Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Ming so'mdan akajonlar😂😂😂
Xayrli kech, do'stlar! Hozirgina Telegram yangilandi va kanallar uchun ham storis qo'yish imkoniyati qo'shildi.
Biz ushbu funksiyani test qilib ko'rmoqchimiz. Statistikaga ko'ra bizga 31 ta boost kerak. (bu xuddi ovoz / imkoniyat berishga o'xshaydi). Buni faqatgina premium foydalanuvchilar bera oladi. Pastda link qoldiramiz. Telegram'ni yangilab, o'sha linkka bosish kifoya. Rahmat.
/channel/kitob_ombori?boost
Hahaha. Sizlarda ham shunaqa bilaman😂😂😂
@kitob_ombori
O‘zimdan buyukroq Ko‘nglim bor desam,
O‘sha ham birovning mulkiga o‘xshar...
Behzod Fazliddin
***
Holingizda ma’yuslik mo‘l ―
Kim uchun bu g‘am ― aza?
Mana sizga pokiza qo‘l,
Mana sizga qalb ― toza.
Yuragimning horg‘in vazni
Dunyoga, sizga ayon.
Ba’zan bahor, ba’zan hazin
Kuz bahrida namoyon.
Buncha nafis, buncha rostsiz ―
Chiroyingiz ― botartib.
Yuragimda tiniq yoshsiz,
Yillar qo‘yolmas artib.
Bu parishon holingizda
O, ketasiz qaytmasdan.
Ruxsat bering, yoningizda
Yuray ― bir so‘z aytmasdan.
Qor kechadi yalangyurak
Ko‘chalar qish ― ketguncha.
Ayting, necha umr kerak
Biz manzilga yetguncha?
Usmon Azim
@kitob_ombori
Odamlarning miyasini raqamlar bilan to‘ldiring, ko‘ngliga urmaguncha jo‘n faktlardan boshlang, qarabsizki, o‘zlarini juda bilimdon his qila boshlaydilar. Ular fikr-mulohaza yuritayotgandek, o‘sib olg‘a harakat qilayotgandek taassurotda bo‘ladilar. Aslida esa bir joyda depsinib yotgan bo‘ladilar. Odamlar bu «fakt»larga g‘arq bo‘lishib, uning og‘ushida o‘zlarini baxtli hisoblaydilar. Ammo ularga falsafa yoki sosiologiya singari qaltis narsalarni asti ravo ko‘rmang. Xulosalar chiqarib, umumlashtirishga o‘ta boshlasalar, ko‘rasiz tomoshani
Rey Bredberi — Farangeyt bo‘yicha 451°
@kitob_ombori
#Savod
Tanishlar har kuni turli mavzularda postlar yuborib turishadi. Ularning aksari diniy postlar bo’ladi, albatta. Meni hayron qoldiradigani diniy postlarning ayrimlarida uchratadiganim savodsizlik.
Odatda, bu kabi postlarni o’qimayman. Imloviy xatolarga “boy” bo’lgan kanallardan allaqachon “surib” qolganman. “Alloh” lafzini haligacha “Allox” deb yozadigan adminlarga esa “gap yo’q”!
O’zi internetda tarqalayotgan yolg’on xabarlarga qarasangiz, ularda imlo va ma’no jihatidan qo’pol xatolarga yo’l qo’yilganiga guvoh bo’lasiz:
ollox (Alloh), quron (Qur’on), xalol-xarom (halol-harom), bosin (bo’lsin), hudo hohlasa (Xudo xohlasa)...
Shunga qaramay, nega eng ko’p o’qilgan postlar ona tili o’qituvchisi ikki qo’yishga ham o’ylanib turadigan mana shu xabarlar bo’lishiga hech tushunmayman.
Aslini olganda, 300-400 betli o’zbek tilidagi birorta yaxshi kitobni boshidan oxirigacha o’qib chiqqan inson bunday xatolarni qilmaydi. Shu bois kishining xatiga qarab, kitob o’qigan yoki o’qimaganini aytib berish mumkin.
Ey, “Albatta, Alloh agar sizlardan biringiz biror ish qilsa, uni puxta qilishini yaxshi ko’radi”, degan Payg’ambar ummati! Odamlar biz musulmonlarni savodsiz deb o’ylashmasin!
Shamsuddin Sadruddin
@kitob_ombori
"Kuz ikkinchi bahor. Har bir sarg'aygan barg misoli guldir."
