kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Eh, kelmaganlar qanchalar koʻp narsadan quruq qolganini aytmasa tadbir yaxshi oʻtdi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yuz insonning muhim a’zolardan bo‘lib, undagi moddiy, tashqi chiroyini ko‘rsatadigan qismidir. Yuzda quloq, burun, og‘iz, tishlar ko‘zlar kabi bir necha a’zolar bor. Yuzga urish yuzdagi moddiy chiroyning yo‘qolishiga yoki nuqson yetishiga, yuzdagi a’zolarga shikast yetishiga, ba’zida ular o‘z vazifasini bajara olmay qolishiga sabab bo‘ladi.

Amerikalik tadqiqotchilar bosh va yuzga urishning alsgeymer kabi asab kasalliklariga sabab bo‘lishini aniqladilar. Bu kasallikda miya o‘z vazifalarini bajara olmay qoladi. Miya bilan bog‘liq yoki asab kasalliklari sababli vafot etgan 12 nafar sportchining tanasi yorib ko‘rilganda, ularning asab tizimlari zararlangani ma’lum bo‘ldi.

Boston universiteti tibbiyot fakulteti o‘qituvchisining aytishicha, ushbu yorib ko‘rish natijasi to‘qnashuvli sport o‘yinlaridagi boshga takroriy zarbalarning tushishi asab kasalliklariga sabab bo‘lishiga dalildir.

Ma’lumki, boks, karate, kikboks kabi sport turlarida bosh va yuzga urish, tepish ko‘p sodir bo‘lsa, futbolda to‘pni bosh bilan urish, qaytarish asnosida boshga zarba tegadi.

Xo‘sh, yuzga urishning qanday xatarlari bor?

- Miyadagi 300-400 atrofidagi hujayralarning o‘lishiga sabab bo‘ladi.

- Ba’zida ko‘r bo‘lib qolishga sabab bo‘ladi.

- Eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

- Yuzning falaj bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

- Ba’zida darhol o‘lib qolishga sabab bo‘ladi.

- Parishonxotirlikka sabab bo‘ladi.

- Ta’m, hid bilish, chaynash, yutish va ko‘z yoshi bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

- Beixtiyor holatda peshob chiqaradigan bo‘lib qolishga sabab bo‘ladi.

Ko‘pchilik bolasini urib tarbiya qilmoqchi bo‘ladi. Bolaning yuziga urishning xatarlari nima?

- Yolg‘onchi bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

- Qaysar bo‘lib shakllanishiga sabab bo‘ladi.

- Bola bilan ota-ona o‘rtasida yomon ko‘rish kabi salbiy hislar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro muhabbatning yo‘qolishiga olib keladi.

- Odamlardan qo‘rqadigan, shaxsiyati zaif, dushmanlari uchun oson o‘lja bo‘ladigan tarzda shakllanadi.

- Ozgina do‘q-po‘pisa qilgan kishiga yoki o‘zidan kuchliroqqa bo‘ysunadigan bo‘lib qoladi.

- Depressiyaga tushadigan bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

- Odamovi bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

- Odamlarni yoqtirmaydigan, ularga nafrat ko‘zi bilan qaraydigan bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

- Ba’zan qotil bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Sizlardan biringiz uradigan bo‘lsa, yuzga urishdan saqlansin!» deganlar.

Tabaroniy rivoyatlari.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam «Biringiz urishmoqchi bo‘lsa, yuz (ga urish)dan saqlansin!» deganlar.

Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bundan o‘n to‘rt asr oldin biz ummatlarini yuzga urishdan qaytarganlar. O‘zlari hech qachon onalarimizning, farzandlarining va xodimlarining yuzlariga urmaganlar.

Tibbiyot sohasida yuzga urishning xatarlari aniqlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi.

Bolalarni, ayollarni, xizmatkorlarni urishdan saqlanishimiz lozim.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam neyrojarroh, nevropatolog, nevrolog bo‘lmaganlarini hisobga olsak, «Yuzga urishdan saqlansin!» deb o‘n to‘rt asr oldin aytganlari u zot sollallohu alayhi vasallamning Alloh taoloning haq payg‘ambari ekanliklariga dalillardan biridir!

Manba

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ertaga manetga kelsanglar, kitob-mitobli boʻvolishinglar mumkin. Yiqqan tergan kitoblarimni bir qanchasini sovgʻaga bervorish ehtimoli bor boʻb turibdi.
Remark yoki Jek London asarlari haqida gaplashsak kerak.
2-notiq ham beganamas. Oshnam Muhammad Amin.
Xullas, bir maza davra boʻlish ehtimoli katta. Keyin "vaa, nimagayam erindima, borsam hozir hasaddan kuyib oʻlmas edim" deb yurmaysizlar.

P.S²: Yoqtirmani bosadigan odamlar eng zoʻr odamlarda

P.S³: imlo xato yozibsiz, siz avval alifbeʼni qaytadan oʻqing demasligingiz uchun: toza Anjan shevada yozishni yoqtiraman. Anaqissa hate qilmanglar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitoblar haqida blist savol-javoblar.

1. Hozir o'qiyotgan kitobingiz qaysi?

2. Eng birinchi o'qib yodingizda qolgan kitob?

3. Hayotingizda katta o'zgarishga sabab bo‘lgan kitob?

4. Oxirgi o'qigan kitobingiz?

5. Yaqin orada kitobdan o'rgangan qiziq ma'lumot qaysi?

6. Qaysi mavzudagi kitoblaringiz ko‘proq bo'lishini istardingiz?

7. Mening nazdimda foydali, lekin yetarlicha qadrlanmayotgan kitob?

8. Meni aqlliroq qilgan kitob?

9. Keyingi o'qimoqchi bo'lgan kitobingiz?

Siz shu savollarga qanday javob bergan bo'lardingiz?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

1-spiker - Abdurahmon Egamberdiyev!🎉

✔️Kontent yaratuvchi;
✔️Mijozlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis;
✔️Kopirayter

Kitob taqdimotidan tashqari spikerimizdan media va marketing sohasidagi savollaringizga javob, maslahat va tavsiyalar olishingiz mumkin. 🤩

Hali ham ro’yxatdan o’tmadingizmi? Qani, unda teeez o’zingizga bir yaxshilik qiling.😇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdRpQuSAL17nW0v3hBpu968axtIVPOiOKdkGOuGuEaYzfT3Hw/viewform?usp=sf_link

Barchangizni 20-oktabr kuni soat 14:00 da Yoshlar Ijod saroyida kutib qolamiz!

O’zingiz bilan kitob ayirboshlash uchun 1 ta kitob olib kelishni unutmang!

📚 Ilm — yagona najot!
@yoshmaslahatchilar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sankt-Peterburgdagi "Царское село" yoki rus dramaturgi va shoiri A. Pushkin nomiga qo‘yilgan Pushkino shaharchasida oltin kuz.
Shoir bu yerga 12 yoshligida keladi. Hayotining eng yorqin davrini va ijodidagi shedevr asarlarini aynan u "Царское село" bog‘larida kezib yaratgandi. Shuning uchun u ushbu shaharchaga ko‘plab she’rlarini bag‘ishlagani ajablanarli emas. Shoirku mayli, endi bu manzaralar har qanday oddiy bir insonni ham qalbini jumbushga keltira olishiga shubham yo‘q.
Rasmlardagi saroy Yekaterina II ning rezidensiyasi hisoblanadi. Qirolicha ham saroyni nega aynan shu joyda qurganligini endi tushunib yetgandekman. Kamina ham bu yerda ikki marta bo‘lgan. Bu shaharcha menga abadiy shirin xotiralar qoldirgan. Albatta siz ham boring!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️

1958-yilda Boris Pasternak adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu mukofot sovet mafkurasiga qarshi g'oya o'laroq yozilgan "Doktor Jivago" romani bilan bog‘liq bo‘lgani sababli, Pasternakni undan voz kechishga majbur qilishdi.

"Otamga Nobel mukofoti berilgani Moskvada ma’lum bo‘lgan kuni kechqurun, barcha qiyinchiliklar ortda qolganidan, mukofotni olish Stokgolmga borib nutq so‘zlash imkoniyatini berishidan xursand edik. Bu nutq qanchalik go‘zal va mazmunli bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilardik! G‘alaba bizga shunchalik to‘liq va ajoyib tuyulardi. Biroq ertasi kuni ertalab chop etilgan gazetalar orzularimizni chilparchin qildi. Qalbimizda uyat va nafrat hissi uyg‘ondi."

- Yevgeniy Pasternak, shoirning o‘g‘li.

Bir haftadan so‘ng Pasternak Nobel mukofotidan voz kechganini bildiruvchi telegramma yuborishga majbur bo‘ldi:

"Men mansub bo‘lgan jamiyatda menga berilgan mukofotning ahamiyati tufayli, bu munosib bo‘lmagan mukofotdan voz kechishga majburman. Iltimos, mening ixtiyoriy ravishda rad etishimni haqorat deb qabul qilmang."


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

TALABALARGA MUROJAAT

Guruh sardoringizni avaylang! Shuncha hujjat qiladi, NB qo‘ydirmaydi, baho olib beradi, institutda kechgacha yuradi, o‘zidan xarajat qiladi, rektordan tortib dekanatdagi bitta o‘rta ma’lumot yugurdakkacha tuzlaydi, kursdoshlarning o‘rtasida muvozanat saqlaydi, hammaga xarakteriga qarab muomala qiladi, ishlaringizni hal qiladi, ko‘nglingizga qaraydi, dardingizni tinglaydi, hammaning kayfiyatini ko‘tarib, kuldirib yuradi...) Eng yomoni o‘sha xarajat degan joy!)
Rasmga tushirib qo‘yadi kerak bo‘lsa. Qizlarga kelgan sovchilar bilan gaplashadi, himoya qiladi, yaxshi joy chiqsa erga beradi😁

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#shunchaki

Hozirgi kunda ortiqcha olaxurjun hech kimga kerak emas. Kundan-kun beshafqatga aylanib, ojizlarni yamlamay yutayotgan bu hayotda o'z oyog'ingda tura olishing judayam muhim.

Ertaga yo'lda yakka qolib ketsang, bemalol davom eta olish darajasiga yetishga majbursan. Aks holda yiqilgan yeringdan birov seni suyab, turg'azishi dargumon.

O'z ustingda ko'p ishlashing, ojizlar safidan kuchlilar qatoriga amallab o'rnashishing, o'z muvozanatingni mustahkam tiklashing shart. Yo'qsa piypalanasan.

Hozir suyanching bordir, tog'ing mustahkamdir. Ammo bu hayot. Ertangi kunga kim kafolat beradi?
Ayol ko'p narsaga majbur qoladi. Ayol avvalo o'zini tutishga, kuchli bo'lishga majbur! Zulmatda nur topishga majbur!

@qodirova_g

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Begona” – Alber Kamyu

Fransuz yozuvchisining ilk romani ekzistensializm gʻoyalarining klassik namunasi hisoblanadi. Voqealar bosh qahramon – Jazoirda yashovchi 30 yoshli fransuz erkak tilidan hikoya qilinadi. Uning ismi aytilmagan, biroq baʼzi joylarda familiyasi – Merso tilga olinadi. Asar qahramoni odam oʻldirgani uchun emas, onasining motam marosimida yigʻlamagani uchun oʻlimga hukm qilinadi.
Qissa orqali Kamyu absolyut erkinlik masalalari ustida bosh qotiradi. Inson hayoti uning irodasiga bogʻliq boʻlmagan voqealar zanjiridan iboratligi koʻrsatilgan.

“Oʻnta negr bolasi” – Agata Kristi

Agata Kristining 1939-yilda yozilgan ushbu romani yozuvchining eng koʻp sotiladigan kitobi hisoblanadi. Romanning 10 tacha ekranizatsiyasi mavjud. Syujeti gʻaroyib – orolda qamalib qolgan bir necha odamlar birin-ketin oʻldiriladi. Shubhangiz bir qahramondan boshqasiga koʻchib boraveradi. Oxiri esa butunlay kutilmagan yechim boʻladi.
Roman koʻplab detektiv kitoblar va psixologik filmlar yaratish uchun namuna vazifasini bajargan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bu yerga emas linkdagi kanaldagi postga yozish kerak edi apandilar😂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Zamonaviy dunyo insonni fikrlash zaruriyatidan xalos qilmoqda. Ko‘zlarimiz o‘rnini tarbiya, fikrlarimizni o'rnini qoidalar, shaxsiy qarashlarimizni qoliplar, istaklarimizni esa reklama roliklar egallamoqda. Barcha narsa allaqachon o‘ylab topilgan, belgilab qo‘yilgan, o‘z joyiga joylashtirilgan... Fikr yuritma, shunchaki tingla, kuzat va eslab qol. Sen haqingda allaqachon g‘amxo‘rlik qilingan. Sochingni mana shu shampun bilan yuv, mana bu to‘shaklarda uxla, mana bu jinsi shimlarni kiy. Ha, albatta, tanlash huquqing bor, ammo endi uning nima foydasi bor? Sen tanlayotgan, o‘ylayotgan, tahlil qilayotgan paytingda esa vaqtlar o‘tib ketadi... Shuning uchun miyangni bunday behuda narsalar bilan qiynama. O'zingga qulay tarzda hayot kechir!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ba’zan kitobxonlar haqida shunday fikrlar yuradiki...

Ularni "Botanik" deb atashlari ham sir emas.
Jumladan, menga shunday so‘zlarni aytishgani rost.

Senda siyosat haqida tushuncha yo‘q" - deyishadi.
Men "1984"ni esga olaman.

Sen urush nima ekanligini bilmaysan" - deyishadi.
Men "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"ni eslayman.

Sen oq va qorani ajrata olmaysan" - deyishadi.
Men "Yolg‘onlar shahri"ni yodga olaman.

Sen u zamonda tug‘ilmagansan, SSSR haqida nimani ham bilar eding" -deyishadi.
Men "Otamdan qolgan dalalar"ni xotirlayman.

Sen sehr nima ekanligini bilmaysan" - deyishadi.
Men ,,Sariq devni minib"ni eslayman.

Sen ona mehri qanday ekanligini bilmaysan" - deyishadi.
Men "Dunyoning ishlari"ni yodga olaman.

Sen o‘z ustida ishlash nima ekanligini bilmaysan" - deyishadi.
Men "Marten Iden" ni eslayman.

Sen Rossiya ko‘chalarida bo‘lmagansan" - deyishadi.
Men "Jinoyat va Jazo"ni eslayman

Sen qullik va erk nima ekanligini bilmaysan" - deyishadi.
Men "Tom tog‘aning kulbasi"ni yodga olaman.

Senda jamiyat haqida tushuncha yo‘q" - deyishadi.
Men "Azizim"ni eslayman.

Sen odamlarning shafqatsizligi va mehrsizligi haqida bilmaysan" - deyishadi.
Men "Eljernonga atalgan gullar"ni eslayman.

Senda o‘smirlik haqida tushuncha yo‘q"-deyishadi.
Men "Javdarzordagi xaloskor"ni eslayman.

Sen oliyjanoblik haqida bilmaysan - deyishadi.
Men "Don Kixot"ni yodga olaman.

Sen ommani anglamaysan" - deyishadi.
Men "Omma psixologiyasi"ni eslayman.

Senda tartib haqida tushuncha yo‘q" -deyishadi.
Men "Atom odatlar"ni eslayman.

Sen san’atga o‘zini bag‘ishlash nimaligini qayerdan ham bilar eding"- deyishadi.
Men "Oy va Sariq chaqa" ni xotirlayman.

Sen otlar qadrini qaydan ham bilar eding" - deyishadi.
Men "Yovvoyi yo‘rg‘a" ko‘z oldimga keltiraman.

Sen talaba qanday bo‘lishini bilmaysan" - deyishadi.
Men "Qo‘rqma" ni eslayman.

Sen ayriliq tushunchasini tuymagansan" - deyishadi.
Men "O‘tgan kunlar"ni yod etaman.

Sen din va millat o‘rtasidagi kurash qanday oqibatlarga olib kelishini ham bilmaysan" - deyishadi.
Men "Ruhlar isyonini" xotirlayman.

Senda biologik tajribalar haqida ma’lumot yo‘q" - deyishadi.
Men "Ityurak" va ,"Odam amfibiya" esimga tushadi.

Yana shunga o‘xshash vajlar bilan kitobxonlarni ayblashadi.
To‘g‘ri, ular yaqin insonini yo‘qotmagandir, lekin bu hisni ko‘p bora tuyadi.
To‘g‘ri, ular urushga bormagandir, lekin urushning oqibatlarini qolganlardan-da yaxshiroq bilishadi.
To‘g‘ri, ular hayotda biror qizning qo‘lini ushlamagan yoki biror yigitga tik qaramagan bo‘lishi mumkin, lekin ular albatta sevib ko‘rishgan.
To‘g‘ri, ular hayotda endi 20, 30 yoshda bo‘lishi mumkin, lekin ular aslida 100 yillik voqealarga guvoh bo‘lishgan.

Shuning uchun iltimos qilaman, kitobxon insonlarga kamsitish ko‘zi bilan qarashni bas qiling.

"Kitobxonlar Botanik emas!"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Иқтисод бўйича Нобел

2024 йилнинг Иқтисодиёт фани бўйича Нобел мукофоти институтлар қандай шаклланиши ва уларнинг фаровонликка таъсирини ўрганганлиги учун жуда кўпчилик кутганидек Ажемўғли, Жонсон ва Робинсонга берилибди.

Нима учун ушбу олимлар мукофотга лойиқ кўрилди?

Ушбу олимларнинг асосий ғояси – иқтисодий ривожланиш, бойроқ бўлиш сиёсий институтларга боғлиқ. Улар ривожланишнинг бошқа факторлари – география, маданият, жамиятдаги нормаларнинг аҳамияти ва ролини иккиламчи ўринда кўрган ҳолда иқтисодий ривожланиш асосан мамлакатда шаклланган институтлар билан боғлиқлигини исботлашга уринган.

Улар фандаги яна бир муҳим "иқтисодий ўсишга ҳамоҳанг институтлар қаердан ёки қандай шаклланади" деган савол устида ҳам бош қотиради.

Ушбу савол устида улар иқтисодий ривожланиш фанида янги эмпирик ва назарий услублар яратишади. Мисол учун, улар колониял ўтмишни узоқ муддатли ўсишга, фаровонлликка қандай таъсир кўрсатишини баҳолашган.

Асосий илмий ишларида ушбу олимлар иддао қиладики, колониялар бўйича амалга оширилган стратегиялар шаклланган институтлар сифатига ва бу ўз навбатида иқтисодий кўрсаткичларга сурункали таъсир кўрсатиб келган ва келади.

Машҳур илмий ишларидан бирида (“settler mortality”) хулоса қилишадики, Европаликлар босиб олган ҳудудларининг қай бирида ўлим коэффициенти (маълум бир табиий шарт-шароитлар туфайли) юқори бўлса, шу ерда экстрактив (ёмонроқ) институтларни яратишган. Ва аксинча, ўлим даражаси паст ҳудудларда “Европача” институтларни раво кўришган.

Яна бир илмий ишларида (“reversal of fortune” ) кўрсатишадики,босиб олинган пайтда бой бўлган ҳудудлар бугунги кунда нисбатан камбағалроқ. Нима учун? Сабаби босқинчилар бошидан аввал ресурсларни тортиб олиш учун ёмонроқ институтларни яратишади.

Назарий жиҳатдан ҳам иқтисод фанида янгилик қилишган. Иқтисодиёт фани моделларга асосланади ва яхши олимларни формал моделларсиз тасаввур қилиш қийин. Улар фанда биринчилардан бўлиб нима учун иқтисодий ўсишни рағбатлантирувчи институтлар шаклланиши ёки шаклланмаслигини моделлаштирган.

Назарияларидаги асосий гипотеза шундайки, самарасиз институтлар элита ва халқ ўртасидаги “ваъдалашув муаммоси” (commitment problems) туфайли сақланиб қолади. Оддийроқ айтганда элита жамият ва фуқаролар учун манфаатли сиёсатни амалга оширишни ваъда беради, амалда бу содир бўлмайди. Ўзгаришларга жамият ишончи йўқолади. Бир-бирига нисбатан мазкур ишончсизлик жамиятда самарасиз институтларни йўқотиб, ўрнига яхшироқ институтларни яратишга ҳалақит қилади.

Нобел ҳудди Банержи, Дуфло кейси каби улар ҳамма нарсада ҳақлиги учун берилмаган. Бу мукофотни кўпроқ академияда биринчилардан бўлиб юқоридагидек муҳим саволлар қўйиш ва шу саволга жаво бериш учун қандай инструментлар яратилганлиги учун деб тушуниш тўғрироқ бўлади.

Улар илмий ишлари орқали макро саволларга “квази экспериментлар” орқали жавоб қидириш, институтларнинг иқтисодий ривожланишдаги аҳамиятини диққат марказга чиқариш ва институтлар ўзгаришини моделлаштиришга катта ҳисса қўшган.

Мазкур ишлар, гарчи уларнинг эмпирик хулосалари бўйича баҳслар давом этаётган бўлсада, Нобелга лойиқ деб кўрилган.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Daniyadagi "Jonli kutubxona" (Live Library yoki Human Library) – bu o'ziga xos ijtimoiy tashabbus bo'lib, unda kitoblar o'rniga odamlar "o'qiladi". Ushbu loyiha 2000-yilda Daniyaning Kopengagen shahrida paydo bo'lgan va uning maqsadi turli toifadagi odamlarga nisbatan mavjud bo'lgan stereotiplarni bartaraf etish, tushunmovchiliklarni yo'qotish va insonlar o'rtasida muloqotni rivojlantirishdir. Jonli kutubxonada “kitob” rolini odatda kamsitishga uchragan yoki turli xil stereotiplarga duch kelgan odamlar bajaradi.

Bu jarayon quyidagidek ishlaydi: kutubxonaga keluvchilar ma’lum bir "kitob"ni tanlashadi, ya’ni ular bilan suhbatlashishni istagan odamni tanlashadi. Har bir "kitob" muayyan mavzuga ega bo‘ladi, masalan, muhojir, nogiron, sobiq mahbus, ruhiy kasallikdan aziyat chekkan odam va hokazo. Kutubxona o'quvchilari (mehmonlar) ushbu insonlar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishadi, savollar berishadi va ular bilan suhbatlashish orqali ularning hayotiy tajribalari haqida bilib olishadi.

Bu muloqot odatda 30 daqiqa davom etadi va odamlar bir-birlari bilan ochiq va hurmat saqlagan tarzda gaplashishlari uchun yaratilgan. "Jonli kitoblar" o‘z hikoyalarini bemalol aytib berishadi va o‘quvchilar ko‘pincha o‘zlaridagi noto‘g‘ri tushunchalar yoki stereotiplarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu loyiha butun dunyoga tarqalgan va ko'plab mamlakatlarda amalga oshirilmoqda, lekin uning asoschisi Daniyada joylashgan bo'lib qolmoqda. "Jonli kutubxona" jamiyatdagi xilma-xillikni nishonlash va insonlar o'rtasidagi muloqotni yaxshilash uchun muhim platforma hisoblanadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Biz loyihani boshladik!🥳

📚 Ilm — yagona najot!
@yoshmaslahatchilar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tarsaki aqliy qobiliyatlarni yaxshilaydi va aqliy ravshanlikni tiklaydi.

Bu fakt emish!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Toshkentga kelib oʻzimga qilgan eng katta yaxshiligim, oʻzim yoqtirgan va havas qilgan insonlar jamlangan кругʼlarda boʻlish boʻldi. Bugun ana shunday insonlarning ikkitasi bilan bir necha qiziq loyihalar haqida suhbatlashdik.

@Siddiiqa @shana_jahongir

Bu insonlar bilan birinchi marta suhbatlashdim. Fikrlashi, dunyoqarashi mendan ortsa-ortiqki aslo kam emas.

Bugungi uchrashuv uchun, bugungi fikrlashuv uchun sizlarga rahmat!

P.S: suhbat juda manfaatli va yangiliklarga boy ekanligidan telefonga ham qaramabman. Rasm pasm yoʻqmi deganlarga😏

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yana adashib borib olmanglar 😏
Miyangiz ishib ketsa keyin balosiga men qolib ketmay

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mashhur polshalik pedagog va yozuvchi Yanush Korchakning bolalar tarbiyasi haqida 7 ta o‘giti

1. Farzandingiz sizga o‘xshashini yoki siz xohlagandek bo‘lishini kutmang. Unga o‘zingiz bo‘lishga emas, o‘zi bo‘lishiga yordam bering.

2. Farzandingiz uchun qilgan barcha ishlaringiz evaziga undan tovon talab qilmang. Siz unga hayot berdingiz, u sizga qanday minnatdorchilik bildira oladi? U boshqasiga hayot beradi, u esa - uchinchisiga, va bu minnatdorlikning o‘zgarmas qonunidir.

3. Keksalikda achchiq non yemay desangiz, bolangizdan alamingizni olmang. Zero, nima eksangiz, shuni o‘rasiz.

4. Uning muammolariga yuqori pog'onadan qaramang. Hayot har kimga kuchi yetganicha qobiliyat beradi. Ishoning - uni ham siznikidan kam bo'lmagan muammolari bor va tajribasizligi tufayli u bularni yanada og'irroq shaklda boshdan kechiradi.

5. Kamsitmang!

6. Insonning eng muhim uchrashuvi - bu bolalar bilan uchrashuvi ekanini unutmang.

7. Begona bolalarni ham seva oling. Hech qachon o‘z farzandingizga ravo ko‘rmaydigan narsani boshqa bolaga ham ravo qilmang.

#qiziqarli

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qayerga borishni xohlasang, o‘sha joyga bora olishning o‘zida juda katta baxt yashiringan bo‘lishi mumkin.

Aleksandr Kurpin

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

👉 Mark Tven haqida bir necha qiziqarli ma’lumotlar

Ernest Xeminguey bir necha bor butun Amerika adabiyoti Mark Tvenning yelkasida turganini ta’kidlagan.

Tvenning ijodi ko‘plab insonlarni, jumladan, Maksim Gorkiy va Aleksandr Kuprinni ham ilhomlantirgan. Mashhur yozuvchilar uning betakror uslubi va teran g‘oyalarini yuqori baholaganlar.

Mark Tven nafaqat buyuk yozuvchi, balki ilm-fanning katta muxlisi ham bo‘lgan. Uning eng yaqin do‘stlaridan biri Nikola Teslaning o‘zi edi.

Ko‘proq ma’lumotlar ulashishim uchun - ❤️ kutib qolaman.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Odamlarga nisbatan qanchalik iliq munosabatda boʻlganim sayin, shuncha sovuqqon odamlarga duch kelaman.
Hayotning gʻalati mantigʻi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar kimgadir "Ishlar qalay?" deb savol berganingizda u har doim "Hammasi yaxshi " deb javob qaytarsa, demak siz uning ishonchli odamlar doirasiga kirmaysiz.

Макс Фрай «Чужак»

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oʻqib tugatishga bir kun kifoya qiladigan 7 mashhur asar

Ushbu asarlarni bir kun emas, bir nafasda oʻqib chiqish mumkin desak mubolagʻa boʻlmaydi.

“Eljernonga atalgan gullar” – Deniyel Kiz

Biror narsani xohlaysiz-u, ammo oʻzingizni cheklash uchun yuzlab bahonalar oʻylab topasizmi? Istalgan odamda bu holat yuz berishi mumkin. Biroq tabiat tomonidan cheklangan boʻlsangiz-chi?
Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari aynan shu holat haqida hikoya qiladi.
Charli Gordon aqliy rivojlanishda orqada qolgan, ammo boshqa narsalarda kamchiligi yoʻq, uning doʻstlari, oʻz ishi bor. Biroq aqlli boʻlish istagi uni hech tinch qoʻymaydi. Charlida nafaqat aqlli, balki boshqalardan-da aqlli boʻlish imkoniyati paydo boʻladi – operatsiyani boshdan kechirish. Operatsiyadan keyin uning nafaqat aqliy qobiliyatlari, balki odamlar bilan munosabatlari ham oʻzgarishlarga duch keladi. Avvallari ustidan kulgan odamlar endi undan qocha boshlaydi. Maʼlum boʻladiki, “doʻstlik” ustunlik hissiga qurilgan ekan. Bunday munosabatlarda oʻzini ustun qoʻyishdan boshqa narsa boʻlmagan ekan…

Koʻp narsani tushunib yetgan Charli olamning kamalakrang emasligini koʻradi. Asarni oʻqigach, uning Amerika maktablarida majburiy oʻquv dasturiga bejizga kiritilmaganini tushunib yetasiz.

“Molxona” – Jorj Oruell

“Molxona” yoki “Hayvonlar xoʻjaligi” mashhur anti-utopiyachi Jorj Oruellning 1945-yilda bosib chiqarilgan satirik masal-qissasi hisoblanadi. Qissada Oruell hayvonlar xoʻjaligi misolida odamlar jamiyatining umumiy tenglik gʻoyalaridan diktatura va totalitarizm qurishgacha borishini tasvirlaydi. Yozuvchi bu asar orqali Sobiq Sovet davlatini satira yordamida nishonga olgan. Kitob oʻz janrining eng yaxshi namunalaridandir.

“Parvoz zavqi” – Richard Bax

Qushlarning kundalik ozuqa dardidagina yashashi, mazmunsiz va tor hayot kechirishini tushungan Jonatan Livingston ismli oqcharloq rivojlanish yoʻlini tanlaydi. U parvozni bir makondan boshqa makonga oʻtish va ozuqa topish vositasi boʻlib qolishiga qarshi chiqadi, parvoz hayot tarzi va sanʼatga aylanishi uchun harakat qiladi. Toʻdadan chetlashtirilgan Jonatan quvgʻindi sifatida hayot kechira boshlaydi va parvozni mukammallashtirishga oʻzini bagʻishlaydi.

Ilk bor 1970-yilda chop etilgan asar 1972-yil oxiriga borib million nusxada sotib boʻlinadi. Ruhlantiruvchi eng yaxshi badiiy asarlardan biri.

“Evrilish” – Frans Kafka

Frans Kafka asarining qahramoni Gregor Zamza – faqatgina moddiy ehtiyojlari bilan yashaydigan, uncha boy boʻlmagan parijlik oilaning oʻgʻli. Otasi, astma bilan kasallangan onasi va sevimli singlisi Greta – hammasi Gregorga qaram. Gregor oilasini boqish uchun tinmay ishlaydi, har doim ish safarlarida boʻladi. Bir kuni uyga kelganida u bilan dahshatli voqea sodir boʻladi: ertalab yotogʻida uygʻongan Gregor qoʻrqinchli hasharotga aylanib qolganini tushunadi. Oilaning sevimli aʼzosi darhol keraksiz mahluq boʻlib qoladi. Nahotki insonning tashqi belgilarigina uning insonligini bildirsa? Kafka shu va boshqa savollar ustida bosh qotirishga majbur qiladi. Bu kitob ekzestensializm oqiming eng yaxshi namunasidir.

“Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi

Kattalar uchun masal koʻrinishidagi ertakning bosh qahramoni oddiy gaplar bilan inson qalbining chuqur sarhadlarini ochib tashlaydi. Ilk bor 1943-yilning 6-aprelida nashr etilgan kitob vaqt oʻtib butun dunyo zamonaviy madaniyatining bir qismiga aylandi. Undan olingan iqtiboslarga duch kelmagan odam boʻlmasa kerak. Kichkina Shahzoda, shuningdek, qissaning boshqa qahramonlari koʻrinishini ham fransuz yozuvchisining oʻzi yaratgan.
Bugun ushbu kitobda hayot, koinot, mavjudlik haqidagi savollarga javoblar topish mumkin. “Kichkina shahzoda” asarini har safar oʻqir ekansiz, kitob yangilanib boraveradi, yangidan-yangi maʼnolar tuhfa etaveradi.

Davomi bor...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📌 Kichik bir tanlovcha o’tkazsam nima deysiz.
Bunday yomg’irlik havoda kitob o’qishga nima yetsin.
Ammo kitobim yo’q, bor kitoblarimni o’qib bo’lganman desangiz sizda kitob yutib olish imkoni bor.
🖋️ Shu post izohiga qalbga yaqin satrlardan iqtibos yozib qoldiring va ko’p ❤️ yeg’gan ajoyib kitob egasi bo’lishi mumkin.

G’olib 19.10.2024 da aniqlanadi😉

/channel/+D2Lx7RUDcShkNDky

@qalbtomchilar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Har ayol - aqldan ozgan qushga o‘xshaydi. Muammo shundaki, ko‘pchilik ayollar uchishni emas, balki faqat uya qurishni o‘rganishga intiladilar.

Макс Фрай «Белые камни Харумбы»

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugungi kuningiz haqida 3 ta gap yozib ketishingiz uchun post.

(1-2 yildan keyin kelib oʻqib qolarsiz balki)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

- Yolg‘izlikni yaxshi ko‘rasizmi? - deb so‘radi u qo'llarini yuziga tirab. - Yolg‘iz sayohat qilasiz, yolg‘iz ovqatlanasiz, darslarda ham hammadan chetda o‘tirasiz.
- Men yolg‘izlikni yoqtirmayman. Shunchaki ortiqcha tanishuvlardan o‘zimni tiyaman, - dedim. - Odamlardan yana bir bor ko‘nglim qolmasligi uchun.

Haruki Murakami,
"Norwegian wood"


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Key Nyuport sen-u men uchun judayam foydali va kerakli bo‘lgan kitobni yozib qo‘yibdi. U "Raqamli minimalizm" deb nomlanadi. Bugun uni eshitib tugatdim.

Kitobda nimalar aytilgani haqida gapirish niyatim yo‘q. Chunki uni har kim o‘zi o‘qib tahlil qilishi kerak. Men faqat senga bir nechta savol beraman va bu kitobni o‘qish davomida, tugatganimdan keyin nimalarni o‘zgartirganim haqida aytib o‘taman.

Savollar:

Interneti bor telefon sotib olguningga qadar ishindagi, o‘qishdagi unumdorlikni eslay olasanmi?

Interneti bor telefon sotib olguningga qadar yaqinlaring bilan qanday munosabatda bo‘lganliging, ularga qancha vaqt ajratganing haqida eslay olasanmi?

Interneti bor telefon sotib olguningga qadar o‘zingga, o‘z hayollaringga qancha vaqt ajratganingni eslay olasanmi?

Men o‘zgartirgan narsalar:

- ishga, o‘qishga piyoda, velosipedda telefonda internetni o‘chirib qatnay boshladim;

- smartfonimni butunlay tozalab. eng kerakli narsalarni qoldirdim
- infoshumni yo‘qotdim (avval kamaytirgandim, endi butunlay yoʻqotdim);

- kitob o‘qish uchun alohida e-book reader sotib oldim (ne **** brat, chalg‘iyverganingdan telefonigga o‘qiyman deb google playʼdan skachat qigan kitoblaring telefoningni bir chekkasida chang bosib yotibdi);

- odamlar bilan qo‘ng‘iroqlashish uchun oddiy telefon buyurtma qildim;

- audiokitob, musiqa eshitish uchun iPod zakaz qildim;

- o‘qimoqchi bo‘lgan maqolalarimni Pocket ilovasiga saqlab qo‘yib, ularni xaftada bir kun, ma’lum vaqtda o‘qish uchun vaqt ajratdim;

- yaqinlarim bilan muloqotda bo‘lish vaqtlarimni anniq-tinniq belgilab qo‘ydim va bu vaqt davomida butun diqqatim ularda bo‘lishiga harakat qildim va erishdim ham.

Endi menda boshqalarni menga uqtirmoqchi bo‘lgan fikrlaridan, ideyalaridan himoya qiladigan kattagina baryer paydo bo‘ldi. Ana endi menda o‘z o‘ylarim, maqsadlarim, emotsiyalarimni tahlil qilish uchun kerakli vaqt, diqqat qayta tiklandi.

Kitobda kimdadir iqtibos kelgandi.

Muallifni eslay olmadim. Xullas, u o‘z fikrini shunday ifodalagan: siz foylanadigan ilova, sayt egasining daromadi siz u yerda o‘tkazadigan vaqtga proportsional.

Men keltirgan jumlada va orginal iqtibosda farq bo‘lishi mumkin. Lekin asosiysi bu emas, asosiysi, sen vaqtingni ketkazib birovni cho‘ntagini to‘ldiradigan, o‘zi esa hech narsasiz qoladigan loxsan. Men ham shunday edim.

Ikkinchi iqtibos:

kompyuterlar, noutbuklar allaqachon yetarli darajada ixchamlashdi, endi ularning funksiyalarini telefonlarga tiqavermasdan oddiy telefonlarga qaytishimiz kerak.

Menga ta’sir qilgan yana bitta joyi, kitob so‘ngida Morzening kashfiyoti qanday yuz bergani haqidagi hikoya bo‘ldi. Uni endi o‘zing eshitishing, o‘qishing kerak.

Rus tilidagi audiokitobni esa senga sovg‘a qilaman:

https://drive.google.com/file/d/1XNVe8E-wxitBp_rSoeCQt2HrDOvmwHZC/view?usp=sharing

P.S: Sotib olganlarimdan hech ham afsuslanmayman, chunki infoshum orqali menga kerakmas bo‘lgan narsani sotib olish xohishini paydo bo‘lishi orqali sotib oladigan narsalarimga ketadigan puldan ko‘ra bular ancha arzonroq.

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel