Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
«ILMIY BLOG» – ko'k yozuv ustiga bosib barcha kanallarimizga obuna bo'lishingiz mumkin!
Читать полностью…Ba'zi dumbulboshlar kitobxonlarni "Botanik" deb atashadi.
Jumladan menga shunday so'zlarni aytishgan (bilmasdan albatta. Bilganida afsuski kech edi. Oladigani olib bo‘lgandi😂).
,,Senda siyosat haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,1984" ni esga olaman
,,Sen urush nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" ni eslayman.
,,Sen oq va qorani ajarata olmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Yolg'onlar shahri" ni yodga olaman.
,,Sen u zamonda tug'ilmagansan SSSR haqida nimani ham bilar eding"-, deyishadi.
Men ,,Otamdan qolgan dalalar"ni xotirlayman.
,,Sen sehr nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Sariq devni minib"ni eslayman.
,,Sen ona mehri qanday ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Dunyoning ishlari"ni yodga olaman.
,,Sen o'z ustida ishlash nima ekanligini bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Marten Iden" ni eslayman.
,,Sen Rossiya ko'chalarida bo'lmagansan"-,deyishadi.
Men ,,Jinoyat va Jazo"ni eslayman
,,Sen qullik va erk nima ekanligini bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Tom tog'aning kulbasi" ni yodga olaman.
,,Senda jamiyat haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,Azizim"ni eslayman.
,,Sen odamlarning shafqatsizligi va mehrsizligi haqida bilmaysan"-,deyishadi.
Men ,,Eljernonga atalga gullar"ni eslayman.
,,Senda o'smirlik haqida tushuncha yo'q"-deyishadi.
Men ,,Javdarzordagi xaloskor" ni eslayman.
,,Sen oliyjanoblik haqida bilmaysan-,deyishadi.
Men ,,Don Kixot" yodga olaman.
,,Sen ommani anglamaysan"-,deyishadi.
Men ,,Omma psixologiyasi"ni eslayman.
,,Senda tartib haqida tushuncha yo'q"-,deyishadi.
Men ,,Atom odatlar"ni eslayman.
,,Sen sa'natga o'zini bag'ishlash nimaligini qayerdan ham bilar eding"-,deyishadi.
Men ,,Oy va Sariq chaqa" ni xotirlayman.
,,Sen otlar qadrini qaydan ham bilar eding"-deyishadi.
Men ,,Yovvogi yorg'a" ko'z oldimga keltiraman.
,,Sen talaba qanday bo'lishini bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Qo'rqma" ni eslayman.
,,Sen ayriliq tushunchasini tuymagansan"-deyishadi.
Men ,,O'tkan kunlarni" yod etaman.
,,Sen din va millat o'rtasidagi kurash qanday oqibatlarga olib kelishi ham bilmaysan"-deyishadi.
Men ,,Ruhlar isyonini" xotirlayman.
,,Senda biologik tajribalar haqida ma'lumot yo'q"-deyishadi.
Men ,,Ityurak" va ,,Odam amfibiya" esimga tushadi.
Yana shunga o'xshash vajlar bilan kitobxonlarni ayblashadi.
To'g'ri, ular yaqin insonini yoqotmagandir, lekin bu hisni ko'p bora tuyadi.
To'g'ri, ular urushga bormagandir, lekin urushning oqibatlarini qolganlardanda yaxshiroq bilishadi.
To'g'ri, ular hayotda biror qizni qo'lini ushlamagan yoki biror yigitga tik qaramagan bo'lishi mumkin, lekin ular albatta sevib ko'rishgan.
To'g'ri, ular hayotda endi 20, 30 yoshda bo'lishi mumkin, lekin ular aslida 100 yillik voqealarga guvoh bo'lishgan.
Shuning uchun iltimos qilaman, kitobxon insonlarga kamsitish ko'zi bilan qarashni bas qiling.
,,Kitobxonlar Botanik emas!"
@kitob_ombori
— Bu nima bo‘lmasa? Men Yangulining ko‘kragini ochib, baland ovozda o‘qidim:
Hellados.
— Bu — naqsh, Jamol. Vatan — ichkariroqda, naqd yurakning o‘zi-da!
Yanguli qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.
@kitob_ombori
O‘zbek tili va imlosini eng katta dushmani bu — W harfidir!
Читать полностью…Boshqalardek fikrlamaydigan odamni ilmsizlikda ayblab bo‘lmaydi. Balki seni uni darajasida fikrlashga aqling yetmayotgandir?
Читать полностью…Agar siz vidolashishga jur'at etsangiz, hayot sizni yangi salom bilan taqdirlaydi.
Paulo Koelo
@kitob_ombori
💫💫💫
• Aql bilan sevmoq — havvo هَوَى
• Qalb bilan sevmoq — ishq عَشْقٌ
• Ko‘ngil bilan sevmoq — sevgi حُبٌّ
• Nafs bilan sevmoq — havas هَوَسٌ
• Sadoqat bilan sevmoq — vafo وَفَاءٌ
• Butun borlig‘i bilan sevmoq— iymon إِيمَان
Manba: @umidaaziz
@kitob_ombori
Biz “oʻchirish” uchun oʻzimizda
kuch topa olishimiz kerak!
Bunga juda muhtojmiz.
Tafsilotlarni oʻchirish,
moziyni oʻchirish,
xatlarni oʻchirish,
ovozlarni oʻchirish va sogʻinchni oʻchirish,
yana baʼzi shaxslarni oʻchirishga ham.
Ayman Yogʻiy
@kitob_ombori
Filmlar hech qachon kitoblar o‘rnini bosa olmaydi. Bu universal haqiqat. Biroq, kitob mazmunini qisqa va qiziqarli tarzda ochib berishga yordam beradigan bir qancha filmlar mavjudki, ba'zida odamlar ma'lum bir kitobni faqat film tufayligina o'qiydilar.
Sizga taqdim etayotgan kitoblar asosida suratga olingan filmlar insonni chuqur tafakkur qilishga undaydi.
Siz videodagi qaysi filmlarni ko‘rgansiz?
@kitob_ombori
Bu dunyoda hamma narsani badali to‘lanadi.
Kulgularingni badali yig‘lashlar;
E'tiqodingni badali masxaralashlar;
Muvaffaqiyatingni badali omadsizliklar;
Ishonchni badali xiyonatlar;
Mehrni badali befarqliklar;
Ayollikni badali xo‘rlanish, kamsitishlar...
@kitob_ombori
Hamma narsaning kulgili tomonini ko'rishni o'rganmaguningizcha kuchli bo'la olmaysiz. Bir narsani bilib qo‘ying: sizni qiynagan narsani ustidan kulishingiz kerak. Aks holda siz muvozanatni saqlay olmaysiz va dunyo sizni aqldan ozdiradi.
Ken Kizi «Kakku uyasi uzra parvoz»
Instagram | Telegram
@kitob_ombori
Odamlar aytishi qiyin bo‘lgan gaplar:
1. Bu mening aybim
2. Meni kechiring
3. Men sizni yaxshi ko‘raman
4. Otorhinolaryngologist
😂😂😂
@kitob_ombori
Telegram faqatgina ko'ngil xushlik vositasi emas. Undan foydali va mazmunli foydalanish mumkin. Buni albatta o'zingiz xohlasangiz kifoya.
Sizga taklif etayotgan kanallar o'z yo'nalish va uslubiga ega. Ushbu sahifalarda o'zingiz uchun foydali nimadir olasiz, asosli fikr-mulohazalar, kerakli maʼlumotlar bilan tanishasiz.
Quyidagi havola orqali ularga aʼzo boʻlishingiz mumkin.
👉 Sara kanallarga a'zo bo'lish uchun bosing
Bayramingiz muborak bo'lsin yurtdoshim!
Siz uchun bayramga sovg'a sifatida, eng sara kanallar jamlanmasini tayyorladik barchasiga obuna bo'lib olishingiz mumkin:
1. @SizgaManfaatli – foydali ma'lumotlar maskani!
2. @Magnit - pozitiv liderlar tanlovi!
3. @hikmatli_dunyoingiz – har bir ishning hikmati bor.
4. @Ijod_Sehri21 – siz izlagan hikoyalar Feruza Salxodjaevaning mualliflik kanalida.
5. @Xazon_Rezgi – buni hayot deydilar.
6. @maftuna_abdullayeva – g'urur va muhabbat!
7. @MultilevelUP – Vocabularyni gʻayri oddiy usulda oʻrganing.
8. @Deyl_Karnegi - psixologiya shaydolari uchun maxsus.
9. @Ilm_nur_kutubxonasi – ilmdan boshqa najot yo'q!
10. @Yoshlikga_Sayohat – yoshlikni eslatuvchi kanal.
11. @Ibratli_nomalar – yurakdan yozilgan hikoyalar.
12. @ibratlixikoyavaqissalar – detiktiv, sarguzasht asarlar bizda!
13. @drabllar – dunyoning eng qisqa hikoyalari.
14. @Hayot_Maktabi – hayotni birga quramiz!
15. @kitob_ombori – kitoblar haqida fiklaringizni o'zgartiradigan kontent.
16. @Liderlaruzb – kuchli biznesmenlardan motivatsiyalar.
«ILMIY BLOG» – ushbu kanallarning barchasi birgina jildda.
Bechora. Hali uni oldinda Urush va tinchlik, Uillis, Telba, Aka-uka Karamazovlar, Jarayon, 1984 kabi asarlar kutib turganini bilmas edi 😁
@kitob_ombori
Qaysidir tanishing "ishlaring qalay? Nimalar qilyapsan?" deb so‘rasa:
"juda ajoyib va qiziqarli. Har kuni tongda sahar turib, podcast'larni eshitgancha jismoniy mashqlar qilyapman. So‘ng 1 soatcha kitob o‘qiyapman. Har kuni ishga piyoda borguncha, hali zaharlanib ulgurmagan shaharning tong havosidan simirib nafas olyapman.
Tushlik paytida xorijiy til darsimga birrov o‘tib vazifa topshiraman va yangi vazifalarni olib kelaman. Shu bo‘yi ish tugaguncha mehnat qilaman. Ishdan chiqib yo‘l-yo‘lakay audiokitob tinglab kelaman. Uyga qaytib oilam bilan birga vaqt o‘tkazaman. So‘ng hobbiyim bilan shug‘ullanaman. Yotishdan oldin 1 soat mutolaa qilaman" degan o‘ylar xayolimdan o‘tadiyu:
-"Bo‘ladi. Yaxshi rahmat" deb qo‘yaman.
**
Bugun yozni so‘nggi kuni. Umrimizning yana bir yozini boy berdik. Kimdir natija bilan kimdir esa shunchaki...
@kitob_ombori
Bugun 31-avgust Blue Moon ko’rinadigan kun.
Kelasi Blue moon 2037-yilda ko’rinadi, shunday ekan, tashqariga nazar tashlab oyni rasmga oling va komment qismda yuboring.
Ko’raylik, kimni oyi chiroyliroq?)
Insonlarga qachondan yoqmay qolishingizni aytaymi?
Ularga "ho‘p" deyishdan to'xtagan kuningizdan;
ularni ishini bitirib bermagan kuningizdan;
haqqingiz va qadringizni so‘ray boshlagan kuningizdan;
ularga boʻysunmay qoʻygan kuningizdan boshlab sizni yomon koʻra boshlashadi...
@kitob_ombori
Birgina kitob bilan mashxurlikka erishgan yozuvchilar anchaginani tashkil etadi. Bugun sizlarga eng mashxur bo'lsa asarlar va ularning mualliflarini bilan tanishtirmqochimiz.
Siz videodagi qaysi asarlarni o'qigansiz?
@kitob_ombori
Men 27 yoshdaman, har kuni ertalab 10 km yuguraman, kuniga 14 soat ishlayman, 3 ta firmada faoliyat olib boraman, bir vaqtning o'zida 2 ta kitob o‘qiyman. Shu bilan birga, oilamdagilar bilan ham vaqt o‘tkazaman va hatto do‘stlarim bilan karaokeda qo'shiq aytishim uchun ham yetarli vaqtim bor.
Ko'ryapsizmi, odam yolg'on gapirganda hamma narsa qilishga ulgirishi mumkin 😁
@kitob_ombori
TURLI MAMLAKATLARNING MAKTAB O‘QUVCHILARI ADABIYOT DARSLARIDA NIMA O‘QIYDI?
🇫🇷Fransiya
• Viktor Gyugo “Xo‘rlanganlar”
• Jan-Batist Moler "Soxta bemor"
• Emil Zolya "Tegirmon qamali"
• Antuan de Sent-Ekzyuperi "Kichkina shahzoda"
• Gustav Flober "Bovari xonim"
🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari
• Xarper Li "Mazaxchini o‘ldirish"
• Mark Tven "Geklberri Finning sarguzashtlari"
• Uilyam Golding “Pashshalar hukmdori”
• Frensis Skott Fisjerald "Buyuk Getsbi"
• Nataniyel Xotorn “Qizil harf”
🏴 Angliya
• Charlz Dikken "Buyuk umidlar"
• Jeyn Osten "Gʻurur va andisha"
• Jon Steynbek "Sichqonlar va odamlar"
• Meri Shelli "Frankenshteyn"
• Sharlotta Brontening "Jeyn Eyr"
• Joan Rouling "Garri Potter va falsafiy tosh"
🇩🇪 Germaniya
• Gottxold Efraim Lessing "Dono Natan"
• Iogan Volfgang Gyote “Faust”
• Erix Mariya Remark "Gʻarbiy frontda o‘zgarish yo‘q"
• Ernest Xeminguyey "Chol va dengiz"
• Frans Kafka "Jarayon"
🇺🇿O‘zbekistonda adabiyot darslarida qanday o‘zbek va jahon durdonalari o‘rganilishidan xabaringiz bormi?
@kitob_ombori
Ho‘o‘ bir safar Mirzohid (@bobil_kutubxonasi) kanalida yarmarkadan kosmosga oid dekorativ rasm olganini yozgandim. Hazillashib "menga sovg‘a qivormesmi" degandim. Hazilim chinga aylanib, Turkiyadan Toshkentga kelibdiyu menga o‘sha rasmlarni sovg‘a sifatida jo‘natib yuboribdi. Odam xursand bo‘larkan😅
Rahmat Mirzohid 🤝
Remark hayoti va uning asarlari bo‘yicha kechroq viktorina o‘tkazamiz.
Qiziqadiganlar bormi?
Bir kichik uying bo‘lsa. Quyosh nuri tushib turadigan va gullar bilan o‘ralgan.
Unga yo‘lni faqat sevganlaring bilsa.
Ayman Yog‘iy
@kitob_ombori
Shayx Muhammad Xazar Husayn aytadi:
"Oliy himmatli kishi doim horg‘in, g‘am-g‘ussada bo‘ladi. Chunki bunday kishining hamma ilmlarni o‘rgangisi keladi, birini o‘rganib, boshqalarini qoldirolmaydi. Oxirigacha harakat qiladi, bu esa vujudga og‘ir keladi. So‘ngra o‘rganganiga amal qilish kerak: kechalari qoim, kunduzlari soim bo‘ladi. Ilmni to‘xtatmaydi. Bularni birgalikda qilish qiyin. Dunyoga berilmaslikni xohlaydi, ammo ehtiyojlari bor. Mol topsa, boshqalarga ham ulashgisi keladi. Baxillik qilolmaydi. Saxiyligi dabdabaga olib borishi mumkin. Dabdaba uchun ishlashga izzat-nafsi yo‘l qo‘ymaydi. Ozroq topganini boshqalarga ehson qilaversa, o‘zi va oilasi qiynaladi. Bermaslikka himmati yo‘l qo‘ymaydi. Aslida esa himmati oliy kishining bu mashaqqatlari ma’nan rohat bo‘ladi. Himmati past kishining huzur deb o‘ylagani esa haqiqiy mashaqqat va vijdonsizlikdir".
«Himmat mo‘minning quvvatidir» kitobidan
@kitob_ombori
Siz uchun tafakkur va dunyoqarashni oshiradigan, o'zbek telegram segmentidagi eng intellektual kitob bloglarini tavsiya etamiz!
Sara asarlarga yozilgan intellektual taqrizlar jamlangan kanal — @salimov_blogi
Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz — @Ilm_nur_kutubxonasi
Zamonaviy mutolaa repertuarlari jamlangan bookblog – @panda_books
Dunyoqarashini o'stirishni xohlaydiganlar uchun ajoyib bookblog — @bookerberg
Student lifestyle & Study skills
Books & Book reviews — @avidadeifeekkhan
Kitob bilan stressni yengamiz — @doctorsmind
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami
Filologiya, sotsiologiya va tarjima adabiyoti bo'yicha taqrizlar manzili — @bobil_kutubxonasi
Ilm yoʻlida birgamiz! — @Xushnudbek_kutubxonasi
Ayni paytda zerikarli, biroq siz uchun ham nimadir topilsa kerak — @shisha_bino
Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books
Kitobsever psixologning blogi — @psixobloguz
Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish — @santuagaraoflibrary
Adabiyot, mifologiya va san'atni birlashtirgan kitobxon kanali — @feelsarchive
Kitoblar, tarjimalar va estetika dunyosi — @usmonosphere
Biroz nazm, biroz falsafa va kitoblar haqida — @gulruxsors_blog
Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori
⚜️Biz sizga faqat eng saralarini tavsiya etamiz!