kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Hamster'chadan qutilganimiz rost bo'lsin)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​​​ЯПОНИЯ СУРХАНДАРЁНИНГ САРИОСИЁСИГА КЎЧИШИГА ИШОНАСИЗМИ?

• Ассалому алайкум хурматли ўқирманлар. Бугун сизларга ажойиб бир воқеани айтиб бераман.

• Япониядаги мактаблар, боғчалар ҳақида ёзганимда, кўпчилик «Гапирганингни фойдаси йўқ» , «Бизни таълим тизимимиздагиларга гапирдинг, нима қудуққа гапирдинг нима?», қабилида фикрлар қолдиришган эди. Сизлар ҳақ экансизлар, ундан кўра қудуққа қараб: "Войдод Японлар шоҳи, Искандаровни бор шохи" деб бақирсам бўлар экан🤣

• Лекин, умидсизликка тушмаймиз, азизлар. Мана шу расмдаги мени қаршимда ўтирган, замонамизнинг жадидлари, ҳақиқий қахрамонларимиз бор экан биз миллат сифатида юксалишимизга умидим бор.

• Хўш, бу инсон ким экан? десангиз, бу инсон, Сурхандарё вилояти, Сариосиё тумани, 18 мактаб директори бўладилар. Японияга саёҳатга келганларига 1 ойча бўлди. ДАВЛАТНИ БЮДЖEТИДАН ЭМАС. Ўзларини ҳисобларидан. Ана шу бир ой давомида, яқинда нафақага чиқадиган директор, Япониянинг денгизлари, гўзал манзаралари, осмонўпар биноларига бир марта ҳам бормабдилар.

• Бир ой давомида ҳар куни мактабга, Боғчага борганлар. Мақсад: Японларни таълим тизимини ичдан ўрганиб, ўша чекка қишлоқдаги ўзларини мактабларига тадбиқ қилиш. Дахшат а?
Давлат томонидан келган жуда кўп делегацияларни, Японлардан тажриба олиш ўрнига, сайру-саёҳат қилишганини мана шу иккита чиройли кўзларим билан кўрганман🤣

• Хуллас, устоз, мени бир иккита ёзганларимни ўзимдан ҳам эшитгиси келиб мен билан кўришиб, фикр алмашдилар. Кап-катта одам боламдан кичик боладан фикр оламанми демабдилар. Фикр алмашдик. Японияда кўрганларимни бўлишдим. Ва охирида, албатта, ўзимизни мактабда ҳам жорий қиламан. Нафақага чиқиб кетсам ҳам, шу тизим қолса, бизни мактабдан ҳам ўқимишли, зиёли ўқувчилар чиқса, шуни ўзи етади менга дедилар.

• Устоз билан сухбатимиз натижасида, устоз қайтганларидан сўнг. Кичкина деталлардан бошламоқчилар.

1- Ўқувчилар мактабга сув идишлари билан келишлари.

2- Мактаб биноси ичида оёқ кийимларини "Арзон шиппак" ларга алмаштиришлари.

3- Ўқувчилар синф хоналарини тозалайдиган "Дарс" жорий этилиши.

4- Болаларни йўлда хавфсиз мактабга келиши учун, навбатчи ташкил этилиши.

5- Мактабда болаларга ахлатларни ажратиб тўкишлари учун ахлат челакларини кўпайтириш.

6- Навбатда туриш маданиятини шакллантирувчи машқлар.

Ва яна, бир қанча яхши тизимлар ҳам бор.

• Шундай, азизлар. Жамиятни, халқни мана шундай, жонкуяр устозлар оёққа турғизишади. Менга нима? демасдан, ноҳақликларга қарамасдан, ўқувчиларини, халқини ўйлайдиган устозларимизни қадрлайлик.

• Хурматли ўқитувчилар, "Мен нима қила олар эдим", "Тизим расво" деб тушкунликка тушмасдан, сиз ҳам виждонан, сидқидилдан ҳаракат қилинг. Мана шу кичкина нарсалардан, чекка ҳудудлардан бутун жамиятга тарқалади. Ва албатта, келажакда Японлардан ҳам ўтиб кетамиз!

П:С: Мени рўпарамдаги, чап тарафдаги инсон эса, Япониядаги элчихонамизнинг консули бўладилар. 500 Тадан ошиқ лайк боссаларингиз, консулимизнинг "Қилмиш"лари ҳақида айтиб бераман))

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nomi ismingizning bosh harfi bilan boshlanadigan sevimli kitobingiz

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yuriy Gagarinning ustozi bo'lg'usi fazogirning maktab davrlarini shunday esladi:

"Yura adabiyot fanidan eng a'lochi o'quvchi edi".

"Qolgan o'quvchilar savolga javob topa olishmasa:

-"Gagarindan so'rang, u biladi!" deyishar edi.

Yura ko'p kitob o'qirdi. Uning kutubxona kartasida Chexov, Tolstoy, Pushkin, Gogol, Fadeyev, Ostrovskiy kabi rus yozuvchilari asarlarini nomlarini ko'rish mumkin.

Yura "Po'lat qanday qo'zg'aldi" romanidagi ushbu iborani tez-tez takrorlardi: "Hayot shunday yashash kerakki, keyinchalik maqsadsiz o'tkazgan yillar uchun afsus nadomat qilmagin".

Bu so'zlar uning hayotiy maqsadiga aylandi. Yuriy Gagarin - kitoblar shaxsni qanday shakllantirganining yorqin namunasidir."

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Avvalida fikrlaridan iqtibos keltirganimiz, Aliye Izetbegovich har bir musulmon uchun sharafli hayot yoʻlining yorqin misoli boʻla olishi bilan bir qatorda, yetakchilar uchun inkor etib boʻlmas ibrat maktabi hamdir...

Izetbegovich haqida ko'p gapirish yaramaydi, boisi uning hayot yo'li barchaga qanday yashash kerakligini aytib turibdi.

Izetbegovichning hayot yo'lini ba'zi payg'ambarlarning hayot yo'liga o'xshataman. To muvaffaqiyatga erishgunicha ko'plab dovonlarnini oshishiga to'g'ri keldi, g'alaba qozonganida ham avvalida qanday xulq sohibi bo'lgan bo'lsa shundayligicha qoldi. U har bir aytgan so'zida yashar, munofiqlik undan anchayin uzoqda edi.

Fikr quyoshi botgan yerda sanam (butparast qadriyatlar, johiliyat) porlaydi deyishadi, fikrlari hanuz muhimligicha qolayotgan shaxsiyat bilan tanishishga marhabo...

Aliye Izetbegovich "Sharaf" kitobi.

• Buyurtma berish: @TaskinKitob

Mahbublarga ulashing
@TaskinKitoblar _ Yaxshiliklar sari odim!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ahad Qayumni biz yerga uramiz, jurnalist dugonam Ahad Qayumni sevganman va nima bo'pti deydi? Uni ijodini sevganman va bu bosqich edi.

Turk adabiyoti o'qiyotgan yoshlarni ustidan kulmaylik, agar ular shunday davom etsa bu yomon, lekin ular sekin sekin ko'tarilsa, sifatli adabiyot o'qishni boshlasa bu yaxshi.

Nimadan boshlash muhim emas, uni davom ettirmaslik, rivojlanmaslik mana bu juda yomon



Inson didi, u tanlayotgan asarlar va ijodkorlar haqida juda qiziq suhbat bo'libdi. Qiziqarli
, farqli qarashlarni eshitish mumkin.


▶️
https://youtu.be/W3IsP6vEo3c?si=Ejpy5_ILntv72ljN

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yana bir ertak baxtli yakuniga yetdi

Hayot menga bergan yana bir fora tugadi(

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Ustoza” soʻzi haqida

Oʻzbek tiliga fors tilidan kirgan soʻzlar koʻp va ularning oʻz oʻrni bor. Koʻpi tilimizga singishib, boshqa til soʻzi ekani bilinmaydigan darajaga yetgan. Ustoz soʻzi ham ana shundaylardan. Ildizi oʻrta fors tiliga, undan qadimgi fors tiliga borib taqaladi. Taʼlim beruvchi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, murabbiy kabi maʼnolarni bildiruvchi bu soʻz erkak va ayol uchun birday qoʻllanaveradi.

Biroq oxirgi paytlarda ayol oʻqituvchilar uchun ustoza soʻzini ishlatish urf boʻldi. Eslatma: oʻzbekchada bunday soʻz yoʻq. Oxiriga -a qoʻshilganda ayol jinsini bildiradigan boshqa soʻz bor: muallima. Juda zarur boʻlsa, shu soʻzni ishlatish kerak.

@oriftolib

Ustoza❌

Muallima ✅

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bittasi bilan yaqinda koinot haqida gaplashib qolgandim. Mavzu: Bizni koinotdagi manzilimiz qayerda?

Agar kun kelib o'zga sayyoralar bo'ylab Interstellarga yo'lga chiqsangiz va o'zga sayyoraliklar bilan ko'rishib qolsangiz, ularni uyingizga taklif qilish uchun manzilingizni quyidagicha tushuntirasiz:

Kit baliq to'plami majmuasi, Laniakeya, Sunbula to'plami, mahalliy gallaktikalar guruhi, Somon yo'li gallaktikasi, Orion kamari, Quyosh tizimi, Yer sayyorasi.

Keyinchalik materiya, qit'a, mamlakat, shahar, mahalla, uy manzil yoki pochta indeksingizni aytishingiz mumkin.

P.S: Nomlarga hushyor bo'ling. Nomga adashsangiz necha yuz ming yorug'lik yili uzoqlikka adashib ketib qolish mumkin

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fizika, astronomiya umuman ilm-fanga qiziqadiganlar uchun:
/channel/abdurakhmon_egamberdiyev/731

Interstellar filmini ilmiy tahlili

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kuni Meri Xobson ismli oddiy ingliz musiqa o'qituvchisi kasalxonaga tushib qoladi va do'stlaridan biri unga "Urush va tinchlik" romanini olib kelib beradi.

Asarni o‘qib chiqqach, Xobson Tolstoyning yozuvchilik mahoratiga hayratda qoldi va romanni asl nusxada tushuna olmasligidan afsuslanadi.

O'sha paytda u 56 yoshda edi va bu yoshda til o'rganish deyarli imkonsiz bo'lib tuyulsa-da, Meri tavakkal qilishga qaror qildi. U kasalxonadan chiqishi bilanoq rus tilini o'rganishni boshladi.

62 yoshida u rus tilini tushuna oladigan darajada edi, ammo hali ham "Urush va Tinchlik" darajasidagi asarni to'la tushunishga qodir emas edi. Meri o'z orzusidan voz kechmadi, vaqtni boy bermasdan universitetga slavyan filologiyasi fakultetiga o'qishga kirdi.

64 yoshida Xobson Moskvaga amaliyot o'tash uchun boradi. Darslardan birida ma'ruzachi Aleksandr Griboyedovning "Aqllilik balosi" komediyasi haqida ma'ruza o'qiy boshlaydi. O‘qituvchi bu buyuk rus asarini ingliz tiliga tarjima qilib bo‘lmasligini talabalarga uqtiradi. "Agar bu mumkin bo'lsa-chi?" - o'ylaydi Meri. Darsdan so'ng, u "Aqllilik balosi"ni kitobini olib, mustaqil tarjima qilishni boshlaydi.

Tarjima jarayoni haqiqatdan ham qiyin bo'lib chiqdi. Kitobni tarjima qilishda matnni nafaqat to'g'ridan-to'g'ri ma'nosini, balki ko'plab metaforalarni, qofiyalarni va she'riy birikmalarni ham ma'nosini o'zgartirmagan holatda saqlab qolish kerak edi. Meriga bu ish anchagina qiyinchilik keltirib chiqardi ammo u taslim bo'lmadi va bu ishni qoyilmaqom qilib uddaladi. 66 yoshiga kelib esa o'zi tarjima qilgan kitob muallif Griboyedov haqida dissertatsiya qilish uchun aspiranturaga o'qishga kirdi.

Shunday qilib, Lev Tolstoy asarlariga bo'lgan muhabbati tufayli Meri Xobson yoshi katta bo'lishiga qaramay, professional tarjimonga aylandi. U yangi ko'nikmalarni o'rganish uchun hech qachon kech emasligini isbotladi. Asosiysi - kuchli xohish bo'lishi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Muvaffaqiyatsiz daho

Koreyaga qaytib, Kim ishga kirishga qaror qiladi. Ammo unda maktab shahodatnomasi bo'lmagani uchun u rasmiy ishlarga qabul qilinmaydi. Shu sabab Kim hayotida birinchi marta atesstatsiya imtihonlarini topshiradi. Ammo u rasman sayyoradagi eng aqlli odam deb tan olinganiga va hatto Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilganiga qaramay, "muvaffaqiyatsiz daho" maqomini olishga ulgirgan edi.

Oxir-oqibat imtihonlarni topshiradi va shahodatnomani qo'lga kiritadi ammo jamoatchilikning unga nisbatan salbiy reaktsiyalaridan g'azablanib, Seuldan ko'chib o'tishga qaror qiladi. Kim Chungbuk milliy universitetiga o'qishga kiradi. U universitetda oddiy talabalardek ta'lim olib u yerni boshqalar qatori tamomlaydi.

