Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
NASAni internetiga ulanvolganlar bor ekan😂😂😂
Читать полностью…O'yin nomi: Rasmdan top
Bunda nafaqat kitoblar balki kino va multfilmlarga ishoralar ham bo'ladi.
Eng ko'p birinchi bo'lib javob yozgan ishtirokchi g'olib bo'ladi
22 lardan keyin yutuqli oʻyinimiz bor.
Tayyorlanib turinglar
Suratdagi bu yosh askar — bo‘lg‘usi daxo yozuvchi, pasifist (zo‘ravonlikka qarshi) va antimillatchi, san’at asarlarini kolleksioneri, Jozef Gebbels (Fashist armiyasining propagandachisi)ning shaxsiy dushmani Erix Mariya Remarkdir.
Remark Osnabryuk (Quyi Saksoniya)da, kitob muqovachisi oilasida tug‘ilgan. U maktabni tugatishi bilan armiyaga chaqiriladi va gʻarbiy frontga yuboriladi. Ammo u dastlabki janglardayoq qattiq yarador bo‘lib, safdan chiqadi. Unga snaryad parchalari (осколка) tegib bo‘yni, oyog‘i va qo‘lidan jarohat oladi.
1918-yilda Remarkni 1-darajali "Temir xoch" medali bilan mukofotlaydilar ammo u ordendan voz kechadi. Chunki urushning mudhish taassurotlari Remarkni umrbod pasifist va antimilitaristga aylantirgan edi.
@kitob_ombori
Mavlono Rumiy hazratlaridan so‘rashdi:
ㅡ Singan ko‘ngil yana seva oladimi?
Mavlono javob berdi:
ㅡ Ha, seva oladi!
ㅡ Unda aytingchi, singan piyolada suv ichasizmi?
Mavlono esa nimtabassum bilan:
ㅡ Siz piyola sindi deya suv ichishni tark qildingizmi?!..
Xafaligim sababini so'ramanglar. Bu haqida gapirish naqadar og'ir ekanligini bilsangiz edi. Bundan qalbim ko'p ozorlar chekishini anglaganingizda edi.... Afsus, sizlar buni his eta olmaysizlar. Chunki sizlar Arktikadagi global iqlim isishi sabab kamayib borayotgan Oq ayiqlarni mendek yaxshi ko'rmaysizlar🥲
Читать полностью…Insonlarga qachondan yoqmay qolishingizni aytaymi?
Ularga "ho‘p" deyishdan to'xtagan kuningizdan;
ularni ishini bitirib bermagan kuningizdan;
haqqingiz va qadringizni so‘ray boshlagan kuningizdan;
ularga boʻysunmay qoʻygan kuningizdan boshlab sizni yomon koʻra boshlashadi...
14. Savol
stop. Benjamin Buttonning sirli tarixi
Ajib qo‘shiqlar turkumidan
Mumtoz turk kuylari o‘ziga hos chuqur ma'no mazmunga ega ekanligi odamni doimo o‘ziga tortadi. Sharq falsafasi va islom so‘fizmiga yo‘g‘irilgan kuylar inson ongi va qalbida chuqur iz qoldirish kuchiga ega.
#relax
@kitob_ombori
Hozir oynaga qarab turib, hazrati Umar davrida ro'y bergan bir voqea yodimga keldi.
Mo'minlar amiri bir odamga 1 tilla tanga beribdida shunday debdi:
– Sen har kuni meni oldimga kelib "Ey Umar, o'limni unutma!" deb turasan debdi.
Bu odam uzoq yillar har kuni kelib mo'minlar amiriga shunday deb tilla tangani olib ketavergan ekan.
Kunlarning birida odatdagidek eslatma uchun kelgan odamga Umarul Foruq "bo'ldi, boshqa kelma" debdi. Sababini so'ragan ekan:
– "Bugun soqolimga oq tushdi" deb javob bergan ekan (ya'ni sochga, soqolga oq tushishi odamni umri o'tib, tobora o'limga yaqinlashayotganini belsigi sifatida ishora berilgan).
Ba'zan shunday sahifalarni ko'rib qolamanki, huddiki 1 yillik premiumni yutib olgan kishidek sevinib ketaman. Chunki bunday kanallardagi postlar, kontentmekerning har bir yozadigan mavzusiga mehr berishini harflarni o'qib bittada sezasizda. Bu huddiki hammadan yashirilib qo'yilgan xazinalarga to'la Sim-Sim g'origa o'xshagan joy bo'ladi. Faqat yaltir-yultir oltinlar o'rniga sayqallangan va ongingizni yoritadigan darajadagi fikrlarga to'la joy bo'ladida bunday sahifalar.
Maqtab-maqtab qaysi sahifaligini yozmay ketsam meni duoibad qilishingizni bilgan holda linkini qoldiraman
@mutolaablogs
P.S: o'zimizga qarashlidek joy bu ham jigarlar
Sevgimiz o’ldimi? - libosingiz ko’k,
Ko’nglingiz – begulxan, ko’zingiz – becho’g‘.
Bizdan borish yo’qdir, sizdan – kelish yo’q –
Kelishsiz dunyoda beg’am, azizim,
Nega ko’zlaringiz benam, azizim.
O’t yetdi – qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqqa sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni – bebaxtlarimni –
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim.
Chunki tunga aytar rost „oh“ingiz yo’q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo’q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo’q –
Boqaman: nigohim – gumon, azizim,
Yo’llaring tumandir, tuman, azizim.
Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig’ida – yurak uchadir,
So’ngaklar uchadir, suyak uchadir –
Bu to’fon – xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.
Ammo siz sarg’aymang – gulli bog‘ bo’ling,
Yam-yashil ko’karing, mudom sog‘ bo’ling,
Bahorning bagʼrida beadog‘ bo’ling –
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig’mas, azizim...
Usmon Azim
#nazm
@kitob_ombori
Haruki Murakami haq
Hayot qisqa. Siz o'qigan har bir sahifa sizning qalbingiz va dunyoqarashingizni boyitishi kerak.Читать полностью…