Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Shaxsiy kutubxonangizdagi eng chiroyli muqovali kitob qaysi?
Читать полностью…Sevmagan insonga yashash osonroq va qiziqarliroq. U barcha narsani ochiq ko‘ra oladi, mahzun qo‘shiqlardan o‘zini qidirmaydi. Ojiz kimsa kabi yotmaydi, «Meni sevib qolsang qaniydi» deb yolvormaydi.
Sevmagan insonning ruhi yengil, hazilkash, o‘ynoq bo‘ladi.
U bemalol hazil qilishi, kuylashi va hatto qo‘pollik bilan gapirishi mumkin. U o‘z me’yorida ovqatlanadi, uxlaydi, erkinlikni eng buyuk ne’mat deb biladi.
Sevmagan kishi sevmagan insonining yoniga bayroqni baland tutgan holda bora oladi.
U ulkan sevgiga duchor bo‘lguniga qadar hech narsadan qo‘rqmay, sinmay, zirhli himoya kiyimida turgan kabi yashaydi.
@kitob_ombori
Sevgining yurakda paydo bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlarning reallikka hech qanday aloqasi yo‘q. Yurak – inson organizmidagi qon aylanish tizimi ishlashiga sabab bo‘ladigan tana a’zosi. Sevgi, ma’lum bir insonga bog‘lanib qolish va shu kabi hissiyotlar miya orqali nazorat qilinadi. Nima uchun ba’zida insonlar bir ko‘rishda sevib qolishlarini neyrobiologiya fani tushuntirib beradi.
Aksariyat insonlar muhabbat o‘ta buyuk va tushunarsiz his ekanligi, uni olimlar hech qachon izohlay olmasliklarini aytishadi. Biroq, so‘nggi yillar ichida ushbu mavzuga doir ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazildi.
Yaqindagina taniqli ruhshunos va neyrobiolog Rut Feldman sevgi tushunchasining qanday paydo bo‘lishini tushuntirib berdi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, muhabbat va bir kimsaga bog‘liqlik dofamin neyromediatori tomonidan nazorat qilinadi.
Dofamin o‘zi nima?
Dofamin – allaqanday mukofot, manfaat yoki yutuqqa erishish uchun o‘zimizni qanday tutishimizni hal qiluvchi neyromediator. Manfaat deganda yeguliklar, pul, maqtovlar, bir so‘z bilan aytganda odamlarga yoqadigan hamma narsa nazarda tutiladi. Muhabbat masalasiga kelganda, dofamin sevimli insonning tabassumi, uning sevgisiga erishish, uni hamisha ko‘rib turishni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi.
Bundan kelib chiqadiki, siz yurakda paydo bo‘ladi deb o‘ylagan muhabbat inson miyasidagi kichik mexanizmlardan birining ishi bo‘ladi.
Dofaminning faoliyatida kichik jihat ham mavjud. Neyromediatorning katta miqdorda ishlab chiqarilishi uchun mukofot kutilmagan bo‘lishi kerak. Aynan mana shu sababli ham ba’zan bir ko‘rishda sevib qolish holati paydo bo‘ladi. Inson o‘zi kutganidan ko‘ra chiroyliroq yoki aqlliroq odamni ko‘rgan vaqtda uning qanday inson ekanligini bilmay turib ham sevib qolish hissini tuyadi.
Tasavvurlaringiz o‘zgarib kettimi? 😅 Lekin bu ilm-fan 🤓
Aqlingizni charxlang!
@kitob_ombori
Dunyo bo‘ylab tekin sayohat qilganim haqida
Xitoy devorini ko‘rdim. Uni imperator Sin Shi-Xuandi dushmandan himoyalanish uchun qurdirgan. Tasavvur qiling, oy sathidan ko‘rishning imkoni bo‘lgan devorni oldidan ko‘rib turibsiz. Xitoy devorining ustidan yurar ekansiz, o‘zingizni xuddi tarixning ustidan yurgandek his qilasiz. Devor dengiz sohiliga borib tugaydi!
Rimdagi Kolizeyni ko‘rdim. U yerda tafakkur va majnunlik bitta tepada birlashgan. Kolizeyni Flaviyev Vespasian qurgan. Unga Neron olov qo‘ygan!
Hindistonda Tojmahalni ko‘rdim. O‘sha yerda muhabbatning o‘limdan kuchliligini ko‘rasiz. Malika Mumtoz Mahal vafot etganida uning eri Sulton Shohjahon o‘n olti yil davomida unga maqbara quradi. Juda ajoyib me’morchilik asari dunyoga keldi. Unda fors va Usmoniylar muhandisligi aralashib ketgan!
O‘ylaymanki, siz ham men bilan butun olamni sayr qildingiz. Sizga shuni aytishim kerakki, men safar qilmayman. Menda pasport bor. Ammo uni ko‘p elchixonalar rad qiladi. Uni ko‘pgina aeroportlar tan olmaydi. Ammo men bularga qaramasdan safar qilishga qaror qildim. O‘qidim. Ko‘p o‘qidim. Shuni kashf qildimki, kitoblar elchixonalar rad qiladigan, aeroportlar quvadigan kambag‘allar uchun pasport va viza ekan!
@kitob_ombori
25 йиллик тажрибам асосида шахсий ривожланишни тезлаштириш учун 20 та стратегия.
1. Ишингизга профессионал мажбурият сифатида қаранг ва атрофдаги нарсаларни шахсий қабул қилманг.
2. Ҳаётингизда муваффақиятга эришиш учун ўзингизга бўлган ишонч жуда муҳимдир.
3. Мақсад ва йўналиш ҳиссини таъминлаш учун келажакдаги мақсадларингизни аниқлаштиринг.
4. Касбий қийматингизни ошириш учун доимий равишда янги билим ва кўникмаларга интилинг.
5. Ҳар турли янги билимга бўлган қизиқишни ортиринг ва тушунчангизни кенгайтириш учун доимий равишда жавоб изланг.
6. Етакчилик қобилиятингизни ривожлантиринг, буни ўзингизни самарали бошқаришдан бошланг.
7. Шахсий ва профессионал ўсиш учун фаол равишда фикр-мулоҳаза деган тушунчани шакиллантиринг.
8. Сизга бўлган ишонч, ва ўз шахсий брендингизни яратиш учун доимий тарзда фидойилик ва меҳнатсеварликни намойиш этинг.
9. Қийинчиликларга чидамлиликни ривожлантириш учун сабр устида ишланг.
10. Профессионал имиджингизни ошириш учун келажакда сизни машҳур қиладиган шахсий брендни яратинг.
11. Карьера имкониятларини кенгайтириш учун турли кўникмаларга эга бўлинг, чет тилларни ўрганинг.
12. Мотивация ва драйвни сақлаб қолиш учун эҳтиросларингиз ва мақсадларингизни аниқланг.
13. Ишончли менторлардан ўсиш ва ривожланиш учун йўл-йўриқ сўранг.
14. Шахсий ва профессионал ўсиш учун имкониятлар сифатида жамиятдаги янги муаммоларни осонлик билан қабул қилинг.
15. Натижаларни ўз вақтида кўрсатиш учун давомий тарзда CV-ни янгилаб туринг, ҳар турли ҳил кичик деталларни ҳам ёзинг.
16. Қўллаб-қувватловчи иш муҳитини яратиш учун ҳамкасблар билан ижобий муносабатларни ривожлантиринг.
17. Иш жойидаги муносабатлар ва вазиятларни самарали бошқариш учун ҳиссий интеллектни ривожлантиринг.
18. Нетворкинг имкониятларини ривожлантирадиган халқаро тадбирларга қатнашинг.
19. Ўз соҳангизда рақобатбардош бўлиб қолиш учун тренд, лойиҳа ва янгиликлардан хабардор бўлинг.
20. Қимматли тажриба ва салоҳиятга эга бўлиш учун лойиҳа ёки турли гуруҳларда етакчилик роллари учун кўнгилли сифатида иштирок этинг.
Telegram'ning o'zbekzabon segmentidagi adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Siz bu sahifalardan yangi bilimlar, qiziqarli faktlar va kitob haqida qiziqarli tahlillarni topishingiz mumkin.
Ro'yxatdagi barcha sahifalar bitta havolaga jamlangan. Uni bosib, istaganingizga yoki barcha sahifalarga a'zo bo'lishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi.
/channel/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Boya chet elliklar bilan bir davraga tushib qolgandim.
Mehmonlar asosan Osiyo davlatlaridan ekan. Aylanib yurib ularni bir qanchasi bilan suhbatlashib qoldim. Eng qizig'i:
Pokistonliklar meni Eronlikka, Eronliklar Saudiyalik arabga, Arablar afg'onga o'xshatishdi😄
O'zimiznikilar bittada tanirkan xolos qayerlik ekanligimni😄
Zulm shoirdan, shoirning rost so‘zidan qo‘rqdi. Rost, tirik so‘z bor joyda zulm yasholmaydi. Zulm shoirning nomini tarix sahnasidan abadiy o‘chirib tashlash uchun qariyb qirq yil uydirma to‘qidi. Biroq shoirni yengolmadi. O‘limidan so‘ng bo‘lsa ham u zulm ustidan g‘alaba qildi.
Xurshid Davronning ushbu she’ri Lorka haqida yozilgan she’rlar ichida eng yaxshisi.
Lorka o‘limi
Uni tongga tirab otdilar…
U yiqildi,
So‘ng yana turdi
Va yoshgina,
Bukri bir askar
Qo‘ndoq bilan boshiga urdi.
U jon berdi…
Askarlar esa
Shosha-pisha ortga qaytdilar,
Sharob ichib mungli qo‘shiqni
Tun sukutin buzib aytdilar.
Bu qo‘shiqda bulutni yorgan
Hilol cho‘qqi uzra porlardi,
Bu qo‘shiq qor ostida yotgan
Chechaklarni bo‘zlab chorlardi.
Bu qo‘shiqda qora kiyingan
Tul kampirlar ertak to‘qirdi,
Ularning oldida ko‘zi ko‘r bola
Zulmat aro kitob o‘qirdi.
Qo‘shiq kuylab,
Tuyib alamni,
Yosh askarlar sarmast edilar,
Shu qo‘shiqni yozgan odamni
Otganlarin bilmas edilar…
P.S: Rasmda o'limi oldidan she'r o'qiyotgan Lorka
@kitob_ombori
Agar o‘qituvchiga savol bersangiz, u sizga javob qaytaradi. Uning javobi sizni o‘ylantirsa, bosh qotirib o'tirmasdan nimani nazarda tutganini so'rashingiz mumkin. Biroq kitobga savol beradigan bo'lsangiz, unga o'zingiz javob qaytarishga majbursiz. Shu jihatdan kitob xuddi tabiat yoki olam kabidir. Agar uni so'roqqa tutsangiz, u fikrlash va tahlil qila olish darajangizga qarab javob qaytaradi.
Mortimer J.Adler, Charlz Van Doren- "Kitoblar qanday o'qiladi"
@kitob_ombori
Haqiqatni gapiradigan va oʻzlarining samimiy tuygʻularini koʻrsatadigan odamlar zaif, axmoq yoki sodda odamlar emas. Ular shunchalar kuchliki, niqobni ularga keragi yoʻq...
@kitob_ombori
Insoniyatning yarmi tili bilan, yarmi esa ko‘z yoshi bilan aldaydi.
Nassim Taleb
@kitob_ombori
Keyin u meni quchoqladi: quchoqlashni bilgan odam yaxshi odam.
Orxan Pamuk "Mening ismim qirmizi"
@kitob_ombori
💍 Bugun, 27-iyun butun dunyoda "Uylanishga qaror qilish" kuni nishonlanadi
Bugun bu qadamni tashlashga hali qaror qilmagan bo‘ydoqlar kuni. Hamda bu yangi hayotni boshlash vaqti kelganining belgisidir.
@kitob_ombori
G'alabaga erishgan paytda atrofingni ko'plab do'stlar o'rab oladi. Ammo mag'lubiyat paytida sen bilan qolganlari haqiqiy.
@kitob_ombori
Kechirim so'rash sizni nohaq ekanligingizni va boshqa odamni haq ekanligini anglatmaydi. Bu shunchaki sizning munosabatlaringiz qiymati o'zingizning egoingizdan muhimroq ekanligini anglatadi.
@remarkdan_qaydlar
Botda, anonimchatda "akamisiz yoki opamisiz" kabi savollar ko'payib ketayotganidan kelib chiqib o'zim haqimda ochiq ma'lumotlarni sizlarga yozmoqchiman.
Ismim Abdurahmon. Andijon shahridanman. Yoshim 27 da. Andijon davlat chet tillari insitutini tugatganman. Shaxsiy biznes va freelancer'lik bilan shug'ullanaman.
Ingliz, rus va koreys tillarini o'rta darajada bilaman. But kanalni 2020-yilni boshlaridan beri faol yuritib kelaman.
Qiziqishlarim doirasiga kitoblardan tashqari, kompyuter o'yinlari, tasviriy san'at asarlari, haykaltaroshlik, Formula1 sport o'yinlari kiradi. Retro, ilmiy-fantastika, harbiy hamda apokaliptik janrdagi filmlarni yoqtiraman. Sevimli musiqa janrim - jazz va blyuz.
O'zimni XX asrni 70-80- yillaridagi odam deb his qilaman ba'zan))
Uylanmaganman. Sevganim yo'q. Kimnidirni ham o'lib qolishli darajada sevmaganman. Bu masalada ko'ngil mantiqqa "povot"ni berib qo'ygan.
Hayotda ham tarmoqlarda ham bir xilman deb bemalol ayta olaman.
Tilim achchiqroq (postlarda sal qo'polroq yozsam aybga buyurmanglar. Bu xarakter).
Omma uchun ayta oladiganlarim shu🤝
Inson azoblanishni istaydi, shuning uchun ham sevadi...
@dostoyevskiydan_qaydlar
Shaxmat ishqibozi va Xeminguey
Mashxur yozuvchi Ernest Xeminguey tasviriy san’at asarlariga juda ishqiboz bo‘lgan. Hatto, uning nodir rasmlar to‘plangan kattagina galereyasi ham bor edi. U qo‘lga kiritgan rasmlari bilan fahrlanar, ularni ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirar edi. Uyiga kelgan mehmonlarni bu galereyani tomosha qildirmay jo‘natmasdi.
Kunlardan birida bir mehmon boshqa rasmlarga parvo qilmay shaxmatchilar tasvirlangan rasmga uzoq ko‘z tikib qoladi. Buni payqagan yozuvchi mehmondan:
- Bu rasm sizga yoqdimi? - deb so‘raydi.
Mehmon esa:
- Yoqqanda qandoq! Azamat, uch yurishda mot qilibdi-ya!
@kitob_ombori
AQShliklar ishlatadigan TikTok bilan Xitoyliklar ishlatadigan TikTokni farqi borligini aytgandim-a?
Ya'ni AQShda ishlaydigan TikTok algoritmi foydalanuvchilarga LGBT, bir jinslilik, ehtirosga to‘la kontentlarni taklif etsa, Xitoyda asosan ta'lim, ilm-fan, qanday qilib imtixonlarni muvaffaqiyatga erishish mumkinligini haqidagi videolar taklif etiladi. Va buni Xitoy hukumati siyosat darajasida nazoratga olgan.
Endi o‘zimizdagi holatni tahlil qilamiz. Xo‘sh, bizda asosiy ijtimoiy platforma bo‘lgan Telegramdagi kontentlarni ko‘rsak. Undagi ko‘p obunnachilarga ega katta kanallarda asosan er-xotin munosabatlari, mashinalarni yangi narxlari, qayerdadir sodir bo‘lgan #daxshatli voqealar, avariyalar, urushlar yoki shou biznesdagi qaysir "taniqli"ni shaxsiy, dabdabaga boy hayoti, uning yangi olgan mashinasi, Dubaydagi asal oyi va boshqa shunga o‘xshash videolar bilan to‘lib-toshgan. Bular bizni na dunyoviy va na oxirat hayotimizga foydasi bor narsalar. Bular bizni faqatgina dunyoga bo‘lgan hirsimizni orttirayapti xolos.
Bolalarimizga hayotda eng muhim narsa to‘y qilish, mashina va uy olish, Dubayga borib dam olib kelish degan fikrlarni singdirmayapmizmikin?
Ketin o‘tirib olib" nega bizning davlat rivojlanmagan, nega yuqori texnologiyalar bizda ishlab chiqarilmaydi, nega meni bolam chet elda ishlashga borishi kerak, o‘zimizda ish yo‘q?" deb noliymiz. Ammo uning ta'lim olishiga, kitob o‘qishga bo‘lgan mehrini orttirishiga juda kam e'tibor qaratamiz. Jamiyatimizda kitob o‘qiydigan odamga hali ham o‘zga sayyoradan kelgandek qaraydiganlar toifasi borligi va ularning soni ko‘pligi taraqqiyotga erishgan davlatlar nazarida 3-dunyo vakili sifatida ko'rilishimizga sabab bo'lmoqda.
@kitob_ombori
Telefondagi suhbatlar vaqti:
(soat, daqiqa, soniya)
Ikki do‘st - 00:00:58
Ona-bola - 00:00:50
Ota-bola - 00:00:26
Qiz va yigit - 01:16:54
Dugonalar - 02:16:25
Er va xotin - 00:00:17
Ikkita kitobxon gaplashib qolishsa - 03:14:11 (tekin daqiqalar tugadi)
@kitob_ombori
Hamma narsaning o‘tkinchiligini va butun moddiyat mangu harakatlanuvchi oqim ekanligini, shuningdek, yuz bergan va kelgusida ro‘y berajak barcha narsalar — minginchi almashinuv, mangu o‘zgarishlar zanjiri ekanligini unutmang!
Mark Avreliy
@kitob_ombori
Ispan shoiri va dramaturgi. 1898-yil 5-iyunda Granada yaqinidagi qishloqda tug‘ildi. Maktabdan so‘ng 1914-yili Granada universitetiga kirdi. 1917-yili dastlabki essesi, 1918-yili birinchi kitobi, 1921-yili birinchi she’rlar to‘plami chop etildi. 1936- yil 19-avgust kuni Granada yaqinida fashistlar tomonidan otib tashlandi.
Lorka ijodi – Andalusiya orqali kirib borgan Sharq she’riyati va Gʻarb she’riyatini o‘zida mujassam etgan, XX asrda o‘ziga xos shakl topgan, ohang va obrazlariga ko‘ra Gʻarb she’riyatidan ajralib turadigan, boshqacha aytganda, Gʻarb libosini kiygan Sharq poeziyasining badiiy namunalaridan biri. Uning she’rlari, ohanglari, ramzlari, o‘xshatish, timsollarida Sharq she’riyati ta’siri yaqqol seziladi. Hali o‘ttiz yoshga kirmasdan dunyo miqyosida katta shoir sifatida tan olingan ijodkorlardan biri edi: uning she’rlari gitara kabi jarangladi, gitara kabi faryod va isyon qildi. Gitara torlari kabi bevaqt uzildi.
Lorka she’riyati shakldagi va ma’nodagi favqulodda xulosalari bilan asr boshida adabiyotda, tasviriy san’atda, musiqada yuzaga kelgan, o‘z oldiga san’atni yangi bosqichga ko‘tarish, unga yangi shakl, yangi mazmun baxsh etishdek maqsadni qo‘ygan Pablo Pikasso, Pol Elyuar, Andre Breton, Giyom Apolliner, Salvodor Dali va boshqa ijodkorlar asarlari bilan bir safda turadi. Nafaqat asarlari, bu odamlarning taqdiri, maslagi, hayot tarzi ham o‘xshash. Mazkur ijodkorlar san’atga yangi ruh, yangi tasavvur bag‘ishladilar: san’atni ko‘rish, eshitish, o‘qish emas, his etish va anglash birinchi o‘ringa chiqdi. Lorka she’riyatidagi izlanishlar, shakl, mazmun – hammasi ana shu yo‘ldagi urinishlardir. Lorka she’riyati – botiniy va zohiriy dunyo uyg‘unlashgan, g‘alayon va isyon omixtalashgan she’riyat.
Ijodkor hayotlik paytida o‘n bitta she’riy va romanslar kitobi, drama va pyesalari chop etilgan. Shulardan «Lo‘lilar romansi» to‘plami shoir nomini Lotin Amerikasi hamda AQSHda bir necha oy ichida mashhur qilib yubordi va Lorka Yevropaning eng taniqli shoirlari safidan joy oldi.
Lorka she’rlarini birinchi bor jiddiy to‘plamda o‘zbek o‘quvchisiga tanitgan Sh.Rahmon edi. Hassos shoir dastlab rus tilidan Lorka saylanmasini tarjima qildi. So‘ng ispan tilidan «Eng qayg‘uli shodlik» she’riy kitobini o‘girdi, Lorka ijodiga bo‘lgan muhabbati tufayli atayin ispan tilini o‘rgandi. «Lorka ijodida tabiatniing har bir unsuri hayot va mamot oralig‘ida titrab turgan dardchil yurakka hamdardlik qiladi, ruhiyatiga moslashadi. Inson iztirobining bu qadar yuksaltirilishi shoir dunyoqarashida odamiylikning nechog‘ligidan dalolat», – deydi Shavkat Rahmon kitob so‘zboshisida. Shoir bu zaminda bor-yo‘g‘i dardu alamlarga munosabatini bildiruvchi yarador yurak sohibidir. Mana shu fikrda, Sh.Rahmon e’tirof etgan nuqtada, o‘zbek va ispan shoirlarining qarashlari so‘zga, adabiyotga munosabatlari o‘zaro mushtaraklik kasb etadi.
Lorka garchi 1936-yilgacha, ya’ni o‘limigacha dunyoda yetuk shoir sifatida tanilgan bo‘lsa-da, o‘limi va uning atrofidagi munozara, tadqiqot, oqlash va qoralashlarga qorishiq afsonalardan so‘ng tirikligida she’rlari yetib bormagan mamlakatlar ham uning kitobini qayta-qayta nashr qildilar. Dunyo miqyosida Lorka shaxsiga va ijodiga qiziqish uning o‘limidan so‘ng yanada avj oldi.
Toki 1975-yilgacha ispan fashistlari shoirni otib tashlashganini inkor qilib kelishdi. Uni tasodifan o‘lgan deb hujjat to‘g‘rilashdi. Biroq yillar o‘tgan sayin Lorkani fashistlar otib o‘ldirgani haqida tobora ko‘proq dalillar e’lon qilina boshlandi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Lorkaning o‘sha fashistlar qiynog‘iga mahkum etilgan o‘n to‘qqiz kunlik hayotiga bog‘liq tadqiqotlar butun umri va ijodi haqida qilingan tadqiqotlardan o‘n-o‘n besh marta ko‘proq. Ularning aksariyati shoirning qanday qilib o‘ldirilganiga bag‘ishlangan. 1975 yilga kelib frankochilar shoirni xalq tomonida turib o‘zlariga qarshi kurashishidan qo‘rqib otib tashlashganini rasman tan olishdi.
@kitob_ombori
Hech bir kitob bir xil emas. Xatto ularning muqovasi, hoshiyalari va qog'oz ranglari bir xil bo‘lsa ham. Chunki har bir inson kitob o‘qir ekan, uni o‘z dunyoqarashlari bilan uning mazmunini to‘ldirib boraveradi. Shunday qilib, agar biz biror kitob haqida bahslashayotganimizda aslida o‘z dunyoqarashlarimiz haqida bahslashayotgan bo‘lamiz.
@kitob_ombori
Haqiqiy jasorat - bu hayot haqidagi barcha haqiqatlarni bilgan holda sevishdir.
@kitob_ombori
@remarkdan_qaydlar
@kafkadan_qaydlar
@dostoyevskiydan_qaydlar
@tolstoydan_qaydlar
@kamyudan_qaydlar
@nitsshedan_qaydlar
@aziznesindan_qaydlar
@oguzataydan_qaydlar
@murakamidan_qaydlar
Qo‘llab yuborasizlar✊
Hayotga o‘z derazangdan boqasan. Senga faqat derazaning sen turgan tarafi ayon, xolos. Hammani shu yerdan turib tahlil qilasan.
Issiqdan turib, sovuqdagilarga, salqinda turib, jaziramadagilarga hukm chiqarasan.
Iltimosingni bajarmadimi? Ablah ekan!
Chaqirganingda kelmadimi? Lafzsiz ekan!
Seni maqtamadimi? Nonko‘r ekan!
Baxtlimi? Sen tufayli.
Baxtsizmi? O‘zi aybdor!
Omadlimi? Uni sen ko‘tarding!
Sindimi? U shunga loyiq!
Boyib ketdimi? Bu - seni pullaring!
Bir tiyinga zormi? Mehnat qilsin!
Ko‘rdingmi? Hammasini o‘z derazangdan turib hal qilasan!!! Aslida hammasining javobi bitta! Sen xudbinsan!
Yaxshiliklarni o‘zingdan deb bilasan. Yomonliklarni esa boshqalardan.
Ko‘chaga chiqqin demayman. Loaqal derazangni ochib ko‘r.
@kitob_ombori
Erkaklarga maslaxatlar.
1. Do‘stingni ayoli yoki sevgan qizi senga bergan savollarga "Bilmayman" deb javob berishga xaqqing bor.
2. Yaqinlaringdan kimdur senga yordam so‘rab murojat qilsa, unga qo‘lingdan kelganicha yordam berishga majbursan! Shuncha inson ichida u senga ishongan.
3. Yosh bolaga xechqachon qo‘lingdan kelmaydigan narsani va’da berma. Insonlarga ishonchsiz bo‘lib o‘smasin.
4. Mast yoki rost do‘sting senga kimnidur unga ishonib aytgan sirlarini ochayotganini sezsang, gapni boshqa yoqqa bur. Erkak kishiga yarashmaydi "Xo‘sh-xo‘sh" deb quloq qizdirib o‘tirish.
5. Do‘stingni ayoliga singil kabi munosabatda bo‘l. Ko‘z olaytirma.
6. Agar telefon suxbati paytida aloqa uzilib qolsa kim birinchi tel qilgan bo‘lsa o‘sha qaytarib qilishi kerak.
7. Xechqachon birovni buyumini vaqtincha olib turma, olgan taqdiringda buzilib qolsa tuzatib berishga yoki yangi olib berishga majbursan.
8. Taksida doimo orqa o‘rindiqqa o‘tir.
9. Sen mexmon qilgan odam bilan, restoranda qancha pul to‘laganingni xechqachon gaplashma.
10. Xechqachon ayol kishidan yoki axmoqlardan xafa bo‘lma. Ayollardan xafa bo‘lish erkakni bezamaydi. Axmoq esa o‘z nomi bilan axmoq.
11. Xechqachon jamoat joylarida sumkangni tekshirishni xohlagan milisiya xodimlariga qo‘pollik qilma, ensangni qotirma. Ular seni va sening oilangni tinchligini qo‘riqlashmoqda.
12. Soxta brend narsalar, xususan atir, kiyim, soat ishlatma.
13. Pulni yaqin do‘stingdan olgan taqdirda ham sanab ol.
14. Do‘stingdan, uning sevgan qizini oldida "Qachon uylanasan?" deb so‘rama.
15. Zinalardan chiqish yoki tushishda ayol kishini orqasidan yurma. Undan oldinga o‘tib ol. Xijolat qilma.
17. Ayoling ko‘chada birorta chiroyli qizni ko‘rsatib "Chiroyli ekana?" desa mabodo, kallang bo‘lsa "yo‘q" ham, "xa" ham dema. "Qaysi?" de.
18. Ikkita erkak bitta soyabon ostida yurgandan ko‘ra yomg‘irdan uyib ketgan yaxshi.
19. Ayollarni xurmat qil. Buyumga qaraganday qarama. Xar bir ayolni kimnidur onasi deb bil.
20. Kiyim sotib olishga do‘sting bilan borma. Bu narsa ayollarga yarashadi.
21. Jamoat transportida bir daqiqadan ortiq telefonda laqillama.
22. O‘yinda yutib olgan erkak, raqibiga xech bo‘lmaganda bir martta imkon berishi kerak.
23. Kostyumni pastki tugmasini xech qachon qadama.
24. Birorta qiz bilan tanishganda xechqachon o‘zing birinchi unga nomeringni taklif qilma.
25. Do‘stlaring bilan tushgan rasmni internetga qo‘yishdan oldin rasmdagi insonlardan ruxsat so‘rab qo‘y.
26. Kino, teatr yoki majlisda telefoningni o‘chirib qo‘y.
27. Birovni qilgan ishlari uchun yomonlashdan oldin uni o‘rniga o‘zingni qo‘yib ko‘r. Eeee men xayotda bunaqa qilmasdim demasdan prosto qo‘yib ko‘r...
28. Rulda ketayotganingda senga yo‘l bergan xaydovchiga morgat qilib raxmat deb qo‘y.
29. Raxbar bo‘lsang, xodimni hammani oldida maqta, yakka priyomda so‘k)
30. Yaqin insonlarga, kechib yuborishing mumkin bo‘lgan summadan ortiqroq qarz berma.
31. Internetda seni xaqorat qilgan insonlardan hafa bo‘lma 10 -maslaxatning ikkinchi bandiga qara)))
32. Nizoni mushtlashishga olib borma. Mushtlashishni oldini olishni iloji yo‘q bo‘lsa birinchi bo‘lib boshla.
33. Farzanding uchun kumir bo‘lishga harakat qil.
34. Og‘ir yukni dadang bilan birgalashib ko‘tarma. Do‘stingni chaqir.
35. Ichma.
36. Chekma.
37. Ko‘p kitob o‘qi.
38. Sport bilan shug‘ullan.
39. Onani muqaddas deb bil.
40. Xaqiqiy erkak bo‘l.
@kitob_ombori
YAPON O‘QITUVCHISI O‘LIMI OLDIDAN DOSKAGA SHUNDAY SO‘ZLARNI YOZIB KETIBDI:
"Bu sizlarga oxirgi uyga vazifa!
Topshirish muddati yo‘q!
Barchangiz baxtli bo‘ling!
Siz uyga vazifani topshirishga tayyor bo‘lganingizda, men jannatda bo‘lsam kerak deb umid qilaman!
Shoshilmasdan uyga vazifani bajaring va hayolan menga yuzlanib: "Ustoz, men uyga vazifani bajardim" desangiz, xursand bo‘laman!
Kutaman-a?"
Shunday azizlar, O‘qituvchisi qadrlangan yurtning, o‘quvchisi ham qadrlanadi.
@kitob_ombori
Biz odamlar baxtli bo'lishga emas, balki baxtli ko'rinishga intiladigan jamiyatda yashayapmiz.
@kitob_ombori