O'qish yakunlanguniga qadar qahramonimiz atrofidagi gap-so'zlar ancha kamayadi, jamoatchilik u haqida gapirishni to'xtatadi. Bu esa yigitga kelajakda kim bo'lishini va nima qilishini aniqlab, baxtli hayot kechirishga imkon beradi.

Kim Un Yong yuzga yaqin ilmiy ishlar muallifi sanaladi. Bugungi kunda u Shinhan universiteti falsafa kafedrasida va Shimoliy Kengido rivojlanish institutida talabalarga loyihalash bo'yicha dars beradi.

Ko'p odamlar IQ darajasi yuqori bo'lgan odamlar hamma narsaga qodir deb o'ylashadi. Men esa boshqa odamlar singari odatiy hayot kechirishni, xohlagan narsamni qilishni xohlayman: oilam bilan vaqt o'tkazish, kinoga borish, muloqot qilish...


Hali ham Kimni tanqid qilishni davom ettiradigan odamlar bor. Ularning fikricha u o'zining aql-idrokini to'g'ri boshqara olmagan "yutqazgan daho"dir . Aslida esa, Kim o'zini eng baxtli odam deb biladi. Chunki u bitta hayotda ikkita xil inson — kichik daho va oddiy odamning hayotini barcha quvonchlari bilan yashashga muvaffaq bo'lgan.

"Dunyoda o'zlari xohlagan narsani qila oladigan odamlar ko'p emas va ammo men buni qila oldim. Bundan ortiq muvaffaqiyat bo'lmasa kerak".


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📌 "𝗬𝗔𝗡𝗚𝗜 𝗛𝗔𝗬𝗢𝗧" 𝗕𝗘𝗣𝗨𝗟 𝗪𝗢𝗥𝗞𝗦𝗛𝗢𝗣 𝟮-𝗺𝗮𝘃𝘀𝘂𝗺

Ushbularni oʻrganmoqchimisiz:
• 𝐒𝐡𝐢𝐣𝐨𝐚𝐭 𝐛𝐞𝐫𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐪𝐬𝐚𝐝𝐥𝐚𝐫
• 𝐎𝐝𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐬𝐡𝐚𝐤𝐥𝐥𝐚𝐧𝐭𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡
• 𝐙𝐚𝐫𝐚𝐫𝐥𝐢 𝐨𝐝𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚𝐧 𝐱𝐚𝐥𝐨𝐬 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐬𝐡
• 𝐁𝐚𝐫𝐚𝐤𝐚𝐥𝐢 𝐤𝐮𝐧 𝐨ʻ𝐭𝐤𝐚𝐳𝐢𝐬𝐡

Bundan tashqari, workshopda 𝙛𝙤𝙮𝙙𝙖𝙡𝙞 𝙢𝙖𝙦𝙤𝙡𝙖𝙡𝙖𝙧, 𝙥𝙤𝙙𝙘𝙖𝙨𝙩𝙡𝙖𝙧, 𝙫𝙖 𝙨𝙖𝙢𝙞𝙢𝙞𝙮 𝙜𝙪𝙧𝙪𝙝𝙙𝙤𝙨𝙝, 𝙠𝙤𝙤𝙧𝙙𝙞𝙣𝙖𝙩𝙤𝙧𝙡𝙖𝙧 sizni kutmoqda!

🌟Speaker: Ruxshona Oripova
Yetakchilar Klubi menejeri, "Kashfiyot" kursi oʻquvchisi, 100+ oʻquvchilar ustozasi, sertifikatlar sohibasi

Loyihaga ishtirok etish uchun shu e'lonni 3 ta do'stizga yuborganizni skrinshot qilib @qabul_YH_bot ga joʻnating✨

‼️Shoshiling ishtirokchilar soni chegaralangan

Kanalimiz 🫀@foydali_anglashlar🕯️

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ish qidirib vakansiyalarni ko'rib chiqyapman. Talablar joyiga kelganda "O'zbek va rus tilini mukammal bilishi talab etiladi" jumlasini ko'rganimda ensam qotiyapti. Bu tillarni mukammal biladigan odamni ishni o'zi qidirsa kerak.
Masalan men o'zbek tilini mukammal bilganimda hozir biror universitetda PhD yoqlab 10-15 lyamni olib dars berayotgan bo'lar edim.

Rus tilini mukammal bilganimda esa ehee, balki Rus tilini izohli lug'atini o'zim tuzgan bo'larmidim😅😂

Ish beruvchilar akademik ishchilarni ishga olar ekan-da degan bema'ni o'y shakllanib qolyaptida(

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#iqtiboslar

Jorj Oruellning "1984" romanidan iqtiboslar:

• Erkinlik ikki karra ikki to'rt ekanini ayta olishing.

• Agar hamma ta’minot va farog‘at imkoniga ega bo‘lsa, avval qashshoqlikdan laqma bo‘lgan ulkan bir omma savod chiqaradi va mustaqil fikrlay boshlaydi; keyin bu odamlar erta yoki kech hokimiyatdagi imtiyozli ozchilik kerak emasligini tushunib qoladi va ularni tepadan irg‘itib yuboradi.

• Ular harob yerda tug‘iladilar. 12 yoshdan ishlaydi, 20 yoshida uylanishadi. 30 yoshida yoshligidan asar ham qolmaydi, asosan 60 ga kirib o‘ladilar. Og‘ir jismoniy mehnat, qo‘shnilar bilan urush-janjal, kino, futbol, pivo va eng asosiysi qimor o‘yinlari. Ularni boshqarish juda oson.

• Ular toki ongli bo‘lmaguncha isyon qilmaydilar, toki isyon qilmaguncha ongli bo‘lolmaydilar.

• Insoniyat shunday bir tanlov oldida turadi: erkinlik kerakmi yoki baxt, aksariyat ko‘pchilik uchun erkinlikdan ko‘ra, baxtli bo‘lish ― yaxshiroq.

• Balki inson sevilishdan ham ko‘ra tushunilishga muhtojdir.


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayollarning o‘zlarini erkakka tenglashtirishlari - axmoqlik. Ular erkakdan ancha ustundirlar. Chunki ayolga nima bersangiz, ular uni ortig‘i bilan sizga qaytaradi.

Agar siz ayolga uy qurib bersangiz, sizga uni shinam maskan qilib qaytaradi.

Agar siz unga masalliqlar bersangiz, u sizga taom beradi.

Agar siz unga birgina tabassum hadya qilsangiz, u sizga butun yuragini tortiq qiladi.

Ayol zoti o‘ziga berilgan har qanday narsani ko‘paytiradi va mo‘l-ko‘l qiladi. Shu sababli agar unga birorta ifloslik qilsangiz, bir dunyo axlatni qabul qilib olishga tayyor turing.

Vilyam Golding
Britaniyalik yozuvchi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yolg'izlik - sizni hech kim tushunmasligi; erkinlik - bu sizni boshqa birov tushunadimi yoki yo'qmi, sizning bunga ahamiyat bermasligingiz.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ozod ruhiyat…

Hech kimga va hech narsaga qaram bo‘lmagan inson ruhiy jihatdan juda qo‘rqmas bo‘ladi. Bunday insonlar hech kimni va hech narsani yo‘qotishdan qo‘rqishmaydi va yonidagi insonlarni ham rivojlantiradi.

Bunday insonlar doimiy rivojlanishda bo‘lishadi. Bunday odamlarga yaqin yurishning bitta “minusi” bor: yo siz ular bilan rivojlanasiz, yo ulardan ayrilasiz. Tanlov doimo sizda.

Bektosh Khatamov

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bunga alohida yozmasam bo'lmas

📨 Sizga yangi anonim xabar bor!

Assalomu aleykum rohmatullohu va barokatuh xoʻp desez savolim bor,
Agar sizdan oʻtmishga qaytib kimdandir kechirim soʻrash imkoni berilganda kimdan kechirim soʻragan boʻlardiz ?


Va alaykum assalom va rohmatullohu va barokatuh

O'zi mo'min qobil bolaman)
Shu bois uzrli kam ishlar qilganman ammo bir voqeani eslasam rosa uyalaman hozirgacha...
Xullas 7 yoki 8-sinfda Mubina degan sinfdoshim mendan qaysidir fandan mavzuni bir necha marotaba so'ragan. Shunda jahl bilan "Bilmayman!!!" deb juda qo'pol javob berganman. U esa "namuncha qo'polsiz" degan gapi kechagidek yodimda. To'g'ri arzimagan, oddiy holatdir ammo men uchun doimo hijolatli voqea bu

o'sha sinfdoshimni 10 yildan beri ko'rmadim ammo agar ko'rsam birinchi bo'lib albatta uzr so'ragan bo'lardim🤓

P.S: Mubina, agar bu postni qachondir o'qisangiz menga albatta aloqaga chiqing😄
Quruq uzr aytmayman. Kompentatsiya tariqasida kitoblar to'plami beraman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ertak va multfilm qahramonlaridan iqtiboslar

"Hayot bizga maqsad bermaydi. Aksincha, biz hayotga maqsad beramiz."
— Flesh "Koinot"

"Ayrim insonlar uchun erib ketsang arziydi."
— Olaf "Muzyurak"

"Taqdirimiz ichimizda yashiringan, uni ko’rish uchun faqatgina jasoratli bo’lishimiz kerak."
— Meride "Sheryurak"

"Hamisha vijdoning amriga quloq tut."
Ko’k farishta "Pinokkio"

"Bizda o’xshash jihatlar juda ko’p, bir tuproq, bir havo, bir falak. Ehtimol, har doim farqli tomonlarni izlash o’rniga o’xshash tomonlarni izlashni boshlasak…unda, yana kim biladi deysiz?"
— Myos "Pokemon"

"Shokolod, muzqaymoqdan yaxshiroq biror narsa bilan do’st tutin…ehtimol, oxirgi shirinligingni o’zing yemay unga ilinadigan inson bilandir."
— Shirinliklar mahluqi "Sesami ko’chasi"

"Aytishlaricha, yaxshi alanga lovillab yonadi — holat eng yoqimsiz tusga kirganda."
— Sofi, "Hovlning o’zi yurar uyi"

"Ajabo, daraxtlar qanchalar chiroyli gullabdi-ya. Lekin, bu yoqqa qara, bunisi kechikibdi. U gullaganda eng chiroylisi bo’lishiga iymonim komil."
— Fa Zou "Mulan"

"Mehr — ochiq eshikdir."
— Anna "Muzyurak"

"Shunchaki suzishda davom et."
— Dori "Nemoni izlab"

"Bu haqiqiy hayot. Haqiqiy hayotda esa hamisha yutavermaysan. "
— Gerrald Jonasan "Ishlar qalay, Arnold."

"Ha, o’tmish qalbga og’riq berishi mumkin. Ammo, undan qochishing yoki aksincha, saboq olishing mumkin."
— Rafiki "Qirol sher"

"Kechagi kunga qayta olmayman — chunki kecha boshqa inson edim."
— 
Alisa "Alisa mo’jizalar malakatida."

"Hattoki mo’jizalar uchun ham ozroq vaqt kerak."
Farishta "Zolushka"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Endi kimgadir bemalol, xotirjam aql o'rgatsam bo'laverar ekan
"Nima aql o'rgatyapsan? O'qituvchimisan?" deyishsa, diplom bilan betiga uraman😁

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Olim zapalni krinj videolarini muhokamalarini, qaysidir "ustoza"ni hayotiy "bilim" berishlarini yoki sening bu dunyoda mavjudliging ham qiziqtirmaydigan artistni hayotini kuzatib umrni yeguncha normal narsalarni ko'ringlar.

Masalan: https://youtu.be/sJjPrwt1elM?si=DbeZWqZ1RDzSPoU5

Dildora va Temur akani kitobxonlik haqida fikrlari tinglang, fikr qiling, amal qiling.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sizning mushugingiz diplom yoki kurs ishlarini yozishga yordam beradimi?

Mushuklar bir o'zi buni qila olishmayni, lekin ular sizning ilmiy ishingiz hammualliflari bo'lishlari mumkin.

Amerikalik fizik Jek Xeterington 1975-yilda kriogenika bo'yicha o'zining ilmiy ishini nashr etmoqchi bo'lgan, lekin to'satdan butun ilmiy ishi davomida "men" o'rniga "biz" olmoshini yozganini tushunib bilib qolgan. Ilmiy ish yozib bo'lingan, uni qayta tahrirlashga esa yana ancha vaqt talab etilar edi.

Agar ilmiy ishga hammuallif ismi yozilmasa bu maqolani jurnal rad etishi mumkin edi. Ammo olim bo'sh kelmadi.

Shunday qilib, u ilmiy ishiga
hammuallif sifatida o'zining Chester
ismli siam mushugini nomini qo'shdi.

Chester ilmiy ishda F.D.C. Willard deb nomlandi. Bunda:

Felis Domesticus (bu mushuk turining lotincha nomi);

Chester (mushukning o'zi)

Willard (Chesterning otasini ismi)

Fizikning bu ishi albatta oshkor bo'ldi. Lekin bu paytga kelib uning ilmiy ishi allaqachon nashr qilinib bo'lgan edi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar semiz bo'lsang demak mechkaysan.
Agar iz bo'lsang demak kasalsan.
Agar qimmat kiyimlar kiyib yursang olifta,
Oddiyroq kiyinsang esa kambag'alsan!
O'z fikringni ayta olsang bezbet,
Gapira olmasang qo'rqoqsan
Agar jiddiy bo'lsang zerikarli,
Quvnoq bo'lsang bachkanasan...

Bu jumlalarni uzoq davom ettirish mumkin. Hayotda hech qachon hamma rozi qila olmaysiz. Bunga urinmang ham. Oskar Uayld aytganidek:

Hammaga yoqishga uringan odam eng ahmoq odamdir.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Профессионализм ва инсонийлик ўртасидаги чегара қаерда бўлиши керак?

Бу суратни кўпчилик кўрган бўлса ажаб эмас. Калҳат ва қизалоқ номли ушбу сурат 1993 йилда Судандаги қишлоқлардан бирида фотогроф Кевин Картер томонидан олинган.

Кевин Картер БМТнинг инсонпарварлик дастури доирасида ушбу қишлоққа ташриф буюрган ва гуманитар ёрдам вақтида у атроф-муҳитни бир неча маротаба суратга олган. Кевинни эътиборини ота-онаси самолётда келган ёрдамни олишга кетган қизалоқ тортган. Ундан нарироққа калҳат келиб қўнгач, Кевин ушу манзарани суратга олиш учун идеал ракурс танлаган. У суратни олиб бўлгач қалҳатни ҳайдаб юборган ва ўз йўлида давом этган.

Сурат даҳшатли даражада шухрат келтирган Кевинга. Нью-Йорк таймс уни харид қилган ва Африкадаги фуқаролик урушининг рамзи сифатида уни тарғиб қилган. Сурат очликдан ўлаётган бола ва унинг ўлимини кутаётган калҳат деб талқин қилинган.

Сурат аввалига Кевинга жуда катта машҳурлик келтирди ва унга фотографларнинг Оскари — Пулицер мукофотини олиб келган. Лекин, кўп ўтмай Кевин бутун дунёнинг хейтига учради. Одамлар ундан нафратлана бошлашди, фотограф нега унга ёрдам бермагани, бола ҳозир қай аҳволда эканлиги уларни қизиқтира бошлади.

Кўп ўтмай Кевиннинг энг яқин дўсти ва ҳамкасби иш вақтида ўққа тутилади ва ҳалок бўлади. Кевин ушбу иккита сабаб билан чуқур депрессияга тушади. У бир нечта хатлар қолдиради ва олган суратига бир йил тўлмасдан ўз жонига қасд қилади.

Кевин ҳарбий фотограф бўлганлиги сабабли унга ўзи тасвирлаган воқеаларга аралашиш ҳуқуқи берилмаган. Бундан ташқари ўша вақтда ҳудудда жуда кучли инфекция тарқалган бўлган ва маҳаллий аҳолига тегиниш мумкин бўлмаган. Лекин, барибир ҳам инсонийлик жиҳатидан ўша болакайга ёрдам кўрсатиш керакмиди? Проффесионализм билан инсонийликни чегараси ўзи қайси нуқтада бўлиши керак. Бу саволларга жавобларни мен билмайман. Агар ўша пайтларда Кевинни ортида боланинг ота-онаси гуманитар ёрдам олиш билан банд эканлиги ва улар бироз ўтиб боласи ёнига емак билан қайтгани айтилганида жамоатчилик ундан бунчалик нафратланмаган бўлармиди?

Агар Кевинни ҳаёти қизиқ бўлса у ҳақида фильм ҳам бор экан. У ҳақида қўшиқ ҳам айтилган. Ўзи умуман фотографларни профессионализми ҳақида гап кетганда яқиндагина чиққан бу фильмни ҳам жуда ҳам тавсия қиламан.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

56 yoshida "Urush va tinchlik" romani tufayli rus tilini o'rgangan ingliz ayol haqida go'zal post bor.
300 ta reaksiya va post dunyo yuzini ko'radi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

U 4 oyligida gapirishni boshlagan, 8 yoshida esa NASA'da ishlar edi...

Har bir ota-ona farzandini Stiven Xoking yoki Albert Eynshteyndek daho odam bo'lishini hayolini bir chekkasidan o'tkazgan bo'lsa kerak. Ammo sayyoramizda ulardan-da aqlliroq insonlar borligini va ular biz bilan birga yashayotganini ko'pchilik bilmaydi. Masalan, Janubiy Koreyalik Kim Un Yong ana shunday "zamonamiz daho" insonlaridan biri. U ikki yoshida talabalar uchun mo'ljallangan matematik tenglamalarni yechishni boshlagan, 8 yoshida NASA'dagi eng qimmat haq to'lanadigan hodim bo'lgan.
Xo'sh, bu vunderkind bolakay aslida kim? Demak, bugun sizlarga bu inson haqida to'liqroq ma'lumot berib o'taman.

Daholar hozir ham tug'ilmoqda

Kim Un Yong 1962-yil 8-martda ikki yosh professor oilasida tavallud topgan. Bolakayning oddiy bola emasligi hayotining dastlabki oylaridayoq aniq bo'ldi. 3 oyligida bola allaqachon birinchi qadamlarini qo'ygan, to'rt yoshida koreys tilida anchagina yaxshi gapirishni bilgan. Bundan tashqari u bu yoshida allaqachon 1000 ta xitoycha ierogroflarni o'rgangan edi. 8 oy ichida algebrani o'rgangan va matematik masalalarni pista chaqqandek osonlik bilan yecha olgan. Bundan tashqari Kim 8 yoshga yetguncha o'z til "ombori"ga koreys tilidan tashqari, ingliz, yapon, nemis va fransuz tillarini ham qo'shishga ulgurgan edi. 4 yoshida u birinchi marotaba IQ test topshiradi va undan 210 ball oladi. Bu dunyo rekordi edi!

"Bunday hayotdan charchadim..."

Kimdir aytishi mumkin: "Qanday qilib buncha iqtidor egasi bo'la turib, bunday hayotdan zerikishi mumkin" deb. Endi tasavvur qiling, yosh bolakay ko'chada o'rtoqlari bilan to'p tepib o'ynash yoki bog'chada qizlarni ovqatlarini yeb qo'yish o'rniga, Kolorado universitetida yadro fizikasi bo'yicha ma'ruzalarga borishi va u yerda o'zidan 15 yosh katta bo'lgan talabalar bilan bir qatorda o'qishi qanchalik yoqimli bo'lishi mumkin?

Tez orada sakkiz yoshli dahoga NASA qiziqib qolishi ajablanarli holat emas. Uning tengdoshlari do'stlar orttirish, velosiped haydash, birinchi marta sevib qoladigan bir paytda bizning Kim ertalab doimgidek nonushta qiladi va o'z ishi tomon kafiyatsiz yo'l oladi. U NASA'da 1970-yildan 1978-yilgacha raketani kosmosga uchirish uchun zarur bo'lgan yoqilg'i miqdorini aniqlash bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirgan.

Taxminan, 17 yoshida o'spirin yigitcha qolgan umrini oddiy odamdek o'tkazish uchun o'z vatani Janubiy Koreyaga qaytishga qaror qiladi.

"Men bunday kundalik hayotdan charchadim. Men har kuni deyarli bir xil ishlarni qilar edim. U yerda men ishonadigan do'stlarim yo'q edi va men o'zimni doimo yolg'iz his qilardim..."

deb eslaydi Kim AQShda o'tgan yillarini.

Davomi bor...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Iogann Gyotening g'alati odati bor edi...

Ulug‘ shoir cho‘ntaklarini doimo binafsha guli urug‘lari bilan to‘ldirib yurgan va qayerga borsa gul urug'larini jimgina sochib yurgan.

Yozuvchi vafotidan keyin ham Veymarning koʻplab yoʻllari bu nozik gullar bilan toʻla boʻlgan. Gyote oyog'i tekkan joylar binafshalar bilan gullab-yashnagan.

Kelgusi bahor kelganda nima qilishimni endi bilaman!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​Kitob bu qanday ajoyib narsa. U daraxtdan tayyorlanadigan kichik bir narsa, bukiladi, nashr qilinadi. Lekin unga bir nazar tashlasangiz butunlay boshqa bir insonning dunyosi ichiga sho‘ng‘ib ketasiz, balkim ming yillar oldin vafot etgan insondir, biroq hali ham juda aniqlik va sokinlik bilan sizga gapirayotgandek, ha, aynan miyangiz ichida va aynan sizga!

***

Yozish - bu ehtimol insoniyatning eng buyuk ixtirosi. U hech qachon bir-birini tanimagan insonlarni bog‘lab qo‘yadi, masalan turli xil asrlardagi insonlarni. Kitoblar vaqt kishanlarini buzishga qodir.

Karl Sagan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun Sun'iy ong shu darajada rivojlanib kettiki, xayollarimizda tasavvur qiladigan obrazlarni hayotimizga tadbiq etmoqda.

Sun'iy intellektga O'zimni suratimni turli davrlar misolida ko'rsatib ber degan so'rovimga quyidagicha rasmlarni chiqarib berdi😄

1-rasmda Hararini Sapiens kitobidan ilhomlanilgan. Orqa tarafimdagilar Neandertallar!

Читать полностью…
Subscribe to a channel