kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Ilm talab qilishdagi riyokorlikning alomatlari borki, ulardan ehtiyot bo‘ling:

1. Ilm talabidagi muvaffaqiyatlar uchun maqtov va madh aytishlarini yoqtirish.
2. Odamlarga ko‘rinish berishni sevish.
3. O‘zi kamolotga erishganini o‘ylab odamlarga kibr qilish.
4. Nasihat va maslahat berishlarini yomon ko‘rish.

"Salaf ilmining fazilati" kitobidan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Likeʼni ham soʻrab oladigan zamonlarga keldik

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Today's aesthetics

Location: Suwon, in fron of Hwaeso subway station, Starfield city Mall

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Стивен Кингнинг "Долгая прогулка" номли романини тугатдим.

Қўлимга тасодифан келиб қолган бу антиутопик асарнинг сюжети одамни қизиқтириб қўйди. Унга кўра АҚШда ҳар йил ўсмир йигитлар ўртасида юриш мусобақаси ўтказилади, унда юз нафар иштирокчи иштирок этади. Қоидалар оддий: 4 мил/соат тезлигидан паст ҳаракатланиш мумкинмас, йўлдан чеккага чиқиб кетиш мумкинмас ва қоидаларни уч марта бузсанг — сени отиб ташлашади. Мусобақа юзта иштирокчидан бир киши қолгунча давом этади ва якунда у катта пул мукофотига эга чиқади.

Бир қараганда оддий фантастикага ўхшаб туюладиган сюжет, лекин уни ўқишни бошлаганингдан сўнг даҳшатли интига сени қамраб олади. Кинг бизга саёҳат давомида ушбу мусобақа тарихини, унинг одамлар ҳаётидаги ўрнини, иштирокчиларнинг қандай шартлар эвазига ушбу ўйин иштирокчисига айланишини ҳикоя қилиб беради, ҳикоя қилганда ҳам ўқувчини қизиқтириб бу ишни қилади. Бир неча кун давом этадиган бу тирик қолиш ўйинида (выживание) қатнашган ўсмир борки барчаси бунга афсусланади (афсуски хатони тўғирлаш имконияти йўқ уларда). Улар бу ўйинни ўз жонингга қасд қилишни энг секин усули деб ҳисоблай бошлашади. Энг аламлиси саёҳат давомида сенга дўст бўлиб қолган шеригингдан ҳам ғолиб бўлиш йўлида қачондир воз кечишинг керак, чунки бу ерда иккинчи ўрин йўқ.

Мусобақа давомида иштирокчилар ўртасида иккинчи ўрин ҳақидаги оддий бир диалогни келтираман:
- Менимча, энг аламлиси иккинчи ўринни олган йигитга бўлса керак. Шунча йўл азобланасан ва барибир охирида ўласан, марра ёнгинасида уни ҳис қилиб ўласан. Агар қоидаларни ўзгартириш керак бўлса иккинчи ўринга ҳам мукофот бериш керак деб ўйлайман.
- Масалан қанақа мукофот?
- Ҳеч бўлмаганда тирик қолиш имконияти.
- Сен мусобақада ўз ихтиёринг билан қатнашяпсан ва шунча қийналиб яна ҳеч нарса ютмасдан тирик қолиш билан чегараланган бўлармидинг? Ҳеч кимга керакмас бу мукофот.

Ҳақиқатдан ҳам ҳеч кимга керакмас иккинчи ўрин, токи мусоабақада иштирогингни бошлмаганингча. Чунки у бошланганидан сўнг биринчи ўринни аҳамияти ҳам йўқолиб кетади якунда. Ўқувчи мусобақани кузатиб амин бўладики, аслида биринчи ўрин ҳам ўз қийматини йўқотиб бораверади борган сари. Ўлим даҳшати ҳам, мукофот чанқоғи ҳам ҳеч қандай аҳамият касб этмай қўяди.

Кинг буни фантастик даражада қизиқарли тарзда ҳикоя қилиб берган ва буни ўқиётган ўқувчи ҳам ушбу мусоабақа иштирокчига айланиб қолиши ҳеч гап эмас.

1966 йилда ёзилганига қарамай ҳалигача уни фильмлаштиришмаган экан ва эндигина бу ишга қўл уришибди. Яқин 1-2 йил ичида уни экранларда кўриб қолсак ажаб эмас. Ўзбекчаси йўқ, рус ва инглизчада тушунадиганлар учун тавсия қиламан. Маркетплейслардан харид қилиши мумкин.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kanalimni qanday qilib faol yurgizsam boʻladi deb soʻraydiganlarga tanishlarim "Ana Abdurahmonni kanalini kuzat. Kuniga ashinde post tashlay olsang aniq faol boʻb ketasan" deyisharkan.

Toʻgʻri tushuninglar, meni skripturiyent degan kasalim bor. Buni dardi, bedavo🥺

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bitta qozoq bookblogeri bilan tanishgandim. Ismi Aysha ekan.
Ancha yozishdik. Minde qarasam fikrlarimiz bitta joydan chiqib turibdida. Qiziqishlar oʻxshash boʻlsa gap kelorarkanda. Lekin kitob oʻqishini koʻrib ochigʻi kitoblarga achinasan kishi. Toʻgʻri bu ham bir uslubdir, oʻziga hos. Keyin men ham kitoblarni shunaqa qilib oʻqib koʻrsamchi deb oʻylab koʻrdim. Keyin obedga chiqib, issiq koʻk choy ichib yana bir oʻylab koʻrsam xalq nafratiga mubtalo boʻlish ehtimolim katta ekan.

Umuman kitoblarni bunday uslubda oʻqishga qanday qaraysizlar?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Anton Chexov oʻziga nisbatan ishonchi baland bo‘lsa-da, Lev Tolstoy huzuriga tashrif buyurish masalasiga kelganda, vahimaga tushib qolardi. Shunchalik vahimalanardiki, shimni tanlashga bir soatcha vaqt sarflardi.

Keyinchalik Bunin Chexovning goh u shimda, goh bu shimda u yoqdan-bu yoqqa yugurib yurganini eslagan. Birida o‘zini arzon yozuvchidek, boshqasida esa surbet odamdek his qilgan. Chunki shimi shu qadar keng ediki, goʻyo Qora dengizga qiyoslanardi.

Buning bari "Anna ko‘zlarining qorong‘ida chaqnayotganini his qildi" deb yozgan odamning oldiga shunchaki borib kelolmasligi tufayli edi.

Mana shunday edi Chexovning Tolstoyga bo‘lgan yuksak hurmati.

Agar Lev Nikolayevich ijodini sevsangiz, olovcha 🔥 belgisini bosing. Agar meni ijodimni yoqtirsangiz olovli yurakchani ❤️‍🔥
bosing😄

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Shunaqa paytda qaysi yozuvchi bilan bir qadah sharob piyola choy ustida suhbatlashishni xohlar edingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kanalda odamlar soni ko'paysa maqolalar sifati ham hajmi ham oshib boradi. Siz tanishlaringizni kanalga taklif eting, postlarni ulashing, postlarga izoh qoldiring, xullas faol bo'ling. Mukofotiga chiroyli va real hayotda asqotadigan ma'lumotlarni olasiz😄

UPD
: Deb tursam chiqib ketishyapti😹

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qara, Morti, seni xafa qilishni istamayman, lekin odamlar sevgi deb ataydigan narsa aslida hayvonlarni ko‘payishga undaydigan oddiy kimyoviy jarayondan iborat, xolos. Dastlab bu kuchli tuyg‘u, Morti, ammo vaqt o‘tishi bilan u asta-sekin so‘nib, seni baxtsiz nikohda cho‘ntagingda bir tiyinsiz qoldirib ketadi. Men buni boshimdan o‘tkazganman, ota-onangning ham boshiga tushadi. Bu aylanma zanjirni uz, Morti, bundan yuqoriroq narsalarga intil. Ilm-fan bilan shug‘ullan!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Gabriel Garsia Markes o‘zining eng mashhur asari — «Yolg‘izlikning yuz yili» romani ustida ishlashni boshlaganida, uning hayoti qiyinchiliklar va yetishmovchiliklar bilan to‘la edi. Ushbu buyuk asariga o‘zini bag‘ishlash uchun u radikal qaror qabul qildi: uy-ro‘zg‘or ishlari va safarlar uchun foydalanishga yaroqli bo‘lgan yagona mashinasini sotdi va bir yarim yil davomida o‘z ishxonasiga qamalib oldi. Bu davrda Markes hatto eng yaqinlari bilan ham deyarli barcha aloqalarni to‘xtatdi, o‘zi yaratgan Makondo olamiga cho‘mgan holda, Buendia oilasi taqdirlarini belgiladi. Bu kunlar nafaqat yolg‘izlik va ijodiy tanholik kunlari edi — bu shubhalar va tuganmas qiyinchiliklar bilan to‘lgan og‘ir davr edi.

Har oy ijara haqi qarzlari ortib bordi. Sakkiz oy davomida uy egasi uning eshigini taqillatib, to‘lovni talab qildi, ammo Markes va uning oilasi hatto minimal to‘lovni qila olmas edi. Havoda qashshoqlik hidi anqirdi, biroq bu bilan birga mehnatning qiymatiga bo‘lgan mustahkam ishonch ham bor edi. Bu Nobel mukofoti bo‘lg‘usi laureatining hayotidagi eng qorong‘u, ammo hal qiluvchi pallalardan biri edi.

Roman nihoyat yakunlanganda, yangi, go‘yoki yengib bo‘lmaydigan to‘siq paydo bo‘ldi — Markesda qo‘lyozmani nashriyotga yuborish uchun 160 peso yetishmas edi. Bu mablag‘ ularning hayotidagi o‘zgarishlarga nisbatan juda kichik tuyulgan bo‘lsa-da, moliyaviy qiyinchiliklardan charchagan oila uchun yengib bo‘lmas devor edi. Oila kassasidan bor yo‘g‘i 80 peso yig‘ildi. Shu paytda Markesning jasur ayoli sahnaga chiqdi. U hurmatga sazovor qat’iyat bilan: «Faqat roman yomon bo‘lmasa bo‘ldi!» dedi va har kuni foydalanadigan ikki narsa - mikser va soch quritgichni garovga qo‘ydi. Bu nafaqat muhabbat ramzi, balki Markesning iste’dodiga, ular bergan qurbonliklar izsiz ketmasligiga mutlaq ishonch ramzi ham edi.

«Yolg‘izlikning yuz yili» nafaqat yaxshi roman, balki mukammal asar sifatida tan olindi va Garsia Markes eng mashhur kolumbiyalik yozuvchiga aylandi. Uning ijodi ta’siri Lotin Amerikasidan tashqariga yoyildi. New York Times gazetasi bu asarni Injilga qiyosladi va uni har bir inson o‘qishi shart deb ta’kidladi.


Markesning hayotining bu davri o‘z qiyinchiliklarimiz haqida ham o‘ylashga majbur qiladi. Shunday misollarni eslaganda, haqiqiy yutuqlar osonlik bilan emas, balki qo‘rquvlar, muvaffaqiyatsizliklar va mujodalada tug‘ilishini tushunasiz. Va aynan shunday asarlar sizga kuch ato etadi.

Buyuk yutuqlar buyuk sa’y-harakatlarni talab qiladi. Va Gabo tarixiga nazar tashlaganda, biz boshdan kechirayotgan barcha azoblarning o‘ziga yarasha ahamiyati borligini tushunamiz. Ular biz uchun buyuk narsaga erishish yo‘lining bir qismidir. Markesning o‘zi aytganidek: "Nimaiki boshingdan o‘tgan bo‘lsa bekorga emas".

Muallif: Madi Raimov

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Onamdir dunyoda eng xolis ko‘zgu,
Qolgani yolg‘onlar, shirin aldamlar...
Shu paytgacha yashab, anglaganim shu -
Onamdan boshqalar oddiy odamlar.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dunyoda birorta kitob qolmasa insoniyat hayoti qanday ko'rinishda bo'lishini hech o'ylab ko'rganmisiz? O'z versiyalaringizni yozib ketishingiz mumkin.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hujjatlar va kitoblar bilan bir vaqtda ishlash uchun o‘rta asrda yasalgan qurilma ekan. Zamonaviy brauzerlardagi page'lar prototipi.

#qiziqarli

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitobxonlikning uch bosqichi

Kitobxonlikni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin (mening nazarimda).

0. O‘qimaslik. Kitobni ko‘rsa, uyqusi keladi.

1. Ko‘p o‘qish. Iloji boricha ko‘proq o‘qiydi, hamma kitoblarni, yoppasiga, tanlab o‘tirmay. Aynan shu bosqichda o‘qish malakalari shakllanadi, ya’ni matnni anglash va o‘qiganlarni tasavvur qilish, savod chiqarish. Doim kitob ko‘tarib yuradi, imkon bo‘lishi bilan o‘qiyveradi. O‘qigan kitoblari ro‘yxatini boshqa o‘zi kabi kitobxonlarniki bilan solishtiradi, hatto ro‘yxat uzunligini millimetrlab o‘lchashi mumkin 🙂 Koeloning muxlisi bo‘ladi.

2. Sifatli o‘qish. Endi tanlab o‘qiy boshlaydi. Sevimli kitoblari reytingi bo‘ladi. Kitoblarga tanqidiy nazar bilan qaraydi, saralaydi, tahlil qiladi, yaxshi-yomonga ajratadi. Bunda boshqalar yaxshi degan kitobni yomonlash, yomon degannini esa maqtash ham kuzatilishi mumkin. "Falonchini o‘qiganmisan?", "Pismadonchini tushunmaysan" kabi gaplarni ko‘p aytadi. Kitoblar ustida bahslashadi, tortishadi. Kun tartibidan kitob o‘qish uchun ma’lum vaqt ajratib, bu tartibga muntazam rioya qiladi. Koeloni ham, uni maqtaganlarni ham yomon ko‘radi.

3. O‘qish. Kitob hayot tarziga aylanadi. Har qanday kitobni o‘qish mumkin deb hisoblaydi. Kitoblarni yaxshi yo yomon demaydi, shunchaki o‘qiydi. Chunki o‘qimasa bo‘lmaydi, miyaga kislorod kabi zarur bu. Balki har kuni o‘qimas, doim o‘qimas, ammo sistemali tarzda o‘qiydi. Kitoblar haqida bahslashmaydi, fikrini aytadi, xolos. Har qanday kitobdan biron foyda oladi, hatto eng yomon kitobdan ham. Koeloni o‘qiganlarni ham, o‘qimaganlarni ham birdek hurmat qiladi.

Uchinchi bosqichga hamma yetib kelavermasligi mumkin, ammo yetib kelganlar birinchi ikki bosqichdan albatta o‘tgan bo‘ladilar.

P.S. Orada yana bir bosqich borki, unda umrbod qolib ketib, kitobxonlikni unutvorish mumkin. "Ijtimoiy tarmoqlar" bosqichi 🙂 Ayni kunlarda ko‘pchiligimiz shu bosqichdamiz...

P.S: Siz qaysi bosqichdaman deb o‘ylaysiz?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bu kitobda Sizni eng ilhomlantirgan narsa nima boʻldi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Shu hafta davomida kitob oʻqidingizmi? Nechta kitob, necha bet? Va qaysi kitoblarni

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Rik va Morti" - kattalar uchun mo‘ljallangan ilmiy-fantastik multserial. Telba olim Rik va uning o‘smir nabirasi Mortining sarguzashtlarini hayajonva zavq bilan ko'rib tugattim. Rik boboning miyasiga tez-tez g‘alati g‘oyalar keladi, bir qarasang u nabirasini qo‘ltig‘iga qistirib, navbatdagi sayyorani ostin-ustin qilish uchun koinotning narigi chekkasiga uchib ketadi yana bir qarasang o'z-o'zida ajabtovur sinovlarni o'tkazadi.
Nima sababdan? Albatta, ilm-fan sharafini ko‘tarish uchun.

Hozirga qadar ushbu serialning besh mavsumi efirga uzatildi va tomoshabinlar ulardan ko‘plab iqtiboslarni yodlab olishga ulgurdilar. Bugun men ham ushbu multserialdan o'zimga yoqqan jumlalarni to'plab sizlar ulashyapman (bilsangiz bilarsiz).

***

Odamlarni o‘zingizni sevishga majbur qila olmaysiz. Shunchaki ular sizdan nafratlanishdan charchagunga qadar kutishingiz kerak.

***


Yoqimli so‘zlarni eshitishni istaysanmi? Filologga turmushga chiq!

***


Otamni haqorat qilmang! U bizning bolalarimiz faqat yarim ahmoq bo‘lishining sababchisi!

***


- An’analar nuqtayi nazaridan, ilmiy ko‘rgazmalar ota-o‘g‘illar uchun mo‘ljallangan.
- Ilmiy nuqtayi nazardan esa, an’analar ahmoqlar uchundir.

***


To‘y - bu tortli dafn marosimi.

***


- Balki ichishdan to'xtarsan? Senga qahva kerakdir yoki yuzingga suv sepaylikmi...
- Yo‘q-yo‘q, agar hushyor bo‘lishni xohlasam, ichmasdim

***


Butun hayotim yolg‘on ekan. Xudo o‘lgan, hukumat yaramas, Shukrona kuni hindularning qirg‘in qilinishi sharafiga nishonlanar ekan, Iso mavlud bayramida tug‘ilmagan ekan, ular sanasini o‘zgartirib qo‘yishibdi!.

***


Bilasanmi, ota-onalar aslida bolalari bor bolalardir.

***

Meni eshit! Men koinotdagi eng yaxshi odam emasman. Chunki men aqlliman. Faqat ahmoq odamlargina o‘zlarini himoya qilish uchun yaxshi bo‘lishga intilishadi.


Multfilmning o'zbek tilidagisi ko'rish uchun havola

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bizda sheʼriychat

Oʻzingizga yoqqan sheʼrlarni matnini ham yuborish uchun joy

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Adabiyot bo‘yicha 2024-yilgi Nobel mukofotiga janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kang loyiq ko’rildi.

U tarixdagi og’riqli voqealarni ochiq-oydin yoritib, inson hayotining mo‘rtligini ko’rsatuvchi ta’sirli she’riy nasri uchun mukofotlandi.

Qo‘mitaning ta’kidlashicha, Xan Kang o‘z asarlarida murakkab hayotiy voqealarga bo‘lgan hamdardlikni tobora chuqurlashib boruvchi majoziy uslub bilan boyitib boradi.

Xan Kang 1970-yilda Kvanju shahrida tug‘ilgan. To‘qqiz yoshida oilasi bilan Seulga ko‘chib o‘tgan. Uning otasi mashhur romannavis bo‘lib, Xan Kang adabiy muhitda ulgʻaygan. U ijodiy faoliyatini 1993-yilda "Adabiyot va jamiyat" jurnalida bir qator she’rlarini e’lon qilish bilan boshlagan va 1995-yilda "Muhabbat" nomli birinchi hikoyalar to‘plamini nashr ettirgan.

"Vegetarianka" romani Xan
Kanga xalqaro shuhrat keltirgan. 2016-yilda u ushbu asar uchun Buker mukofotini qoʻlga kiritgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kunni aqlli gapi

☝️Ayol erkakni jim bo'lsa ham tushuna oladi, lekin erkak ayolni gapirsa ham tushunolmaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dardim og'ir

Bugun ancha siqildim. Qarasam kam kitob o'qiyapman. Lekin audiokitob eshityapman. Uxlashga yordam berayotgani uchun

Har doim men maslahat beraman. Qani o'qirmanman, sizlardan ham hayotiy maslahat va tavsiyalar o'qiylik

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Siz hatto ma’nosini bilmagan so‘zlar to‘plami.
II qism.


📝Kolofon – nashriyotni bilishning eng oson usuli, chunki bu nashriyot emblemasi yoki tamg‘asi bo‘lib, ko‘pincha kitobning titul varag‘idan yoki muqovasidan topish mumkin.

📝Skripturiyent – yozishga bo‘lgan kuchli ishtiyoqqa ega odam.

📝Librokubikularist – yotog‘ida kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan odam. Bu nisbatan yangi atamani Amerika va Yevropa tilshunoslari keng tarqatgan.

📝Sundoku – yaponcha so‘z bo‘lib, "kitobni sotib olgandan so‘ng o‘qimay qo‘yish, ko‘pincha uni boshqa o‘qilmagan kitoblar bilan birga uyib qo‘yish" ma’nosini anglatadi. Bu har bir kitobsevarning hayotida mavjud bo‘lgan o‘qilmagan kitoblar uyumi ostida qolib ketishga o‘xshaydi.

📝Finifugal – bu hozir o‘qiyotgan romani, yakuni yaqinlashayotgan seriali yoki uzilay deb turgan munosabatlari kabi biror narsaning tugashini kechiktirishga harakat qiladigan odam.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

2004-yilda 19 yoshli Mark Zuckerberg Harvard universiteti yotoqxonasidan turib "The Facebook" nomli oddiy saytni rivojlantirishga bel bog‘ladi. O‘sha davrdan mana bu tasvirlar keyinchalik global texnologiya gigantiga aylanadigan Facebookning norasmiy va tajribaviy davrini ko‘rsatadi. Zuckerberg saytni yaratishda faol qatnashib, doimiy ravishda uni takomillashtirdi va dizaynini muntazam yangilab bordi.

Qiyinchiliklar, yuridik muammolarga qaramay Zuckerbergning ko‘zlagan maqsadi aniq edi: dastlab kollejlar, keyinchalik esa butun dunyo ahlosini bog'laydigan platforma yaratish. 2004-yil oxiriga kelib, Facebook 1 million foydalanuvchiga ega bo‘ldi. Bugungi kunda uning 2,9 milliarddan ortiq faol foydalanuvchisi bor va yiliga deyarli 117 milliard dollar daromad keltirmoqda.

Videodagi ushbu lavhalar startap dunyosidagi g‘ayrat va Facebookni trillion dollarlik kompaniyaga aylantirgan intilishlardan darak beradi. Facebookning sayohati qat’iyatlilik, innovatsiya va foydalanuvchilar ehtiyojlariga mos ravishda rivojlanishning naqadar muhimligini ko‘rsatadi.

P.S: Nima uchun bizda ham Mark'lar chiqmayotganini o'ylanmoqchi edim, darrov hayolimga univerlarda 19 yoshli talabalar salom bermaganlik uchun jazolanayotgani kelib sababini darrov topdim.

#technology #facebook

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Siz hatto ma’nosini bilmagan so‘zlar to‘plami.
I qism.


📝Retardatsiya - adabiyotda qo‘llaniladigan usul bo‘lib, syujetdagi yechimni ataylab sekinlashtirish. Odatda mualliflar kitobxon qiziqishini oshirish maqsadida lirik chekinishlar, tabiat tasvirlari, qo‘shimcha hikoyalarni kiritadilar.

📝Bibliotaf - nodir kitoblarni yashiradigan va doimo boshqalardan berkitishga urinadigan odam. Shuningdek, o‘z kitoblarini hech kimga ko‘rsatmaydigan uy kutubxonasi egasi ham bibliotaf deb ataladi (qisqasi men😁).

📝Prinseps - kitobning birinchi nashri yoki bosma nusxasi prinseps deb nomlanadi.

📝Ekslibris - kitob egasini aniqlash imkonini beruvchi kitobdagi alohida belgi. Bu belgi shaxsning ismi va familiyasi hamda nashr egasini tavsiflovchi tasvirdan iborat bo‘ladi.

📝Bibliognost - bu atama kitoblar va bibliografiyani chuqur biladigan odamlarga nisbatan ishlatiladi. Bu atama yunonchadan kelib chiqqan boʻlib "Biblio-" ildiz, "gnōstēs" "biluvchi" degan maʼnoni anglatadi.
Bibliognostlar kitobdagi har bir bobdagi eng mayda tafsilotlargacha bilishadi. Va ular eng ashaddiy kitobsevarlar hisoblanadi!

Qaysi biri sizsiz endi?🤓

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Intellektni rivojlantirish uchun kitoblarni qanday mutolaa qilish kerak?

Mutolaa nafaqat soʻz boyligi va dunyoqarashni kengaytiradi, balki tasavvurni rivojlantirishga ham yordam beradi. Hilma-xil kitoblar oʻqib, yangi atama va nutqning oʻziga xosliklarini eslab qolasiz. Kitob mutolaa qilayotganimizda biz yangi dunyoga shoʻngʻib ketamiz. Agar siz intellektingizni oshirmoqchi boʻlsangiz, “yengil” adabiyotlar bilan bir qatorda murakkab asarlarni ham mutolaa qilishingiz lozim. Bu miya faoliyatini yaxshilashning eng samarali usullaridan biridir. Mutolaa jarayonida miyangizda empatiya, his-tuygʻu, qaror qabul qilish va avtobiografik xotira uchun masʼul boʻlgan toʻqimalarni ragʻbatlantirasiz. Xoʻsh, aqliy rivojlanish uchun kitoblarni qanday tanlash va oʻqish lozim? Ushbu maqola orqali bir qancha maslahatlarga ega boʻlasiz.

Siz endi “maktab bolasi” emassiz

Maktab davrini eslaylik. Maktabda koʻpchilik oʻqituvchining savollariga javob berish, nazorat sinovlaridan yaxshi oʻtib olish uchungina oʻqiydi. Esingizda boʻlsin, siz hozir oʻqituvchi uchun emas, balki oʻzingiz uchun bilim olasiz.

Aytaylik, siz Peloponnes urushi haqida mutolaa qilyapsiz. Unda asosiy eʼtiborni raqamlar yoki joy nomlariga emas, koʻproq qarama-qarshi tomonlarning strategiyalariga qarating. Kim nima sababdan gʻalaba qozondi? Tomonlarning yutuq va kamchiliklari nimada edi?

Mulohazalar bilan tanishib chiqing

Asarning xotimasi va muallifning asosiy mulohazalarini oldindan bilish asar mavzusi haqida tasavvurga ega boʻlishga yordam beradi. Shuningdek, odatda birinchi 50 sahifadayoq biz muallif nima demoqchi ekanligini tushunamiz. Shunda siz “Bu kitobni oʻqish men uchun nega kerak?” va “Uning asosiy gʻoyasi qanday?” degan savollarga javob izlaysiz. Bundan tashqari, boshqa kitobxonlarning ushbu kitob haqidagi fikr-mulohazalari bilan ham tanishib chiqish zarar qilmaydi. Mulohazalardan uning intellektual qiymatini aniqlash yanada oson boʻladi.

Tushunmaganlaringizga beeʼtibor boʻlmang

Siz hamma narsani ham birdan tushunmasligingiz mumkin. Asosiysi, beeʼtibor boʻlmasdan ular haqida boshqa manbalardan ham maʼlumot qidiring. Misol uchun, tarixiy urushlar haqida oʻqiyotganingizda, jang maydonini tasavvur qilish muhim. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun hududning xaritalarini oʻrganib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

Muhim joylarni belgilab qoʻying

Sizni qiziqtirgan va oʻylantirgan barcha joylarni xatchoʻp yoki markerda belgilang. Shaxsiy fikrlaringiz boʻlsa, albatta kitobning hoshiyasiga qalam bilan yozib qoʻying. Kitobni buzishdan aslo qoʻrqmang. Nima uchun oʻqiyotganingizni unutmang. Asosiy maqsad – kitobdan axloqiy va intellektual saboqlarni oʻrganish. Bunday eslatmalar bilan esa u sizga koʻproq foyda keltiradi.

Kitobga qayta murojat qiling

Mutolaa qilish intellektual salohiyatingizni oshiradi. Eʼtiborlisi, aqliy rivojlanish kitobni tugatganingizdan keyin ham davom etadi. Funksional magnit-rezonans tomografiya yordamida Emori universitetida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, mutolaadan soʻng ham bizning miyamiz kamida besh kun davomida faollikni saqlab turishga qodir. Yanada bilimga ega boʻlish uchun bir yoki ikki hafta oʻtgach, kitobni qayta varaqlang. Oʻzingiz uchun muhim deb bilgan maʼlumotlarni kerakli joyga qayta qayd qilish ham zarar qilmaydi. Bu orqali siz bilimingizni mustahkamlaysiz. Balki ulardan keyinchalik qayerdadir foydalanishingiz ham mumkin.

Oʻqiganlaringizni amalda qoʻllang

Siz bejizga muhim maʼlumotlarni belgilab olmagansiz. Ulardan ishda va kundalik hayotda foydalanib turing. Olingan bilimlarni qoʻllashdan qanchalik mamnun boʻlsangiz, shunchalik koʻp rivojlanishni xohlaysiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oktyabr, ehtimol, yilning barcha oylaridan, hatto may oyidan ham go‘zalroqdir. May oyi amalga oshmaydigan umidlar va va’dalar bilan qiynasa, oktyabr hech narsa va’da qilmaydi, umidning soyasini ham bermaydi, u butunlay o‘z ichiga g‘arq bo‘lgan. Undan keyin faqat zulmat, sovuq, loygarchilik, ho‘l qor va uzun tun keladi xolos.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hozir mindee oʻtirib oʻylab qoldim. Mashi blogni faol yuritishni boshlaganimga 4 yildan oshibdi.
Bu vaqtgacha kimlar keldi kimlar ketdi bu maydonda. Ammo biz hali ham shu yerdamiz.
Kanalni doimiy faol ushlab turish yaxshigina ham ruhiy ham jismoniy energiya oladi.
Uni oʻqishgina xolos, oson😉
Nima boʻlsa ham mashi paytgacha men bilan shu joygacha kelganlarga rahmat.
Bola chaqali boʻb ketganimizda ham mashnaqa gaplar yozib turaveraylik

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Usmonli sultoni Abdulmajid I Irlandiyadagi ocharchilik haqida eshitgach, Irlandiyaga yordam berishga qaror qilgan. U dastlab 10 ming funt sterling yuborishni xohlagan, lekin Britaniya hukumati unga rasmiy ravishda 1 ming funtdan ko‘p yubormaslikni maslahat bergan, chunki Britaniya qirolichasi Viktoriya Irlandiyaga 2 ming funt yuborgan edi.

Shunga qaramay, Sulton Abdulmajid qo‘shimcha yordam sifatida yuk kemalari orqali oziq-ovqat va gumanitar yordam jo‘natgan. Manbalarda aytilishicha, Usmonli imperiyasi kemalari Drogheda shahriga yetib kelgan va yordamni yetkazgan. Ushbu voqea irland xalqining tarixida katta minnatdorlik bilan eslanadi va ayniqsa Drogheda shahrida Usmonlilarning yordam ko‘rsatganliklari haqida faxr bilan gapiriladi.

#history #tarix #история

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel