kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Premium'siz ham story qo‘yish ochilibdi.
Ertalab tursam 19 ta son 159 ta bo‘b ketsa kerak😁
Sekin stroy'lar qismini o‘chirib qo‘yoraman endi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#book

💡Mutolaa qilgingiz keladi-yu, qaysi asar yaxshi ekanligini bilmayabsizmi?! 🤔

📘Jahon adabiyotlari
📙Oʻzbek adabiyotlari
📗Xorij bestsellerlar

LINK 👉 @kingbooks_uz

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

10.000 odam
Endi telegram'ni ham shuncha qilib olsak, ishlar yurishib ketadi inshaalloh

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ayol kishi qanchalik kuchli bo'lmasin, u o'zidan kuchliroq erkakni kutadi. Bu unga o‘z erkinligini cheklashi uchun emas, balki unga kuchsiz bo'lish huquqini berishi uchun kerak.

Anjelina Joli

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Birgalashib kitob o‘qiylik?
Qo‘shilasizlarmi? 🙌

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

🎙 Mulkijahon
✍ Usmon Azim

Yo‘q, faqat sariqdan iborat emas kuzning rangi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ee yo‘q. Bu shunchaki tasodif 😌

Birinchida turgan rasm The Economist jurnalining 2019-yilgi muqovasi. Unda Xitoyning iqtisodiy tarafdan tanazzulga uchrashi bashorat qilingan maqola e'lon qilingandi.

Ikkinchi rasmdagi kitob chiqqanini ko‘rganimda bu kitobni siyosiy kitobmikan deganman va buyurtma bergandim. Kelganidan so‘ng ichini ochib o‘qisam sevgimiye, ishqiy gaplar blah, blah, blah....!?

Xullas, har narsaga ishonib sotib olmanglar.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#mood #relax

Ushbu qo‘shiq arman milliy folkyori hisoblanadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

-Tez-tez kitob oʻqib, saviyangizni oshiring.
Bu sizga erkin fikrlash, mustaqil mehnat qilish, izlanishni oʻrgatadi.

Kun boʻyi, birovning yangi mehnatini kutib oʻtirib, uni oʻzlashtirish-saviya emas.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Erinchoq emas, baxtsizsan. Baxtsizlarning esa hech narsa qilgisi kelmaydi, tinimsiz o'zlarini horg'in his qilaverishadi.

Charlz Bukovskiy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qalbga sanchilgan so‘z o‘qini chiqarib bo‘lmaydi. Badan zahardan, qalb yomon so‘zdan o‘ladi. Chunki so‘z qilichi temir shamshiridan ham o‘tkirroqdir.
Qilichdan yetgan jarohat tildan yetgan jarahotga qaraganda yengilroqdir.

"Saodat saroyining kaliti"
Tohir Malik

Iltimos, bir-biringizning qalbingizni asrang odamlar!

#iqtibos

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Musulmonlar va vikinglar – Ikkita tamaddun, ikki olamning to‘qnashuvi. 2-qism.

Tarixdan ma'lumki, vikinglar nihoyatda jasur odamlar bo‘lganlar. Buni bilib olgan Abdu-Rahmon ularga qarshi Andalusdagi barcha islom lashkarini yig‘ishga qaror qiladi. U chegaralardagi qo‘shinlarni ham chaqirtiradi. Piriney yarim orolidagi musulmonlarning barcha kuchlari bir joyga yig‘ilgach, amir Abdu-Rahmon qorong‘u kechada qulay pozitsiyaga joylashish uchun armiyani Sevilyadan janubiy-sharqda joylashgan Moron degan joyga olib keladi. Musulmonlar vikinglarni shu yerda kutib olib zarba berishga qaror qilgandilar.
Musulmonlar Ispaniyadagi barcha masjid va cherkov minoralaridan dushmanni kuzatish maqsadida foydalanishga qaror qiladilar. Minoralarda turgan kuzatuvchilar vikinglarni harakatlari haqida amirga bildirib turadilar.

Fajra tugashi bilan minoralarining birida turgan kuzatuvchi dushman qo‘shinining ular tomonga kelayotganini xabarini yetkazadi. Vikinglar armiyasining soni tahminan
16 ming jangchini tashkil qilgan. Islom lashkari jangga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Abdu-Rahmon vikinglarni dastlab o‘tkazib yuboradi va pistirmada turgan o‘z qo‘shiniga orqadan zarba berishga buyuradi. Maqsad vikinglarni bosh qarorgoh bo‘lgan Sevilyadan uzib tashlash edi. Ikkin o‘rtada shiddatli jang boshlanadi.
Vikinglar musulmonlar armiyasi tomonidan yanchib tashlanadi. Musulmon lashkari bu varvarlarni tor-mor qilgach Sevilyani ozod qilish uchun oldinga harakatlanadi.
Mayyus'ning armiyasi yakson bo‘lganini bilgan Sevilyadagi vikinglar zudlik bilan shaharni tashlab chekinishni boshlaydilar. Ular Moron jangida halok bo‘lgan armiyalarining taqdirini takrorlanishini istamasdan kemalariga minib suzib ketadilar. Biroq, amirning buyrug‘i bilan musulmonlar floti ularni dengizda ham kutib turgandi. Musulmon floti vikinglar flotiga xujum qiladi va ularning to‘rtta kemasini qo‘lga tushiradilar. Kemadagi vikinglar qilichdan o‘tqaziladi va undagi o‘ljalar qaytarib olinadi.

Bu mag‘lubiyatlardan so‘ng vikinglar qiroli amir Abdu-Rahmonga o‘z elchisini yuborib sulh so‘raydi. Vikinglar musulmonlarning elchilarini o‘z yurtlariga ham taklif qiladi. Amir bu taklifga rozi bo‘lib, Yahyo ibn Hakam Al-Gʻazolni bir guruh elchilarga bosh qilib vikinglar yurtiga yo‘llaydi. Yahyo ibn Hakam Al-Andalusdagi eng mohir diplomatlardan biri edi. U o‘tkir aqli-farosatli, har qanday diplomatik vazifani qoyillatib bajaradigan, har qanday usullar bilan maqsadga yetadigan odam edi.

Musulmonlar delegatsiyasi Antlantika okeanidan bu uzoq va xavfli sayohatga chiqadilar.
Shimoliy Atlantika bo‘ylab suzgan kemalar katta bir orolga kelib tushadilar. Ikki kun hordiq chiqargach, musulmon delegatsiyasini vikinglar qiroli o‘z huzuriga chaqirtiradi. Al-Gʻazol va uning sheriklariga vikinglar o‘z xudolariga egilib ta’zim qilishni buyuradilar, lekin Al-Gʻazol o‘z dinidan boshqa dinga sig‘inmasligini, bu ma’bud xaykallar va olovga tiz cho‘kmasligini hamda bu diplomatik etiketga ham to‘g‘ri kelmasligini aytib vikinglar qiroliga o‘z amirining bergan sovg‘a-salomlarini yetkazadi. Qirol musulmonlar elchisining aqliga tan berib u bilan muzokaralar boshlaydi, lekin qirol ularni baribir o‘z yo‘rig‘iga solishni istar edi. Qirol saroydan chiqish yo‘lini judayam past qilib qayta qurishga buyruq beradi, u musulmonlarni tizzalab egilib kirishlarini xohlayotgandi.

Davomi bor...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Zo‘r-zo‘r yangilik narsalar jo‘natgim keladiyu, o‘zbekchilik, ma'naviyatchilik va boshqa -chiliklar to‘sqinlik qiladi-da.
Agar tanqid qilmaymiz, ilm-fan nuqtai nazaridan liberalmiz desangizlar jo‘natib turaman.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Alp Demir (@feelsarchive) kanaliga qo'shilganimga ko'p bo'lmadi. Lekin tarjimonlik sohasida qilayotgan ishlari e'tiborimni tortdi. Adabiyot, kitoblar va she'riyat mavzusida post va maqolalar ulashib borarkan. Ayniqsa, men ijodini sevib o'qiydigan Stephen King ijodidan o'z tarjima ishlarini ulashib boryapti. Barcha obunachilarimga qo'rqmay tavsiya qila olaman.

👉 @feelsarchive

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#sarkazm

Agar ismingiz Google bo‘lmasa, hamma narsani bilaman deb da'vo qilmang, iltimos.

***
Sizni ahmoq deganim uchun meni kechiring. Men buni allaqachon o‘zingiz bilasiz deb o‘ylabman.

***
Ortiqcha vazningiz haqida tashvishlanishni to'xtatib, zerikarli shaxsiyatingiz haqida tashvishlanishni boshlashingiz kerak.

***
Ko'zlaringizni aylantiring. Balki u yerda siz o'z miyangizni topasiz.

***
Iltimos, nima uchun sizni xafa qilganimni ayting. Men bu ishni yana qilmoqchiman.

***
Siz o'z fikringizni bildirish huquqiga egasiz. Meni esa buni qanchalik ahmoqlik ekanligini aytishga.

***
Sizning fikrlaringiz men uchun juda qiziq, ishoning. Keling bu haqida kelasi oyda gaplashamiz.

***
Siz "bir oz" to‘lachadan kelgansiz va sal g‘alatiroqsiz.
Bir oz va sal deganim aslida "o‘ta darajada" deganim.

@MySpace1996

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#mood

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Erkak uchun dunyo - uy, ayol uchun uy - dunyo. Erkakning qismati jabr, ayolning qismati sabr. Chuni erkak jabr tortib taxt topadi, ayol sabr qilib - baxt...

Shayx Ali Tantoviy "Ey qizim" kitobidan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

😢

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men ayni kunlarda mana shu kitoblarni o‘qimoqchiman. 10 kun ichida uchala kitobni o‘qib tugata olsam kerak (hajmi kichikroqligiga yaxshi niyat qilib turibman)
Sizlar xohlang bittasi, xohlang ikkitasini, xohlang uchalasini o‘qing. Xohlamasangiz o‘qimasdan kuzatib turishingiz ham mumkin.
Muhokama ketma-ket bo‘lar yoki ko‘pchilik o‘qigan kitob bo‘yicha ovozli/matnli bo‘ladi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

“Kuzni sevasizmi? - dedi ayol. – Kelsa,
kuzda rosa kezamiz hali.
Birga tomosha qilamiz.
Juda go‘zal bo‘ladi kuz.
Yo‘q, faqat sariqdan iborat emas kuzning rangi.
Sarig‘i - yuz turfa.
Qizg‘ishi - ming xil.
Qirmizi – ming xil.
Jigarrang barglarni ham topasiz.
Qon bo‘lgan jigarday...
O‘shanda huvillab qoladi yurak. Sizni sog‘inaman o‘shanda.
Yonimda tursangiz ham sizni sog‘inaman.
Yonimda turib, olislarda bo‘lsangiz ham sizni sog‘inaman.
Yonimda bo‘lmasangiz ham...”

Shunday dedi bir ayol
bahorning eng
gullagan chog‘ida.

“Qachon aytgan edi bu gaplarni? – o‘yladi erkak.
– U hozir qayerda?
Qachon ko‘rgan edim?
Yana uchrashganmidik?
Nega uni sog‘inganim sog‘ingan?
Yonimda bo‘lmasa ham,
nega uni sog‘inaman?
Yonimda edimi yo?
Hozir ham yonimdami?
Yonimda turib, olislarga yurganmikan ehtimol?..”

Taqdir chalkashib ketgan.

Kuz esa xuddi o‘sha ayol aytganday:
hatto jigarrang barglar ham bor.
Qon bo‘lgan jigarday...

©Usmon Azim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

How are you? Are you okay?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ilmli, bilimli, ziyoli inson bilan oila qurish ham oson emas. Ayniqsa, quda taraf kitobxon bo‘lsa. Negaki....

Bo‘ydoqlarga jo‘natib qo‘yamiz. Yaxshi qizga uylanmoqchi bo‘lsangiz imtihonga hozirdan tayyorgarlik ko‘ravering.😁

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitobxon har joyda bo‘lsa-da kitobxon

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Musulmonlar va vikinglar – Ikkita tamaddun, ikki olamning to‘qnashuvi. 3-qism.

Shunday qilib, vikinglar qiroli musulmonlar elchisini o‘z oldida cho‘kkallab turishini ko‘rishni istagandi...
Qirol bu surbet Al-Gʻazolning barcha takliflarini qabul qilsa-da, uni jazolashni xohlagan va saroyga kirish eshigini juda ham past qilib qayta qurdirtirgandi. Al-Gʻazol bir ko‘rishdayoq hammasini tushunadi. Shunday bo‘lsa-da u kirish yo‘lagidan oyoqlarini oldinga uzatib emaklab o‘tadi va qirolning oldiga chiqqach yana qaddini ko‘tarib tik turib oladi. Al-Gʻazol qirolga qarab: "Assalomu alaykum, seni va xalqingi, shu ulug‘vor, hashamatli, keng saroyingdagi barcha kishilarni qutlayman oliyjanob podishoh!" deydi.

Al-Gʻazol vikinglar shohini qizarib ketganini ko‘rib unga islom dinining asl mohiyatini tushuntira boshlabdi. Elchi Qur’ondan "Qasos" surasini vikinglar podshosiga o‘qib beradi.
Unda Muso alayhissalomning firavnga qarata : «Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir, undan boshqa o‘zga hech bir zotdan najot yo‘q! Barcha halok bo‘ladi va qiyomatda uning oldida javob beradi, barchamiz uning, yaratganning oldiga qaytamiz» oyalarini takrorlaydi.

Vikinglar podshosi Al-Gʻazolga qarab kulib shunday deydi: "Sen o‘z xalqingni donishmandi ekansan. Men seni hor qilib cho‘kkalatmoqchi edim, lekin sen menga oyoq uchingni ko‘rsatib emaklab kirding va qaddingni g‘oz tutib olding. Sen meni ayyorlikda yengding".
Al-Gʻazol vikinglar podshosiga amir Abdu-Rahmonning xatini o‘qib beradi va sovg‘a-salomlarini topshiradi.

Solnomalarda yozilishicha Al-Gʻazolning tashrifi vikinglar qirolichasini ham qiziqtirib qo‘ygan ekan. U ham Al-Gʻazolni o‘z xuzuriga taklif qilgan. Elchi vikinglar qirolichasiga islom dini va musulmon olami haqida gapirib bergan. Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, 2015-yilning martida arxeologik qazilmalar chog‘ida, Shvetsiya hududida binafsharang shisha bilan bezatilgan uzuk topiladi. Uzukda qadimgi kufiy arab tilida "Alloh yo‘lida" degan yozuv bor bo‘lgan. Bu noyob topilma Borg shahrining shimolida joylashgan Borke orolidan topilgandi. Uzuk ayol kishining qabridan olingani e’tiborga molik. Suyaklar ekspertizasi bu ayolning taxminan
850-yillarda dafn qilinganini aniqlagan. Bu aynan Al-Gʻazolning vikinglar yurtiga qilgan elchilik davriga mos keladi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu uzuk vikinglar va musulmonlar o‘rtasida siyosiy munosabatlar bo‘lganining isbotidir.

Vikinglar va ibn Fadlan

Vikinglar olami haqida yana bir musulmon sayyohi – Ibn Fadlanning mehnatlari, uning kelajak avlodlarga qoldirgan yozma manbalari juda noyob va muhimdir. U Abbosiylar xalifasi al-Muqtodir topshirig‘i bilan bu sovuq o‘lkalarga kelgan edi. Aynan ibn Fadlanning hikoyalari
"Eaters Of The Dead" asarining muallifi Maykl Kraytonni ilhomlantirgan. 1976-yilda yozilgan bu asar asosida Gollivudda sahnalashtirigan "13-jangchi" filmida ibn Fadlanning obrazi gavdalantirilgan va bosh rolda Antonio Banderas o‘ynagan.

Ibn Fadlan 921-yilda Bag‘doddan Abbosiylar xalifasi al-Muqtodir iltebarga (vassali bo‘lmish xazarlar shoxiga), ya’ni Volga Bulg‘orlari podshosi Almishga yuborgan elchilik kotibi bo‘lgan. Bu ulug‘ sayohatda ibn Fadlan vikinglar bilan ham uchrashgan. U vikinglar haqida shunday yozadi: "Men Bulg‘or (Idil, Volga) bo‘yiga kelib lager qurgan russlarni ko‘rdim. Men oldin hech qachon bunday oq badanli, tik qomatli odamlarni ko‘rmaganman. Ularning qo‘llarida boltalar, qilichlar va kalta xanjarlar bor.
Ular qurollarini hech qachon qo‘ymas ekanlar. Lekin ular oddiy tozalik (gigiyena) qoidalariga amal qilmaydilar. Ularning umuman yuvinishmaydi, jirkanch, kir-chir, qon chaplangan qo‘llaridayam taomlanib ketaverishadi". Bu vikinglarning Iroq yerlari va Bag‘dodgacha savdo-sotiq bilan kelgan davrlarini o‘z ichiga olgan yillar edi. Ularning qabrlaridan arab pullari dinorlar topilayotganiyam bejiz emas.

Bu tarixni o‘rganar ekanmiz, biz ajdodlarimiz bo‘lgan musulmonlardan, ularning ilmi, obyektiv qarashlari, tozaligi, halolligidan g‘ururimiz ortadi. Ular Al-Gʻazoliy, ibn Fadlanlar kabi jasur, aqlli bo‘lganligidan faxrlanamiz!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tasavvur qiling, dunyoda 1 oy internet/gadjetlar ishlamay qolsa taxminan nimalar bo‘lishi mumkin?
So‘ng men qiziqarli narsa yozaman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Eh yoshlar, yoshlar...
O‘zingni qiynab nima qilasan bo‘tam😎

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Chuqur-chuqur nafas oling, togʻlarni tomosha qiling, omon qolganingiz uchun Xudoga shukur qiling va sizdan ko'ra yaxshiroq odamlar ham bu hayotdan ko'z yumgani haqida o'ylang

"Qarzga olingan umr"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Millionlab odamlar hissiyotlarini oshkor etishdan yoki ularni kimgadir izhor etishdan qochib yashashni tanlaydilar. Ular o‘z hislarini qalblarini eng chuqur joyiga ko‘mishadi va shu orqali go‘yoki o'zlarini himoya qilishadi. Shunda hech kim ularga zarar yetkaza olmaydi deb hisoblashadi. Lekin buning badali juda yuqori bo‘ladi. To‘g‘ri hech kim ularni xafa qila olmasligi mumkin lekin hech kim ularni baxtli qila olmaydi ham. Aniqrog‘i ular o‘z baxtlarini o‘zlari rad qilishadi va o‘z hayotidan nolib yashayverishadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Munosabatlarda intellect darajasini qay darajada muhim ekanligini isboti

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sizni ahmoq deb xafa qilganim uchun kechirasiz. Siz buni allaqachon bilasiz deb o'ylagandim.

Siz shunchalik qiziq gapirdingizki, men sizni tinglash davomida faqat ikki marta uxlab qoldim va besh piyola kofe ichdim xolos.

Shanba kuni, lekin qaysi biriligini bilmayman (agar qachon uylanib, oila qurasan deb so'rashsa).

Siz juda katta yordam berdingiz. Yordamingiz uchun tashakkur (ish qilayotsang oldinda turib tinmay gap sotsa va senga umuman yordam bermagan odamga).

Sen aqlbovar qilmas buyuk ish qilding (hech narsa qilmagan dangasalarga).

Men o'qishni tashlab, sirkga ishga kirishga qaror qildim (kelajak haqidagi savolga javobim).

Meni tunda uxlash kabi g'alati odatim bor (kechasi uxlaysizmi degan savolga javob).

Ha-ha, bu juda qiziqarli va daxshat bo'lgan ekan-a? (zerikarli voqeaga javoban).

Naqadar ajoyib ob-havo bo'lyaptiya (oppoq krossovkangni endi yuvib ko'chaga chiqaman deganingda yomg'ir yog'vorsa).

Men xato qilishim ham mumkin. Kechirasiz, mukammal odamlar.

#sarkazmlar

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel