Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Gʻarbda odamlar Oyni, Marsni zabt etamiz deb bor diqqatini texnologiyalarini rivojlantirishga sarflayapti.
Uzoq sharqda uchar avtomobillar yaratilyapti, gumanoid robotlar ishlab chiqarilib odamlarni xizmatini qilishga yoʻnaltirilmoqda...
Oʻrta Gʻarbda turklar qurol-yaroqlarni modernizatsiya qilishyapti, dronlar yasamoqda va ularni katta pulga sotmoqda.
Mayli, bunday narsalar ham kerakdir ammo ilmga oid katta festivallar qilib, bunaqa tadbirlarni ham kamida shunday hayp qilish kerak.
Odamzod ilmga ovqatdan koʻra koʻproq muhtojroqdir. Chunki ovqatga bir kunda bir yoki ikki bor ehtiyoj tushadi. Ilmga esa nafaslari sonicha hojati bordir.Читать полностью…
Istagan joyingizda o'qing...
Istasangizdek oʻqing...
Chalqancha yotib olib oʻqing.
Yoki yuztuban tushib oʻqing.
Yoki yonboshlab olib oʻqing.
Divan chetida oʻtirib olib oʻqing yoki...
Stol yonida kursida oʻtirib olib oʻqing...
Kitoblar uyumi ichida oʻqing...
yolgʻizlanib oʻqing.. yoki tafakkur qilib,
oʻyga tolib oʻqing.
Yoki ko'chada turib...
Yoki xiyobonda yurib...
Yoki restoranda taomingizni kutaturib...
Yoki qahvaxonada kofe icha turib mutolaa qiling.
Mana shunday ko'p xatti-harakatlardan biri, albatta, kun kelib o'z mevasini beradi.
O'qish sizni yuksaltiradigan eng samarali vositalardandir.
Qolganlari esa aql va hislaringizni qoʻzgʻab, uygʻotib beradigan vositalar, xolos.
Ayman Atum
@kitob_ombori
Ko'rinishi yoqimli, eshitish qiziqarli, to‘lqinlanib gapiradigan, hayotdan nolimaydigan, samimiy kuladigan, hayajon bilan eslaydigan va u bilan bo‘ladigan keyingi uchrashuvni intiqib kutadigan odamni topish hayotda katta muvaffaqiyatdir.
G. Markes
@kitob_ombori
Bugungi tadbirda bookblogerlar bilan. Abdurahmon aka, Temur aka, Muhiddin va Ivan Karamazov:)
Kun asosiy qahramoni Mirzohid bilan rasmga tushish esdan chiqibdi, lekin kitoblarga dastxat tushirib oldim:)
@panda_books
Umidim ko‘p edi
axir,
bu kuzdan...
Tunda vidolashmay ketdi noyabr...
OTA
Ishdan chiqib, shirinlik do‘koniga bordim. Kichkinam uch kundan buyon:
- Aya, tort olib keling, - deb zorlanadi. Pulim oz edi, shu sabab bolamga yarasha kichkina tort sotib oldim. Uyga qaytishimda yo‘limdan otam chiqdi.
- Ishing tugadimi? - so‘radi dadam salom alikdan so‘ng.
- Ha, dada.
- Qo‘lingdagi nima?
- Nevarangizni tort yegisi kelibdi, shunga...
- ha. Tezroq olib bor. Yo‘lingni poylab o‘tirgandir.
Otam bilan xayrlashib uyga ketdim. Dadam orqamdan qarab qoldi. Uyga kelgach, tortni kenjatoyimning oldiga qo‘ydim.
- Bobom kelyaptilar, - dedi darazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan katta o‘g‘lim.
- Dadam? Nega kelyapti ekanlar?
Fursat o‘tmay dadam keldi. Ichkariga boshladim, lekin dadam ko‘nmadi. Ostonadan turib qo‘limga bir qutini uzatdi.
- Bu nima, dada?
- Tort. Yodingdami, bolaligingda tortni yaxshi ko‘rarding. Qo‘lingdagi kichkina tortni bolangga ilinib, o‘zing yemasliging aniq. Shuning uchun senga o‘zim tort sotib olib keldim. Sen bolangni xursand qilayotganingni ko‘rib, men ham seni xursand qilgim keldi...
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Ehtimol dadam ham shunday qilgandir...
@kitob_ombori
#psychology
🧠 Benjamin Franklin effekti
Birov bilan munosabatni yaxshilash uchun unga yaxshilik qilishga, og‘irini yengillatishga harakat qilamiz. Yordamimdan qarzdor bo‘lib qolsa, keyingi gal menga kerak bo‘lganda u ham yordam beradi deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Birovga yaxshilik qilib uning simpatiyasini qozonishdan ko‘ra, boshqalarning sizga yaxshilik qilishi uchun imkon berish orqali munosabatlarni yaxshilash ehtimoli yuqoriroq.
Bu fanda Benjamin Franklin effekti deb yuritiladi.
AQSHning eng yirik jamoat arboblaridan biri Benjamin Franklin siyosiy kar’yerasida muvaffaqiyatga erishayotgan davrda yaxshigina qudratga ega boshqa siyosatchi o‘zini xushlamasligini payqab qoladi. Benjamin o‘z kelajagini o‘ylagan holda, bu odam bilan raqobat yoki ziddiyat munosabatiga kirishishni istamasa-da, ochiqchasiga “mendan nega norozisan”deb so‘rashning ham imkoni yo‘q edi.
Shunda u boshqa yo‘ldan boradi. Raqibining shaxsiy kutubxonasida nodir kitob borligi haqida darak topib, shu kitobni o‘qish uchun berib turishini lutf bilan so‘raydi. Raqib darhol kitobni yuboradi. Kitobni o‘qib bo‘lgach, Franklin uni chuqur minnatdorlik xati bilan egasiga qaytaradi.
Ertasigayoq ular bir majlisda ro‘para kelishadi. Ilgari hech qachon churq etmagan raqibning o‘zi Benjaminning oldiga kelib, muloyim ohangda suhbatlashadi. Har doim har qanday yordamga tayyorligini bildiradi.
Bu nima bilan izohlanadi?
Tabiatan inson har doim o‘zini ko‘rsatishga, nimalarga qodirligini isbotlashga, kerakligini his qilishga ehtiyoj sezadi. Siz esa unga mana shu ehtiyojni qondirish uchun imkon yaratib berasiz xolos. Boshqalarga yordam berish orqali o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishi, muammolarini hal qilishga qodirligini ko‘rsatashi va bundan baxt gormonlarini his qilishi uchun imkon berasiz. Qarabsizki, 1) sizga nisbatan simpatiya hosil bo‘ladi; 2) keyingi gal ham sizga yordam berishga bajonidil rozi bo‘ladi.
Demak, birovga yaxshilik qilib, undan javoban yaxshilik qilishini kutishdan ko‘ra, sizga avval yaxshilik qilgan odamning yana yaxshilik qilishini kutish to‘g‘riroq bo‘ladi.
Lekin shaxsdan uning imkoniyatlari doirasidan tashqari bo‘lgan narsani so‘ramaslikka e’tibor qaratish lozim. Shundagina effekt ish beradi.
@kitob_ombori
Erkakning eng zaif tomoni uning qalbi emas, balki o‘z-o'ziga bino qo'yishidir. Bu huddi Axillesning tovoni kabi uning ojiz nuqtasidir.
Mixail Lermontov
@kitob_ombori
#nazm
GRAFIKA
Koʻzing qaro sening, qoshlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qoʻlingdagi taʼna toshlaring qaro,
Menga gʻamgin boqib turishlaring oq.
Unutishing — qaro, hijroning qaro,
Sogʻinching oppoqdir, xatlaring — oppoq.
Qarodir yurganing oʻch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring — oppoq.
Shommi, yo saharmi — vaqtimdir qaro,
Sen deb toʻkayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
Oʻttiz toʻrt yoshingda sochlaring oppoq.
Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qora boʻyoqlar bizning bogʻlarda...
Men milyon boʻyoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor boʻlgan chogʻlarda.
Usmon Azim
@kitob_ombori
Rassom Alireza Karimi Moghaddam o‘zining ijodiy tasvirlari orqali Vinsent van Gogni insoniylik va go‘zallik timsoli sifatida ko‘rsatib keladi. Uning asarlari Van Gogning hayotini iztirob va kurashlardan tashqari, quvonch va ilhom manbai sifatida ochib beradi. Alirezaning o‘ziga xos animatsion uslubi va yorqin ranglari Van Gogning boy va betakror san’at olamini yangi avlodga yaqinlashtiradi.
Van Gog bilan tanishuvini yoshligidan boshlagan Alireza, golland rassomining chuqur hissiyotli uslubidan ilhomlanib, uning san’atiga mehr qo‘ygan. O‘z asarlarida u Van Gogning ijodiy erkinlik va insonparvarlikka asoslangan hayotini ulug‘lashga intiladi. “Men Van Gogning ijodini quvonch va umid bilan bog‘liq bo'lgan holatda o'zgacha rakurslarda ko‘rsatishni xohlayman,” deydi Alireza.
Bu ijodiy yondashuv orqali Alireza san’atni sevuvchi odamlarga Vinsent van Gogning ichki dunyosini yorqin va tushunarli shaklda ochib berishda davom etmoqda. Uning asarlari Van Gogni faqat daho rassom sifatida emas, balki hayotni sevish va ijod qilishni ulug‘laydigan inson sifatida ham ko‘rsatadi.
@kitob_ombori
Odamlar, sal ko'payishaylik. Bu yil 20k ni ursak go'zal ish bo'lar edi
Читать полностью…Yuval Noah Hararining ' 21-asr uchun 21 saboq' kitobi bugungi borliqning deyarli barcha sohalarini umumlashtirib ulardagi mavjud muammolarni tahlilini qilar ekan aslida o'sha muammolarni yuzaga keltirgan omillarga doir (rad etish deyarli imkonsiz bo'lgan) asosli argumentlar keltiradi. Juda kam joylarda ehtimoliy yechimlar taklifini ham ilg'ash mumkin.
Insonlar doim ideologiyalar bilan boshqarilgan fashizm, kommunizm va bugungi, qaysidir ma'noda ideal deb baholangan forma, liberalizm kabi. Liberalizmning kamchiliklariga oid fikr va g'oyalarni atay yozmayman. Bu tizimning ashaddiy tarfdori bo'lganim sabablimas sizni kitobga attract qila olsin shu yozilmaganlar deb😅
Ko'pchilik 21-asrda revolutsiya va texnologiyalar yordamida globalizatsiya butun yer yuzi bo'ylab erkinlik, tenglik va farovonlikni yoyishiga qattiq ishonadi. Aslida esa bu asr isoniyat tarixidagi eng noteng jamiyatni shakllantirdi.Dunyoning eng boy 1% odami yer yuzinging 50% boyligiga egalik qilar ekan. Hararining bu boradagi xavotiri esa nihoyatda o'rinli. O'tmishda ham o'rtacha bir gersog (amaldor) oddiy dehqondan qobilyatliroq deb baholangan aslida ular o'rtasidagi yagona tafovvut materialistik ustunlik bo'lgan xolos. Lekin 2100-yilga borib bu materialistik ustunlik biotech va infotech yordamida boylar va commonerlar o'rtasidagi kognitiv qobilyatlar tengligini ham yo'qqa chiqaradi. Ya'ni o'sha 1% boylar rosmanasiga bizdan kreativroq, sog'lomroq, aqlliroq bo'ladi. Tosh asrida ham bo'lmagan-ku bunday adolatsizlik!
Kelajak jobmarketlarida kadrlarga eng kerakli narsa bu psixologik chidam (psychological stamina) - deb yozadi Harari. Chunki ular tanlagan sohasida qisqa vaqt, qachonki ularning vazifasini argoritmlarga asoslangan sistematik dastur yoki robotlar uddalay olguncha ishlashadi natijada mutaxassislar bozorda ularga ehtiyoj qolmagach majbur bo'lishadi o'zalirini yangi paydo bo'layotgan sohalarda qayta-qayta kashf qilishga. Har gal biror sohani boshidan o'rganish mental va financial effort talab qiladi psixologik chidamdan tashqari hali bu. Bunaqa vaziyatda hukumat ishini yo'qotgan mutaxassis o'zini yangi kasbda kashf qilguniga qadar uni va oilasini ijtimoiy himoyaga olishi kerak. Va bu amaliyotni skandinavya mamlakatlari allaqachon boshlagan. Ha ular "Protect workers not the jobs" shiori bilan texno imkoniyatlarni siqib bozorga kiritmay turishdan ko'ra o'z odamlariga istalgan yoshda zamonaviy kasb mutaxassisi bo'lish imkoniyatini berishyapti. Ammo ularda ham odamlar yuzlashayotgan psychological stamina muammosini hal qilish borasida hech qanday yechim yo'q.
Short-form revyu deganim uchun ikkita insight yetarli deb o'yladim o'qishga motiv bo'la olsa xursandman😊
Kitob bilan do‘stlashgan ayollardan tashqari, barcha ayollar bir xil.
Dostoyevskiy shunday degan edi:
"Kitob o‘qiydigan ayol osonlikcha sevib qololmaydi.
U o‘zining ruhiy egizagini, o‘ziga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan kimsani qidiradi."
Kunlardan bir kuni Albert Enshteyn poyezdga chiqarkan chiptasini qidirib qoladi. Cho‘ntaklarini kovlaydi, topolmaydi. Sumkasini qaraydi, topolmaydi. Xullas, juda bezovta bo‘ladi. Uning bu holatini ko‘rib turgan poyezd nazoratchisi uni oldiga keladi-da: “Janob, agar siz chiptangizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lgansiz va yoki pulingiz bo‘lmasa, bu muammo emas. Sizni hamma taniydi. Siz bemalol poyezdga chiqib, istagan manzilingizga yetib olishingiz mumkin. Sizni hammamiz hurmat qilamiz!”, deb o‘zining hurmatini bildiradi. Bir yordam qo‘lini tutmoqchi bo‘ladi. Eynshtey unga e’tibor qilmaydi. Yana ishida davom etadi. Topolmagandan keyin to‘xtaydi va nazoratchiga qarab aytadi: Bilasizmi, gap pulda ham emas, chiptada ham emas. Men bu chiptani topmasam bo‘lmaydi. Chunki qayerga ketayotganimni unutib qo‘ydim” deydi.
@kitob_ombori
Mana bu ikkita konfet bergan yigitchi?! - o‘yladim men. - U ham bekorga konfetni ikkita qilib bermadi, axir!
@kitob_ombori
Siz ayollar eng ko'p kiyim va kosmetik vositalarga pul sarflaydi deb hisoblaysizmi?
U holda kitobxon qiz bilan turmush qurib ko'ring😄
@kitob_ombori
Оила қурмоқчи бўлганингда ўзингга шу саволни бер:
Бу инсон менинг умримнинг охиригача суҳбатлаша оладиган инсонимми?
@kitob_ombori
Flashforward (inglizcha "flash" — "chaqnash", "tushunish"; "forward" — "oldinga") — voqelikdan chetga chiqqan holda kelajakni hikoya qilish, fleshbekka teskari holat.
Fleshforvardda asarda yuz berayotgan voqealar chizig'i uziladi va biz keyinchalik sodir bo'ladigan voqealarni kuzatamiz. Biroq, asar mantig'iga zid bo'lgani sababli u kamdan-kam hollarda qo'llanadi va ba'zida personajning tushlari orqali ifodalanadi.
Fleshforvardlar XX asrda yaratilgan asarlarda keng qo'llanilgan. Masalan, Andrey Beliyning "Peterburg" asari yoki "2001: A Space Odyssey" (1968), "Easy rider" (1969) va "They Shoot Horses, Don’t They?" (1969) filmlari ana shunday asarlar jumlasidandir.
2001-yilda suratga olingan Lars fon Trierning "Melanxoliya" filmi boshida fleshforvard ham kirish qism, ham epilog sifatida ishlatilgan.
Fleshforvardlarga eng yorqin misollarni "Lost" ("Omon qolganlar") serialida ko'rganmiz.
@kitob_ombori
Arqa elimdi maqtagım,
Baǵırǵa basıp saqtagım.
Qaltıratsam on bir turıq,
Qursın deymin maqtawım.
Barlıq qaraqalpaq doslarımızdı til bayramı menen qutlıqlaymız. Gózzal tilinizde ullı shıǵarmalar jazılsın!
1-dekabr — Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Birodarlarimizga bayram muborak boʻlsin!
*Yuqoridagi misralar Qoraqalpoq adibi Berdaq qalamiga mansub.
Telegram | Instagram | Facebook
Qishda koʻriladigan filmlarimni mana bu yerga yuboraman:
@romantik_kinolari
P.S: bira toʻla kinolar haqida postlar ham yozib turilar
Kliffxenger (inglizcha "cliffhanger" yoki "cliffhanger ending")
Kino yoki adabiyotda syujet liniyasini yaratish uslubi bo'lib, bunda asar eng kulminatsion nuqtada tugab qoladi. Bu uslub asar mualliflari tomonidan o'quvchi yoki tomoshabinni keyingi qismga qiziqtirish uchun ishlatiladi.
Kliffxengerning eng yorqin misolini "Ming bir kecha" ertagida ko'rish mumkin. Unda Shahrizoda o'z umrini saqlab qolish uchun tong otar paytida ertakni eng qiziq joyida to'xtatadi.
Shuningdek, "Kelajakka qaytib" filmining birinchi qismi oxirida Marti va Jenniferning oldiga Dok Braun vaqt mashinasida uchib kelishi hamda ularning kelajakkat Marti hamda Jenniferning farzandlari bilan bog'liq muammolarni hal qilish uchun yo'l olishi ham kliffxengerga misol bo'la oladi.
@kitob_ombori
Yakshanbaga hech narsani rejalashtirmay turinglar!
Uzoq payt kutilgan taqdimotlar vanihoyat 1-dekabr, yakshanba kuniga rejalashtirilibdi.
Bilishimcha, taqdimotga Zabarjad Media nashriyotida nashr qilingan oxirgi 3 ta kitob tarjimoni Mirzohid ham kelar ekan.
Sizlarni ham taklif etaman. O'sha yerda ko'rishib qolarmiz balki...
Lokatsiya
Hayotda bir narsani ko‘p kuzatdim: odatda badavlat, ko‘zi to‘q, o‘zini bosib olgan kishilar maqtanmaydi. Cho‘ntagida hemiri yo‘q ayrim kimsalar esa karillayveradi (Bu bilan “Kambag‘allik ayb”, demoqchi emasman).
Taqvodor olim kamsuqum, kamgap bo‘ladi, xayrli ishni ko‘p qilsayam indamay yuradi, maqtanmaydi. Bir-ikkita ma’ruza eshitgan yoki kitobning u yer-bu yeridan chala-chulpa o‘qib olgan ba’zi kishilar esa o‘zini muttaqiy olimdek tutadi, fatvo berishga o‘ch bo‘ladi. Shunday odamlarni ko‘rsam, bir gap yodimga keladi. Ustozlar aytadilar: “Sayoz ariq sharillab oqadi. Chuqur dengiz esa bir maromda, sokin harakatlanadi”.
@kitob_ombori
Ibrohim ibn Adham rohimahulloh anjir sotadigan bir yigitning oldidan o‘tib qoldi va anjirning narxini so‘radi. Bolaning ko‘ziga Ibrohim faqir ko‘rinib unga narxni aytgisi kelmadi. Ololmaydi deb o‘yladi. Shunda atrofda turgan kishilardan biri:
- “Bu kishi Shom diyorining faqihi Ibrohim ibn Adham bo‘ladilar. U kishiga anjiringdan sot” - dedi.
Haligi yigit Ibrohim ibn Adhamning ortidan yugurdi. Yetib olib:
- “Ey amaki! Mana anjir. Istagan narxingizda sotib oling”, dedi. Shunda Ibrohim unga qarab:
- “Biz anjirni pulimizga olmoqchi edik, dinimizga emas!”, dedi.
Imom Shofi’iyning ajoyib gapi bor:
- “Din bilan yeyishingdan ko‘ra raqs tushib topgan pulni yeyishing yaxshiroqdir!”.
Sinovlar va musibatlar insonlarning g‘alviridir. Xususan ulamolarning. Insonlar kengchilikda bir xil bo‘lishadi. Qiyinchilik kelganida ular bir-birlaridan farqlanishadi. Qancha-qancha olimlar bor. Ular bitta oyatni sharhlab bizni yig‘latishadi, o‘zlari ham yig‘lashadi.
Ibrohim ibn Adham rohimahullohga o‘xshagan mashoyixlarimiz savdogarlar ularga matolarining narxini tushirib, arzon qilib berishini istashmagan. Bu narsaning dinlari uchun, muruvvatlari uchun dog‘ bo‘lishini anglashgan.
Darhaqiqat, bu kabi savdolar agar xaridorning “falonchi faqih” yoki “falonchi olim” bo‘lganligi uchun bo‘ladigan bo‘lsa din va muruvvat uchun dog‘dir.
“Qur’on maxluqmi maxluq emasmi” nomli fitnada sabot bilan turib bergan Ahmad ibn Hanbalga Alloh rahm qilsin!
Hasan Basriy rohimahullohga Alloh rahm qilsin. U kishini Iroq amiri Umar ibn Hubayra chaqirtirib shunday dedi:
- “Ey Hasan! Moʻminlar amiri Yazid ibn Muoviya meni Iroqqa voliy qildi. U gohida menga ba’zi hukmlarni ijro qilishimni amr qiladi. Ularda adolat ko‘rmayman. Men uchun fiqhda bundan chiqib ketadigan yo‘l bormi?”.
Hasan Basriy rohimahulloh dedi:
- “Ey ibn Hubayra! Yazid haqida Allohdan qo‘rq. Alloh haqida Yaziddan qo‘rqma. Alloh seni Yaziddan himoya qiladi. Ammo Yazid seni Allohdan qutqara olmaydi”.
@kitob_ombori
Oddiylik — asfaltlangan yo‘lga o‘xshaydi. Tekis yo‘l yurishga qulay ammo unda gullar o‘smaydi.
Vinsent van Gog
@kitob_ombori
Avlodlar (generation) ijtimoiy-demografik tadqiqotlarda odamlarning ma’lum davrlarda tug‘ilgan guruhlari bo‘lib, ularning turmush tarzi, qadriyatlari va dunyoqarashlari o‘xshash bo‘ladi. Quyida har bir avlod haqida qisqacha ma’lumot:
1. “Tinchlik avlodi” (Silent Generation) 1928–1945
Xususiyatlari: Bu avlod ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari davrida o‘sgan. Tejamkorlik, mehnatsevarlik va barqarorlikka bo‘lgan intilishlari bilan ajralib turadi. Ular davlatga sodiq va an’anaviy qadriyatlarga ergashuvchi avlod sifatida taniladi.
2. Baby Boomers 1946–1964
Xususiyatlari: Urushdan keyingi iqtisodiy tiklanish davrida tug‘ilgan. Ular yorqin karyera qilishga va mulkiy farovonlikka erishishga intiladi. Bumerlar uchun an’anaviy oilaviy qadriyatlar muhimdir.
3. Iks avlod (Generation X) 1965–1980
Xususiyatlari: Bo‘shliq avlod (Latchkey generation) nomi bilan ham tanilgan, chunki ularning ko‘pchiligi ikkala ota-ona ishlaydigan oilalarda o‘sgan. Mustaqillik, egalik va realistik qarashlar ularning asosiy xususiyatlaridir.
4. Milleniallar (Generation Y) 1981–1996 (men shu toifaga ilashib qolganman)
Xususiyatlari: Texnologiyalar bilan o‘sgan birinchi avlod. Ular ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalarning tez rivojlanishiga moslashgan. Milleniallar erkin fikrlaydi, maqsadga yo‘naltirilgan va innovatsiyalarga ochiq
5. Zumerlar (Generation Z) 1997–2012
Xususiyatlari: Raqamli avlod nomi bilan ham taniladi, chunki ular internet va smartfonlar bilan o‘sgan. Bu avlodning diqqatini tortgan jihati – tez moslashuvchanlik va ijtimoiy masalalarga qiziqish.🔝
6. Alfa avlod (Generation Alpha) 2013-yildan keyin
Xususiyatlari: Bugungi yosh bolalar kiruvchi bu avlod sun’iy intellekt va virtual voqelik davrida o‘smoqda. Ular uchun texnologiyalar tabiiy holat va asosiy vosita bo‘ladi.
Siz qaysi avlod vakilisiz?
@kitob_ombori
РЕМАРК.....РЕМАРК....РЕМАРК....РЕМАРК....❤️❤️❤️
@kitob_ombori
"Mona Liza" qanday qilib mashhur bo'lgan???
Eng mashhur kartinalardan biri hisoblanadigan ushbu asar XX asr boshlarigacha faqat kam sonli san'atshunoslar orasidagina mashhur edi. Odamlar ushbu kartinani ko'rishga hozirgidek intilmasdi.
1911-yil 21-avgustda kartina Luvr ishchisi, italiyalik oyna ustasi Vinchenso Perudja tomonidan o'g'irlab ketiladi. Bu o'g'irlikdan aniq qanday maqsad ko'zlangani aniq emas. Balki Perudja "Jokonda"ni o'z vataniga qaytishini istagandir. Sababi u kartina "fransuzlar tomonidan o'g'irlangan" deb hisoblagan va Leonardoning o'zi asarini Fransiyaga olib borganidan xabari bo'lmagan.
Qidiruv ishlariga butun politsiya xizmati jalb qilinadi, chegaralar yopiladi. Muzey rahbariyati ishdan olinadi. Shoir Giyom Apolliner o'g'irlikda gumon qilinib, hibsga olinadi. Hatto Pablo Pikassodan ham gumon qilishadi.
Aynan shu davrda gazetalarda kuchayib ketgan shov-shuvlar asarning bugungi mashhurligiga sabab bo'lgan. OAVda tinmay paydo bo'luvchi "Mona Lizani kim o'g'irladi" kabi detektiv ruhdagi maqolalar matbuotning kuchayib borayotgan qudratini dunyoga ko'rsatib qo'yadi. "Mona Liza"ning o'g'irlanishi dunyodagi birinchi sensatsiyaga aylanadi. Faqat 1912-yilda ro'y bergan "Titanik" halokatigina ushbu shovqinni bostirib ketadi.
Kartina 2 yildan keyin Italiyadan topiladi - o'g'ri gazetada berilgan e'lonni o'qigach, "Mona Liza"ni "Uffitsi" galereyasiga sotmoqchi bo'ladi. Vinchenso qo'lga olinadi hamda qisqa muddatli qamoq jazosiga hukm qilinadi. Ammo bu uning vatanparvar inson sifatida mashhur bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi.
"Mona Liza" 1914-yil 4-yanvarda Parijga qaytariladi.
@kitob_ombori
Yo‘nalishli avtobusda shahar markazi tarafga ketyapman. Yonimdagi o‘rindiqda olti yoshli bola xarxasha qilib shovqillar edi. Uning onasi bolaga e’tibor bermas, uni eshitmagandek oynadan tashqarini tamosha qilib ketardi. Bola esa, uning yengidan tortib-tortib qo‘yardi.
Tashqarida, oynadan daraxtlar go‘yoki suzib o‘tishar, yomg‘ir shivalar edi. Kuzgi Toshkent, yomgʻirli va rutubatli havo edi.
Bola nimanidir talab qilar yoki nimanidir tasdiqlar edi. Ona birdan zarda bilan oynadan o‘girilib bolasiga qaradi. Bolani qo‘lidan tutib o‘ziga tortdi. Qulog‘iga shivirlab dedi:
- Mendan nima istaysan?!
Bola dovdirab qoldi.
- Nima xohlaysan, sendan so‘rayapman?! Bilasanmi, sen kimsan? Sen hech kimsan! Tushundingmi? Sen hech kim-saan!
U ichidagi bu achchiq gaplarni go‘yo chuqur nafas olib, keyin bolaning yuziga otib chiqargandek bo‘ldi.
Bolakay onasiga qaradi. Nazarimda, uning boshi qaltirayotgandek tuyuldi menga. Yoki men qaltirayotgan edim. Orqamni ter bosganini his qildim.
Miyamga ilk kelgan fikrni eslayman: - Nahotki bu gapni unga aytdi? Shu onda u kim haqida o‘ylayotgan ekan?
- Men seni ko‘rgani ko‘zim yo‘q, - pichirladi ayol.
- Sen uni halok qilding-ku! - dedim. Lekin, mening gapimni hech kim eshitmadi.
Avtobusdagi odamlar, hech narsa bo‘lmagandek, mudrab ketar edilar.
Men o‘z joyimda qimir etmay o‘tirar edim. Bola endi yig‘lamas edi.
Ayol bolaning qo‘lini o‘zidan siltab tushirdi va yana oyna tarafga o‘girildi. Bola endi to‘polonini to‘xtatgan, birdan jimib qolgan edi.
O‘rindiqning yirtiq g‘ilofiga tikilgancha sukut saqlardi. Menda esa, hozir hammaning oldida bu ayolni burdalab tashlashga xohish uyg‘ongan edi!
Unga qarab: - Sen o‘zing hech kimsan! Sen o‘ni o‘ldirding-ku, axir!..
Qasam ichaman, shunday qilmoqchi edim!...
Bolaning holati meni tutib turardi. Men o‘zimni bosish uchun, ko‘zimni yumdim. Chuqur-chuqur nafas oldim.
Ko‘zlarimni ochganimda esa, konfetga nazarim tushdi. Egnida jinsi kostyum kiygan yoshgina, talaba bo‘lsa kerak, oppoqqina, jingalak sochli yigitcha konfetni bolaga uzatib turar edi.
U yana qo‘lini silkib, dedi:
- Ol buni! Senga bu.
Bola konfetni oldi. Yigit shu zahoti ikkinchi konfetni uzatdi.
Bola sekinlik bilan ikkinchisini ham oldi. Keyin nima bo‘lganini eslasam, hozir ham ko‘z yoshlarimni arang tutaman. Bu shunday bolalarcha donishmandlik ediki, buni men hech qachon unutmayman.
Bola konfetni yemadi. U onasining qo‘lini asta turtdi. Ayol darrov bolaga yuzini burmadi. Lekin, baribir qaradi. Vajohatidan, boyagi ohangda yana jerkimoqchi bo‘lgani aniq edi. Ammo, shu payt bola unga konfet uzatdi. Ayol bir bolaga, bir konfetga qaradi. Bir on nima bo‘layotganini tushunmay qoldi. Shunda bola konfetlarni onasining kaftiga qo‘ydi.
Ona go‘yo qo‘li kuygandek, konfetlarni tezda bolaga qaytarib berdi.
- Istamayman, - dedi.
Ikkita konfet uning kaftida turar edi. Bola qo‘lini olmas edi.
- O‘zing ye, - dedi ayol va sekin qo‘shib qo‘ydi: - men xohlamayman... rost aytyapman.
Shunda bola konfetni onasining tizzasiga qo‘ydi. Mana shu harakatsiz lahzani hech qachon unutmayman. Ana shu yetuklikni ham...
Oldimda o‘tgan mana shu bir necha daqiqalar ichida bola ulg‘aygan edi. U yovvoyi, shallaqi xotin esa, go‘zal va yosh ayolga aylangan edi. Har holda, menga shunday tuyuldi.
Ona jim edi. Uzoq vaqt sukutda qoldi. Bolaga shunday tikildiki, go‘yo uni endi ko‘rayotgan edi. Keyin uni quchoqladi. Bola ham uni quchoqladi. Keyin konfetni qo‘liga olib, qog‘ozini ochdi. Onasiga berdi. Onasi konfetni og‘ziga solmaguncha, o‘zi yemay turdi. Tasavvur qilyapsizmi? Bu yana bir hayratli hol edi. Lekin umuman boshqa...
Men o‘yladim: - Mana sen o‘tiribsan. O‘zingcha haqgo‘ysan. Sen turib uni ayblab, tilkalab tashlamoqchi eding. Tuzatmoqchi eding, go‘yo. Shunday qilganingda nimaga erisharding? Hech narsaga! Faqat to‘polon chiqarganing qolardi. Bu bolachi? Qara, u qanday donishmand, qanday buyuk bu bola. U butunlay boshqacha yo‘l tutdi.
Bu jasadchada qanday kuchli bolalarcha donishmandlik mujassam ekan-a! Bu harakati bilan jigarlarga, yuraklarga, ko‘z yoshlarga ta’sir eta oldi!...