kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Nasib qilsa bu ramazondan maʼnan tozalanib, bonusiga ozib chiqaman)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Frans Kafkaning Felisiya Bauer bilan juda qiziq va g'alati sevgi tarixi bor. Bu taxminan 5 yil davom etgan yozishmalar orqali amalga oshirilgan sevgi hikoyasidir.

Kafka Felisiyaga birinchi maktubini 1912-yil 20-sentyabrda yozgan. Keyin ikkinchisi, uchinchisini yozdi va bu xatlar Felisiyani befarq qoldirmadi.

Bir xatida Kafka shunday deb yozgan edi:

...Agar uchta direktor o‘rinbosari hozir mening stolim ustida turib, yelkam osha menga qarab turganlarida ham, men sizning xatingizga darhol javob bergan bo‘lardim. Chunki sizning xatingiz menga samodan tushgan inomdek aziz tuhfa misol...


U qizga ikki marta turmush qurishni taklif qiladi va undan rozilik ham oladi. Ammo hech qachon turmush qurishga qaror qilmagan. Maktub orqali muloqot Kafka uchun juda muhim edi. U o'zining eng yaxshi asarlarini mana shu davrda yozadi. 
Keyinchalik, ularning bu yozishmalari nafaqat filologlar, balki yosh romantik odamlarning ham e'tiborini tortadi.

Felisiya Kafka bilan turmush qurish paytini kutishdan charchagandi. Bu vaqtda Frans kelinining dugonasi Greta Bloxga mahliyo bo'lib qoladi va Felisiyaga bu haqida xat ham yozadi.

Keyinchalik ikkala qiz ham uni yolg'onchilikda ayblaydi. Bu orada Felisiya u bilan ajrashadi, boshqa birovga turmushga chiqadi va AQShga jo'nab ketadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mustaqil fikrga ega bo‘lish, doimiy tarzda o‘z ustida ishlash uchun butun hayot tarzingizni va odatlaringizni o‘zgartirishingiz shart emas. Masalan men kun tartibimni iloji boricha qiziqarli va albatta foydali tuzishga harakat qilaman. Qanday qilib davomli tarzda inson o‘zini shakllantirib borishi kerak degan savolga javob o‘laroq juda sodda tavsiya bermoqchiman.

1. Har kuni kamida bitta kattaroq hajmdagi maqola o‘qing. Mavzusi o‘zingizni sohangizga aloqador bo‘lsa yana-da yaxshi. O‘zim har kuni wikipediada biror mamlakatni tilini kelib chiqishiga oid bitta bo‘lsada maqola o‘qiyman. Yana, qiziqish doiramga ekologiya va kinolarga oid maqolalar o‘qish ham kiradi. Umuman olganda men uchun matnlar bilan ishlash ancha qulay va aynan o‘shalar orqali qabul qilgan ma'lumotlarim yodimda oson qoladi.

2. Podkastlar eshitish ham kunlik odatlarimda biri. Asosan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘rib boraman. Oxirgi paytda Lolazor va Fikrat podkastlari qiziq bo‘lyapti. Kamoliddin Rabbimov va Ilyos Safarov sharh beradigan har qanday podkastni qoldirmay ko‘raman/eshitaman. Har kuni o‘rtacha 1 soat vaqt ajrataman.

3. Kitob o‘qish uchun kuniga o‘rtacha 1 soat ajrataman. Mavzular turli xil. Qiziqish va ruhiy holatga bog‘liq. Odatda tong yorishguncha yoki uyquga yotishdan oldin o‘qigan qulay. Ikkala paytda ham atrofingiz va ruhingiz ancha tinchlangan bo‘ladi. Diqqatni buzadiganlar kam bo‘ladi....

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oxirgi paytlarda eng ko‘p eshitayotgan jumlalarim:

Qarz berib turing;
Kredit to‘lashim kerak;
To‘y qilish kerak;
IELTS olishga harakat;
Profilimda yaxshi kanal bor, ulanvolinglar.

Oxirgisi ayniqsa juda jonga tegdi🙂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

👨‍🚀Hoy, obunachilar!

Kelinglar, ushbu post izohiga o‘qigan kitoblarimizdan bizga eng manzur bo‘lgan iqtiboslarni, asarning eng "qaymoq" joylarini yuboramiz. Izohlarda eng ko‘p like yig‘gan iqtiboslarga men chiroyli qilib, rasmli iqtiboslar to‘plamini yasab beraman.

🔥 Qani, boshladik!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Boshqalarning uylanmagani ularning o‘zining ishi...
O‘qishni kech bitirib chiqishi ularning o‘z ishi...
Kech farzand ko‘rishining bizga aloqasi yo‘q...
Ularning oylik daromadining bizga ahamiyati yo‘q...
Ular nimani yeyishga qiziqadi, nimani kiyishga qiziqadi, ularning uyi qanaqa, bu ularning didini akslantiradi. Buni bizga ahamiyati yo‘q...
Did nisbiydir...

Hayotingizni boshqalar bilan mashg‘ul qilib o‘tkazmang. O‘z hayotingizda hali javobi topilmagan savollar ko‘p. O‘z atrofingizda aylaning!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fransiya, yevropa va jahonning eng ulug‘ ma’rifatchilaridan biri, faylasuf adib Sharl Lui de Monteskyo bundan taxminan uch yuz yil oldin distopic (zulmkor mustabid) davlatlar haqida shunday degan ekan:

Bunday davlatlarda hech narsa tuzatilmaydi, hech narsa yaxshilanmaydi; u yerda imoratlar faqat uy egasining umri o‘lchamida quriladi;

u yerda zovurlar qazilmaydi, daraxt ekilmaydi; tuproq (yer) nima berishi mumkin bo‘lsa chiqarib (sug‘urib) olinadi, lekin evaziga hech narsa qaytarmaydilar;

u yerda hamma narsa tashlandiq (xaroba), hamma joy sahrodir.


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Azoblash xizmati 4.0

Xudo xohlasa oz oldi aka, nasib qilsa yanagi Ramazonda bu podachangizni ikki hissa qilib qaytaraman🤓 (oshpaz qizga uylanaman hali!)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kelinglar bir chellenj qilamiz.
Ushbu post ostiga o‘zingiz o‘qigan kitoblardagi eng yaxshi ko‘rgan qahramonlarimizga xat yozamiz.
Reaksiyalarga qarab eng, eng, englarni aniqlaymiz

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ko'z ochib yumguncha mana qish ham o'tib ketdi. Bundan bu yog'iga ham aslo sekinlamaydi. Voqea hamda hodisalarga ahamiyatli bo'ling. Umringizni har onini qadriga yeting.

Ayniqsa muborak oy Ramazonning har lahzasidan unumli foydalanaylik. U ham tushday tez o'tib ketadi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fikrlaringizni o'zgartiring ammo prinsiplaringizni emas. Barglaringizni yangilang lekin ildizlaringizdan voz kechmang.

Viktor Gyugo

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun tunda kelarmish bahor RAMAZON!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yaxshi kayfiyatda uxlashingiz uchun video topib keldim)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Menimcha inson ruhiyatini tushinish ilmi barchani birdek qiziqtiradi. Ayniqsa bu bilimlar ilmiy va tadqiqotlarga asoslangan bo'lsa ayni muddao.

Xullas, Eksperimental psixologiya kanaliga kirib qo'yilgan kontentlarga ko'z yugurtiring. Juda ko'p materiallar o'zbek psixologiyasi uchun yangi va o'ziga xos. Ma'qul kelsa qo'shilib qo'ying. Shaxsan tavsiya qilaman.

Kanalga qo'shilish uchun link ⬇️⬇️⬇️
/channel/psixoeksperiment

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ibn Javziy lazzatlarni ikkiga bo‘ladi: sezgi va aql. Sezgining lazzati nikoh, aqlning lazzati esa ilmdir. Bu ikkisini qo‘lga kiritgan kishi hayotdagi eng oliy maqsadiga erishgan bo‘ladi. So‘ngra qo‘shib qo‘yadi: "Ikkisini muvozanatli va mo‘tadil saqlash eng muhimi, chunki birini boshqasidan ko‘proq qadrlaganingda, tarozungni adashtirib qo‘ygan bo‘lasan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

📚Bookblogerlar ko'payib bormoqda.
Balki, bu kanal muallifi oxirgi stolda bo'lgani uchun siz hali ko'rmagandirsiz😄

Tavsiya :) Obuna bo'lib qo'ying
@oxirgi_stoldagi_odam

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men bu yerga filni ko‘rishga kelmadim


O‘tgan mujtahid imomlar imomlik rutbasiga ilm talabidagi oliyhimmatlik va vaqtlarni zoye qilishdan ustunlik bilangina erishdilar. Imom Molikning shogirdi Yahyo ibn Yahyo Laysiy bo‘lib, bu inson “Muvatto” asarini eng mashhur va eng ishonchli roviylaridan biridir.

U zot bir kuni talaba do‘stlari bilan Imom Molikning darsida edilar. Fil kelib qoldi. Shunda o‘sha yerdagi barcha o‘quvchilar tashqariga, tirik filni ko‘rish uchun chiqib ketdilar. Yahyo bo‘lsa joyida o‘tiraverdi. Buni ko‘rgan imom Molik unga: “Senchi, filni tomosha qilishga chiqmaysanmi? Seni yurtingda fil yo‘qku?” dedi. Yahyo javob berib: “Men bu yerga filni ko‘rish uchun safar qilib kelmadim. Balki, sizni ko‘rish, sizning ilmingiz va yo‘l-yo‘riq, uslubingizni ta’lim olish uchun kelganman”, dedi.

Uning bu holati ustozga yoqdi, ma’qul keldi va uni “Andalus oqili” deya atadi. Keyinchalik aynan ushbu shogirdi bilan fiqh ilmida ish yuritish, qonunchilik yakuniga yetdi va uning sababidan Andalusda Molikiy mazhabi keng tarqaldi.

Qozi Iyozning “Tartibul madorik”, Ibn Xallikonning “Vafoyotil a’yon” va Imom Zahabiyning “Siyaru a’lamin nubalo” va boshqa asarlarda keltirilgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Бунақа қор ёғаётганда ишга эмас мактабга бориш керак. Энг камида универга. Лекин аниқ ишга эмас.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir kishi hayvonot bogʻi ochib, unga kirish narxini 200 dollar qilib belgilabdi. Ammo, necha kun oʻtmasin, negadir hech kim unga kirishni xohlamabdi. U kishi narxni 100 dollarga tushiribdi, ammo hayvonot bogʻiga hech kim kelmasmish. Narx 50 dollarga pasaytirilibdi. Shunda ham birorta mehmon bosh suqmabdi.

Shundan keyin hayvonot bogʻining egasi unga kirishni butunlay bepul qilibdi. Ichkari odamlar bilan toʻlgach, u qafasdagi sherni qoʻyib yuboribdi va chiqish narxini 500 dollar qilib belgilab qoʻyibdi.

Qissadan hissa shuki, har xil bepul, tekin narsalar haqida eshitsangiz, darrov chuv tushmang, balki ular ham sherni qafasdan chiqarib, sizni kutib turishgandir...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sahifamizni faol kuzatib borasizmi?

Ha 🔥
Zerikkanda 🥱
Ba'zan 🌚
Kanalni umuman ochmayman 👾

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Iftorlikkacha yetkazgan va bizni haloldan rizqlantirgan Allohga hamd!

Eson-omon yetib oldinglarmi?😅

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Titroq novdalarda uyg’onar hayot,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashil tuyg’ulardan chayqalasan shod,
Fevral o’tib borar, yaqinlashar mart.

Musaffo ruhingni alqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to’ldirar eng go’zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo’llaring.

Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday go’zal.
Ikki fasl sening ko’nglingga qarar,
Ko’nglingni avaylab qisqarar fevral.

Uning himmati keng toki sen borsan,
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga.
Kundan kun go’zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.

Havasim sengadir, shodlik ortmoqda,
Sarg’aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o’tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.

Eshqobil Shukur

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayamni qadri bilinyapti. Har ramazonda tayyor qilingan ovqatga kelardik. Noz qilib "yana oshmi? boshqa ovqat qilmadingizmi?" deb oʻzimizcha tanlar ham edik. Bugun, uydan va oiladan uzoqda, yolgʻiz yashab bularning ahamiyatini his qildim.
Oʻsha oshni 3 soat avval turib hozir oʻzim tayyorlayapman.

Alloh onalarimiz, opa-singillarimizning shirin uyqusidan qolib, bizlar uchun qilayotgan mehnatlaridan to qiyomat qadar rozi boʻlsin!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Nazarimda, hozirgi tanqidiy fikrlashning to‘liq yo‘qligi bilan asoslangan jami savodsizliklarning bir muhim sababi bor – odamlar katta matnlarni o‘qishni to‘xtatishgan. Biz matnlarni tushunishni, ular bilan ishlashni va zavqlanishni to‘xtatdik!

Men hozir faqat ilmiy adabiyotlarni nazarda tutmayapman. Men bir necha yuz sahifali har qanday katta matnni nazarda tutyapman - badiiy, tarixiy, har qanday ko‘ngilochar, ilmiy, texnik. Asosiysi katta. Katta matn endi kattaligi tufayli muammoga aylangan.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring - bugungi kunda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish formatlarining aksariyati hech qanday tahlil yoki ishni o‘z ichiga olmaydi. Bir vaqtlar odamlar matn yozadigan blog platformalari bor edi. Keyin Facebook paydo bo‘ldi, u ham tezda birinchi navbatda matnga asoslangan formatga aylandi. Bloglar platformalari va Facebook'dagi matnlar odatda uzoq o‘qiladigan matnlar deb qaraladi, chunki ularni o‘qish uchun ko‘p vaqt ketadi - lekin bu ta’rif yigirma yil oldin har qanday o‘quvchining vahshiyona kulgisiga sabab bo‘lardi. Chunki Facebook'dagi matn uzoq o‘qiladigan narsa emas, do‘stlarim. Bu fikr rukni. Qisqa eslatma. A4 formatidagi bitta varaq.

Ammo hozir bu ham uzoq va ko‘p. Endi format qanchalik sodda bo‘lsa, shuncha yaxshi. Avval suratlari bilan Instagram, 140 belgidan iborat Twitter, keyin 15 soniya bilan Tiktok paydo bo‘ldi. Tahlil qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori tez qisqardi. Endi hech kim katta hajmlar bilan ishlashni xohlamaydi. Hech kim boshida nima bo‘lganini eslashni xohlamaydi. Men tezda ko‘zdan kechirdim, qisqa vaqt zavq oldim, endorfinimni oshirdim - so‘ngra yangi rasmga o‘tdim.

Kimdir aytadi - ok, hozir zamon shunday, klip va boshqalar davri. Ammo bu tendensiya, mening fikrimcha, juda yomon narsalarga olib keladi. Chunki, kim nima deyishidan qat’i nazar, matn baribir hayotda sizga foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotning asosidir. Ushbu matn sizga turli yo‘llar bilan taqdim etilishi mumkin - qog‘oz kitob shaklida, Facebook'da post shaklida, YouTube'da video ko‘rinishida - lekin u har doim matndan iborat. Matn har qanday ilmiy ishning asosidir. Har qanday qonuniy hujjat. Va deyarli har qanday ijodiy harakat asosi.

Agar siz katta matn bilan ishlash mahoratingizni yo‘qotsangiz yoki u hech qachon bo‘lmagan bo‘lsa, siz o‘zingizni juda katta hajmdagi juda zarur ma’lumotlardan avtomatik ravishda uzib qo‘yasiz. Bundan tashqari, bitta rasm yoki bitta qisqa videodan ko‘ra murakkabroq narsalarni tushunish uchun o‘zingizni juda muhim mahoratdan mahrum qilasiz. Bu mahorat juda oddiy - fikrlash qobiliyati deb ataladi. Boshi va oxirini solishtirish qobiliyati. Mantiqiy zanjirga amal qilish qobiliyati. Agar buni yo‘qotib qo‘ysangiz, fikrlash qobiliyatingiz hayvonnikigacha tushadi. Men ma’lumotni qabul qildim - unga reaksiya berdim va bo‘ldi.

Bu muammo, do‘stlar. Katta muammo. Odamlar oxirigacha o‘qishni bilishmaydi. Ular prinsipial jihatdan o‘qish qobiliyatini tezda yo‘qotmoqda.

Ajoyib matnlarni o‘qing, do‘stlar. Romanlarni o‘qing. Jiddiy maqolalarni o‘qing. Jurnalistikani o‘qing. O‘z sohangiz bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni o‘qishga harakat qiling. Bu qiyin va zerikarli bo‘lishi mumkin lekin siz ushbu ma’lumotni olganingizdan so'ng odatda katta zavq olasiz. Bu yerda hech qanday dahshatli narsa yo‘qligini tushunasiz. Katta matn ustida ishlash yaxshi o‘rgatish mumkin bo‘lgan mahoratdir. U orqali biror narsa haqida o‘ylash qobiliyati shakllanadi.

Ammo shuni esda tutishimiz kerakki, bugungi kunda zamonaviy nazariyalar, insonlarni chiplashtirish haqidagi gaplar va boshqa bema’niliklar shu qadar mashhurlikka erishdi, endilikda juda ko‘p odamlar mustaqil o‘ylashni xohlashmaydi. Ular manbalarni mustaqil o‘rganishni, ular ustida ishlashni, tushunishni xohlamaydi. Ularga savodsiz, ammo ishonarli gapiradigan liderlarni tinglash osonroq.

Katta matnlarni o‘qing. Baxtni shu yerdan topasiz.

Yerjan Yessimxanov

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Pir (@pirnashr) nashriyoti faoliyat boshlaganiga uncha ko'p vaqt bo'lmagan bo'lsada, qisqa vaqtda kitobxonlarni nazariga tushib ulgurdi. Meni o'zbek adabiyotiga qiziqishimni aynan mana shu nashriyotda chiqarilayotgan kitoblar qaytardi. Masalan hozir Erkin A'zamning Pir'dan chiqqan ikkita kitobini o'qiyapman.
Kitob sifati va dizayn alohida masala. Rasmlarni ko'rib ham bunga baho bersa bo'ladi. Xullas, start omadli chiqdi. Umid qilamanki nashriyot o'zbek kitob o'qivchilarini hali uzoq yillar mobaynida sifatli va foydali adabiyotlar bilan ta'minlaydi.

Ushbu ikki kitob haqida to'la tanishib chiqib nasib qilsa alohida to'xtalamiz. "Oyimtilla" boshqacha qiziqtirdi)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Xabaringiz bor @tirilishuz nashriyoti tomonidan mashhur fransuz yozuvchisi Viktor Gyugoning "Kulayotgan odam" kitobi nashr etildi.
Asar o'z davrida ham bugungi kunda ham mashhurligini yo'qotmaganligi hamda aktualligi bilan ahamiyatlidir.

Kitobni olishimizga sababchi bo'lgan @iBook_uz jamoasiga alohida tashakkur aytaman.
Hali bu kitob haqida nasib ko'p gaplashamiz)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Musiqani tinglab nimani tasavvur/his qilganingizni yozib ketishingiz uchun post

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qanday yashashni bilmayapsizmi?
Tinchlaning. O‘zingizni bosing.
Buni shu paytgacha hech kim bilmagan.

***

Sening birinchi urinishlaring doim muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Biror marta parashyutdan sakrab ko‘rishni xohlamaganmisan?

***

Agar kulgi dori hisoblansa, sen bu yuzing bilan butun dunyoni davolay olarding.

***

Ba'zi odamlar nafaqat pok, balki hech qachon foydalanilmagan vijdonga ega. Xuddi seniki kabi.

***

Men bilan gaplashayotganda og‘zingizni ochmasangiz naqadar aqlli ko‘rinasiz.

***

Umid qilamanki, sizning hayotingiz bir kun kelib Instagram sahifangizda ko'rganlarimga mos keladi.

#suhbatlardan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qalbimdagi dardimni tirnading-ku uka

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

1959-yilda Janubiy Karolina politsiyasiga mahalliy kutubxonadan qo'ng'iroq qilinib, binoni tark etishdan bosh tortayotgan qora tanli 9 yoshli Ronald Makneyr haqida shikoyat kelib tushdi (o'sha yillarda irqchilik hali ham AQSh jamiyatida kuchli edi).

Bu bola keyinchalik katta bo'lib, Massachusets texnologiyalar institutida fizika fanlari doktori darajasini oldi. U Challenger kosmik kemasidagi kosmonavtlardan biri edi.

Unga kitob berishdan bosh tortgan kutubxona endilikda uning nomi bilan ataladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel