kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Qiyinchilik bu Xudoning bandasiga yuborgan bir sinovi, uka. Dunyo esa sinov maydoni. Shunday ekan noshukrlik yomon. Namoz o'qib Xudoga yolborish kerak. Hadeb u yo'q, bu yo'q ertaga ocharchilik bo'larmish, deb vahima qilish o'rniga boriga shukr qilib yashashni o'rganish lozim. Nafsni qo'yvorsa u nimalarni qo'msamaydi deysan. Payg'ambarimiz islom dunyosining rahbariga aylangan vaqtda ham juda faqir hayot kechirganlar. Yemishlari xurmoyu suv bo'lgan. Biz-chi?

Biz eng qiyin davrlarda ham o'sha xurmocha yemishga qanoat qilamizmi. Nazarimda odamlarning ko'zi och. U yo'q, bu yo'q bundan buyon u narsa bo'lmasmish, degan gaplar og'izlaridan tushmaydi. O'zlari talvasada. Astag'firulloh deb yoqa ushlaysan kishi.

Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat" asaridan.

#iqtibos

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dekabrni yomon ko‘raman. So‘nib borayotgan umrni eslatadi. Intihoga yaqinlashayotganingni yodga soladi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun noyabrni so‘nggi kuni. Ushbu oy hissiy jihatdan sermahsul o‘tdi. Hech qanday kurslarda, kitoblarda o‘rgatilmaydigan saboqlarni oldim. Ko‘zlarim moshdek ochildi.

Og‘ir ruhiy bosimlarga bardoshli ekanman.

Stress, depressiyalarga qarshi qurolim bor ekan.

Gap ko‘tara olar ekanman.

Tez yonib, qizishib ketish odatlarim ancha nazoratga olinibdi.

Halovat, xotirjamlikni oilang tinch va yaqinlaring salomatligida ekan.

Moddiy qiyinchiliklar vaqtinchlik bo‘lib, ularga yechim shukr, zikr, salovot hamda Allohning qazoi qadariga sabr qilmoq ekan....

Menimcha umrim bekor o‘tmadi

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yigʻi..
Zaiflikka ishora qilmaydi.
Balki juda uzoq zamon kuchli boʻlganingni bildiradi.

Ayman Yogʻiy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Masayoshi Sonning muvaffaqiyati sababi nimada?

Son, asli koreyalik boʻlib, Yaponiyaga koʻchib kelgan. Maktabda oʻqib yurgan kezlarida, yapon bolalari Sonni masxara qilishgan, doimiy tarzda uning ustidan kulishgan, ruhiy bosim o'tkazishgan.

Lekin, Son bu holatni oʻzi uchun motivatsiya sifatida qabul qilgan. "Men aslida qanday kuchga ega ekanligimni hammaga isbotlayman" deb bor kuchi va eʼtibori bilan oʻqishga kirishgan.

Natijada, yaponlarga kim ekanligini koʻrsatib qoʻygan va hozirda 100 minglab yapon uning qoʻlida mehnat qiladi.

***

Ha, baʼzida bizning ustimizdan kulishsa xafa boʻlamiz, yoki tezda janjallashib ketamiz. Aslida bu notoʻgʻri.

Biz oʻz mehnatimiz, irodamiz va g'ayratimiz bilan ishlasak, maqsadimiz toʻgʻri boʻlsa, bir kun kelib, hamma tan oladi.

Siqilmang, qaygʻurmang!
Hali hammasi oldinda. Faqat niyatni toʻgʻirlab oling va chin dildan mehnat qilishga kirishing!


@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitoblar hayotimizdagi muammolarga yechim berishi mumkinmi? O‘z hayotimdan kelib chiqib aytamanki, Ha, yechim berishi mumkin!

Agar e'tiqotimda zaiflik sezsam «Iymon» kitobini o‘qiyman

Agar ruhiyatimda og‘irlik his qilsam «Ruhiy tarbiya»ni o‘qiyman

Qachonki qalbimda sakiynat, huzurni topmoqchi bo‘lsam «Tafsiri Hilol» ni mutolaa qilaman.

Agar ibodatlarda dangasalik, e'tiborsizlikni sezsam «Namoz mo‘minning me'rojidir» kitobini o‘qishga tutinaman.

Agar oilamda tushunmochilik, ziddiyatlarni ko‘rsam «Baxtiyor oila»ni qo‘limga olaman.

Agarlarim aslida jud ko‘p. Sekin asta yozib boraman inshaalloh

#agarda

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir dasta gulni uzatgan inson sevgisini izhor etgan boʻladiyu…
Butunboshli bahorni insonga dastagul qilib bergan, yozni istaklarimizga koʻra dasturxon qilib ochib qoʻygan Alloh sevgisini izhor qilgan boʻlmaydimi?!

Mehmet Yildiz

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Eng goʻzal manzara oʻsha ekan-da –
Sevgining koʻzingda yaltirashlari!..

Behzod Fazliddin

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Fotih Dumanning dastlabki kitobi 3 oy ichida 7 marta qayta nashr bo'ladi. Bu albatta kutilmagan muvaffaqiyat edi.
Yozuvchidan bir intervyuda "Hayotingizda burilish nuqtasi deb hisoblaydigan bir lahza yoki voqea bormi?" deb so'raladi. Shunda yozuvchi quyidagicha javob beradi:

Hayotimni va faoliyatimni eng muhim burilish nuqtasi albatta “Men” kitobini nashr qilinganidir. U mening adabiy faoliyatimda katta ta'sir ko'rsatgan. Lekin yana bir muhim voqeani eslab o'tmaslikni iloji yo'q.
O'shanda 25 yosh edim. 3-4 ta kitobim nashrdan chiqqan edi. Ammo men o'zimni hamon to'laqonli yozuvchiman deb hisoblamasdim. O'rganadigan narsalarim hali ko'p edi. Bir gal "Avlod" nashriyotiga bordim. U yerda men mashxur va usta yozuvchi Yovuz Bahadirog‘luni ishlashini eshitgan edim.
Ustoz yozuvchining ishxonasi eshigini taqillatib ichkariga kirdim. U menga qaradi va "Sen kimsan?" deb so'radi. "Men Fotih Dumanman" deb javob qaytardim.
U: "Xo'sh, mendan nima istaysan?
- Men sizdan ko'p narsalarni so'ramoqchiman, gaplarim ko'p, kirsam maylimi?" dedim. "Unday bo'lsa kiraqol" dedi. O'shandan beri o'sha eshikdan ko'p bora ustoz oldiga kirib chiqib yuraman. O'ylaymanki, bu men uchun hayotimdagi burilish nuqtasi. Chunki men Yovuz Bahadiro'g'ludan ko'p narsalarni o'rgandim.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Insonda intellekt qancha yuqori bo‘lsa, o‘ziga juft topishi shuncha qiyinlashadi.

P.S: haaa, shuning uchun bizda erta turmush qurish avjida ekanda. Tushunarli.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yangi hafta oldidan Doktor Hausdan sizni ruhlantiruvchi nutqlar!

Eng yaxshisini kuting, eng yomoniga tayyor turing, boshqalar nima deb o'ylashiga ahamiyat bermang va o'zingiz eng yaxshi deb hisoblagan narsani qiling!

Seni qiziqtirmaydigan narsalarni eslab qolish qiyin.

Agar odamlar bilan munosabatlaringizni buzilishini xohlamasangiz, ularni yolg'on gapirishlariga to'sqinlik qilmang.

Agar hech kim sizni yomon ko'rmayotgan bo‘lsa, demak siz noto'g'ri ish qilyapsiz.

Qarama-qarshi fikrlar to‘qnashishi ijodkorlikning kalitidir.

Hayotingizda eshitadigan uchta katta yolg'on bor:
1. Men sizni sevaman;
2. Biz abadiy birga bo'lamiz;
3. Kelajakda senga algebra albatta kerak bo'ladi.

Eng muvaffaqiyatli nikohlar yolg'onga asoslangan.

Biz yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turmiz. Biz viski ichib, ajoyib mashinalarni haydab, yo'q bo'lib ketamiz!


#serialdan

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

@bookuz_andijon - kitob sotish faoliyatimizni yana-da faollashtirdik.
Kanalga ulanib oling va istagan kitobingizni, xohlagan joyingizdan turib buyurtma bering.
Biz tezkorlik bilan, eng arzon narxda yetkazib beramiz.
Har bir buyurtma uchun maxsus bookmarklar qo'shib beriladi.
Kanalni o'zim yuritaman😎

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

«Rim ta'tillari»

Odri Hepbern ijrosidagi eng shedevr filmlardan biri.

Har gal ko‘rganimda barcha charchoq, g‘amginlikni unutib, kayfiyatim chog‘ bo‘ladi.

#kinotavsiya

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Aqlli inson nimalarni biladi?

Agar siz aqlli inson bo‘lsangiz, u holda:

- Hech kim bilmaydigan javobni faqat siz bilasiz.
- Javobni hamma bilsa-da, siz ulardan oldinroq aytasiz.
- Qanday qaror to‘g‘riligini bilasiz va tashabbusni o‘z qo‘lingizga olishga tayyor bo‘lasiz.
- Muammoning yechimini hayotiy tajribangiz orqali yaxshi bilasiz.
- Javobni bilmasangiz ham uni qanday topishni bilasiz.
- Javobning bir qisminigina bilasiz, lekin oldinga qadam tashlash uchun shuning o‘zi ham yetarli bo‘ladi.
- Odamlar sizga ishonishlari uchun qanday yo‘l tutishni bilasiz.
- Muammoni hal qilish uchun boshqalarni qanday qilib jalb etishni bilasiz.
- Muammoning mazmunini boshqalarga qanday tushuntirishni bilasiz.
- Muammoni yechish uchun eng qulay vaqtni tanlay olasiz.
- Muammo sizga va boshqalarga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilasiz.

Aqlli inson yana nimalarni biladi?

Aqlli inson qachon so‘zlab, qachon tinglash kerakligini biladi.

Aqlli inson agar nohaqligini anglasa, o‘z fikrini o‘zgartirishga qodir.

Aqlli inson o‘z yo‘lidan adashmaydi.

Aqlli inson qo‘rquvni yengishni biladi.

Aqlli inson har doim o‘zidan ko‘ra aqlliroq inson topilishi mumkinligini biladi.

Aqlli bo‘lish – sog‘lom fikrlash demakdir.

P.S: Aqllilar erta uxlab, erta turishadi ham

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Yolg‘on bu ijodkorlik talab etiladigan, juda qiyin, doimo yangilanib boriladigan, mashaqqatli jarayon.

Haqiqat esa ibtidoyi zamondan beri hech ham o‘zgarmaydi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir tolibi ilm ko‘z zinosini qilganda ustozi aytgan ekan: “Allohga qasam, mana shu gunoh ta’sirini bir kun albatta ko‘rasan!” O‘sha talaba aytadi: “Men uni yigirma yil kutdim. Kechalarning birida uxladim. Tong otgach, Qur’onni to‘liq unutgan holda uyg‘ondim”. U hofizi Qur’on edi...

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

SO‘NGGI YAPROQ

Noyabr... Oldinda qoldi bir qadam.
Isyonkor yaproqqa, tangrim, umid ber.
Xudoyim, yaproqqa chidam ber, chidam,
Xudoyim, yaproqqa yana umr ber!

Nogahon olamga kuz kelgan kuni
Barglar yer bag‘riga kirib yotdilar.
Dushmanlar ayamay sotdilar uni,
Hattoki do‘stlar ham uni sotdilar.

E voh, so‘nggi yaproq, yetdimi navbat?!
Bu dunyo so‘ng emas, mayli, unutma.
Yaproqjon, dunyodan so‘rama shafqat,
Yaproqjon, dunyodan bir ilinj kutma.

Qo‘rqma, kuylayvergin ajal kelgan chog‘,
Yurak – bu dunyoning tirik qismidir.
Kuzning ismi emas xiyonatkor bog‘,
Ishon, so‘nggi yaproq kuzning ismidir!

Nasrullo Ergash

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qiz bolani admin qilib bo‘lmas ekan😏

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bu guruh ochilganidan beri 3 ta kitobni guruh a'zolari bilan o'qib tugatdik. Ular:

1. Oldos Haksli "Ajib yangi dunyo" 27.10-6-11
2. Mirzakalon Ismoiliy "Farg'ona tong otguncha" 7.11-17.11
3. Erix Mariya Remark "Lissabondagi tun" 18.11-29.11

Bir oy ichida naqt 3 ta kitobni o'qib, ularni tahlil qilibmiz. Qoyil!
3 ta tushunilishi qiyin kitobni o'qib uni hazm qilish oson emas.
"Kitobxonlar jamiyati" o'zini oqlashni boshlayapti.

Yanagi yil boshidan bu loyihani yangi bosqichga chiqarish rejasini tuzishni boshladim. Nasib qilsa yana-da foydali loyihalar o'tkazamiz))
Albatta sizlarni qo'llovingiz bilan

P.S: guruhga kirishga so'rov juda ko'payib ketdi. Ammo har kim ham olinmaydi. Oddiy anketani to'g'ri to'ldira olmagan odamni kitobni o'qib, uni tushunib taqriz yozishiga aqlim yetmaydi to'g'risi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Taqiq va tanqidlarga uchragan mashhur asarlar yoki qisqacha "Ban" qilingan kitoblar.

 Biz hozirda sevib mutolaa qiladigan kitoblar bir paytlar kuchli tanqidlarga, taqiqlarga, yozuvchilar esa javobgarlikka tortilgani haqida bilasizmi?

Men (yaxshimi yoki yomonmi bilmadim) o’qib chiqqan kitoblarimning tarixi bilan ham tanishishni yaxshi ko’raman. Ularni kim yozgan, mashhur tanqidchilar qanday baho berishgan, qanday yutuqlarni qo’lga kiritgani haqidagi ma’lumotlarni to’plashni ham yoqtiraman.
Bugun shu kabi ma’lumotlar bilan sizlarni tanishtirmoqchiman.

Quyida ko’pchiligimizga tanish bo’lgan, mashhur, millionlab nusxalarda sotilgan va hanuzgacha sotilayotgan, ko’plab yutuqlarni qo’lga kiritgan, ammo ko’plab taqiq va tanqidlarga uchragan kitoblar haqida aytib o’tmoqchiman.

#1 “Gelkberri Finning sarguzashtlari” Mark Tven

Mark Tven taxallusi bilan ijod qiluvchi Samuel Klemensning 1884-yilda yozilgan ushbu kitobi chop etilishidan bir yil o’tib, 1885-yilda Massachusets xalq kutubxonalaridan olib tashlangan. Taqiqqa bosh qahramonlar emas, balki kitobda ishlatilgan slanglar sabab bo’lgan. O’sha paytlarda slanglarni ishlatish badiiy asarlar (ayniqsa bolalar adabiyotida) uchun haqorat deb hisoblangan. Vaqt o’tishi bilan esa taqiq yangi tus oladi: hozirda siyosiy jihatdan ishlatilishi noto’g’ri deb hisoblanadigan “nigger” yoki “negr” so’zlari tez-tez uchrashi qoralanadi va 2011-yilda irqiy haqoratni anglatishi mumkin bo’lgan so’zlar olib tashlangan holda qaytadan chop etiladi. Ajoyib )))

#2 “Ajib yangi dunyo” Oldos Haksli

Ha endi bu kitob taqiqqa uchragani aniq))
Dunyoga tanilgan antiutopik asar o’zidagi pessimistik his tuyg’ulari sababli ham ancha vaqtgacha taqiqlangan asarlar orasida qolgan)

#3 “MOLXONA” Jorj Oruell

Shedevr)) Ammo bu asar undagi siyosiy qarashlar sabab taqiqlanmangan. Nyu-York kutubxonasi bayonotiga ko’ra “ushbu kitobni o’qib, odamlar o’zlarini baxtsiz sezishgan”. Odamlarning ko’ngli cho’kkan. Bu esa “BAN” uchun yetarli dalil hisoblanadi)
Qo'shimcha ma'lumot, bu asar Birlashgan Arab Amirliklarida cho'chqalar obrazi borligi sabab taqiqlangan))

#4 "Mazaxchini o'ldirish" Harper Li

 1960-yillarda yozilgan, Pulitser premiyasini qo’lga kiritgan shedevr asar (bo’lmasa Pulitserni berishmasdi). Faqat aktivistlar bari-bir asardan zo’ravonlik va ratsizm muammolarini topib, asarga boykot e’lon qilishgan. Ammo hozirda asar AQShning 80% maktablarida, boshqa davlatlar maktablari va institutlarida ham darslikka kiritilgan.

Bu ro’yxatda shuningdek Nabokovning “Lolita”, Jorg Oruellning “1984”, Jeyms Joysning “Uliss”, hattoki Joan Roulingning "Garri Potter" nomli asarlari ham o’rin olgan.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bekorga kutubxona va kitob do‘konlarga tez-tez kirib turinglar demayman-da😅
Mana, oqibati qanday yakun topadi.

#video

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Maktub yozib,
shisha idishga joylab,
dengizga otadigan odam,
dengiz hech kimga xat tashuvchilik qilmasligini bilar edi.
Shunchaki, ba’zida yozishga ehtiyoj tug’iladi.

Adham Sharqoviy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Sizga kitob sotib olib beradigan va chiroyli ko'zlaringiz tufayli pdf (kitobdan) qo'rqadigan insonga turmushga chiqing...

#tavsiya

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun O'zbekistonda qisqa muddatda katta muvaffaqiyat qozongan turkiyalik yozuvchi Fotih Duman va uning adabiy faoliyati haqida gaplashamiz.

Fotih Duman 1987-yilda Turkiyaning Sarkisla tumani Sivas shahrida tug'ilgan. 2010-yilda Dokuz Eylül universitetining ilohiyot fakultetini tamomlagan. Bir muddat Iordaniya Davlat Universitetida ham talaba bo‘lgan Fotih Duman, Dokuz Eylül universitetida turk-islom adabiyoti bo‘yicha magistrlik darajasini ham olgan.

Ko‘plab gazeta va jurnallarda maqolalari chop etilgan Fotih Duman, bir qancha muddat Moral FM radiosida ham boshlovchi bo‘lib ishlagan.

Adib ilk kitobini 22 yoshida yozadi. Uni fayl ko'rinishida elektron pochta orqali turli nashriyotlarga jo'natadi. Ular orasidan Generation Publishing nashriyotidangina javob xati keladi. Yosh adibning ilk so'ragan savoli "Mening kitobimni haqiqatdan ham nashr qilasizlarmi?" savoliga "Ha, yanaga oy bosib chiqarmoqchimiz" degan xabarni oladi.

Davomi ham qiziqmi?
👍 ha
🔥 tezroq joylang

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Orzudagi kitob javonlari

Tongni shunaqa go‘zal niyatlar bilan boshlang)

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Endi shuni to‘ldirish kerak🙂

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Dunyodagi eng futuristik kitob doʻkoni

Doʻkon arxitektor Li Syan tomonidan ishlab chiqilgan. Interyer yulduzlar dengizi tomon asta-sekin koʻtariladigan astronomik sferalarni eslatadi, bu esa kitob javonlarini ochib beradi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

BOSHQALARDAN AJRALIB TURISH SIZGA QANDAY IMKONIYATLAR BERADI?

• mamnunlik va qoniqish hissi;
• oʻzgacha nuqtayi nazar;
• shaxsiy, zamonaviy uslub;
• rivojlanishga odimlar;
• yuqori intellektual status;

Bularning barchasini @sealmaking12 sizga beroladi.
Kitoblaringiz uchun istalgan ta'svirda shaxsiy muhrlaringizga ega boʻling!

SIZDEK DIDI NOZIK INSONLARGA OʻZGACHALIK YARASHADI.
@sealmaking12

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Iyeee, haaa🫢

(Talablarni eshitib shunchaki izoh topa olmadim)

Xullas, bu haligi "Ronaldo menga directdan yozgan" degan qizga parodiya edi.
Jaa jiddiylashmanglar o‘qirmanlar😉

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tanazzul

Maktab darsliklarida xato ko‘p. Aksariyat o‘qituvchilarning hafsalasi pir bo‘lgan. Chunki bosim ko‘p, ortiqcha yuklama ko‘p. Ularning maoshi emas, ish hajmi 1000 dollardan oshib ketdi. O‘quvchilardan kelajakda kim bo‘lmoqchisan, deb so‘rasangiz bokschi, sportchi bo‘laman, deydi. O‘qituvchi, shifokor bo‘laman, degani kamdan kam. Chunki u bokschining katta katta pul olayotganini ko‘rayapti. Ilm egasiga shimildiriq ham yo‘qligini ko‘rib ulg‘aymoqda. Ertamizni bokschilar hal qiladimi? Chalasavodlarga qoladimi kunimiz? Bizga ilm egalari kerak, yo‘q narsani bor deb, bo‘lmagan ishni bo‘ldi, deb ko‘rsatadigan kazzoblar emas, chin vatanparvarlar kerak.
Maqtanish uchun million million dollar sarflab olib kelinayotgan Taysonu Xolifildlar bizga umuman keragi yo‘q. Toshkentdan 50 kilometr tashqariga chiqing, odamlar qanday ahvolda yashayotganini ko‘ring. Faqat bugun emas, ertamizni ham o‘ylaylik...

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel