Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Onangga o‘xshab, sen ham haddan ziyod mehribonsan, afsuski, odamlar bu xislatni doimo yetarlicha baholamaydilar.
Fyodor Dostoyevskiyning xolasi, savdogar Aleksandra Kumanina "Jinoyat va jazo" asaridagi sudxo'r kampirning prototipi bo‘lishi mumkin.
Adabiy egizagi kabi, Kumanina ham xasisligi va pul to‘plashga ortiqcha mehr qo'yganligi bilan mashhur edi.
Vafotidan so'ng to‘plagan butun boyligini cherkov ehtiyojlari va xayriya ishlariga vasiyat qilib qoldirgan.
O'z akasining yetim qolgan bolalariga ya'ni jiyanlariga esa bir tiyin ham qoldirmagan.
Bu qaror oila uchun jiddiy zarba bo‘lgan va ehtimol, Dostoyevskiyda biz Alyona Ivanovna timsolida his qiladigan nafratni keltirib chiqargan...
...ochko‘zlik va bemehrlik ramziga aylangan kampirlar.
@kitob_ombori
O‘rta Osiyo darvishlari qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
Sankt-Peterburgdagi Davlat Din tarixi muzeyida O‘rta Osiyo darvishlarining buyumlari mavjud. Ular jahongashta darvishlarning tashqi ko‘rinishini tasavvur qilish imkonini beradi.
Muzeyda siz chopon, qalpoq, kamar kabi darvesh kiyimi elementlarini, shuningdek, oziq-ovqat uchun maxsus idishlar – kadi va kashkulni ko‘rishingiz mumkin. Ular o‘ymakor kalligrafik yozuvlar, qimmatbaho toshlar, o‘ymakor naqshlar bilan bezatilgan.
Darvishlarning sirli buyumlari qatoriga boltalar, sayqallangan shoxdan yasalgan tayoqlar, devlarning boshi shaklidagi to‘qmorlar ham kiradi.
“O‘zbekiston madaniy merosi Davlat Din tarixi muzeyi (Sankt-Peterburg) to‘plamlari” kitob-albomida yanada ko‘proq ma’lumotlar mavjud.
@kitob_ombori
Qizlaringizga ilm bering!
Ular millatni tarbiyalaydilar!
Bilasizmi, Singapurda diplomi bor ayollar turmushga chiqsalar, davlatdan katta to‘yona, agar farzand ko‘rsalar boshqa o‘qimagan ayollarga nisbatan ko‘proq suyunchi pullarini oladilar. Xo‘sh, nima uchun shunaqa? Chunki buyuk islohotchi Li Kuan Yu mamlakatning muvaffaqiyati avvalambor ilmli, ziyoli ayollar va onalarga bog‘liqligini tushunib yetgandi. Tarix ko‘rsatdiki Li Kuan Yu yuz foiz haq bo‘lib chiqdi.
Aqlli va ilmli ayol, ilmsiz, dunyoqarashi past ayollardan ko‘ra dunyoga, hayotga haqiqiy ko‘z bilan baho bera olarkan. Bunday ayollar zamonaviy tendensiyalar va haqqoniylik bilan o‘z hayotlari va oilalarining kelajagini qura oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga, farzandlariga to‘g‘ri yo‘nalishlarni bera olish qurbiga ega bo‘ladilar. Eng kamida bunday ayollar o‘z sog‘liqlariga va oila sog‘lig‘iga katta e’tibor bera oladilar. Ular o‘z turmush o‘rtoqlariga kelajak istiqbollariga olib boruvchi porloq yo‘llarni ko‘rsata oladilar, kerak payti tanqid qilib, zarur paytda maqtov bilan muvaffaqiyatlarga erishtira oladilar.
Ilmli, aqlli ayollar qorin g‘amidan, uydagi mebel, idish-tovoq, latta-putta kabi mayda narsalardan yuqori turadilar. Ular mo‘ljalni juda yuqori oladilar va oilani yuksaklikka olib chiqish rejalarini qila oladilar. Bunday ayollar o‘z erlari va farzandlariga kitob tutqazadilar va ilm-fanga yo‘naltiradilar.
Har qanday buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi, deb bejizga aytilmagan. Intellekti yuqori ayol albatta buyuk farzandlarni kamolotga erishtiradilar. Otadan qon, jism o‘tsa-da, aql, tafakkur ko‘proq onadan o‘tadi. Shuning uchun ilmli, iymonli ayollarga uylanish maqsadga muvofiqdir.
Intellektual o‘tkir bilimga ega, aql-farosatli ayollar o‘z erlarini yo‘qotgan tarzda ham, yoki ularning ablah bo‘lib chiqishidan qat’i nazar baribir o‘z hayot yo‘llarini topib keta oladilar. Chunki bunday ayollar o‘z oilalarini iqtisodiy-ma’naviy jihatdan qo‘rg‘on kabi himoyalash usullarini topa oladilar.
Nima uchun intellektuallar o‘zlariga juda iqtidorli intellektual kuchli ayollarni tanlaganlar. Chunki ular biladilar faqat kuchsiz odamlar o‘zlaridan ham kuchsizlarni tanlashlarini, ular o‘zlariga mos va xos, zamon bilan hamnafas yuruvchi juftni bejizga tanlamaganlar. Chunki bunday kuchli odamlarga faqatgina shunaqa kuchli ayollargina ilhom bera oladilar.
Xo‘sh bizda-chi? Bizda esa "Ayol baxti" nomli treninglar. Ayollarga yosh qizaloqligidan bo‘ysunish, ovqat qilish, tikish-bichish, o‘z hayotini qurbon qilish yo‘llari o‘rgatiladi. Tendensiyalar qanchalik o‘zgarmasin, dunyo qanchalik taraqqiyotga qadam qo‘ymasin, bizdagi qarashlar haliyam XV asrdagi ahvolda. "Bo‘lmasa ersiz qolasan va tamomsan" prinsiplari ustunligicha qolmoqda.
Dunyo ayolning bo‘g‘irsoq pishirishni bilishi yoki bilmasligiga emas, balki uning tafakkuri va professionalizmiga hayratlanadi.
O‘zingizning iste’dodingizni, bilimingizni namoyon qilishdan, yangi g‘oyalaringizni amalga oshirishdan hech qachon qo‘rqmang, eski stereotiplardan baralla voz keching. Kir yuvish va ovqat qilishni istagan paytda o‘rganib olish mumkin, ammo miyani bilimga, tafakkur va ko‘nikmalarga to‘ldirishga kech bo‘lishi mumkin.
@kitob_ombori
Oʻzingiz yoqtiradigan musiqani boshqalarga ham maqtab ketishingiz uchun post
Musiqa qidirishga eringanlar uchun MP3 ham yuboring, plz
O'zi mana bunday narsalarga ishonmaymanu ammo tasodifan ko'zim tushib qoladida.
Bu oy uchun yozilganini qaranglar:
♌️Arslon (24.07 — 23.08)
Oila qurmaganlar kechqurun romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi. Bu kelgusida jiddiy munosabatlarga aylanishi tayinga o‘xshab turibdi.
mana u hozir kulyapti,
raqsga tushyapti,
qo‘shiq kuylayapti,
keyin birdan nimanidir eslab qolib jim bo‘lib
balkon tarafga bordi va endi
yig'layapti...
@kitob_ombori
Avvalgi qilgan xatolarimni bu safar takrorlamayman. Jur'atsizligim tufayli ko'plab imkoniyatlarni qo'ldan boy berganligimni o'yladim. Yo'q, bu safar bunday qilmayman!
- Masalan menga eng yoqadigan va boshqalarga tavsiya qiladigan kinolarim ichiga: Interstellar, Inception, Tenet, Uzuklar hukmdori, Yo'lovchi, 2012, umuman olganda shunaqa sci-fi, fantastika va trillerlar kiradi. O'zi qaysi janr sizga qiziq?
- mmm, kino didingiz yaxshi ekan. Bularni hammasi zo'r kinolar. Ammo menga ko'proq, melodrammalar yoqadi.
- La la Lend kabilarmi?
U menga biroz tikilib, o'ylanib qoldi.
- Bunday kinolar insonlar ichida ishonch, muhabbat va sadoqat kabi tushunchalar hali ham mavjud ekanligiga odamni ishontiradi.
- Shunday, avvallari men ham ko'rar edim.
Sukunat. 10 daqiqa bir so'z aytilmadi. So'z ko'p, mavzu bor ammo ongimda katta bir bo'shliq paydo bo'ldi.
- Vooy, bekatimdan o'tib ketib qolibman-ku! Gap bilan bo'lib eh... U telefonidagi soatiga qaradi.
- Men ham o'tib ketdim.
- Uzr, sizni gapga solib yo'ldan qo'ydim. Unda kelayotgan bekatda birga tushib qolamiz ekanda.
Avtobus to'xtadi. Biz tushdik. Yomg'ir yog'ayapti. Na menda na unda soyabon bor. Men ikkilandim. Balki taksi chaqirish kerakdir...
- 2 ta bekat o'tib ketibman.
- Ha, balki taksi chaqirarman?
- Siz shoshilayotgan bo'lsangiz ketavering. Men piyoda ketaman, - dedi.
- Iye, qanday qilib kechqurun meni deb manzilidan o'tib ketgan odamni yo'lda tashlab ketaman?...
Kuzgi yomg'ir, mayin va sokin yog'ar edi. Biz boshqa gaplashmadik. U oldinda, tez-tez yurar edi. Shu alfozda 1 kmcha yurdik...
Allohim, bizlarni ikki ne’mat – sog‘lik va din ne’mati bilan huzurlantirgin.
Ikki ziynat – mehribon qalb va hikmatli aql bilan bezagin.
Ikki lazzat – Senga munojot qilish va karamli Yuzingga qarash lazzatidan mahrum qilmagin.
Ikki yaxshilik – dunyo va oxiratdagi yaxshilikni jamlab ber.
"Sendan boshqa iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman, men esa zolimlardan bo‘ldim".
@kitob_ombori
BAXT HAQIDA BALLADA
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
O‘rdada nogahon kelgan ro‘baro‘.
Qish kuni. Paltoga olgan o‘ranib,
Besas bir hayratda qotganman: – Voy-bo‘!..
Yo‘lkalar chetida baland chinorlar,
Qator tizilishgan. Beharakat. Jim.
Dong qotgan bekatlar, qorlar, shiorlar...
Ammo baxt ekanin bilmagan – hech kim.
Baxt juda chiroyli edi! Chiroyli!
Chiroyli! – sovuqda yuzin yashnashi.
Hatto qor poyida g‘irchillar edi,
Tanini ezsa ham o‘tkir poshnasi.
Yuzi tegrasida ro‘moli – tuman.
Bir uchi kiftiga tashlangan edi.
Lollikdan boshqa hol bo‘lgan edi man’ –
Uni ko‘rib bu ish boshlangan edi.
Men baxtni ko‘rganman. Ko‘rganman. Aniq.
Hatto ko‘zlarimiz uchrashgan bir zum.
O‘rtada bo‘lmagan salomu alik,
Faqat lablariga qo‘ngan tabassum.
Shu tarz o‘tib ketgan yonimdan. Tashxis:
Jonim chiqmaslikka u dam yaragan.
O‘grilib qarasam, ortimga ilkis,
Ishoning-ishonmang, baxt ham qaragan!
Shundan buyon menga bu dunyo bir pul!
Nomard g‘alvalari berolmas ozor.
Yuragim erta-kech she’r bilan mashg‘ul –
Baxtni uchratganman! Nima g‘amim bor!
Yonib kirib kelsam (yurishim – sarbast!) –
Fasod davralarga – g‘iybat tinadi,
Axir, menga hech kim kelolmaydi bas –
Baxtga duch kelganim barcha biladi.
Mardligim bilishar (do‘stu yov ogoh!):
Nechun “yur” deb baxtni qistamaganman,
Baxtni etmaganman ne uchun hamroh?..
Bebaxt bo‘lishini istamaganman.
Usmon Azim
@kitob_ombori
Yosh yozuvchining erkin fikrlari.
Kitoblar haqida iqtiboslar va taqrizlar,
Kitoblar yutib olish imkoniyati,
Qalblarni titratuvchi she‘riyat.
Shunchaki o‘zga sayyoralik qizning o‘zga sayyoralik fikrlari.
Maqsadimiz shukronalik va hayotni sevish.
Barchasi @Sahifalar_soyasi da
Yozuvchi zoti shunaqa bo'ladi. Siz va biz yaxshi, manfaatli kitoblar o'qishimiz uchun ular o'z hayotlarini qurbon qilib yuborishadi. Masalan Dostoyevskiy, agar qimordan katta miqdorda qarz bo'lib qolmaganida "Qimorboz"ni yoza olmagan bo'lar edi.
Kitoblarni qadriga yetinglar yoshlar🤓 (meni ham albatta😄)
1888-yilgi butunjahon ko'gazmasi uchun Parijdagi fransuz maydonida qurilayotgan Eyfel minorasi negadir Gi de Mopassan, Aleksandr Dyuma, Sharl Guno, Likont de Lil va boshqa mashhurlarning noroziligiga sabab bo'ladi. Ular hukumatga bir necha bor arz qilishadi, ammo foyda bermagach Gustav Eyfeldan ishni to'xtatishni talab qilishadi (hattoki tahdidlar bilan).
Nega ular minora qurilishiga bunchalar qarshi chiqishgan?
Ularning fikricha metal inshoot "Parijning tarixiy ko'rinishi va peyzajini buzuvchi dog'" edi. Ammo shunchalik qarshiliklarga qaramay Eyfel konstruksiyani ko'rgazmadan 10 yil o'tib buzib tashlash sharti bilan qurib bitkazadi. Ammo...
O'z davrining eng baland inshooti yuqoridagi qahramonlarimizning nafratini so'ndira olmadi. Hatto Mopassan shaharda minora ko'rinmaydigan yagona joy - "Eyfel minorasi" da choy ichishni hush ko'rardi.
@kitob_ombori
Ko‘chada yig‘lab borayotgan odamni ko‘rsangiz befarq o‘tmang. To‘g‘ri, u buni yashirish uchun qora ko‘zoynakda bo‘ladi, lablari qimtilgan, oqayotgan tomchilarni sezdirmay tezgina artib oladi va juda tez qadam tashlaydi. U odamlarni yorib o‘tib chetroqda birdan to‘xtaydi, balki o‘tirish uchun skameyka izlaydi. O‘sha payt yoniga boring. Unga hozir butunlay notanish odam kerak ekanini his qiling. Unga hammasi o‘tib ketadi, deb ayting. Dastro‘mol tuting. Uni skameyka tomon boshlang. U balki tilga kirar. Xo‘ngrab yig‘lab yuborar va sizdan najot kutar. Balki meni tinch qo‘ying deb yuz burar. Ahamiyatsiz. "U kimgadir yig‘lamog‘i shart" baribir. Bo‘g‘zida turgan yig‘ini ichga yutmasligi kerak. Hech nima, hech kim yig‘lashga arzimaydi deng. Axir atrofga boqing, kuz qanday go‘zal, sariq yaproqlarni yerga to‘kilishini tomosha qiling, yo‘q, kuz ayriliq fasli emas, yana bahor keladi, bu daraxt yangi barglar chiqaradi, chiroyli gullaydi deb ayting. Bu aldamchi taskinga u balki ishonar. Ketar oldi sizga rahmat ham aytar. Faqat iltimos, yig‘lab borayotgan odamga befarq o‘tmang. U qayerga borishni bilmay muallaq, mung‘ayib turibdi. U ko‘p bora telefoniga qaraydi. Kimga qo‘ng‘iroq qilishni, kimga xabar yo‘llashni bilmaydi. Hech kim javob bermasligidan qo‘rqadi. Tushuning, unga hozir siz keraksiz. Notanish odam kerak. Yig‘lashiga imkon bering. Bor dardini aytishiga imkon bering. Gapirmasangiz ham tinglashingizni o‘zi yetarlidir balki. Yig‘layotgan odamni qaytib boshqa ko‘rmaysiz. U ikkinchi bor oldingizdan yig‘lab o‘tmaydi.
©mittihaqiqatlar
@kitob_ombori
Kinodan ta'sirlanib yig‘laydigan odamlar erta yoshda vafot etishi mumkin!
Britaniyalik olimlarning fikricha, bunday odamlarda asabiylashish darajasi yuqori bo‘lish ehtimoli bor. Shu sababli, ular stress va salbiy his-tuyg‘ularga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Bu esa ularning muddatidan oldin hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, asabiylikning yuqori darajasi kishini tez-tez qo‘rquv, xavotir, tashvish va umidsizlik hislarini boshdan kechirishga majbur qiladi. Buning natijalari esa achinarli - bunday odamlarda vafot etish ehtimoli 10 foizga yuqori bo‘ladi.
Shu sabab ko'p ham asabiylashmang, ko'p ham ta'sirlanmang. Kanalimizni kuzating va uzoq umr ko'rishingizga sabab bo'luvchi postlardan bahramand bo'ling!
@kitob_ombori
Sevgi o‘zi nima? Sevgi bu - u kulayotganda, sen uning yuzidan ko‘zingni uza olmasliging va doimo uni yana kuldirish uchun nimalarnidir qilishga intilishing. Shunda yana unga tikilib, ko‘zlaringni uzmay qarash imkoni tug‘iladi.
Maks Fray
@kitob_ombori
Yoshingiz nechchidaligini yoshingizni aytmasdan yozingchi.
Masalan, men tugʻilgan yilda Muhammad Qodir Abdullayev Atlantadagi olimpiyadada boks boʻyicha Oʻzbekiston tarixidagi birinchi oltin medalni olgan.
Yozmasam bo'lmadi...
Xullas bu Toshkentga kelib toza boshog'riq bo'lgan narsa kvartira topish bo'ldi. Hozir turgan joyim yaxshi, o'zimni tanishlarim ammo ishgacha masofa anchagina uzoq. Tirbandlik bo'lsa-ku yetib borish soatini tahmin qilishni ham iloji yo'q. Shu sabab 1 haftadan beri Sergeli metro tarafdan ijaraga uy qidiryapman. Tanlov yo'q emas, hattoki ko'p. Lekin menga yoqqan uy egalariga meni jinsim va oilaviy ahvolim to'g'ri kelmayapti. Bari zo'r lokatsiya va zo'r sharoit, ideal narxdagi uylar yo qizlar uchun yoki oilalar uchun. Mendek sho'rlik so'qqabosh yigitlarga o'tgan asrda qurilgan, sharoitlar haminqadar yoki juda uniqqan uylar taklif qilinyapti. Kamiga kazarmadagidek sharoitlarda.
Bugun kunimni asosiy qismi kvartira qidirish bilan o'tdi. Ochig'i pichoqqa sop bo'ladigani chiqmadi. Kecha ham uchramagan edi. Bugun ham uchramadi. Endi sizlardan yordam so'rashlik variantidan boshqa variantim qolmadi.
Qayerdadir, Sergeli, metro atrofidan o'g'il bolalar uchun 2 kishilik ijaraga uy bor degan e'lonni ko'rib qolsangiz @tezkorxatlarbot ga jo'nating. Topilib o'rnashib olsam bitta 100k gacha bo'lgan kitob mendan.
Eliza K - Qahva (1-qism)
Tarjimon: Nilufar Sa’dullaeva
O’qidi: Mulkijahon
@kitob_ombori
Horasan, tolasan, hammasiga qo‘l siltamoqchi bo‘lasan, shu vaqt senga suyanib turganlarga qaraysan… Yiqlishga, chekinishga haqqing yo‘qligini anglaysan. Ularning suyangani qadar kuchli, sabr-bardoshli bo‘lishga harakat qilasan.
Chunki sen — erkaksan!
@kitob_ombori
Qurishga qurbim yetadigan yagona uy hozircha shu ekan
@kitob_ombori
Nima gapirishga ham ikkilanib qolgandim. Goʻyo u bilan umuman boya umuman gaplashmagandek.
- Juda qiziq holat boʻldi-ku.
Avtobusda toʻsatdan gap boshladingiz. Ancha gaplashdik. Huddi 100 yillik tanishlardek. Endi esa shuncha yurdik ammo bir ogʻiz gap ham gapirmadik.
- ....
U toʻxtadi. Orqa tomoniga qayrildi.
Men uning oldiga bordim. Biz sekin yonma-yon sekin yura boshladik.
- Bilasizmi... Bu ishim qandaydir ahmoqlik boʻldi. Nimaga sizga bunday gaplar gapirdim hayronman. Avtobusga chiqqanimda juda charchagan holatda edim. Nogoh siz oʻtirgan oʻrindiq boʻshaganini koʻrdim va tezlikda unga oʻzimni urdim. Avvaliga sizga eʼtibor ham bermadim. Toʻsatdan telefoningiz jiringladi. Siz gaplashib tezda telefonni oʻchirdingiz va men tomonga bir qarab qoʻydingiz. Aynan shu holatni men avval koʻrgandim. Tushdamidi yoki bu dejavyumidi bilmadim. Keyin siz koʻrayotgan kino. Aytganimdek bu film haqida oxirgi bir hafta davomida oʻylab yurgandim. Uni doʻstlarimga tavsiya qilgandim. Sababi uni tanishlarim bilan muhokama qilmoqchi edim.
Ammo ularni bu qiziqtirmadi.
Avtobusdan tushgandan soʻng sizga gapirgan gaplarimdan rosa x
Hijolatlik sezdim. Odatda begona odamlarga, ayniqsa erkak kishiga bunaqa tasodifan gap gapirmasdim. Xullas hozir oldizda rossa hijolatman.
- Ismim Abdurahmon. Biz endi begona emasmiz. Film haqida esa siz boʻsh boʻlgan kuningiz gaplashishimiz mumkin.
Keyin men undan raqamini soʻradim. Va u mashnaqa dedi
Eʼlon! Ishga vakansiya bor! Yigitlarga!
Men ishlayotgan kompaniyaga BRAND FACE vakanti uchun oʻgʻil bola kerak!
Kutiladi:
- Nutqi ravon;
- Yoshi 20 dan katta;
- Sohada tajribaga ega;
- Xarizmatik feʼl-atvorli;
- Kamera bilan ishlay oladigan.
Batafsil maʼlumotlar bilan tanishish uchun @Rubicon1 ga yozinglar.
Alisher Sa’dullayevning aytishicha, bu davrda (so'nggi 4 yilda) 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik yoshlar IELTSdan 7dan baland natija qayd etgan. 8 ball olganlar soni 3 mingga yaqin bo‘lsa, 30 nafar yoshlar IELTSdan maksimal natija — 9 ball olgan. “Biz bu ko‘rsatkichni (7dan baland olganlarnimi? 9 ball olganlarnimi?) 100 mingga olib chiqmoqchimiz".
Til - "mushakbozlik musobaqasi" emas, kommunikatsiya (muloqot) vositasi. Til (xususan, ingliz tili) shu tilda yaratilgan axborotni (masalan, badiiy, ilmiy asarlarni, kino va ko'rsatuvlarni) tushunish, o'z sohasiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish, til egalari bilan to'siqlarsiz muloqot qila olish (masalan, sayohatga chiqqanda, ish jarayonida) uchun kerak. Demak, tilni qaysi darajada egallashni ehtiyoj belgilaydi, kim o'zarga musobaqa emas. Shaxsiy kuzatishlarim bo'yicha, juda ko'p hollarda shaxsiy va professional ehtiyojlarni qondirish uchun C1 daraja (IELTS bo'yicha 7-8 ball) bemalol yetadi. Ko'p holatlarda B2 daraja ham yetarli darajada tushunish va muloqot qila olishni ta'minlashi mumkin. Ba'zi sohalarda (masalan, professional badiiy tarjima bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, lingvistika bo'yicha chuqur tadqiqot olib bormoqchi bo'lsangiz yoki IELTSdan imtihon oluvchi bo'lib ishlayman desangiz) C2 daraja (IELTS bo'yicha 8,5-9 ball) talab qilinishi mumkin.
Shunday ekan, fikri ojizimcha, vaqtni ingliz tili (yoki boshqa til) bo'yicha "bilaklarni ko'z-ko'z qilish"ga emas, kerakli darajada o'rganib, o'z sohasini chuqurroq egallashga qaratgan ma'qul. Chunki, yuqorida yozganimdek til - bu vosita. Muloqot vositasi. Undan "fetish" yasash shart emas.
1961-yil amerikalik jurnalist Jon Govard Griffin janubiy shtatlariga qilgan sayohati haqida hikoya qiluvchi "Men kabi qora"(asl nomi: "Black Like Me") kitobini nashr qiladi.
Sayohati oldidan u dermatolog tavsiyasi bilan uzoq vaqt davomida maxsus preparatlar (Metoksalen va Oksoralen) iste'mol qiladi hamda kuniga 15 soatdan ultrabinafsha chiroq ostida o'tiradi. Natijada, uning terisi rangi qorayadi. O'sha vaqtlarda AQShda irqiy segregatsiya juda kuchli edi. Ayniqsa janubiy shtatlarda. Luiziana, Jorjiya, Missisipi va Alabamaga sayohat qilgan yozuvchi u yerlarda qora tanlilarga nisbatan qanday yomon munosabatda ekanliklarini bilmoqchi bo'lgan. Oxir-oqibat, negrlar hayotidagi qiyinchiliklarni tasvirlovchi 188 sahifali kundalik yaraladi.
Kitob nashr qilingach, Griffin mashxur bo'lib ketadi. Shu bilan birga, ku-kluks-klanchilarning nafratiga uchraydi. Adib 1980-yilda vafot etadi. Aytishlaricha, uning o'limiga uzoq vaqt ultrabinafsha nur ostida bo'lgani uchun yuzaga kelgan teri saratoni sabab bo'lgan ekan...
@kitob_ombori
Fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini yoqtirmaydiganlardan biri edi. Shunday bo‘lsa-da, u har kuni uning restoranida ovqatlanar va buning sababini shunday izohlardi: bu yer Parijdagi mana shu minora ko‘rinmaydigan yagona joy.
@kitob_ombori
Dushman bilan kurashib yashaydigan odam dushmanning hayot bo'lishidan manfaatdor.
Читать полностью…Qaysi dostonni uch ming xil uslubda o‘qish mumkin?
Tarixda ko‘plab shoirlar boshidan oxirigacha va aksincha bir xil o‘qiladigan asarlar yaratishda o‘z kuchlarini sinab ko‘rganlar. Ammo IV asrda yashagan xitoylik shoira Su Xuey iyerogliflardan iborat kvadrat yaratgan. Uning o‘lchami 29x29 iyeroglifdan tashkil topgan.
Bu dostonning noyobligi shundaki, uni vertikal, diagonal va gorizontal yo‘nalishda o‘qish mumkin. Ushbu adabiy durdonani o‘qishning jami 2848 ta usuli mavjud.
Sen esa bittagina o'qish uslubidagi kitobni o'qishga ham erinasan Karl(a)
@kitob_ombori