Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
O‘zim kino tanlavordim oxiri.
Hammani qiziqtira olsa kerak.
Faqat rus tilida. O‘zbekchasi yerda ham ko‘kda ham yo‘q omalekin.
Mavzusi: Butun Yaponiyada mexanizm, elektrli barcha qurilmalar bir kechadayoq noaniq sabab bilan ishlamay qoladi. Soatlar, telefonlar, elektr, mashina, samalyot va hokazo. Butun aholi sarosimada nima qilishini bilmaydi.
Kinodagi oila esa tobora yashash qiyinlashib borayotgan shahardan yaponiyaning uzoqroq chekkasidagi qishloqqa, qarindoshlarinikiga velosipedda yo‘lga chiqishadi. Qolganini aytsam qizig‘i qolmay qolishi mumkin. O‘zingiz ko‘ring va yaxshi dam oling!
https://youtu.be/mB1HBGX4CyU?si=mTlTx8aLbkrGX_km
- Inson oshiq bo‘lganini qanday biladi? - deya so‘radim bir kuni bobomdan.
- Nafasingni ushlab tur, - dedi u kulimsirab.
-Tushunmadim. Nafasimni ushlab turaymi?
-Ha, ushlab tur va kut.
Aytganini qildim, chidaganimcha ushlab turdim nafasimni. Soatga qarash xayolimga kelmabdi, lekin taxminan o‘ttiz soniyadan keyin qiynala boshladim. Endi taslim bo‘lmoqchi edim, qo‘li bilan og‘iz-burnimni yopib oldi. Hayron bo‘lib qoldim. O‘layozdim, yuzim qizarib ketdi.
Nihoyat qo‘lini tortdi. Jon holatda chuqur-chuqur nafas ola boshladim. Nega bunday qilganini hech tushuna olmadim. Savol nazari bilan ko‘ziga tikildim.
-Nega bunday qildingiz, bobo?
-Sal avval eng ko‘p nimaga extiyojing bor edi? - so‘radi bamaylixotir.
- Nafas olishga-da, albatta.
-Ho‘sh, qanchalik extiyojing bor edi?
- Yana ozroq nafas olmasam, o‘lib qolardim
Bobomning o‘sha payt bergan javobini keyinchalik tushundim:
-Kun kelib kimgadir nafaschalik ehtiyoj sezsang, ana o‘shanda oshiq bo‘lgan bo‘lasan.
@kitob_ombori
Bugunga kelib dunyo yangi o‘zanga burilib ketmoqda.
Dunyoda xaos kayfiyati hukm surmoqda. Endi dunyoning har yeridagi hech bir bunday o‘zgarishlar, urushlar, o‘zgarishlarni menga aloqador emas deya olmaydi. Chunki bizdan minglab kilometr uzoqlikda bo‘layotgan Ukraina Rossiya urushini oqibatlarini ozmi ko‘pmi bizlar ham o‘z hayotimizda his qilmoqdamiz.
Aqlli inson har narsadan xabardor va vaziyatlarni nazorat qilib borishi zamon talabi bo‘lib qoldi.
Kanalda dunyoda va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan munim o‘zgarishlar hamda ularga sharxlar berib ketishni niyat qildim. Har holda bu bo‘yicha anchagina tajribaga egaman.
Xullas kanalni kuzatib boring va lozim topsangiz uni do‘stlaringizga ham ulashing!
/channel/+R9RxECRFsJaVjgDW
«O‘zini himoya qila olmaydigan bola, og‘ir vaziyatlarda tayanch bo‘la olmaydigan erkak bo‘lib voyaga yetadi»
Shaxsiy fikr
Yuqoridagi gap Xolid Husayniyning «Shamol ortidan quvib» kitobidan olingan.
