Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
OROL
Oldos Hakslining «Ajib yangi dunyo» sini o‘qiganlar biladiki, adib tasvirlagan dunyoda odamlar tabiiy tug‘ilmaydi. Ularni xuddi inkubator tovuqlardek ko‘paytiriladi. Bir xil ko‘rinish, fikrlash, va mafkuraga ega «natural qullar» yetishtiriladi. Ularga odam emas buyumdek qarashadi.
Ushbu kino Haksli yaratgan dunyoni real holda tasavvur etishga yordam beradi.
#kinotavsiya
@kitob_ombori
"Velosiped - bu sayyoraning sekin o'limi."
"Bir bankir iqtisodchilarni quydagi gaplari bilan o'ylashga majbur qilgan ekan:
- Velosipedchi mamlakat iqtisodiyoti uchun falokat: u mashina sotib olmaydi va sotib olish uchun qarz olmaydi. U sug'urta polislarini to'lamaydi. Yoqilg'i sotib olmaydi, mashinaga xizmat ko'rsatish uchun pul to'lamaydi va hech qanday ta'mirlash ham kerak emas. U pullik avtoturargohlardan foydalanmaydi. Kattaroq avtohalokatga ham uchramaydi. U uchun ko'p liniyali avtomobil yo'llari kerak emas.
U semirib ketmaydi.
Sog'lom odamlar iqtisodiyot uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Ular dori sotib olishmaydi. Ular kasalxonaga yoki shifokorlarga borishmaydi.
Ular mamlakat yalpi ichki mahsulotiga hech qanday hissa qo'shmaydi.
"Aksincha, McDonald turgan bitgani "foyda". Har bir yangi McDonald's do'konida kamida 30 ta ish o'rni yaratilishidan tashqari, yana 10 kardiolog, 10 stomatolog, 10 dietologga ham ish o'rini yaratiladi."
Aql bilan tanlang: velosipedmi yoki McDonald'smi? Bu haqida o'ylash kerak." ~ Emerik Sillo
@kitob_ombori
- Toʻtiqushni nima qilasiz, buvijon? - deb soʻradim yetib kelganimizdan soʻng.
- Kechki paytlarga-da, - javob berdi u.
- Nima uchun kechki paytlarga?
- Gapirishni biladi-da. Kechqurunlari gaplashib oʻtiramiz... yolgʻizligim bilinmaydi...
Erix Mariya Remark
#iqtibos
@kitob_ombori
Mening dushmanlarim yo‘q. Mening bor dushmanim o‘zim. Hech kim menga o‘zim kabi yomonlik qilmagan. Hech kim meni kamsitmadi. Bo‘lishim kerak bo‘lmagan o‘rinlarga o‘zimni urdim. Bu o‘rinlar men kirib qolgan berk ko‘chalardir. Undan hech kimning yordamisiz o‘zim chiqishim kerak!
Suyanadigan yelka kerak emas menga. O‘zimga suyanishni bilaman. Menga aso kerak emas. Asolar ko‘zi ko‘rlar uchun. Mening ko‘zlarim ko‘radi. Inson nafsi bilan kurashar ekan, unga o‘zi kirishmog‘i lozim!
Men insonlarga qarshi o‘ylamasdan gapirmayman. Mening hadafim nafsim. Qo‘lim bilan jarohatimni bosaman!
E’tibor berilmagan jarohat tuzalmaydi. Bir kishi yig‘lasa uni urishishga hech kimning haqqi yo‘q.
Hammaning o‘z yig‘lash uslubi bor.
Kimdir surat chizish orqali yig‘laydi.
Kimdir kuylaydi.
Kimdir yolg‘izlanadi.
Kimdir uzoqlashadi.
Men esa yozaman!
#tafakkur
@kitob_ombori
Juda falsafiy gap bo‘libdi. Bu gaplarni o‘qib uzooooq o‘ylanib qolasan kishi🙄
Bu e'lon Afg'onistonda yozilgan bo'lsa kerak
#offtop
@kitob_ombori
Bir xil fikrlaydigan millat o‘lik millat. Chunki u haqiqatda fikrlamayapti. Bir xil fikrlash aslida fikrlamaslikdir.
