kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Masjidning tahoratxonasiga ARISTON oberamiz, maktab hojatxonasiga esa bittagina obdasta obermaymiz!
To‘ylarda artistlarga pul sochamiz, sinfga parda desa, jonimiz chiqadi!

Ishxonada banket bo‘lsa xodimlarga «eriymiz», maktabdagi tadbirga kelganda o‘sha kuni ishimiz chiqib qoladi!

To‘y qilsak, qo‘shni qishloqdagi boylar ham aytilib, kechgacha ketkazmay mehmon qilamiz, bolamizning o‘qituvchisi esimizdan chiqib qoladi!

Mahallada bitta boy mashina olsa, "qandini ursin" deymiz-u, o‘qituvchi olsa "shartmikin, qorniga yemasdan mashina olish" deb ijirg‘anamiz!

Yilda bir marta remontga, obunaga pul yig‘ilsa "zakon"chiligimiz tutib qoladi, lekin bitmagan ishni "soqqa"sini berib bitirib, qonunni oyoqosti qilamiz!

Kunda-kunora oshnalarni, ishimiz tushgan odamlarni choyxonaga oboramiz, ammo o‘qituvchini bir marta mehmon qilmaganmiz!

Menga nima xizmat buyurarkan deb, boshlig‘imizning og‘ziga qarab turamiz-u, lekin o‘qituvchi muammodan gapirsa, og‘ziga uramiz!

Lekin O‘QITUVCHI birovning muruvvatiga yoki puliga muhtoj emas! Ozgina QADR va E’TIBOR topsa, shuning o‘zi kifoya!

Daftarga, remontga, obunaga, metallomga, gullarga, pardaga va boshqa chiqimlarga yig‘ilgan pul nimayam bo‘lardi! Nahot, shu pulga qarab qolgan deb o‘ylasak, O‘QITUVCHIni. Azbaroyi kasbini sevganidan yoki shuncha yillik bilimi uvol bo‘lmasligi uchun ishlayapti O‘QITUVCHI. Unutmang, ustoz otaday ulug‘!

Ijtimoiy tarmoqdan olindi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

MANA – MENING FIKRIM!

Har oy telefonimg‘a, iste’molchilar fikrini o‘rganyapmiz. Sizning fikringiz muhim, degan allambalo betayin xabar kelaverib, jong‘a tegdi. Iste’molchilarning huquqi enasini ko‘rib yotqon bir pallada, fikr so‘rashqa balo bormi, ey xom sut emgon bandalar?!
Senlarg‘a fikr kerakmi, mana bo‘lmasam, deb fikrlarimni ro‘yi-rost qog‘ozg‘a ko‘chirdim: 

1.   Qaysi bir oziq-ovqat do‘konig‘a qadam ranjida qilsangiz non, pechenye, makaron, quruqchoy, shakkar, un, sariyog‘ yonidag‘i kir sovun, raqqisovun, soda, skovuch, sichqontutar, pashshatutarlar birla achomlashib yotur.
Bung‘a ne deyursiz?
2.  Aksar ko‘chalarda perashqa, gumma, xot-dog‘u, hasip-dog‘... nonsotaru, ovqatsotarlarning na boshida oq shapka, na egnida oq halati bor.
Dunyoda eng zo‘r iflos shahar martabasig‘a erishqon Toshkandi azimda bunday yeguliklarni changga murabbodek botirib, mazza qilib oshayapmiz.
Bung‘a ne deyursiz?
3.  Sichqon sig‘mas inig‘a, g‘alvir bog‘lar dumig‘a: 12-13 nafar yo‘lovchi o‘rnig‘a 18-20 yo‘lovchini o‘tindek taxlab, paqir, teshik tog‘ora, ustalcha ustig‘a o‘tqazib, “g‘iyq-g‘iyq”illab, bir yonqa yonboshlab yuraturg‘on otam zamonidin qolg‘on marshrutlar qachon temir-tersak qabristonig‘a – metal zavodqa yo‘l oladur?
Bung‘a ne deyursiz?
4.  Mashinangizg‘a 4 zapravkada gaz urdirsangiz, 4 xil masofag‘acha yetib borursiz. Aning qanchasi gazu qanchasi havo?
Bung‘a ne deyursiz?
5.  Yo‘l solig‘i – hirmon-hirmon,
Yo‘llarimiz qo‘tir hamon.
Bung‘a ne deyursiz?
6.  Paxta yog‘ini qizdirsak, oshxonani loviyaning isi tutib ketadur. Pista yog‘idin pistaning isi kelmaydur, ajabo?..
            Bung‘a ne deyursiz?
7.  Molu qo‘ylarg‘a ming bir xil ukol, dori urilib, shishirilib yotur. Zoodo‘konda molning bir kasalig‘a yuzlab dori. Go‘sht yemoqdin ham hayiqasen kishi.
Bung‘a ne deyursiz?..

(Agar yana davom ettirsam, qog‘oz ozliq, qalam ojizliq qilur. Davom ettirmakni Siz azizlarg‘a qoldirdim, sizlar ne deyursiz?)

Toshpo‘lat QALANDAR

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kanalda siz uchun eng yoqqan post bormi va u qaysi?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Baxtni ishlab chiqarmay turib iste’mol qilishga haqqimiz yo‘q.

Bernard Shou

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Noyabr qat’iyatli oy. Sentyabr-u oktyabrdek nozlanmaydi. Yaxshi qol, deydi. Men endi yo‘qman, deydi. Ketayotganida eshikni qarsillatib yopadiyu, ketadi. 

Sovuq bo‘ladi noyabr. "Qalinroq kiyinsang-chi" deydi. "Soyaboningni yoningda olib yursang-chi!" deydi.

Vidodir noyabr. Yarmingni yuladiyu, ketadi!...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bosh miya tanadagi hamma a’zolarni yig‘ib majlis o‘tkazdi. Ko‘z, bosh, qo‘lni qattiq koyidi. Oyoq, qorin, tishlarga hayfsan berdi. Ichakka o‘zingni o‘ngla deb uch oy muhlat berdi. Oshqozonga ko‘p go‘sht yeb yuborgani uchun ogohlantirish e’lon qildi. Faqatgina jig‘ildonni yaxshi ishlayapsan, deya maqtadi. Bunday noo‘rin maqtovdan tinim bilmaydigan O‘pka qattiq o‘pkaladi va Yurakka shikoyat qildi. Yurak adolatli ekan, tomirlarga qat’iy tayinlab, Miyaga qon yetkazib berishni to‘xtatdi. Jig‘ildon Yurakning huzuriga yugurib kelib: "Bosh miyaga qon o‘tkazishni to‘xtatmang, xizmatni ayting, sadoqatli qulingizman, u meni pochcham" dedi. Ammo Yurak ko‘nmadi. Qarindoshchiliging uyingda bo‘ladi, bu yerda butun tanani sog‘lom ushlash kerak, dedi. Shu tarzda Bosh miya insult bo‘ldi. Tovba qildi va bundan keyin ishini bilib qilishga va’da berdi. Ammo uning bugungi gapi ertangi gapiga to‘g‘ri kelmasligiga, va’dabozligiga hech qaysi a’zo ishonmay qo‘ygani bois voz kechishdi. Tanadagi a’zolar miyasiz ham maromida ishlab ketdi.
Demak, hamma gap miyada emas, balki uni o‘z vaqtida to‘xtatishda ekan.

Izoh: bunday qurtlagan miyalar hamma joyda bor. Ana shundaylarning kasriga o‘sish yo‘q, o‘zgarish yo‘q. Bunday miyaning bahridan o‘tgan yutadi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Imom Buxoriyning bir shogirdlari u kishining bir tunda o‘n to‘qqiz marta uyqudan turib, nimalarnidir qog‘ozga qoralaganlarini aytadi.

Bir xizmatchi kitob ko‘pligidan xonalarida bo‘sh joy bo‘lmagani uchun hazrat uchun damlagan choyini qayerga qo‘yishni bilmagan ekan.

Bizda esa hayhotday uylar, hashamga burkangan xonalar bor, ammo bitta kitobimiz yo‘q. Biz tunda qilayotgan ishimiz haqida o‘ylash u yoqda tursin, adashib shirin uyqudan bir marta uyg‘onib ketsak, uyqum chala bo‘ldi, deb ming‘irlab yuramiz kun bo‘yi. U kishiga o‘xshab ish haqidagi rejalarni emas, birovlarning ustidan yozishni yaxshi ko‘ramiz.

Yozishga ko‘pam qiziqmang: yelkamizda yozayotganlar bor. Ular ko‘proq nimani yozyapti, shunga qiziqaylik.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

•Dadasi, tahoratingizga suv tayyorlab qo‘ydim.
• Dadasi, nonushta tayyor, turaqoling.
• Dadasi, tashqarida sovuq bo‘lyapti, qalin kurtkangizni kiyaqoling.
• Dadasi, yo‘llarda ehtiyot bo‘ling.
• Dadasi, tushlik qilib oling.
• Dadasi, kech qolmay keling.
• Dadasi, kelyapsizmi, taom tayyor bo‘ldi.
• Dadasi, charchamadingizmi.
Bular ayolning eriga “Dadasi, men sizni yaxshi ko‘raman” degan gapining turli uslubdagi izhorlari.
• Onasi, yaxshi o‘tiringlar, O‘ziga omonat.
• Onasi, ro‘zg‘orda nima kam, kelishimda nima olib kelay?
• Onasi, bolalarimiz seni qiynamadimi?
• Onasi, kun bo‘yi charchamadingmi?
• Onasi, pishirgan taoming juda mazali bo‘pti.
• Onasi, kiyininglar, ko‘chani aylanib kelamiz.
• Onasi, uzr, kel yarashaylik.
• Onasi, qanaqa ko‘ylak oberay?
• Onasi, meni duo qil.
Bular erning ayoliga “Onasi, seni yaxshi ko‘raman” degan gapining turlicha izhorlari.
Yaratgan Egam hamma oilalarni totuv, saodatli qilsin, janjaldan asrasin. Oila ne’matiga erishmaganlarga solih-soliha juftlar ato etsin.

✍️Nozimjon Hoshimjon

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yuzta chala mulladan bitta Muhammad yaxshi

Mahallaga yosh, ishchan deb bir yigitni saylashdi. Olti oyda bir ishni eplolmay, sharmanda bo‘lgani qoldi. Yosh, kreativ fikrlaydi deb, bankka rahbar bo‘lgan yigitning guli katta pora va o‘zlashtirish bilan qo‘lga tushdi.

Ko‘zi och, kitob ko‘rmagan, ammo amalcha berilib qolsa, har qanday davrada laqillab gapiradigan navqironlarga mutlaqo ishonmayman.

X bilan H ni farqiga bormaydigan, Navoiy, Qodiriydan gapirsangiz, kim ular, qatta savdo qiladi, deb so‘raydigan, Gitler kim desa, jim qolgandan ko‘ra yaxshi odam, deb og‘ziga kelgani bilan javob beradigan to‘nkalardan najot kutmang.

Yo‘lda moshinada ketayapsiz, oldindagi moshinadan baklajka uchib ketadi. Kim ekan bu befarosat, qaysi eshakning jiyani ekan deb borib qarasang bir xezimsifat kuydirgi bo‘lib chiqadi.

O‘ylab qolaman, qayerdan paydo bo‘layapti bunaqa befarq, piarga o‘ch, soxta narsalarga mukkasidan ketgan, hech narsani qadriga yetmaydigan avlod?
Ko‘p yillar sohaga umrini, qalbini bag‘ishlagan, tajribali, otamiz, bobomiz tengi odamlar bir ishga mas’ul etib qo‘yilsa kuladigan bo‘ldik.

Shu kulganlarning elliktasi bir bo‘lib ham o‘sha otaxonlarning ishini qilolmaydi. Shoir Muhammad Yusuf yozganidek, yuzta chala mulladan bitta Muhammad yaxshi...

Birovning joyiga, moliga, mansabiga hasad qilgandan ko‘ra, o‘zingizga insof tilang, o‘sha otaxonlarning yoshini so‘rang!"
Tovonga tikan bejiz kirmaydi, nazar qilinmasa, molbozorga dallol ham bo‘lolmaysan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Munofiq

U ochlikdan sillasi qurigan, chiroqlarsiz, gazlarsiz, suvlarsiz qolgan insonlarni «Shu holatimizga ham Xudoga shukr» deb turgan insonlarni videosini o‘zining katta auditoriyasiga ulashdi. So‘ng: «Ochilik va suvsizlikdan, og‘ir sharoitlarda birodarlarimiz kun kechirayotganda siz bilan bizning xursand bo‘lmog‘imiz harom!» deya izoh yozib o‘zining sahifasiga ulashdi-da, xizmatchi olib kelgan choyxona palovni ulfatlari bilan kulishgancha yeyishni boshladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Har shanba kino ulashar edim.
Kecha yodimdan ko‘tarilibdi. An'anani buzmaslik uchun bugun jo‘natyapman.

Ushbu kinoni hali o‘zim ko‘rib ulgirmadim. Ammo bir qanchasi maqtashdi. Og‘ir drama ekanligini bilaman. Oxirgi paytlarda fantastika, hayoliy olamlar tasvirlangan filmlarni emas, real hayotdagi voqeliklar, insonlarning umr yo‘llari haqidagi filmlar meni o‘ziga tortyapti.

Rostdan ham o‘ylab ko‘rsam, fantastika filmlar ta'siriga tushib, bema'ni orzularga, noma'lum kelajak haqida o‘y surishdan nima naf? Bugungi holatimizdan kelib chiqib quriladi o‘sha kelajak aslida...

Xullas filmni ko‘ringlar. Xulosa o‘zingizdan!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Britaniyalik yozuvchi ayol Doris Lessing 2007-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi. Doris Lessing insonlar kitobning mazmunidan ko‘ra nomlarni ko‘proq ulug‘lashlarini angladi. Bu fikrini isbotlash uchun bosmaxonaga Den Son nomidan ikkita yangi roman jo‘natdi. Bosmaxona romanlar yaxshi emasligi uchun ularni rad qildi.

Keyinchalik bu romanlar haqiqiy muallifi nomidan nashr qilindi. Doris Lessing insonlar kitoblar mazmunidan ko‘ra ko‘proq nomlarni ulug‘lashlarini isbot qildi.

***
Bir kitobga ruhingizni, butun borlig‘ingizni berasiz. Uni bosmaxonaga yuborasiz. Ular uni rad qilishadi. Bu sizning muvaffaqiyatsiz yozuvchi ekanligingizni anglatmaydi. Bor-yo‘g‘i bosmaxona avvalo foydaga qaraydi, iste’dodga emas!

Rad qilingan kitobingizni taniqli yozuvchining nomidan chiqarsangiz bosmaxonalar uni talashishadi.

Iste’dodingizni yerga urishlariga yo‘l qo‘ymang!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O‘tgan 16 yildan beri G‘azo sektori qamalda. Bu nima degani?

G'azo hududi dunyodagi eng katta ochiq osmon ostidagi qamoqxona hisoblanadi.

U yerda odamlarning harakatlanish erkinligi yo'q.
Hududga kirish va chiqishga ruxsatni Isroil hal qiladi. Falastinliklar yashash yoki yashamaslik, davolanish yoki davolanmaslik, yeyish yoki yemaslik haqidagina o‘z shaxsiy qarorlarini qabul qila olishadi xolos.

G'azo yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biridir. Bor-yo‘g‘i bir soat ichida yurib aylanib chiqish mumkin bo‘lgan ushbu kichik hududda 2 milliondan ortiq odam yashaydi. Ayni paytda ularning 90 foizi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda.

Har yili bosqinchi Isroil davlati anklavga havo hujumlarini amalga oshiradi. Jumladan, xalqaro hamjamiyat tomonidan taqiqlangan fosforli bombalardan foydalanadi.

Yil boshidan beri Isroil G‘azodan 86 nafar aholini o‘g‘irlab ketgan. Bugungi kunda Isroil qamoqxonalarida 5200 ga yaqin falastinlik saqlanadi. Achinarlisi ulardan 170 nafari bolalardir. Bundan ham dahshatlisi ular juda og‘ir sharoitlarda saqlanmoqda. Umuman olganda, Isroil 2015- yildan beri 9 mingdan ortiq falastinlik bolani hibsga olgan.

Shuni eslatib o'tishim kerakki, Isroil (davlati) bolalar harbiy tribunal tomonidan sudlanadigan va o'qqa tutilishi normal sanaladigan dunyodagi yagona mamlakat.
Joriy yil boshidan beri Isroil harbiylari 134 nafar bolani shafqatsizlarcha o‘ldirgan.

@eye_on_world

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

O‘zi qiyinchilik, tanglik bo‘lib, boshga dard, alam, sinov yetgan payt, hayotingda burilish nuqtasi bo‘lishi kerak.

Bunday paytda atrofingdagi insonlarni asl basharasi ochiladi. Ichidagi marazliklari yuzaga chiqadi.

Bunday paytda esingni yig‘ib atrofingdagi odamlarni bir saralab ol!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ushbu kunlarda bo‘layotgan voqealarni insoniyat abudul-abad unutmasligi kerak.
Bir millatga nisbatan muttaassib, johil, vahshiy bo‘lgan boshqa bir millatning noinsoniy xatti-harakatlar qilayotgani nafaqat u millatga, balki butun insoniyatga qarshi katta jinoyatdir!

Jaholatga qarshi faqatgina yuksak ilm va qat'iy e'tiqod bilan turmoqlik uchun katta bir ishora bu azizlar.

Ojiz, kuchsiz, chorasiz bo‘lib sizlarga yordam bera olmayotganimiz uchun kechiringlar bizni dindosh birodarlar. Qo‘limizdan faqat haqqingizga duo qilish keladi xolos(

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Diqqat! Piyodalar o‘tish joyida quyidagilar taqiqlangan:

▪️telefondan foydalanish;
▪️KITOBLARNI O‘QISH;
▪️video ko‘rish;
▪️qo‘shiq eshitish;
▪️e’tiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish.

Shuningdek, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish, 110 ming so‘m jarima solishga sabab bo‘ladi.

P.S: Ertaga kimdir chiqib «oxirgi yillar juda ko‘p kitob o‘qivoryapmiz» demasa bo‘ldi buyog‘iga😂

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir qayta o‘qishlik narsada😁


#🔞Ko‘nglingiz nozik bo‘lsa va ta'sirchan bo‘lsangiz iltimos o‘qimang!

1. Qizimni uxlashi uchun karovatiga yotqizdim, shunda u: «Dada, karovatning tagini tekshiring», dedi. Uni ovutish uchun karovat tagiga qaradim. Ne koʼz bilan koʼrayki, karovat tagida qizcham daxshatga tushgan koʼzlari bilan menga jovdirab turar va titroq ovozda gapirardi: «Dada, mening karovatim ustida kimdir oʼtiribdi»...

• • •

2. Derazaning taqqillashidan uygʼonib ketdim. Dastlab, kimdir derazamni taqqillatdi, deb oʼyladim. Soʼng yana taqqillagan ovoz eshitdim... Bu taqqillash endi koʼzgudan eshitilardi...

• • •

3. Yotoqxonam derazasi ortida, qorongʼulikdan menga tabassum qilib turgan yuz koʼrindi. Men 14chi qavatda yashayman...

• • •

4. Onam meni oshxonadan chaqirganligini eshitdim va oshxona tomonga yurdim. Yoʼlakdagi boshqa xonadan onamning shivirlagan ovozi eshitildi: «Men ham eshitdim u ovozni, u yoqqa borma»...

• • •

5. Tongda uygʼonib telefonimga qaradim. Uxlayotganim suratga tushirilgan. Men uyda yolgʼiz yashayman...

• • •

6. Koʼzguga qarab soqolimni olayotgan edim, oynadagi aksim menga koʼzini qisdi...

• • •

7. U nega ikkita soya turganini hecham tushunolmasdi. Chunki, xonada bor yoʼgʼi bitta lampochka bor edi...

• • •

8. Ishdan yarim kechada charchagan axvolda uyga qaytdim. Chiroqni yoqish uchun "vklyuchatel"ni paypaslab qidirdim. "Vklyuchatel" oʼrnida kimningdir qoʼllari turar edi...

• • •

9. Yarim tun. Qattiq uyquga ketganman. Nogoh, kimdir mening ismimni aytib shivirladi. Men uyda yolgʼiz yashardim...

• • •

10. Uyga kelganimda oshxonadan onam chaqirdi: «Ovqatga kel».., va shu paytning oʼzida telefonimga onamdan SMS keldi: «Uyga kech qaytaman, ovqat muzlatgichda turibdi...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Men uchun muvaffaqqiyat nima? Bu - avvalo, bugungi kunning erishgan natijalari bilan qoniqmasdan, balki ertangi kunning rejalarini tuzish. Bugungi kun va uning natijalari - tarix va uni bir sahifasidir. Tarixni esa - har kuni, har soatda yaratish darkor. Mana bu - haqiqiy muvaffaqiyatdir!"

Ser Aleks Fergyuson - "Mening avtobiografiyam"
Manchester Yunayted" futbol jamoasining sobiq murabbiyi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dushman tanqidiga eng munosib javob — tabassum qilish va unutishdir.

Vladimir Nabokov

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hayotdagi muvaffaqiyatsizligingning eng muhim sababi, barchaning diqqat markazidaman, hamma men bilan mashgʻul, deb oʻylashingdir. Ishon menga, sen hech kimni qiziqtirmaysan.

Fyodor Dostoyevskiy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hindistonga borib kelgan bir tanishimiz: "Juda xarob, ko‘chalarida badbo‘y hid anqiydigan mamlakat ekan, o‘n kun zo‘rg‘a chidadim" deydi. Boshqa bir tanishimiz esa Mahatma Gandining yurtiga sayohatini bunday izohladi: "Hindlarga qoyil qoldim, yashashi yupun bo‘lsa-da, ruhi baland, bittasi qo‘shiq aytsa boshqalari ham qo‘shilib aytadi!"
Ko‘pchilik mensimaydigan Hindiston texnologiya, farmasevtika, tibbiyotda eng peshqadam davlatlardan biri. Ular ovqat yemasa, yemaydiki, bolasini o‘qitadi. Qo‘shnim kuyib o‘lsin deb, chiranib uch qavatli uy qurmaydi, topganini farzandining bilim olishiga sarflaydi. To‘pig‘igacha qarzga botib, to‘y qilmaydi ular. Biz esa ayyuhannos solishni juda joyiga qo‘yamiz, choyxonalardan chiqmaymiz, ammo farzandimiz uchun qachon kitob olib berganimizni eslolmaymiz. Ishdan uyga borib ham, uydan ishga kelib ham ijtimoiy tarmoqdan bosh ko‘tara olmayotganlar oramizda ozmunchami?
Biz qachon yaponlarga o‘xshab qat’iy tartibga o‘tamiz?
Birovning haqini yeyish u yoqda tursin, umuman bu haqda o‘ylashni ham bilmaydigan nemislardek bo‘la olamizmi?
Xitoyda poraxo‘rlar otib tashlanishi odatiy holga aylanganidek, bizda ham kalamushlarga chin qiron qachon keladi?
O‘tamiz!
Bo‘lamiz!
Shu kunlar albatta keladi.
Faqat buning uchun o‘qish kerak.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"Men umrim davomida chet tilini asl mohiyat asosida o‘rganishni taklif qiluvchi hech bir kursni yoxud dasturni ko‘rganim yo‘q. Aksariyat kurslar hech qanday tahlillarsiz, «temir qoida»lar asosida ta’lim beradilar va natijada biz bir necha yillar davomida o‘zga tilning tumanli yo‘llarida besamar izg‘iymiz. Bizga uzoq yillik, ammo kam natijali usullarni yoki hali amalda sinab ko‘rilmagan yangi usullarni taklif qiladilar.
Bir kunda bir necha soat shug‘ullanish bilan hech qaysi tilni o‘rganib bo‘lmaydi. Bu narsa konserva bankasida okeanda suzishday bir gap...

.... Bu yo‘nalishda ko‘zlangan niyatga erishish uchun yil davomida kamida ming soat shug‘ullanish kerak. Bundan tashqari o‘rganilayotgan tilda yozilgan uch ming sahifadan iborat matnni o‘qib, tarjima qilish lozim. Bu mashg‘ulot kishidan qat’iy rejani talab qiladi. Agar bir kunda til o‘rganish uchun uch soat vaqt ajratgan bo‘lsangiz, uning ikki soatini o‘rganishga, bir soatini esa dialog yoki matnlarni tinglashga sarf qiling. Shundan keyin ikki yoki uch soat davomida matn o‘qing va tarjima qiling. Avvaliga lug‘atlardan foydalanasiz. Asta-sekin so‘zlarning tarjimasi xotirangizda qoladigan bo‘ladi. Bu ko‘r-ko‘rona lug‘at yodlashga karaganda ancha samarali va foydali usul. Bir yildan keyin qarabsizki, chet tili sizga o‘z ona tilingizday qadrdon bo‘lib qoladi."

N. F. Zamyatkin "Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi" kitobidan

imaginative_girl

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

OL-A DESANGIZ HAM LEKIN BU FAKT!

O‘g‘il bolaning miyasida qiz bolanikidan to‘rt millionta ko‘p hujayra bor, ammo testlarda ayollar 3% ko‘proq natijaga ega. Ayollarning miya qatlamlari bir-biri bilan 30 % ziyod nervlar bilan bog‘langan. Ayol bir vaqtning o‘zida ko‘p masalalarni yechishda davom etadi, erkak muayyan ishga asosli ravishda kirishadi va tugal hal qiladi. Erkak jangchi va ovchidir, u raqibini yo ovini ko‘zdan qochirmasligi kerak. Ayol esa bir vaqtning o‘zida o‘nlab ishlarni ko‘z ostiga oladi: masalan, ovqat qiladi, bolani ham kuzatadi va ayni paytda uyni sarishtalab, ozgina vaqt qolsa, paypoq ham to‘qib ketaveradi.
O‘g‘il bola va qiz bola hatto turlicha uxlaydi, neyrologlar buni biladi: uyqu paytida erkak miyasining elektron faolligi 70% pastlaydi, ayolning miyasi esa – bor-yo‘g‘i 10% pastlaydi, ya’ni uyni va bolalarni “qo‘riqlaydi”. Bola yig‘lasa ham ota uxlayveradi, ona jigarbandining salgina ortiqcha xo‘rsinishini ham eshitib yotadi.
Erkak miyasining chap yarim shari nutq va uch o‘lchamli ko‘rish uchun mas’uldir, shuning uchun agar erkakning shu tomoni lat yesa, u nutqdan qoladi. Ayolning nutqi uchun ikkita yarim shari ham javobgardir, shuning uchun undoq-bundoq jarohatlanganda ham tildan qolavermaydi. Erkakning nutqi atamalar va rang-barang so‘zlarga boy bo‘ladi, ayolning nutqida so‘z kam bo‘lsa-da, his-hayajon, nola va ohang ziyodadir, ayollarning suhbati ta’sir kuchi katta, shuning uchun ayollar muallim va tarbiyachilikni yaxshi eplaydi. Erkak bir kunda 4000 so‘z aytsa, ayollar 8000dan ziyod so‘z, 10 000 ziyod noverbal tovushlar chiqaradi. Ayollar ko‘pincha kim bilandir suhbatlashsa, erkaklar ko‘pincha – o‘zi bilan o‘zi suhbatlashayotgan bo‘ladi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

...
-Kim yig‘latdi sizni?
-Yig‘labmanmi?
-Ko‘zingiz, kiprikingiz....
-O‘zi shunaqa...

"O‘tkan kunlar" romanidan


Javobni qarang! "O‘zi shunaqa" emish! Yurakni sindirib soladigan javob bu! Otabekning dunyosini ostin-ustin qiladigan javob bu! Shu ikkitagina so‘zga osmonga yetgulik dod-u faryodlar cho‘kib turibdi! "Bundan keyin shundoq qiyofada yashash menga qismat endi", degani bu. "Siz tufayli diydasi giryonlar safiga qo‘shildim", degani bu. "Yuzimning oftobi so‘ndi, bundan buyon meni ko‘z yoshlarim dengizidan topaverasiz endi", degani bu!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

«Dunyoda oq ayiqlar qirilib ketmoqda!»
«Biz global issiqlik tomon ketyapmiz! Sayyoramizni asrang!»
«Oziq ovqat inqirozi ostonasida turibmiz!»
«Ayollarni huquqlarini kengaytiring» kabi va hokazo ommaviy davatlarni deyarli har kuni eshitish odatiy holga aylanib qolmoqda. Odamlar mana shunday shiorlar bilan ommaviy noroziliklar qilishadi. Bir maqsad yo‘lida birlashishadi.

Ammo hech kim «Ey insonlar, bir-biringizga mehribonroq bo‘linglar. Ota-onangizga shafqat ko‘rsatinglar. Sizga ishonganlarga xiyonat qilmanglar. Oilangizni doimo muhofaza qilinglar. Farzandlaringizni tarbiyasiga, ilm olishiga e'tibor bo‘linglar. Ularni tirik yetim holatiga qoldirmaslik uchun ajrashmanglar!» demaydi. Asl muammolarni negizi qolib, uning oqibatlari bilan kurashaveramiz-kurashaveramiz. Natija esa afsuski o‘zgarmaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

No comment

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mening hayotimni muhokama qilishdan oldin, mening oyoq kiyimimni kiy va men yurgan yoʻllardan, koʻchalardan, togʻ va tekisliklardan yurib oʻt.

Dard, alam va halovatini totib koʻr. Men yurib oʻtgan yillardan oʻt, men qoqilgan toshlarga sen ham qoqil. Boshqatdan oyoqqa tur va ayni yoʻlda yana takror davom et, xuddi men davom etganim kabi.

Faqat mana shulardan keyingina meni muhokama qila olasan. Oʻtib ketar deganlarimni, boshimdan oʻtkazdim. Tugab qolar deganlarimni, tugatdim. Nafratlanganlarimni oʻchirdim, bas endi yetar, dedim.

Ortda qoldirganlarim esa, mendan hisob soʻrashga harakat qilmasin. Farqiga borganim uchun bugun borsiz, Voz kechganim uchun bugun yoʻqsiz.

— Jaloliddin Rumiy

P.S: e'tiqod va falsafani bir-biriga zid deydiganlar tasavvuf namoyondalari hamda ularni kitoblariga murojaat qilsa bo‘ladi. Tasavvufni o‘qish va o‘rganish mobaynida kishi o‘zi uchun boshqa bir orombahsh, ajoyibotlarga to‘la olam sari nazar tashlaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Falastinning G'azosida atigi 20 kun ichida Isroil havo hujumlari natijasida halok bo'lgan falastinliklarning ismlari ro‘yxati...

Butun boshli oilalar butunlay yo‘q bo‘lib ketgan(

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Gʻoya agar dastavval absurd bo‘lib tuyulmasa, demak undan umid yo‘q.

Albert Eynshteyn

P.S: absurd «be'manilik» degani

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Erix Mariya Remarkning "Qarzga olingan umr" kitobida esimda qolgan bir jumla bor. Bot-bot yodimga kelib qoladi.

"Oxirgi urushda hamma, agar omon qolsa, oldingi xatolarni takrorlamaslikka qasam ichgan. Inson unutishning buyuk ustasidir".

Ajoyib roman-a? Kim o'qidigan?

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel