Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Xullas, kopirayterlik bo'yich meni ilk ustozim shu kitob bo'lgan va amalda menga katta yordam bergan. Minde olib qarasam marketing olamiga kirishimga shu kitob sabab bo'lgan ekan.
Kitob narxi 100.000 ga ham bormaydi ammo undagi bilimlarni amaliyotsa qo'llasangiz 1 millionlik kopirayterlik kurslaridam kam bo'lmagan bilimlarni o'rganasiz.
Kitob asaxiybooks nashriyotida nashrdan chiqqan.
@kitob_ombori
Bu postni sayyoramizdagi atigi 5% insonlargina oxirigacha o'qiy olishar ekan
Psixologlarning fikricha, inson butun umri davomida 150 kishidan ortiq do’st orttira olmas ekan. Bunga “Dunbar soni” degan alohida nom ham berilgan ekan. Oksford Universititetining 76 yoshli o’qituvchisi Robin Ian MakDonald Dunbar esa har kim istagancha do’st orttira olishini, biroq ishonchli va qadrdon do’stlar chegarasini 150 kishidan oshirmaslikni ma’qullamoqda.
Jastin Teyler haqida hech eshitganmisiz? O’zi avstraliyalik bo’lgan bu insonning Facebook dagi “do’stlari” soni 5 mingta. 18-28 yosh oralig’idagi yoshlarning do’stlari 300 nafar, ulardan ham yosh foydalanuvchilarniki esa 200 nafardan oshmaydi. Teyler qanday qilib 5000 nafar insonni o’zining do’stlari ro’yhatiga qo’sha olgani juda qiziq.
Uning kasbi diskjokey. Hozirgi vaqtda diskjokey(yoki DJ) deyilganda, faqatgina tomoshabinlar uchun yozib olingan musiqani ijro etuvchi yoshlar nazarda tutilmaydi. U kechki klubda menejer bo’lib ishlaydi. Bu sharafliroq kasb, shundaymasmi? O’zi esa Facebookda “do’stlashish bobida qirol”. Yana kimning ham buncha ko’p do’sti bo’lishi mumkin? Teyler shuncha “do’st” ni qanday eplarkan?
Uning akkuntida bir kunda minglab xabarlar kelib tushadi. Minglab insonlar postlariga “layk” bosgani, ulashgani haqida ogohlantiriladi. Justin Teyler 2009-yilga qadar bir oliygohda fizika fani o’qituvchisi bo’lib ishlagan. Aynan shu yilda Facebookka a’zo bo’lgan ekan(Facebook ijtimoiy tarmog’iga 2004-yilda asos solingan).
Dastlabki oylarda, do’stlari 300 nafar bo’lgan. So’ng, kasbini o’zgartirgan va kechgi klubda ofitser lavozimida ishlay boshlagan. 17 yoshida kechki klubda turli tadbirlar uyushtirgan. Kirish biletlaridan tushgan har bir tushumdan 1200 dollar foyda qila boshlagan. Oradan 14 yil o’tar-o’tmas, uning nomi avval Avstraliyaga, so’ngra butun dunyoga yoyiladi.
Nazoratni qo’ldan boy berish
Kimda-kim sizning do’stlik taklifingizga rad javobi qaytarsa, u katta ehtimol bilan “Dunbar soni” haqida yaxshi biladi. Bunday insondan taxminan shunday javob olishingiz mumkin:
“Do’stlarim shunaqasigayam juda ko’p. Ro’yhatimga ortiqcha ismlarni qo’shib, nazoratni qo’ldan chiqarishni xohlamayman.”
"Boy ota, kambag‘al ota", Boy bola aqlli bola"," Pul oqimi kvadranti", "Sarmoya tikish san’ani" va yana ko‘plab jaxon bestellari darajasiga chiqqan kitoblar muallifi, multimillioner Robert Kiyosaki xaqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Uning asarlari ko‘plab odamlarga muoliyaviy bilimlarini shakllantirish va pul bilan qanday muomalada bo‘lishga o‘rgatib kelmoqda. @kitob_ombori kanali ushbu insonning xayotiy va kitoblaridagi eng sara iqtiboslarni taqdim etadi.
• Kichik o‘lchamlar bilan o‘ylaydiganlar, buyuk ishlarga qodir emaslar.
• Shaxsiy biznesni boshlash – samolyotdan parashyutsiz sakrashga o‘xshaydi. Yiqilayotib, tadbirkor havoda “o‘ziga parashyut tikish”ni boshlaydi, buni amalga oshirish va parashyut yerga qulab tushguniga qadar ulgurishga umid qiladi.
• Tadbirkorlar ularda pul bo‘lmagan taqdirda ham uni qanday ishlatishni bilishlari kerak.
• Zamonaviy, tezkorlik bilan o‘zgaruvchan dunyoda bilishingiz muhim emas, chunki bilimlar tezda eskirmoqda. Ularni o‘zlashtirish tezkorligi muhim sanaladi.
• Qadimda alkimyogarlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishga harakat qilishgan. Tadbirkorning vazifasi g‘oyalarni oltinga aylantirishdan iborat.
• Imkoniyatlar keladi, ketadi; tezkor qarorlarni qabul qila olish esa juda muhim.
• Eshitishni bilish gapira olishga qaraganda ancha muhim. Agar bunday bo‘lmaganida Yaratgan ikki quloq va bitta og‘iz bermagan bo‘lar edi.
• Kambag‘allik va kasodga uchrash o‘rtasida farq bor. Kasodga uchrash vaqtinchalik hodisa, qashshoqlik esa - doimiy.
• Ulkan imkoniyatlar ko‘zlar bilan emas, aql bilan ko‘riladi.
• “Imkonsiz” so‘zi salohiyatingizni blokka solib qo‘yadi, “Buni qanday qilsam bo‘ladi?”, degan so‘roq esa miyangizni to‘liq ishlashga majbur qiladi.
• Eng qimmatli aktiv – vaqt. Ko‘pchilik odamlar undan to‘g‘ri foydalana olishmaydi. Ular boylarni yanada boyib ketishi uchun qattiq mehnat qilishadi, biroq o‘zlari boyishlari yo‘lida harakat qilmaydilar.
@kitob_ombori
Yuribsizlarda BTS, Baby Monster'larni qo'shiq deb eshitib😒
Читать полностью…@kitobdoira haqida bildingizmi?
Siz tanigan bookblogerlarni haqiqiysini ko'rsangiz bo'ladigan sahifa😅
Hurmatli obunachilar, o‘znetda tahririyat va blogerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “tirikchilik” donat platformasi faoliyat yuritmoqda. Agar siz Kitoblar ombori kanali rivoji uchun hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, uni o‘zingiz istagan miqdordagi rag‘batlantiruvchi summa orqali qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
Biz uchun sarflagan mablag‘laringiz kelgusida siz uchun tayyorlaydigan qiziqarli va dolzarb loyihalarimiz uchun xizmat qiladi. Rahmat.
https://tirikchilik.uz/kitobombori
9860 1201 1835 1093
Egamberdiyev Abdurahmon
Mayli, sizlarga oson bo'lsin))
P.S. ha aytganday. Izoh yozish ham esdan chiqmasin
Pushkin endi men uchun ideal emas!
1828-yilda Nikolay Gogol do'sti A.Danilevskiy bilan Peterburgga kelishadi. Gogolning bu shaharga kelishining asosiy sababi, uning eng katta orzularidan biri Pushkin bilan uchrashish edi. U birinchi navbatda shoirning uyiga boradi.
Biroq, Pushkinning kvartirasiga yaqinlashar ekan, Gogol juda hayajonlanadi. Kimsan Pushkindek odam bilan ko'rishasan degan o'y uni anchagina asabiylashtiradi. Kvartira eshigi oldiga kelganda u hayajonlanishdan adoyi tamom bo'lgan edi. Kutilmaganda u qandolatxona tomon shoshildi va o'zini bosib, tinchlanib olish uchun bir stakan likyor ichadi.
Ichimlikdan ruhlanib, u yana eshik oldiga boradi va qat'iyat bilan qo'ng'iroqni bosadi. Xizmatchidan: "Xo'jayin uydami?" deb so'raydi. Xizmatkordan: "Xo'jayin dam olmoqda!" degan javobni eshitadi. Sodda Gogol qiziqsinib yana so'raydi: "Tun bo'yi qattiq ishlaganmidi?" "Ha, u juda qattiq ishladi. Karta o'ynab".
«Bugungi yoshlarning koʻpi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz!» — Jek Ma
«Mening badavlat otam boʻlmagan. Uch yil urinib universitetga kira olmaganman. Harvardga kirish uchun oʻn yil urindim, ular meni xohlashmadi. Oxir-oqibat oʻqituvchilar tayyorlaydigan kollej talabasi boʻldim. Oʻsha kezlarda ish topish muammo edi. 1994-yillarda oʻqituvchilar oʻn dollar evaziga bir oy ishlashga rozi edilar. Oʻttizta idoraning eshigini qoqib bordim. Birortasi meni ishga qabul qilmadi. Maktabda ingliz tilidan saboq berar ekanman, hayotimni oʻzgartirishga boʻlgan orzular menga tinchlik bermas edi. Shunda internet degan yangilik haqida eshitib qoldim. Koʻpchilik uning nimaligini bilmas edi. Men esa kun-tun oʻrgandim, unga oid manbalarni oʻqidim, istiqbolini oʻrgandim.
Shunda menda internet orqali buyurtma olib, Xitoyda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berishda vositachilik qiladigan kompaniya ochish fikri tugʻildi. Atrofimdagilar mening ustimdan kulishar, gʻalati va boʻlmagʻur fikrlar xayolimga qayerdan kelishini aytib, kalaka qilishar edi.
Ish boshlashim uchun bankdan uch ming dollar olishga uch oy vaqtim ketdi. “Alibaba” kompaniyasi toʻgʻrisidagi maqsadlarim xomxayol ekanini aytib, koʻplab sarmoyadorlar meni rad etishdi. Men oldinda meni ulkan muvaffaqiyat kutib turganini sezar edim. Qattiq mehnat qildim. Oxir-oqibat ming mashaqqat bilan oʻn sakkizta sarmoyadordan ellik ming AQSH dollari toʻplashga erishdim.
“Alibaba” uch yil mobaynida hattoki bir dollar ham foyda keltirmagan. Ammo meni nima ruhlantirgani qiziq boʻlsa kerak? Bu — bizga maktub yoʻllayotgan mijozlar edi. Ular hozircha bizga katta miqdorda toʻlov toʻlay olmasliklari, ammo bu ishimiz ulkan gʻoya ekani, kelajagimiz oldindaligini yozishar edi. Ular koʻpincha “Hozir bizga yordam bersangiz, biz kun kelib rivojlanamiz, oʻshanda biz sizga yordam beramiz, siz ham kuchli kompaniyaga aylanasiz”, deb yozishar edi. Kichik foydamiz, sekin-asta kattalasha boshladi.
Chindan ham, oʻn olti yil oʻtib, bizda hamma narsa bor edi: savdo platformalaridan tortib, elektron toʻlov tizimlari va dunyo boʻylab millionlab mijozlar va yetakchi mahsulot ishlab chiqaruvchilar.
Muvaffaqiyatli insonlardagi bosh umumiylik nima? Ijobiylik! Ular kelajak sari doimo ijobiy kayfiyatda borishadi. Ijobiylik odamga imkoniyatni yorqinroq koʻrishga yordam beradi. Bugungi yoshlarning koʻpi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz! Bu imkoniyatlar orasida nimanidir boshqacha qila olishingizga ishonsangiz, bu toʻgʻrisida oʻqib-oʻrganishdan erinmang.
Haqiqiy tadbirkorlik — mehnat degani. Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz oʻrganing, tong saharda shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uygʻoning. Hayotda yiqilishdan qoʻrqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda!
Har bir inson uchun erta — bu zabt etilmagan kelajak. Olgʻa borish kerak, harakat qilish kerak. Atrofdagilar sizga ishonsa-ishonmasalar, siz oʻz orzularingiz roʻyobiga ishoning, jamoani bunga ishontiring!
Yashashni ham unutmang. Biz hayotga ishlash uchun emas, baxtiyor boʻlish uchun kelganmiz. Puldan qaygʻurmang! Agar siz orzularingiz ortidan quvsangiz, pul sizning ortingizdan quvadi!»
Jek Ma, Alibaba kompaniyasi asoschisi
@kitob_ombori
Chuqur-chuqur nafas oling, togʻlarni tomosha qiling, omon qolganingiz uchun Xudoga shukur qiling va sizdan ko'ra yaxshiroq odamlar ham bu hayotdan ko'z yumgani haqida o'ylang
"Qarzga olingan umr"
@kitob_ombori
#movie_time
Xudo bilan suhbatlashish imkoni bo‘lganda nimani so‘rardingiz?
Tasavvurga erk bering. Xudodan intervyu olish imkoniyati bo‘lganda, qanday savol berardingiz?
