Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Ko‘proq narsani bilsang, yashash qiyinlashadi. Bilganingni bilmagan inson bilan esa yashash undan ham qiyin. Ahir, u inson o‘z bilimi va tajribasidan kelib chiqib fikr yuritadi.
Ammo seni bilganlaring azoblayveradi. Biroq, sendanda ko‘proq biladigan inson bilan yashash yanada qiyinroq. Bunday inson oldida sen o‘zingni hech narsani bilmaydigan, kam ma’lumotga ega va hattoki tushunmaydigandek hisoblaysan.
Keyin esa yanada ko‘proq o‘qiy boshlaysan, yanada qattiqroq azoblanasan. Orada muvozanatni saqlash esa – anchayin mushkul ish. Ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi...
Bu uning men yomg‘ir ovozidan ilhomlana olgan, qahvaning hushbo‘y hididan bahramand bo‘la olgan, qarshimda esa u kompyuterida ishlab o‘tirgan kuz faslining ajoyib kunlaridan birida aytgan so‘zlari edi.
Eliza K "Qahva"
@kitob_ombori
Rus adabiyotiga kirish men uchun doimo qiyin bo'lgan. Qandaydir ob-havosi menga to'g'ri kelmaydi. Bulgakov ham, Pushkin ham meni sevdira olmagan. Ha yo'q. Bulgakovni Yosh vrach kundaligini maroq bilan o'qiganman ammo undan uyog'iga, masalan, "Usta va Margarita" darajasidagi asarlarni o'qishga majburlay olmagan. Hatto o'zim ham o'zimni majburlay olmayman. Balki, hali u darajada yetuk o'quvchi emasdirman.
Tolstoy, Dostoyevskiy haqida bir nima deyishim qiyin. Ma'suma, Oydin tunlarni o'qidim. Bularni tugatgandan keyin go'yoki ichimdagi yonib turgan shamni o'chirib qo'yishgandek bo'ldi. Jinoyat va Jazo, Telbani o'qishga o'zimda jasorat topa olmayapman.
Anna Karenina, Urush va tinchlik...
Lev bobo faylasuf odam bo'lgan. Uni shaxsiyati menga eng qizig'i. Ammo haligacha "Iqrornoma" dan boshqasini o'qimadim. Bu ham ancha odamni siqib qo'ygan edi o'sha paytlarda. Mana, o'sha-o'sha shimollik yozuvchilardan hayiqish yo'qolmadi.
Mindee, ko'ngilni charog'on qiladigan rus adibi bormi o'zi? Maslahat beringlarchi...
Tarbiya bu – "да пошёл ты на***", deb oʻylab, "Assalomu alaykum" deya olishingdir.
#kebqoldi
Hozir mindee oʻtirib oʻylab qoldim. Mashi blogni faol yuritishni boshlaganimga 4 yildan oshibdi.
Bu vaqtgacha kimlar keldi kimlar ketdi bu maydonda. Ammo biz hali ham shu yerdamiz.
Kanalni doimiy faol ushlab turish yaxshigina ham ruhiy ham jismoniy energiya oladi.
Uni oʻqishgina xolos, oson😉
Nima boʻlsa ham mashi paytgacha men bilan shu joygacha kelganlarga rahmat.
Bola chaqali boʻb ketganimizda ham mashnaqa gaplar yozib turaveraylik
Baxtli o‘lim, Albert Kamyu
Baxt bu nima?
Millionlab pullarga ega bo‘lib, o‘zing xohlaganday hayot kechirishmi?
Yoki erkinligingni hech qanday chegaralanmaydigan jamiyatda yashashmi?
Balki o‘zingni va Borliqni anglashdir?
Ehtimol, yolg‘izlikda hech kimga tobe bo‘lmay umr kechirishdir?
Insoniyat tarixida, menimcha, hali hech kim baxt nima ekanligiga aniq, barchaga mos keladigan ta’rif bera olmagan. Chunki baxt bu shaxsiy masala!
Insondan baxt nima ekanligini so‘ra va u nimaga muxtoj ekanligini bilib olasan. Bu aforizmni hammamiz bilamiz.
Nogiron insondan baxt nima deb so‘rasangiz, to‘laqonli inson bo‘la olish imkoniyati deydi; yaqin insoni og‘ir dardga chalingan insondan so‘rasangiz, yaqinlarim doimo sog‘-salomat bo‘lishsa edi deydi; bola-chaqasini bazo‘r boqayotgan ota-onadan so‘rasangiz, qani endi farzandlarimiz hech nimaga muxtoj bo‘lmay yashasa deyishadi va hkz.
Demoqchi bo‘lganim, hammamizning baxt haqidagi tushunchalarimiz turlicha. Baxtni bir ramkaga solib bo‘lmaydi.
Kamyuning "Baxtli o‘lim" qissasining asosiy qahramoni, Patris Merso, ham umri bo‘yi baxtni izlovchi bir yo‘lovchi edi.
Monoton umr kechiruvchi Patris, kunlarning birida ayolining eski sevgililaridan biri boy-badavlat nogiron Zagreyni o‘ldirib, uning barcha boyliklarini o‘zlashtirib, Yevropaga qochadi.
Zagrey Merso bilan baxtli bo‘lishda pulning tutgan o‘rni haqida baxslashadi. Uning fikricha pulsiz baxtli bo‘lishning iloji yo‘q. Inson faqatgina pul bilan uni baxtli qiladigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yarata oladi. Pul insonga vaqtni mashshaqatli hayotdan "sotib olib", uni faqat o‘zi uchungina sarflashga yordam bera oladi.
"Insonlar boylikka intilishlarining asosiy sababi ham shundan iborat" - deb ta’kidlaydi Zagrey.
"Qurt" kabi umr kechirayotgan Zagreyni baxtli qilish uchun Patris unga o‘limni sovg‘a qilishga urinadi.
Yevropada qochoq bo‘lib yurgan vaqtlarida, Merso yanada chuqur ekzestensial krizisga tushib qoladi.
Mersoga baxtning o‘zi absurd bo‘lib tuyuladi. "Gʻam-g‘ussaning ko‘pligi, baxtning bepoyonligi mening qismatim" - deydi Mesro.
Insonlar ichida, yomg‘ir tomchilaridan so‘nib qoladigan olovday, tez so‘nib qoladigan Merso, yolg‘izlikda ham uzoq baxtli bo‘la olmas edi.
Ruhiy sokinlikka erishish uchun albatta yolg‘izlikda qolish kerak deb o‘zini kimsasizlikka urgan Merso, insonlarsiz o‘zini baxtsiz his qilishini anglab yetadi.
Jamiyat quchog‘iga yugurgandan so‘ng yanada baxtsiz bo‘layotganini ko‘rgan Merso yana yolg‘izlikda panoh topishga harakat qiladi.
Bundan og‘irroq fojea bormi?!
Oramizda ham, menimcha, "Patris Mersolar" talaygina bo‘lsa kerak.
Baxtni davomiyligi muhimmi yoki uni qisqa vaqtga bo‘lsa ham his qilishmi. Mersoni qiynagan jumboqlardan yana biri.
Qissa ohirida Merso, adashmasam, tuberkulyoz kasaliga chalinib vafot etadi.
Ohir-oqibat, Patris baxtga erishdimi?
Buni albatta o‘zingiz Albert Kamyuning "Baxtli o‘lim" asarini o‘qiganingizda bilib olasiz.
Yoqimli mutolaa!
P.S. siz uchun baxt nima?
#summary
@kitob_ombori
Bir tarafda issiq havo bir tarafda sizlar. Oʻrtaga olib rosa odamni ezdinglar omalekin😏
Читать полностью…Bir qo‘shiq tarixi
(shu qo‘shiq qo‘yib o‘qilsin)
Ko'pchilik bu qo'shiqni "Kurtlar Vadisi" serialidan biladi. Lekin bu qo‘shiq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan voqeani bilmaydi.
Halil İbrahim 1931-yilda Turkiyaning Fatsa shahrida tug'ilgan va Fevziog'lu tepaligida yashagan inson edi. Uning Fatsa ko'chalaridan birida soat va grammofon ustaxonasi bo'lgan. Halil Ibrohim juda ma'rifatli, pokiza va sinchkov odam edi. Doimo kostyum va galstukda yurar, tuflisini ham yarqiratib yurgan. Uyiga ketishda doimo daryo ustidagi yog‘och ko‘prikdan o‘tib qatnagan.
1951-yilda harbiy xizmatga ketishdan avval turmush qurgan. Nikohdan 1 o‘g‘il va bir qiz tug‘ilgan.
Harbiyda yurgan paytlarida yomon niyatlilar Halil Ibrohimga xat yozishadi. Xatda qaynotasi uning xotinini boshqa birovga berganini yozishadi. Bundan tashqari Halil Ibrohimning dalasini qo‘shni og‘a tortib olganini aytishadi. Xotin va mol qayg‘usida aqldan ozayozgan Halil Ibrohim harbiy xizmatdan qochib ketadi.
U Fatsaga qaytadi. Birinchi bo‘lib og‘ani otadi. Keyinroq uni izidan izlab kelgan askarlar tomonidan qo‘lga tushirilib, bo‘linmasiga qaytariladi. Askarlar uni telefon ustuniga bog'lab qo'yib kaltaklashadi. Chunki o‘sha paytlarda xizmatdan bo‘yin tovlash katta jinoyat bo‘lgan. Kaltaklashayotganda Halilning boshiga qattiq zarb kelib uriladi.
Shu sababdan u sekin astalik bilan aqldan oza boshlaydi. Harbiy xizmatni o‘tagach, o‘z shahriga keladi. Biroq keliboq o‘z ustaxonasini yopadi.
Uning hayoti uyi va o'rmon o'rtasida o'ta boshlaydi. Ta'mirlash ishlarini ham uyda qiladi. U umri mobaynida askarlarda qo‘rqib yurgan. Ularga duch kelmaslik uchun kunduzi uyidan chiqmagan. Katta ko‘chalarda yurmagan. Hech kimga ko‘rinmaslik uchun o‘rmonlar va bog‘lar oralab yurgan. U faqatgina uch kishining oldiga borib turgan.
O‘sha paytlarda qaynotasi pul topa olmay o‘z qizini va uning bolalarini Termega qalin puli evaziga sotib yuboradi. Halil
Ibrohim endi butunlay yolg'iz qoladi. Kuni asosan grammofon tinglash bilan o‘tadi.
Jamiyatdan butunlay uzilgan Halil Ibrahim yolg'iz yashay boshlaydi. 1980-yil 12-sentyabrda qishloqda maxsus harbiy amaliyot o'tkaziladi. Operatsiya kechasi amalga oshiriladi. Maxsus amaliyot davomida kimdir Halil Ibrohimning uyini yoqib yuboradi. Uyi yonib ketgan Halil yongan uyi ro‘parasidagi o‘rmonda yashay boshlaydi. Uning yong‘indan asrab qolingan dasturxoni va bir nechta buyumlaridan boshqa hech narsasi qolmaydi. Bir kuni kechasi kuchli yomg'ir yog'adi.
Yomg‘irli kechani o‘rmonda o‘tkaza olmasligiga ko‘zi yetgach do‘sti Dursun amakinikiga borish uchun o'rmon bo'ylab uzoq yo'l bosib o‘tadi.
Bir amallab yetib kelgach, uxlayotgan do‘sti va oilasiga xalaqit bermaslik uchun molxonaga kirib, somon ustiga yotib uyquga ketadi.
U o‘zi bilan qurolini olib olgan edi. O‘sha kechasi terrorchilar shaharda buzg‘unchilik qilishadi, bir o‘qituvchini o‘ldirib, toqqa qochishadi. Terrorchilarni tutish uchun katta amaliyot o‘tkaziladi. Askarlar terrorchilarni hamma joydan qidirishdi. Izlash davomida omborda uxlab yotgan Halilni ham tutib olishadi. Uy egalaridan omborxonada yotgan kimligini so‘rashadi. Ular Halilni o‘z do‘sti ekanligini, birovga zarari tegmasligini aytishadi. Komandir bunga ishonadi va uni qo‘yib yubormoqchi bo‘ladi. Ammo Halil bundan 30 yil avval askarlar tomonidan kaltaklanligini unutamagan, o‘sha mash'um kun xotiralaridan azob chekar edi.
Vahimaga tushgan Xalil askarlar qo‘lidan chiqib qochadi. Askarlar uni to‘xtatish uchun havoga ogohlantiruvchi o‘q otadilar.
Ammo o‘qlar uni to‘xtata olmaydi. U o‘rmonga o‘tish uchun soydagi yog‘och ko‘prikdan yugurib o‘tayotganda aksarlar tomonidan otib tashlanadi. Uning tanasi ko‘prikdan qulab toshlar ustiga tushadi va shu joyda u vafot etadi.
Undan qolgan narsalari uning o‘g‘liga berishadi. Ammo o‘g‘il otasini yomon ko‘rgani uchun narsalarni olmaydi.
Uning jasadini uch-to‘rt kishi ko‘mishadi.
Bu voqeadan so'ng, do‘sti Dursun Ali Akinet ushbu qo‘shiq she'rini yozib, unga kuy bastalaydi. Shundan keyingina oilasi uni qabul qiladi ammo endi juda kech bo‘lgan edi.
#birnavotarixi
@kitob_ombori
Kitoblarni asosan qaysi kitob doʻkonidan sotib olasiz va nima uchun aynan oʻsha joydan?
Читать полностью…Bekmirza nima uchun saviyali, foydali kontentlarni tezda yopilib ketishi, aksincha yengil, bachkana sahifalar soni tobora koʻpayib borishini asosiy sababi aytib oʻtibdi.
Jamiyat oʻz yoʻlini oʻzi belgilaydi. U nimaga koʻproq ehtiyoj sezsa oʻsha narsa reallikka aylanadi.
Ilm, bilim tarqatadigan kontentlarni faol qoʻllab-quvvatlang. Pul bilan boʻlmasada ularni ishlari manfaatli ekanligini aytib qoʻying.
@kitob_ombori
Bir paytlar 1-avgust bir vaqtning oʻzida hamma hissiyotlar his qilinadigan kun edi.
Bugun esa shunchaki oyning birinchi sanasi
Hamma narsa oqib ketayotgandek, bir-biriga chaplanib, surkalib ketayotgandek tasavvur uyg‘otadigan suratni ko‘rsangiz, bilingki, muallif – Salvador Dali. O‘sha chaqchaygan ko‘zlari va ajabtovur mo‘ylovi bilan aksariyat taniydigan Dali.
👨🏽🎨Dali – syurrealizm yo‘nalishining dahosi.
👩🎨Predmetlarning shakli noodatiy, reallikka zid holda tasvirlanadigan yo‘nalish syurrealizm deb nomlanadi. Oddiy qilib aytganda, inson ko‘zlari yotiq ovalsimon emas kvadrat, burni yuzidan bir necha baravar katta, qo‘lining bittasi juda uzun, bittasi juda kalta, boshi kubsimon tasvirlanishi mumkin. Bu – syurrealizm.
#art
@kitob_ombori
❤️ Faina Ranevskayaning Pushkinga bo'lgan muhabbati haqida
Kechasi uyqudan oldin deyarli har kuni Pushkinni o'qiyman. Keyin uyqu dorilarini ichaman va yana uni o'qishga tutinaman. Negaki uyqu dorilari Pushkinni o'qiyotganimda te'sir qilmaydi. Men yana uyqu tabletkalarini ichaman va Pushkin haqida o'ylayman. Agar men u bilan uchrashsam, uning naqadar ajoyibligini, barchamiz uni qanday yodga olishimizni, butun umrim davomida u bilan qanday yashaganimni aytib berardim...
Keyin uxlab qolaman va tushimda yana Pushkinni ko'raman. U o'z hassasi bilan Tverskoy bulvari bo'ylab yurib ketmoqda. Men u tarafga qarab chopaman va uni qichqirib chaqira boshlayman. U to‘xtaydi, men tarafga qaraydi, ta’zim qiladi va shunday deydi: “Meni tinch qo‘y, qari Kampirsho!!!
Men sizdan va sizga bo'lgan sevgimdan naqadar charchadim!
#qiziqarli
@kitob_ombori
Siz gullarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz ammo ularni uzib olasiz.
Siz itlarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz va ularni zanjirga bog'laysiz.
Siz qushlarni yaxshi ko'rishingizni aytasiz lekin ularni qafasga qamaysiz.
Siz meni sevaman deysiz..... men esa bundan qo'rqaman.
Jan Kokto
#iqtibos
@kitob_ombori
“Ray shahrida qozi Muso ibn Ishoqning huzuriga bir ayol vakili bilan keldi. Vakili qoziga bu ayolning erining gardanida 500 dinor mahri borligini, uni eri bermaganini aytdi.
Eri esa qozining oldida buni inkor qildi.
Qozi ayolning vakilidan guvohlari bor-yo‘qligini so‘radi. Vakil guvohlarni olib kelganini aytdi.
Qozi guvohlardan biridan ayolning yuziga qarashini so‘radi. Guvoh o‘rnidan turdi. Qozi ayolga ham "tur" dedi. Ayol turdi. Shunda ayolning eri:
- Nima qilayapsizlar?, deya so‘radi.
Qozi:
- Guvohlar xotiningni tanishlari uchun yuziga qarashlari lozim, dedi.
Er:
- Men qozi janoblarini guvoh qilib aytamanki, xotinimning mening gardanimda 500 dinor mahri bor, dedi.
Shunda xotini dedi:
- Men ham qozi janoblarini guvoh qilib aytamanki, erimning gardanidagi 500 dinor mahrimdan voz kechdim. Dunyo va oxiratda uning qarzdan ozod qildim!
Qozi ularning rashkini ko‘rib:
"Bu go‘zal axloqlar sirasida yozib qo‘yiladi", dedi".
Ibn Kasirning "Al Bidaya van Nihaya" kitobidan
Xulosa: Bugun peshonadan ter chiqaradigan holatlardan biri shuki, er o‘z xotinining suratini ijtimoiy tarmoqlarda joylaydi, niyati u bilan birga baxtiyor hayot kechirayotganini ko‘z-ko‘z qilish. Ammo bu erkak xotinlarning sadaf ichida turishi kerak bo‘lgan dur ekanligini unutgan. Xotin faqatgina o‘ziniki ekanligini, uni himoya qilishi lozimligini, uni hatto kipriklari bilan yashirishi shartligini faromush qilgan. Zero insonning o‘z sharafini himoya qilishi buyuklar hislatidandir.
Abdulqodir Samarqandiy sahifasidan olindi
#ibrat
@kitob_ombori
Sovg'a berishni yaxshi ko'radigan ammo bunga puli yo'qlar uchun Maksim Gorkiydan ajoyib lifehack.
Maslahatgo'yimiz ana shunday holatga tushib qolganida do'sti Andreeyevga quyidagicha xat yozgan edi:
Men sizga sovg'a berishni xohlayapman ammo hozir bunga imkon yo'q. Shu sabab, siz o'zingiz uchun Lixtenbergning "Nitshe falsafasi" kitobini Popov nashriyotidan chiqqan nashrini sotib olasiz va uni men sizga sovg'a qilib berganman deb tasavvur qilasiz.
Tara opamni kitobini boshladim. Kun bo'yi ishlarni qilib endi yotib Netflix'dan bitamta mini-serialchani ko'rib tugatmesanmi deb shaytoncha rossa avrayapti. A lekin aql "мощный" kontr ataka bilan javob beryapti.
Kitob mazmuni haqida qisqacha ikki og'iz so'z:
Ushbu kitob memuar asar bo'lib, real voqeliklarni ifoda etadi. Unda ko'p bolali mutaassib oilada tug'ilgan qizning hayoti aks etgan. Ota o'ta qattiq Ota fanatik, ona esa otaga ham jisman ham ruhan butunlay mute. Ota-onani nazarida davlat ta'limi bu odamlarni manipulyatsiya qilish vositasi. Bunday maktablarda o'qigandan o'qimagan ma'qul degan qarash ularda juda kuchli shakllangan.
Asar bosh qahramoni ana shunday muhitda tug'ilgan va shunday muhitda yashashga mahkum ammo...
Qolgan uch nuqtani davomini asarni o'qish mobaynida topaman deb umid qilyapman.
Bu kitobni yana kim men bilan birga o'qiyapti?
O'qish niyat bormi?
Boks haqida ikki og'iz
Ha, Madrimov faoliyatidagi eng yuqorida darajadagi jangni o'tkazdi. U uchun bu darajadagi jang ancha yillardan beri kutilgan edi. Ammo raqib ham shunga yarasha anchagina jiddiy va kuchli ham edi. 41 jangini 30 dan ortig'ida raqiblarini nakaut bilan taslim etgan Crowfordni yengish oson emasligini ko'plab xorijiy mutaxassislar aytib o'tishgan edi.
Ammo Isroil bu taxminlarni o'zgartirishga juda juda yaqin kelgan edi. O'yinni 8 roundini meni nazarimda ideal tarzda o'tkazdi. Bosimlar, yakka va aniq zarbalar ko'p hollarda mo'ljalga yetib bordi. Raqibini anchagina hushyor turishga majbur etdi. Ammo tajriba baribir o'z so'zini aytdi.
Crowford bahsni oxirida qo'shdi, faollik ko'rsatdi, ko'proq va og'irroq zarbalar seriyalarini amalga oshirdi hamda yakunda g'alabaga erishdi.
Shu o'rinda bir narsani yodda tutish kerakki hamyurtimiz professional boksda hali ancha yosh. Lekin kuchli, tajribali raqib bilan, uning uyida, uning hamyurtlari hakam bo'lgan jangni yuqori tempda, tengma-teng o'tkazish hammaga ham emas.
Isroil Madrimov nima bo'lgan taqdirda ham biz uchun doimo Chempion! Uning keyingi faoliyatlarida eng katta sovrinlarni yutishiga albatta ishonamiz!
@kitob_ombori
Gap shundaki, o‘qimishli kishi kitob o‘qiganidan keyin eng yomon xaridorga aylanadi: u kir yuvish mashinalari va avtomobillarni kamroq sotib oladi, Mosart yoki Van Gog, Shekspir yoki teoremalarni afzal ko‘rishni boshlaydi. Bundan iste’molchi jamiyati va iqtisodiyot, eng avvalo, elita daromadlari zarar ko‘radi. Ana shuning uchun ham ular doimo madaniylashish va ta’limga yo‘l bermaslikka intilishadi.
@kitob_ombori
20 000 ta obunachiga chiqsak koʻrishgan obunachimga bitta muzqaymoq oberaman
Читать полностью…Afsuski, zamonaviy dunyoda mehribonlik strategiyaga, halollik esa ahmoqlikka aylandi.
@kitob_ombori
Nimadir eshitaylik
2010-yildan avvalgi nostalgik bo'lsin
Qachonki hayotimda nimagadir erisha olmasam, men o‘ylagan ishlar amalga oshmasa, hayotimda muhim bo‘lgan insonlar bilan o‘rtamizda arzimagan ziddiyatlar chiqsa bor alamimni o‘zimdan emas, balki atrofimdagilardan, zamondan, hukumatdan vahokazolardan ko‘rardim.
Allohdan "nega aynan men? Nega har doim muammolarga faqat men duch kelaveraman, namuncha baxtsizman" kabi savollar berar edim.
Asta katta bo‘lib, ilm bilan jiddiyroq shug‘ullana boshlashimdan buyon bu fikrlar, qarashlar, mulohazalar yaxshi tarafga o‘zgardi va o‘zgarib kelmoqda.
Biz insonlar har doim o‘zimizdan ko‘ra yuqoriroq darajadagi odamlar bilan taqqoslaymiz? Ammo nega o‘zimizdan pastroqdagilar haqida fikr yuritmaymiz?
Haqiqatda bizlar noshukrmiz. Shuncha ne'mat ichida bo‘lib turib ham yana kamchiliklarimizdan noliymiz.
Videoni tomosha qiling. Insoniyat qichqiriqlarini his qiling, fikr qiling! Shukr qiling!
📹 Cee-Roo - Sounds of Humanity
@kitob_ombori
Oʻzbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan va men uchun eng sevimli boʻlgan TOP 5 film
Dilhiroj - Yusuf Razikov (rejissyor) Murod Muhammad Doʻst, Erkin Aʼzam (ssenariy mualliflari) 2002 - yil
Lafz - Yoʻldosh Abdukarimov, Rafael Hayriddinov (rejissorlar)
Yaratganga shukr - Zulfiqor Musoqov (rejissor)
Otamdan qolgan dalalar - Shuhrat Abbosov (rejissyor)
Chimildiq - Hotam Fayziyev, Alfina Miftaxova (rejissorlar)
Yana qaysi filmlarni roʻyxatga qoʻshgan boʻlar edingiz?
#kinotavsiya
@kitob_ombori
Syurrealizm shedevrlaridan biri – Salvador Dalining “Uyqu” kartinasi.
Ushbu kartinada Dali uyqu holatidagi odamni tasvirlagan. Odam qani bu yerda, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Dali uyquda tush ko‘rayotgan odamni qanday tasavvur qilsa, shuni akslantirgan.
Dali va san’atshunoslarning kartinaga beradigan izohlari quyidagicha:
Bosh juda-juda katta – chunki tush cheksiz-chegarasiz, alg‘ov-dalg‘ov. Tushda (parallel dunyoda) inson ongi kengayib, tana esa kichrayib, ahamiyatsiz qismga aylanadi. Ammo ong o‘zi istalgancha kengaya olmaydi. Tush holatidagi ongni real dunyo bilan bog‘lab turuvchi iplar bor. Bu iplar – o‘tmish xotiralari, kelajak rejalari, yaqin insonlarga nisbatan tuyg‘ular. Ongga istagancha parvoz berishga imkon bermaydigan, uni real hayot bilan ushlab turgan vositalar gigant yuzni tutib turgan tirgaklar timsolida tasvirlangan.
Ya’ni tushlar har qancha norealdek ko‘rinmasin, ular real hayot bilan (tirgaklar) bog‘langan. Hatto tushda biz uchratadigan ob’yektlar ham reallik bilan bog‘liq. Bu kartinaning chap tomonida turgan itning ham tirgakka tayanib turgani misolida ko‘rsatilgan.
Biz shunchaki tushimiz real hayot bilan qanday bog‘liqligi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz xolos.
Gohida Alloh sizga atrofingizdagilar
orqali ham aziyat beradi.
Bu esa Allohdan boshqa hech
kimga bog'lanmasligingiz uchundir.
Manashu Allohning sizga berayotgan tarbiyasidir...
Mustaqrib
@kitob_ombori
“IchXasta“ kitobidan:
Qalbi xastaning jismini davolashdan ne naf?!
"Nazarimda, dunyodagi eng chiroyli muvaffaqiyat - oʻzingni oqlashga hojat qoldirmaydigan darajada seni yaxshi biladigan, xatti-harakatlaringni muhokama qilmasdan, nimani, qay maqsadda qilganigni tushunadigan insonlarga duch kelishingdir.
Ana, koʻcha eshikda kelinchakning qorasi koʻrindi. Qizil tugmani shartta bosdim-da, telefonni koʻrpachaga otib, oʻrnimdan turib peshvoz yurdim. Qoʻlida ikkita boʻsh paqir. Bolani obkemabdi-da... Salomlashib oʻtirmasdan nega uni opkelmaganini soʻradim. “Oymomo” men uchun fojiani anglatadigan soʻzlarni kulibgina gapirdi:
— Magazinga quruq sut kelibdi."
Kuchli asarlar oʻz muallifidan intiqom oladi! Egasidan intiqom olgan asar mutolaasiga marhamat...
Yumshoq muqova, 171 sahifa, 29,000 so'm
Buyurtma berish uchun: @TaskinKitob
Mahbublarga ulashing!
@TaskinKitoblar – Yaxshiliklar sari odim!
Bernard Shoudan eng sara iqtiboslar
Nafrat qo'rqoqning boshidan kechirgan qo'rquv uchun qasosidir.
Biz baxtni ishlab chiqarmasdan iste'mol qilishga haqqimiz yo'q.
Zerikarli ayol bilan yashashdan ko'ra ehtirosli ayol bilan yashash osonroq. To'g'ri, ular baʼzan seni joningdan toʻydiradi, lekin kamdan-kam hollarda tashlab ketiladi.
O'zingiz yoqtirgan narsani olishga harakat qiling, aks holda siz olgan narsangizni sevishingizga toʻgʻri keladi.
Qarish zerikarli, ammo bu uzoq umr ko'rishning yagona yo'li.
Sog'lom aql va mehnatsevarlik iste'dodsizligingizni bildirmaydi. Shu bilan birga siz daholarning eng zo'ri bo'la olasiz, lekin ahmoqlik orqali hayotingizni buzasiz.
Odam g'ishtga o'xshaydi: kuygani sayin qattiqlashaveradi.
Aqlli odam dunyoga moslashadi; aqlsiz kishi dunyoni o'ziga moslashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot har doim aqlsizlarga bog'liq.
Zamonaviy jamiyatda e'tiqodi yo'q boy erkaklar axloqsiz kambag'al ayollardan ko'ra xavfliroqdir.
#iqtiboslar
@kitob_ombori
Yo'q,
Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan,
Umringda quyoshday porlayveraman.
Ming yillar qa'riga ketganingda ham,
Men seni samoday chorlayveraman.
Ismingni tonglarga yozaman mahtal,
G'unchalar bargida uxlayveraman.
Yo'q, baxting meningsiz bo'lolmas tugal,
Men seni har lahza yo'qlayveraman.
Otashman,
Dengizman,
Samoman,
Nurman,
Jismu jahoningni o'rayveraman,
Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -
Men seni Xudodan so'rayveraman.
Men - so'nggi tomchiman,
Yagona najot.
Faqat sen ichgin deb qistayveraman.
Qo'llarimda qoldi
Eng so'nggi hayot,
O'lsam ham ishqingni istayveraman!
Yo'q,
Endi ko'nglingdan chiqarolmaysan...
Zebo Mirzo
Audiosini tinglash
#nazm
@kitob_ombori
Oʻz-oʻzimizni rivojlantirish va dunyoqarashimizni kengaytirish uchun 5 kitob
◾️Erik Bern - Odamlar oʻynaydigan oʻyinlar
▫️Erix Fromm - Ozodlikdan qochish
◾️Nassem Taleb - Qora oqqush
▫️Malkolm Galaduell - Zukkolar va landovurlar
◾️Yuval Noy Harari - 21-asr uchun 21 saboq
#kitoblar
@kitob_ombori