Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bu hikoyani har yili kamida 1 marotaba o'qiyman. Ammo bu safar audioda eshitdim va ... boshqacha maza qildim.
Nargiza Mirzayeva juda professional tarzda ovozlashtirganki men o'zim uchun qadrdon qahramonlarni qayta kashf etgandek bo'ldim. Ushbu audiohikoya "Mutolaa" loyihasi doirasida ovozlashtirilgan.
Hikoyani eng ta'sirli qismi men uchun 30:16 mana shu joyi. Vatan haqida men o'qigan va eshitgan eng zo'r ta'rif.
@kitob_ombori
Kuz keldi muhabbat rangida 🍁
***
Ikkimiz o‘rtandik
Sog‘inchda, yulduz.
Armonda to‘lg‘ondik –
Kuz keldimi? Kuz…
Olislardan mayin
Yondirma, ey, cho‘g‘.
Seni suygan sayin
Armonlarim ko‘p.
Biroq g‘am – behuda,
Ayriliq – bekor.
Kuzda – chin tuyg‘ular –
Diydor ko‘rmoq bor.
Ammo bu visolning
Armoni ko‘pdir –
Diydor bor va lekin
To‘ymoqlik yo‘qdir.
Usmon Azim
@kitob_ombori
AVGUSTNING SO‘NGGI KUNLARI
Susaymoqda Quyoshning tafti,
Yastanadi cho‘lga saraton.
Ishqab oppoq, sovqotgan kaftin,
Xuv olisdan boqar qahraton.
Barglar hazin - yashashdan tolib,
Ilinj ila mo‘ltillab turar,
Xazonlikni bo‘yniga olib,
To‘shalishga taraddud ko‘rar.
Samo ko‘z yosh to‘kishga tayyor -
Yo‘qotgandek salomatligin,
Va nihoyat his qilar ilk bor
Tabiat ham omonatligin...
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
Kitobxonlik toʻgʻrisida Kamoliddin Rabbimov. Manba
Читать полностью…Dzyudo bo‘yicha Parij Olimpiadasi bronza medali sohibi Muzaffar To‘raboyev "Sportchi bo‘lish qiyin, ilm-fanni o‘rganish oson" degan fikrni bildiribdi. Ha, bu uning shaxsiy fikri. Bu uning dunyoqarashi.
Lekin idealida unday emas. Har ikkalasi birdek qiyin, birdek muhim. Aslida biz ularni o'zaro solishtirishni so'rayotganimiz ham yo'q, shunchaki taqdirlashga kelganda nega ikki xil munosabat ko'rsatilayotganidan hayronmiz. Bizda sportga (undayam hammasi emas, faqat 1-2 ta sohasi) e'tibor prioritet darajasida. Biz dunyoga shunday tanilishni istaymiz. Tanilish — muhimroq bizga.
Farqi shunda.
@panda_books
«Men!» deb bong urasan shomu saharda,
Go‘yo haqqoniydek aytar so‘zlaring.
Hammani bir xilda ko‘rsang agarda,
Teshilib qolarmi sening ko‘zlaring.
Yo‘lning chekkasida majruh bir inson,
Madad so‘rab turar sendan ehtimol.
Mabodo uzatsang unga parcha non,
Qo‘llaring mayishib, bo‘larmikan shol.
Qarshingda turibdi yosh bir iste’dod,
Balki olamshumul bo‘lajak daho.
Bir og‘iz so‘z aytib, bersang gar imdod,
Tillaring kesilib qolgaymikan yo?
Bir siymo ilmning bo‘lmish sardori,
Balli, el-yurtiga olib kelmish shon.
Sen uni qutlasang ko‘plar qatori,
Chiqib ketarmikan tanangdagi jon.
Afsuski, yaxshilar tortadi kulfat,
Yomonlar g‘olibdir, yotar qalashib.
Yo‘qdir bundaylarda zarra fazilat,
Inson nomin olgan ular adashib.
Abdulla Oripov
@kitob_ombori
Bugun pontlar haqida gaplashamiz.
Ko'p maqtanaverish muammolarni berkitish uchun qilinadi yoki muammolarga olib boradi do’stlar.
Afinaning eng taniqli binolari Perikl davrida qurilgan. Qonli urush, ocharchilik, Grek imperiyasining qulashiga ham aynan u sababchi bo’lgan.
Hindistonda dunyodagi eng chiroyli deyilgan maqbara bor - Tojmahal. Uning qurilishi Shohjahon imperiyasini bankrotlikka olib borgan.
Luis XIV davrida Versalni kengaytirish, moliyaviy inqirozga, keyin esa Fransuz revolutsiyasiga ulanib ketgan.
Tadbirkor shaxsiy brendiga ko’proq vaqt ajratgani sari, jamoasi qiyinchiligi ortib boraveradi.
Ijtimoiy tarmoqda baxtli ekanligini eng ko’p gapiradiganlar, eng baxtsizlar bo’ladi.
Puli ko’pligini atayin ko’rsatayotganlar, asosan pulingizni olish uchun qilayotgan bo’ladi.
Ishlar ko’ringanidek emas. Boylar berkitadi, baxtlilar jim yuradi, qilayotganlar gapiravermasdan, qiladi.
Maqtaganni yuziga tuproq soching. Maqtangandan esa qoching. Ikkalovidan ham foyda topilmaydi azizlar.
Aziz Rahimov
@kitob_ombori
G'arbda kitob nashriyotlari zamon va texnologiyalar bilan hamnafas yashashmoqda.
Hozirgi gadjetlar zamonida odamlarni kitoblar sotib olishlariga undash anchagina murakkab ish. Ammo ilojsiz narsa emas.
Videodagi Murakamining yangi kitobi muqovasi yuqoridagi fikrimga misol bo'la oladi.
#yangilik #dunyokitoblari #muqova
@kitob_ombori
Go‘daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri.
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon".
Qaytar edim ko‘chadan doim
Burnim pachoq, usti boshim qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga.
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga.
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Meni so‘kmang! Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi savdogarmasman.
Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas, man.
Shaharda ham qolmog‘im mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman,
Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston, she’rlarga,
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga
Shamollar ham qo‘shiq aytar soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib yurarman.
Burnim oqsa yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman.
Qor quyunin tinglarman behis,
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz,
Yashamasman yorug‘ dunyoda.
Sergey Yesenin
@kitob_ombori
Agar siz rejissiyor bo'lganingizda qaysi kitobni kinosini olgan bo'lar edingiz va bosh rollarga kimni tanlar edingiz?
Читать полностью…Sen esa endi kitob oʻqiyotganingda telegramdan xabar kelib qolsa oʻsha xabar bahona nechadir minut netni kezib chiqasan. Keyin esa kitob oʻqiging ham kelmay qoladi
Читать полностью…Men yoqtirma (like) soʻrab yurishni oʻzimga ravo koʻrmimanda.
Shu sabab iltimos oʻzingiz indamasdan, imi-jimida bosib qoʻyoring. Mayagʻdagi odamga sal motvassa boʻlarmishda🙄
Klassika - bu hamma oʻqish kerak deb bilgan ammo juda kamchilik oʻqiydigan narsa!
Masalan siz "Urush va tinchlik"ni klassika deb bilasiz ammo hali oxirigacha oʻqimagansiz
Yoz xuddi dam olish kunlaridek. U juda ham ajoyib va shu bilan birgalikda juda ham tez o‘tib ketadi.
Iyun - juma, iyul - shanba, avgust - yakshanba.
Marina Svetayeva
#iqtibos
@kitob_ombori
Yuqori darajadagi san'at asarlari qattiq mashaqqat va cheksiz sabr orqali yaratiladi.
Salvador Dali rasm chizish jarayonida. 1949-yil
— Bu nima bo‘lmasa? Men Yangulining ko‘kragini ochib, baland ovozda o‘qidim:
Hellados.
— Bu — naqsh, Jamol. Vatan — ichkariroqda, naqd yurakning o‘zi-da!
Yanguli qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.
@kitob_ombori
Ushbu kutubxona barchamizni yoshligimizdagi suyukli multfilm boʻlgan "Sohibjamol va mahluq"dagi ertakona kutubxonaning haqiqiysi ekanligini bilarmidingiz?
1776-yilda Avstriyada qurilgan Admont Abbey kutubxonasi dunyodagi eng katta monastir kutubxonasi bo‘lib, barokko me’morchiligining eng yorqin durdonasidir.
Uning nafislik ila bezatilgan marmardan yasalgan zallari, shiftlariga oʻzga olam goʻzalliklarini namoyon qilib turgan murakkab freskalar, oltin naqshlari necha zamonlardan beri bu yerga tashrif buyurgan odamlarni hayratda qoldirib kelmoqda. Ushbu monastir kutubxonada qadimiy qo‘lyozmalar va ilohiyot asarlaridan iborat nodir to‘plamlar saqlanadi.
Kutubxonaning go‘zal ichki bezagi, ayniqsa rassom Bartolomeo Altomonte tomonidan yaratilgan shift freskalari, uni tarixiy kutubxonalar orasida haqiqiy javohirga aylantirgan.
#kutubxona
@kitob_ombori
Birinchi o‘n kitobni o‘qib bo‘lgach, o‘zingizni dunyodagi eng dono insondek his qilasiz va har qanday faylasuf yoki mutaxassisga qarshi chiqishga tayyorman deb o‘ylaysiz!
Ellik kitobdan so‘ng, sigaret chekishni boshlaysiz, kundalik tartibni va qahvani sevib qolasiz, va kafelarda yolg‘iz stollarni tanlashni boshlaysiz.
Ikki yuz kitobdan so‘ng, jiddiy kitoblar bilan past saviyadagi kitoblarni ajratishni o‘rganasiz ... qo‘lingizga qalam olib, eslatmalar yozasiz, hatto qo‘llaringizga yozishingiz mumkin, yoki ehtimol eslatmalar uchun daftar sotib olasiz, charm sumka va shifokorga o‘xshab qalin ko‘zoynak taqib yurishni boshlaysiz. Har holda, juda sokin insonga aylanasiz.
Ikki yuz ellik kitobdan so‘ng, odamlar bilan aloqani yanada ko‘proq uzasiz...mashhur qo‘shiqlar yoki ommabop dasturlar sizga yoqmaydi, o‘zingizning alohida dunyongizda yashaysiz va o‘zingiz kabi bir aqldan ozgan odamni topish uchun aqldan ozgandek izlay boshlaysiz!
Uch yuz ellik kitobdan so‘ng, o‘tmishda qanchalik ahmoq bo‘lganingizni tushunasiz va hali ham faqat birozgina narsalarni bilayotganingizdan o‘zingizni yanada ahmoqroq his qilasiz!
To‘rt yuz kitobdan so‘ng, yuragingizning kuchli urishini his qilasiz va o‘zingizga o‘xshagan bir ayolni sevib qolasiz, ehtimol uni kutubxonada yoki milliy muzeyda topasiz, yoki uni kitob sahifalari orasida adashgan holda ko‘rasiz!
Besh yuz kitobdan so‘ng, oynaga qarab, o‘zingizdan fahrlana boshlaysiz va yozishni boshlaysiz, va bu esa endi boshqa bir hikoya...
Facebookdan
@kitob_ombori
2024-yilni 8 oyini yashab qoʻyibmiz.
Ertagela "ertaga 2025-yil ekan" deb turamiz.
Shu 8 oy ichida nechta kitob oʻqidingiz? Va ularni ichida eng katta taassurot qoldirganlari qaysilar boʻldi?
-Hozir ahmoq bo'lish ham qiyin
-Nima uchun?
-Raqobat kuchli
nima kino ko'rishni taklif etasizlar?
a lekin mashhur TOP kinolarni hammasi ko'rib bo'lganman
Kitobxon yigitlar uchun emish😂😂😂
@kitob_ombori
"Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U kundalik mashqni talab qiladi".
Charli Chaplin
#iqtibos
@kitob_ombori
2002-2024-yillar oralig'ida Oscar mukofotini qo'lga kiritgan 22 ta animatsion film
Siz ushbu multfilmlardan qay birini ko'rgansiz?
#cartoon #cinema
@kitob_ombori
https://www.instagram.com/channel/Abb_amDA6nhl-_Jl/
Instagramda ham matnlar uchun kanal ochdim
Qoʻshilinglar instadoshlar
P.S: qoʻshilmasangiz ham yoqtirma belgisini bosib ketinglar. Mahallamga ovoz soʻramayapmanu😏
Viktor Gyugo “Parij ibodatxonasi" (“Notre-Dame de Paris”) asarini yozish chog‘ida chalg‘imaslik uchun ajoyib usul qo'llaydi. Adib soch va soqolining yarmini olib tashlab, qaychini derazadan tashqariga uloqtirib yuboradi. Shu yo'l bilan u o'zini soch-soqoli o'sguncha uyda o'tirishga majbur etadi va romanni mo'ljallangan vaqtda yozib tugatadi.
Shuningdek, “Xo‘rlanganlar” romanini qog‘ozga tushirish paytida yozuvchi boshqacha usulda ishlaydi. U Bryussel shahrida attordan bir xonani ijaraga oladi. Viktor ertalab va kechqurun yozar, ish stoli sifatida esa attorning xontaxtasidan foydalanardi. Xo‘jayin yo‘q paytlarda xaridor kelib qolsa, ishini to‘xtatib, savdo-sotiq qilar edi. Qizig‘i, bu holat uni chalg‘itmas hamda fikrlari oqimini to‘smasdi.
From Nota bene!📜
@kitob_ombori
Olimlar nutqi ravon bo‘lmaganlar tez stressga tushishini aniqlashdi
Jamiyatda ayrim insonlar juda bilimli bo‘lishsa-da, o‘zidagi bilimni so‘zlar bilan yetarlicha yetkazib bera olmaslikdan qiynalishadi. Yoki oddiy insonlarda ham nutq g‘alizligi, so‘zlarni to‘g‘ri tanlay olmaslik oqibatida asabiylashish holatlari uchraydi. Xatolar bilan gapiradigan odamlar suhbatdoshlarining e’tiborini yo‘qotadilar va boshqa odamlarning ko‘z o‘ngida ularning jozibadorligi pasayadi.
Yaqinda Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ravon bo‘lmagan nutqli insonlarda stress darajasi oshadi.
Hadeb uylanmaysizmi deb soʻrayverganlarga...
Uzr, ammo hozircha uylanolmayman. Birichidan meni buyragimda toshchalar bor; ikkinchidan, men ayni paytda pulsizman; uchinchidan esa, hali o'zimni uylanish uchun juda yosh hisoblayman.
Iltimos, menga yana ikki-uch yil erkin yurishga imkon bering, keyin esa, ehtimol, chindan ham uylanarman.
“Hadisu arba’iyn” sharhu Usfuriy kitobida kelishicha, hazrati Ali ibn Abu Tolib (r.a), u zotning oldiga kelib bir xil savol bergan o‘n kishining “Ilm afzalmi, mol-dunyo afzalmi?” degan savoliga “Ilm afzal” deb javob berdilar va o‘n kishiga o‘n xil dalil keltirdilar.
Birinchisiga: “Ilm payg‘ambarlarning merosidir, mol esa Qorun, Shaddod, Fir’avn va boshqa shunga o‘xshaganlarning merosidir!” – dedilar.
Ikkinchisiga: “Ilm seni qo‘riqlaydi, molni esa sen qo‘riqlaysan”, – dedilar.
Uchinchisiga: “Mol egasining dushmani ko‘p bo‘ladi, ilm egasining do‘sti ko‘p bo‘ladi”, – dedilar.
To‘rtinchisiga: “Molni sarflaganing sari u kamayib boradi, ilmni sarflaganing sari u ko‘payib boradi”, – dedilar.
Beshinchisiga: “Mol egasini baxil-qizg‘anchiq degan nom bilan malomat qilib chaqirishadi, ilm egasini esa izzat-ikrom va hurmat-ehtirom bilan chaqirishadi”, – dedilar.
Oltinchisiga: “Molni o‘g‘ridan saqlab yashiriladi, ilmni esa o‘g‘ridan saqlab yashirilmaydi”, – dedilar.
Yettinchisiga: “Molning egasi qiyomat kuni hisob-kitob qilinadi, ilm egasi esa qiyomat kuni shafo’at qiladi”, – dedilar.
Sakkizinchisiga: “Mol uzoq vaqt turishi va zamonlar o‘tishi bilan eskiradi (va qadri ketadi), ilm esa aslo eskirmay va qadri ketmaydi”, – dedilar.
To‘qqizinchisiga: “Mol qalbni qoraytiradi, ilm esa qalbni yoritadi – yorug‘ va nurli qiladi”, – dedilar.
O‘ninchisiga: “Molning egasi bora-bora xudolikni da’vo qiladi, ilm egasi esa hamisha bandalik maqomida turadi”, – dedilar.
So‘ng dedilar: “Agar mendan yana shu savolni so‘rayverishsa, to o‘lgunimcha shunday (“Ilm moldan afzal”) deb javobni beraveraman!” Keyin ular kettilar va hammalari iymon keltirib, musulmon bo‘ldilar...
@kitob_ombori
Men tez-tez o‘zim bilan gaplashib turaman. Nafaqat meni hech kim eshitmaydigan uyda, balki ko‘cha-kuyda, ofisda o‘tirganimda, biror narsa harid qilayotganimda ham shunday yo‘l tutaman.
Men ovozimni chiqarib o‘ylashni yoqtiraman—bu menga o‘ylaganlarimni amalga oshirishimga katta yordam beradi.
Bundan tashqari bu xatti-harakatim men haqimda boshqalarda, telba bo‘lsa kerak, degan tushunchani uyg‘otadi. Faqat jinnilargina miyalarida paydo bo‘lgan ovozlar bilan gaplashishadi, agar kimdir o‘ziga o‘zi ming‘irlab yursa, demak uning joyi ruhiy kasalliklar shifoxonasida, deb ko‘pchilik o‘ylaydi.
Sizga aytadigan ajoyib yangiligim bor: olimlarning aniqlashlaricha, o‘z o‘ziga gapirib yurish, komillik va muvaffaqiyatga olib boruvchi yo‘l ekan!
Daniel Svigli va Geri Lyupian olib borgan psixologik tadqiqotlar xulosasi ruhiy tadqiqotlar yoritib boriladigan mavsumiy jurnalda chop etildi. Unga ko‘ra kishi o‘z-o‘zi bilan gaplashsa, bu foydali emish.
Haqiqatan ham dunyodagi eng aqlli kishilarda bu odat bo‘lgan. Nasr va nazm ham o‘z-o‘ziga gapirishning monolog ko‘rinishidagi turi. Buyuk olimlar ham o‘ziga o‘zi gapirib yurishgan. Albert Eynshteynning biografiyasidan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, u ham kishi bilmas holatda o‘ziga o‘zi gapirib yurgan.
O‘zimiz bilan o‘zimiz suhbatlashimiz bizga tezkor o‘ylashga turtki beradi
Bu borada o‘tkazilgan navbatdagi tadqiqot quyidagicha ko‘rinish oldi: ko‘ngillilar qo‘liga 20 mahsulot nomi yozilgan ro‘yxat berildi va ularni supermarketdan izlash yuklatildi. Boshida ularga jimgina qidirish, keyingi bosqichda esa mahsulotlar nomini ovoz chiqarib izlash buyurildi.
Xulosa shunday bo‘ldiki, ikkinchi bosqichda odamlar mahsulotlarni tezroq topishdi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘z-o‘ziga gapirish xotirani oshirib, e’tiborni bir joyga jamlashga sabab bo‘lar ekan. Bu qachonki nimanidir judayam qattiq istaganingizda va uni qidirganingizda yordam beradi.
Lyupian tushuntiradi: “Agar siz qidirayotgan narsangizning qanday ko‘rinishga ega ekanligini bilmasangiz yoki qanday harakatlanishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasangiz, unda miyangiz qarama-qarshi buyruq oladi. Ana shunda miyangiz ishlayotganini sezasiz. Boshqa tomondan olib qaraydigan bo‘lsak, agar siz bananlarning sariq va uzunchoqligini bilsangiz, unda o‘zingizga o‘zingiz “banan”, deb takrorlang va siz ularni osongina topib olasiz”.
O‘z-o‘ziga gapirish e’tiborni bir joyga jamlashga yordam beradi
Atrofga yosh bolalar nigohi bilan qarang. O‘ynash va o‘rganish jarayonida ular o‘zlari bilan o‘zlari gaplashishadi. O‘z-o‘ziga gapirish e’tiborni jamlashga va vazifalarni bosqichma-bosqich bajarishga yordam beradi. Mashinalari bilan o‘ynayotgan bolakay o‘z-o‘zi bilan taxminan mana bunday suhbat qurishi mumkin: “Yuk mashinasi garajga sig‘maydi, borib kichikrog‘ini olib kelaman”. U shunda o‘z-o‘ziga buyruq bergan va harakatlarini maqbullashtirgan hisoblanadi.
O‘z-o‘ziga gapirish fikrlarni tartibga solishga ko‘mak beradi
Hisobsiz va tartibsiz fikrlar miyamda g‘ujg‘on o‘ynashadi va ularni boshqara olmay, miyam g‘uvullab ketadi. Ana shunda ovoz chiqarib gapirishni boshlasam, ular tartibga tushadi va bir tekis ishlay boshlashadi. Men o‘zimga o‘zim psixoterapevtman — ovozimni chiqarib gapirib yurishim bir vaqtning o‘zida meni tinchlantiradi va tetiklashtiradi.
Psixolog Linda Sapadin shunday deb tushuntiradi: o‘z-o‘ziga gapirish orqali inson muhim va jiddiy masalalarni yechishda qiynalmaydi. “Bu holat miyaga nima muhimu, nima ikkinchi darajali ekanligini ko‘rsatib beradi”.
Va keyin barchaga ma’lumki, ma’lum bir muammoni har etish uni muhokama qilish orqali amalga oshadi. Shu bois sizni sabr bilan eshituvchi o‘zingiz bilan bemalol va behijolat suhbatlashing.
O‘z-o‘ziga gapirish maqsad sari eltadi
Har Yangi yilda oldimizga bir qator maqsadlar qo‘yamiz. Hatto ularning ro‘yxatini ham tuzib chiqamiz. Ammo keyinchalik ular ko‘zimizga erishib bo‘lmaydigandek, baland tog‘ cho‘qqilari misol ko‘rinishadi va biz bariga qo‘l siltab qo‘ya qolamiz.
Bilaman, biz ko‘pchilikmiz 🫶
@kitob_ombori