Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Bugun eng ko‘p eshitgan qo‘shig‘im shu bo‘ldi
@kitob_ombori
Barchaga xayrli kech!
Ushbu kichikroq marafonimizga ko'plab qiziqish bildirganlar bo'ldi va bo'lyapti.
Ilk asar sifatida Oldos Hakslining "Ajib yangi dunyo" asari tanlandi. Kitobni o'qish va unga taqriz yozish uchun 10 kun ajratildi. Bunday guruhni ochishdan maqsad nisbatan qiyinroq mavzu va janrdagi kitoblarni o'qishni ommalashtirish. Jiddiy kitoblarga bo'lgan qiziqishni oshirish. Inshalloh bu ishimiz davomli bo'lajak.
Guruhga odam qabul qilish haqida ikki og'iz
Men imkon qadar saralab eng munosiblarni qo'shishga harakat qilyapman. Ammo ba'zilar bog'lanish uchun user name qoldirishmabdi yoki berilgan raqamlarida telegram akkaunt mavjud emas. Agar siz anketa to'ldirgan bo'sangiz va unda telegram manzilingiz ko'rsatilmagan bo'lsa @ucharxatlarbot ga ismingizni yozib qolding. Men yopiq guruh uchun sizga havola jo'nataman.
Hali hammani anketasini ko'rib chiqishga ulgirmadim. Ammo siz ariza jo'natgan bo'lsangiz albatta bog'lanaman)
Omma qarshisida qoʻrquvsiz gapirishni oʻrganamiz!
Odamlar oldida gapirishdan cho‘chiysizmi? Ko‘p odamlar bor yerda gapingizni yo‘qotib qo‘yasizmi? Unda ushbu maqola aynan siz uchun: omma oldida qo‘rquvsiz gapirishni o‘rganamiz...
Bo‘shashishni o‘rganing
Qulayroq yer toping-da, polga yotib oling. Ko‘zlarni chirt yumib, tananing har bir qismini bo‘shashtiring: boshdan oyoq uchigacha... Shundan so‘ng, bor e’tiboringizni nafas olishlar harakatiga e’tibor bering. Ana undan keyin tinchlanish mumkin bo‘lgan makonni ko‘z oldingizga keltiring. Undagi ovozlarni eshitishga, tarovatini his qilishga harakat qiling. Mana shu harakatlarni har doim omma oldiga chiqishdan avval qaytaring.
O‘zimizga e’tibor beramiz
To‘g‘ri turing, oyoqlarni yelka kengligida oching. Qo‘llarni erkin qo‘yib, boshni bo‘shashtiring. Ana shundan keyin butun tanangizni qorin bilan yerga yopishgandek his qiling. Mana shu orqali siz “og‘irlik markazini” his qilasiz.
So‘ng chuqur nafas olib, chiqaring. Bunda oddiygina nafas olish kerak emas. Har bir yutilgan havoning bari tana markaziga, o‘pka, oshqozon tomonda jamlanayotgandek tasavvur qiling. Nafas chiqarganda esa diafragmangizga e’tibor qarating.
O‘z hududingizni toping
Aksariyat hollarda inson noma’lumlik sabab asabiylashadi. Shuning uchun oldindan qayerda omma oldiga chiqishingiz kerakligini bilib oling. O‘z nutqingiz ustida ham avvaldan ishlashni unutmang. Mana shundan keyin nutq so‘zlagancha butun zal bo‘ylab harakatlanishni mashq qiling. Ovozingiz butun zalni, undagi odamlarning barini qamrab olsin.
Oldindan tayyorgarlik
O‘z nutqingizga o‘zingiz ishonishingiz uchun gaplaringizni avvaldan tuzib, kamchiliklarini yo‘qotib, baland ovozda o‘qishni mashq qilib oling. Chiqishingizning ijobiy tomonlarini, natijasini tasavvur qiling. Gapirish vaqtida qayerda to‘xtash, qayerda jim qolish kerakligini ham oldindan o‘ylab chiqing.
Sahnaga xuddi aktyordek chiqing
Aktyorlar sahnaga chiqib, rolga kirishishlari uchun bir necha daqiqaning o‘zi kifoya qiladi. Bu ularga biroz chalg‘ishga yordam beradi.
Sahnaga chiqish oldin o‘zingizdan so‘rab ko‘ring: bu chiqish auditoriyaga nima beradi? Uni amalga oshirib nimaga erishaman? Mana shu savollardan keyin ijobiy hissiyotlarni tuyishingiz, omma qarshisiga bardam chiqishingiz mumkin.
Nafas oling, nafas olmang...
O‘z nutqingizni boshlashdan avval burun orqali chuqur nafas oling, yettigacha sanab keyin og‘iz orqali chiqarib yuboring. Nafas haraktalarini 3-4 marta qaytaring. Bu tanada adrenalin yig‘ilishini susaytiradi, yurak urishlar sonini kamaytiradi, xavotirni bosadi.
@kitob_ombori
“Begona” – Alber Kamyu
Fransuz yozuvchisining ilk romani ekzistensializm gʻoyalarining klassik namunasi hisoblanadi. Voqealar bosh qahramon – Jazoirda yashovchi 30 yoshli fransuz erkak tilidan hikoya qilinadi. Uning ismi aytilmagan, biroq baʼzi joylarda familiyasi – Merso tilga olinadi. Asar qahramoni odam oʻldirgani uchun emas, onasining motam marosimida yigʻlamagani uchun oʻlimga hukm qilinadi.
Qissa orqali Kamyu absolyut erkinlik masalalari ustida bosh qotiradi. Inson hayoti uning irodasiga bogʻliq boʻlmagan voqealar zanjiridan iboratligi koʻrsatilgan.
“Oʻnta negr bolasi” – Agata Kristi
Agata Kristining 1939-yilda yozilgan ushbu romani yozuvchining eng koʻp sotiladigan kitobi hisoblanadi. Romanning 10 tacha ekranizatsiyasi mavjud. Syujeti gʻaroyib – orolda qamalib qolgan bir necha odamlar birin-ketin oʻldiriladi. Shubhangiz bir qahramondan boshqasiga koʻchib boraveradi. Oxiri esa butunlay kutilmagan yechim boʻladi.
Roman koʻplab detektiv kitoblar va psixologik filmlar yaratish uchun namuna vazifasini bajargan.
@kitob_ombori
Tasavvur qiling, bir oyga kimsasiz orolga ketayapsiz. O‘zingiz bilan faqatgina bitta kitob ovolishingiz mumkin. Siz qaysi kitobni olib olgan bo‘lar edingiz? 🤓
Men "Qanday qilib kimsasiz joyda jon saqlash mumkin" kitobini olgan bo‘lar edim😁
Amerikada oliy ta’lim olish bo‘yicha Toshkentdagi tadbirga kirishga navbatda turgan o‘zbekistonlik yoshlar
Green Card'ga ro‘yxatdan o‘tish ham hamon davom etmoqda😁
@kitob_ombori
Bugun book.uz'ning bosh kitoblar do‘konida Dostoyevskiyning yangi tarjima asari «Ayrilmas er»ning taqdimot ma'rosimi bo‘lib o‘tadi. Tarjimon Ibrohim G‘ofurov. Ulug‘ rus yozuvchisining ko‘hna bir asari taqdimotiga albatta boringlar! Abdurahmon akani kanalidan o‘qib keldik e'lonni deb😁
📙 «Ayrilmas er»
📆 12-oktyabr, 10:30 da
📍 Chilonzor 8, Qatortol 60.
Geolokatsiya
😢 Chexovning vafoti
Atoqli rus adibi Anton Pavlovich Chexov hayotining so'nggi kuni ertalab o‘zini juda yomon holda his qilib uyg'onadi. Tezkorlik bilan uni tekshirish uchun shifokor chaqirishadi.
Doktor yozuvchini ko‘zdan kechirib, bir stakan shampan olib kelishlarini so‘raydi. Gap shundaki, agar shifokor hamkasbini tekshirgandan so'ng, unda umid yo'qligini ko'rsa, unga bir stakan shampan taklif qilishi kerak.
Anton Pavlovich shampanni ichadi va: "Men ko'pikli sharobni ichib ko'rganimga ancha vaqt bo'lgandi", deydi. So‘ng yonboshiga o'girilib, qattiq uyquga ketadi va qaytib uyg'onmaydi.
@kitob_ombori
Sizga hozir tavsiya qiladigan kanal egasi kitoblarga va adabiyotga juda hafsala bilan yondashishi bilan e'tiborga molik. Kanal tartibli, postlar ham o‘ziga hos ko‘rindi menga.
Sizga ham yoqsa ulanib qo‘yoraslar @rakhmonalievs_blog
Odamlar botga yozishadida reklama masalasida. Doim ogohlantiraman «natijasiga men javob bermayman. Chunki kanaldagi obunachilar juda injiq va talabchan. Nima e'lon qilinsa guppa o‘tib, ulanib olmaydi. Sizni kontentingiz meni kanalimdan-da qiziqroq bo‘lmasa yaxshisi reklama qilmay qo‘ya qoling» deyman.
Men uchun rostdan qiziq. Kanalga qo‘shilishdan oldin uni nimasiga ko‘proq e'tibor berasizlar?
Geometriya
Yurayotgan yo‘ling kichik gradusga siljishni boshlasa, masofa bosgan sari to‘g‘ri yo‘nalishdan uzoqlashib boradi. Odatda o‘sha gradusni kimlar bilan birga bo‘layotganing belgilab beradi, boshlang‘ich yo‘l nuqtasida o‘shalar siljitib yuboradi. Hamroh bilan yurganda ham kompasga qarab turish kerak.
Yangi kitoblar shu darajada ko‘payib kettiki, ularni o‘qib, o‘z zamonamdan o‘tib ketmay deb o‘qimasdan yuribman😁
Читать полностью…Avval videoni to‘liq ko‘ring so‘ngra matnni o‘qing.
Bu bolalarning ahvolini e'tibor bering. Ular hech bir so'zni o'qiy olishmaydi. Nega deb so'rayapsiz, to'g'rimi? Ularni bunga iqtidori, aqliy salohiyati yetmagani uchun emas, balki notinch vaziyat va uzoq vaqtdan beri davom etayotgan urush sababdir. Ularning onasi yoki ularga yordam beradigan hech kimi qolmagan. Ularning oilalari bombalar ostida qolib halok bo‘lishgan. Ularning borishga maktablari yo‘q. Maktab bo‘lsa-da u yerga borishga sharoitlari yo‘q. Okkupantlar ularga hamma narsada to'sqinlik qilishmoqda. Imkon boricha falastinliklarga ozor berishga bor kuchi bilan harakat qilishmoqda.
Tafakkur qiling, ilm olishga rag‘bat qilinglar. Bizni faqat ilm qutqaradi. Najot — bilimda!
🇵🇸 Free Palestine ❤️
bugungi kuningiz haqida 3 qatorli gap yozib uni ta'riflang>
Читать полностью…Инстларда севиши тақиқланипти. Огох бўлиш😁
Читать полностью…Zamyanin, Oruell va Haksli
Anti-utopiya janri adabiyotda nisbatan yangi va shu bilan birgalikda murakkab janr hisoblanadi. Shu bois bu yo'nalishdan kamdan-kam yozuvchilar ijod qilishgan. Ular orasida Oldos Hakslining "Ajib yangi dunyo" asari ham alohida ajralib turadi. Bugun sizlarga ushbu asar bilan bog'liq 3 ta fakt keltirib bermoqchiman.
Oruell Hakslini plagiatda ayblagan
Yana bir taniqli anti-utopiyachi Jorj Oruell "Tribune Magazine Review" jurnali tomonidan Hakslining romani haqida fikr bildirish so'ralganda, "Ajib yangi dunyo"nashr etilishidan 10 yil oldin yozilgan Yevgeniy Zamyatinning" BIZ " romanini eslaydi. Oruellning ta'kidlashicha, Haksli o'z romanini yozishda Zamyatinning kitobiga qisman tayangan bo'lishi mumkin ekanligini iddao qiladi. Oldos Haksli esa bu taxminni qat'iyan rad etgan va o'z romanini yozishdan oldin "BIZ" bilan tanish emasligini da'vo qilgan.
"Ajib yangi dunyo" romani ko'plab mamlakatlarda taqiqlangan
Haksli romanida aytilgan monogamiyani taqiqlash va poliamor munosabatlarni normallashtirish g'oyasi konservativ mamlakatlarda ko'plab tortishuvlar va g'azablarga sabab bo'lgan. Kitob Avstraliyada, Irlandiyada, keyinchalik Hindistonda bir muncha vaqt taqiqlangan.
"Ajib yangi dunyo" romani mahalliy janjallarga ham sabab bo'lgan. 1963-yilda AQShning Merilend shtatidagi davlat maktabi o'qituvchilari o'z o'quvchilarining dasturiga Haksli anti-utopiyasi kiritgani uchun ishdan bo'shatilgan.
Vaqt o'tishi bilan Haksli o'z romanidagi voqelar real hayotda ham amalga oshishidan qo'rqardi
Haksli butun faoliyati davomida texnologik taraqqiyot muqarrar ravishda jamiyatni insoniylashtirishga olib keladi degan g'oyani o'rganib chiqdi – bu "Ajib yangi dunyo"romanining asosidir. Anti-utopiya chiqqanidan 27 yil o'tgach, Haksli "Ajib yangi dunyoga qaytish"kitobini yozadi. Bu endi roman emas, balki yozuvchining fikrlari bo'lib, unda u qariyb o'ttiz yil ichida hayot qanday o'zgarganini taqqoslaydi va aslida hamma narsa uning anti-utopiyasiga qaraganda ancha dahshatliroq bo'ladi degan xulosaga keladi.
Siz ushbu kitob bilan tanishmisiz? Anti-utopiya janridagi yana qanday kitoblarni bilasiz?
@kitob_ombori
Agar millat o‘z manfaat-foydasini bilmasa, demak, qarshilik va e'tirozlarga qaramay, uni yangi va zamonaviy dunyoga qulog‘idan tortib bo‘lsa ham olib kirish kerak.
Adib Xolid — O‘zbekiston tavalludi
@kitob_ombori
Nima uchun kanal ochib, unda foydali postlar qo‘yib borish kerak? Bundan nima foyda?
Smartfonlarimiz foydali narsalar, turli va’z-irshod va da’vatga oid narsalar bilan to‘ladir. Agar siz sahifangizga ulardan birontasini ulashsangiz balki ulardan boshqalar foyda olishar. Chunki Zubayd Kufiy rahimahulloh: “Bir so‘zni eshitdim. Alloh u bilan meni o‘ttiz yil davomida foydalantirdi”, deb aytganlar.
Bunda albatta o‘sha ulashayotgan narsangiz bu dunyo uchun ham, oxirat uchun manfaatli va xayrli bo‘lishi lozim.
@kitob_ombori
Oʻqib tugatishga bir kun kifoya qiladigan 7 mashhur asar
Ushbu asarlarni bir kun emas, bir nafasda oʻqib chiqish mumkin desak mubolagʻa boʻlmaydi.
“Eljernonga atalgan gullar” – Deniyel Kiz
Biror narsani xohlaysiz-u, ammo oʻzingizni cheklash uchun yuzlab bahonalar oʻylab topasizmi? Istalgan odamda bu holat yuz berishi mumkin. Biroq tabiat tomonidan cheklangan boʻlsangiz-chi?
Deniyel Kizning “Eljernonga atalgan gullar” asari aynan shu holat haqida hikoya qiladi.
Charli Gordon aqliy rivojlanishda orqada qolgan, ammo boshqa narsalarda kamchiligi yoʻq, uning doʻstlari, oʻz ishi bor. Biroq aqlli boʻlish istagi uni hech tinch qoʻymaydi. Charlida nafaqat aqlli, balki boshqalardan-da aqlli boʻlish imkoniyati paydo boʻladi – operatsiyani boshdan kechirish. Operatsiyadan keyin uning nafaqat aqliy qobiliyatlari, balki odamlar bilan munosabatlari ham oʻzgarishlarga duch keladi. Avvallari ustidan kulgan odamlar endi undan qocha boshlaydi. Maʼlum boʻladiki, “doʻstlik” ustunlik hissiga qurilgan ekan. Bunday munosabatlarda oʻzini ustun qoʻyishdan boshqa narsa boʻlmagan ekan…
Koʻp narsani tushunib yetgan Charli olamning kamalakrang emasligini koʻradi. Asarni oʻqigach, uning Amerika maktablarida majburiy oʻquv dasturiga bejizga kiritilmaganini tushunib yetasiz.
“Molxona” – Jorj Oruell
“Molxona” yoki “Hayvonlar xoʻjaligi” mashhur anti-utopiyachi Jorj Oruellning 1945-yilda bosib chiqarilgan satirik masal-qissasi hisoblanadi. Qissada Oruell hayvonlar xoʻjaligi misolida odamlar jamiyatining umumiy tenglik gʻoyalaridan diktatura va totalitarizm qurishgacha borishini tasvirlaydi. Yozuvchi bu asar orqali Sobiq Sovet davlatini satira yordamida nishonga olgan. Kitob oʻz janrining eng yaxshi namunalaridandir.
“Parvoz zavqi” – Richard Bax
Qushlarning kundalik ozuqa dardidagina yashashi, mazmunsiz va tor hayot kechirishini tushungan Jonatan Livingston ismli oqcharloq rivojlanish yoʻlini tanlaydi. U parvozni bir makondan boshqa makonga oʻtish va ozuqa topish vositasi boʻlib qolishiga qarshi chiqadi, parvoz hayot tarzi va sanʼatga aylanishi uchun harakat qiladi. Toʻdadan chetlashtirilgan Jonatan quvgʻindi sifatida hayot kechira boshlaydi va parvozni mukammallashtirishga oʻzini bagʻishlaydi.
Ilk bor 1970-yilda chop etilgan asar 1972-yil oxiriga borib million nusxada sotib boʻlinadi. Ruhlantiruvchi eng yaxshi badiiy asarlardan biri.
“Evrilish” – Frans Kafka
Frans Kafka asarining qahramoni Gregor Zamza – faqatgina moddiy ehtiyojlari bilan yashaydigan, uncha boy boʻlmagan parijlik oilaning oʻgʻli. Otasi, astma bilan kasallangan onasi va sevimli singlisi Greta – hammasi Gregorga qaram. Gregor oilasini boqish uchun tinmay ishlaydi, har doim ish safarlarida boʻladi. Bir kuni uyga kelganida u bilan dahshatli voqea sodir boʻladi: ertalab yotogʻida uygʻongan Gregor qoʻrqinchli hasharotga aylanib qolganini tushunadi. Oilaning sevimli aʼzosi darhol keraksiz mahluq boʻlib qoladi. Nahotki insonning tashqi belgilarigina uning insonligini bildirsa? Kafka shu va boshqa savollar ustida bosh qotirishga majbur qiladi. Bu kitob ekzestensializm oqiming eng yaxshi namunasidir.
“Kichkina shahzoda” – Antuan de Sent-Ekzyuperi
Kattalar uchun masal koʻrinishidagi ertakning bosh qahramoni oddiy gaplar bilan inson qalbining chuqur sarhadlarini ochib tashlaydi. Ilk bor 1943-yilning 6-aprelida nashr etilgan kitob vaqt oʻtib butun dunyo zamonaviy madaniyatining bir qismiga aylandi. Undan olingan iqtiboslarga duch kelmagan odam boʻlmasa kerak. Kichkina Shahzoda, shuningdek, qissaning boshqa qahramonlari koʻrinishini ham fransuz yozuvchisining oʻzi yaratgan.
Bugun ushbu kitobda hayot, koinot, mavjudlik haqidagi savollarga javoblar topish mumkin. “Kichkina shahzoda” asarini har safar oʻqir ekansiz, kitob yangilanib boraveradi, yangidan-yangi maʼnolar tuhfa etaveradi.
Bugun Debbi kitoblar bilan vaqt o'tkazdi. Orada o'zini instagrami uchun ham fotolar olibdi😁
#komiks #introvert
@kitob_ombori
Do‘stlar! Hammamizni ertaga Anor Books nashriyoti tomonidan nashr qilingan «Uyg‘onish» to‘plami hamda Shavkat Rahmonning saylanma asarlari taqdimotiga taklif qilishibdi.
Hijolat bo‘lmasdan, vaqt ajratib intellektuallar davrasidagi uchrashuvga o‘tilinoradi.
Inson hamma narsaga vaqt topa oladi.
Agar haqiqatan ham o‘sha narsani qilishni xohlasa.
F.M.Dostoyevskiy
@kitob_ombori
Falastin elchisi BBC muxbiriga: “Nega faqat falastinliklardan doim o‘z harakatlarini qoralashlarini kutasizlar, Isroil-chi?”
Falastinning Britaniyadagi diplomatik vakolatxonasi rahbari (de-fakto elchisi) Husam Zomlot BBC jonli efirida telekanalni Falastin-Isroil mojarosiga noxolis yondashishda aybladi. Kun.uz uning so‘zlarini o‘zbekchaga o‘girdi.
@kitob_ombori
18 yoshda boshqalar siz haqingizda nima deb o'ylashiga qiziqasiz.
40 yoshda endi siz ularga ahamiyat bermaysiz.
60 yoshda esa atrofdagilar siz haqingizda umuman o'ylamasligini tushunasiz.
@kitob_ombori
Ba'zida shunaqa zo‘r gaplar keladi. Uzun narsalar yozaman, ichimdan qaynab kelayotgan gaplar toshib, ko‘pib ketadi. Keyin qaytadan o‘qiymanda, o‘ylanib qolaman. Chunki u yozgan narsalarim kerakli odamlarga yetib bormaydi, borsa ham ular o‘qishmaydi, anglashmaydi. Bu yerda bo‘lganlarga esa bunday narsalar begona emas, ular buni allaqachon bilishadi, anglashadi, fikr qilishadi.
So‘ng u yozuvlarni o‘chirib tashlayman. Lekin yozish jarayonida ko‘p agressiyalarim chiqib ketar ekan. Yozishda gap ko‘p
Lekin bu haqiqatda.
Ko‘p kitob o‘qib uqqan odamni yashashi qiyinlashib ketadi.
Masalan meni olaylik. Oxirgi paytlar juda injiq bo‘lib ketganman. O‘qishlarda dars sifati emas, forma, davomat, yuzingdagi tabiiy tuking (soqol)ga qiziqqanlardan asabiym buziladi. Majlislarda chet el oligohlariga qanday grandlar yutish, qo‘shma xalqaro dasturlarda qatnashish shartlari, ilmda konkret natijaga erishgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazish haqida emas, qanday ma'rifatga erishish, o‘tgan ajdodlardan faxrlanish, doimo chizilgan chegaralardan chiqmaslik haqida va'zlardan zerikaverib oxiri esnashga ham erinib qolganman.
Ko‘chalarda katta yo‘l bo‘ylarida, eng odam gavjum joylarda axlat uyumlarini ko‘rsam g‘azablanib ketaman.
Piyodalar o‘tish yo‘lagi ustida tursam, zebrani ustida to‘xtab odam olib, odam tushiradigan shofyorlarga g‘ijinib qarayman.
Trotuarlarni o‘rtasida, piyodalarni mensimasdan mashinasi xohlagancha qo‘yib ketganlarni ko‘rsam, bo‘ralatib so‘kinadigan odam bo‘b ketganman.
Kommentariyaga 1, 2, 3 deb yozib, o‘zini «baxtli» his qiladiganlarga havas qilarkanman lekin. Sizlar naqadar noyob odamsizlar! Sizlar menimcha Homo Sapiensni yangi turisizlar!
Ko‘rdinglar, meni kitoblar shunaqa qivordi. Utopik jamiyatni odami qilib qo‘ydi. Menga ham qiyin😢
Ukam Samandar (@feelsarchive) kanalida qiziq chellenj boshlabdi. Chellenj doirasida 21 kun davomida bittadan hikoya oʻqib, u haqda yozib borarkan. Unga siz ham qo'shilishingiz va eng yangi chiqqan kitoblardan birini yutib olishingiz mumkin. Bunaqa chellenjlarni koʻproq boʻlgani yaxshi.
Читать полностью…Agar telefon o‘rnida doimo qo‘limizda Qur'on bo‘lganda holatimiz qanday bo‘lar edi?
“Biz Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz.
(Isro surasi, 82-oyat)
@kitob_ombori
⚡️Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti amerikalik Klaudiya Goldinga ayollarning mehnat bozoridagi roli haqidagi tadqiqoti uchun berildi.
Читать полностью…Dars qilishga yaxshi odatlanganlarni ishda ko‘rdim. Ular amaliy bilimlarni tez o‘zlashtirishadi, ishni puxta qilishadi. Yaxshi mutaxassis uy vazifasini qilib yuradi. Boshqalardan farqi shunda.
@kitob_ombori