kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Insonni bir oʻzini qoldirmang
hech yoʻq biror kitob
yoki bir finjon qahva
balkim tuvakdagi gul
ehtimol dastroʻmol bilan
qoldirmoq darkor

hech nimasiz tashlab ketmang uni
maktub yozib qoldiring
yillarki asrab yurishi uchun
kalit tashlab keting
qachondir eshigingizni topib borar
garchi bilmasada manzilingizni

insonni oxir oqibat tark etarkansiz
hech vaqosiz qoldirmang uni
salgina umid
biroz hamdardlik
koʻzlarida lipillagan nur qoldiring
yuragida sogʻinch qoldiring
boʻm boʻsh qoldirmang sira
loqayd qoldirmang
hissiz ketmang
izsiz ketmang
oʻzingizdan biror nishon qoldiring unga

olgan mehringiz
sizga bergan sevgisi haqqi
nimadir qoldiring
yoʻqsilga aylantirmang uni
mavjudligingizni bildiring
axir hamma narsani kechirish mumkin
biroq yoʻqlikni emas
ketsangiz ham bor boʻling unga
bir zarrangizni qoldiring

unutilish oʻlmoq demakdir
siz oʻlmang -
eslab jilmayishi uchun
bir xotira qoldiring.

Anif

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Anaqa, bo‘ldiyee
Hamma sirlarim ochilib ketarkan😏

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Baxt bilimda emas, bilim olishda! Abadiy bilimda, abadiy saodat bor. Lekin shu bilan birga, hamma narsani bilish jahannam azobidir.

Allan Po

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dunyoning ishidan qalbimdir mahzun,
Kimlar kеlib kimlar dil dog'lab kеtdi.
Eslasang qo'ng'iroq qilarsan bir kun,
410-80-17.

Bulutlar poyiga tеrmulaman jim
Va yodga olaman xursand chog'ingni.
Raqaming mеnda yo'q, yo'qsa qilardim,
Har kuni kutaman qo'ng'irog'ingni.

Bormikan visolga limmo-lim go'sha?
Sog'inching qalbimni abgorlar etdi.
O'zgartirganim yo'q raqamim o'sha,
410-80-17.

Sеni sеvmaslikni qilolsaydim man,
Dilga buyruq bеrib bo'lmaydi tushun.
Qayerda bo'lsam ham javob bеraman,
Sеning ovozingni eshitmoq uchun.

Sеni unutmadim ammoki biroq,
Shu sabab qalbimga fig'oning еtdi.
Eslasang qilarsan bir kun qo'ng'iroq,
410-80-17.

Erkin HOJIMUHAMMAD

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bo‘pti, bo‘pti. Qo‘ymadinglar.
O‘zi post o‘qiganimas, yozgani kiradiganlar ko‘p ekan kanalda😏
Menda deyarli negativ gaplarga immunitet shakllanib bo‘ldi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Inson o‘zining oxirgi xotirasi o‘lganidan keyingina haqiqatda o‘lgan bo‘ladi".

Albus Dambldor

Joanna K.Rouling «Garri Potter va Feniks jamiyati» kitobidan.

P.S: sen bizning hamisha yodimizdasan Dambldor

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bo‘pti. Kechasi bilan qo‘rqib uxlolmasdan chiqib, meni so‘kib yurmanglar deb o‘chirdim.
Dizaynni konserti haqida gaplashaylikmi? 😂😂😂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Odamlar rostdan ham miyasining 10 foizinigina ishlatishadimi?

Ko‘pchilik Lucy filmini ko‘rgan bo‘lsa kerak. Unda inson miyasi to‘liq 100% ishlasa nimalarga qodir bo‘lishi tasavvur qilingan. Kinoda rost bo‘lgan ma'lumotlar ham bor albatta ammo, o‘sha kino miya haqida sarlavhadagi gapni rost ekanligiga oddiy tomoshabinni ishontirish kuchiga ega. Aslidachi?!....

10% afsonasi


Bu MIF (yolg‘on) 1800-yillarning oxirlarida, psixologlar Uilyam Jeyms va Boris Sidis inson o'z aqliy qobiliyatining faqat bir qismini ishlatishini nazariy tarzda go‘yoki isbot etishganidan beri "yashab kelmoqda".

Bu gipoteza noto'g'ri bo'lib chiqqan bo'lsa-da, uning qisqaligi va soddaligi tufayli ko'pchik unga hali ham ishonadi.
Ammo, aslida biz miyamizning 100 foizidan to‘liq foydalanamiz va uning to‘liq ishlashi uchun juda ko'p energiya talab qilinadi. Bundan tashqari, agar miya haqiqatan ham 10% ishlaydigan bo'lsa, u faqat bir nechta funksiyalar uchun javobgar bo'lar edi hamda siz va men xuddi Gollivud kinolaridagi zombilar kabi ko'rinar edik.

MRT yordamida tadqiqotchilar inson muayyan harakatlarni bajarishda miyasining barcha sohalaridan foydalanishini isbotlashgan. Hatto uyqu paytida ham miya uyg'oq holatdagidan ko'ra ko'proq hududlarni faollashtirib, ishlashda davom etadi.

Xo‘sh, siz ham miyamizni 10 foizigina ishlashiga ishonasizmi?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Zamonaviy adabiyotda “Daxshatlar qiroli” deb nom olgan mashxur amerikalik yozuvchi Stiven King haqida eshitmagan o’quvchi kam bo’lsa kerak. U triller, horror, mistika ilmiy-fantastika janrida jahonda bestseller darajasiga chiqqan kitoblar muallifi sanaladi.
Stiven King haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, amerikalik yozuvchining ijodi haqida ko'proq bilishimiz uchun ajoyib imkoniyatdir. Shunday qilib, Stiven King hayoti va ijodi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishing.


Stiven Edvin King (1947-yil tugʻilgan) — yozuvchi, ssenariynavis, jurnalist, aktyor, rejissyor va prodyuser.

Stiven 2 yoshga to'lmaganida, otasi oilasini tashlab ketadi. Onasi o'g'liga otasini marsliklar o'g'irlab ketishganini aytadi.

King o'zining ba'zi asarlarini Richard Bahman va Jon Sviten taxallusi ostida nashr etadi.

2019-yil holatiga ko'ra Stiven King tomonidan 56 ta roman va 200 ga yaqin hikoyalar nashr etilgan.
Butun dunyo bo'ylab King kitoblarining 350 million nusxadan ortig‘i sotilgan.

Stiven King fantastikadan tashqari 5 ta ilmiy-ommabop asarlarni ham nashr etgan.

Yozuvchi bir qancha filmlarda suratga ham tushgan.

Uning kitoblari asosida 100 dan ortiq filmlar suratga olingan. Shoushenkdan qochish, U, Qora minora, Yashil milya kabi filmlar shular jumlasidandir.

1999-yilda Kingni mashina urib ketadi. Shifokorlar yozuvchining omon qolishi mumkinligiga ishonchlari komil emas edi, lekin u hamon tirik yashayapti.

Stiven Kingning eng yaxshi yozuvchi bo‘lishiga, uning onasining doimiy faol qo‘llab-quvvatlab turishi katta sabab bo‘lgan.

Bir safar u o‘zi yozayotgan yangi kitob qo'lyozmalarini axlat qutisiga tashlab, romanni tugatishni xohlamaydi. Ammo xotini Stivenni ishni oxirigacha yetkazishga ko'ndirdi. Va bu kitob tez orada unga birinchi tijorat muvaffaqiyatni olib keladi. Bu "Kerri" kitobi edi va bu kitobdan yozuvchi $200,000 gonorar qo‘lga kiritadi.

Stiven Kingning sevimli musiqa janri bu hard-rock.

King aerofobiyadan aziyat chekadi (samolyotlarda uchishdan qo'rqish).

Qizig‘i shundaki, bugungi kunda Stiven King jahon adabiyoti tarixidagi eng boy yozuvchilardan biri sanaladi.

Bir muncha vaqt King spirtli ichimliklar va giyohvandlikdan aziyat chekadi. Bir marta u o'sha davrda yozilgan mashhur "Tomoknokerlar" romani ustida qanday ishlaganini umuman eslolmasligini tan olgan. Keyinchalik yozuvchi yomon odatlardan xalos bo'lishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu ma'lumotlar sizga qiziq bo‘ldimi? U holda postga like bosing, fikrlaringizni izohlarda qoldiring va uni do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

-Qani, joyingga o‘tir-chi. Sen ro‘zg‘orni tushunarmiding. Bu ayollarning ishi.

Xristina pech uzra engashganida ayolning yanoqlarida alanga shu’lasi o‘ynardi. Endi u hushro‘ygina ko‘rinar edi. Kartoshkani archib, go‘sht bilan birga xurmachaga solib olovga qo‘yganida Vinsentga shu qadar tabiiy, shu qadar saranjom-sarishta ko‘rinib ketdiki! Vinsent devor yonidagi stulga o‘tirib Xristinani kuzatdi.

Qalbida mehr uyg‘ondi. Bu uning uyi, yonida esa u uchun mehr ila taom tayyorlayotgan ayol. Vinsent Kayni shunday holatda tasavvur qilib, bot-bot xayol surardi. Xristina kechki ovqatni stolga qo‘ydi. U go‘shtga qo‘shib ikki dona non sotib olgan edi. Qovurma tugagach, qaylaga non qo‘shib yeb olishdi.

-Garov o‘ynayman, sen bunday ovqat tayyorlolmasding, dedi Xristina.

-Albatta, Sin! Ovqatni o‘zim tayyorlaganimda nima yeyotganimning farqigayam bormayman, baliqmi, qushmi, bir balolar...

Irving Stoun — Hayotga tashnalik

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Oxiri vloger bo‘b ketmasam bo‘ldi 😂😂😂
Kechasi soat 11:30 da, energiya qolmagan holatda olingan video edi. Shunga ancha charchab qolganim uchun gaplarda "yeb qo‘ygan" joylarim bor. Uzrasizlar🤓
Ko‘rib baho beringlarchi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kir yuvish bilan shug'ullangan "Daxshatlar qiroli"

Yoshligida Stiven King xotini va uch farzandini boqish uchun kir yuvish fabrikasida ishlagan. Vaqt o‘tishi bilan mashhur bo‘lib ketgan kitoblarining bir qismini u, ishdagi tanaffuslarda yozgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Siz kitoblarini sevib o'qiydigan, yoqtirgan yozuvchingiz kim? Ko'pchilik yoqtiradigan yozuvchi haqida video material tayyorlamoqchiman

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ingliz tilida ishonch bilan gapirishingiz uchun 5 qadam

🗣 Ko'pchilik uchun ingliz tilida ravon va chiroyli gapirish qiyin ishdek ko'rinadi. Aslida esa bu unchalik murakkab ish emas.

🚀 Bugun e'tiboringizga ingliz tilidagi nutqingizni yaxshilashga va Speaking qobiliyatlaringizni oshirishga yordam beradigan TOP 5 maslahatni havola etamiz.

Ushbu maslahatlarni qo'llab ko'ring, natijasi esa sizni uzoq kuttirmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugungi erkaklar kostyum shimining ajdodi XX asrning boshida Fransiyada paydo bo‘lib tez orada Britaniya ushbu kiyinish urfini bir oz farqli tarzda o‘zlariga qabul qildi.

Kundalik kiyim o‘laroq paydo bo‘lgan kostyum shimning ilk shakli shiddat bilan dunyoga tarqaldi va 1 asr davomida bichimi, fasoni, urfi(modasi) o‘zgarib, bugun hammamiz bilgan kostyum shim (dvoyka, troyka) , pidjak, syurtuk, frag, smoking ko‘rinishida jahon xalqlari tomonidan keng foydalanib kelinadi.

Avvaliga kundalik kiyinish shakli sifatida urf bo‘lgan kostyum shim vaqtlar o‘tib dunyodagi rasmiy standartni belgilab berdi va korporativ madaniyat sifatida jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Turli rasmiy munosabatlarda yagona kiyinish uslubi sifatida qabul qilindi.

Kostyum shim ilk Yevropada paydo bo‘lgan esada, bugun bu kiyimni bitta davlat va bitta hududga xoslay olmaysiz.

Hoh biror mamlakat miqyosida bo‘lsin, hoh xalqaro miqyosda bo‘lsin, rasmiy, ish, biznes, davlat va nodavlat, siyosiy-iqtisodiy, savdo, madaniy munosabatlarda mazkur kiyinish uslubi yagona dress-kod o‘laroq kiyinish reglamentini belgilab berdi.

Bu kiyim yuzasidan hech bir millat, hech bir xalq, hech bir elatning milliy madaniyati, milliy libosi, milliy urfi masalasi o‘rtaga chiqmaydi. Ma’lum bir hududga yoki jamiyatga xoslab mualliflik huquqi da’vo qilinmaydi.

Dunyo bo‘yicha yagona rasmiy ko‘rinishdagi dress-kod hisoblanadi xolos va yuqorida ta’kidlaganimdek xalqaro korporativ madaniyat deya e’tirof etiladi.

#info

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Maktabdagi ingliz tili domlamga o‘xsharkan😂

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Loopsie neyro tarmog'i buyuk rus yozuvchilari va shoirlarini yangi qiyofada taqdim etdi.

Kimlarni tanidingiz?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hech qachon ko'rmagan odamingizni sog'inayotganingizni his qilganmisiz?

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Manaqa narsalarni yasaydigan odamlarga qoil qolamanda.
Qancha sabr, diqqat sarflashadi bularni yasashga.
Biz esa oddiy 100 betlik kitobni o‘qishga ham ko‘pincha erinamiz.

Eh, chirigan g‘arb. Chirigan holatingda ham san'atni qadrlaysanlar.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Endi xohlagancha xato qilib yozaveraman
Hech kim tergamaydi🥳


(hazillashdim. Texnik xatolar bo‘lib qolmasa atayin xato yozmayman)

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Baxt harakterga xos narsadir. Ayrimlar uni butun umr kutadi, ayrimlar butun umr qidiradi, ayrimlar esa istalgan narsada topa oladilar.

Baxt aslida o‘zligingni anglash, asling kabi yashash! Chunki Alloh bizni muhabbat, go‘zallik va baxtdan yaratgan!

#ruhiyat

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Agar dushmaningizni bo'ri yeb qo'ygan bo'lsa, bu bo‘ri sizning do'stingiz bo'ldi degani emas.

Vadim Panov

#iqtibos

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hayot siz bilan sodir bo'layotgan voqealarning 10 foizi va siz bunga qanday munosabatda bo'lishingizning 90 foizidan tashkil topgan.

L. Holts

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Aqlli odamlar yolg‘izlikka intilmaydilar, ular ahmoqlar yaratgan shovqindan qochishadi xolos.

Artur Shopengauyer

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

#relax

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

shunaqa qilib bir amallab dam olish kuniga kelib olibmiz-da. Dam olish kunlari rejasiga qaysi kitob/kino'larni olib qo'ygansizlar?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sen duolarim ichidagi eng go'zalisan...
Balkim, shuning uchun qalbim senga oshiqdir..?

al_afsoh


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mono bola yaxshi maslahatlar beribdi. Ko‘rib qo‘yilsa zarari yo‘q

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

4-kursda ham darsni oxirigacha o‘tiradiganlar bormi? Yoki faqat menmi?😁

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

I L T I J O

Ko‘ksimdan sidirib tashladim muzni,
Yolg‘iz yashamoqqa yaratdim imkon.
Bag‘ringga yashirib qo‘ydim bir qizni,
Sen uni hech kimga berma, dunyojon.

Unamadim yolg‘on rastang sayliga,
Yurmadim, quvmadim omad izidan.
Shu oqshom bo‘g‘ilib o‘lsam mayliga
Tundan o‘g‘irlangan sochlar isidan

Asra uni, dunyo, ro‘yolaringdan,
Ko‘ksini har kimga ochiq qoldirma.
Mening hayotimni kul aylasang ham,
Uning orzusini o‘tda yondirma.

Men-ku har yurakka g‘am bo‘lib kirgan,
Har qadamda gunoh bo‘lib cho‘kkanman.
Nursiz dil yonida soyadek yurgan,
Hissiz dil qoshida ko‘z yosh to‘kkanman.

Sen uni avayla, umrning g‘ami
Og‘irlik qilmasin kipriklariga.
Yo‘lini to‘sgin-u, qo‘yma borgani
Hayotning qaltis qil ko‘priklariga.

Mayli o‘z zayliga tortsa ham zamon,
Savdosin namoyish etsa ham falak.
Sen uni hech kimga berma, dunyojon,
Toki yaralguncha munosib yurak.

Manglayimga hayot qora dog‘ chizdi,
Nafasim bo‘g‘ilib ketyapti bu on.
Bag‘ringga yashirib qo‘ydim bir qizni,
Uni o‘zimga ham berma, dunyojon!

* * *

Jo'rabek Ramazon

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel