kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

qani hamma maqtayotgan Super va Blue moon

sizlar ko'rdilarmi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men psixolog bilan gaplashish uchun pul to‘lash kerakligiga hech tushunmasdim, uyidagi divanning qayerda turishini ko‘rsatgani uchun dizaynerga pul to‘laydiganlar ham bor ekan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

САВОЛ

Нега йиғламайсиз, ҳали дунёда
Армонга илашиқ сўзлар тирикдир.
Нега йиғламайсиз, кезиб пиёда,
Топганимиз ҳижрон, алам шерикдир.

Нега йиғламайсиз, қўшиқ айтадур
Ҳамон юрагида синиғи борлар.
Нега йиғламайсиз, йиғлар қайдадир
Ҳали бирон куйни чалмаган торлар.

Нега йиғламайсиз, дунё кўрганлар
Кўзида ҳуркаклик намоён, зийрак.
Нега йиғламайсиз, кетмоқда тинмай
Ҳазрати Инсонлар, вафо ҳам сийрак...

Нега йиғламайсиз, юрак таъмирсиз,
Ҳеч кимса тўкисча бахтлиман демас.
Нега йиғламайсиз, ахир умримиз
Олдинга кетмоқда, орқага эмас.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Moskva ko'z yoshlarga ishonmaydi

Bu kinoni koʻp koʻrganman. Menga qandaydir yoqadi. Aniq sababini bilmayman. Balki ijrodir balki dublyajdir, bilmam. Hayotiy drama. Ammo albatta koʻrishli film.

P.S: Remark oʻsha vaqtlarda ham mashhur boʻlgan. Qaysi kitobi ekanligini kinoni koʻrib boʻlib shu yerga yozarsizlar.

#kinotavsiya

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun kechga menyu tanlanglar:

Folkyor zoʻr qoʻshiq eshitamiz;
Admin yaxshi bir kino tavsiya qiladi;
Orkestr ijrosida goʻzal bir qoʻshiq tinglaymiz

Bonusga, izoh yozberaman har biriga

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

+18 (qora yumor bo'lishi mumkin)

Uning yagona qobilyati bu – tarvuzni qo‘liga olib, “tars-tars” qilib urib ko‘rardi-da pishgan yoki xomligini aniq aytib berardi. Qolgan barcha ishlarga OMADSIZ!!! Avvaliga qo‘chqor boqdi. Bo‘lmadi. Selofan paket yeb o‘ldi. Keyin kimdir yo tovuq yoki tuyaqush boqishni tavsiya qildi. Bor-budini sotib bir dona tovuq va bir dona tuyaqush sotib olib, bir kattakka solib boqa boshladi! Ammo noto‘g‘ri tanlangan juftlik xalokatga yuz tutdi! Tovug‘i tuyaqushni tuxumini tug‘a olmay o‘lib qolgan bo‘lsa, tuyaqushi tovuqning xasratida vafot etdi! U qilib ko‘rdi bo‘lmadi, bu qilib ko‘rdi o‘xshamadi, faqatgina o‘xshagan ishi shu –ya’ni tarvuzni “tarsillatish”!

Qishloq ahli unga “Tarvuzchi” deb laqab qo‘ydi. U bozorga chiqsa o‘zlari bilan yetaklab yurgan o‘g‘illarini ishtonini yechib, unga tomon burishardida “Hoy tarvuzchi o‘g‘limni ketiga yaxshilab urib ko‘rchi kelajakda qanday inson bo‘lar ekan?” deb masxara qilishardi. Uni tushunadigan yagona inson bu bolalikda yetim qolgan vaqti asrab olgan, yuragi xasta qari kampir edi. U o‘zini 7 milliard inson ichidagi yagona baxtsiz deb hisoblardi. Xatto qishloqning eng xunik qizi ham u bilan sevishish tugul, gaplashishga or qilardi.

Yarim tunda omadsizligiga chiday olmagan bu yigit o‘rnidan turdi-da qo‘liga tarvuz olib, ichidagi bor dardu xasratini unga aytdi. Uning baxtsizligiga go‘yoki shu tarvuz aybdordek ichidan yog‘ilib kelayotgan alamini kaftiga yig‘ib, tarvuzni g‘azab aralash “taq” etib urganida, qo‘shni xonaga yotgan kampirning yuragi “paq” etib yorilib ketdi. Kampir vafot etdi. Endi uni bu qishloqqa ushlab turadigan hech narsa qolmagandi...

...Shaharga kelganiga uch oy bo‘ldi. Ish izlay-izlay oxiri topgani bozorga tarvuz yuklab-tushurish bo‘ldi. Taqdir degani shunday bo‘ladi. Uni ishga yollagan peshonasiga piyola qo‘ysang sig‘maydigan insonga butun shaharni boqa olishga yetgulik davlat bergan bo‘lsa, yarim gektarlik peshonasi bor bu yigitning sho‘rpeshonasiga tarvuzdan boshqa narsa yozilmagan ekan! Baxtsizligiga chiday olmagan bu yigit ko‘prikning ostiga o‘zini osmoqchi bo‘ldi. Endi ko‘prikning ostiga kelgan ham ediki, ko‘prik tepasidan savatdek keladigan tarvuz uchib kelib boshiga tegdi. U hushini yo‘qotdi. Ko‘zini ochganida esa qoramag‘iz bir qiz ko‘zlarida yosh bilan, kulib turardi. Bu qiz tarvuz sotuvchi qiz edi.

Bu sotuvchi qiz ham yetim, xechkimi yo‘q mushtipar bir qiz edi. Bozordagi olib sotarlardan tarvuz sotib olib ko‘prikka yaqin joyda, yo‘lning chetiga tarvuz sotardi. Ammo olib-sotarlar uni shunchalik ko‘p aldashar ediki, natijada olgan tarvuzlarini yarmidan ko‘pi xom chiqar, undan hech kim tarvuz sotib olmasdi. U ham bugun o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lib, avvaliga hamma tarvuzlarini ko‘prikdan tashlab, ularning ortidan o‘zi ham pastga qulab o‘lmoqchi edi.

Xumkallasidagi tarvuzdan qolgan g‘urrasiga nam sochiq bosib qizning hikoyasini eshitgan yigitning yuziga tabassum yugurdi. U dunyodagi eng chiroyli qizni topgandi. “Bundan keyin seni tarvuzlaring hech qachon xom chiqmaydi!” deb va’da bergan yigit xam qizning ko‘ziga eng mard va ko‘rkam bo‘lib ko‘rindi. Ikki yarim bir bo‘ldi !...

...Taqdir sen hech qachon oxirigacha yeta olmaydigan jumboqdir ! Ba’zida insonning to‘liq baxtga erishishi uchun uning o‘zidagi qobilyatlar yetarli emas ! Unutmaki seni qobilyatlaringni to‘ldiradigan bir qoramag‘iz qiz dunyoning qaysidir burchagida seni kutmoqda. Seni “qora qo‘ng‘iz” emasliging uchun ustingdan kulayotgan olamonning orasidan chiq! Chunki sen “tilla qo‘ng‘izsan” va ucha olasan!...


...Oradan to‘qqiz oy o‘tdi. Tarvuz “yutib qo‘ygan” sotuvchi qiz uxlab yotar ekan qorniga kimdir “tars-tars” urayotganligini sezib uchib tushdi. Ko‘zini ochsa eri! Uning qorniga ehtiyotkorlik bilan yana urib ko‘rar ekan yuzlariga kulgu bilan shunday dedi:

- Aniq o‘g‘il!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fotih Dumanning dastlabki kitobi 3 oy ichida 7 marta qayta nashr bo'ladi. Bu albatta kutilmagan muvaffaqiyat edi.
Yozuvchidan bir intervyuda "Hayotingizda burilish nuqtasi deb hisoblaydigan bir lahza yoki voqea bormi?" deb so'raladi. Shunda yozuvchi quyidagicha javob beradi:

Hayotimni va faoliyatimni eng muhim burilish nuqtasi albatta “Men” kitobini nashr qilinganidir. U mening adabiy faoliyatimda katta ta'sir ko'rsatgan. Lekin yana bir muhim voqeani eslab o'tmaslikni iloji yo'q.
O'shanda 25 yosh edim. 3-4 ta kitobim nashrdan chiqqan edi. Ammo men o'zimni hamon to'laqonli yozuvchiman deb hisoblamasdim. O'rganadigan narsalarim hali ko'p edi. Bir gal "Avlod" nashriyotiga bordim. U yerda men mashxur va usta yozuvchi Yovuz Bahadirog‘luni ishlashini eshitgan edim.
Ustoz yozuvchining ishxonasi eshigini taqillatib ichkariga kirdim. U menga qaradi va "Sen kimsan?" deb so'radi. "Men Fotih Dumanman" deb javob qaytardim.
U: "Xo'sh, mendan nima istaysan?
- Men sizdan ko'p narsalarni so'ramoqchiman, gaplarim ko'p, kirsam maylimi?" dedim. "Unday bo'lsa kiraqol" dedi. O'shandan beri o'sha eshikdan ko'p bora ustoz oldiga kirib chiqib yuraman. O'ylaymanki, bu men uchun hayotimdagi burilish nuqtasi. Chunki men Yovuz Bahadiro'g'ludan ko'p narsalarni o'rgandim.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Haqiqiy kitobxo‘rning portreti!
(shaxsiy talqinimda)


Mutola paytida ilhomlantiruvchi, eng "qaymoq" joylaridagi iqtiboslarni yozish uchun doim qo'lida qalam yoki highlighter bo'ladi.

Kompyuter yoki telefonida qoʻshimcha oʻqish uchun kitoblarning cheksiz roʻyxati mavjud bo‘ladi

Asarga ishlangan kinoni kitobi bilan solishtirmasdan shunchaki ko'ra olmaydi

Uyining har bir burchagi kitoblar bilan qoplangan bo‘ladi

Kitoblarni javonda tartiblash jarayonida huddi dollar sanayotganday zavqga to‘ladi

Boshlab qo‘ygan lekin tugallanmagan kitoblari juda koʻp bo‘ladi

Sevimli kitob qahramoni vafot etganida shaxsiy fojiani boshdan kechiradi

Yo'lda yoki ovqatlanayotganda qo‘li va ko‘zi doimo kitob o'qishda bo‘ladi

Agar biror joyda biror narsani uch daqiqadan ko'proq kutishga to'g'ri kelsa, har doim qo'liga kitobini olib o‘qiy boshlaydi

Chiroyli muqovali kitoblarni qadrini biladi

Yangi kitob chiqishini kutish azobini qalban his qiladi

O'ziga "yana bitta sahifa o'qiyman keyin uxlayman" deb va'da beradi, natijada kitobni oxirigacha o'qib qo'yib kun bo‘yi uyqusrab yuradi

Kitob do‘koniga har gal kirganida “buyuk insonlar” qurshovida bo‘lishni hissini tuyadi

Bilaman kanalimda bu hislatlarni o‘ziga jo qilgan kitobxo‘rlar to‘plangan🤓
Sizlar eng hos toifadansizlar.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nyu-Yorkning sershovqin avenyularidan oʻtib, Bruklindagi oʻsha tanish bino tomon mashinang rulini burasan. Kichkinaroq kafega kirasan. Burchakdagi ikki kishilik joyga sekin borib oʻtirasan. Boshdagi shlyapani stol ustidagi qoʻyasan, kastyumingni yechasan, koʻylagingni yenglarini shimalaysan va ofitsiantga imo qilasan. Bir necha daqiqadan soʻng stolingga bir stakan whiskey laqabli sharbat olib keladi. Kafe nimqorongʻi. Bir payt kafeni kichikroq sahnasining chirogʻi yonadi va qora tanli yoshi katta erkak qoʻlida saksafoni bilan chiqib keladi va asta senga tanish kuyni chala boshlaydi. Sen ichimligingni sekin xoʼplagancha hayollarga berilasan. Darrov hayolingga U keladi. U bilan oʻtkazgan damlaringni eslaysan. Miyangdagi kinolenta oʻtmish tomon aylana boshlaydi...

#jazz

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Xoʻsh, bugun nima eshitamiz?
Menyuda:
Jazz;
Blyuz;
Simfoniya;
Mumtoz kuylar bor.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitoblar bilan bogʻliq qanday odatlaringiz bor?

Masalan men kechki payt xonamda kitob oʻqisam oyogʻimni divan ustiga chiqarib olib, boshimni polga qoʻyib oʻqishni yoqtiraman. Bundan tashqari kitob sotib olayotganda doimo necha bet ekanligiga va kitob mundarijasiga qarayman.
Lekin hech qachon yangi kitobni hidlamayman. U kleyni hidi boʻladida 😄

Sizchi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

23 dan keyin postlarni yozishda juda ehtiyot boʻlish kerak. Bu paytda yozilgan post bilan kunduzi 11 da yozilgan postlar bir xil boʻlsada, tushunilishi ancha farq qilishi mumkin

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Har qanday muammoli vaziyatlarda tahminan mana shunday yo'l tutaman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Van Gog sindromi

Van Gog sindromi – bemor o'zini-o'zi operatsiya qilishi yoki muayyan operatsiyani bajarishni talab qilishi bilan namoyon bo'ladi. Sindromning asosiy klinik belgisi - bu o'z-o'zini jarohatlash (tananing ayrim qismlarini kesib tashlash) va/yoki jarrohlik operatsiyalarini bajarishda shifokorlarga doimiy talablar.

Ushbu sindromning mashxur rassom sharafiga nomlanishi ham bejiz emas. Versiyalardan biriga ko'ra, Van Gog psixologik muammolarni boshdan kechirayotgan kunlarning birida o'z qulog'ining bir qismini kesib tashlagan. (Boshqa bir versiyada uning qulog'i rassomning yaqin do'sti Pol Gogen tomonidan foxisha Rashel tufayli kelib chiqqan janjal payti kesib yuborilgan deyiladi.)


Ushbu sindrom ilk bor 1934-yilda "The Psychoanalytic Quarterly" jurnalida amerikalik psixiatr Karl Menninger tomonidan bayon qilingan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bitta hududda 10ta somsaxona bor. Ularning barchasi bir xil narxda bir xil somsa tayyorlab sotadi. Mazasida farq yo‘q. Ammo xaridorni 10ta somsaxona orasida qolgan 9taga emas, aynan siznikiga kirishga qanday “majburlash” mumkin?...

Marketolog Set Godinning “Pushti sigir” (Фиолетовая корова) qo‘llanmasida shu haqida so‘z boradi.

Yaqin davrgacha marketingda 4 “P” modeli asosida ish yuritish ustunlik qilgan. 4 “P” modeli – mahsulot (product), narx (price), savdo joyi (place), reklama (promoushn). Bu modelga ko‘ra, biznes 4ta yo‘nalishda rivojlantirilishi kerak:

Mahsulotning sifati, dizayni, xususiyatlarini yaxshilash;
Narxni pasaytirish, chegirma va bonuslar;
Reklama va piar;
Savdo nuqtalarini optimallashtirish, sotuvchi kadrlarni professional tayyorlash, savdo kanallarini kengaytirish.

Ammo Set Godinning fikricha, hozirgacha marketingning oltin modeli bo‘lib kelgan “4 P” endi samarasiz. Buning o‘rnini “pushti sigir” modeli egallab bormoqda.

#marketing #taqriz

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir necha marta o‘qib bo‘lingan, kitob javonlarida bekor turgan kitoblarni "qamoqxonadan" ozod qilib, boshqalar ularni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun kutubxonalarga sovg‘a/hayriya qilishni targ‘ib qiluvchi ajoyib reklama.

O‘qib bo‘lgan kitoblaringizni berib yuborgan bo‘larmidingiz?

Ha, aytgancha @kitobdoira da kimlarnidir kitoblari koʻpligidan javoniga sigʻmayotganini aytganmidi😉

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kun bu sodir bo‘ladi, juda kamdan kam hollarda, lekin albatta shunday bo‘ladi. Bir marta ko‘zingiz notanish kimsaning ko‘zlari bilan to‘qnashganda, siz bu odam eng yaqin do‘stingiz bo‘lishi mumkinligini tushunasiz. Siz, notanish kishi siz haqingizda hamma narsani bilishini va o‘z navbatida siz ham uni birga o‘sib ulg‘aygan, yaqin kishingizni taniganday yaxshi taniysiz. Ikkingiz ham huddi egzaklar kabi, tashqi tomondan emas balki ichkaridan o‘xshashlik borligini sezasiz.

Ha bu shu kabi sodir bo‘ladi, biroq bu uchrashuvlar ko‘pincha rivojlanmaydi. Chunki biz hammamiz nimalarnidir yozmasdan kelishishgan odamlar orasida yashaymiz. Bizda ikki notanish "Va nixoyat, seni uchratdim!" deb bir-birlariga tabassum va ishoralar bilan yugurolmaydilar, bu hol bizda bemaʼni, axmoqona va hatto odobsizlik deb nomlanadi. Odatda biz shunchaki o‘z yo‘limizda davom etamiz va eng yaxshi do‘st bo‘la oladigan notanish metro bekatida tushadi va odatdagiday hech narsa sodir bo‘lmaydi...

Aslini aytsam, bizning hayotimizdagi boy berilgan
ko‘p narsalarda ko‘proq o‘zimiz sababchimiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bernard Shou Ayot-Sent-Lourens nomli qishloqdachadagi uyida yashagan. Uyining hovli tarafida chiroylikkina moʻjaz bogʻi boʻlgan. Bogʼga kichikkina chorbogʻ ham qurdirgan boʻlib, u oʻsha yerda sokinlik va tabiat qoʻynida ijod qilishni yaxshi koʻrgan.

Bu chorbogʻga London deb nom bergan. Bu nom unga uyiga kelgan kutilmagan mehmonlardan qutilish uchun ham juda qoʻl kelgan.

Kimdir mister Shouni soʻrab kelsa uy xizmatchisini javobi quyidagicha boʻlar edi:

- Janob Bernard Shou ayni payda "London"da edi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Demak, folkyordan boshlaymiz. Eʼtiboringizga finlarning eng mashhur milliy qoʻshiqlaridan biri Ievan Polkkani taqdim etamiz.

Ushbu qoʻshiqni tarixi 18-asrga, Finlyandiyaning Rossiya bilan qoʻshni boʻlgan Viborgs provinsiyasiga borib taqaladi. Qoʻshiqni kim yozgani va kim bastalagani haqida manbaalar mavjud emas. Qoʻshiq odamlar orasida ogʻizdan-ogʻizga koʻchib yuravergan va 19-asrdagina manbaashunoslar tomonidan roʻyxatga olingan. Ammo 1995-yilgacha mashhur boʻlmagan. Qoʻshiqni mashhur boʻlishi, videodagi Loituma guruhi tomonidan biroz oʻzgartirilgan holatdagi ijro etilgani sabab boʻlgan va tez suratlarda dunyo boʻylab yoyilib mashhurlikka yetisha boshlagan.

Eng qizigʻi qoʻshiq soʻzlarida biror maʼno yoʻq. U turli harf birikmalaridan musiqa ohangiga mos boʻlgan qofiyalardan tuzilgan.

Men bu qoʻshiqni ilk bor asl holicha emas balki yaponiyalik vokalist Hatsune Mikuning cover variantida eshitganman.

Qoʻshiqni evolutsiyasini quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

#folkyor #music

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kanalda odam koʻpaytirishning nima qizigʻi bor?

Eng avvalo eʼtibor markazida turish gashti


Maktabda adabiyot, tarix, iqtisod va geografiya darslarida faol boʻlar edim. Bu fanlar menga haqiqatdan yoqar edi. Berilgan vazifalarni ortigʻi bilan bajarishga harakat qilar edim. Oʻzing oʻqigan va tushungan narsalaringni boshqalarga aytib berish ishtiyoqi hammada boʻladi. 30 kishi eʼtiborini qaratib turish va seni fikringizni eshitishini koʻrish odamga eyforiya beradi. Oʻz-oʻzidan qoniqish hissiyotini baxsh etadi. Ana endi bu son 100-1000-10000 boʻlsa qanaqa narsalarni his etishni qoʻyavering)

Oʻz ustingda ishlash uchun kuchli sabab

Nigohlar senga burilgandan soʻng senga qaraganlarni qoyil qoldirish vazifasi yuklanadi. Maktabda yuqorida aytgan fanlarimga tayyorgarlikni faqat kitobdan foydalanib qolmas edim. Uyimizdagi ensiklopedialar men uchun eng zoʻr manbaa boʻlgan. Bu kitoblarda mavzuga aloqador ajoyib misollar, voqealar boʻlar edi. Qoʻshimcha manbalar bilan ishlash natijasida oʻqituvchilar uchun "erkatoy oʻquvchi"ga boshqa bolalar oldida esa "yoqimsiz aqlli"ga aylangan edim. Ammo men gapirganda auditoriyadan pashshalarni xonishi ham toʻxtab, vakumdagi sukunat hukm surardi. Hatto seni kuching yetmaydigan "kuzir" sinfdoshing ham darsdan keyin "oʻoʻ mishqi, ashincha narsani qadan bilasan eee? Seni gapini eshitsam TVni koʻrayotgandek boʻlaman" deydigan gapiga kayf qilasan.

Ishingga nisbatan ragʻbatlantirishlar

Maktabda faol boʻlganing, oʻqituvchilarni nazariga tushishing, seni koʻpchilik tanishidan rahbariyat ham foydalanishni boshlaydi. Seni tadbirlarga jalb etadi. Turli-xil jamoat ishlariga vakil qiladi. Sinf rahbaring "starosta"likka seni nomzodingni ilgari suradi. Chunki seni taʼsir kuching keng. Ahir hatto sinfingdagi "kuzur" ham senga qoyil qolib, senga ozor yetkazmaydi-ku...

Xullas, menimcha qogʻozga oʻragan narsamdan meni nima demoqchi ekanligimni tushundinglar😄

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fotih Duman haqida shaxsiy qarashim hozircha neytral.
Ijodida va oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitoblarini yengil yoki sariq chaqaga arzimaydi deya olmayman. Chunki hozirgacha tarjimagsa qilingan kitoblari badiiy toʻqimalar emas. Real tarixda yashagan, tasavvufchi, ulamolarning hayotlarini badiiy koʻrinishda tasvirlagan.
Barchaga mashhur "Men. Bas qil ey nafs" kitobi ham atoqli ulamo, avliyoulloh Aziz Mahmud Xudoyi hazratlarini hayotlarini, ushbu zotning kibrini, nafsini qanday boʻsundirgani haqida hikoya qiladi. Unda insonni jismidagi nafsini jilovlash orqali axloqni, tafakkurni yuksaltirish bayon qilinadi.
Boshqa kitoblarida ham tarixiy shaxslarning hayot yoʻllarini hikoya qiladi.

Lekin har qanday holatda ham bir insonning shaxsiy qarashlarini absolyut haqiqat deb olmaslik kerak. Ayniqsa eʼtiqod mavzusidagi asarlarni oʻqish mobaynida asl va orginal manbalar bilan solishtirish lozim. Kimgadir bir ikki ogʻiz jumlalari tufayli koʻr-koʻrona ergashib boʻlmaydi.

Yana qaysi turk yozuvchisi haqida koʻproq bilishni xohlaysizlar?

#FotihDuman #yozuvchilar

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun O'zbekistonda qisqa muddatda katta muvaffaqiyat qozongan turkiyalik yozuvchi Fotih Duman va uning adabiy faoliyati haqida gaplashamiz.

Fotih Duman 1987-yilda Turkiyaning Sarkisla tumani Sivas shahrida tug'ilgan. 2010-yilda Dokuz Eylül universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. Bir muddat Iordaniya Davlat Universitetida ham talaba bo‘lgan Fotih Duman, Dokuz Eylül universitetida turk-islom adabiyoti bo‘yicha magistrlik darajasini ham olgan.

Ko‘plab gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan Fotih Duman, bir qancha muddat Moral FM radiosida ham boshlovchi bo‘lib ishlagan.

Adib ilk kitobini 22 yoshida yozadi. Uni fayl ko'rinishida elektron pochta orqali turli nashriyotlarga jo'natadi. Ular orasidan Generation Publishing nashriyotidangina javob xati keladi. Yosh adibning ilk so'ragan savoli "Mening kitobimni haqiqatdan ham nashr qilasizlarmi?" savoliga "Ha, yanaga oy bosib chiqarmoqchimiz" degan xabarni oladi...

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yaxshi gapira oladigan odam qisqa gapiradi.

Dostoyevskiy

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Demak bugun taniqli rus kompozitori, pioninochisi Dimitriy Shostakovichning Ikkinchi Valsʼini André Rieu simfonik guruhi ijrosida koʻramiz va tinglaymiz

#simfoniya #shostakovich

P.S: oʻzingizni 18 asr yevropasida, kiborlar davrasida yurgandek his qilib koʻrishingizga yordam beradi. Masalan, Janob Darsi va Elizabet Bennet ana shunday raqs kechasida tanishib qolishadi hamda raqsga tushishadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Muhammad Amin Shinqitiy rohimahulloh yolg‘on guvohlik haqida leksiya o‘qiyotgandilar. "U nimaga o‘xshaydi?", deb qoldi o‘tirganlardan biri. U kishi hozirjavoblik bilan:

"Universitetdan oladigan shahodatnomangizga o‘xshaydi",

deya javob bergan ekanlar.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sukunat va tabassum ikkita kuchli quroldir. Tabassum ko'p muammolarni hal qilish yo'lidir, sukunat esa ulardan qochishga yordam beradi.

Paulo Koelo

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​Prokrastinatsiya qonuni. Vazifani qanchalik uzoqroqqa qo‘ysangiz, uni boshlash ham shunchalik qiyin bo‘ladi.

Prekrastinatsiya qonuni. Vazifani muddatdan ertaroq bajarish uni sifatsizligiga, odamni esa charchoq va stressga olib keladi.

Karlson qonuni. Har qanday to‘xtatilgan ish 3 barobar ko‘proq vaqtni oladi va uch barobar charchoqqa olib keladi.

Doberrin qonuni. Vazifani bajarish uchun qancha ko‘p vaqt bo‘lsa, uni bajarish uchun shuncha kam vaqt qoladi.

Illich qonuni. O‘qish yoki ish soatlarining ko‘payishi samaradorlikning pasayishiga olib keladi.

Hofshtadter qonuni. Har bir narsa har doim siz kutganingizdan ko‘proq vaqt talab etadi, hatto ushbu qonunni hisobga olsangiz ham.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​Yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘ladi?

Jahon iqtisodiy forumi 2025-yilga borib quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga talab yuqori bo‘lishini ma’lum qilgan.

Ro‘yxat qiziqarli, chunki inson, jamiyat va madaniyatning rivojlanishidagi ikki muhim yo‘nalishni ko‘rsatadi.

1.Muammoni tag-tugi bilan hal qilish (Complex problem solving)

2.Tanqidiy fikrlash (Critical thinking)

3.Keng ko‘lamdagi ijodiy yondashuv (Creativity)

4.Odamlarni boshqara olish qobiliyati (People management)

5.Odamlar bilan muomala qilish (Coordinating with others)

6.Hissiy intellekt (Emotional intelligence)

7.O‘z fikriga ega bo‘lish va qaror qabul qilish (Judgment and decision-making)

8.Mijozning ko‘nglini topish (Service orientation)

9.Muzokara olib borish(tashqi siyosat) qobiliyati (Negotiation)

10.Tafakkurning moslashuvchanligi (Cognitive flexibility)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bozorga taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatingizda unikallik, barchadan ajralib turuvchi o‘ziga xoslik (rus tilida “изюминка” deyiladi) yaratish orqali xaridor e’tiborini jalb qilishingiz mumkin. Pushti sigirning sehri mana shunda. Bu mahsulot uchun qo‘shimcha bonus (сюрприз), original yondashuv bo‘lishi mumkin.

Bozorda raqobat juda kuchli. Zo‘rdan zo‘r chiqadi. Bu raqobat to‘lqinidan – podadan ajralib turish uchun hamma singari oq yoki qo‘ng‘ir emas, balki pushti tusdagi sigirga aylanish kerak. Shunda sizni ilg‘ab olishadi.

O‘ziga xoslik nima?

Qoliplardan istisno tarzida yaratilgan, odatdagidan tashqari, diqqatni tortuvchi, qiziqarli, ilg‘ab olmaslikning iloji yo‘q – mana shu originallik. Xaridor tanlov qilayotganda siz 10ta qo‘ng‘ir rangning ichida bitta pushti bo‘lib ajralib turishingiz kerak.
Tovar/xizmat uchun “изюминка” – original jihat reklama orqali yoki bosqichma-bosqich joriy qilinmaydi. U tovarning birlamchi asosini tashkil etishi kerak.

Yaratilmagan narsaning o‘zi qolmagan. Ularning orasida zig‘ircha qiziqish uyg‘otmaydigan mahsulotlar ham talaygina. Sizni ham qiziq emas deb o‘tkazib yubormasliklari uchun pushti buzoq modelidan foydalanishingiz kerak.

Oddiy bir misol. Qatnov zich bo‘lgan hududda 10ta somsaxona bor. Ularning barchasi bir xil narxda bir xil somsa tayyorlab sotadi. Mazasida farq yo‘q. 10ta somsaxona orasida qolgan 9taga emas, aynan siznikiga kirishlari uchun nima qilish kerak? Somsa uchun semirtiradigan bug‘doy unidan emas, ortiqcha vazn hosil qilmaydigan makkajo‘xori unidan foydalanib ko‘rsangiz-chi? Bu o‘rinda maza ham o‘zgarmay qolsa?... “Bizning somsalardan istagancha yeyishingiz mumkin, ortiqcha vazn haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas” deb reklamani ham bosaversangiz bo‘ladi.

Mahsulotni qanday promoushn (reklama) qilish mumkin?

Eski tipda ishlovchi marketologlar televideniye reklamasiga zo‘r berishni yoqlashadi. Emishki, televideniye eng katta auditoriyani qamrab oladi. Ammo hozir bunday emas.
Shunaqa mahsulot ishlab chiqaryapmiz, xaridor bo‘ling, deb qichqirish foyda bermaydi. Mahsulotingiz odatdagidan farq qilmasa, har qancha qichqirmang, xaridor sizni eshitishni istamaydi. Unda nima qilish kerak?

Yangilik yaratish kerak! Hech kimda bo‘lmagan yangilikni. Ustimdan kulishadi, qabul qila olishmaydi, degan o‘yni bir chetga yig‘ishtirib, bum bo‘ladigan yangilik qilish kerak.

Xulosa. Kitobning asosiy g‘oyasi:

Raqiblar orasida ajralib turishni istasangiz, pushti sigir bo‘ling. Reklamaga emas, balki innovatsiyaga resurs sarflash kerak.
Bir-biridan farqlanmaydigan 10ta mahsulot tinimsiz reklama qilinsa ham xaridor unga diqqat qaratmasligi mumkin. Chunki reklama xaridor chaqirishning samarali usuli bo‘lmay qoldi. Ammo o‘ziga xos, unikal bo‘lgan, narigi 10ta tovardan ajralib turadigan mahsulot reklama qilinmasa ham, xaridor o‘zi topib boradi.
Marketingning yangi qoidalari bilan o‘ynang. Avvalo o‘zingizga e’tibor qarating, reklamaga emas.

#taqriz #marketing

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Inson biron narsadan zavq olishi uchun o‘sha narsani yo‘qligi azobini tortib ko‘rishi kerak. Ochlik singari, sovuq singari, yolg‘izlik singari... Lekin o‘zi istagan narsaga erishgach, zavq yo‘qoladi. Shunday qilib, vaqtinchalik qoniqish hissini olish mumkin, lekin davomiy ravishda baxtli bo‘lish umuman imkonsiz.

Zigmund Freyd

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel