Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Ayollar uchungina xos bo‘lgan dono fikrlar.
Ayollarning sirli qalbini to‘liq anglash imkonsiz, shunga qaramay, buning uchun harakat qilib ko‘rish mumkin. Insoniyatning go‘zal vakillari haqiqatan ham muhim sanagan narsalari haqidagi fikrlarini o‘zgalar bilan baham ko‘rishdi :
Erkak kishini uning boricha qabul qilish lozim. Biroq uni aynan shu ko‘rinishda qoldirish mumkin emas.
©Sari Gabor
Uy markaz bo‘lishi darkor. Biroq ayol dunyosining chegarasi emas.
©Margaret Tetcher
Hiyonatni kechirish mumkin. Hafagarchilikni esa mumkin emas.
©Anna Axmatova
Jahl va qahr-g‘azab hech qanday muammoni hal eta olmaydi.
©Greys Kelli
Hayot juda qisqa. Shuning uchun desertdan boshlang.
©Barbara Streyzand
Uzoq yillar davomida ayriliqqa chidagani emas, uzoq yillar davomidagi yaqinlikka bardosh bergani haqiqiy sevgidir.
©Xelen Roulend
@kitob_ombori
Meni o‘ylarim, orzu niyatlarim, elektrosetdagilar bilan doimo qarama-qarshi bo‘lgan.
#kayfiyat
Internetda eng ko'p qidirilgan so'rovlar
Google qidiruv tizimida eng ko‘p qanday savollar beriladi? Rasmda ular bilan tanishishingiz mumkin.
Ushbu savollardan insonlarga ko‘proq nima qiziq ekanini bilsa bo‘ladi.
Hammani g‘ami ko‘proq pul topish ekan
@kitob_ombori
Bir haftadan so‘ng mana bu ota-ona yana bolasini uyda unutib qoldirishni boshlashadi.
Biz esa huddi bu yangilikdek yana qaytatdan tomosha qilaveramiz😄
#tabassum
@kitob_ombori
Telegramdagi bir qancha foydali ilmiy kanalarni jamladik!
ILMIY KANALAR✨ koʻk yozuv ustiga bosing
Ikki yil oldin Vikinglar, So‘nggi qirollik kabi seriallarni ko‘rishni boshlagan edim.
Seriallarni ko‘rish davomida ingliz tarixi va tiliga shimoldan kelgan bu varvarlar qay darajada katta ta'sir ko‘rsatganini "иняз" da, ingliz filologiyasida o‘qiydigan talaba sifatida bilmasligimdan uyalgan edim.
Qiziqishlarim doirasida Britannica hamda Wikipediadan anchagina ma'lumotlar o‘qidim, mavzuga oid ko‘plab maqolalar ham o‘qib kelmoqdaman.
Ammo bir narsa ta'bimni hira qiladi. Juda ham ko‘p talabalar,(ayniqsa bitiruvchi talabalar) til tarixi tugul, ingliz tilida asarlar yozgan mashxur adiblarni tanishmaydi. Har holda men gaplashgan ko‘plab talabalar uchun Oskar Uayld, Somerset Moem, Jon Golsuorsi, Daniel Defo, Jeyn Ostin, opa singil Brontelar, Charlz Dikkens kabi yozuvchilar ijodi bilan tanish emasligi aytishgan. Ayrimlari bu ismlarni eshitishmagan ham.
Lord Bayron, Villiam Bleyk kabi shoirlar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. O‘quv dasturida kiritilgan ammo ko‘pchilik shunchaki yengil o‘qib o‘tib ketgan.
Xo‘sh, bu bilan nima demoqchiman.
Oddiy muloqot uchun ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun yuqoridagi gaplar muhim bo‘lmasligi mumkindir, ammo ertaga maktablarda bolalarga ta'lim beradigan bo‘lajak o‘qituvchilar hech bo‘lmaganda til tarixi va adabiyoti bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Eng qizig‘i, ingliz adabiyoti bo‘yicha umuman ma'lumotga ega bo‘lmasdan turib, huddi shunday mavzularda BMI yozayotganlar ham oz emas.
@kitob_ombori
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
Ne’mat Aminovning "Temirchidan qolgan tillolar" nomli kitobi bor. Unda yozuvchi otasi, temirchi Amin bobodan eshitganlarini yozgan. Undan ayrimlarini ilingimiz keldi.
***
— Otaxon, mana, to‘qson olti yoshga kiribsiz, sizningcha, uzoq yashashning siri nimada?
— Nima deydi?
— Uzoq yashashning siri nimada, deb so‘rayaptilar.
— Ha-a… sirini bilmayman. Parvardigor mani yo‘q joydan bunyod etdi: qo‘l berdi, oyoq berdi, ko‘z berdi, quloq berdi, rizqu ro‘z berdi, pokdomon xotin nasib etdi, aqli komil farzandlarni berdi. Bir umr shukr qilib yashadim. Uzoq umr berdi, uning sirini ham o‘zi biladi-da, muxbir bacham. Eng oliy sirdon Yaratganning o‘zi.
* * *
To‘qson oltiga kirdim. Ko‘zim xira, qulog‘im eshitmaydi, oyoqlarimda darmon yo‘q. Bilmadim, bir kuni qarisam, nima bo‘larkanman?
* * *
— Ne’mat!
— Labbay, ota?
— Nechaga kirding?
— Ellik beshga.
— Ona qorni bilan ellik oltiga-da? Demak, kamida ellik yillik gapni aqling olsa kerak. Endi ayt-chi, mani biror marta araq ichganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Yomon yo‘lga yurganimni yoki birovni haqini yeganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Unda nega araq ichasan?
— Ko‘p ichmayman-ku, ota… Endi, kecha mehmonlar bilan jinday…
— Xudoyu payg‘ambar harom qilgan narsani nega ichasan? Axir, araqning o‘zi ko‘zachaga qamalgan jin-ku! Yana jinday deydi-ya…
* * *
Esingda bo‘lsin, ko‘pam «E, xudo», «E, Olloh» deyishga odatlanma. «E» da iddao bor. Parvardigorga murojaat qilmoqchi bo‘lsang «Yo, Xudo!», «Yo, Olloh!» de. Shunisi tuzukroq…
* * *
Bu dunyoga kelib, uch narsadan hazar qildim: birinchisi — tillo, ikkinchisi—miltig‘u tapponcha, uchunchisi—qadah. Shu uchalasini qo‘limga olmadim.
* * *
Temirchi bo‘lib pichoq yasamadim, qurol yasamadim. O‘rog‘u kashkord yasadim— odamlar bug‘doy o‘rsin deb. Ketmonu bel peshladim — dehqonlar ariq qazib, suv tarasin deb. Ko‘-o‘p kapgir yasadim. Yana-chi, asov otlarni taqaladim — jonivorlarning tuyoqqinalari og‘rimasin, deb.
* * *
— Usto bobo, qulog‘ingiz og‘irmi, deyman?
— Yo‘q, jo‘ra, kar!
* * *
Bir bola yig‘lab turgan edi, borib yupatmoqchi bo‘ldim.
— Ha, nima bo‘ldi?
— Onam urdi!
— To‘xta, qayoqqa ketayapsan?
— Onamga! — dedi bola.
Ko‘rdinglarmi, ursayam, so‘ksayam, bu dunyoda har kimning onasi bo‘lsin ekan.
* * *
— Ne’mat, bu, san gapirgan kishilar qo‘l ostingda, a ishlaydimi?
— Ha.
— Sanga bir gapni aytaman. Esingda tut. Boshliq degan o‘z jamoasining ko‘rpasi bo‘lishi kerak. Yaxshisini ham, yomonini ham ko‘rpa bo‘lib ustini yopsin.
* * *
— Komandirovkaga nima ish bilan kelding?