Albert Kamyu
@kitob_ombori
Hayotni bizga kerakli bo‘lgan 5 qoidasi
@kitob_ombori
Kanal adminini qachondan beri taniysiz? 🤓
Читать полностью…📚🧋Ko'rpa, qaynoq choy/qahva/kakao va kitoblar...
🍂 Har zamon o'ziga xos go'zal, kuz esa o'zgacha kayfiyati bilan sehrli. U bizni biroz sokinlashishga, his etishga va qishga tayyorgarlik ko‘rishga chorlaydi.
🍂Agar siz shaharning shovqin-suronini yumshoq adyol va kitoblarga almashtirishga qaror qilsangiz, ushbu pleylistni yoqing, o'qing, tinchlaning va iliq muhitda dam oling.
@kitob_ombori
Agar ustoz bo‘lmasa.......
Jumlani oxiriga fikringizni yozingchi?
Har bir buyuk shaxsning ortida ayol emas balki, ona (nomli buyuk shaxs) turadi. Sufyoni Savriyni onasi tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan. Imom Buxoriyni onasi tarbiya qilib yetishtirgan. Imom Shofeiyni onasi tarbiyalagan. Shom ahlining imomi sanalgan Avzoiyni onasi tarbiyalagan. Qustantiniya(Istanbul)ni fath etgan Muhammad Fotihni onasi tarbiyalagan. Shuning uchun bir ayol dema, balki ona degin.
arabicuz
@kitob_ombori
Anchadan beri @ceotony ni kuzatib borardim. Keyin minde bilsam o‘zimi hamshaharim ekan.
Bugun Ozodbek bilan bir ko‘rishib, yaxshi gaplardan gaplashdik. Vertualda ham hayotda ham bir xil ekan.
Hurmatim oshdi. Bir uyushib O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga chiqishni reja qildik.
Uka, yo‘qolib ketish bo‘lmasin. O‘zi bizga o‘xshaganlar kamayib ketyapmiz 😁
Biz voyaga yetganimizda ham, ota-onamizning farzandi bo'lib qolaveramiz. Bunga, qizi voyaga yetgan, alohida yashaydigan, lekin uni hali ham moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashda davom etayotgan otaning xatti-harakatlari ajoyib misoldir. Bu moddiy yordam berishdan ko'ra, xuddi xazina izlashni eslatadi.
Ota qizini ko'rgani har kelganida, uyning ko‘zga tashlanmaydigan joylariga qiziga yordam sifatida pullar yashirib ketadi. Keyinroq esa qizi "xazinani" topib, otasiga uning fotosurati yuboradi.
"Biz yaqin atrofda yashaymiz va muntazam bir-birimiz bilan ko‘rishib turamiz. Dadam bilan haqiqiy do‘stmiz" deydi qiz.
Qiz otasiga minnatdorchilik bildirish evaziga unga ovqatlar pishirib beradi. Ota ham o‘z minnatdorchiligini "xazina"lari bilan izhor etadi.
Ota-onalarimizga mehribon bo‘laylik azizlar🥹
@kitob_ombori
#kamina_haqqinda
Ҳаддан ташқари нозиктаъб, кўнгилчан кишиларнинг хусусияти:
1. Ижодкорликка хос фикрлар.
2. Яхши тингловчи.
3. Ички дунёси бой
4. Яхшигина кузатувчилик қобилияти
5. Айтилмаганларни ҳам ҳис қилади.
6. Тез хафа бўлади.
7. Ҳис-туйғуларини назорат қилишда қийналади.
8. Бошқаларнинг қувватини ҳис қилади.
9. Бошқаларнинг беҳузурлигини ўз бошидан ўтказгандай бўлади.
10. Уддабурро, эпчил, чаққон
11. Руҳиятни ўқий олади.
12. Қобилиятли
Шундай инсон бўлсангиз қуйидагиларга эътибор беринг:
1. Тўғри кишилар билан муносабатда бўлинг.
2. Гавжумлик, шовин-сурондан узоқ бўлинг.
3. Ижодкорлигингизни ифодалайдиган ҳоббингиз бўлсин.
4. Қувватингизни тупроқда ишлаб тозланиб туринг.
5. Ибодат ва тафаккурга вақт ажратинг.
✍️@umidaaziz — ҳаловат маскани
Bugun yana orzularga beriladigan kun. Kimlarningdir hayot mazmuniga aylangan kun. Bugun qiyinchiliklardan qutilish uchun so‘nggi najotni taqdim etadigan kun.
Bugun yorqin kelajak uchun dov tikish boshlanadigan kun.
Bugun Vatanparvarlik bir oy unutiladigan kun.
P.S: Gap Green Card haqida ketyapti.
Bugundan registratsiya boshlandi.
@kitob_ombori
menga kitob tavsiya beringlarchi?
ta'rifi shu darajada zo'r bo'lsinki, o'sha kitobni o'qimasam kechasi uxlay olmay qolay😁
- Domla, yozuvchi bilan shoirning nima farqi bor, - deb Alloh rahmat qilsin Tohir Malik domladan so‘rashibdi.
Shunda domla: - Bolaligida baland joydan boshi bilan qattiq yiqilib, davolangan bo‘lsa yozuvchi bo‘ladi, agar davolanmay qolib ketgan bo‘lsa shoir bo‘ladi,- deb aytgan ekanlar...
Ehh bechora shoirlar)))
@kitob_ombori
Kitob o‘qishni odat qilmoqchi bo‘lganlarga tavsiya
Читать полностью…Ilm-fan rivojiga, insoniyat hayotini yengillashtirishga ulkan hissa qo‘shgan olim va olimalar
Siz kimlarni tanidingiz?
#vibes
Kitobsevarning olami mana shunday...💔📚
Siz bilan ham shundaymi?
Shukr qilgan...
Bir sinfdoshim bor edi. Otasi “katta joy”da ishlar, badavlat yashashar edi. Mahallada birinchi bo‘lib televizor olishgan edi. Sinfdoshim yaxshi o‘qirdi. Yettinchi sinfni bitirgan kuni motosiklli bo‘ldi. Maktabni oltin medal bilan tugatdi.
Yillar o‘tdi. Bir kuni ko‘rishib qoldik.
– Ishlar qalay? – desam, zarda bilan qo‘l siltadi:
– Rasvo! Domlam o‘lgudek maraz! Nomzodlik ishimni cho‘zib yotibdi.
Yillar o‘tdi. Tag‘in ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Rasvo! O‘g‘lim ko‘p ichadi. Kecha yap-yangi mashinaning pachag‘ini chiqarib keldi!
Yillar o‘tdi. Yana ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Rasvo! Qizimning turmushi notinch. Qaynonasi yomon. Sudlashmoqchiman.
Yillar o‘tdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Shifoxonaga borsam, rangi bir holatda yotibdi.
– Sog‘liq qalay?
– Rasvo! Qand kasali degan palakat adoyi-tamom qildi. O‘lib-o‘lmayman, tuzalib-tuzalmayman!
Tavba, deb gapiray-ku, farishtalar omin degan ekanmi, uzoqqa bormadi, bechora… Yana bir sinfdoshim bor edi. Otasi urushdan yarimjon bo‘lib qaytgan, to‘kilib ketay deb turgan kulbada turishardi. Yaxshi o‘qirdi. Lekin medalga “ilinmadi”.
Yillar o‘tdi. Bir kuni ko‘rishib qoldik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi!
Mebel fabrikasida ishlayapman. Kunduzi duradgorlik qilaman. Kechasi uch kunda bir qorovulman. Yaqinda velosiped oldim.
Yillar o‘tdi. Tag‘in ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! O‘g‘lim o‘qishni bitirib, chet elga ishga ketdi.
Yillar o‘tdi. Yana ko‘rishdik.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! Qizim farzand ko‘rdi. Nevaramga beshik olishga ketyapman!
Yillar o‘tdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Xuddi o‘sha, boshqa sinfdoshim yotgan shifoxonada ekan. Rangi bir holatda.
– Sog‘liq qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! Buyrak jinday shamollabdi. Bergan dardiga shukr!
Yaqinda uni tag‘in ko‘rdim.
– Ishlar qalay?
– Xudoga shukr, yaxshi! To‘ng‘ich nevaramning bo‘yi cho‘zilib qoldi. Xudo xohlasa, besh-olti yilda nevara kuyov ko‘raman. To‘yga kelasan-a?!
O‘tkir Hoshimov
“Yarim asr daftari”
@kitob_ombori
Hamma nimadandir kuch oladi.
Kimdir oilasidan, kimdir do‘stlaridan, kimdir muvaffaqiyatlaridan, kimdir esa qiyinchiliklardan.
Men esa doim shu blogimdan va ya'ni sizlardan kuch olaman.
Inson hayoti davomida turli xil ruhiy jarayonlarni boshdan kechiradi. Baxtli lahzalardan tashqari baxtsiz onlar ham bo‘lib turadi. Bular ham hayotimizning ajralmas qismi ekanligini bilaman. Ammo, o‘sha kamdan-kam sodir bo‘lib turadigan tushkun davrlarda, sizlarning munosabatingiz menga ruhiy dalda bo‘lishini bilasizlarmi?
Botdan, shaxsiydan keladigan samimiy xabarlar bu dunyoda shunchaki mavjud emasligimni, kimgadir ooozgina bo‘lsada naf keltirayotganimni his qilishim menga katta kuch va energiya beradi.
Men bilan shu kanalda borligingiz uchun sizlarga kattakon rahmat.
Barchangiz mening do‘stlarimsizlar🫶
Cheksiz muhabbat bilan Admin
Endi yurakchalar bosmasangiz bo‘lmas shuncha gapga 😏
Ali Muhammad Eronning chekka qishlog‘idagida o‘qituvchilik qiladi. Bir o‘quvchisi kasalga chalinib, sochlari to‘kilib ketdi. Sinfdoshlari esa boshida sochi yo‘qligiga masxara qilishni boshladi.
Buni ko‘rgan o‘qituvchi bolalarga tanbeh bermadi, jazolantirmadi. O‘z sochlarini oldirib, kasal bo‘lgan o‘quvchisini qo‘lladi. Bu haqida o‘zi shunday hikoya qiladi:
"O‘quvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, do‘stlaridan uzoqlashdi. Doim xomush yuradigan bo‘lib qoldi. Darslarga ham qiziqishi so‘ndi. Birgina istagim, unga ruhan dalda bo‘lish va darslarga e'tiborini qaytarish edi".
Bundan ta'sirlangan maktabdagi 23ta o‘quvchi qish bo‘lishiga qaramay ustozi kabi sochlarini oldirdi...
O‘qituvchining vazifasi faqat belgilangan soatda yozilganlarni o‘qib berish emas. Bog‘bon kabi niholni parvarishlash, sug‘orish. Bunday ustozlar o‘z kibri, xarakteri va g‘azabidan o‘quvchilarning ruhiyati va kelajagini ustun qo‘yadi.
Ana shunday ustoz va murabbiylar bugun emas, har kun qadrlanishga munosib!
@sanjar_xoja
Quvnoq chexra. Funny face (1957)
#tavsiya
@kitob_ombori
Fikr – transportga o‘xshaydi: shaxsiy ulovi bo‘lmaganlar jamoat transportidan foydalanadi.
@kitob_ombori
Chelsi Hill 17 yoshida avtohalokat tufayli oyog‘i shol bo‘lib qoladi.
2014-yili uni boricha sevib qolgan Rey bilan tanishib shu yilni o‘zida ular turmush qurishadi.
Chelsi, to‘yi kuni turmush o‘rtog‘i uchun ajoyib syurpiriz tayyorlaydi.
Ilk bor Reyning ko‘z o‘ngida u tik oyoqda turadi va mehrobgacha otasining hamrohligida yurib boradi.
Bundan quvongan Rey ko‘z yoshlarini tiya olmaydi.
O‘sha kuni Chelsi oyog‘iga o‘rnatilgan maxsus asboblar yordamida xatto eri bilan raqsga ham tushadi.
Chin muhabbat mo‘jizalar yaratishi bor gap.
@kitob_ombori
Ko‘p-kitob-tez-o‘qish vasvasasi
“Avvallari kitob oz, ilm ko‘p edi. Hozir kitoblar ko‘p, ilm kamayib ketgan”
Ibn Javziy
“Yoshlik paytimizda diniy kitob juda oz bo‘lardi, o‘qiyotib “tez tugab qolmasa edi”, deb o‘qirdik. Endi esa kitob ko‘p, qandaydir barakasi yo‘qdek”
Bir akamizning gapi.
“Ko‘p ma’lumotni bilish aqlga o‘rgatmaydi”.
Geraklit
“Ko‘p o‘qish nafaqat befoyda, (chunki o‘qish jarayonida kishi begona fikrlarni olib, chala o‘zlashtiradi, holbuki o‘zi shunga aqli bilan yetishi mumkin edi) balki aql uchun zarardir, chunki bu ish uni zaiflashtiradi, g‘oyalarni o‘zining boshidan emas tashqi manbalardan yig‘ishga o‘rgatib qo‘yadi”.
Artur Shopengauer
--------
Tarmoqlarda qiziq bir faollikni kuzatish mumkin: yoshlar o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblar uzun ro‘yxatini reja qilib qo‘yib, haftasiga, oyiga nechta kitob o‘qish uchun normativ chegara qo‘yishyapti. Eng qizig‘i, o‘qigan kitoblari hisobotini ham berib qo‘yishyapti.
Kitob o‘qishni sportlashtirishga o‘xshaydi. Aqliy faoliyat turlarning ayrimlari sport turiga aylangani rost, lekin ular orasida ko‘p kitob o‘qish turini topa olmaysiz. Negadir bizda shunday yondashuv urchib ketdi.
“Men kitobni o‘qimayman, men kitobni yeyman! Mana qaranglar qancha kitobni tushirib qo‘ydim bir yilda! Falonchi milliarder shuncha kitob o‘qirkan, pismadonchi daho shuncha kitob o‘qib tashlar ekan! Boyib ketomqchimisan? Aqlli bo‘l! Aqlli bo‘lmoqchimisan? Kitob o‘qi, ko‘p kitob o‘qi... jumladan kitoblarimni sotib ol! Bugun chegirmali narxda sotilyapti!”
Bu yutubda amerikalik va rossiyalik infoqalloblarning uchraydigan reklamasidan edi.
Endi shu uslub ziyoli yoshlarimizga yuqibdi.
Albatta katta miqdorda o‘qish bilim va tushunchalarni boyitish EHTIMOLLIGIni oshiradi basharti o‘qish sifatli bo‘lsa. Miqdor sifatga o‘tish degan qonuniyat ishlab qolishi uchun maqsad ko‘p o‘qish emas sifatli, tushunib o‘qishga intilish kerak. Va bunda kitoblar soni va o‘qish tezligining ahamiyati birinchi o‘rinda emas.
Agar kitob (nafaqat kitob, maqola bo‘lishi mumkin) o‘qishga jiddiy kirsangiz stolingizda taqriban 2-3 kitob bo‘ladi. Birini yillab o‘qib tugatmay davom etasiz, bir qismini o‘qib oylab hazm qilasiz.. Boshqasini bir-ikki o‘tirishda tugatib qo‘yasiz. Yana boshqasini boshlab, oxiriga yetkazmay tashlab qo‘yasiz – va bu o‘z o‘zidan ayb emas!
Bir-ikki kitob o‘qib uni juda yaxshi tushungan aql yil mobaynida 100 ta kitobni yutib yuborgandan kuchliroq, boyroq bo‘ladi.
Tarmoqlarda ketayotgan kitobxonlikka targ‘ib kitob o‘qishni yoshlar orasida modaga aylantirishga qaratilgan. Modaning muammmosi shuki, bugun moda bo‘lgan narsa ertagayoq eskiradi. Yuzaki targ‘ibot odamlarning me’dasi bilan o‘ynashib qo‘yadi. Me’daga urib ketsa boshqa hech qaysi tashviqot bilan qiziqtira olmaysiz. Shu oddiy narsalarni tushunmaganlar kitob o‘qib unchalik uqimayotganliklarini ko‘rsatib qo‘ydi.
“Ko‘p o‘qish” juda nisbiy tushunchaliginiyam aytib o‘tish kerak. Kimgadir, qaysidir holat uchun, maqsad va imkoniyatlarga qarab bo‘ladi. Bir yilda 500 ta birinchi sinf bolalari uchun chiqarilgan kitobni o‘qigan bilan shu davrda Kvant fizikasiga bag‘ishlangan 70 betlik monografiyasini o‘qib tushungan odam bilan barobar emas. Albatta bu bo‘rttirilgan misol.
Lekin “shu yili o‘qishim kerak bo‘lgan kitoblarim ro‘yxati”ni ko‘z ko‘z qilayotganlar bu kitoblar qanchalik potensiali, maqsadi, imkoniyati, tushuncha holati haqida umuman ma’lumot bermaydi. O‘zini motivasiya qilish uchun foydali ish bo‘lishi mumkin. Ammo boshqa odam uchun miqdor motivasiya bo‘lishi uzoqqa bormaydi.
Men ko‘p emas oz o‘qinglar demayotibman, kitob o‘qishga rag‘batni so‘ndirish niyatim ham yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganim o‘qishga bo‘lgan rag‘batingiz butun umr uchun so‘nishga yetaklaydigan tushunchalardan uzoq bo‘ling.
O‘qish uchun o‘qimang, uqish uchun, o‘zgarish uchun, mustaqil fikrlay oladigan va o‘z fikrlaringizni tushuna oladigan bo‘lish uchun o‘qing. Shunda o‘z-o‘zidan sifatli o‘qish miqdorning ortishiga tabiiy yetaklab keladi.
@kitob_ombori