Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bir paytlar meni sevmaganlarga butun mehrimni bergan edim. Va endi, sevishga loyiq odamlar meni sevganida, men ularni sevolmayapman. Qanday sevishni bilmayapman.
Sergey Yesenin
@kitob_ombori
"Uzuklar hukmdori", "Harry Potter", "Taxtlar o'yini", " Narniya solnomasi". Bu asarlarni nima birlashtirib turadi?
Albatta mualliflar yaratgan o'zgacha olamlar. Adabiyotda bu kabi voqeliklar ask ettirilgan janr fentezi janri deb ataladi. Fantastika emas, aynan fentezi. Bu alohida katta bir yo'nalish. Bugun o'quvchilarimizga adabiyotda nisbatan yangi bo'lgan ammo bugungi kunda eng katta qiziqishga sabab bo'lgan ushbu janr haqida qisqa ma'lumotlar berib o'taman.
Fentezi janri bu asosan afsonalar, qadimiy dostonlar, cho'pchak va ertaklar ustiga qurilgan voqeliklarni o'zida aks ettiradi. Bu janrdagi voqeliklar real olamga mos bo'lmaydi. Unda ilm-fan isbotlay olmaydigan, inson mantig'iga to'g'ri kelmaydigan ko'plab elementlar mavjuddir (masalan Narniya solnomasidagi gapiradigan She'r, Harry Potterdagi Kentavrlar, Dementorlar, Taxtlar o'yinidagi Ajdarlar...).
Fentezi janrining tarixi
Fentezi janr sifatida XIX asrdan rivojlana boshladi. Uning asosi dastlab ertaklar va yevropa ritsarlik romanlaridagi voqealar ustiga qurilgan edi. Kattalar uchun birinchi fentezi muallifi 1858-yilda "Фантасты" kitobi bilan mashhur bo'lgan shotlandiyalik yozuvchi Jorj Makdonald hisoblanadi. Uning romanida orzular dunyosiga tushib qolgan yigit haqida hikoya qilinadi. Makdonaldning yo'lini ingliz Uilyam Morris davom ettirdi. U 1896-yilda o'rta asr voqeliklarini aks ettirgan va mashhur asarlardan biriga aylangan yana bir fentezi "Dunyoning oxiridagi quduq" romanini nashr etdi.
Fentezi janrida ijod qilganlar
Makdonald va Morris me'rosiga asoslanib, J.R.R. Tolkin 1954-yilda boshlab va 1955-yilda yakunlagan, fentezi janridagi ilk yirik asar bo'lmish ‑ "Uzuklar hukmdori" trilogiyasini nashr ettirdi. Ham ijodiy, ham tijorat jihatdan muvaffaqiyatli chiqqan roman ushbu janrni mashhur qildi va muallifni zamonaviy fentezi janrini "otasi" sifatida dunyoga tanitdi. Tolkien yaratgan ijodiy me'ros, Kliv Staples Lyuis (Narniya solnomalari, 1950-1956), Ursula Le Guin (O'rtayer dengizi, 1968-2001) va ular kabi boshqa son — sanoqsiz bu janda ijod qiluvchi mualliflarga katta ta'sir ko'rsatdi.
Keyingi o'n yilliklarda fentezi rivojlanishda davom etdi. Masalan, Terri Bruksning 1977-yilda nashr qilingan "Shannara qilichi " The New York Times jurnalining eng ko'p sotilgan kitoblari ro'yxatida paydo bo'lgan birinchi fentezi janridagi roman bo'ldi. J.K.Rouling Harri Potteri (1997-2007) esa barcha davrlarning eng ko'p sotilgan kitobiga aylandi. Hollivud kinokompaniyalari fentezi janridagi asarlar asosida mashhur filmlar va seriallar olishni boshlashdi hamda bu yo'nalishga odamlarni yanada ko'proq qiziqishlariga sababchi bo'lishdi.
Fantezi janrining subjanrlari
Fentezi janrining 50 dan ortiq kichik subjanr turlari mavjud. Yozuvchilar bu janrda qanchalik ko'p ijod qilishar ekan, bu ro'yxat o'sishda davom etaveradi. Quyida eng mashhurlarini ko'rib chiqamiz:
Yuqori yoki epik fentezi. Uning o'ziga xos xususiyati ulkan, ko'pincha ko'p sayyorali yoki ko'p o'lchovli, keng ko'lamli voqealar sodir bo'ladigan dunyo. Bunday fentezi janr turiga misol sifatida Tolkienning "Uzuklar hukmdori"ini keltirish mumkin (asarda elflar qirollogi, Gnomlar qirolligi, mordllar qirolligi va yana ko'plab boshqa olamlar mavjud).
Passiv fentezi. Bu subjanr yuqoridagi janrning aksi bo'lib, unda voqeliklar real dunyo bilan aralashib ketadi. Unda real hayotimizda mavjud elementlar oz darajada mavjud bo'ladi. Bu yo'nalishda Harry Potter, Zulmat ostonasidagi muhabbat kabi romanlarni misol qilish mumkin.
Qahramonlik fentezi. Bunda bosh qahramon-afsonaviy va to'xtatib bo'lmaydigan jangchi sifatida gavdalanadi. U jasorat va katta kuchga ega, har qanday qurollardan qanday foydalanishni biladi. Odatda u g'ayrioddiy olamlar bo'ylab sayohat qiladi va sehrli mavjudotlar bilan to'qnashadi. Bu subjanrning eng mashhur namunasi sifatida - Robert Xovardning "Konan Varvar" romanlarini keltirish mumkin. Qahramonlik fentezi janrida voqealar ko'lami va janglarning tavsifi ham muhimdir.
Bitta begunohni aybdor deb topishdan ko'ra to'qson to'qqizta gunohkorni oqlagan ma'qul.
"Uliss" Jeyms Joys
@kitob_ombori
Doʻstlar, @kitobdoira kanaldagi odamlarni biz koʻtaramiz shekil.
Faol boʻlib obuna boʻlamiz va meni(bizlarni😁) qoʻllab-quvvatlaymiz
Do'stlar, shu o'rinda aytib o'tishim kerakki, har qanday kontent yaratuvchi uchun eng muhim narsa bu u bajarayotgan ishlarni foydali ekanligini doimo his qilish. Ya'ni auditoriya kontent egasini qancha ko'p qo'llab-quvvatlasa unda shuncha ko'p energiya paydo bo'ladi.
Passiv auditoriya sabab kontent yaratuvchida hafsala qolmaydi va ko'plab zo'r loyihlar berkilib ketadi, Shu sabab siz adminlarni qanchalik qo'llab tursangiz ular shunchali faol bo'lishadi.
Sizdan aslida ko'p narsa talab etilmaydi. Shunchaki kanalga obuna bo'ling, postlarga like bosing, o'z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozing va albatta kanalni do'stlaringiz bilan bo'lishing. Siz uchun bu bir soniya xolos ammo biz uchun bu katta qo'llab-quvvatlovdir!
Mani o'zi ancha odam tanidi, kanalimdayam bor, yo'qlarni chorlab qolamiz endi😁
Ko'pchilik pulga o'rganayotgan narsalarini sizlarga shu kanalda bepulga berib boraman. 😉
Ba'zi qizlar kanal ochishadi va telegram kanalni qanday yuritish sirlarini bilishmaydi.🤷♀ Instagramni ham+
Tog'risi kanalimni maqtab, hamma kabi uzuun post yozishni xohlamadim, o'zingiz bir kirib ko'ring va guvohi bo'ling.
(((ishoning chiqib ketkiz ummuman kemi qoladi.)))
Sirlarini shuyoda bemmalol o'rganvolurasila. Sizga ham foydasi tegsa, kommentda rahmat etip qo'yin🙂👇
@bepul_smm_kurs
Reklama xizmati qaytdi doʻstlar.
Bot ishlamay rosa hunob qilgandi.
@tezkorxatlarbot da xatlarni tezkorlik bilan uchirib yuborishingiz ham mumkin😅
Qolganlarga esa, sara postlarni oʻqish uchun yanada maksimal sharoit yaratish harakatidamiz)
ҳозирги замонда кўп китоб ўқиш шартмас, ҳозирги замонда кўп китоб ўқийдиган одамларни ўқишни ўзи ҳам етарли бўла олади фикрлашингни шаклланиши учун. муҳими кўп китоб ўқийдиган одамларни ҳар-хилини ўқи, биттасини фикрига етаклашиб кетмасдан дунёқарашинг ранг-баранг бўлиб шаклланади.
Читать полностью…Biz bir kun tugʻilamiz. Bir kuni birinchi qadamimizni bosamiz, bir kuni sevib qolamiz, bir kuni baxtdan kulamiz yoki alamdan yigʻlaymiz. Bir kuni bizga yaqin boʻlgan insonlar bilan bir dasturxonda oʻtirib issiq choy ichib ularning suhbatlaridan bahramand boʻlamiz. Menimcha har bir inson "hayotdan ma'no nima? Baribir bir kun oʻlib ketsak" deb oʻylagan.
Kimdir hayot mazmunini pul deb oʻylaydi, kimdir bu oila deydi va yana kimdir rivojlanish yoki oʻz-oʻzini topish deb oʻylaydi va yana kimdir u umuman yoʻq deydi.
Hayot mazmuni aslida biz oʻylagan narsalar emas, biz ayni vaqtda bajarayotgan ishlarimiz. Har bir kun bu xotira. Biz oʻzimiz uchun quvonchli yoki gʻamgin xotiralarni yaratamiz.
Biz har bir kundan rohatlanishimiz kerak. Quvoning, xafa bo'ling, tabassum qiling, yig'lang, raqsga tushing, musiqa tinglang, jinnilik qiling. His-tuyg'ularni his qiling.
Choyingiz kabi tanangiz sovib qolmasidan oʻzingnizning goʻzal hikoyangizni, hayot mazmuningnizni yarating.
@kitob_ombori
Odamlar bilan munosabatlarimizdagi eng katta xato shuki, biz ularni tushunish uchun emas, javob berish uchun tinglaymiz.
Читать полностью…Til bilish – zo‘r, ammo bu shunchaki vosita ekanini ham unutmaslik kerak
Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan imtihonlarning statistik ma’lumotlari e’lon qilindi.
Birinchi holat. Joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 85,07 ballni tashkil qilgan, Buxoro viloyati birinchi o‘rinda. Eng oxirgi o‘rinni esa Andijon viloyati qayd etgan – 68,5 ball.
Ikkinchi holat. 345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan. Bu jami abituriyentning 46,9 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu degani, imtihonga kirgan 345 ming abituriyent mandatni kutmasa ham bo‘ladi – “yiqildi”.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy tillarni o‘rganish uchun davlat tomonidan ko‘p e’tibor qaratilmoqda. Albatta, bu zo‘r, ammo boshqa fanlar-chi? Til bilish davr talabi, ammo bu shunchaki vosita ekanini ham unutmaslik kerak.
Xorijiy tillar uchun milliardlar sarflanyapti. Ichida samarali loyihalar ham bor, quruq sharlar ham bor. Kamida shu qatori fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix, geografiya kabi fanlarga ham e’tibor qaratilishi kerak.
Darvoqe, til o‘rgatishni xususiy sektor, o‘quv markazlar, repetitorlar yaxshi bajaryapti. Ularning o‘ziga qo‘yib bersa ham bo‘ladi. Aniq fanlarga bo‘lgan bugungi e’tibor esa yomon ahvolda, deyish mumkin. Tilga qaratilgan e’tiborning o‘ndan birini boshqa fanlarga qaratilsa, achinarli statistikalarni kamroq ko‘rarmidik?
@masofatalim
Haligi kitob berkitish ishimizni endi Toshkentda ham qilamiz.
Ammo obunachilarimiz asosan qaysi hududdan ekanliklarini bilib olsak yaxshi edi
Olimpiani ochilishini ko'ryapman.
Juda muhtasham! Falsafasi ham go'zal. Fransuzlar haqiqatda ochilishda inqilob qilishibdi.
Tadbir nafaqat sportni balki, san'at, adabiyot, tarix, falsafa, sotsiologiya kabi mavzularga ham alohida e'tibor berib ketgan.
Bizni delegatsiya endi chiqadi. Lekin performs juda ajoyib)
#memes
Kitobxo'rning buyurtmasi
-Xush kelibsiz! Mana bu menyu. Nimalarni xohlaysiz?
-Xo‘o‘o‘sh demak, menga bitta bestseller zo‘r Roman, ikkita qisqaroq ammo yangi uslubdagi qissa, 3-4 ta sermazmun hikoya va yengil hazm bo‘ladigan bir nechta aforizmlar kerak 😂😂😂
Delikatezga Xaruki Murakamidan bo‘lsin!
@kitob_ombori
Hozirgi kino sanʼatimizni qarasam qandaydir uyat hissini his qilaman. Ora-sirada yaxshi filmlar ham chiqib qoladi ammo 38 mlnlik aholisi bor boʻlgan, tarixi boy, kattagina davlat uchun bu juda uyatli holat. Oʻylanib qolaman, nima bizda kino olish uchun gʻoyalar yoki ssenariylar uchun mavzular yoʻqmi? Aslida bizdagi adabiy va tarixiy meʼroslar bilan Hollivud yoki Gollivudlarni orqaga qoldirib ketadigan kino, seriallar ishlasak boʻlardi. Oʻzi yana ozgina shunaqa yursak bizni oʻrnimizga ular olishadi ham. Balki hozir olishayotgandir ham.
Mayli, oʻzi boshqa narsa haqida yozmoqchi edim.
Ertaga Mutolaa lohiyasi doirasida, kitob-kino ruknida ilk qisqa metrajli film "Unsin" namoyish qilinarkan. Abdulla Qahhorning "Dahshat" hikoyasi asosida olingan.
Treylerga qaragandan anchagina jiddiy va hafsala bilan yondashilganga oʻxshadi. Milliy adabiyotimizdagi asarlar asosida bunday qisqa metrajli filmlar olinishi ham aslida katta ish. Bu orqali tomoshabinlarni ham milliy kinoyimizga ham milliy adabiyotimiga qiziqtirish mumkin. Buni olqishlayman. Muhimi davomli boʻlsin.
Premyera cheklangan doirada boʻlib oʻtar ekan. Ammo havola orqali roʻyxatdan oʻtib primyeraga kirish imkoniyat bor. Vaqt topsangiz va ulgursangiz boring. Ehtimol men ham borarman))
Filmni ilk namoyishidan soʻng YouTube ham koʻrish mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola:
https://forms.gle/ThiCyDmUa5voKV5E7
Shahar fentezisi. Bunday asarlarda hayoliy olam o'zining mavjudotlari va sehrlari bilan shaharning oddiy hayoti bilan birlashadi, bosh qahramon esa qorong'u kuchlarga qarshi kurashga kirishadi. Ushbu kichik janrda ko'pincha yovuz ruhlar, jodugarlar, sehrgarlar va boshqa shunga o'xshash mavjudotlar mavjud bo'lib, ular o'zlarining asl tabiatini yashirgan holda odamlar orasida yashaydilar.
Fentezi janridagi romanlarni o'qish sizga kundalik hayot tashvishlaridan vaqtincha xalos bo'lib, mualliflar yaratgan g'ayrioddiy olamlar bo'ylab qiziqarli hamda odamni hayratga soluvchi voqelar sari boshlaydi.
@kitob_ombori
O‘PICh
Bir odamning oila qurganidan ancha yillar o‘tib, o‘g‘il farzandi dunyoga keldi. Uzoq kutilgan farzandning xohishlari so‘zsiz amalga oshardi. Ayniqsa, baxtsiz hodisa sababli ayoli dunyodan o‘tgan erkak endi butunlay o‘g‘liga bog‘lanib qolgan, uning uchun dunyolarini berishga tayyor edi. Oradan yillar o‘tib, o‘g‘il oila qurdi va o‘zi ham negaligini tushunmaydigan, hamma uchun odatga aylangan ishni qildi. Rafiqasi bilan otasidan alohida uyga ko‘chib o‘tdi. O‘zi bilan andarmon bo‘lib, juda kam otasidan xabar olar, keyinchalik esa telefon qilib shunchaki hol so‘rab turadigan bo‘ldi. Qariya endi o‘zining oddiy zaruriyatlarini ham qiyinchilik bilan bajarar, ba’zan o‘tirgan o‘rnidan ham turolmasdi. Ahvol shunday bo‘lgach, u yagona dardkashi bo‘lgan itiga boshini silab, peshonasidan o‘pib qo‘yish evaziga pochta qutisiga xat tashlab kelishni o‘rgatdi. Har safar uyi yaqinidagi qutiga xat tashlab kelganida uni erkalar, boshini silab, peshonasidan o‘pib qo‘yardi. Kunlarning birida va nihoyat qariyaning yozgan maktubi o‘g‘liga yetib bordi. Unda shunday so‘zlar bitilgandi:
Oxirgi paytlarda senga yozgan xatlarimni pochtaga tashlab kelishga kuchim yetmaydigan darajada holsizman. Itimga o‘pich evaziga xatni tashlab kelishni o‘rgatdim. Har xatni tashlab kelganida bir o‘pich mukofotini oladi. Meni qattiq iztirobga solgan narsa, bir o‘pichning qiymatini shuncha tirishib o‘rgatishga urinsamda odam bolasi bo‘lgan o‘g‘lim emas, bir hayvonning anglashi. It bittagina o‘pich uchun xatni tashlab yonimga keladiyu, o‘g‘lim minglab o‘pichlarim uchun biron marta ham yonimga kelmaydi..
Imzo........OTANG...!
@kitob_ombori
Sizlarga ilmiy-fantastik kinolarni tavsiya etmoqchi edim-a?
Koinotga oid kinolardan boshlashga qaror qildim. Chunki bu yo‘nalish eng sevimli janrim.
1. Interstellar.
Rejissiyor Kristofer Nolan tomonidan 2014-yilda katta ekranlarga chiqqan ilmiy-fantastik film. Unda siz kvant fizikasi, micro va macro olam haqida tasavvurlar, yerdagi apokalipsis, 3-o‘lcham, vaqt, nisbiylik nazariyasi, Qora tuynuk, ekzosayyoralarni o‘zlashtirish kabi mavzular bilan tanishasiz.
2. Passengers (Yo‘lovchi). Bir nafasda ko‘riladigan ilmiy-fantastik-sarguzasht film. Insonlar boshqa sayyoralarda hayot kechirishni boshlashadi va sayyoralar aro sayohatlar boshlanadi. Bu sayohatlar uzoq yillarni oladi. Bu vaqt ichida kema ichidagi yo‘lovchilar chuqur uyqu holatida bo‘lishadi. Ammo bosh qahramon tizimdagi xatolik sabab manzilga yetmasdan uyg‘onib ketadi. Kemada faqatgina u uyg‘oq. Manzilga yetishga esa bir necha 10 yillar bor....
3. The Gravity (Tebranish).
Film ilk soniyasida oxirgi soniyasigacha intrigaga ega. Kino ko‘ruvchiva haqiqiy adrenalin bera oladi. Xalqaro Kosmik Stansiyasiyada ish olib borayotgan fazogirlar kosmik chiqindilar yomg‘iri ostida qolishadi va kemalari orbitadan tashqarida portlab ketadi. Butun ekipaj halok bo‘ladi faqat birgina olimdan tashqari. U yerga qaytish uchun Xitoyliklar yasagan kapsulaga borishi kerak ammo yolg‘iz o‘zi buni uddalay olarmikan?
Kino yashab qolish, muhim qarorlarni tezkorlik bilan chiqarish, yashashdan ma'no haqida.
4. The Martian (Marsda yolg‘iz).
Shunchaki gap bo‘lishi mumkin emas. Men qayta-qayta ko‘radigan kam sonli filmlardan biri. Hali to‘liq o‘rganilmagan, insoniyat endigina qadam bosgan bu qizil sayyorada naqt 3 oy yolg‘iz qolib ketish.... o‘ylashni o‘zi daxshatli. Ammo insonni eng katta va kuchli quroli bor. Bu qurol yordamida u har qanday xavfni qaytarishi, har qanday joyni zabt etishi mumkin. Bu albatta inson ongi, bilimidir.
Bosh qahramonni ham ilm-fan bu "yovvoyi sayyora"da kun kechirishiga yordam beradi, unga najot bo‘ladi.
5. The Wandering Earth (Sargardon zamin).
Xitoylik kinoijdkorlar va NETFLIX hamkorlikda suratga olgan apokalipsist va post-apokalipsist janrdagi fantastik film. Uzoq kelajakda Yerda Muzlik davri hukm surmoqda.
Insonlar yer ostidalari katta shaharlar qurib o‘sha yerda kun kechirishmoqda. Yer ustida daxshatli sovuq. Mahsus kiyimsiz soniyalarda qotib qolish aniq. Bir tarafda yanada kattaroq xatar mavjud. Quyoshning tortish kuchi oshib u Yerni yutib yuborish arafasida.
Insoniyat yo‘q bo‘lib ketish bo‘sag‘asida turibdi.
Ammo odamzot tabiat kuchlariga qarshi turishga harakat qiladi. O‘zlarini bunday tanazzuldan qutqarish uchun olamshumul reja tuzishadi. Butun sayyorani ko‘chirib ketish! Ha, bu aqlga sig‘mas voqelik bo‘lib tuyilishi mumkin lekin bu haqiqat. Bu qanday amalga oshiriladi? Buni filmni o‘zingiz ko‘rib xulosa chiqarishingiz mumkin.
Yuqoridagi barcha filmlar koinotga aloqador bo‘lib qoldi😅 Lekin ilk hayolimga kelganlari shular bo‘ldi.
Barcha kinolar o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Qiziqishingizni susaytirmaslik uchun spolyer qilmadim.
Siz ro‘yxatdagi qaysi filmlari ko‘rgansiz? Qay biri ko‘proq yoqqan? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
@kitob_ombori
Bu yerda qandaydir biznesni reklamasiga namyok ketti😏
Читать полностью…Foydali narsalarni oʻrganib qoʻygan yaxshi.
Bilimni ortiqchasi boʻlmaydi
"Nega kitobxon millat emasmiz", degan savolga, "12-14 soatlab ishlab charchaydigan, uchma-uch yashaydigan odamlarda kitob o‘qishga nima ham rag‘bat bo‘lardi", degan javoblar bo‘ldi. Bunga e’tiroz qilib, Hindiston misol keltirildi. Ko‘pchilik hindistonliklar kambag‘al, lekin bizga qaraganda ancha kitobxon millat, deb.
Lekin, Hindistonni bizga solishtirib misol qilish uncha to‘g‘ri emas.
1. Hindiston inglizcha o‘qib gaplashadigan mamlakat, tarjimalarni kutib o‘tirishmaydi. Bu saviyali kitoblar kirib kelishida va kitobxonlar sonida avtomatik ustunlik beradi.
2. Hindistonda bizda yo‘q meritokratik institut bor: UPSC davlat xizmatiga kirish imtihoni. Bu ko‘pchilik kambag‘allarni o‘qishga majburlaydigan nihoyatda kuchli instrument. Bizda esa hozir netvorking va "shustrыylik" kitobdan ko‘ra ancha ustunlik beradi.
3. Hindlarda azaldan "London orzusi" bo‘lgan va bu orzuga erishish uchun Britaniyaning meritokratik elagidan o‘tishga to‘g‘ri kelgan. Kitob o‘qimasa bo‘lmagan va bo‘lmaydi. Bizda "Rossiya, Olma-ota, Istanbul orzusi" yoki "Xorijda mavsumiy meva terish" orzusi yoki "Pusanda kema payvandlash" orzusi uchun ko‘p kitob talab qilinmaydi. (Kitob o‘qimagan bo‘lsa-da, halol mehnat qilib yurgan yurtdoshlarga ehtirom.)
4. Hozir yana ko‘p qatlamlarda "Silikon vodiy orzusi" ham qo‘shilgan va bunga yetish uchun ham kitob o‘qishdan boshqa chorasi yo‘q.
5. Hindistonda kambag‘al va chekka hududlarda kitobxonlikni qo‘llovchi ko‘plab jamoat tashabbuslari bor.
6. Katta mamlakatda chekka hududlargacha yetib borish uchun mobil ko‘chma kutubxonalar tashkil qilingan. Bu narsa XX asr boshlarida, Turkiya qishloqlarida ham yaxshi effekt bergan.
Qolaversa, hindistonliklar eng ko‘p o‘qiyotgan mavzularga e’tibor beramiz:
— Imtihonlarga tayyorlanish uchun kerak kitoblar va qo‘llanmalar.
— Hind milliy nazm va nasrlari, inglizzabon mamlakatlar klassik va zamonaviy adabiyoti.
— Diniy matnlar: Veda, Puran, Bxagavad-gita va hk.
— Texnik va ilmiy kitoblar: IT, muhandislik, medisina.
Ko‘rinib turibdiki, ularda ham asosan "выживат"qilish uchun, "kambag‘allik botqog‘idan chiqish" uchun majbur kitob o‘qishadi.
Bobur Niyozov
@kitob_ombori
A.P.Chexov 1880-yilda gazetalardan biriga xotin qidirayotgani haqida eʼlon chiqargan.
Men oʻzimga va kreditorlarimga ma'lum sabablarga ko'ra turmush qurmoqchiman. Men qidirayotgan ayol quyidagicha boʻlishi kerak:
...Oppoq ham boʻlmasin, qizil ham boʻlmasin, ozg'in ham emas, to'la ham emas, baland boʻyli boʻlmasin, past bo'yli ham boʻlmasin. Ammo go'zal boʻlsin. Koʻp gapirishni yoqtirmaydigan va uyda oʻtiradigan ayol boʻlsin.
Bilishi kerak: qo'shiq aytishni, raqsga tushishni, o'qish-yozishni, ovqat tayyorlashni, eri uchun qarz ola bilishni, o'z hisobidan did bilan kiyinishni va mutlaq itoatkorlikda yashashga rozi boʻlishi kerak.
Taʼqiqlanadi: qashinib yurmasligi, xirillashi, chinqirishi, tishlab olishi, idishlarni sindirishi va uyga do'stlarini taklif etmasligi.
Matryona, Akulina, Avdotya va boshqa shunga o'xshash qo'pol ismli boʻlmasligi ham kerak. Ismi kiborlarga hos boʻlgani maʼqul (masalan, Olya, Lenochka shunga oʻxshash).
Nima deb oʻylaysiz? U bunday ayolni topa olganmi?
@kitob_ombori
Bir kuni Mark Tven pulsiz qolgan do'stini poyezd vokzalida uchratib qoladi.
Doʻsti Tvendan unga ham chipta sotib olishini iltimos qiladi. Yozuvchi:
"Kechir doʻstim, ikkita chiptaga yarasha pulim yo'q, lekin bitta chipta sotib olib unda ikkimiz ham ketishimiz mumkin."
"Haa, bu mening do'stimning chiptasi," deb javob beradi Tven, "u hozir mening o'ringʻim ostida yotibdi. U shu tarzda sayohat qilishni yaxshi ko'radi."
Uning menga yoqadigan jihati shundaki, u gullayveradi, sen uni sug'orasanmi yo'qmi, unga yorug'lik berasanmi yo'qmi, farqi yo'q. U sening mavjudligingsiz mavjud.
@kitob_ombori
Yopgan eshiklaringizni kalit teshigidan mo'ralamang!
©️alamiy_uz
@kitob_ombori
Kecha shu postni ertaroq yozib qo'ygan ekanman. Oxirigacha ham ko'rmadim o'zi. Ertalab netga kirsam hammayoqda ochilish marosimi mavzusi.
Keyin qayta oxirigacha ko'rib chiqdim.
Ha, bu insoniy va axloqiy tanazzul.
Tashkilotchilar sportni ham "axlatga" to'ldirishibdi. Asosiy urg'u sportga emas, satanizm, LGBT, dinlarni tahqirlashga qaratilgani juda qo'rqinchli holat.
Xalqaro olimpiadalar xalqlarni tinchlik-totuvlikka, hamjihatlikka, insoniy birdamlikka chorlashi kerak edi. Amma bu safargisida hammasi aksi bo'ldi. Yevropa axloqiy jihatdan kuchli degradatsiyani boshdan kechirmoqda ekan. Men mana shunga amin bo'ldim.
UPD: Oxirida qo'shiq aytgan Selen Dionga gap yo'q lekin
Yaqinda xitoyliklarning bambuk o‘stirish uslubi haqida ko'rsatuv ko'rib qoldim. Bu ish menga juda qiziq va ibratlanarli tuyuldi va buni sizlar bilan ham bo'lishishga qaror qildim.
Bambuk o'stirish quyidagicha amalga oshiriladi: oldin urug‘ ekiladi, suv quyiladi, o‘g‘itlanadi. Birinchi yili urug‘da hech qanday o‘zgarish ko‘rinmaydi. Urug‘ yangitdan sug‘orilib, o‘g‘it solinadi. Ikkinchi yili ham shu hol takrorlanadi. Uchinchi va to‘rtinchi yillari ham shunday qilinadi, biroq qaysar urug‘ shunda ham unib chiqmaydi.
Xitoyliklar katta sabr bilan beshinchi yili ham uruqqa suv va o‘g‘it berishda davom etishadi. Nihoyat beshinchi yilning oxirlarida bambuk ko‘karadi va olti hafta ichida 27 metrgacha bo‘y cho‘zadi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Xitoy bambugi 27 metrlik bo‘yga olti haftada yetdimi yoki besh yildami?
Albatta, besh yilda! Katta sabr va qat’iyat bilan besh yil davomida sug‘orilmaganida va erinmay o‘g‘itlanmaganida edi, daraxt ko‘kka bo‘y cho‘zish u yoqda tursin, yerdan ko‘tarila olmasdi.
Xulosa shuki: maqsadga erishish shartlari aslida juda oddiy.
Ma’lum bir muddat uchun harakat qilish!
Ma’lum bir muddat uchun sabr qilish!
Hamisha ishonish!
Hech qachon ortga qaytmaslik!
@kitob_ombori
Eng noshukur va yoqimsiz yosh - 17-20 yosh. Bu yoshda na hayotni va na o'zingni oʻrgangan boʻlasan. Bu paytda sen hayotni ham, odamlarni ham tushunmaysan, lekin oʻzingni hamma narsani mukammal ko'rishingga, ularni tushunishinga ishonching komil boʻladi. Yana sen bu yoshga kelib hamma narsadan biroz hafsalang pir bo'lishga ham ulgurgan boʻlasan.
Zinaida Gippius
@kitob_ombori
Bir kun u seni tanib oladi. U tugʻilgan sanangni, ikkinchi ismingni, qayerda tugʻilganingni va ota-onangni ismlarini biladi. U qachon velosipedda uchishni oʻrganganingni, bobo va buvang qanday vafot etganini, nechta uy hayvoning boʻlganini va qanchalar maktabga borishni yoqtirmaganingni biladi. U koʻzlaring rangini, chandiqlaringni, sepkillaringni, yuzingdagi kulgu chiziqlaringni va hollaringni biladi. U sen yoqtirgan kitob, film, ovqat, shirinlik, oyoq kiyim, rang va musiqani biladi. U nega tez-tez yarim kechasi soat 3 da uxlamasligingni, qayerda ekanligingni, yaxshi doʻstingni yoʻqotganingni qachon anglab yetganinggacha biladi. U sening fobiyalaringni, orzularingni, qoʻrquvlaringni, xohish va yoʻqotganlaringni biladi. U orzuingdagi toʻy marosimini va muammolaringni biladi. U sening kuchingni, zaifligingni, dangasaligingni, energiyang va aralash emotsiyalaringni biladi. U achchiq-chuchukka boʻlgan muhabbatingni, besh yoshingdagi mashxur boʻlish orzuingni va ulgʻayishdan qoʻrqqaningni biladi.
U sening yomon odatlaringni, kamgapligingni, yuz ifodang va huddi uning eng yoqimli musiqasi boʻlgan tabassumingni biladi. U seni qanday chaynashingni, ichishingni, aylanib yurishingni, uhlashingni biladi. U toʻy uchun qanday gullar tanlaganingni biladi. U kafedagi sening sevimli buyurtmangni, kofega qancha shakar solishingni biladi. Unga bu haqda gapirmasang ham oʻzingni qanday his qilayotganingni biladi. Koʻzingda yosh koʻrmasa ham yigʻlayotganingni biladi. U barchasini bilib oladi. Hammasini. U seni boshdan oyoq va yana ichki qalbingni ham biladi. Oʻrganib, tinglab, kuzatib. U bilish mumkin boʻlgan barcha arzimas narsalarni biladi. Va bilasanmi yana nima? U seni nima bo'lishidan qat'iy nazar sevadi.
@kitob_ombori
Kimsasiz orolda qolgan Ro‘binzo‘n og‘a qaysi kitobni o‘qisin deb savol qo‘yildi.
Ko‘plar Tavrot, Injil va Qur’on kabi kitoblarni o‘qisin dedi. "Kapital" "Urush va Tinchlik" "Qirol Lir" kitoblarini o‘qish tavsiya qilindi. Ro‘binzon og‘a bo‘lsa "Menga kema yasash bo‘yicha instruksiya yozilgan kitob bering" debdi.
Qissadan hissa shuki: Tomga chiqmoqchi bo‘lganga narvon, qorong‘ida o‘tirganga fonarik kerak. Oltin izlovchiga esa belkurak lozim. Iqtisodiy va texnologik islohot zarur bo‘lib turgan bizning mamlakatga faqatgina ilmli avlodlar kerak.
@kitob_ombori