Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
🎥 Nomi: Yefreytor Zbruevning yetti qaylig'i
📹 Sifati: 480p
📆 Yili: 1970
🎞 Janri: Komediya
🌐 Davlati: SSSR
🎙 Tarjima: O'zbek tilida
O‘lim haqidagi xabarlar va ta’ziyanomalarni o‘qir ekansan, inson mutlaqo mukammal mavjudot, olamda nuqul oliyjanob otalar, beg‘ubor erlar, namunali farzandlar, fidoyi va o‘zini qurbon qilishga tayyor onalar, hammaga aza tutadigan bobolar, buvilar, hamma birdek sevuvchi generallar, insoniylikda tengi yo‘q advokatlar, qurol ishlab chiqaruvchi avliyosifat fabrikantlar mavjud, degan tasavvur paydo bo‘ladi. Qisqasi, ta’ziyanomalarga ishonadigan bo‘lsang, yer yuzida qanotsiz farishtachalar galasi jamlangan bo‘lib chiqadi, biz esa buni payqamay kelganmiz. Hayotda juda kamdan-kam uchraydigan muhabbat allakimning vafotidan keyin har tomondan barq ura boshlaydi va har qadamda unga duch kelaverasan. Ezgulik, g‘amxo‘rlikka yo‘g‘rilgan sadoqat, chuqur dindorlik, o‘ta yuqori fidoyilik haqidagi so‘zlarnigina eshita boshlaysan, marhumning ortida qolganlar qattiq iztirob qarshisida qolgandek – voh, bu qanchalik ulkan qayg‘u, yo‘qotish naqadarog‘ir, marhum har doim qalblarda yashaydi: Bunday satrlarni o‘qib to‘lqinlanib ketasan, hatto bu qadar oliyjanob tuyg‘ularga ega mavjudot toifasiga mansubligingdan faxrlangandek ham bo‘lasan.
"Qora haykal"
🧠O‘qiganni qanday eslab qolish mumkin?
Mutolaa foydali, unda olingan ma’lumotlar xotirada saqlab qolinsa va amalda ish bersa, ikki karra foydali. Ammo o‘qilgan (ayniqsa, ilmiy-ommabop, non-fikshn yo‘nalishdagi) maqola, kitobni o‘qiganda ma’lumotlarin eslab qolish qiyin. Bu parishonxotirlik emas, tabiiy jarayon. Mutolaa xotirada saqlanishi uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin.
📙 Bevosita mutolaa jarayonida
👉 Mutolaaning har 20 daqiqasidan keyin pauza qilgan holda “o‘qiganimdan nimalarni tushundim?” degan savolga javob berish kerak. Eng muhim nuqtalarni xayoldan o‘tkazish, imkoni bo‘lsa kitob chetiga belgi qo‘yish mumkin.
Nega aynan 20 daqiqada? Nemis psixologi Ebbingauz inson xotirasining ma’lumotlarni saqlab qolish jarayonini tadqiq qilgan. Tadqiqotga ko‘ra, inson qabul qilingan ma’lumotning 40 foizini birinchi 20 daqiqada, 60 foizini 1 soatda unutadi. Bir sutkadan keyin esa ma’lumotning faqatgina 33-35 foizi saqlab qolinadi.
Olingan ma’lumot birinchi 20 daqiqada qayta ishlanmasa, bu ma’lumot xotirada saqlab qolinmasligi ehtimoli yuqori.
👉 Ma’lumot xotirada yaxshiroq muhrlanishi uchun qayta o‘qish emas, qayta so‘zlab berish samaraliroq ekanligi tadqiqotlarda isbotlangan. Chunki gapirib berish chog‘ida miya ma’lumotni boshqa holat/ma’lumotlar bilan assosiatsiya qilishga urinadi. Uni shunchaki qabul qilmaydi, balki qayta ishlaydi.
👉 Mutolaaning birinchi kunini yakunlagach, o‘qilgan ma’lumotning eng muhim nuqtalarini yozib chiqing. Bu quruq konspekt shaklida emas, intellektual xarita tarzida bo‘lsa, qulayroq va qiziqarliroq bo‘ladi. (intellektual xarita shabloni quyida rasmda ko‘rsatilgan)
👉 Xotirada muhrlash kerak bo‘lgan ma’lumotni kechqurun uyqudan avval takrorlash ham foydali. Uyqudan avval qabul qilingan ma’lumotni miya yaxshi eslab qoladi.
📙 Mutolaaning keyingi kunlari
Bunda seriallarda qo‘llaniladigan algoritmdan foydalanish mumkin. Serialning yangi seriyasini boshlashdan avval kechagi seriyada nima bo‘lgani qisqa lavhalar bilan ko‘rsatib o‘tiladi. Mutolaada ham shu usuldan foydalanish mumkin.
Yangi kunda mutolaani davom ettirishdan avval kecha o‘qilgan ma’lumotni bir xotirlab olish kerak. Buning uchun qo‘yilgan belgilarga, bo‘limlar nomiga ko‘z yugurtirish foyda berishi mumkin.
📙 Mutolaa yakunlangach
O‘qib qabul qilingan ma’lumotni amaliyotda qo‘llashni tezroq boshlash kerak.
Ularni amalda qo‘llash imkoni bo‘lmasayu, ma’lumotni saqlab qolish muhim bo‘lsa, muayyan intervallar bilan kitobni qo‘lga olib takrorlab turish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Kitob o‘qishda o‘zim qo‘llaydigan usul:
Kitobni jonli tarzda o‘qiyman. Kitoblarimning hammasi bo‘yalib, chizilgan, allambalo belgilar qo‘yilgan.
Eng muhim pointlarni belgilash, holat va syujetlarni shunga yaqin boshqa ma’lumot bilan assosiatsiyalash, tushunarsiz so‘zlarning ma’nosini boshqa manbalardan ko‘rib chiqaman. Tarixiy kitob o‘qiyotgan bo‘lsam, mutolaa vikipediyasiz o‘tmaydi. Har bir voqea, holat, shaxs haqida vikipediyadan qo‘shimcha ma’lumot olgan holda, manzarani to‘liq tiklashga harakat qilaman.
Yana bir jihat. O‘qigan kitoblarimning ro‘yxatini tuzganman. Ro‘yxatda kitobning nomi, muallifi, bosh qahramonlari ko‘rsatilgan, syujet 2-3ta gapda ifodalangan. Bu kitob haqidagi ma’lumotning qo‘l xotirasida ham saqlanishiga yordam beradi.
@kitob_ombori
📚 Amerikalik aktyor Tom Xenksning eng sevimli 5 ta kitobi
Tom Xenks o'zining samimiy fe’l-atvori va takrorlanmas aktyorlik qobiliyati bilan butun dunyo bo'ylab millionlab muxlislar mehrini qozongan.
Aktyorning so'zlariga ko'ra, u ashaddiy kitobxon.
Tom o'qishni yaxshi ko'radi hamda kutubxonasiga klassik va zamonaviy adabiyotlarni to'playdi.
Uning sevimli asarlari orasida quyidagilar mavjud:
•"Javdardagi xaloskor", J.D. Selinjer
• “Jinoyat va jazo”, Fyodor Dostoyevskiy
• “Xobbit”, Jon Ronald Ruel Tolkien
•"Stouner", Jon Uilyams
•"Marslik", Endi Ueyr
@kitob_ombori
Shu H va X bo'lmaganda hayotimiz ancha osonroq bo'larmidi...
Читать полностью…Javob: Jek Londonning Martin Iden romanidan edi
3. Ular harob yerda tug‘iladilar, 12 yoshdan ishlashni boshlashadi, 20 yoshida uylanishadi, 30 yoshida yoshligidan asar ham qolmaydi, asosan 60 ga kirib o‘ladilar.
Og‘ir jismoniy mehnat, qo‘shnilar bilan urush-janjal, kino, futbol, pivo va asosiysi qimor o‘yinlari. Mana nimalar ularning dunyoqarashini shakllantiradi. Ularni boshqarish juda oson.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Endi men yozaman sizlar topasizlar!
1. Ayol - temir buyum emas, ayol bamisoli gul. U iliq-issiq gaplarni xush ko‘radi. Uning uchun umr bo‘yi yelkangizni yag‘ir qilib ishlashingizdan ko‘ra har kuni uch-to‘rt og‘iz shirin so‘z aytganingiz ming marta afzal.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Hayotdan maqsading senga shunday tikiladigan insonni topish bo‘lishi kerak.
Читать полностью…Kutdim...
Sira vaqting bo‘lmadi,
Men jon berib ichdim kechani.
Kitob o‘qiyapsan — tashvishlaring mo‘l,
O‘rganishing kerak inglizchani.
Ana.. derazada qotar ikki ko‘z.
Quyuq sochingdayin sirg‘alar osmon.
Eshikka yolbordim — cho‘kayapman tiz,
Qutqar,
bir o‘lim ber kutishdan oson.
Mening umrim chalkash, kunlarim chalkash
Tunmi yo kunduzmi soat o‘naki...
Faqat ikki ko‘zga aylandi fursat,
Menday telbalanib tutar tamaki.
Janobi shoirlar — Lermontov, Pushkin
Javonda zanjirband chaqmoq xitoblar!!!
Nega janozada kabi mung‘ayar.
Ay-yov, muhabbatga to‘la kitoblar?!
Kutdim...
Sira vaqting bo‘lmadi,
Yurak ketib qoldi ko‘changga.
Jon bilan o‘ynashma, kapalak, aytgin,
«Kutish» nima o‘zi inglizchangda.
@kitob_ombori
🏛 Vankuver markaziy kutubxonasi, Kanada
Vankuver jamoat kutubxonasi 1869-yil yanvar oyida kamtarona kutubxona sifatida tashkil etilgan.
Bugun bu joy nafaqat binoni, balki deyarli butun boshli kvartalni egallaydi!
Uning markazida to'qqiz qavatli bino - Vankuver markaziy kutubxonasi joylashgan.
Ustunli ko'p qavatli aylana shaklidagi devor qadimgi Rim Kolizeyini yodga soladi.
Asosiy bino va unga yondosh boshqa binolar ko'priklar orqali o'zaro bog'langan bo'lib, o'qish zallarini o'z ichiga oladi.
#kutubxonalar
@kitob_ombori
Men bu yerga filni ko‘rishga kelmadim
O‘tgan mujtahid imomlar imomlik rutbasiga ilm talabidagi oliyhimmatlik va vaqtlarni zoye qilishdan ustunlik bilangina erishdilar. Imom Molikning shogirdi Yahyo ibn Yahyo Laysiy bo‘lib, bu inson “Muvatto” asarini eng mashhur va eng ishonchli roviylaridan biridir.
U zot bir kuni talaba do‘stlari bilan Imom Molikning darsida edilar. Fil kelib qoldi. Shunda o‘sha yerdagi barcha o‘quvchilar tashqariga, tirik filni ko‘rish uchun chiqib ketdilar. Yahyo bo‘lsa joyida o‘tiraverdi. Buni ko‘rgan imom Molik unga: “Senchi, filni tomosha qilishga chiqmaysanmi? Seni yurtingda fil yo‘qku?” dedi. Yahyo javob berib: “Men bu yerga filni ko‘rish uchun safar qilib kelmadim. Balki, sizni ko‘rish, sizning ilmingiz va yo‘l-yo‘riq, uslubingizni ta’lim olish uchun kelganman”, dedi.
Uning bu holati ustozga yoqdi, ma’qul keldi va uni “Andalus oqili” deya atadi. Keyinchalik aynan ushbu shogirdi bilan fiqh ilmida ish yuritish, qonunchilik yakuniga yetdi va uning sababidan Andalusda Molikiy mazhabi keng tarqaldi.
Qozi Iyozning “Tartibul madorik”, Ibn Xallikonning “Vafoyotil a’yon” va Imom Zahabiyning “Siyaru a’lamin nubalo” va boshqa asarlarda keltirilgan.
@kitob_ombori
📍Bulgakovning Moskvadagi “Yaxshi bo’lmagan kvartira”si
Mixail Bulgakov Moskvaga 1921-yil kuzida "pulsiz, hech narsasiz, bu yerda umrini oxirigacha yashash uchun" keladi.
Moskvadagi birinchi yashagan manzili Bolshaya Sadovaya ko'chasidagi 10-binoning 50-xonadoni edi.
50-kvartira "Usta va Margarita" romanidagi voqealar sodir bo'lib o’tadigan "yaxshi bo’lmagan kvartira" prototipi bo'lib xizmat qilgan.
Yo'lak tipidagi kommunal kvartira turli oilalar yashaydigan bir nechta xonalardan iborat edi.
Bugungi kunda "yaxshi bo’lmagan kvartira" Mixail Bulgakovning uy muzeyi sifatida faoliyat yurgazmoqda.
Bulgakovning kvartirasiga kiraverishda tashrif buyuruvchilar eslatmalar, yozuvlar va o’z tilaklarini yozib qoldiradilar. Bu yerda yozilgan har bir istak amalga oshishiga ishoniladi.
@kitob_ombori
Fikrlaringizni o'zgartiring ammo prinsiplaringizni emas. Barglaringizni yangilang lekin ildizlaringizdan voz kechmang.
Viktor Gyugo
@kitob_ombori
Yaqingacha o‘ylanib siqilib yuragidan narsam “Nima uchun nima muammo bo‘lsa meni boshimga kelib uriladi?” deb o‘ylanib yurardim.
Boya tushunib yetdim. Uzoq vaqt hal bo‘lmagan muammolar (ehtimol odamlar)yechimni menda ko‘rib, oxirgi najot sifatida menga yo‘liqar ekan.
Menda tabiatan dangasalik sal kuchliroq. Biror ishni maksimal tezroq bajarib berib, tezroq qutiligim keladi. Ammo mas’uliyatni doimo his qilaman.
Ehhe, bu bosh ne savdolarni ko‘rdi/ko‘ryapti va bundan battarlarini ham ko‘radi.
O‘zimda *mazoxizm belgilarini ko‘ra boshlayapman
* mazoxizm bu o‘zini qiynab rohatlanadigan kishi
Siz muammolaringizni qanday hal qilasiz? Ko‘pincha o‘zingiz bajarasizmi yoki boshqalardan yordan so‘raysizmi?
Boya kitobni divanda o'qib turib yengilgina mizg'ib qolibman va vaqt ichida tush ko'rishga ham ulgirdim (meni miyam hech o'zini ham meni ham zeriktirmaydida😅)
Tushda ham mutolaani davom ettiribman. Voqeliklar jaa essimda yo'g'u lekin taxminan videodagidaqa bo'lganiga ishonchim komil🙄
Endi esa boylarni hayoti haqida biror maqola o'qib uxlamoqchiman. Zora bu safargi tushimda ularni hayotida ham yashasam😂
Boylik illyuziyasiga aldanmang.
Katta uylar, hashamatli mashinalar, brend kiyimlar va dabdabali dam olishlar boylik emas.
Ehtimol, bular qarzdur.
Boylik - bu erkinlik, imkoniyatlar, vaqt va salomatlik.
O‘ylab ko‘ring …
Azamat Akbarov
Tarbiya bu "jin ursin seni" degan o'y kelganda, "assalomu alaykum" deya olishdir
Читать полностью…🔥 Мардикорга айланган олим: Бу миллат келажаги нима бўлади?
💥 Илмий тадқиқот институтида ишлайдиган олим йигит тирикчилик дардида қурилишга ишга чиқибди. Маоши ҳаминқадар етиб турган экан, иши ўзгармасада, ойлигини кесишибди, бола-чақасини боқа олмай қолибди.
✅ Манба саҳиҳ, эшитиб ҳайратга тушдим.
– Ўзи илми дуруст эдими, институтда номига юрмаганмиди, – умид билан сўрадим.
– Билимдон эди, ҳозир шунчаки юрганлар қолмаган, олаётган маошимизга фақат фидойилар ишлайди холос, – дея жавоб берди мардикорга айланган олимнинг ҳамкасби.
⚡️ Унутманг – илм эгасини хорлаб, яллачини кўтар-кўтар қилган миллат таназзулга маҳкум!
✍️ Аслида давлатдан ҳам хафа бўлгулиги йўқ: Бирор тўйда ёш олим иззатланганини кўрмадим, лекин отарчи билан раққосанинг кетини ўпгудай бўлганларни беҳад кўп кўрдим.
👎 Ачинаман...
Аброр Зоҳидов
@az_sss
Qiyinlashtiramizmi?
Yuqoridagi parcha Jorj Oruellning 1984 romanidan olingan edi.
4. "Musulmonlar yunonlar, forslar, hindlar va xitoyliklardan to'plagan ilm va bilimlariga o'zlaridan ham ko'pgina qo'shib, oxir-oqibat bularning barchasini yevropaliklarga berib yuborishdi".
Bu buyuk fransuz professorining Islomning muvaffaqiyati haqidagi fikri! Endi e'tibor bering, yevropaliklarning fikri va talqiniga ko'ra, o'zlari erishgan taraqqiyotni musulmonlardan qarz olganini ta'kidlashmoqda. Bizning katta baxtsizligimiz shundaki, agar biz yo'qotilgan madaniyat va sivilizatsiyamizni qaytarish uchun birgina harakatni qilsak, bizning ulamolarimiz darhol: "Sen kofirsan" deb ayuhannos solishadi va bizga xalaqit berishni boshlaydilar."
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Javob: Remarkning "Uch og'ayni" romanidan edi
2. Aql muhabbat masalalariga aralashmasligi kerak. Sevgan yoring to'g'ri mulohaza qilyaptimi, yo'qmi, buning ahamiyati yo'q. Muhabbat aqldan yuksakdir.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
Shunday iqtibos yozing-ki, qaysi kitobdan olingani bilinib tursin
Читать полностью…Bir yildan keyingi o'zingizga tavsiya/maslahat/tanbeh va hokazo yozib keting.
Yanagi yil shu sanada tirik bo'lsak o'qirmiz, eslab
Men gohida juda qahrli, keskin yozishim mumkin, lekin odamlar bilan yuzma-yuz munosabatda janjal qilolmayman, birov bilan mushtlashganimni eslay olmayman. Albatta, bolalikda hammani dag‘-dag‘ titratadigan, «kuzir» bolalarga havas qilgandirman. O‘zim esa ko‘proq xayol surib yuradigan bola edim, odamlardan ko‘ra ko‘proq kitoblar bilan suhbatlashardim. Bir kuni hech kim ko‘rmasin deb daraxt shoxiga chiqib, novdalar orasiga berkinib kitob o‘qib o‘tirganimda, amakim ko‘rib qolgan ekanlar: «Tush, bog‘da ketmon chop, hamma toklarni tagini yumshatyapti. Kitob o‘qiyversang, soching to‘kilib, tepakal bo‘lasan. Ishlamasang, qo‘llaring, muskullaring chayir bo‘lmaydi, nimjon bola bo‘lasan, ertaga seni kim boqadi?» - debdilar. Men: «Sizlarning bilaklaring boqsa, meni miyam boqadi!» - deb javob beribman. Buni amakim Tojimurod Bahriyev voyaga yetganimda aytib bergandilar. Rostdan ham, ro‘zg‘orni miya bilan tebratdim bir umr.
Karim Bahriyev, "Betoqat" kitobidan
Karim Bahriyev jurnalist, tarjimon, shoir.
@kitob_ombori
Фотима онамиз розияллоҳу анҳо тунда дафн этилдилар. Бу ўзларининг васиятларига кўра бўлганди... бу билан ортиқ тасаттурни хоҳлагандилар..
"Фатҳул Борий"дан
---
* тасаттур - танани бегонадан яшириш, ҳижобланиш.
@MubashshirAhmad
Дунё боланинг кўзлари билан 🌱
Кино тарихида йўқолмас из қолдирган, ҳозирги кунда фильмдаги парчалар кўплаб иқтибос ва мемларга айланган фильм.
"Форрест Гамп" 1994 г.
Фильм Форрест Гамп исмли кўнгилчан ва мулойим йигит ҳақида ҳикоя қилади. Унинг ёшлигида шифокорлар унга ақлан заиф деб ташхис қўйишган. Аммо, у ҳаётда шундай ноодатий йўлни босиб ўтган ва ҳар хил ҳодисаларни бошдан кечирганки, у қилган ишларнинг ҳаммаси ҳам соғлом одамнинг қўлидан келмайди. Фильм давомида эса у ушбу қизиқарли тақдири ҳақида автобус бекати тасодифий йўловчиларга ва биз, томошабинларга ҳикоя қилиб беради.
Ушбу фильм Уинстона Грумнинг худди шундай номли китобига асосланган ва фильм ўз оргиналини ортда қолдирган фильмлардан бири ҳисобланади. Бунинг асосий сабабларидан бири унинг кўп қирралигидадир. Айнан шунинг учун ҳам 1995-йилда "Криминальное чтиво" ва "Побег из Шоушенка" каби фильмларни ортда қолдириб 6 та Оскарни қўлга киритган.
Фильм воқеалари 1950-йиллар ўрталарида бошланиб, 1980-йилларда тугайди. Бу билан "Форрест Гамп"ни АҚШ тарихига энциклопедия деса ҳам бўлади. Аммо, Уинстона Грума асари асосан АҚШда рўй берган воқеаларга ва жамиятига нисбатан сатира бўлса, Роберт Земеcкиснинг фильми томошабин қалбини эритадиган картинага айланган. Чунки фильм нафақат АҚШ тарихини, балки улғайиш, севиб қолиш ва уруш даҳшатларини ҳам кўрсатиб берувчи фильмдир. Фильм давомида Форрест ҳар хил ирққа, дунёқарашга ва социал статусга эга одамлар билан танишганини ва тил топишиб кетганини кўришимиз мумкин. Унинг бу жиҳати ҳар хил турдаги одамларни бирлаштирувчи кўприкга ўхшайди. Шунинг учун ҳам фильм кўплаб томошабинларнинг меҳрини қозонган ва деярли бутун дунёда машҳурликка эришган дейиш мумкин.
Тўғри, Форрест ақлли бўлмаслиги мумкин. Аммо, унинг фильмдаги тинимсиз меҳнати, эътиборлилиги ва келажакка бўлган умиди унинг атрофидаги одамларни яхши томонга ўзгаришига олиб келади. Бу нарсани эса томошабин учун худди бепул терапия деса ҳам бўлади. Балки айнан шунинг учун бизни фильмни қайта ва қайта томоша қилишга тортар.
"KinoMetrik" канали учун махсус.
Эътиборингиз учун раҳмат!
Телеграм канал Катта Оға 🎬
ҚАРИМАСЛИК ҲАҚИДА ЯПОН ШИФОКОРИДАН МАСЛАҲАТ...
• Ассалому алайкум хурматли ўқирманлар. Телефонни қаршисига яхшилаб жойлашиб олинг) Бугун сизларга бир ажойиб воқеани ҳикоя қиламан.
• Шу десангиз, ҳар доимгидек офиcда ишлаб ўтирибмиз. Соат 17:00 ларда тўсатдан офисга «Каичо» (Компания асосчиси) аёли билан кириб келди. Каичони ёши 87 да, аёли эса 85 ёшда. "Ҳа, севишганлар кеч бўлганда романтика қилгани кетаябсизларми?" деб ҳазиллашсам, "Йўқ, сузишга кетаябмиз" дейди)
•Шу каичони аёли шифокорликдан нафақага чиққан. "Сизлардек соғлом бўлиш учун ва узоқ умр кўришим учун нима қилишим керак?" деб сўрадим. "Биринчи навбатда одам қариликни эрта кундан бўйнига олмаслиги керак, қаридим, касалман деб бўйнига олса, мия танага буйруқ бериб, ростдан ҳам касалликлар ва қарилик тез келади" деди.
• Тоза ҳаво, овқатланиш, спорт ва яна кўп омиллар ҳам узоқ умр кўришга сабаб бўларкуя, аммо, шу "Мия" га қариликни сингдириб қўймаслик ҳам муҳим эканда деб ўйлаб қолдим. Ҳар сафар 80-90 ёшли Японлар ишда ёшлардек ишлаётганларини, велосипедларда ёнимдан мендан тез ўтиб кетганини кўрсам, ўзимни бувим, бобомлар кўз ўнгимда гавдаланади.
• Ростдан бизда қариликни тез бўйинга оволишар экан. Шахсан ўзимни бувим, умрлари узоқ бўлсин. Ақлимни таниганимдан бери "Ман энди қариб, қолдим", "Шовқин қилманглар давлениям ошиб кетади", "Мен қариман. Менга фалон мумкинмас" дейдиган буви.
• "Мен энди қарияман. Қанча йил умрим қолди?" деб бувим гапирсалар. "Кўнглингизни тўқ қилинг. Сиз мен ақлимни таниганимдан бери шундай дейсиз. 40 га қараб кетаябман ҳалиям соғломсиз. Ҳеч қариямассиз. Японлар 80 ёшдан кейин яна битта ҳаётини бошлаб, ўйнаб-кулиб яшаб юришибди. Сиз ҳам кўп умр кўрасиз Худо хоҳласа" деб ҳазиллашаман.
• Сиз ҳам атрофингизни кузатиб кўрингда. Аёлингиз, онангиз, акангиз, укангиз, бобо-бувиларингиз 40 ёшлардан ўтиб қолишса, "Мен энди қариб қолдим", "Биз кўрадиганимизни кўриб бўлдик","Қанча умрим қолди« деб ўтириб турганда ҳам "Оҳҳҳҳҳ" деб хўрсиниб овоз чиқариб ўтириб-турадиган бўлиб олишади. Шундай пайтда уларга: "Булли, қилингеee, сиз ҳали ёшсиз" деб қўйинг)
• Хулоса ўрнида, қариликни эрта кундан бўйнингизга олманг. Мана, амалдорларимиз худди Японлардек қарилигини тан олмай курсиларида ўтиришибдику😂
Постимизни шум боладаги қўйини олдириб қўйган қоравойни дўстини гапи билан якунлаймиз : "Қоравой сан чувриндига фарқи йўқ. Ман Интернетда санғий-санғий Баҳодирни постига лайк босмай ўтиб кетишдан ор қиламан"😂
Hayrli tong/kun/tushlik
Oxirgi marta o'qigan kitoblaringiz ichida qaysi kitobni o'qib, uni mazmuniga tushunishga qiynaldingiz?
Ko'chacha aytganda “Miyangizni qisib qo'ygan” kitob qaysi?
Bu kitobim o'qiyapmanu, voqeliklar kinodek miyamda gavdalanyapti. Gaplar, harakatlar hatto personajlarni hissiy kechinmalarini ham his qilib o'qiyapman.
Tarjimaga ham qoyil qilish kerak. O'rta asr zodagonlariga hos oqsuyakchaga iboralarni topib ishlatganki, ba'zi o'zbekchasi so'zlarni ma'nosini izohli lug'atdan qidiryapman😅
Umrni bekorchi kitoblarga sarflamasdan mana bunaqa kitoblarga ham vaqt ajratib turinglar.
Bizni kitob bilan siylagan @zabarjadmedia'dan seriyaning qolgan qushlarni ham kutib qolamiz
@kitob_ombori