kafkaning “Milenaga maktublar” asarini o‘qidim. Boshqalarini ham o‘qiyman. Ko‘p kitoblar o‘qiyman. Hali o‘qishim kerak bo‘lgan ko‘p kitoblar, yozuvchilar, hikoya, roman va she’rlar bor.
Kitobchilar ham boshqalardan deyarli farq qilmaydi. Mehnat, vijdon va hamjihatlikni himoya qilganlar ham meni ko‘rganda ozor beradigan so‘zlar aytishadi. Ularni cho‘chituvchi qiyofada ko‘rinishimga ishonchim komil.
Ismim Muhammad. O‘n to‘qqiz yoshdaman. Menga nafrat bilan qaraganingizda qoqinib yiqilganimni, yorliqlarni yig‘ib boshpanamga yopishtirganimni ko‘rolmaysiz. Tushunishga harakat qilyapman; o‘zimni, onamni va sizlarni. O‘rganishga harakat qilyapman; yer yuzini, tabiatni va koinotni. Yozishni ham boshlayman.
Google'ga qaramasdan o'zingiz biladigan rassomlar va ularni asarlari nomini sanay olasizmi?
Читать полностью…Aktual savolga, vizual javob😄
@kitob_ombori
Kitaba düştüm,
sabahtan akşama kadar okuyorum.
Kitaplar akıllı
Kitaplar aptal.
Kitaplar büyük
kitaplar çocuk.
Kitaplar en uzak, en güzel yolculuk
Nazım Hikmet
@kitob_ombori
Faylasuf va psixolog yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning muhlislari uchun kanal ochilibdi. Bu kanalda ulug‘ Dostoyevskiy va boshqa yozuvchilarning kitoblaridan olingan iqtiboslar berib borilar ekan.
Ulanib qo‘yish joiz:
@FDostoyevskiy
💪 Bilim — bu qudrat!
🤓 Kun davomida telegramda o'nlab kanallarni kuzatasiz, ammo ulardan sanoqlilarigina sizga bilim beradi. Shu bilim beradigan kanalga yana bitta kanalni qo'shib qo'ysangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi.
🧠 @Mantiqiy_Savol_Boshqotirmalar_uz ! - ushbu kanalda aqlingizni charxlovchi ajoyib testlar (izohida to'liq javobi bilan) berib boriladi. Ham zerikmaysiz, ham vaqtingiz behuda ketmaydi!
Manzil: 👉 @Mantiqiy_Savol_Boshqotirmalar_uz
#bloging
Kitob haqida sahifani yuritish mobaynida maqsadli auditoriyani aniqlash va ishlash.
Kanalda turli so‘rovnomalar o‘tkazish orqali men sahifamni asosan yoshlar kuzatishiga amin bo‘lganman. Sahifamizni katta qismini 16-26 yosh oralig‘idagi yoshlar tashkil qiladi. Tabiiyki kanal yo‘nalishini yoshlarni qiziqishiga monand yorqinroq, qiziqarliroq hamda norasmiyoq shaklda yuritishni boshlaganman.
Bizda har narsadan bir shingildan. Asosiysi muvozanatni bir xilda saqlash.
Har kim o‘z dididan va dunyoqarashidan kelib chiqib sahifa yuritadi. Va tabiiyki o‘zi kabi fikrlaydiganlar jamoasi o‘ziga tortadi.
Agar sizning ham kitob blogingiz bor bo‘lsa va obunachilaringiz yosh kitobxonlar bo'lsa, quyidagi maslahatlarni ko'rib chiqishingiz mumkin:
Ko'proq qiziqarli va sarguzashtli kitob janrlariga e'tibor qarating
Masalan, fantastika yoki ilmiy fantastika.
Xabarlarni yanada jozibali tarzda yozing.
Norasmiy tildan foydalanishdan qo'rqmang. Matndagi bloklarini parchalash uchun ba'zan kulgili fotosuratlar yoki GIF-larni qo'shishni unutmang.
Sahifangizni yorqinroq va esda qolarliroq qilishga harakat qiling. Kanalning bio'siga o‘z sahifangizni maqsadi va yo‘nalishini yozib qo‘ying.
Siz yashayotgan jamiyatdagi sodir bo‘lgan va ommani e'tiborini o‘ziga tortgan voqeliklarga kitobxon ko‘zi bilan qarab, yo‘nalishingizga monand fikr bildiring...
@kitob_ombori
Qiziqishi o‘xshash kitobxonlar gaplashib qolishsa taxminan suhbat shunaqa bo‘ladi😅
@kitob_ombori
O'nta odam bir bo'lib Chexov bo'lolmas
Anton Chexov 44 yil umr ko‘rgan va hayotining yarmini sil kasalligi bilan kurashib o‘tkazgan. Lekin ushbu umri davomida shunchalik ko‘p foydali ishlar qilganki, boshqa odam 10 marta yashab ham bunga ulgirmagan bo‘lardi.
- Dunyoga mashxur bo‘lgan 20 tom asarlarini yozgan.
- Ona shahri Taganrokda jamoat kutubxonasini barpo etib, unga o'zining shaxsiy kutubxonasidan 2000 dan ortig'ini hadiya etgan.
- Melixova shahrida yashagan vaqtlarida minglab dehqonlarni tekinga davolab, hatto ularni dori-darmon bilan ham ta'minlagan.
- Vabo tarqagan vaqtda 25 ta qishloqda yolg‘iz o‘zi yordamchisiz, xamshirasiz kasallarni davolagan.
- 4 ta qishloq maktabi, Lopasnyaga yo‘l, Qo‘ng‘iroq minorasi va yong‘in ishootlarini o'z hisobidan barpo qildirgan.
"Qani endi har kim hayoti davomida maktab, suv qudug‘i yoki shu kabi insonlar uchun kerak biror narsa qoldirsa, dunyodan izsiz yashab o‘tmasa edi" deb yozadi Anton Pavlovich Chexov o'z estaliklarida.
Siz Chexov hikoylarini o‘qiganmisiz?
Taasurotlaringizni bo‘lishing!
@kitob_ombori
✅ Kitoblarning eng qiziqarli joylari va umumiy mazmuni haqida qisqa satrlarda o‘qishni xohlaysizmi?
✅ Kitobxonlar bilan haftada 1 marta jonli chat orqali, kelishilgan kitoblar tahlilini o'tkazishni-chi?
Unda sizga 👉mana bu kanalni👈 tavsiya qilaman.
☝️ Eng asosiysi kanal chati ochiq va barcha savollarga javob beriladi.
📚 Ushbu kanalda barcha turdagi kitoblar haqida post joylanadi:
👨⚖️ Siyosiy
👨💻 Iqtisodiy
💆♂️ Psixologik
🕺 Motivatsion
👨👧👦 Tarbiyaviy-axloqiy
Quyidagi tugmachani bosib, ushbu kanalga obuna bo‘ling 👇
/channel/milliykitobiqtibos
Reklama Tirikchilik litsenziyasi asosida
Dastlab mana shu videoni ko'rib o'zimizda nashr qilingan kitoblar bilan video olmoqchi bo'lgandim. Lekin kitob tanlab bu eksprimentni qilishga yuragim dov bermadi.
Sharaq etsa yuragim uzilganday bo'lishidan qo'rqdim.
Nima deb o'ylaysiz? Mana shu eskprimentga dosh bera oladigan o'zimizni kitoblarimiz bormi?
Nima uchun reaksiya belgisini bosish kerak?
Bu orqali siz sahifa yurituvchisini ish faoliyatiga baho bergan bo‘lasiz. Uning ish faoliyatining katta qismi auditoriyaning kayfiyatiga bog‘liq. Ya'ni, siz bildirayotgan reaksiya (baho) u uchun yo motivatsiya yoki tanbeh! Ochig‘i, agar mening kanalimdagi postlarga salbiy reaksiya qoldirilsa, o‘sha postni qayta va qayta o‘qib chiqaman. Uning mazmun mohiyatini o‘z aql darajamga qayta solib ko‘raman. Agar asosli bo‘lsa o‘z ustimda ishlayman. Ma'nili sabab bo‘lmasa esa biror sho‘x "tirrancha" ekanda deb qo‘yaveraman😁
So‘ngi so‘z o‘rnida aytishim darkor: Reaksiya bu mehnat mahsulini natijasi. Yozuvchi yaratgan "mahsulotni" qiymati. Qiymat qancha ko‘tarilsa, sifat ham oshib boradi.
@kitob_ombori
“Martin Iden” – Jek London
Ushbu roman faqatgina tirishqoqlik orqali eng quyi qatlamdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan odam haqida. Bir paytlar u dengizchi bo‘lgan, ammo badavlat oiladan chiqqan qiz bilan uchrashish uni yaxshi hayot uchun kurashishga undagan.
Har kunlik ish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zi ustida doimiy ishlash Martin Idenni mashhur va boy qiladi. Ammo u, o‘z orzusini amalga oshirar ekan, allaqachon hech narsani xohlamay qolgandi ...
Qahramon kitob muallifi Jek Londonning taqdirini takrorlagani bilan ham, asar ahamiyatlidir.
“Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” – Viktor Gyugo
Bu roman ruhoniyning maftunkor lo‘liga bo‘lgan muhabbati, ko‘rinishi chirkin Kvazimodoning mehribonligi va qirollik askarlari kapitanining ikkiyuzlamachiligi haqida emas. Garchi bularning barchasi kitobda yoritilgan bo‘lsa-da. Romanning bosh qahramoni – Notr-Dam de Parining o‘zi. Bu chindan ham tarixni o‘zgartirgan asar.
Viktor Gyugo o‘z asarini soborning buzilishi arafasida yozgan, ammo romanning misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati Notr-Damni madaniy yodgorlikka aylantirgan. Muallif haqiqatda uni saqlab qolgan.
Tarixiy qismi sizni juda qiziqtirmasa ham, asarda hissiyotlar, odamlar va odamlarning zaifliklari haqida ajoyib hikoya bilan tanishasiz.
“Usta va Margarita” – Mixail Bulgakov
Deyarli barchaga tanish bo‘lgan rus klassikasining durdonasi. Mana, zulmat – knyaz Volandning qiyofasida aks etgan, lekin haqiqiy yovuzlikni oddiy odamlarning qalbida ko‘ramiz. Jamiyat va shaxslarning muammolarini ko‘rsatishda sehr va haqiqat chalkashtirilgan. Kitob sevgi, nafrat, hokimiyat, baxt va yana ko‘plab mavzularni ko‘tarib chiqqan.
“Qo‘ng‘iroq kimni chorlayapti” – Ernest Xeminguyey
Kitobda tasvirlangan voqealar Ispaniya fuqarolik urushi avjiga chiqqan vaqtda yuz beradi va atigi uch kun davom etadi. Bu fashistlar tomonidan bosib olingan ko‘prikni portlatishi kerak bo‘lgan amerikalik Robert Jordan uchun ajratilgan vaqt edi. Muammoni hal qilish uchun Robert mahalliy otryad partizanlaridan yordam so‘raydi.
Bosh qahramon va uning atrofidagi odamlar boshiga juda ko‘p narsa: sevgini topish va yo‘qotish, qo‘rquvlarini yengish, xiyonat, qo‘rqoqlik va boshqa insoniy gunohlar tushadi.
Bu urush haqidagi odatiy asar emas – unda ortiqcha pafos va qahramonlik yo‘q. Ammo og‘riq, qon va dahshat yetarlicha. Shu sababdan qahramonlarga va ular bilan sodir bo‘lgan vaziyatlarga ishonasiz, har qanday urushning bema’ni, shafqasiz va ahmoqonaligini tushunasiz. Axir, u, ko‘plab ajoyib insonlarning hayotini sindiradi...
@kitob_ombori
Mehrsizlik haqida yozaman. Avval qutilardan yig‘gan qog‘ozlarimga mehrsizlik haqida yozaman, bemehrlikni qoralagan qog‘ozlarim mehr bo‘lib oramizga qaytadi. Mehrli, chinakam insonlardan do‘stlarim bo‘ladi. Ular qog‘ozlardan tiriladi, mehr bilan tirik jonga aylanadi, birodarga aylanamiz.
Bir qator rejalarim bor. Mahkamaga murojaat qilib ismimni o‘zgartiraman. Ali Haydar bo‘lsinmi deb o‘ylayotgnadim. Yo‘q, mening imim O‘zgur bo‘ladi. O‘zgur — o‘zi hur, ozod degani!
O‘zimga oid bir kutubxonam bo‘ladi. Chiqindi qog‘ozlarni yig‘ib yuraman, ust-boshimdan qo‘lansa hid kelishi mumkin. Lekin kitob hidini sevaman.
Tabiat qo‘ynida yolg‘iz o‘zim yashashni istayman. Ranjitishlaridan, chetga surishlaridan, la’natlashlaridan charchadim. Ona tabiat qo‘ynidan panoh istayman. Buning uchun guli giyohlarga oid kitoblar olaman. O‘tlar bilan ozuqalanishni, o‘tlar yordamida sog‘ayishni, o‘tlardan halovat topishni o‘rganishni istayman. Tabiatda yolg‘iz o‘zim yashaydigan bo‘lsam hamma o‘tu giyohlarning sir-sinoatini bilishim kerak.
Buyrak yetishmovchiligidan qiynalayotgan Abbosni davolatamiz. Endi u mening ukam bo‘ldi, biz unga qaraymiz. Abbos sog‘aymasa ona Tabiat bag‘riga chiqib ketamiz.
Kafka qirq bir yoshida o‘lgan. Men ham shuncha yashasam yetadi. Ozodlik kitoblar kabi ifor sochmoqdir. Giyohlardan mehr darmonini tayyorlash va bir kuni tuproqqa singganimda ona tabiat meni ehtirom bilan xotirlashidir istagim...
Turk tilidan Umida Adizova tarjimasi
/channel/+Fh10CzwwUwkyMmJi
Mayli, sekin asta tasviriy san'atni ham o'rganamiz
Читать полностью…Eng yoqtirgan qo'shig'ingiz: Whitney Houston - I have nothing
Eng yoqtirgan filmingiz:
Kristofer Nolan - Interstellar
Eng yoqtirgan multfilmingiz:
Mustang (Blue Ray)
Eng yoqtirgan kitobingiz:
Jek London - Martin Iden
Eng yoqtirgan yozuvchingiz:
Erix Mariya Remark
Eng yoqtirgan tasviy san'atdagi suratingiz:
Eduard Monk - Qichqiriq
Eng yoqtirgan serialingiz:
Taqdir o'yini (Вабанк)
Siznikichi?
#Tavsiya
Adabiyot va tarix ixlosmandlari uchun ajoyib maskan. Kanalda kamyob hodisaga, ya'ni ilm va ijod uyg‘unligiga guvoh bo‘lasiz.
Marhamat: @Maktub_Gazeta
Dunyodagi hamma ayollar baxtli bo‘lsin!
Bir ayolni baxtli qilolmasam nima qilib yuribman erkak degan nomni ko‘tarib?
Ayollar o‘zini shunday baxtli his etsinki, ayol bo‘lib tug‘ilganiga shukronalar keltirsin. Ey Rabbim! Meni erkak emas, ayol qilib yaratganingga shukr, erkaklarga juda qiyin ekan, desin.
Ayolimdan so‘rab turaman, ayt, yana senga nima kerak, baxtdan yorilib ketishing uchun yana nima qilay, deyman.
Ramazon payti edi. Tungi ikkilarda uyga keldim. Qarasam, xotinim shirin uxlab yotibdi. Mayli, bezovta qilmay deb oshxonaga kirdim-da, saharlik qila boshladim. Yarim soatlardan keyin xotinim chiqib xavotirlanib, dadasi, nima qilyapsiz deb so‘radi. Boring uxlayvering, bugun saharlikni men tayyorlayman dedim.
Inshaalloh, Alloh umr bersa, hech bo‘lmasa beshta yetim qiz boqib olib, ularni chiroyli tarbiyalab yaxshi joylarga uzatmoqchiman. Mehrga to‘ysin, baxtli bo‘lsin deyman. Dunyodagi hamma ayollar baxtli bo‘lsin deyman.
Shuhrat Qayumov
@kitob_ombori
Twitterdan...
Menga yiliga ikki marta olti oylik ta’til kerak.
Horijga chiqadigan pasportim meni qamoqda deb o‘ylaydi.
Dangasa emasman. Shunchaki quvvatni tejash rejimidaman.
Tasavvur qil. Pul deb bir qari odam bilan turmush qurding. Va ko‘p o‘tmay o‘lib qolding.
Nega chivin yog‘imnimas qonimni so‘radi?
Hozirgi eng yaxshi ishlarim ro‘yxati
1.
Qalbim meni muzlatgichga olib keldi.
Kech uxlab, tongda afsuslanamiz.
Hayotim dam olish kunlarni kutish bilan o‘tyapti.
Hech kimni majburlama, hech kimga yalinma. Ta’qib qil.
2024-yil yarmini sovurib bo‘ldim.
Hammaning uyida dushi bor. Negadir hamma ham uni ishlatmaydi.
Ba’zan o‘zim bilan gaplashib, mazza qilib kulishamiz.
Negadir qo‘ng‘iroqqa javob berging kelmaganda odatdagidan ko‘ra uzoq chaladi.
Gap egasini topadi: “Iltimos, cho‘milib yur!”
Konspirologiya nazariyalari spoyler bo‘ladi.
Xaligacha tushunmayman. Qanday qilib ishsiz yurganlar iphone 15 pro max tutib yuradi.
@kitob_ombori
Vijdon testi
🇺🇸Oʻtgan yil Green Card natijalari chiqqanda e’lon qilgim kelmagandi. Uydagilarga ham aytmagan edim, ketishim aniq bo'lmaguncha shovqin ko'tarmay degan edim. Endi e'lon qilsam bo'ladi!
Hamma hujjatlar tayyor. Viza muammosiz hal boʻldi. Roppa-rosa bir oydan keyin Nyu-Yorkka joʻnaydi akalaring.
🤲Xudo xohlasa oʻsha yerda magistratura, doktoranturani oʻqib, soqqali ishda ishlab, Vatanga qaytaman. Har holda rejam shunaqa.
✌️Albatta qanday qilib viza olganim, elchixonada konsul bilan suhbat, u yerda qancha pul topish, umuman Amerika haqida postlar boʻladi, lekin bu blog maqsadidan uzoqlashilmaydi.
🙌 Shu paytgacha men bilan bir boʻlganingiz uchun katta rahmat, hammangizga!
Idea chopildi. Vaqtilarga rozi boʻlinglar. Tashakkur barchaga🫶
@kitob_ombori
Hayotimni kunga bo'lsak 10,164 kun yashabman.
Bu 243,936 soat bo'lar ekan.
Matematika qo'rqinchli(
Yoshlar buzilib ketyapti, kitob o'qiydiganlar deyarli yo'q, hamma internetda blah, blah'larni ko'p eshitamiz. Bunday gaplarni aytadiganlarni 99.60% maktabda Alifbeniga tugatgan bo'ladi xolos, ammo daraxt tagida 1000 yil o'tirgan donishmanddek og'iz kerishadi 😄
Xullas, bu gapim bilan nima demoqchiman?
Hozir kitob o'qiydiganlar oldingidan ko'ra ancha ko'p va yanada ko'payib boryapti. Bunga parallel ravishda ijtimoiy tarmoqlarda kitobga oid kontentlar soni ham ancha ortib qolgan.
Bugun sizlarga okean ortidan bo'lsada kitob o'qishni targ'ib qilayotgan do'stimiz Amerikadagi kitobxonni sahifasini tavsiya qilmoqchiman.
Kanalni asosiy fishkasi (ustunligi) ayni paytda G'arblik kitobxonlar orasida mashhur bo'lgan, eng ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan kitoblarni o'qib, ularni tahlillari berib boriladi.
/channel/+WcEGp6uybZ8yYTJh
Kishi omadsizligi uchun ham sherik izlaydi. Qani endi sen kabi yana bir omadsiz inson boʻlsayu unga qarab oʻzingni ovutsang.
Xurshid Abdurashid ”Dardisar”
@kitob_ombori
Amazon Books'dan ajoyib kitob reklamasi!
Amazon o‘zining kitoblar servisi uchun o‘quvchi tasavvurining parvozini namoyish qiluvchi ajoyib reklama e’lon qildi.
Agar qiziqarli kitob o‘qishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida eslash vaqti keldi.
@kitob_ombori