#iqtibos
Ali Shariatiy
@kitob_ombori
Imom Zahabiy rahimahulloh “Devoni zu’afo” asarida o‘zi haqida bayon qilib, haqiqiy ismini zikr qiladi va shunday deydi: “Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Foriqiy...Xotirasi yaxshi emas, taqvodorlardan emas. Alloh unga rahm qilsin... Yana “Moʻjamul muhaddisiyn” asarida ham o‘zi haqida shunday yozadi: “Ta’lifchalar jamlagan, u (asarlarni) foydali deyishadi. Jamoat (musulmonlar) uni fazilatli sanab, maqtashadi. U bo‘lsa, o‘zining ilm va amaldagi nuqsoni haqida xabar beradi, vallohul musta’an. Laa havla va laa quvvata illa bihi. Agarchi iymonim salomat bo‘lsa, shoyad najotga erishurman”.
Men shunday deyman: “Yuksak ilmiy manzilalari va baland martaba va qadr-qimmatlariga qaramay o‘zlarini kichik sanashlari – ulamolarning tavozu’si hamda kibor olimlarning odobidir. Qaniydi, ilm toliblari ana shu sharafli, muhtaram ulamolarning misollari, ibratlariga iqtido qilishsa, ergashishsa”.
Muhammad Abdulhakim ibn Said Abdulloh.
Izoh: Imom Zahabiy kim bo‘lganlar? Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy - o‘z asrining buyuk olimi, muhaddis va hofizlar gultoji, Islom olamining yetuk tarixchisi. Alloma Tojiddin Subkiy u zot haqlarida: «Imom Zahabiy o‘z asrining ham ma’nan, ham lafzan zahabi (oltini) edi», degan. Imom Zahabiy 100ga yaqin asar ta’lif etgan bo‘lib, eng mashhurlari: «Tarixul Islom» (36 juz), “As-siyratun nabaviya”, va “Siyaru a’lomin nubalo” (4 juz) asarlaridir.
@kitob_ombori
O‘zing xulosa qil.
1. "Kitob o‘qisam uyqim keladi" - deganingda, kitob o‘qiydigan va o‘qimaydigan do‘stlaringni dunyoqarashini taqqosla.
2. "Uyga borib hammasini qazo qilib o‘qib olaman" - deganingda, taqvodor do‘sting va o‘zingga o‘xshagan do‘stingni qalbidagi sakiynatni o‘zlaridan so‘rab ko‘r.
3. "Bugun charchadim, ertadan kunda to‘rt bet o‘qishni yo‘lga qo‘yaman" - deganingda, muntazam ravishda Furqonni o‘qib boradigan va o‘qimaydigan tanishingni yuzidagi nurning farqiga boq.
4. Dars qilib charchab, "Rosa zerikdimda shu dars qilishdan" - deganingda, yoshligida ilm olgan va yoshligini o‘yin kulguda o‘tkazgan tanishlaringni hozirgi holatiga boq.
5. Beshinchisini izohlarda yozib qoldir.
Sabr qil!
@kitob_ombori
* * *
Қийналади офтобни кутиб
Ёмғирларда ивиган шаҳар...
...Ухлаб қолдинг, йиғлаб, қон ютиб,
Кўринганда уфқда саҳар.
Мен тақдиримдан ҳеч нолимайман,
Гар алмашди шомга тонгимни.
Олиб келди бу оқшом билан
Узоқларда қолган жонимни.
Менинг сарсон умримга ойдин
Ривож тилаб у чекди фиғон.
Оёғини тавоф қилдим мен —
Дунёда энг омадсиз ўғлон.
У ҳеч нарса қилмади талаб,
Минг ўргилди қошу кўзимдан.
Унинг қаро сочларни силаб,
Бу тун кечдим ҳатто ўзимдан.
Ёмғир ёғди майда-майдалаб,
Майда-майда бўлди юрагим.
Тонг отгунча қайта-қайталаб,
"Севасанми" дея сўрадим.
Қийналади офтобни кутиб,
Ёмғирларда ивиган шаҳар...
...Сен кетасан қайга қон ютиб,
Мени қайга бошлайди саҳар?
Усмон Азим
@kitob_ombori
Olimlar mana shunday bo‘lishgan
«O‘zimga dedim: Kim mendan ko‘ra ko‘proq kitob o‘qiydi? Hozir yoshim yetmishda ekan, bolaligimdan beri kuniga yuz betdan kamroq kitob o‘qiyman. Ba’zan uch yuz betdan ko‘proq ham o‘qiyman. Ishim faqat o‘qish bo‘lar edi. Bemor bo‘lsam yoki safarda bo‘lsamgina bu odatni tark etardim. Umrim bo‘yi qancha o‘qidim ekan, deya taxminan hisobladim. Yarim million betdan ko‘proq o‘qibman. Mendan ham ko‘proq o‘qiganlardan esa ustoz Aqqodni, amir Shakib Arslonni, Muhammad Kurd Alini va Muhibiddin Hatibni bilaman. Ularni Alloh rahmatiga olsin».
Shayx Ali Tantoviy
@kitob_ombori
Be'mani kun tartibini yozadigan "bookblog"lar bilan haqiqiy bookblog'larni farqiga boradiganlar uchun)
Читать полностью…Meni men o‘qigan kitoblar ichidan izla.
@kitob_ombori
Vaqtingizni tushuntirish va sharhlarga (uni istamagan odamlarga) behuda sarflamang. Odamlar baribir o‘zlari eshitishni xohlagan narsalarnigina eshitishadi.
@kitob_ombori
Deyarli hech kim o'z xohishiga ko'ra baxtli bo'lishga jur'at etmaydi. Hamma boshqalar kabi baxtli bo'lishni xohlaydi.
Gabriel Bonnot
@kitob_ombori
Ishxona /oilaviy guruhlaridagi suhbatlar sizning ruhiy salomatligingizni buzishi mumkin. Insider nashri bu mavzuga aloqador maqola chop etibdi.
Maqolaning qisqa xulosasi:
Guruhlardagi suhbatlar vahima qo'zg'atadi. Bu vahimalar biror gap/yangiliklarni o'tkazib yuborish qo'rquvi tufayli yuzaga keladi.
Bir kishi kuniga o'rtacha 26 daqiqani faqat chatlarni kuzatishga sarflaydi. Guruhlarda nimadir yozish esa insondan kamida huddi shuncha vaqt talab etadi.
Bunday guruhlarda doimiy faol bo‘lgan odam, ruhiy salomatlik bilan bog'liq muammolarni boshdan kechiradi. Masalan, kayfiyatning keskin o'zgarishi, obsesif qo'rquv, asabiylashish, jizzakilik kabi holatlar buning yaqqol misoli bo‘la oladi.
O‘zingizni va boshqalarni vaqti hamda salomatligiga zarar yetkazmang!
@kitob_ombori
Kitoblar haqida siz bilishingiz kerak bo‘lgan faktlar
XIX asrda Rossiyada kitoblarni Yangi yil sovg'asi sifatida, ko'pincha muallifning dasxati tushirilgan holatda sovg‘a qilish moda edi.
Frans Kafka o'limidan so'ng do'stidan o‘zining barcha asarlarini yo'q qilishni so'ragan ekan. Baxtimizga do‘sti uning bu iltimosini bajarmagan.
Qadimgi Misrda kitoblar sehrli hisoblangan va ularning narxi hatto o‘rtacha uylarning narxiga teng bo'lgan.
Xorxe Luis Borxesning "Bobil kutubxonasi" - insoniyat yaratgan barcha kitoblarni o'z ichiga olgan kutubxona haqida qisqacha hikoya.
Frensis Skott Fitsjeraldning "Buyuk Getsbi" romani birinchi marta nashr etilganda, deyarli e'tiborga olinmagan. Ammo hozir asar eng mashhur Amerika romanlaridan biri hisoblanadi.
Garri Potter butun dunyo bo'ylab bestseller bo'lishidan oldin, kitobning birinchi nashri atigi 500 nusxada sotilgan.
#faktlar
@kitob_ombori
Bugun taniqli rus adiblaridan biri Fyodor Dostoyevskiyning tavallud kuni!
Fyodor Mixaylovich Dostoevskiy 1821-yil 11-noyabrda Moskvada tavallud topgan rus yozuvchisi, mutafakkiri, faylasuf va publitsisti.
1877-yildan Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasining a'zosi. YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra jahon adabiyotining klassikasi, dunyodagi eng ko'p o'qiladigan yozuvchilardan biri.
Dostoyevskiyning to'plangan asarlari 12 roman, to'rtta qissa, 16 hikoya va boshqa ko'plab asarlardan iborat. Yozuvchining “O‘lik uydan maktublar" qissasi kabi ilk asarlari psixologik nasr janrining paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan.
U Petrashevchilar ishi bo'yicha to'rt yillik og'ir mehnatga hukm qilingan va jazoni Omsk harbiy shahrida o'tagan. O'limidan so'ng Dostoyevskiy rus adabiyotining klassikasi va jahon ahamiyatiga ega eng yaxshi roman mualliflaridan biri sifatida tan olingan. Rus adabiyotida personalizm yo'nalishining ilk vakili hisoblandi.
Siz Dostoyevskiy ijodi bilan tanishmisiz?
#kun_kishisi
@kitob_ombori
😎Markezning hiylasi
Markezning so'nggi adabiy asarlaridan biri «Вспоминая моих грустных шлюх» 2004-yilda nashr etilgan.
Rasmiy nashriyot tomonidan kitob nashr qilinishidan oldin asar qo'lyozmalari "qaroqchi noshirlar" qo'liga tushib qoladi va mualliflik huquqisiz ommaviy nashr qila boshlashadi.
Bu holatdan xabar topgan Markez bu "o'g'rilar"ga unutilmas va ajoyib saboq berib qo'yadi. Kolumbiyalik yozuvchi xech kimga ariza ham yozmaydi, sudlashmaydi ham. Shunchaki asarining yakuniy qismini o'zgartirib qo'yadi, Bu voqea jamotchilikka oshkor bo'lganidan so'ng adib asarlari bir necha hafta ichida milliondan ortiq nusxada sotiladi.
Round! 🤓
#mashxurlarhayoti
@kitob_ombori
🤖Milliy kinolarimiz sun’iy intellekt talqinida
Barchamiz sevib tomosha qiladigan milliy filmlarimizning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan animatsion ko'rinishi.
❓Siz qaysi filmlarni animatsion film sifatida ham ko‘rishni xohlar edingiz?
#suniyintellekt
@kitob_ombori
O‘ZIDA BO‘LMAGAN KISHI HAM BERA OLADI!
Hali bosmaxonalar mavjud bo‘lmagan paytda imperator Karl yozuvchi va nusxa ko‘chiruvchilar guruhini shakllantirdi. O‘sha davrda Aaxen shahrida asrning eng afzal kutubxonasini tashkil qildi. Ko‘pchilikning o‘qishiga sababchi bo‘lgan Karlning o‘zi o‘qishni bilmas edi. U milodiy 814 yilning boshida o‘qishni o‘rganmasdan vafot etib ketdi!
Bizga “o‘zida bo‘lmagan kishi birovga bera olmaydi”, deb o‘rgatishgan. Bu qoida hayotning ko‘p jabhalarida to‘g‘ri kelmaydi. Bu, Yerning quyosh atrofida aylanishi, metallarning issiqda cho‘zilishi, losos baliqlari, sho‘r suvli dengizdan, tuxum qo‘yish uchun oqimga qarshi suzib, chuchuk suvli anhorlarga kelishi kabi o‘zgarmas qonun emas.
Gohida o‘zida bo‘lmagan kishi ham o‘zgalarga bera oladi. Chunki u mahrumlik olovida kuyib ko‘rgan. Ba’zilar shu darajada oliyjanob bo‘lishadiki, o‘zlari totgan alamni o‘zgalar totmasligini istashadi. Topa olmaydigan narsasini bera oladigan kishi, topa oladigan narsasini bera oladigan kishidan ming karra saxiyroqdir!
Ilmli insonning jaholatni yo‘qotish uchun kurashishi ajablanarli emas. Ammo ilmi bo‘lmagan insonning boshqalarni ilmli qilish uchun harakat qilishi ajablanarlidir. Chunki u bilimsizlik olovida kuyib ko‘rgan!
Boy kishining faqirning qo‘liga sadaqa qo‘yishidan ajablanmasa bo‘ladi. Ammo o‘zi faqir bo‘lsada, o‘zi kabi boshqa bir faqirning qo‘liga sadaqa qo‘yadigan kishining ishidan har qancha ajablansa arziydi. Chunki u ham muhtojlik alamini totib ko‘rgan!
Otasining bag‘rida aziz va mukarram bo‘lib ulg‘aygan kishining o‘z farzandlariga ham shunaqa muomalada bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi ajablanarli emas. Ammo yoshligida otasi tashlab ketgan kishining o‘z farzandlariga shafqatli ota bo‘lishidan har qancha taajjub qilsa arziydi!
Zaiflarni suyaydigan kuchli insondan ajablanmasa ham bo‘ladi. Ammo zaif insonning o‘zi kabi boshqa bir zaifni qo‘llashidan har qancha ajablansa arziydi!
Hayotdagi qiymatimiz undan olayotgan narsamizga bog‘liq emas, aksincha unga nima berishimizga bog‘liq. Bizga nisbatan quyoshning qiymati uning kattaligida emas. Quyoshning qiymati bizga berayotgan yorug‘ligi va issiqligidadir!
Ba’zilar bemordir. O‘zgalardan alamlarini boshqalar orqali olishadi. O‘zi mahrum bo‘lgani uchun boshqalarni ham mahrum qiladi. Xotiniga xuddi qulga qilgan muomalani qiladi. Chunki extimol uning otasi onasiga shunaqa muomala qilgandir. Bu ishi bilan go‘yo otasidan alamini olgan bo‘ladi!
Boshqa bir insonning ham otasi onasiga zulm qilgan. Ammo o‘g‘il xotiniga chiroyli muomalada bo‘ladi. Chunki u onasini qanchalar azob chekkanini biladi. Eng sharafli inson ana shudir!
Mazlum zulmning nimaligini hammadan ko‘ra yaxshiroq biladi. Mahrum inson mahrumlik nimaligini hammadan ko‘ra yaxshi biladi. Shunday bo‘lsada, ba’zida mazlumning ham zulm qilayotganini ko‘ramiz!
Kelinglar, sharafli inson bo‘lamiz. O‘zimizda bo‘lmagan narsani o‘zgalarga taqdim qilib yuqoridagi bizga o‘rgatilgan qoidani buzamiz!
Abduqodir Polvonov
#tafakkur
@kitob_ombori
Atrofingizda sizni sabablarga
suyanmay seva oladigan,
ketsangiz sog‘inadigan
insonlar bor ekan,
sizni o‘lim ham o‘ldirolmaydi.
Qalblarda yashaysiz.
@kitob_ombori
Andijon davlat chet tillari institutida o'qiydigan obunachilarimiz bormi?
Читать полностью…Yomg‘ir haqida qo‘shiq izlagan edim. Negadir bari sevgi-muhabbat haqidagi qo‘shiqlar chiqyapti.
U bu qo‘shiq ulashib ketinglarchi
Birgina o‘pich farzandimni o‘zgartirdi
O‘g‘lim huquqshunoslik fakultetida talaba edi. Men u bilan juda ko‘p tortishib qolardim. Biror bir kun uni koyishdan, u bilan gap talashishdan xoli o‘tmas edi. Oxiri toqatim toq bo‘lib o‘z o‘g‘limni ko‘rganda bezillaydigan bo‘lib qoldim. Uning ham menga munosabati bundan yomon bo‘lsa, yomon ediki, yaxshi emasdi. O‘g‘lim bilan o‘rtamizdagi sovuqchilikka sabab bo‘layotgan narsa uning darslariga beparvoligi edi.
Bir kuni kechasi xonasining oldidan o‘tayotib eshigining qiya ochiq qolganiga ko‘zim tushdi. Ichkariga qarasam, o‘g‘lim ustini yopmay uxlab qolibdi. Xonasiga kirdim-da, ustini yopib, eshik tarafga qarab yurdim. Eshik dastasini ushladim hamki, birdan o‘g‘limni o‘pib qo‘yish xayolimga keldi. Orqamga qaytib o‘g‘limni o‘pdim. Ha, peshonasidan o‘pdim-da chiqib ketdim.
Ertalab o‘g‘limning kayfiyati yaxshi, o‘zini tutishi ham boshqacha edi. Avvalgi qovoq uyish, qo‘rs-qo‘polliklari bugun negadir yo‘q edi. Menga salom berib oldimga o‘tirdi. Birga nonushta qildik. Shundan keyin o‘g‘lim kun sayin men bilan yaxshi muomala qiladigan va darslarini o‘z vaqtida bajaradigan bo‘lib qoldi. Xulqi go‘zallashdi. Men bu holatdan ajablanib ehtimol Alloh taolo bechora onasining duolarini ijobat qilgan bo‘lsa kerak deb xulosa qildim. Lekin bir kuni bu katta o‘zgarishning sirini onasidan eshitib bildim.
O‘g‘lim onasiga aytgan gaplarini qanday bo‘lsa, shundayligicha aytib bera qolay:
“O‘sha kecha otam xonamga kirganlarida uxlamagan edim. Shunchaki, ular bilan gaplashmaslik uchun o‘zimni uxlaganga solib yotgandim. Otam tepamga asta kelib, meni uxlayapti deb o‘ylaganlari uchun uyg‘otib yubormay deya ohista harakatlar bilan ustimni yopdilar. Keyin eshik tomon yo‘naldilar. Xonamdan tashqariga yo‘nalgan qadam tovushlari meni xotirjam qildi. Chunki o‘sha paytda otamni ko‘rishni ham, u kishi bilan gaplashishni ham xohlamasdim. Ular ham huddi shunday meni yomon ko‘radilar deb o‘ylardim. Lekin o‘sha kecha mening his-tuyg‘ularimni tamoman o‘zgartirib yubordi. Otam orqaga qaytib peshonamdan o‘par ekan, qalbimning tub-tublaridan bir nimalar to‘lqinlanib ketganini his qildim. Men tushundimki, otam meni yomon ko‘rmas ekanlar, balki men ahmoq u kishi haqlarida doimo noto‘g‘ri fikrda bo‘lgan ekanman. Men o‘sha kechani xatolarimni anglab, yig‘lab o‘tkazdim. Yig‘lar ekanman, endi bundan buyon yaxshi tarafga o‘zgarishga, otamga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishga qaror berdim”.
Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining "Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq" kitobidan
@kitob_ombori
Barcha kanallarga birma-bir ulanishga erinsangiz shunchaki mana buni BOSING!
Читать полностью…⚡️Bugun sizlarga sizni mutolaaga undovchi eng sara kanallarni tavsiya qilmoqchimiz!
Sara asarlarga yozilgan intellektual taqrizlar jamlangan kanal — @salimov_blogi
Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz – @Ilm_nur_kutubxonasi
Dunyoqarashini o'stirishni xohlaydiganlar uchun ajoyib bookblog — @bookerberg
Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami
YouTuber kitobxonning mo'jaz "xonasi" – @marufjonblogi
Ilm yoʻlida birgamiz! – @Xushnudbek_kutubxonasi
Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish – @santuagaraoflibrary
Biroz nazm, biroz falsafa va kitoblar haqida — @gulruxsors_blog
Kitobsevar psixologning blogi — @psixobloguz
Filologiya, sotsiologiya va tarjima adabiyoti bo'yicha taqrizlar manzili — @bobil_kutubxonasi
Zamonaviy mutolaa repertuarlari jamlangan bookblog — @Panda_books
Adabiyot, noshirlik, san'at va siyosat haqida mulohazalar — @timur_books
Adabiy kechalar, badiiy tarjimalar va kitobxonlarni jamlangan kanal — @feelsarchive
Kitoblar, tarjimalar va estetika dunyosi — @usmonosphere
Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori
Barcha javonlar band! Bu yerda "yomon" fikrlar yoziladi. – @shisha_bino
Izoh shart emas – @ceotony
Kitoblar dunyosidan soʻngi xabarlar – @dildora_bookaholic
Kitob bilan stressni yengamiz – @doctorsmind
Sizdan iltimos, koʻproq kitob oʻqing – @Karamazovlar
Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda
Quyosh tafti ila yozamiz. Quyosh dunyoni yoritar ekan, kitob qalblarimizga nur taratsin – @quyoshtaraflarda
⚜️Eng didi noziklarga ham yoqadigan to'plam!
BIZ QANDAY YASHAYAPMIZ?
Ba’zida eshitib qolamiz: o‘zbek olimi Amerikada buyuk kashfiyotlar qilmoqda. Nima, bizga ilm-fan kashfiyotining keragi yo‘qmi? O‘zbek shifokorlari AQSHda, Yevropada, Yaqin Sharqda, hatto Afrika davlatlarida ishlamoqda. Nima, bizda hech kim kasal bo‘lmaydimi? O‘zbek quruvchilari Rossiyada, Qozog‘istonda har yili yuzlab, minglab, zamonaviy imoratlar, go‘zal binolarni qurib berishayapti. Nima, bizda bunday imoratlarga ehtiyoj yo‘qmi?
Navqiron ishchi kuchlari, malakali mutaxassislarimiz o‘zimizda, oilasi, yaqinlari oldida ishlashni istaydi. Ammo qo‘lidan ish kelgan paytida ko‘proq pul topgisi keladi. Bizda esa hozircha ayrim xorijiy davlatlardagidek sharoitlar yetarli emas.
Buning uchun har birimiz o‘zimizni, qarashlarimizni, intilishlarimizni, fikrlarimizni o‘zgartirishimiz kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo marhamat qiladi: «...Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmaguncha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas...» («Ra’d» surasi 11-oyat). Bu oyati karimaning mazmuni xalqimizning «Sendan harakat – mendan barakat» naqlida ham soddaroq tarzda ifodalangan.
Faqat bugunni o‘ylab yashaydigan bo‘lsak, heya narsa o‘zgarmaydi. Hammasi bugungidek davom etaveradi. Bugungi kun bir navi o‘tishi uchun sharoitlarimiz yetarli. Lekin ertangi kun yanada farovon, yanada to‘kis bo‘lishi uchun ko‘proq o‘ylashimiz, o‘qishimiz, izlanishimiz kerak.
Buning uchun eng avvalo o‘z farzandlarimizga jiddiyroq e’tibor qarataylik. Xo‘sh, farzandlarimiz bugun nima qilayapti? Albatta, men turli musobaqalarda kuchi, bilimi, iqtidorini namoyon etayotgan farzandlarimizning yutuqlarini kamsitmoqchi emasman. Baraka topishsin. Lekin boshqalar-chi? Yuqori natijalarga erishayotgan yoshlarimiz nari borsa ming, ikki ming, boring ana o‘n ming nafar chiqar. Qolganlar-chi? Axir mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini 18 ga to‘lmaganlar tashkil etadi-ku? Bu 16 milliondan ko‘proq odam degani. Ular nima bilan mashg‘ul? Millionlab yoshlarimiz bilim olish o‘rniga serial tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlarga surat joylash, kimlar bilandir yarim kechasigacha yozishish, turli elektron o‘yinlar bilan shug‘ullanmayaptimi?
Kattalar-chi? Ularni nimalar o‘ylantirayapti? Faqat o‘g‘il uylantirish, qiz chiqarish, uy qurish, yaxshi kiyinish, yaxshi kiyintirish haqida boshqa qotirmayaptimi?
Katta-kichik amal kursisidagi «kattakonlarimiz»-chi? Ularning hammasi birdek yurt rivojini, xalq farovonligini, o‘zidan biror yaxshiroq ish qoldirishni o‘ylarmikin? Mansabni shaxsiy tirikchilik manbaiga aylantirib olganlar hamon uchramayaptimi? Keng hujrada, yumshoq kursiga yastanib, jamiyatning tomirini kemirib yotgan «jonivorlar»ning qanchasi jazosini oldi. Ularning o‘rnini egallayotganlar «avvalgilarga o‘xshamas»mikin?
Albatta inson orzu-havas bilan tirik. Bularsiz hayot rangni yo‘qotar balki. Lekin biz bundan ham yaxshiroq yashashimiz mumkin. Oyiga 700-800, 1000 dollar emas, undan bir necha baravar ko‘proq pul topishimiz, o‘zimiz orzu qilganimizdan ko‘ra yaxshiroq yashashimiz mumkin.
Buning uchun ichimizda ozroq milliy g‘urur, vatanparvarlik bo‘lishi kerak.
Ikkinchi jahon urushidan qashshoqlik girdobiga botib chiqqan Koreya, Yaponiya singari mamlakatlar ham tabiiy boyliklari emas, o‘z xalqining kuchi, bilimi va salohiyati tufayli barcha mashaqqatlarni yengib, yuksak marralarga erishdi. Biz bunga qodir emasmizmi?
Men dunyoning o‘nlab mamlakatlarini kezgan inson sifatida aytaman: faqat o‘zimizni, hayot tarzimizni, qarashlarimizni o‘zgartirishimiz kerak.
O‘zimizni o‘zgartiraylik, Yaratgan ham bizni o‘zgartiradi.
Harakat qilaylik, baraka topamiz.
Faqat kundalik mayda-chuyda tashvishlar bilan emas, kelajak haqida, farzandlarimiz bugungidan ko‘ra baxtliroq, komilroq, to‘kisroq yashashi uchun harakat qilaylik.
Farzandlarimizni ham ko‘proq o‘qishga, intilishga undaylik.
Qo‘liga telefon emas, kitob olib beraylik.
@kitob_ombori
(Mashaqqat vaqtida) namozga qarab qoch, Qur’onga qarab qoch yoki (tinchlanish uchun) uyquga qarab qochgin. Aslo odamlarga qarab qochmagin. Agar tanbeh, itobning biron samarasi bo‘lganda edi, Yusuf alayhissalom uni sir tutmagan bo‘lardi. Qayg‘u vaqtida odamlarga aralashishning foydasi bo‘lganda edi, Ya’qub alayhissalom ulardan o‘girilib olmagan bo‘lardi. Agar odamlarga muammosini oshkor qilishda yechim, najot bo‘lganda edi, Maryam onamiz insonlar bilan so‘zlashmaslikka nazr qilmagan, qasam ichmagan bo‘lardi. Sen Allohning oldida bo‘ysungin, siniq bo‘lgin. Siniqliging sening istiqomating, to‘g‘ri yo‘ldagi qoimliging bo‘ladi!
Manba: @arabicuz
@kitob_ombori