Herald gazetasi muxbiri Pol diniy-teologik mavzularda maqola yozadi. Uning maqolalari unchalik ommabop emas, o‘quvchilari ham haminqadar.
Ammo bir kuni u hamma maqolalarini o‘qib boruvchi ashaddiy muxlisini uchratadi. To‘g‘rirog‘i, undan intervyu olishiga to‘g‘ri keladi. Odatdagidek suhbatni boshlagan Polga respondent o‘zini “Xudo” deb tanishtiradi...
“Xudo bilan suhbat” (Intervyu s Bogom) filmi afg‘on urushidan qaytgan jurnalist Pol va uning Xudo bilan suhbati haqida. Ibodat qilish va xudoni tanish boshqa-boshqa tushunchalar ekanligi, insonning Xudo bilan mental muloqoti haqidagi film.
Hayotda e’tiqodning ahamiyatini his qila olmayotganlar bo‘lsa, film juda yaxshi yordam beradi.
Filmdan iqtiboslar:
Ibodat qilish Xudoning borligini tan olish degani emas.
Shayton siz unga imkon bergan darajadagina sizga hukmronlik qila oladi. Undan ortiqcha emas.
E’tiqodini yo‘qotganlar kurashda mag‘lub bo‘lganlardir.
Xudo bu – sevgi.
Ateistning hayoti poydevorsiz uyga o‘xshaydi. Poydevor (e’tiqod) solmasdan turib uyni qurasan. Uy chiroyli, shinam. Lekin butun umr zilzila yoki boshqa ofat bo‘lmasligiga umid qilib yashashing kerak. Aks holda uying barbod bo‘ladi.
Yaxshi insonlar hayotda qiynalishadi. Buni ko‘rib o‘zimizga savol beramiz – balki yaxshi bo‘lish kerak emasdir. Yo‘q, chindan ham ba’zida yaxshi insonlar shunchaki hayotda qiynalishadi.
Yashash uchun faqatgina Xudoning yoki faqatgina o‘z istaging bilan ish ko‘ra olmaysan. Har qadamda Xudoning istagi haqida o‘ylasang, tishni vertikal tarzda tozalash kerakmi yoki gorizontal deb ikkilanasan. Ammo avariyaga tushsang-u, oyog‘ing amputatsiya bo‘lsa, uning yana o‘sishi uchun birgina sening istaging kamlik qiladi.
E’tiqodsizlik bu Xudoga emas, o‘zingga nisbatan ishonchsizlikdir.
Hammaga azoblardan xalos bo‘lishni istaydi, lekin o‘lishni hech kim xohlamaydi.
E'tiqod maqsad emas, e’tiqod bu jarayon.
Meni chaqirishganda kelaman. Faqat buni his qilishmaydi (Xudo).
Hayotda yomonlik, zulm mavjudligini u o‘zimiz bilan sodir bo‘lgandagina tan olamiz.
Kelinglar bir qiziq ekspriment o'tkazamiz.
O'zingiz kuzatib boradigan bookbloglar haqida o'z fikringizni anonim tarzda yo'llaysiz. Xoh ijobiy xoh salbiy. Ya'ni bookblogerlar haqida fikringizni bildirasiz.
/channel/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6
Hammani dardi ichida ekan-ku)
Meni qahramonlarimdan biri
Avraam Linkoln mamlakat prezidenti bo‘lgunga qadar siyosiy hayotda ancha muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirgan.
1831 yilda faoliyatini bankrot deb e’lon qiladi.
1832 yilda saylovlarda o‘z hududidan saylanmaydi, raqiblari undan o‘zib ketadi.
1834 yilda yana bankrot bo‘ladi.
Ikki yil davomida shaxsiy hayotida noxushliklar kuzatiladi, asab kasalligiga duchor bo‘lib, uzoq vaqt davolanadi.
1838 yilda yana saylovda mag‘lub bo‘ladi.
1843 yilda AQSH kongressiga a’zolikka nomzodini qo‘yadi, mag‘lub bo‘ladi.
1848 yilda yana saylovda mag‘lub bo‘ladi.
1855 yilda Senat saylovlarida omad undan yana yuz o‘giradi.
1856 yilda vise-prezidentlikka nomzodini qo‘yadi, saylanmaydi.
1858 yilda Senat saylovlarida navbatdagi muvaffaqiyatsizlik.
1860 yilda AQSHning 16-prezidenti sifatida saylanadi.
Avraam Kentukki shtatida kambag‘al va savodsiz fermer oilasida dunyoga keladi. Aslida uning otasi o‘ziga to‘q bo‘lib, yuridik hujjatlarni rasmiylashtirishdagi birgina xato tufayli bor-budidan ayriladi. Bu holat Avraamning yuridik sohani chuqur o‘rganishiga turtki bergan.
Oilaning daromadi yerdan bo‘lgani uchun doimiy tahsil haqida gap bo‘lishi ham mumkin emasdi, u maktabga atigi bir yil to‘liq qatnay oladi. Shunga qaramay mustaqil ravishda savod chiqaradi, doimiy ravishda kitob mutolaa qiladi. Erta yoshidayoq Bibliyani o‘qib tugatadi. Bilimini charxlash uchun savodsiz qo‘shnilariga turli hujjatlarni to‘ldirib berish bilan shug‘ullanadi.
Oila kun ko‘rish maqsadida doimiy ravishda ko‘chib yuradi, bir gal Luizana shtatiga kelib qolishadi. Hanuzgacha quldorlik hukm surib kelayotgan bu janubiy shtatda Avraam qora tanlilar kechirayotgan xo‘rliklar, inson qadrining toptalishi, qullarga buyum sifatida munosabatda bo‘linishiga shaxsan guvoh bo‘ladi. Bu uning dunyoqarashi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, qulchilikka qarshi kurash hayotidagi ustuvor tamoyillardan biriga aylanadi.
Bilimli bo‘lgani tufayli Avraam 26 yoshida Illinoys shtatida qonunchilik kengashi a’zosiga aylanadi. Siyosiy hayot bilan ichkaridan tanisha boshlaydi. Tizimning kamchiliklari ko‘p degan fikrga keladi va huquq sohasini chuqur o‘rganishga kirishadi. Va 1836 yilda advokatlikka a’lo darajada imtihondan o‘tadi.
1856 yilda yangi shakllana boshlagan partiya – o‘ngchilar va konservant qarash egalari bo‘lgan respublikachilar safiga qo‘shiladi. Partiyaning harakat yo‘nalishi shakllanishida muhim rol o‘ynagan shaxslardan biri sifatida tarixda qolgan.
Shu yili AQSH kongressi yuqori palatasi – senatga a’zolik uchun nomzodini qo‘yadi, lekin saylanmaydi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan esa-da, saylov kampaniyasi davrida xalq mamlakatni isloh qilish ishtiyoqida yonayotgan partriot – Linkolnni kashf etadi.
1860 yilda prezidentlikka saylangan Avraam fuqarolik urushiga barham berish, janub-shimol ziddiyatini bartaraf etish, qulchilikni qonunan taqiqlashning asosiy tashabbuskori sifatida tarixda qoldi.
1864 yilda prezidentlikning ikkinchi muddatiga saylangach, fuqarolik urushidan keyin mamlakatni tiklashga e’tibor qaratadi. Barcha fuqarolarga yer uchastkasi ajratib berilishi taklifini ilgari suradi va amalga oshiradi ham.
Avraam Linkoln – AQSHning 45 nafar prezidenti orasida alohida hurmat bilan tilga olinadi, xalq qahramoni. 5 dollarli kupyurada uning surati tasvirlangan.
1865 yilda teatr tomoshasiga otlangan Linkolnga suiqasd qilinadi. Spektakl aktyorlaridan biri – Jon But, ashaddiy “janubchi” prezidentdan janub shtatlarining o‘chini oladi, unga o‘q uzadi. Linkolnning hayotini saqlab qola olishmaydi.
Vafotidan keyin uning qabri naq 17 marta ochilib, qayta dafn qilingan. Bunga tobutni qayta ta’mirlash ishlari, xavfsizlik choralari singarilar sabab bo‘lgan. Vafotidan 36 yil o‘tgachgina – 1901 yilda uning ruhi doimiy orom topadi, qabr qayta ochilmaydi.
davomi bor...
@kitob_ombori
Bozorga bordim. Sotuvchidan "sarimsoq piyoz bormi?" deb so'radim. "Yo'q bizda faqat чеснок bor" deydi.
Sabzavotlarni hammasini tortib yana so'radi. "bularni отдельно qilib solib beraymi" degandi "Yo'q alohida solib bering dedim".
Keyingi do'konga kirsam kassada yoshgina qiz o'tiribdi. "Sizlarda bir martalik ustara bormi?" deb so'radim. Sotuvchi qiz "biz unaqa narsa sotmaymiz" deydi. Unda sizlarda "одноразовый бритва bormi?" desam, ha undan bor. Nechta oberay deydi😂😂😂
@kitob_ombori
O'zingizni hozirgi yoshingizgacha o'qish kerak bo'lgan kitoblarni 5 tasini yozib qoldiring.
Yigitlar uchun alohida bo'lsin
Qizlar uchun alohida va
Hamma o'qishi kerak bo'lgan kitoblar shaklida yozsangiz yana-da yaxshi
Men ham keyin yozaman
Bu post uchun kopirayterlikni o'rgatadigan kurs egalari meni qarg'ashsa kerak.
2020-yil, Koronavirus vahimasi payti. Hamma uyidan tashqariga chiqa olmaydigan payt. Ishlar to'xtagan. Bizni oila daromadi ham savdo sotiq bilan bog'liq edi. Ammo bozorlar yopiq. O'sha davrda men 3 oy kasalxonada muolajaa olganman. Har kun xarajat ammo bu xarajatlarni qoplashni o'zi bo'lmagan. Kasalxonada shu holimda qanday pul topish haqida tinmay o'ylanar edim. Yurib-yurib rus saytlarida "Пиши, сокращай" kitobi haqida summary o'qib qolgandim va hayolimga reklama matnlar yozib pul ishlasamchi degan o'y kelgandi. Qo'limda o'sha paytda bor narsa faqatgina Samsung g2 modelli telefon edi.
Kitobni pdf variantini topib o'sha telefonimda 1 hafta davomida o'qib chiqqanman...
Xullas gapni qiziq joyini o'zim yozayotgan kitobim uchun olib qo'ysam va matn yozishni o'rgatadigan o'sha mashhur kitobni o'zbek tilidagi chiqqanini sizlarga ham bildirib o'tsam.
Aytishlaricha kitob juda ham sifatli chiqqanmish
#summary
Kleysonning “Vavilonlik eng boy odam” asari pulni boshqarish san’ati, mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlash haqida so‘zlovchi mashhur bestsellerlar qatorida turadi. Kitobda boy bo‘lishning 7 oltin qoidasi haqida so‘z yuritiladi:
1.Pul jamg‘arishni o‘rganing
2.Xarajatlarni nazorat qiling
3.Pulni harakatga keltiring
4.Duch kelgan maslahatgo‘yning gapiga quloq tutmang
5. Uy ijarasi uchun pul to‘lash kredit to‘lashdek gap
6. Kelajak uchun daromadni ta’minlang
7.Pul pulni chaqiradi. Lekin qanday qilib?...
Bu qoidalarga qanday rioya qilishni esa 100 betli kichik kitobni o‘qib, bilib olish mumkin. Asar rivoyat shaklida, juda sodda tilda yozilgan.
Siz bu kitobni oʻqib koʻrganmisiz?
@kitob_ombori
#terminology
Evtyumiya — xotirjamlik, hissiy sokinlikni bildiradi. Ya'ni insonning ideal ruhiy holati.
Ayni paytda siz evtyumik holatdamisiz?
@kitob_ombori
#foydali
IT inqilobchisining hayotiy tamoyillari.
Dunyoning eng muvaffaqiyatli faoliyat yurituvchi korporasiyalaridan biri - Apple asoschisi, afsonaviy biznes-magnat Stiv Jobs 8 yillik saratonga qarshi kurashdan keyin 56 yoshda hayotdan ko‘z yumgan.
Deyarli 40 yillik karerasi davomida Stiv Jobs butun bir sanoat qiyofasini o‘zgartirib yuborgan inqilobiy qarorlarni taklif qilgan. Jobs IT-texnologiyalar tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri bo‘lib qoladi. BigPicture Stiv Jobs o‘z faoliyati davomida qanday tamoyillarga asoslanganiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
1. Mukammallikka intiling
Stiv Jobs detallarga juda e’tiborli bo‘lgan. Birinchi Ipod taqdimoti arafasida Apple kompaniyasi xodimlari tuni bo‘yi quloqchinlar darchasini almashtirishgan, chunki Jobs shunday qilinsa, yaxshiroq bo‘ladi degan qarorga kelgan.
2. Afsuslanmang
Jobs jamoatchilikka namoyish qilgan mahsulotlar bilan ham, ishlab chiqarilishi "muzlatilgan" ishlanmalari bilan ham birdek faxrlangan. Masalan, Jobs Palm Pilot klonini yaratish ustida qattiq mehnat qilgan, biroq mobil telefonlar "KPK"ni bozordan siqib chiqarayotganini anglagach, ortiqcha afsus-nadomatlarsiz barcha ishlanmalarni to‘xtatdi va bu muhandislarga iPod ustida ishlash imkonini berdi.
3. Fokus-guruhlarga e’tibor qarating
Jobsning "Odamlarga namoyish etmaguningcha nima xohlashayotganini o‘zlari ham bilishmaydi" degan mashhur gapi bor. Shu bois uning o‘zi bir kishidan iborat fokus-guruh sifatida ishlagan - mahsulotlar prototiplarini uyiga olib ketib, oylab ularni sinovdan o‘tkazgan.
4. O‘rganish va tadqiq qilish - oxiri yo‘q jarayon
Apple uchun qurilmalar yaratish jarayonida Jobs SONY kompaniyasi mahsulotlarining shrifti, ergonomikasi va tashqi ko‘rinishini yaxshilab o‘rgangan. Birinchi «Mac» korpusi ustida ishlayotib, u Apple kompaniyasi avtoturargohiga chiqib, Germaniya va Italiya avtomobillari kuzovlari tuzilishini tadqiq qilgan.
5. Soddalashtiring
Jobs dizaynining falsafasi – doimiy soddalashtirish. iPod ning eng birinchi modellarini ishlash davomida u dizaynerlarga tugmalardan, jumladan yoqib o‘chirish tugmasidan ham xalos bo‘lishni buyurgan. Dizaynerlar dastlab norozi bo‘lgan bo‘lsalar-da, keyinchalik mashhurlikka erishgan aylanma "g‘ildirak"ni ishlab chiqishgan.
6. Sir saqlang
Apple kompaniyasida hech kim ortiqcha gap-so‘zga berilmagan. Sir saqlashga rioya qilish Jobsga odamlar orasida o‘z mahsulotlariga bo‘lgan katta qiziqishni saqlab qolishga yordam bergan. Natijada esa uning taqdimotlari so‘zsiz kun yangiligiga aylangan.
7. Kichik jamoalar bilan ishlang
Dastlab Macintoch jamoasida 100 kishi bo‘lgan. 101-xodim yollanadigan bo‘lsa, kimdir o‘z o‘rnini bo‘shatishiga to‘g‘ri kelgan. Jobs kompaniya xodimlarining faqat 100 nafarining ismi sharifini eslab qolishi mumkinligini aytgan.
8. Kamroq tanbeh, ko‘proq motivasiya
Jobs yetarlicha qattiqqo‘l rahbar bo‘lgan, lekin Apple xodimlari uni kuchli motivator sifatida qabul qilishgan. Apple jamoasi ilk Mac mahsuloti ustida uch yil davomida 90 soatlab ishlagan va buning natijasida afsonaviy mahsulot yaratilgan.
9. Prototiplardan foydalaning
Jobs amalga oshirgan ishlarning bari prototiplarda ishlab chiqilgan: texnika, dasturiy ta’minot, hatto Apple do‘konlari ham. Arxitektor va dizaynerlar bir yildan ortiq vaqt davomida kompaniya shtab-kvartirasi yaqinidagi maxfiy omborda do‘kon prototipini loyihalashtirishgan. Bu Jobs loyihani yo‘lga qo‘yishi va barini boshidan boshlashi uchun bajarilgan.
@kitob_ombori
“Men baxtli odamman, lekin nimadandir noroziman…”
@kitob_ombori
Энг ақлли гуруҳ фотосурати экан.
Квант механикаси бўйича бешинчи конференция иштирокчилари, 1927-йил. Алберт Эйнштейн, Мари Кури, Нилс Бор ва бошқалар. Бу расмдаги 29 тадан 28 таси Нобел мукофоти совриндорлари бўлишган.
Яна шунақа гуруҳлар чиқса эди...
Agar kitob bo'lganingizda qaysi kitob bo'lardingiz?🙂
A men Ullis bo'lardim🤓
O'zgartirishni imkoni bor narsalar ustida o'ylanaverish kerak
Читать полностью…Hayot juda qisqa. Shuning uchun desertdan boshlang
Читать полностью…Blogingizni shu post tagiga yozib keting. Ko‘rib chiqib 5 tasini tavsiya qilaman deyardimu ammo allaqachon izohlarda o'zingiz reklama qilib bo'lgansizlarda
Читать полностью…Hozir hayotimning shunday bosqichida yashayapmanki, 1+1=5 desangiz ham siz haqsiz. Mayli, rohatlaning.
@kitob_ombori
Qiziqarli fakt
Linkoln 4 nafar farzand ko‘rgan bo‘lsa-da, ularning uch nafari bolalik davridayoq vafot etgan. Faqat to‘ng‘ich o‘g‘li Robert Toddgina uzoq hayot kechiradi.
Qizig‘i, Robert 1864 yili (otasi Avraamga suiqasd qilinishidan bir necha oy avval) temiryo‘lda mudhish halokat bilan ro‘para bo‘ladi, uning hayotini Edvin But ismli shaxs saqlab qoladi. Edvin – bir necha oydan so‘ng Avraamning hayotiga nuqta qo‘yadigan "janubchi" Jon Butning tug‘ishgan akasi edi.
Fuqarolik urushi
AQSH rasman yagona davlat hisoblansa-da, o‘zida ikki xil qarama-qarshi tuzumni akslantirgan edi. Burjuaziya yo‘lini tanlagan shimol va quldorlik shaklini saqlab kelayotgan janub. 1861-1865 yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolik urushi ham janub va shimol ziddiyatiga asoslangan edi.
1860 yilda davlat rahbarligiga respublikachi Linkolnning saylanishi bu ziddiyatning urush shakliga o‘tib ketishiga sabab bo‘ldi. Chunki yangi prezident o‘z kampaniyasida qullikka mutlaqo chek qo‘yish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratgan edi. Undan yaxshilik kutmagan janub shtatlari mamlakatdan ajralib chiqishga qaror qilishadi.
1860 yil dekabr oyida birinchi bo‘lib Janubiy Karolina Qo‘shma Shtatlar tarkibidan chiqib ketganini ma’lum qiladi. Keyinchalik Missisipi, Florida, Alabama, Jorjiya, Luiziana, Texas, Virjiniya, Arkanzas, Tennessi, Shimoliy Karolina ham ajralib chiqadi. Bu 11ta shtat Amerika shtatlari konfederatsiyasini tuzishadi, o‘z konstitutsiyasini joriy qilishadi, missisipilik sobiq senator Devis Jeffersonni prezident qilib saylashadi.
Mamlakatning asosiy sanoat kuchlari, temir yo‘llarning 70 foizi, bank depozitlarining 81 foizi shimoliy shtatlari hududida bo‘lgani uchun ham fuqarolik urushida Linkoln rahbarligidagi shimol g‘olib bo‘ladi.
Fuqarolik urushi AQSH uchun katta yo‘qotishlar olib kelgan bo‘lsa ham, mamlakat birligi mustahkamlandi, qullikka chek qo‘yildi. Quldorlikning har qanday shakli qonun bilan ta’qib qilinishi mamlakat konstitutsiyasida 13-o‘zgartirish bilan belgilab qo‘yildi.
Linkolndan iqtibos:
Kamchiligi yo‘q odamning fazilatlari ham sanoqli bo‘ladi.
Menga men hali o‘qimagan kitobni beradigan odam – eng yaxshi do‘stim.
Qo‘y va bo‘ri "erkinlik" so‘zini turlicha tushunadi.
Men sizning fikringizga qo‘shilmayman, lekin uni aytishingiz uchun borimni berishga tayyorman.
Kitobsevarlarning eng sevimli emojilari
🥳 Yangi kitob sotib oldim
🤩 Yangi kitobni reklamasi ko'rsang
😒 Sen olmoqchi bo'lib yurgan kitob narxini ko'rganingdan keyin
🤯 Kimdir hali o'qimagan kitobingni syujetini aytib qo'ysa
🥺 Kimdandir sovg'aga kitob olmoqchi bo'lsang
🤭 O'zing hali o'qimagan ammo boshqalarga o'sha kitobni maqtasang
🥱 Senga yoqmagan kitobni boshqalar maqtasa
😢 Yangi kitob sotib olishga puling qolmasa
Qolganini siz davom ettiring😎
@kitob_ombori
Zerikyapman. Fikrlar ham, quvvat ham yoʻq yoki fikrlar yoʻqligi uchun quvvat yoʻq.
1852-yil 19-iyul
@tolstoydan_qaydlar
Insonlarning biri-birini tanishi uchun eng yaxshi vaqt, ayrilish vaqtidir.
@dostoyevskiydan_qaydlar