kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Irlandiyada kartoshka juda yaxshi moslashib ketgan savzavot. U mamlakatda 1590-yildan tarqala boshlagandayoq, aholiga darhol ma’qul bo‘ldi. Chunki Irlandiya iqlimida, hatto unumsiz tuproqda ham u tez o‘sardi.

Biroq, 1845-yilda kartoshkaga oomitsetlar, ya’ni mitseliy mikroorganizmlari zarar yetkazdi. Mamlakatdagi barcha dalalarning uchdan bir qismi kartoshka ekilgani va deyarli barcha kartoshka bir xil navda bo‘lgani sababli, hosilning deyarli hammasi nobud bo‘ldi. Iqtisodiy va siyosiy muammolar tufayli vaziyatni tezda hal qilib bo‘lmadi. Bu hodisa Buyuk Ocharchilik deb nomlandi.

1841-yilda Irlandiya aholisi 8 milliondan ortiq edi. Buyuk Ocharchilik yillarida 1,5 milliongacha odam halok bo‘ldi va yana shuncha kishi mamlakatni tark etdi. Hozirgi kunda mamlakatda aholi barqaror o‘sib borayotgan bo‘lsa-da, 5 million kishini tashkil etadi. Rasmda esa Dublinda joylashgan Buyuk Ocharchilik qurbonlari yodgorligi tasvirlangan.

#history #tarix #история

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yer yuzidagi ilk sivilizatsiya.

Shumerlarning insoniyat tarixidagi eng ahamiyatli ishi Dajla va Frot daryolari oqimini boshqarishni o'rganib olishlari bo'lgan.

Ular to'g'on qurishni yo'lga qo'ygach yillik suv toshqinlari ortiqcha muammo tug'dirmay qo'yadi. Bu esa yil davomida hosil olish imkonini berardi.

Natijada, birinchi sivilizatsiya paydo bo'ladi. Chunki oziq-ovqat muammosi hal qilinishi bilan odamlarda ko'chmanchi hayot kechirishga ehtiyoj qolmagandi.

#history

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tolkien Oʻrta Yer olami yaratuvchisi, isteʼdodli yozuvchi boʻlibgina qolmay, dunyoga mashhur filolog ham boʻlgan. Filologiya fanlari doktori boʻlmish Tolkien Oksford professori ham edi. U oʻzi yaratgan olamlar uchun tillar oʻylab topishni yaxshi koʻrgan va manbalarda yozilishicha 10 fan ortiq sunʼiy tillar yaratgan. Ulardan biri Elf tilidir. Ushbu tilni esa 10 ha yaqin dialekt (shevasi) bor.

Elf tillaridan biri, Sindarin, Yandex Translator tomonidan tushunilar ekan. Sindarin tili murakkab grammatikaga ega. U oʻzining fonetik tizimi, yozuviga ega. Grammatikasida ko'pliklar va jinslardan ham foydalaniladi.

#linguistic

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Lo‘lilar kim? Lo‘lilarning tarixi.

Lo‘lilar (jo‘gilar) — ko‘chmanchi xalq. Lo‘lilarning, asosan, 2 guruhi: Yevropa lo‘lilari va O‘rta Osiyo lo‘lilari bor. Lo‘lilar aslida Hindistondan tarqalgani haqidagi ma’lumotlar - haqiqat. Lo‘lilarning dastlabki guruhlari V-VII asrlarda va keyingi davrlarda Shimoliy Hindistondan tarqala boshlagan.
Jahon miqyosida lo‘lilar 18 000 000 kishini tashkil etadi. Lo‘lilarni turli mamlakatlarda turlicha nom bilan atashadi: inglizlar – «travels», «gipsy», turklar – «qoracha», ruslar – «рома», «циган», eronlar – «kosib», «zargar» va hokazo. O‘zbekistonda ularni «lo‘li», «mo‘ltoni», «jo‘gi» kabi nomlar bilan atashadi. "Mo‘ltoni" deb atalishini esa bevosita Mo‘lton shahri bilan bog‘lash mumkin. O‘rta Osiyo lo‘lilarining ayrim guruhlari «jo‘gi» (hindchada kambag‘al, qashshoq degani), «hindistoniy», «bo‘lujiy» deb atalishi ham lo‘lilarning asl vatani Hindiston bo‘lganligini tasdiqlaydi. Lo‘lilar esa o‘zlarini «mugat» (mug‘, olovga topinuvchi) deb ataydilar.
Lo‘lilar 1417-yili Vengriya, 1418-yili Germaniya, 1422-yili Ispaniya, 1500-yili Polsha, 1422-yili Italiya, 1430-yili Angliya va boltiqbo‘yi mamlakatlarida tarqalganlar.

Tarixda lo‘lilarni ko‘p mamlakatlar kiritishni xohlamagan, ularga qarshi qonunlar ham imzolangan. Rossiyada esa butkul teskarisi. Lo‘lilarga fuqarolik, pasport berilgan. Ular Rossiyaning boshqa fuqarolari ega bo‘lgan huquqlarga to‘laqonli egadirlar.
Lo‘lilar ikki tilda so‘zlashadi: o‘zbek va tojik. Ammo o‘zlarining maxsus, yashirin tili ham bor: “lavzi mugat” yoki “arabcha” (ular o‘zlarini qora tanli ko‘rinishi va ko‘chmanchi turmush tarzi o‘xshash bo‘lgan arablarga qarindosh deb hisoblaydi).

Lo‘lilarning kelib chiqish haqidagi mish-mish.
Qadimda bir kambag‘al ota-ona bo‘lib, ularning Lo‘ ismli o‘g‘li va Li ismli qizi bo‘lgan. Kunlardan bir kun mamlakatga bosqinchilar bostirib kiradi. To‘polonda haligi ota-ona farzandlarini yo‘qotib qo‘yadi. Lo‘ va Li ota-onasini izlashga tushadi – har biri o‘z yo‘lini tanlaydi. Oradan yillar o‘tgach, Lo‘ bilan Li uchrashib, bir-birini tanimasdan, turmush quradi. Haqiqat ochilganda, mullalar ularni la’natlaydi va o‘sha vaqtdan boshlab bu la’nat “Lo‘li” sifatida ularning avlodlariga o‘tib keladi.

Forscha lug‘atda “lo‘li” so‘zi “raqs va qo‘shiq bilan shug‘ullanadigan odamlar” degan ma’noni anglatadi.

#etnography

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nega eski kitoblar hid chiqaradi va sarg‘ayadi, yangilari esa yo‘q?

Qog‘oz tayyorlash uchun ishlatiladigan yog‘och asosan syellyuloza tolalari va ular oralig‘idagi bo‘shliqlarni to‘ldiriradigan lignindan iborat

Aynan lignin qog‘ozga sarg‘ishlikni beradi, shuningdek u vaqt o‘tishi bilan parchalanib, hidli moddalar, shu jumladan achchiq bodom hidli benzaldegid hosil qiladi. Shuningdek, syellyuloza ham hid qo‘shadi, u parchalanganda javdar non hidli furfurol hosil qiladi

Hozirgi kunda lignin kitoblarni ishlab chiqarish jarayonidan olib tashlangan, oldingi texnologiyalar esa buni samarali bajarishga imkon bermagan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

No ni bosayotganlar ovozlichat boshlansa birinchi boʻlib qoʻshilishadiganlar boʻladi.
Bularni taktikasini bilib boʻlganman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Uylanish uchun pul yoʻqligini aytadi, lekin kitob sotib oladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitob javonim haqida ko'p so'raladi. Mana javobi😄

Sizdachi?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

-Qayerda eding?
-Aylanishga chiqqandim.
-Bir oʻzingmi?
-Yoʻq.
-Kim bilan?
-Koʻchaga chiqdim. Qarasam yomgʻir yogʻayapti. Va u bilan birgalikda aylandik.

Rinat Valiullin - Кофе в утреннем небо

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Agar farzandlarimiz, o‘g‘illarimiz va qizlarimiz vatanimizga qaytib keladigan mamlakatni qurmoqchi bo‘lsangiz, ular faqat ta’til mavsumida chet elga dam olish uchun ketadigan mamlakatni qurmoqchi bo‘lsangiz, kelajakdan qo‘rqish hissi bo‘lmaydigan kuchli mamlakatni qurmoqchi bo‘lsangiz, unda ushbu 3 ta majburiyatni bajaring:

1. Korrupsiyani vatanga xiyonat bilan, poraxo‘r amaldorlarni esa xoinlarga tenglashtiring, hatto ularni yettinchi avlodigacha ...

2. Uch kasbni eng ko‘p haq oladigan va eng hurmatga sazovor qiling.
Bular harbiylar, o‘qituvchilar va shifokorlar ...

3. Va eng muhimi - ishlang, ishlang va ishlang, chunki sizdan boshqa hech kim sizni himoya qilmaydi, sizni o‘zingizdan boshqa hech kim boqmaydi va sizning mamlakatingiz faqat sizga va farzandlaringizga kerakdir.

Qachonki bu so‘zlar oddiy shiorga aylanib qolmasdan hayotga tatbiq etsangiz o‘z maqsadingizga erishgan bo‘lasiz.

Golda Meir (1898-1978) Isroil davlatining 4-bosh vaziri

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oʻzbek filmlari orasida qayta-qayta koʻradigan kam sonli filmlarimdan biri. Har safar koʻrsam oldingi koʻrganimdan koʻra yanada koʻproq va chuqurroq xulosalarga kelaman.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuni kecha Taskin nashriyotidan James Allenning "Fikrlayotgan odam" kitobini o'qib chiqdim. Kitob ixcham bo'lishiga qaramay undagi falsafa anchagina kuchli.

Kitob haqida

Ushbu kitob ilk bor 1903-yilda nashr etilgan bo‘lishiga qaramay undagi fikrlar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Asar o‘z-o‘zini rivojlantirish haqida yozilgan asarlar orasida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. Allen bu asarda inson fikrlari va ularning hayotdagi ta'sirini chuqur tahlil qiladi va o‘z hayotini ijobiy tomonga o'zgartirishni xohlovchi har bir kishi uchun amaliy maslahatlar beradi.

Kitobning asosiy g‘oyasi inson hayoti va uning taqdiri bevosita fikrlash tarzi bilan bog‘liqligini sodda, oson tarzda tushuntirib berish. Odam qanday o‘ylasa, qanday qarashga ega bo‘lsa, uning hayoti ham xuddi shunday shakllanadi. Allen buni quyidagi falsafa orqali tushuntiradi: “Inson o‘z fikrlarining mevasini yig‘adi”. Bu fikrni qisqacha sharxlasak: Yaxshi fikrlar yaxshi natijalarni olib keladi, salbiy fikrlar esa kutilmagan muammolar va qiyinchiliklarni yaratadi.

Jemes Allenning falsafasi insonni o'z hayotining egasi sifatida tasavvur qiladi. U aytadiki, taqdir insonni tasodifan boshqaradigan narsa emas, balki insonning o'z fikrlari orqali shakllanadigan natijadir. Agar inson o‘z hayotini o‘zgartirishni istasa, u avvalo fikrlash tarzini o‘zgartirishi kerak.

“Fikrlayotgan odam” nafaqat o‘ylash, o‘z-o‘zini rivojlantirish haqida yozilgan, balki chuqur falsafiy fikrlarni sodda va tushunarli usulda tushuntirib beruvchi asardir. Kitobning qisqa va lo‘nda bo‘lishi uni o‘qishni osonlashtiradi hamda o‘quvchiga darhol amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan fikrlarni beradi. Jemes Allen hayotimizdagi har bir muammo va yutuqlarimizning ildizi o‘z fikrlarimizda ekanini ko‘rsatadi, o‘quvchilarni ijobiy fikrlashga undaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oyiga atiga 1mln so'mdan to'lab Birdaniga 2 ta kasbni egallash imkoniyati endi sizda bor. Video Operator va Video Montaj ustasi bo'lish. Eng zamonaviy jixozlar ya'ni texnikalar bilan darslar birdaniga amaliyotda oʻrgatiladi.

Adobe premier pro, after effect, capcut, photoshop, ovoz bilan ishlash (fl studio) dasturlarida darslar olib boriladi.

Kurs 3 oylik!

telegram orqali murojaat uchun: @mominodilov_official

P.S: Bu bola bilan birga ishlaganmiz. Tishi shu sohada chiqqan. Shu sabab cho'chimasdan murojaat qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hayotda baxtdan ko'ra baxtsizlik ko'proq. Umrning abadiy emasligi esa rahmdillik, xolos.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Yoz. Qisqartir. Kuchli matn siri" — bu kitob nafaqat yozishni o‘rgatadi, balki fikrlashni ham o‘zgartiradi. Kitob murakkab gaplar va keraksiz tafsilotlardan qochib, asosiy fikrni qisqa, aniq, lo‘nda ifodalashni o‘rgatadi. Kitobni o‘qigandan so‘ng, siz matningizni qanday qilib kamroq so‘zlar bilan o'quvchilarga tushunarli tarzda yetkazish usullarini o'zlashtirasiz.
Undagi ko‘plab misollar va amaliy tavsiyalar kundalik hayotda ham, ishda ham juda qo‘l keladi.

Bu kitob blogerlar, jurnalistlar, reklama matni bilan ishlovchilar, umuman harf taniydigan har kim uchun foydalidir. Undagi maslahatlarga amal qilinsa oddiygina so'zlardan san'at darajasidan qolishmaydigan matnlar yozishingiz mumkin bo'ladi (ha shu joyida sal bo'rttirdim). Eng muhimi — sizni o'qiydiganlarni zeriktirmasdan, ularga kerakli ma’lumotni tushunarli yetkazib berish qoidalari bilan tanishasiz.

P.S: Kitob ayniqsa kopirayterlarga uchun juda kerakli qoʻllanma!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar siz uzoq vaqtdan beri kitob yozayotgan bo‘lsangiz-u, ammo uni yakunlay olmayotgan bo‘lsangiz, prokrastinatsiyaga qarshi kurashuvchi kafe sizga yordam berishi mumkin. Yaponiyada shunday maxsus kafe borki, u yerdan ishingizni tugatmaguncha chiqib keta olmaysiz.

U yerga kelganingizda, maxsus shartnomaga imzo qo‘yasiz. Unda ishingizni tugatmaguncha kafeni tark etmaslikka rozilik bildirasiz va o‘zingizdan qanday aniq natija kutayotganingizni yozib qoldirasiz. Masalan, uch sahifali matn yoki dizayn-maket. Xodimlar vaqti-vaqti bilan sizning oldingizga kelib, ishingiz qanday ketayotganini so‘rab turadi yoki hatto, agar xohlasangiz, tepangizda turib, ish qilishga undab g‘o‘ldirashi ham mumkin.

Zoʻr-a? 🤓

#interesting

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🔥Андижон футбол клуби Ўзбекистон кубогини соҳиби!

Энг зўр финал!!!

Навбаҳор ҳаракат қилди ажойиб ўйин.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Finnegans Wake" yoki "Finnegan uchun motam" nomli g‘oyat g‘alati kitob bor. U shu qadar g‘alatiki, asar muallifi Jeyms Joys uni ataylab shunday yozgan.

Kitob butunlay ong oqimi, so‘z o‘yinlari, imo-ishoralar, diniy mavzular va afsonalarga ishora qiluvchi jumlalardan iborat. Bundan tashqari, unda ko‘plab o‘ylab topilgan so‘zlar va turli tillardagi iboralar mavjud. Bu kitob dunyodagi eng murakkab matnlardan tashkil topgan kitoblardan hisoblanadi.

Joysning o‘zi kitobining ma’nosini tushuntirishga unchalik yordam bermagan. U ba’zi qismlarning ma’nosini unutganini va o‘zi ham ularni tushunmay qolganini tan olgan, kitob nashr etilganidan ko‘p o‘tmay esa vafot etgan.

Kaliforniyadagi kitobxonlar klubi a’zolari bu kitobni tushunishga ahd qilishdi... va bunga naqt 28 yil sarflashdi!

Ular haftasiga ikki sahifadan o‘qib, kitobning har bir qismini yigʻilib batafsil muhokama qilishardi. Eng yomoni shundaki, kitob yakunlangandan soʻng asar ularga umuman yoqmadi. Klub asoschisi romanni o‘qib bo‘lgach, kitob ularni umidsizlikka tushirganini va aslida unda hech qanday chuqur ma’no yo‘qligini aytgan.

Biroq bu kitobdan qisman qarzdormiz. Aynan shu asardan mashhur nazariyotchi fizik Gell-Mann yangi zarra uchun "kvark" degan nomni topgan!

#interesting

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oʻzingga oʻxshagan "nusxa" bilan kitob doʻkoniga kirib qolsang asosiy vaqt kitob tanlashda emas yoningdagi bilan kitoblarni tahlil qilishga ketadi.

Xuddi Christopher Nolan Cillian Murphy bilan kinokassetalar doʻkoniga kirganidek🤓

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Muhabbat - bu vaqt va makondan tashqariga chiqishga qodir bo‘lgan yagona tuyg‘u.

"Interstellar"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sheʼriychat?
Go 🔥
No 🤡

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​METRODA

Metroda sayr qilib yurmaydi hech kim,
Birov ishdan qaytar, birov sayrdan.
Kimdir hamrohlarin kuzatadi jim,
Kimdir ro‘znomani ikki ayirgan.

Men ham qaytayotgan edim uyimga,
Yumushlardan tolib, xayolga tolib.
Bekatdan sen chiqding oppoq quyunday,
Ko‘nglimga chirpirak g‘alayon solib.

Go‘yo tanimading. Tutqichni tutib,
Ma’yus jilmaygancha tolding xayolga.
Turgim, borgim keldi. Elni unutib,
Seni ko‘mgim keldi ming bir savolga.

Yodimda chaqnadi qasamyodlarim,
Bir zamon seniki bo‘lgan hayotim...
Yoningga bormadim, bora olmadim,
O‘zimni ayadim, seni ayadim.

Keyin tushib ketding. Sezmading go‘yo,
Qayrilib boqmading, ey sun’iy yo‘ldosh.
Meni ayadingmi, o‘zingnimi yo?
Qiz qalbi qizg‘aldoq emas, tilsimtosh!

Muhabbat – puch narsa, muhabbat – yolg‘on!
Orzular, qayg‘ular, tuyg‘ular – mayda.
Bilaman, poyimda yig‘laydi xazon,
Negadir uyga hech borgim kelmaydi...

Iqbol Mirzo

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#psychology

Nimaligini bilmasdan his qiladigan o‘n tuyg‘u

1. Sonder — Olomon ko‘p bo‘lgan joylarda his qilinadigan, boshqa insonlarning ham eng kamida bizniki kabi jonli va murakkab hayotlarga ega ekanligi hissi.
2. Monachopsis — O‘zini bir yerga oid deb his qilmaslik tuyg‘usi. Ko‘pincha o‘tkinchi.
3. Rubatosis — Kishining o‘z yurak urishini eshitganida tuyadigan bezovtalik hissi. Bu vaziyat kishiga jonli borliq ekanini eslatadi.
4. Jouska — Kishining o‘z miyasida qilgan jonli suhbati. Tan olaylik, hammamiz vaqti-vaqti bilan o‘zimiz bilan gaplashamiz.
5. Kenopsia — Balki da eng ko‘p sodir bo‘ladigan tuyg‘ulardan biri bo‘lgan Kenopsia, odatda olomon to‘la joylarning sukunatga evrilgan holi keltirib chiqaradigan qo‘rqituvchi hisdir. Tark etilganlik hissiga o‘xshash bu tuyg‘u, kishiga o‘zi turgan joyning daxshatli atmosferasini eslatishi mumkin.
6. Chrysalism — Yomon havoda yopiq makonda bo‘lganda tuyiladigan huzr va baxtlilik tuyg‘usi.
7. Kuebiko — Zo‘ravonlik ishlatilgan vaziyatlarga shohid bo‘lishdan keyin keluvchi xorg‘inlik va charchoq hissi.
8. Adronitis — Kimnidir haqiqiy ma’noda tanishning qanchalik vaqt olishini o‘ylagancha afsuslanish va umidsizlikka tushish.
9. Nodus Tollens — Kishiga ortiq hayotning hech narsa ifoda etmasligi va ma’nosizligini tushunish hissi.
10. Altschmerz — Yillar davomida ayni muammolarni o‘ylashdan keladigan zerikish hissi.

Siz yuqoridagi qaysi tuyg‘ularni his qilgansiz?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

E’tiqod insonga haqiqatda yordam beradi, deb o‘ylayman. 
Ikkinchi sinfda o‘qib yurgan paytimda sinfimizga irlandiyalik yangi o‘qituvchi keldi. U barchaga: “Xudodan nima so‘rasam barchasini bergan, siz ham e’tiqodli bo‘ling”, dedi. O‘sha kuni uyga keldimda, Xudoga “Mustang” velosipedim bo‘lishini so‘rab, iltijo qildim. Otam kambag‘al edi, shu sabab bunaqa narsa olib berolmasdilar. Lekin ich-ichimdan unga erishishni juda istardim. 

Oradan ikki hafta o‘tgach, maktabdan uyga keldim va to‘g‘ri mehmonxonaga kirdim. Shunda akam kelib : “Nega bu yerda o‘tiribsan? Oshxonaga chiqib qaragin nima bor ekan?” dedi. Borib qarasam, u yerda mening “Mustang”im turardi. Men uni xaridorlarga beriladigan lotoreyadan yutib olgan ekanman. Bu lotoreyada na qatnashganman va na uning natijalari bilan qiziqqanman.

Jim Kerri, komik aktyor

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Li Kuan Yu ta’lim olish bo‘yicha shunday degan: "Umr bo‘yi o‘quvchi bo‘ling, eng yaxshi g‘oyalarni o‘zlashtiring, agar muvaffaqiyatning yagona formulasi bo‘lsa, u tinimsiz o‘qish, o‘rganishdir. Bu – narsalarni ishlashga majbur qilish va ular nima uchun ishlayotganini tushunish”.

Li Kuan Yu doimiy ravishda o‘qigan. Masalan, u shunday oddiy haqiqatni anglab yetdi: “sarmoyadorlar sening mamlakatingga investisiya kiritish uchun bitta narsa kerak – u ham bo‘lsa barqarorlik”.

Shuning uchun Singapurni iloji boricha xavfsiz joyga aylantirdi, ya’ni korrupsiyaga barham berdi, soliqlarni kamaytirdi. Hatto ko‘chalar ham nihoyatda toza, ozoda bo‘ldi, chunki ahlat tashlaganlarga, ko‘chaga tuflaganlarga juda katta jarimalar belgiladi (3000 AQSH dollargacha).

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir ajoyib sevgi qidirilmoqda,
Belgilari: ma’yus, sero‘ychan yuzi.
Kulgulari go‘zal, kulmaydi soxta,
Pomir tog‘lariga cho‘zilgan izi.

Yo‘qolgan sanasi: ul sanam ketib,
Qaytish yo‘llarini unutgan oqshom.
Bo‘yi osmonlarga qolganda yetib,
Yerga bir qulagan xayol parishon.

Katta chandig‘i bor yurak qismida,
Yonida yuradi buyuk nafrati.
Ko‘ring, tag‘in demang, Layli rasmi-da,
Bu o‘sha yo‘qolgan sevgi suvrati.

Tishlari sadafdan, lablari g‘uncha,
Demasmiz, u oddiy, biroq buyukroq.
Ko‘rganlar deyishar, uni ko‘rguncha
Qalb tuyg‘u bilmasdi laziz, suyukroq.

Bu e’lonni yoying hamma tarafga,
Ul ishqning ta’rifi: ko‘p bo‘lmasligi.
Uning muhimligi topilishimas,
Balkim... hech qachonlar topilmasligi!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Esingdami, "sevgi o'zi nima?" deb so'ragan eding, men esa qog'ozga (∂ + m) ψ = 0 tenglamasini chizib, "Mana shu sevgi" degandim. Sen esa "Buni sevgiga nima aloqasi bor? Meni ustimdan kulyapsiz-a?" deb mendan xafa bo'lganding.
Men haqiqatan ham sevgini shunday tushunaman. Kel, buni isbotlab beray.

Bu Dirak tenglamasi, fizikadagi eng go'zal tenglama. Nima sababdan, deysanmi?

"Agar koinotdagi ikki tizim ma’lum vaqt davomida o‘zaro ta’sirlashsa va keyin bir-biridan ajralsa, ular alohida holatda ham yolg'iz tizim sifatida mavjud bo‘laveradi. Ammo biri bilan sodir bo‘layotgan hodisa, ular o'rtasidagi masofa qanchalik yaqin yoki uzoq bo'lmasin, ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatishda davom etaveradi."

Bu fanda kvant chigallanish yoki kvant bog‘lanish hodisasi deyiladi. Bir vaqtning o‘zida bog‘langan ikki zarra doimo bog‘liqligicha qoladi. Ular orasidagi masofa qanchalik uzoq bo‘lmasin, hatto ular Koinotning qarama-qarshi chekkalarida joylashgan bo‘lsa ham, o‘rtalaridagi aloqa bir zumda sodir bo‘ladi. Ular, garchi shaklan alohida bo'lsalar, o'zaro harakatlari oniydir.

Xuddi shunday hodisa ikki inson o‘rtasida ham yuz beradi: ularni faqat tirik mavjudotlarga xos bo'lgan narsa bog‘lab turadi. Sevgi, masofadan qat’i nazar, insonlar o‘rtasida o‘zaro aloqaning chuqurligini ifodalaydi. Bu bog‘lanish hislari har qanday qiyinchilikda saqlanadi, va har bir inson bir-birining hayotiga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun book.uz tadbirlar zalida mashhur ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona"("A Room of One's Own") kitobining o'zbekcha tarjimasi taqdimoti bo'lib o'tishi haqida ko'pchilik allaqachon eshitib ulgirdi. Bu kitobni tarjimasi Nodirabegim Ibrohimova tomonidan amalga oshirilga. Xo'sh, bu kitobni nima uchun o'qish kerak?

Virjiniya Vulf (Virginia Woolf) Angliyalik yozuvchi va adabiy tanqidchi. U 1882-yilda Londonda tavallud topgan. Vulf XX asr modernist adabiyotining muhim namoyandasi hisoblanadi va ayniqsa ingliz tilida yozilgan romanlari hamda feministik asarlari bilan tanilgan.

Virjiniya Vulfning "Shaxsiy xona" asari 1929-yilda chop etilgan bo'lib, u feministik adabiyotda muhim o‘rin egallaydi. Asar o‘z zamonasidagi ayollarning ijodiy imkoniyatlari va jamiyatdagi o‘rniga oid keskin savollarni o‘rtaga tashlaydi. Vulf bu asarda ayollarning adabiyotda muvaffaqiyatga erishishi uchun ikki asosiy shartni ta’kidlaydi: moliyaviy mustaqillik va shaxsiy makon — ya’ni "shaxsiy xona". Bu vositalar ayollarni o‘z fikrlarini erkin ifoda etishiga yordam beradi.

Asarda Vulf o‘z davrining tarixiy ijtimoiy sharoitlarini tahlil qilib, ayollarning ijod qilish imkoniyatlari cheklanganligini ko‘rsatadi. U mashhur erkak yozuvchilarning asarlarini tahlil qiladi va ularning muvaffaqiyati ko‘pincha ular yashagan jamiyatning ularga bergan imkoniyatlaridan kelib chiqqanini qayd etadi. Shu bilan birga, u o‘zi yaratgan "Judit Shekspir" obrazini ilgari surib, agar Shekspirning singlisi bo‘lganda, u kabi iste’dodli bo‘lsa ham, ijodiy muvaffaqiyatlarga erisholmasligi mumkinligini tasavvur qiladi.

Vulfning asari ijodiy erkinlik va ayollarning teng huquqli bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar haqida o‘ylashga undaydi. Shuningdek, "Shaxsiy xona" asari feminist adabiyotning klassik asariga aylanib, bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitobxonlar uchun kitoblarning muqovasi qanchalik muhim?

Kitob muqovasi bu faqat kitobning tashqi ko‘rinishi emas, balki uning ichki mazmunini va ruhini aks ettiruvchi birinchi taassurotdir. Muqova orqali kitobning o‘ziga xosligi va muallifning ijodiy uslubini his qilish mumkin.

Oldin ham aytganman, gadjetlar ustunlik qilayotgan bir davrda, yosh avlodni bosh qahramonlarning chizilgan tasviri bilan kitobga qiziqtirish mushkul. Ammo ilojini qilsa bo’ladi. G‘arb bu sohada ancha ilgarilab ketganiga shu postdagi kitob misol.

Birodar va birodarka kitobxonlar! Aynan shunday kitob muqovalari va posterlar tayyorlab, kitobxonlarning ko'zini quvontirishga nima deysiz? )

Agar qiziqqan bo'lsangiz, Najot Ta'lim markazida grafik dizaynerlikni o'rganib, kitobxonlik targ'iboti uchun hissa qo'sha olasiz. Shu bilan birga zamonga mos kasb egasi bo'lasiz.

Ro'yxatdan o'tib, o'qishni boshlayvering, rahmatni keyin aytasiz 😉

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kim nima o'qiyapti yoki o'qimoqchi?

Читать полностью…
Subscribe to a channel