Ya'ni, agar o‘g‘il bola yoshligidan qiyinchiliklarga bardoshsiz, o‘ziga ishonmagan, qo‘rqqoq, jur'arsiz va shijoatsiz bo‘lib katta bo‘lsa, katta bo‘lganda haqiqiy erkaklarga hos bo‘lgan hislatlardan mahrum bo‘lib ulg‘ayadi. U kerakli payda oilasi, yaqinlariga suyanch va dalda bo‘la olmaydi, bor mas'uliyatni yelkasiga ola olmaydi. Chunki unda yoshligidan bunday hislatlarni o‘zlashtirmagan degan xulosa chiqarish mumkin.
@kitob_ombori
Kamtarin Gʻarb olimlari
"Shvesiyaning dunyoga mashhur Lund Univesitetining atomfizika professori Anne L'Huillier, fizika sohasida 2023 yilining Nobel mukofotini sovrindori bo‘ldi. Masalaning qiziq bir tarafi shundaki, Anne L'Huillier Lund Universitedida bu yil o‘qishni boshlagan qizim Sayaxonning o‘qituvchilarida biri!
Qizimni aytishicha, Anne L'Huillier dars o‘tayotgan vaqtida, uni muhim telefon qo‘ngiroq uchun darsdan chaqirib chiqishgan. Telefon suhbati vaqtida, unga Nobel mukofoti berilganligini aytishgan. Bu xabarni eshitib, Anne L'Huillier, rahmat degan va qaytib sinf xonasiga kelib dars o‘tishni davom ettirgan, hech kimga mukofot olganini aytmagan. Universitet xodimlari va studentlar bu xabarni darsdan keyin ommaviy axborot vositalaridan bilishgan"…
Pulat Ahunov
P.S: agar bu holat o‘zimizda bo‘lganidachi? 😁
@kitob_ombori
- Sezayapsizmi? Havoda qandaydir g'amginlik borday.
- Kuz ahir.
- Endi nima qilish kerak?
- Palto olish kerak.
- Menda bor.
- Unda paltoning tugmalarini qadab qo'yadigan insonni topish kerak...
alamiyuz
@kitob_ombori
"Dunyo ishlamasdan pul ishlamoqchi bo‘lganlar va ish bo‘lmasdan boy bo‘lishni xohlaydigan axloqsiz odamlardan iborat"
© Bernard Shou
@kitob_ombori
2023 йилги тиббиёт бўйича Нобель мукофоти совриндори бўлган Дрю Вайсман ота-онаси билан хушхабарни баҳам кўрмоқда.
Читать полностью…Ko‘chada yig‘lab borayotgan odamni ko‘rsangiz befarq o‘tmang. To‘g‘ri, u buni yashirish uchun qora ko‘zoynakda bo‘ladi, lablari qimtilgan, oqayotgan tomchilarni sezdirmay tezgina artib oladi va juda tez qadam tashlaydi. U odamlarni yorib o‘tib chetroqda birdan to‘xtaydi, balki o‘tirish uchun skameyka izlaydi. O‘sha payt yoniga boring. Unga hozir butunlay notanish odam kerak ekanini his qiling. Unga hammasi o‘tib ketadi, deb ayting. Dastro‘mol tuting. Uni skameyka tomon boshlang. U balki tilga kirar. Xo‘ngrab yig‘lab yuborar va sizdan najot kutar. Balki meni tinch qo‘ying deb yuz burar. Ahamiyatsiz. "U kimgadir yig‘lamog‘i shart" baribir. Bo‘g‘zida turgan yig‘ini ichga yutmasligi kerak. Hech nima, hech kim yig‘lashga arzimaydi deng. Axir atrofga boqing, kuz qanday go‘zal, sariq yaproqlarni yerga to‘kilishini tomosha qiling, yo‘q, kuz ayriliq fasli emas, yana bahor keladi, bu daraxt yangi barglar chiqaradi, chiroyli gullaydi deb ayting. Bu aldamchi taskinga u balki ishonar. Ketar oldi sizga rahmat ham aytar. Faqat iltimos, yig‘lab borayotgan odamga befarq o‘tmang. U qayerga borishni bilmay muallaq, mung‘ayib turibdi. U ko‘p bora telefoniga qaraydi. Kimga qo‘ng‘iroq qilishni, kimga xabar yo‘llashni bilmaydi. Hech kim javob bermasligidan qo‘rqadi. Tushuning, unga hozir siz keraksiz. Notanish odam kerak. Yig‘lashiga imkon bering. Bor dardini aytishiga imkon bering. Gapirmasangiz ham tinglashingizni o‘zi yetarlidir balki. Yig‘layotgan odamni qaytib boshqa ko‘rmaysiz. U ikkinchi bor oldingizdan yig‘lab o‘tmaydi.
@kitob_ombori
Эронлик инсон ҳуқуқлари фаоли Наргис Муҳаммадий тинчлик бўйича Нобель мукофотини қўлга киритди.
Ҳозирда у Эронда қамоқда. У ҳақида The New York Times’да катта мақола эълон қилинган эди.
Hamma ham moʻjiza kutadi.
Remark "Qarzga olingan umr"
Hayotingizda qiyin vaqtlar bo‘lganda qanday qilib o‘zingizga taskin berasiz? Faqat haqiqatni yozing. Har xil joylarda yozilgan chiroyli so‘zlar kerak emas. Asliyatingizdan kelib chiqqan gaplar qiziq.
/channel/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6
Bir kuni muallif kitob do‘koni operatoridan o‘z kitoblari haqida so‘rabdi...
@kitob_ombori
O‘rgimchak o‘ljasini qalin ipiga o‘rmab chirmab, ichiga og‘zidagi maxsus bezlaridan suyuqlik yuboradi. Ipli g‘umbak ichida hashorat o‘lja tanasi suyulib kerakli moddalarga parchalanib ozuqa atalaga aylanadi. Bir so‘z bilan hazm qilish jarayoni tashqarida ro‘y beradi. Tayyor bo‘lgan bio-ozuqani o‘rgimchak so‘rib olib organizmiga oson o‘zlashtiradi.
Ziyoli odam o‘rgimchakka o‘xshab o‘qiyotgan narsasini yutib yubormay puxta taxlil bilan qaraydi, tafakkuri bilan muolaja qiladi. Puxta hazm qilgan fikrlarnigina o‘z fikrlariga olishi mumkin. Hazm qilinmay o‘qilgan kitoblar, eshitilgan ma’ruzalar kishini ko‘r ko‘rona ishonuvchan qilib qo‘yadi. Yoki yutib yuborilgan g‘oyalar bilan bo‘kib, zaharlanib, umuman boshqa fikr qarashlarni tushuna olmaydigan qilib qo‘yadi.
@kitob_ombori
Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.
Benjamin Franklin
@kitob_ombori
Kechga kino ko‘rishlik uchun takliflar bormi?
Takliflar: harbiy, ilmiy-fantastika, triller, post-apokalipsis yoki koinotga aloqador bo‘lsin.
Dunyoda eng ko'p jamoat kutubxonalari qaysi davlatda?
Kutubxonalar jamiyatning ajralmas qismi bo‘lib, ularni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida uchratish mumkin. Bu muassasalar hamma uchun ochiq bo'lib, kitoblar va boshqa o'quv to‘plamini o‘z ichiga olganligi sababli ular bilim rivojida muhim rol o‘ynaydi. Ommaviy kutubxonalar talabalar va kitobxonlarni oʻqishi, bilim olishiga juda katta xizmat qiladi.
Mamlakatning iqtisodi va xalqining farovonligi u yerda ilm qay darajada rivojlanganligi bilan ham o'lchanishi mumkin.
Masalan hozirgi vaqtda Xitoy dunyodagi eng ko'p ommaviy kutubxonalarga ega mamlakat sanaladi. 2016-yildagi OCLC ma'lumotlariga ko'ra, Xitoyda 51 311 ommaviy kutubxona mavjud.
Ikkinchi o‘rinda 46 000 ommaviy kutubxona bilan Rossiya, uchinchi o‘rinda esa Hindiston. Bu mamlakatda 29 800 ta jamoat kutubxonalari mavjud.
Jamoat kutubxonalari soni 1000 dan 10 000 gacha bo'lgan davlatlar sirasiga AQSh, Germaniya, Fransiya, Kanada, Shveytsariya, Filippin, Braziliya, Eron, Tailand, Janubiy Afrika, Avstraliya kabi mamlakatlar kiradi.
Hududida 100 va 1,000 oralig'idagi jamoat kutubxonalari mavjud davlatlarga esa Janubiy Koreya, Isroil, Marokash, Belgiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Gretsiya kabi davlatlar kiradi.
Keyingi toifaga, ya'ni 10 tadan 100 tagacha jamoat kutubxonalari mavjud mamlakatlarga Bangladesh, Saudiya Arabistoni, Namibiya, Misr, Nigeriya, Malta va Litva kabi davlatlar kiradi.
Roʻyxatning eng quyi pogʻonasida 10 tadan kam kutubxonaga ega davlatlar, Oʻzbekiston, Qatar, Ruanda, Myanma, Ummon, Barbados, Zambiya va yana bir qancha davlatlar o‘rin olgan.
2016-yilgi ro‘yxatga ko‘ra eng ko‘p jamoat kutubxonasiga ega TOP 10 ta davlatlar quyidagilar:
🇨🇳 Xitoy 51,311
🇷🇺 Rossiya 46,000
🇮🇳 Hindiston 29,800
🇺🇦 Ukraina 18,323
🇺🇸 AQSh 9,042
🇵🇱 Polsha 8,290
🇩🇪 Germaniya 8,195
🇲🇽 Meksika 7,260
🇮🇹 Italiya 7,000
🇻🇳 Veytnam 6,691
P.S: ma'lumotlar eski bo‘lsada baribir birinchikdagi mamlakatlar o‘rni aytarli o‘zgarmagan. Quyi qismdagi davlatlarda ham shu hol afsuski.
@kitob_ombori
Yosh avlod masalasi shunchalik muhimki, uni hozirgi ota-onalarga qoldirib bo‘lmaydi.
@kitob_ombori
Afrikada bir yigit orzu qilgan universitetga borish uchun 4 oy velosipedda yurdi.
Gvineyalik 25 yoshli Mamad Safai Barri Misrdagi universitetga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan, ammo aviachiptaga puli yo‘q edi.
Yigit qit'a bo'ylab velosipedda sayohatga chiqdi: u Mali, Burkina-Faso, Togo, Benin, Niger va Chadni kesib o'tdi, u erda mehribon yo'lovchilar uning sayohati davomida pul berib qo‘llab turishdi.
Bunday qat'iyatli abituriyent haqida bilib, Misr universiteti yigitga to'liq stipendiya bilan joy taklif qildi.
@kitob_ombori
Siz meni sevasiz. Lekin nima uchun sevasiz? Axir meni yozishga majbur etayotgan narsaning oʻzi sizni ham meni sevishga majbur etadi-ku. Siz meni shuning uchun ham sevasizki, atrofingizni oʻragan va birontasiga koʻngil qoʻyishingiz mumkin boʻlgan odamlarga men oʻxshamayman. Men idorada ishlash uchun, hisob-kitob bilan shugʻullanish uchun, sansalorlik, loʻttibozlik uchun tugʻilgan emasman. Siz meni shu hamma odamlar qilayotgan ishni qilishga, ular bilan hamnafas, hamfikr boʻlishga majbur qilib koʻring, men bilan ular oʻrtasidagi farqni barbod qilasiz, meni yoʻq qilasiz, demakki oʻz sevgingizni mahv etasiz. Menga gʻayrat bagʻishlagan narsa – ijodga boʻlgan ehtirosdir. Bordi-yu, bironta oddiy ovsar odam boʻlganimda, yozuvchi boʻlishni orzu qilmasdim, shuningdek, siz ham menga xotin boʻlishni xohlashingiz amri mahol edi.
"Martin Iden" Jek London
@kitob_ombori
Bir baho beringlarchi🤓
2 soatda o'rganib yasadim bu videoni
📹 Elyanna - Tamally Maak x Calling U (Live at El Rey Theatre)
Kuningiz yaxshi o‘tsin!
@kitob_ombori
Qaysi kitobni asl yozilgan tilida o‘qishni xohlar edingiz?
Читать полностью…Kitob o‘qigani sabab qotillar qo‘lidan qutilib qolgan odam hikoyasi
@kitob_ombori
Sizni haqorat qilganlarga javob qaytarish shartmi?
@kitob_ombori
Balki boshqalarga ham ushbu usullar yordam berar deb o‘yladim va shu uchun ulashyapman:
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Uxlab
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Bundan yomoni ham o'tadi bunisi ham o'tadi deb tasalli beraman ko'p hollarda
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
факат онам мени таскиним онам учун яшиман бу дунйода😊
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Hammasi yaxshi bo'ladi. Allohim o'zing qo'lla deb.
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Shunchaki Allohga yuzlanaman boshqasi bekor.
Qeyinchilik ham u tomondan keladi.
Yengillik ham albatta Inshaalloh.
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Taqdir ekan deb qoʼyaveramiz da😁
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Sham bo'lmoq oson emas. Nur taratmoq uchun avval yonmoq kerak. Sen hozir yonmoqdasan. Ammo nur taratishingga oz qoldi. Sabr qil.
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Bir kuni hammasi yaxshi boʻladi...
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
O‘zimni xonamga kirib olaman hech kimni ko'rishni eshitishni hohlamiman)
Ozgincha vaqt yolg‘iz qolsam hammasi o‘tib ketadi🙃
Ba'zan yig‘lash ham taskin beradi
To‘g‘ri bu ishlarning birortasi muammoyimni hal qilib bermaydi lekin ozgina bo'lsada qalbimga taskin beradi
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Shunchaki chuqur nafas olaman va hammasi o'tkinchi ekanini eslayman judayam qattiq qiynalsam zikr qilaman(Allohni)
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Xonaga qamalib olib to‘yib yig‘layman, keyin o‘rnimdan turaman osh yeyman, ko‘chada naushnikda Maxzun bo‘lma ma'ruzasini eshitaman keyin ancha yengil tortaman
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Kelajagimdan umid qilaman. Va harakatda davom etaman. Hech bir narsa bejiz emasligi, har bir ishda bir xayr borligi va oʻsha qiyin vaziyat ham men uchun Allohning sinovi ekanligi va bunda oʻzimni shukronalik bilan boshqarishim kerakligini anglayman.
Ohho unaqa qiyin vaziyatlar son-sanoqsiz. Shukr qilsa, hammasi yaxshi boʻladi, menimcha
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Chuqur chuqur nafas olaman va uyga qo'ng'iroq qilaman
Ayamning 'yashimisan? Axvoling, sog'lig'ing yaxshimi?' savoliga 'Alhamdulillah muxtashamman' deyman va xanma xammasi unut bo'ladi...
Ayamning ovozi taskinim)
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Shunchaki hayot o'zi sinovlardan iboratligini o'ylayman. Sog'ligimga shukr qilaman, ota-onam borligiga. Allohdan yordam so'rayman)
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Judayam jiddiy kirishib ketmadim, deb oʻylayman
Kelajagimdan umid qilaman. Va harakatda davom etaman. Hech bir narsa bejiz emasligi, har bir ishda bir xayr borligi va oʻsha qiyin vaziyat ham men uchun Allohning sinovi ekanligi va bunda oʻzimni shukronalik bilan boshqarishim kerakligini anglayman.
Ohho unaqa qiyin vaziyatlar son-sanoqsiz. Shukr qilsa, hammasi yaxshi boʻladi, menimcha
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Tinchlantirish uchun, qaytarib, o'zgartirib bo'lmaydigan narsalarga siqilish ahmoqlik, deyman, qanchadir foiz yordam beradi, keyin yana siqilib yuraveraman
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Yig‘lash kerak
G‘ururni bir tiyn qilib yaxshilab o‘zi bn kelishish kerak
Baribir hech narsa arzimaydi,tatimaydi Allohni ko‘rmaganimizdan keyin
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Meni maqsadlarim va vaqtni qarzga olgan kelajagim kutib turibdi, men shu ummat uchun nimadir qilishim kerak deyman
Buyam ta'sir qilmasa tureeeee òrningdan deb bitta baqiraman òzimga bòldi
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Assalomu alaykum musiqa eshitaman, onam bilan mazza qilib gaplashaman va yolģiz aylanaman ba'zan qabristonlarni..
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Birinchi oʻtirib yigʻlab olib, keyin toʻxtagan joyimdan davom etaman. 😁
📨 Sizga yangi anonim xabar bor!
Hech kim yoʻq xonaga kirvolib, musiqa eshitib yotaman. Birinchi toʻygunimcha gʻamgin keyin oʻrtacha oxirida quvnoq vibe beradiganlaridan eshitaman. Xohlaganimcha yigʻlab, baʼzan kulib olaman. Nima boʻlsa boʻlar.
Xabarlar kelishda davom etyapti...
Mariya Sklodovskaya Kyuri.
Fizika va kimyo yo‘nalashlarida alohida tahsinga sazavor tadqiqotlarni o‘tkaza olgan, umrini hayot yo‘lini fanga bag‘ishlagan, dunyo sivilizatsiyasi uchun juda katta hissasini qo‘sha olgan ayol, noyob iste’dod vakilasi.
U Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan birinchi ayol hamdir, ikkita Nobelni qo‘lga kiritgan birinchi inson hamdir, hozirgacha ikkita turli ilmiy kategoriyalarda Nobel mukofotini olgan dunyodagi YAGONA inson hamdir.
Imkoniyatlaringiz, vaqtlaringizdan to‘g‘ri foydalaning, ilmni qandaydir majburiyat tufayli qilmang, unga bor vujudingiz bilan kirishing, yondashing. Shunda Sizni yutuqlaringizni ilm ahli ham o‘rnidan turib qarsaklar bilan qabul qiladi.
Ilm hammamizni qutqaradi, Sizni, bizni, bolalaringiz, avlodlar hammamizni...
@kitob_ombori
Adabiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi Yon Fossega berildi.
Hayronman, bu yevropaliklar kimga Nobel berishni ham bilishmaydida. Masalan men bu yilgi Nobelga, O‘zbekistondan mashxur va bestseller asarlar yozib, butun insoniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan Amina opaga berilish tarafdori edim.
Ono rasmdagi odamni kim ham tanirdi🤨
@kitob_ombori
Nima darding bor? deganimizda -Yaxshiman, shukr! deb, siniqqina jilmayganlarni yuragidagi dardini naqadar og'irligini tasavvur qilolmaymiz.
Sen darddosh emas, haloskor bo‘l!
@kitob_ombori
#psychology
Preskevyu🧠
“Tilimning shundoqqina uchida turibdi” deb biron so‘z yoki jumlani eslay olmaslik holati hammada kuzatilgan. Bu holat psixologiyada preskevyu (fransuzcha – qariyb ko‘rilgan) deb nomlanadi. Inson shu so‘z/jumla/tushuncha/sifat bilan bog‘liq barcha so‘zlarni, tasvir vositalarini yaqqol eslaydi, ularni istagancha qalashtirib keltirishi mumkin. Lekin ayni o‘sha so‘zni soatlab, kunlab eslolmasligi ham mumkin.
Jamevyu🧠
Bundan avval uchratgan odami, borgan joyi, eshitgan so‘zini, biladigan ma’lumotnii eslay olmasligi ruhiyatshunoslikda jamevyu deb yuritiladi. Bundan avval tanish bo‘lgan joy, odam, narsa oldida inson o‘zini begonadek his qiladi. Kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lmayotgandek tuyuladi. Bu juda kam uchraydigan holat bo‘lib, qarilik psixozi yoki shizofreniya belgisi bo‘lishi mumkin.
@kitob_ombori