kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Mohichehrani aytishicha menga o'xshagan yigitlarga qizlar mehribon bo'lishlari kerak ekan

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​Eyfel minorasini kim sotib olgan?

Oxirgi paytlarda axborot va kommunikatsiyaning sharofati bilan dunyoda yuz berayotgan voqea hodisalardan soniyalar ichida boxabar bo‘layapmiz. Ayniqsa davlat va siyosatchilar, nufuzli va martabali shaxslarning har bir gaplari, hayot tarzlari ham doimiy tarzda ommaning diqqat markazida turibdi. Mamlakatlardagi salbiy va tanqidiy ruhdagi voqealar shiddat bilan butun dunyoga yoyilib, boshqa jamiyatlarda ham o‘z ta’sir kuchini o‘tkazmoqda.

Masalan yaqindagina AQSHning sobiq prezidentiga qarshi suiqasd bir necha kun ichida butun dunyoga yoyilib ulgirdi. Yoki so'nggi yillarda Rossiyaning Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosati juda ko‘p Gʻarb davlatlarining va aholisining qarshiliga uchramoqda. Bunga o‘xshash voqelarning esa keti uzilmaydi.

Men nega gapimni bunaqa gaplar bilan boshladim ? Sababi, kitobni har kim qanaqadir sabab bilan o‘qiydi. Kimdir do‘stining tavsiyasi sabab, kimdir bestseller bo‘lgani uchun, yana kimdir shedevr asar bo‘lgani uchun va hokazo. Men esa Tolstoy nazari bilan aytganda Hayotimdagi va shaxsiyatimdagi savollarga javob topish uchun o‘qiyman.

Shunday kitoblardan biri AQSHlik yozuvchi, jurnalist, politolog, siyosatchi olim serqirra ijodkor Robert Grinning «Hokimyatning 48 qonuni» kitobi bo‘ldi. Keng qamrovli ushbu asar uzoq o‘tmishdan tortib to hozirgi davrgacha hukumdorlar saroylarida bo‘lib o‘tgan va juda muhim xulosalar chiqarish mumkin bo‘lgan voqea hodisalarni saralab, ularga chiroyli va asosli sharxlar yozgan. Bu esa voqeliklarni tushunishni ancha soddalashtirgan.

Asar tarixiy voqea, lavha va faktlarga, shuningdek, hokimyat undagi undagi voqealiklar mohiyatini ochuvchi aforizmlar, hikoya va rivoyatlarga boy. Kitobda faqat siyosiy hokimyat haqidagi gap ketmaydi: insonning maishiy hayoti, ilm-fan va hatto jinoyatchilar olamidagi hokimyatlar aniq dalillar orqali ifoda etiladi. Kitobning ba’zi joylarida odob-ahloq doirasiga to‘g‘ri kelmasligiga muallifning xech qanday dahlia yo‘q, chunki tarixiy dalilning o‘zi shunaqa. O‘tmishni esa buzib sohtalashtirib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari dunyo va hokimyatlar tarixi mudom ezgulik va oliyjanoblilklardangina iborat emas. Kitob haqida ancha yozib gapirib berish mumkin lekin o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaslik maqsadida shu ozgina xulosa bilan cheklanib, undan bir qancha iqtiboslarlar bilan cheklanmoqchiman:

«inson munosib raqibga ega bo‘lmay turib, kuchli bo‘la olmaydi» Mao Syedun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

«odamlar yaxshilikka qaraganda, yomonlik uchun sidqidildan javob qaytarishadi. Chunki minnatdorlik tuyg‘usi bu og‘ir yuk, qasd olish esa lazzat» Tasit(55-120)

«omadi chopganlar bilan aloqada bo‘lish, omadsizlardan esa qochish uchun fahm-farosatingni ishga sol. Xech qachon xasad va omadsizlikka eshigingni ocha ko‘rma, mabodo bu ishni qilsang, bittasini qo‘lidan ushlab olgan kulfatlar boshqlarini ham yetaklab uyinga kirib keladi. Boshqalarning baxtsizliga kasofatiga qolib ketma» Bal’tazar Gratsiyan


Asarda o‘quvchi duch keladigan mashxur tarixiy shaxslar: Aleksand Makedonskiy, Lyudovik 14, Qirolicha Antaunetta, Otto fon Bismark, Napaleon Bonapart kabi davlat rahbarlari, Galileyo Galiley, Tomas Edinson, Nikola Tesla kabi olimlar bilan bir qatorda yana, Al Kapone kabi jinoyat olami rahbarlarini chuv tushirgan qalloblar bilan yuz bergan juda g‘aroyib voqelar mavjud.

Kitobni o‘qish davomida tafakkuringizni ishga solsangiz atrofingizdagi sodir bo‘layotgan voqeliklarga bo‘lgan qarashingiz keskin o‘zgaradi, ancha narsani tushunib olasiz. Hokimyat rohat emas, dard azob, fitnalar makoni ekanligiga yana bir bor amin bo‘lasiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ҳозир ўйланиб қолдим. Ишқилиб ёшлигимда поездни ҳам орзу қилмаганмидим деб? 😄

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Умр йўлдошинг билан қизиқишларинг бир хил бўлмаса, сизларни фақатгина мажбуриятларинг ушлаб тура олади. У ҳам вақтинча.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​#psychology

Dissident kim?🧠

Dissident boshqacha fikrlovchi, norozi degan ma’noni ifodalaydi. Jamiyatda qabul qilingan umumqoidalar, qarashlarga qarshi chiquvchi, mavjud sharoit, tuzumga qarshi kayfiyatida bo‘lgan shaxslar dissidentlardir.

🧠 Deylik, kommunistik jamiyatni qurishni maqsad qilgan SSSRda kapitalistik jamiyat qurish tarafdorlari dissidentlar sifatida qabul qilingan.

🧠 Dissidentlik faqatgina siyosatda emas, boshqa masalalarda ham namoyon bo‘ladi. Katolik cherkovi hukmron bo‘lgan Vatikanda biron kishi protestantlik g‘oyalarini ilgari surib chiqsa, dissident deb baholanadi.

🧠 Konservativ (ana’naviy) kayfiyat yuqori bo‘lgan davlatda bachabozlik va bir jinsli nikohni yoqlab chiquvchilar dissidentlar sanaladi.

🧠 Dissidentik qarash egalari siyosiy oppozision kayfiyatga ega bo‘lganligi bois aksariyat hollarda hukmron kuchlar tarafidan ta’qib qilinadi, repressiyaga olinadi.

🧠 Dissidentlar hamma ishonib turgan haqiqatni inkor etishga harakat qilishadi. Ular mistifikatsiya, fitna nazariyasiga ishonishadi. Deylik, koronavirusga qarshi vaksinani hamma kutayotgan jarayonda shu vaksinani yaratishga homiylik qilayotgan Bill Geytsni odamlarni chiplashtirmoqchi deb ayyuhannos soluvchilar dissidentlardir.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Atrofimizdagi 90% odamlarni biz bilan umuman ishi yo'q.
Qolgan 10% esa muammolaringizdan xursand bo'ladi.
Shuning uchun dardingizni hammaga doston qilavermang.
Ko'pchilik uchun sizning hayotingiz umuman ahamiyatsiz)

istisnolar bor ammo ular foizda ko'rinmaydi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ne'matulloh o'zimizni ukaxon bo'ladi.
Yoshiga nisbatan ancha intellekti yuqori.
Qonunchilikka oid savollar chiqib qolsa ukamizdan so'rayman. Anjancha desez Anjancha tushuntirib beradi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Donolar donolari bu borada nima deydi?
Fikri ojizinglarni yozib ketinglar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men esa yaxshiman, har doim yaxshiman, mening birdan bir kamchiligim - shu, chunki har doim yaxshi bo'lish kerakmas.

@dostoyevskiydan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O'ylash oson
Yozish qiyin

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Barakalla, ancha katta bola bo'lib qolipsizlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Кўзингларни мослаштириб туринглар бу нарсага
Чиққандан кейин билмай қолибман нега айтмадингиз деб бўйнимдан олманглар😉

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun, 15-iyul, ko‘plab mamlakatlarda dangasalar kuni

Tabriklagani erindim
Ammo hayolimdan uzun tabrik so'zlarini o'tkazib qo'ydim🥱

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yoshligimda: "Katta bo'lsam har dam olish kunida do'stlarim bilan to'planib maza qilib dam olishlarga boraman" der edim.

Hozir esa dam olish kunlarida: Kitobim, kitobjonim, kitobjonginam

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar seni do‘stlaringdan tashqari dushmanlaring ham pinhona o‘qiyotgan bo‘lsalar, demak, haqiqiy yozuvchi bo‘libsan...

@dostoyevskiydan_qaydlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Uzun postlar ko'p ulashilsa oldin xursand bo'lar edim. Odamlar tanish-bilishlariga ilinib, shu kitobni o'qi deyishadi deb o'ylardim.

Yaqinda bir narsani bilib qoldim. Aslida uzun postlarni ulashadiganlarni ko'pi postni uzunligini ko'rib "keyinroq o'qirman" deb o'zini cloud'iga share qiladiganlar ekan(

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Биттагина қоғозли китобим қолди. У ҳам маркетинг бўйича
Электрон китобга кунинг қолмасин экан🥲

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Худо мени яхши кўради

Ёшлигимда осмондан самалёт овози эштилса кўчага қараб
югуриб чиқардим ва уни учиб кўздан йўқолмагунича завқ билаг томоша қилардим. Ўшанда орзу қилгандим. Кун келиб ўшнақа самалётларда ўзим учаман, керак бўлса сотиб оламан деб, ўшанда маза қилиб уларни тўйгунимча томоша қиламан деб.
Ванихоят бугун ўша орзуларимдан бири ушалди.

Ҳозир бу постни, олдимдан учиб ўтаётган кааатта самалёни кузатганча аэропортни ёнгинасидаги янги кўчиб келган ижара уйимдан ёзяпман

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fuqaro nega ID kartidagi suratidan ko‘ra xorijga chiqish pasportidagi suratida baxtliroq ko‘rinadi?! 😅

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Aytishlaricha, bookbloger deganda soqqakashlikni maqsad qilib, nashriyotlar bergan pul evasiga yegan-yemagan kitoblarni maqtab reklama qiladiganlar deb tushunadigan, ichi to'la nafrat, alamzadalik, ko'rolmaslik kabi illatlarni o'zida jo qilgan odamlar bor ekan.

Ularga aytar so'zim audioda

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitob bilan mana shunday doʻstlashtiriladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Huquqshunos do‘stimiz Ne’matullo Zamonovning kanali — @legistuz ni kuzatib borishni tavsiya qilaman. U yerda Siz o‘qishingiz kerak bo‘lgan mavzular:

1. Boshqalarning yutug‘idan bezovta bo‘lish haqida
2. Nigilist kim?
3. Jamiyatda huquqqa bo‘lgan munosabat: “yozuvchimisan?”

4. Qonunni yodlash yuristning ishi emas
5. Erkinligingiz cheklangan(mi?)
6. Kutilmalaringiz — bu sizning muammoyingiz

7. Negativlar effekti
8. Yurist salkam tilchi bo‘lishi kerak
9. Baho haqida

10. Hech qachon baxtli yasholmaysiz
11. hudud24.uz nashrida chiqarilgan mualliflik maqolalari

Kanalga ulanish: @LEGISTUZ

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bukblogerlar bugungi kunda adabiyotshunoslar va ijodkorlarning oʻrnini egalladimi?

Havas-havasga boshlangan bukbloging endilikda yaxshigina auditoriya yigʻib qoʻydi. Solishtiradigan boʻlsak, blog yuritadigan hech bir adabiyotshunos yoki ijodkorda oʻrtacha bukblogerniki kabi auditoriya yoʻq.

Biror yillar oldin, adabiy tanqidchilik haqida yozganimda "Falon universitetda falon mutaxassis" bor deb eʼtiroz bildirishgandi. Xoʻsh, mutaxassisning mutaxassisligi nima bilan oʻlchanadi bu sohada? 82.7 ball bilan oʻqishga zoʻrgʻa kirgan talabalarga dars berishi yoki ilmbozlik yoʻlida itam oʻqimaydigan jurnal va konferensiyalarda chiqargan maqolalari bilanmi?

Adabiyotshunoslar ham, ijodkorlar ham jamiyatning adabiy didini belgilab berishi kerak. Kerak boʻlsa har bir yangi va eski nashrlarga munosabat bildirishi kerak (imkon darajasida albatta). Oʻquvchi jurnal oʻqiyaptimi, jurnalda, gazeta oʻqiyaptimi, gazetada, televizor koʻryaptimi, televizorda fikr-mulohazalarini berib borishi kerak.

Zamonamiz ijodkorlariga qarasam, ular faqat oʻz ijodi bilan band. Ular boshqalarni oʻqimaydi yoki kamida shunday taassurot qoldiradi. Oʻtgan asrning adabiyotimiz gullagan davrlariga qarasak esa, ijodkorlar yozish bilan birga faol oʻqishgan. Ularning jahon adabiyoti va zamondoshlari haqidagi fikr-mulohazalarini hoziram bemalol topishimiz mumkin.

Aytmoqchimanki, bugun bukblogerlar adabiyotshunoslar va ijodkorlarning vazifasini bajaryapti. Ular ancha boyib borayotgan kitob bozorini muntazam kuzatmoqda, tahlil qilmoqda, nashriyotlar bilan doimiy aloqa qilmoqda, barcha kitob taqdimotlarida qatnashmoqda va tinimsiz mutolaa qilmoqda, xulosalarini boʻlishmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi oʻquvchi nima oʻqishini belgilamoqda.

Tanish bukblogerlarning umumiy auditoriyasi nari-berisi bilan ellik ming atrofida. Aholimiz soniga nisbatan kam, ammo kitob oʻquvchilar ham kam, ularning soniga qiyosan bu sezilarli son. Ya'ni kimdir men hech bir bukblogerni kuzatmayman va ularning tavsiyasiga koʻra oʻqimayman desa adashadi. Bozorga nima kirishini eng koʻp xarid qiladigan faol xaridorlarning xaridi va fikri belgilaydi. Shunday ekan, kitobxonlarning katta qismi bevosita yoki bilvosita bizning taʼsirimiz ostida.

Nega bu masalaga toʻxtalib qoldim? Chunki oxirgi vaqtlarda oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqituvchilar va havaskor ijodkorlar tomonidan bukblogerlarga nisbatan har xil fikrlar aytilayotganini eshitdim. Bu fikrlar zamirida qandaydir hasad, alam uchqunlari seziladi. Sizlar kitob oʻqimasangiz kimdir oʻqiydi, sizlar ergashtirmasangiz kimdir ergashtiradi.

Yuqoridagi barcha fikrlarni qisqa tezis shaklida yozdim. Eʼtiroz bildirish uchun boʻsh nuqtalarni topish mumkin, chunki har birini alohida kengaytma shaklida tushuntirish kerak aslida. Texnik imkoniyatlar yoʻl bermagani bois, fikrlarimning uzviy davomini tushunishni har bir kishining oʻziga havola qilaman.

@salimov_blogi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#nazm

​GRAFIKA

Koʻzing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qoʻlingdagi taʼna toshlaring qaro,
Menga gʻamgin boqib turishlaring oq.

Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sogʻinching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing oʻch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.

Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb toʻkayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
Oʻttiz toʻrt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qora boʻyoqlar bizning bogʻlarda...
Men milyon boʻyoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor boʻlgan chogʻlarda.

Usmon Azim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

audiochat qilamiz
sizlar yozasizlar men gapiraman

ha shunaqa, diktatura bizda


upd: oddiy savol javobdan yuqori leveldagi audiochat bo'ldi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nima uchun kitob o'qiysiz?

Va nima uchun aynan bekorchilikdan?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tez kunda...

@bookuzbekistan

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

1415 йил 25 октябр куни Франциянинг Азенкур туманида француз ва инглизлар ўртасида катта жанг бўлиб ўтади.

Французлар, асир тушган ҳар бир инглиз аскарининг ўрта бармоғини кесиб ташлашларини маълум қиладилар.

Нега айнан ўрта бармоқ? Чунки ўрта бармоғи йўқ аскар узун инглиз камондан ўқ узолмай, фойдасиз ҳолатга келиб қоларди.

Инглиз камони тис (yew) ўсимлигидан тайёрланар ва камондан ўқ отиш эса “pluck yew” (юлиб олиш) деб номланарди.

Кутилмаганда ўша куни жангда инглизлар ғалаба қозонадилар ва французларга ўрта бармоғларини кўрсатиб, уларни мазах қилиб куладилар.

Бора бора, сўзлашувдаги қийин “PLUCK YEW” ибораси “F@CK YOU”га ўзгариб кетади.

🔎 @unutilgan_tarix

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

qani meni heyterlarim😄

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sevgining inson jismoniy holatiga ta'siri

Sevgi jismoniy og'riqni kamaytiradi.

Tibbiy izlanishlar natijasiga ko‘ra sevishganlarning eyforiyasi, kokain iste'mol qilgandan hosil bo‘lgan eyforiyaga juda o‘xshash.

62% insonlarda sevgi muhabbat ikki tomonlama semirishga olib keladi.

Turmush ayollarning hayot davomiyligini 1,4 yilga qisqartiradi, erkaklarning hayotini esa 1,7 yilga uzaytiradi.

Sevishganlarning yurak urishi bir maromda sinxronlashgan holda uradi.

Sevgi muhabbat oshqozondagi yaralarning bitishiga yordam beradi.

Ajralishdan so‘ng yurak huruji havfi 40% ga oshadi.

Xo‘sh, sizlar bu holatda nimani his qilgansizlar?🌚

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel