Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 50,000 сум
Сообщение:
Biror yaxshi taqriz kelar degan umiddaman
Tolstoy inson ruhining qa'riga tushsa,
Dostoyevskiy qorongʻu tomonlarimizga koʻzgu tutadi.
Umberto Eko hikoya aytibgina qolmay, hayot haqida mushohada yuritadi.
Oskar Uayld yumor va keskin xulosalari bilan jamiyatni tanqid qiladi.
Sveyg qahramonlaring psixologik portretini mukammal yaratadi.
Bu yozuvchilar adabiyotning turfa burchaklarini yoritib, inson va dunyoga nisbatan chuqurroq yondashuvni taklif qiladi.
@kitob_ombori
Kitob – hayotimizdagi eng bebaho ne’matlardan biri. Ularning javonda tizilib turishini ko‘rib bahri-dilimiz ochiladi. Buni qarangki, kitoblarni javonga terishning ham bir nechta uslubi bor ekan. Bugun sizlarga shu haqda ma’lumot beraman.
Xronologik usul, chop etilgan yiliga qarab
Bu – kitoblaringizni yaxshiroq anglashingizga imkon beradigan usul. Kitoblaringiz shu tartibda joylashgan bo‘lsa, har bir davr tarixini chuqurroq anglaysiz, bir davrda yashagan mualliflarning voqealarga turli rakursdan munosabatini ko‘rasiz.
Rangiga qarab
Agar kitoblaringiz judayam ko‘p bo‘lsa, bu siz uchun oqilona uslub emas. O‘qiydigan kitoblaringiz kam bo‘lsa va ularni ranglariga qarab ajratib chiqsangiz, ajoyib manzara hosil bo‘ladi.
Mavzusi va janriga qarab
Biror mavzuga oid kitoblarni kolleksiya qilayotgan bo‘lsangiz yoki alohida bir janrning ashaddiy muxlisi bo‘lsangiz, kitoblarni javonga terishning ajoyib usuli shu. Bundan tashqari, muallif va kitob nomini yoddan chiqarib qo‘yadigan odatingiz bo‘lsa, asqatadi.
Geografik jihatdan
Nega endi yo‘q? Kitoblarni mualliflarning tug‘ilgan joyiga qarab yoki muallif tilga oladigan joylarga qarab tartiblab chiqsangiz ham bo‘ladi.
Muhimlik yoki sifat darajasiga qarab
Bu usul mehmonlar kelganda ular bilan suhbatlashishda asqatadi.
Sirlilik darajasiga qarab
Agar siz o‘qiydigan kitoblarni boshqalar bilishini istamasangiz, ularni javonning eng oxiriga qo‘yishingiz mumkin.
Alifbo tartibida
Eng zerikari uslublardan biri, lekin ko‘pchilikka shu usul qulay. Izlagan kitobingizni tezda topib olasiz.
Hajmiga qarab
Agar sizda turli hajmdagi kitoblar bo‘lsa, ularni kattasidan kichigiga qarab qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi.
Albatta, kitoblaringizni qanaqadir tartibda qo‘yishga majbur emassiz. Lekin ashaddiy kitobxon javondagi tartibga xam alohida e’tibor qiladi.
@kitob_ombori
Biz kutgan fasl
Necha bor qalbingda tikladim qasr,
Ayriliq bo‘roni buzdi muttasil.
Nechun yana qattiq qish kelayotir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Sahroyi sevgimiz ko‘kargan dashtim,
Sog‘inch o‘rdasida muncha savashtim?..
Nahot, adashtirdim, nahot, adashdim,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Sevildik – sevindik, ammo aqlli
Zotlardek bo‘lmadik sipo shaklli,
Ertaroq nishonlab qo‘ydik shekilli,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Azizim, asalga evrilsin zahr:
Sevgida saxiy bo‘l, nafratda – baxil,
Bahorga aylantir qishni ham, axir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Mansur JUMAYEV
@kitob_ombori
Shoirning o‘limi
Qachonki jamiyatni qahr-g‘azab qoplasa, uning qurbonlari erksevar, haqgo‘y shoir-u adiblar bo‘ladi. Bunday misollar tarixda ko‘p, lekin eng yorqini Buyuk Fransuz Inqilobi davridagi terror qurboni bo‘lgan yosh, iste’dod egasi shoir Andre Shenye edi.
Uning qarashlari o‘sha paytdagi amaldagi hukumatda bo‘lgan Yakobinchilarning g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaganida bo‘lgan edi. Eng achinarlisi terror tepasida turgan Robispyer shoirning o‘limidan ikki kungina o‘tib o‘zi ham qatl etiladi.
Andre Shenye yana bir shoir Antuan Rushe bilan birgalikda eshafotga olib chiqiladi va gilyotinada boshlari kesiladi. Shenye va Rushe o‘limga ketayotganlarida ham bir-birlariga she’r o‘qib borgan ekanlar. Eshafotda esa Shenye Sofokl dostonlaridan o‘qib turgan ekan. Afsonalarga ko‘ra jallod uni gilyotinaga olib chiqishni boshlaganida shoir yonida turgan yana bir shoir Jan-Antuan Rushyega qarab:
"Men avlodlarim uchun hech narsa qila olmadim" deydi va boshini ko‘rsatib: "Ammo unda hali ko‘p narsalar bor edi"
Kanalda TANLOV!
Agar siz:
Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari;
Gabriel Garsia Markes: Buzrukning kuzi;
Yuval Noa Harari: Sapiens. Insoniyatning qisqacha tarixi (o'zbek tilida)
Samoda taniqli bo‘lganlarning hammasi ham yerda mashhur emas ekan.
Yerda mashhurlarning hammasini ham samoda e’tirof qilishmaydi....!
Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi vasallam sahobalarga dedilar:
- Hozir huzuringizga bir kishi kirib keladi, sizlar u tufayli rizqlanasizlar, chorvalaringiz u tufayli rizqlanadi, u tufayli yomg‘ir yog‘adi, u tufayli sizlarga nusrat beriladi!
Sahobalar qarab turishdi. Shunda doim masjidni supurib tozalab yuradigan qop-qora, ko‘rinishi xunik bir yigit kirib keldi!
Bugun zaminda arzimagan, lag‘v ishlar bilan kishilar mashhur bo‘lib ketishayapti. Birovning xotini bilan qo‘lga tushgan zinokor bolaning obunachilari, bugun yuzlab kitoblar yozgan olimnikidan ancha ko‘p bo‘lishi ham mumkin.
Bunaqalar yerda balki taniqlidir, ammo samoda...
Samoda kimlar taniqli ekanini faqat samo ahli biladi!
Samoda taniqli bo‘ling!
Manba
@kitob_ombori
Men anglagan hayot
Ertangi kundan shunday beadog‘ baxtiyor damlarni tiladim va ishondimki, tokim inson o‘z nafsidan ko‘ra nimanidir yuqoriroq qo‘yib, o‘sha yuksak orzusi yo‘lida kurasha boshladimi, shubhasiz, u albatta baxtli bo‘ladi. Odam bolasining ana o‘shanday saodatmand onlariga bog‘langan ishonch tuyg‘ularimni dilimga mahkam qilib tugib qo‘ydim. Yana shunga qattiq amin bo‘ldimki, ruhiy oromijonlik hamda hoksorlik hammavaqt irkit mechkaylik, olchoqlik, tubanlikni zabt eta oladi. Mening esa bor e’tiqodim, bor mehru muhabbatim alaloqibat oddiy mehnatkash odamlar uchun fido bo‘ldi. Zero bir fransuz kishisi aytgani kabi: “Davr mashinasi doimo yog‘och kovush ostida sado bergaydir, moylangan oyoq kiyim esa baribir toyib ketgusidir”.
Jek London
@kitob_ombori
Келажакда aқллилик ҳақиқий қадриятга айланадими?
Пол Грэм, стартаплар акселератори Y Combinator асосчиси, келажакда технологиялар, хусусан, нейросетлар инсонлар ақл-идрокига катта таъсир кўрсатиши мумкинлигини таъкидлади. Унинг фикрича, 20 йил ичида инсонлар мустақил фикрлаш ва ёзиш қобилиятини йўқотиши мумкин, чунки бу жараёнларни нейросетларга топширишга кўникиб боряпмиз. Бу ҳодиса келажакда жамиятдаги энг муҳим кўникмалардан бири бўлган мустақил фикрлаш элиталарнинг ўзига хос хусусиятига айланишига олиб келади.
Грэмнинг фикрига кўра, инсонларда чуқур фикрлаш жараёнини қўллаб-қувватлайдиган асосий восита ёзиш бўлиб, айнан ёзиш орқали инсон тафаккури чуқурлашади ва таҳлил қилиш қобилияти шаклланади. Агар ёзиш жараёни нейросетларга юкланса, инсонлар фикрлаш қобилиятини йўқотиб қўйиши эҳтимоли юқори. Унинг таъкидлашича, бу жараён инсониятни иккига бўлиш хавфини келтириб чиқариши мумкин: «фикрловчилар» ва «тайёр маълумотни истеъмол қилувчилар».
Пол Грэм шунчаки футурист эмас; унинг раҳбарлигидаги Y Combinator акселератори Airbnb, Reddit ва Stripe каби машҳур компанияларнинг юзага келишига ёрдам берган. Шу боис, унинг фикрлари технологик дунёнинг келажаги учун муҳим. У ёзган эсселар стартапчилар учун йўл-йўриқ сифатида қабул қилиниб, технологиялар ва бизнес ривожи борасида дастлабки қадамларни белгилаб беради.
Грэмнинг прогнозига кўра, одамлар вақти ўтиши билан турли вазифаларни нейросетларга топширишга одатланиб боради. Бугунги кунда нейросетлар инсонларнинг ҳар куни бажариши керак бўлган кўплаб вазифаларни енгиллатяпти – матн ёзиш, таҳлил қилиш, ҳатто ижодий ёзишда ҳам ёрдам бераётгани кузатиляпти. Бу жараён бир томондан қулай, лекин унинг узоқ муддатли таъсирлари инсонларнинг интеллектуал даражасига зарар етказиши мумкин.
«Чуқур фикрлаш фақат ёзиш орқали бўлади».
Aynan chet elga sayohat qilish va oʻqishga qiziquvchilar zoʻr imkoniyat
➖ 18 yoshida Amerikaga borgan
➖ O'tgan yili yozda Work and Travel orqali Amerikaga ikkinchi marta borib kelgan.
➖ US-CAEF granti yutib Amerika universitetida 4 yil grantda oʻqib, qoʻshimchasi oyiga $350 stipendiya ham olgan
➖ 8 yildan beri tekinga sayohat qilib,yetmaganiga yana ayasiga ham Turkiyaga sayohat qilishga ham erishgan
Surrayo Gʻayratovna tomonidan aynan 7-8-9-noyabr kuni qanday qilib Amerikaga 100% tekinga GRANT yutib sayohat qilish va oʻqish haqida bepul marafon tashkillashtirildi.
Sizlarda ham shunaqa orzular borligiga ishonamiz, marafon aynan sizlar uchun unumli foydalanib eng qimmatli ma'lumotlarni oling. Hammani kutaman ✨
/channel/+QMqC-OOhmVFjMmIy
/channel/+QMqC-OOhmVFjMmIy
/channel/+QMqC-OOhmVFjMmIy
Taniqli shoir Erkin Vohidovga muxbir savol berdi.
– Kelinoyi bilan salkam ellik yil yashayotgan ekansizlar, qanday qilib tanishgansizlar?
– Men taqdirimni uzoq-uzoqlardan qidirib yuribman. Buni qarangki, o‘zimizning mahallada, o‘zimizning ko‘chamizda, qo‘shni ekan! Shuni aytadilar-da " Falokat oyoq ostida" deb...
© Erkin Vohidov
@kitob_ombori
Bugungi Veganlar kuni bilan barcha oʻtxoʻrlarni veganlik yoʻlini tanlaganlarni goʻshtxoʻrlar nomidan tabriklayman!
Ilohim yer yuzida meva va sabzavotlar hech qachon tugab qolmasin!.
* Veganlar hayvonlar bilan bog‘liq har qanday taom va mahsulotlardan voz kechgan insonlar bo‘lib, ular go‘sht, tuxum, sut, asal, baliq iste’mol qilishmaydi, charm va ipakdan tayyorlangan kiyimlarni kiyishmaydi. Bir soʻz bilan aytganda, faqat tabiiy mahsulotlarni yeyishadi va undan foydalanishadi. Qanday qiyin hayot! Bugun oʻshalarni kuni ekan
Bugun "ajinalar" bayrami ekan 🎃
Bu haqida post o'qimoqchi bo'lsangiz izohlarga oshqovoq stickerini yozib qoldiring
“Garri Potter” filmidagi Germiona Greynjer roli bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik aktrisa Emma Uotson oʻz vaqtida hamkasbi – Drako Malfoy roli ijrochisi Tom Feltonni sevgani haqida gapirib berdi.
“Men har kuni suratga olish maydonchasiga kelib, chaqirilgan aktyorlar roʻyxatidan uning raqamini izlardim. Agar roʻyxatda Tomning raqami boʻlsa, bu men uchun hayajonli kun edi. U mendan uch yoshga katta boʻlgan va har doim singlisidek muomala qilgan”,
“Men uni asrab-avaylashga harakat qilardim. Unga befarq boʻlmaganman, hozirgacha Emmaga nisbatan nozik tuygʻular bor menda. Ammo, bu tuygʻu har doim qardoshchilik, aka-singilchilik hissidek boʻlgan”.
Men bir-ikki marta sinab ko'rganman. Har qalay nimadir bo'lgandi o'sha paytlarda. Hozir bilmadim...
https://tirikchilik.uz/kitobombori
***
Senli havolarda to‘zg‘iydi mezon,
O‘zgarar kunlarning yam-yashil rangi.
Derazang ortida bahaybat osmon
Kaftimday oynaga boqadi g‘amgin.
Ko‘zimga ko‘zgu tut,
men nur istaram!
Haddiga erk berar nimjon shabada —
Parda oshkor qilar uyni va seni…
Nihoyat esladim ketganing badar
Va seni jannatdan haydagan sirni.
Sen bilan bu sirni
yechmoq istaram!
Ortingdan ergashib keldim ataylab…
Meva yo‘q,
Ta’qiq yo‘q,
Sen bor — Gunoh bor!
Derazang ortida…
Kuz suvlarida
Chayqalib oqadi olmalar.
Ta’qiq qo‘y…
Men esa gunoh istaram!
Bashorat Otajonova
@kitob_ombori
Shunday yaqin insonim boʻlishini istaymanki, men u bilan xuddi oʻzim bilan gaplashganday va hamma narsa haqida gaplasha oladigan boʻlsam.
@dostoyevskiydan_qaydlar
Eng ko'p qaysi bookblogerni kuzatasiz?
(Bu kanaldan tashqari)
Muvaffaqiyat kaliti — sahar turib harakat qilishda!
Siz Sugoi Hayaoki (Hayratlanarli barvaqt uyg‘onuvchi) nomidagi yapon tilida yozilgan kitobni eshitmagan bo‘lsangiz kerak, shunday emasmi? Unda ushbu asar muallifiga quloq soling.
Hozir tanishtirmoqchi bo‘lgan ushbu kitobda, ertalab barvaqt turishning foydalari haqida yozilgan. Uning muallifi Ryo Tsukamotoning yuqori maktabda o‘qish davrida uning fanlarni o‘zlashtirishi aslida juda ham past darajada bo‘lgan. Shundan keyin, maktabning so‘nggi yilidan boshlab har kuni ertalab barvaqt turib, dars tayyorlash orqali o‘zlashtirish natijalarini yaxshilab, Kiotodagi Doshisha universitetining iqtisodiyot fakultetiga qabul qilinadi.
Saharda turib, kitob o‘qishda davom etgan Ryo Tsukamoto Doshisha universitetini tamomlashi bilan Angliyadagi mashhur Kembrij universitetining magistratura bosqichiga qabul qilinadi. O‘qish juda ham qiyin va vazifalar haddan ziyod ko‘p bo‘lishiga qaramay, kechasi ertaroq uxlab, tongda barvaqt turib ishlash orqali eng oldingi safda namunali baholar bilan universitetni muvaffaqiyatli tamomlashga erishadi.
Ryo Tsukamoto ushbu kitobdagi muvaffaqiyat sirlarini kitobxonlar bilan o‘rtoqlashadi.
Muallifning yozishicha, tongi soat 5 da turish bilan miya to‘liq ishga tushadi.
- Ertalab turib ishlash va o‘qish kechqurungi mehnatdan ancha yaxshi natija beradi;
- miyaga oid ilmiy ishlardan aniq bo‘lgani shuki, tungi uyqumizda miyamiz dam olib, yana tartibli holga keladi, ertalab turganda, miyamiz sport uchun tayyorlangan yangi stadion kabi tiniq va chiroyli shakl oladi;
- natijada, ertalabki ilk 2-3 soatlik vaqt o‘qib yozish uchun qulay payt hisoblanadi;
- o‘rgangan narsani miyamizda uzoq muddat saqlash uchun uni takrorlash eng muhim usuldir. Ilmiy tadqiqotga ko‘ra, 20 daqiqa oldin o‘rgangan bilimlarimizning 42 foizi, bir kundan so‘ng esa 74 foizi esdan chiqib ketadi;
- ertalab sahar vaqtidagi o‘qish-yozishning foydasi juda katta. Eng muhimi, kechqurun o‘qib tushunish qiyin bo‘lgan murakkab darsliklar ham ertalab osonlik bilan miyamizga o‘rnashadi va ularni tushunish ancha yengil kechadi;
- ertalab sahar vaqtida miyaning turli ma’lumotlarni qabul qilishining tezlashishi ortida ham miyamiz to‘liq quvvat bilan ishlayotgani mujassam.
Muallifning aytishicha, kechki payt dars qilishni davom ettirish insondagi ishtiyoqning pasayishiga olib kelar ekan. Sababi ish va o‘qishdan uyga qaytib, tamaddi qilgandan keyin, toliqqan miyani majburlagan bilan, miya qabul qilmaydi. Tamaddidan keyin, qondagi glyukoza darajasi ortadi va uyqu keladi.
Miya toliqqan vaqtda, qilmasam bo‘lmaydi deya o‘zini majburlash oqibatida inson tushkunlikni his qilib, o‘zi kutgan narsalarga erisha olmasdan, ishtiyoqning birdaniga pasayib ketishiga sabab bo‘lar ekan.
Siz ham sahar turib dars tayyorlaysizmi?
Bu mavzudagi o‘z tajribalaringizni boshqalar bilan ham o‘rtoqlashing!
@kitob_ombori
/channel/egamberdiyeev_a tanlov tugaguncha mashi yoqda aktiv bo'b turaman. U kanal ham shunchaki cringe narsalar emas faqat sal ko'chacharoq
Читать полностью…Tonggi motivatsiya
Hayotdan maqsading senga ana shunday turmuladiganini topish bo'lishi kerak
@kitob_ombori
"Dushman" Erix Mariya Remarkni qaysi kitobidan oʻqishni boshlasam ekan deyayotganlar uchun tavsiya
Atigi 6 bet xolos
@kitob_ombori
- Menga boshqa qo'ng'iroq qilmang ... hech qachon !!
- Tushunarli.
- Nimasi tushunarli?
- Keyinroq qo'ng'iroq qilaman.
R.Valiullin "Har bir sukunatning o'ziga xos xislati bor"
@kitob_ombori
Shu desangizlar bugun kun boʻyi Toshkentni Eski shahar qismini kezdim. Chorsu bozorini u yogʻidan kirib bu yogʻidan chiqdim. Xoʻja Ahror Valiy ziyoratgohiga kirdim va Chorsudagi kitob doʻkonlarini aylandim.
Naqshi, Hilol, iBook, Qamar, Ansor va nomi esimda qolmagan boshqa kitob doʻkonlarni astoydil tomosha qildim.
Eng esimda qolgan voqea Qamar doʻkonida, konsultant qiz va mijoz sifatida kelgan boshqa qiz oʻrtasida goʻzal suhbat boʻldi.
Shayx hazratlarini "Iymon" kitobi atrofida astoydil suhbat qurishdiyey, oʻzimni suhbatga aralashishdan ketishdan zoʻrgʻa tutib qoldim😄
U yerdan "Yoz. Qisqartir"ni qoʻltiqqa qistirib, Hazrati Imom majmuasi tarafga qarab yoʻl oldim. Toshkentdagi kuz manzaralarini tomosha qilgancha 3kmlik yoʻlni yurib qoʻyibman.
Asrga yetib borib, soʻng Baroqxon madrasasi tomon oʻtdim. Menga negadir mana shu taraflarda yurish yoqadi. Qandaydir oʻzimni yengil his qilaman. Bu tarafga kelishimga asosiy sabab "Usmon Qurʼoni"ni qayta koʻrish edi ammo afsus kech boʻlib qolgani sabab kira olmadim. Bu Qurʼon haqida shu darajada berilib maʼlumot qidirganmanki, har safar Toshkentga kelib koʻrmay ketsam oʻzimni koyiydigan darajada boʻlib ketganman.
Hoʻsh, esimga kelgani shu boʻldi. Lekin baribir bugun zerikdim. Ertaga yana nimadir reja qilish kerak.
Uyda qolsam alamimni ovqatdan olib semirib ketyapman 😁
Dam olish kunlari uchun takliflar boʻlsa aytinglar
O’zingizga yaqin olavermang
Atrofingizda nima sodir bo’lmasin buni o’zingizga yaqin olavermang. Boshqalar qilayotgan hech bir ishi siz tufayli emas. Bu ularning o’zlari tufayli. Hatto vaziyat sizga juda tegishlikdek ko’rinsa ham buning sizga hech qanday aloqasi yo’q. Odamlar nima deyishi, nima qilishi va berayotgan fikrlari o’zlarining ichki o’ylarining aksidir. Har kimning o’z haqiqati bor. Biron narsani o’zimizga yaqin olganimizda ular bizning haqiqatimizni bilishadi deb taxmin qilamiz va uni ularga singdirishga harakat qilamiz. Agar narsalarni o’zimizga yaqin qilib olmasak bu
fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va
harakatlarimiz ustidan ko‘proq nazoratga ega bo‘lishimizga imkon beradi. Hodisalarni o’zimizga yaqin qilib olmasak boshqalarning o‘ziga xosligini tan olamiz va
ular bizdan farqli ekanligini qabul qilolamiz.
O’zgalarning bizga qanday qarashi va munosabatini nazorat qilishimiz qiyin. Biroq o’zimizga va vaziyatga boqishimiz va unga qanday baho berishimiz ustidan ko’proq nazoratga egamiz. Aslida, boshqa odamlar haqida to’liq ma’lumotni bilmasdan taxminlarga asoslanib ish ko’ramiz va ko’pincha bir inson haqida qilgan taxminimiz noto’g’ri chiqadi.
2 oydan keyin 2025-yil.
O’zingga va’da bergan biror narsangni bajara oldingmi?
Noyabr qat’iyatli oy. Sentyabr-u oktyabrdek nozlanmaydi. Yaxshi qol, deydi. Men endi yo‘qman, deydi. Ketayotganida eshikni qarsillatib yopadiyu, ketadi.
Sovuq bo‘ladi noyabr. "Qalinroq kiyinsang-chi" deydi. "Soyaboningni yoningda olib yursang-chi!" deydi.
Vidodir noyabr. Yarmingni yuladiyu, ketadi!...
@kitob_ombori
“Sizda 5 dollar boshlang‘ich kapital va uni ko‘paytirish uchun 2 soat vaqtingiz bor. Vaqt ketdi!”
Dunyoga mashhur Stenford universitetidagi tadbirkorlik va innovatsiyalar bo‘yicha kurs, shu so‘zlar bilan boshlanadi.
O‘qituvchi Tina Silig talabalarni bir nechta guruhlarga bo‘lib, ichiga 5 dollar solingan konvertlarni juma kuni tarqatib chiqadi.
Talabalar esa dushanba kuni qaysi guruh shu ikki soat davomida qanday g‘oya bilan qancha pul ishlab topishganini taqdimot qilishadi. Eng ilg‘or kreativ jamoalar hattoki 650 dollar pul topgan paytlar ham bo‘lgan. Qanday deysizmi? Hozir bilib olasiz.
Variantlar xar-hil. Bir jamoa 5 dollarga nasos sotib olib, universitetdagi boshqa talabalarning velosiped g‘ildiraklarini 1 dollar evaziga damlab chiqishgan. Yomonmas) Yana bir guruh esa, mashhur restoranlarda odam ko‘p bo‘ladigan paytga stol bron qildirib qo‘yib, navbat kutishni xohlamagan insonlarga sotishgan buyurtma joylarni.
Lekin, bu musobaqada g‘olib bo‘lgan jamoalar hamisha boshqalarga nisbatan boshqa burchak ostida kreativ o‘ylashadi.
650 dollar ishlab topgan jamoaga qaytsak.
Hammasi juda oddiy. Dushanba kuni aytib o‘tganimday, har bir jamoa Stenford talabalari qarshisida, 2 soatda nimalarga erishishgani haqida o‘z g‘oyalarini 3 daqiqalik prezentatsiya qilishadi.
Xullas, bir safar, bir jamoa o‘zlariga ajratilgan 3 daqiqalik vaqtini, talabalarni ishga yollashni xohlagan kompaniyaga sotishadi. Stenford universiteti hamisha dunyoning eng kuchli universitetlari reytingida kuchli uchlikka kiradi (2018-yilda hatto Garvarddan oldingi o‘rinda edi) uning bitiruvchilari jahon mehnat bozorida talash. Jamoadagilar genial yo‘lni tanlashgan a?
Talabalarga o‘z kompaniyasini tanishtirib, ishga qiziqtirmoqchi bo‘lgan kompaniya, ular bilan 3 daqiqa gaplashish uchun 650 dollar to‘lagan jamoaga
Tina Siligning kurslari Stenfordda juda mashhur. Chunki bu kurslarda talabalar dunyoga boshqacha nazar bilan qarashga o‘rganishadi. Hamma bilan bir xil o‘ylamaslik, boshqalardan ajralib turish, o‘rtoqlaringni ichida “bu g‘alatiroq” degan gaplardan qo‘rqma. Bu kamchilik emas, aksincha, bu katta yutuq. Absolyutno farqi yo‘q, sening qancha muammolaring borligini. Bularning hammasini to‘g‘ri o‘ylash bilan muammolarni imkoniyatga aylantirish mumkin. Faqatgina sal boshqacharoq o‘yla.
@kitob_ombori
Куз фаслида кўп тушкунликка тушаман. Шунгами таниш-билиш, қариндошларимга сюрприз қилишга ҳаракат қиламан ва бундан энергия оламан.
Масалан иссиқина егуликларни, ширинликларни ва кофе курьердан етказаман. Бу мен томондан юборилганини этмиман.
Негадир менга сюрпризлар қилишмайди. Кўнгилаканда...