— Shofirkonda uch xotinli bir kishi bor emish, shu haqida felyeton yozish kerak ekan.
— Yozma! Nima qilasan u sho‘rlikni yana sharmanda qilib? Xudo o‘zi jazosini berib qo‘yibdi-ku! O‘ylayopsanmi uch xotinning g‘ish-g‘ishasini…
* * *
Tavba, tish bo‘lganda go‘sht bo‘lmasa, go‘sht bo‘lganda — tish.
* * *
Havo bulut bo‘lsa, ikki kishi gunohkor bo‘larkan.Chunki bittasi: «Yomg‘ir yog‘adi», desa, ikkinchisi: Yo‘q, yomg‘ir yog‘maydi», deydi. Gumroh bandalar-da, «Xudo biladi”, desa-ku bo‘ladi.
* * *
Yuzma-yuz kelganda sandan attayi salom kutgan takabbur kishiga albatta salom ber, bir yering kamayib qolmaydi.
* * *
Zinhor bu yolg‘onchi dunyoda o‘likdan jon, gadoydan sadaqa, xasisdan nasiba, tovuqdan sut so‘ramanglar.
@kitob_ombori
Hozir, deyman…
Hozir…
Bir dengiz,
Dengizda kema,
Ko‘kda chag‘alay,
Samovarda choy bo‘lsa,
Hamda bir choy uzatadigan…
Jamol Surayyo
@kitob_ombori
Talab/taklif/shikoyat/izhorlar uchun bemalol. Qarz so‘ramasangiz bo‘ldi:
/channel/QuestionUZ_Robot?start=ac33a4388d6
Yozda uyimizdagi eng salqin, muzdek xona meniki.
Qishda ham shunday-da, apsus🙂
#tabassum
Eng yaxshi o‘qituvchi - talaba bo‘lish nima ekanini (ya’ni, ilm olish mashaqqatlari, darslarni o‘zlashtirish qiyinchiliklarini) unutmaydigan insondir.
Eng yaxshi mudir esa - o‘qituvchi bo‘lish nima ekanini (ya’ni, dars berish mashaqqatlari, ta’lim berish qiyinchiliklarini) unutmaydigan insondir.
@kitob_ombori
📖Qorong‘ida kitob o‘qishga yordam beruvchi Bowio 2.0 LED chirog‘i namoyish etildi
Uning oldindan buyurtma narxi — 59 dollar (taqriban 725,000 so‘m)
@kitob_ombori
Bir o‘zi vaqt o‘tkazishdan zavqlanadigan, o‘z muammosini o‘zi hal qila oladigan, hal qilolmasayam hech kimga ta’ma qilmasdan muammosi bilan birga yashashni o‘rgangan, maqtov bilan havolanmay, tanqid bilan yerparchin bo‘lmaydigan kishiga yolg‘izlik kemtiklik bo‘lib ko‘rinmaydi...
#Yolovchi
@kitob_ombori
Soatlab muzeyda o'tirardim, lekin endi ular menga o'zgacha ta'sir ko'rsatardi. Suratlar ortiq meni tinchlantirmasdi. Aksincha, ular menga insoniy baxtni tuygan vatanimni, devorlarida nastarin shingillari osilib turuvchi sokin ko'chalardagi oqshomni, eski shahar uzra ko'tarilayotgan ufqni, atrofida qaldirg'ochlar jar solayotgan cherkovning yashil qo'ng'iroqlarini va asosiysi, ko'z ochib ko'rgan ayolimni yodga solib chorlar, fig'on solar edi.
E.M.Remark "Lissabondagi tun"
#mutolaadan
@kitob_ombori
Haqiqiy, samimiy sevgi orzusi hech qachon ayolning qalbida o'lmaydi. Hayot ba'zan ayollarni bag‘ritosh qilishi, sevgiga ishonmasliklarini aytishiga majbur etishi mumkindir, lekin bular shunchaki so'zlardir. Ular qalblarida azob chekishadi, umid qilishadi va kutishadi. Chunki ular uchun sevgi hayotdagi eng muhim narsadir.
Apton Sinkler
@kitob_ombori
Aslida kanaldagi obunachilar soni umuman menga qiziqmas (odatda shunaqa o‘ylasam odam ko‘payib ketadi kanalda. Hayot teskari parodokslarni yaxshi ko‘radi deyishadiyu).
Kanaldan odam chiqib ketsa ham hech qachon "kim chiqib ketti ekana" deb tekshirmayman ham.
Kanalda qaysi tanishlarim, qanaqa odamlar bor ekan deb ham qiziqmayman.
Men kanalga yozsam avvalo o‘zim uchun yozaman. Bir kun kelib qayta o‘qib fikrlash darajamni ayni paytdagi holati bilan solishtirish uchun.
Aynan kanal sabab hali ham kitob o‘qiyapman (majburlikdan ba'zan).
Bir xil formada turish uchun ham bu blog kerak ekan.
Lekin baribir ko‘ngil o‘lgur odam sonini 5 xonali sonda bo‘lishi xohlar ekan-da🙂
Aslida gapni muhim joyi shu edi👆
Barchaga salom!
Ko'plab kitobxonlarning taklif istaklaridan kelib chiqib, kitobxonlar jamiyatimizni tuzishga qaror qildik. Endilikda maxsus yopiq guruh ochib u yerda hafta davomida kitoblar tanlab uni birgalikda tahlil qilamiz.
Unda biz:
Birgalikda kitoblar o'qish chellenjlari;
Asarlar bo'yicha viktorinalar;
Qizirli adabiy o'yinlar;
Kitobxonlar dueli;
Taqrizlar tanlovi;
va boshqa bundan-da qiziqarli dasturlar sizni kutib turibdi!
Eng faol bo'lgan kitobxonlar doimiy tarzda taqdirlanib boriladi.
Guruhga intizomli va haqiqatda kitobxon bo'lgan/bo'lmoqchi bo'lganlarni maxsus yaratilgan anketadan kelib chiqib qo'shamiz.
Guruhga qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun anketa havolasi
https://forms.gle/zjcfABX8QPvzkfEPA
O'zingiz ham bizga qo'shiling va do'stlaringizni ham taklif eting!
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun @ucharxatlarbot ga murojaat qilishingiz mumkin.
P.S: Agar Andijonliklar ko'p bo'lsak ora-orada offline uchrashuvlar ham qilib turamiz nasib qilsa. Shu sabab Andijonliklar faol bo'lamiz)
@kitob_ombori
Miyangiz shikastlangan... Endi bir umrlik baxtga mahkumsiz.
***
Agar Xudo bilan suhbatlashsangiz — taqvodorsiz.
Agar Xudo siz bilan gaplashsa — jinnisiz!
#serialdan
@kitob_ombori
O'ylasam yurakni vahima bosar,
O'ylar juda og'ir, juda ham og'ir.
Ketsam, qismatimga qaro qor yog'ar,
Qolsam, yuragimga yog'moqda yomg'ir.
Na to'xtar na yo'lga boshlaydi tana,
Ruhim ham negadir na shod na g'amgin.
Qolsam uvolingga qolaman yana,
Ketsam, savolingda qolaman tag'in.
Nechun olqagancha oh-zorlaringni,
Malomat yog'ilar bilmasdan tinim?
Nechun men suyaman ozorlaringni,
Nechun men suyaman, suymaydi jinim?..
Meni tushunmadi bu yerda hech kim,
Men ham anglamadim hech kimni, ammo,
Qolsam, nechun shayton hiringlaydi jim,
Ketay desam, nechun yo'l bermas Xudo?...
©Odil Ikrom
@kitob_ombori
"ILMIY Kanallar" Telegramdagi eng sifali kanallar siz uchun
@Atom_Odatlari – Kitoblardan iqtiboslar📚✍
@mutoala_zavqii — Diniy kitoblardan parchalar
@hazratikursdosh — Qitmir talabalar kanali
@Liderlaruzb – kuchli biznesmenlardan motivatsiyalar
@Deyl_Karnegi psixologiyaga qiziquvchilar uchun
@Umar_ibn_Hattob_seriali - Diniy serial va kinolar
@kitob_ombori — Ilm yo‘lida yurgan tolib(a)lar uchun
@pdf_book_uz – pullik kitoblarni bepulga topa olasiz.
@Baxt_nurlari - Bir xillikdan qochganlar uchun!
@English_AcademyMSF - Ingliz tilini oson va samarali o'rganing !
@Elektron_Kutubxona - Faqat eng yaxshilarini baham ko’ramiz
@arab_tilida_sozlashamiz – Arab tilini oson organamiz
@Ruhiybarkamollik – Қалблар таскин топадиган маскан
@PDF_Kitoblari1 – Bepul pdf kitoblar sizlar uchun
Meni sizlardek katta boyligim yo‘q. Yakkayu yagona boyligim bu g‘ururim! Uni ham toptashlariga hech qachon yo‘l qo‘ymayman!
#serialdan
@kitob_ombori
Erkak sevgisi, yolg‘onsiz, soxta iltifotlarsiz bo‘ladi...
Haddan ziyod maqtovlarsiz, me’yorida mehr ko‘rsatadi.
Allohdan qo‘rqadigan vijdon sohibi, aql bilan ish qiladigan, xato qilishdan hayiqib turuvchi zotdir erkak.
Sevgan insonini begonaning soyasidan ham himoya qiladi, xafa qilmaydi, azoblamaydi, yig‘latmaydi, xiyonat qilmaydi.
Ba’zilar bu holga ahmoqlik deydi.
Erkak esa, bu gaplarni yelkasiga ortmaydi, to‘g‘rilikdan qo‘rqmaydi.
Sevmasa, aldamaydi, boshlanmasdan bitiradi.
Sevsa, tashlab ketmaydi, so‘nggi manzilgacha qo‘llaridan tutadi.
Erkakning sevgisi chiroyli gaplarda emas, uning amallarida. Erkakning tili emas, ko‘zlari gapiradi.
Qasam ichish erkak uchun or!
Chunki uning zabonidan to‘kilgan har bir so‘zi qasam.
Erkak uzoq sukut qiladi, uzoq kutadi. Uning sabri tog‘lar kabi mustahkam. Ammo, bir kun shunday portlaydiki, yorug‘ dunyoga o‘t tushadi.
Shunday zot erkak.
U ortiqcha so‘zlarsiz, jimgina, jiddiy, qattiq va oxirigacha sevadi.
@kitob_ombori
Yildan yilga bir narsaga ishonchim ortib bormoqda, tez-tez kimda nima muammo bo‘lsa o‘sha bilan maqtangisi keladi. Hamma emasu, lekin shaxs sifatida shakllanmaganlarda bu narsa ko‘p ko‘rinadi:
- O‘ziga ishonchi kam odam o‘ziga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatgisi keladi.
- Pul bilan munosabatda muammosi bor odam, o‘zini boyroq ko‘rsatgisi keladi.
- Erkaklik bilan, ayoli bilan o‘zaro munosabatda, hatto pastelda muammosi bor erkak, o‘zini erkakroq ko‘rsatgisi, hamma joyda «haqiqiy erkak» haqida gapirgisi keladi.
- Aqli yuksalmagan, bilimi haminqadar, g‘oyaviy bo‘shliq bor odam, o‘zini mashina, uy-joy yoki boshqa biror narsa bilan ko‘rsatgisi keladi.
- Iymoni bilan muammosi bor odam, o‘zini iymonli ko‘rsatib, hatto boshqalarga kun bermaydigan holatlar bo‘ladi.
- Kam, lekin ba’zida kitob o‘qiydigan odamlar o‘zini ko‘p kitob o‘qiydigandek ko‘rsatgisi keladi.
- Ich-ichidan baxtsiz odam, qaysidir yo‘llar bilan o‘zini baxtli qilib ko‘rsatgisi keladi.
- Eng xiyonatkor odamlar ko‘proq sadoqat haqida gapirishadi.
Xullas, ko‘pchilik o‘zida bor muammoni yashirish uchun ham o‘sha narsa bilan o‘zini namoyon qilgisi keladi.
#tafakkur
@kitob_ombori
Admin shu kunlarda o‘qishga bormagan kunlari, o‘zlashtirmagan darslari va bajarmagan mustaqil ishlarini badalini ortig‘i bilan, qiynalib to‘lab yuribdi.
O‘qishdagi darslarni o‘qimasdan, badiiy kitoblar o‘qib yuroribdi-da qori 😉
Xaqqiga duo qilib qo‘yarsizlar. Eson omon oraliq va yakuniylarini topshirib olsin. Bo‘lmasa alamini kanalga g‘amli postlar yozish bilan oladi😸
#offtop
Ko‘ngilsiz xotiralarning bir yaxshi tomoni bor: ular ayni damda kishini baxtiyor ekanligiga, garchi lahza oldin o‘zi bunga ishonmasa-da, imon keltiradi. Baxt ana shunday nisbiy tushuncha. Kimki buni anglab yetgan bo‘lsa, bilingki, u kamdan-kam o‘zini baxtsiz his etadi.
E.M.Remark "Lissabondagi tun"
#mutolaadan
@kitob_ombori
Ne-ne qalbga yo'l ko'rsatdi-yu,
O'zim-o'zimga o'tmadi so'zim.
Begzod Fazliddin
@kitob_ombori
Agar kitob tanlashga ikkilanayotgan bo‘lsangiz o‘zim o‘qib ko‘p manfaat olgan kitoblarga qiziqib ko‘rishni tavsiya qilaman.
1. Key Nyuport "Diqqat"
2. Jorj Oruell "1984"
3. Imom Zahabiy "Siyaru alamin nubala"
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Ijtimoiy odoblar"
5. Alisher Umirdinov "Talaba do‘stimga 78+ tavsiya"
6. Masaru Ibuka "3 dan keyin kech"
7. Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yohud ahloq"
8. Firdavsiy "Shohnoma"
9. Alixonto‘ra Sog‘uniy "Turkiston qayg‘usi"
10. Volfgan Iogann Gyote "Faust"
Albatta bu kitoblarni o‘qish shunchaki shaxsiy tavsiya.
O‘zim ko‘p manfaatlar olganman. Hozirgi tafakkurim shakllanishiga ta'siri katta
#tavsiya
@kitob_ombori
O‘zi bu kinoni 1-yanvar kuni qo‘ymoqchi edim. Ammo bugun qayta ko‘rib, huddi birinchi marta ko‘rgandek maza qildim.
Negadir bu kinolarni ko‘rib hech zerikmaysan kishi.
Har doim "men o‘z taqdirim bilan ham shunaqa noodatiy tasodif sabab tanishib qolsam kerak" deb o‘ylayman.
Xullas, 3 soatlik haqiqiy klassika kinodan bahra olinglar
#kinotavsiya
@kitob_ombori
Gohida nimagadir ishonishing kerak, yo‘qsa, allaqachon bu yorug‘ olamdan yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardik.
E.M.Remark "Lissabondagi tun"
#mutolaadan
@kitob_ombori
#mood
Tashqarida rutubatli havo. Tashqari sovuq, shamol esib, salgina yomg‘ir sevalayapti.
Daraxt bandida omonat turgan barglar salgina chayqalish sabab to‘kilib tushib, kuzning yakunlanayotganidan darak bermoqda.
Men esa........ o‘qishda qoldirgan darslarimni badalini konspektlarni qo‘lda yozish bilan to‘layapman😂😂😂
P.S: bugungi kinotavsiyaga ishora bu qo‘shiq
@kitob_ombori