Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Yaxshi yangilik bor!
Shu kunlarda offline tarzda ko'chadagi odamlarga bir akamiz bilan birgalikda bepul kitob tarqatmoqchimiz. Ammo shunchaki bersak ham bo'lmas deb o'ylayapman.
Shunga qandaydir shart qo'ysammikan deyayotgan edim.
Maslahatlashvoringlarchi
kanalni faol yurgazishga motivatsiya yetishmayapti🪶
Motivatsiyani koni nimada ekanligini bilasizlar:
https://tirikchilik.uz/kitobombori
Baxtli bo'lish formulasi qanday ekanligini bilmayman. Ammo baxtsizlik formulasi aytib berishim mumkin: Bu hammaga birdek yoqishga urinishdir.
Ernest Xeminguyey
@kitob_ombori
Kitoblar haqida yaxshi kanallar ko'p. Yana-da yaxshilaridan biri esa:
@malinas_books
Sen shoxida yursang men bargida yuraman
Venalik mashhur vrach Notnagel huzuriga bir savdogar o‘zini muntazam bezovta qilayotgan kasalligi tufayli maslahat olgani keladi.
Aytishlaricha, doktor birinchi maslahati uchun 25 marka, ikkinchi
va keyingilari uchun 10 markadan olar ekan. Savdogar bo‘lsa, ozroq haq to‘lab o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘lib, vrach huzuriga keladi va qabulxona eshigini ochib, eski qadrdonlarday:
Janob doktor, mana yana huzuringizdaman! - deydi.
Vrach Notnagel bo‘lsa bemorga hayratlanib qaraydi va uni eslay olmaydi. U savdogarni diqqat bilan tekshirgach, deydi:
-"Vujudingizda hech qanday o‘zgarish yo‘q, oxirgi yozib bergan dori-darmonlarni ichishda davom eting!"
#tabassum
@kitob_ombori
O'tgan may oyida nechta va qaysi kitoblarni o'qidingiz?
Читать полностью…Ўзбек ёшларининг қўшни давлатларда “ўқиши” – ўз-ўзини алдашми?
ЮНEСКО маълумотларига кўра, Ўзбекистон хорижда ўқиётган талабалари сони бўйича жаҳонда 5-ўринга чиққан. Салкам 110 минг ўзбекистонлик бугун хорижда таълим оляпти. Бу бўйича мамлакатимиз Франция ва АҚШдан ҳам олдинда. Лекин ялтираган ҳар нарса олтин эмас деганларидек, талабаларнинг аксарияти қаерда ва қандай ОТМда ўқиётгани муҳим.
📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Tushunmaydiganlar uchun so'zlaringizni, qalbi yo'qlar uchun his-tuyg'ularingizni uvol qilmang.
#feelings
@kitob_ombori
Endi bolalar emasmiz. Endilikda ota-onalarimiz o'z muammolarini bizga aytib berishadi.
Bizlar esa o'zimiznikini berkitamiz.
#aqllilik
Xulosa
Vaqt yetishmovchiligidan arz qilish – zamonaviy dunyoning odati. Aslida vaqt emas, uni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmasi yetishmaydi xolos. Vaqt yetishmvochiligi emas, Prokrastinatsiya bizni orqaga tortadi. To‘g‘ri motivatsiya, ichki muvozanat, natijadan lazzatlana olish va ob’yektivlikni shakllantirish orqali bu vaqt o‘g‘risi bilan kurashish mumkin.
#taqriz
@kitob_ombori
Eng arzon g‘urur - bu milliy g‘ururdir. Bu kasallikka chalingan har qanday sub’yektning induvidial xususiyatidagi jiddiy kamchiligidir. Chunki bu g‘ururni u o‘zidan tashqari yana millionlab odamlarda borligini sezmasligi mumkin emas. Kimda kim o‘zining shaxsiyatiga munosib baho bera olsa, o‘sha odam o‘z millatini kuzatadi va uning kamchiliklarini aniqlab boradi va to‘g‘irlashga xarakat qiladi. Ammo hech narsasi yo‘q bechora odamlar esa faxrlanishga arziydigan, yagona maqtanadigan narsasiga yopishadi, bu uning o‘zi tegishli bo‘lmish milliy g‘ururidir. U o‘z millatining barcha kamchiligi va nuqsonlarini yashirishga va himoya qilishga urinadi.
Artur Shopengauer
@kitob_ombori
Yaqin kunlarda Jeyms Joysning "Uilss"i "Yangi asr avlodi" nashriyotida qaytadan bosilib chiqadi.
Bu kitobni asosiy ahamiyati asar hajmini kattaligi, romanda tugal bir xulosa mavjud emasligi va uni boshlab tugatish hammaga ham nasib qilmasligida 😄 (noto'g'ri o'ylamang, shunchaki sabri yetmaydi xolos).
Bugun ushbu muhtasham roman haqida bir qancha qiziqarli ma'lumotlarni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman.
Ehtimol bu ma'lumotlar ushbu kitobga qiziqib qolishingizga sababchi bo'lar))
🇮🇹Jeyms Joysning "Uliss" romani haqida faktlar
Roman yetti yil davomida yaratilgan boʻlib, 1918-yil martidan 1920-yil dekabrigacha Amerikaning “Little Review” jurnalida qisman chop etilgan. 1922-yil 2-fevralda esa Parijda toʻliq holatda nashr etilgan.
Joys dastlab oʻzining hikoyalar toʻplamini “Dublindagi Uliss” deb nomlashni rejalashtirgan, keyinchalik uni “Dublinliklar” deya atagan. Ammo oxir-oqibat hikoya gʻoyasi 1914-yilda boshlab buyuk roman gʻoyasiga aylanib ketadi.
Roman nomi (ya'nu Uiliss) Odissey ismining lotincha shaklidir.
Roman kelib chiqishi yahudiy bo'lgan Dublinlik Leopold Bloomning bir kuni haqida hikoya qiladi.
Roman muxlislari tomonidan 1904-yil 16-iyun sanasi “Gullar kuni” sifatida nishonlanadi.
"Uliss" modernistik adabiyotning eng yuqori cho'qqisidagi asar sifatida e'tirof etilgan. Syujeti soddaligiga qaramay, unda juda ko'p tarixiy, falsafiy, adabiy va madaniy ishoralar mavjud.
Roman konturi va uning kompozitsion tuzilishi Gomerning "Odisseya"si bilan oshkora va yashirin o'xshashliklarga ega.
Romanda turli davrlarning adabiy uslublari va janrlari, Joys parodiya qilgan yoki taqlid qilgan yozuvchilarning uslubiy xususiyatlari o‘z aksini topadi.
Bir qarashda, kitob tuzilmasi tartibsiz boʻlib tuyulishi mumkin va buning sababiga Joys quyidagicha ta'rif bergan:
“Bu kitobda shunchalik koʻp jumboq va sirlar yashiringanki, professorlae men nimani nazarda tutganim haqida asrlar davomida bahslashaveradi”
Roman Norvegiya kitobxonlar klubi tomonidan barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi kitoblari roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, but roʻyxatni tuzish uchun butun dunyo boʻylab 100 ta yozuvchi oʻrtasida soʻrov oʻtkazilgan.
@kitob_ombori
To‘rt oyoqli hamma tirik jon yerga qaraydi va unga talpinadi. Faqat insongina yerda tik turadi, qo‘llari va boshi bilan falakka intiladi. Ibodatga... Xudoga...
Svetlana Aleksiyevich "Chernobil tavallosi"
@kitob_ombori
Sizning yolg'iz bo'lishingiz, bu sizning kuchsizligingizni anglatmaydi. Aksincha, bu munosib narsangizni kutish uchun yetarlicha kuchli ekanligingizni anglatadi.
@kitob_ombori
bugun yana kimdir xursand bo'ladi
albatta buni kitoblari ham bor
(uylanmayapman hali. Tabrik yozmay turinglar hay)
Milliardlarni lol qilgan kitoblar
Bugun dunyo bo‘yicha nafaqat eng ko‘p mutolaa qilingan, balki o‘z o‘quvchilarining ma’naviy olamini boyitgan, qalbiga ziyo olib kirgan eng sara badiiy asarlarga to‘xtalamiz.
Fyodor Dostoyevskiy – «Jinoyat va jazo»
Rus yozuvchisining ushbu romani 1886-yilda Rossiyada chop etilgach, uning nomi tez orada butun Yevropaga tanildi. Ko‘hna qit’ada «Jinoyat va jazo»ni mutolaa qilishni istaganlar shu qadar ko‘payib ketdiki, ba’zilar asarning tarjima qilinishini ham kutmay, rus tilini o‘rganishga bel bog‘lashdi. Bugunga kelib «Jinoyat va jazo» 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan va qayta-qayta nashr etilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo»sini 3 milliarddan ko‘proq odam sevib mutolaa qilgan. Qizig‘i, ko‘pgina qamoqxonalarda mahbuslar yonida «Jinoyat va jazo»ni olib yurishi aniqlangan.
Uilyam Shekspir – «Hamlet»
1599 — 1601-yillarda yozilgan ushbu tragediya Shekspirning shoh asarlaridan biri sanaladi. To‘g‘ri, uning qo‘lyozmasi o‘quvchilar tomonidan avvaliga u qadar ko‘p o‘qilmagandir, biroq uning teatrda sahnalashtirilishi «Hamlet» mutolaasini yanada kuchaytirdi. «Hamlet» ham xuddi «Jinoyat va jazo» singari ko‘p tillarga tarjima qilingan. Ammo u dunyoning barcha davlatlari teatrlarida sahnalashtirilganiga shubha yo‘q. Shu bois ham «Hamlet» o‘quvchilar eng sevib o‘qiydigan asarlar ro‘yxatida doimo oldingi o‘rinlarda turadi.
Aleksandr Dyuma – «Graf Monte Kristo»
Dyuma 1827-yilda tanishgan do‘sti Jozef Meri bilan uchrashish uchun Marselga kelgan edi. Dyuma do‘sti Meri tufayli Marsel bilan qattiq bog‘lanib qoladi. 1834 yilda u Fransiya janubiga sayohat qiladi. Marsel esa bu safarning so‘nggi nuqtasi edi. U safarining nihoyasida If qal’asini ko‘rish uchun kemada sayohat qiladi. O‘shanda 1834-yilning 10 dekabr sanasi edi.
Ehtimol, bu yirik asar g‘oyasi ham ana shu pallada dunyoga kelgandir? Ammo shunisi aniqki, u Dantes haqidagi yirik asarni yozishga bel bog‘laganida voqea joyi sifatida o‘zi yaxshi bilgan va ko‘rgan mana shu portni tanlaydi. Adibning tasavvur doirasi shu qadar keng ediki, uning asaridagi voqealar hayotdagidan ko‘ra hayotiyroq, haqiqatning o‘zidan ko‘ra haqqoniyroq chiqqan. If qal’asining bunchalik shuhrat qozonishida Dyumaning asari katta o‘rin tutgan desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Ernest Xeminguey – «Chol va dengiz»
Xeminguey asarlari o‘zining jozibasi bilan har bir o‘quvchining qalbiga kirib boradi. U tom ma’noda kitobxonni asir etadi. Yozuvchiga Nobel mukofotini olib bergan ushbu asar millionlab xonadonlarning kitob javonida saqlanadi. Har bir kitobxon har gal qo‘liga ushbu asarni olishi bilan uning ichiga qanday kirib ketganini bilmay qoladi. Ha, Ernest Xemingueyning mahorati ham shunda. Hatto futbolchilarni ham ilhomlantirgan. «Manchester Yunayted» klubi hamda Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Erik Kantonadan «Gol urish uchun nimadan ilhomlanasiz?» deb so‘rashganida «Xemingueyning asarlaridan» deb javob bergan.
Jek London – «Oq so'yloq»
Jek London doimgiday o‘z qahramonlarini kurashga, hayotga, yashashga intiltirganiday «Oq so'yloq»da ham bu an’anasiga sodiq qolgan. «Tun bilan birga qo‘shilib, atrofga dahshat beruvchi hodisalar ham boshlandi. Uyqusizlikdan Genrining oyoqda turishiga ham majoli qolmagandi. Harchand urinmasin uyqu uni mahv eta boshlagandi... Uyqudan turganida o‘zidan yarim qadam narida dahshatli qurtni ko‘rdi...». Bu asar o‘z vaqtida butun Amerikada qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgan. «Oq so'yloq» 100 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Uning o‘quvchilari soni yildan-yilga ortib bormoqda.
@kitob_ombori
Ular ruhoniylar yonidan o‘tib ketishgach, Zardo‘shtni g‘am bosdi; lekin u o‘z qayg‘usi bilan uzoq olishib o‘tirmadi, keyin u shu so‘zlarni aytdi:
Men bu ruhoniylarga achinaman. Ularni sira yoqtirmayman.
Lekin odamlar orasida yashayotganimdan beri ular menga u qadar yovuz bo‘lib ko‘rinmaydilar.
Men ular bilan azob chekkanman, hamon azob chekaman: mening nazarimda ular — asoratdagi tamg‘a urilgan odamlar. Ular nazarida xaloskor bo‘lgan zot ularni kishanlab qo‘ygan.
Bu yolg‘on qadriyatlar va telbavor so‘zlar kishani; Oh, ularni
kimdir xaloskoridan xalos qilsaydi.
****
Bir kuni menga iblis shunday dedi: Hatto xudoning ham o‘z do‘zaxi bor — bu uning odamlarga muhabbati.
Yaqinda uning shunday deyayotganini eshitdim: Xudo o‘ldi; odamlarga rahm-shafqati bois xudo o‘ldi.
Shunday qilib, men sizni rahm-shafqatdan ogoh etaman: uyoqdan odamlar boshiga og‘ir bulut yaqinlashmoqda. Men chindan, momaqaldiroq alomatlarini yaxshi bilaman.
Yana shu so‘zlarni ham yaxshi eslab qoling: har qanday buyuk
muhabbat o‘z rahm-shafqatidan yuqoriroqdir: u o‘zi sevgan narsani yana yaratishni istaydi.
****
Lekin tilanchilarni butunlay yo‘qotib yuborsa arziydi; Ularga bersang ham alam qiladi, bermasang ham alam qiladi.
Ular bilan birga gunohkorlar va vijdon qiynoqlari ham qo‘shmozor bo‘lib ketsin.
****
Men yangi yo‘llardan boraman, menga yangi so‘z kelmoqda; barcha bunyodkorlar singari men eski takillagan tillardan charchadim. Endi mening ruhim siyqasi chiqqan poshnalarda yurishni istamaydi boshqa.
****
Haqiqatan, mening taxtim va erkim xuddi bo‘ron kabi kelajak. Ammo mening dushmanlarim bizning boshimiz uzra YOVUZ RUH tug‘yon solmoqda, deb o‘ylashlari kerak.
Hatto siz, mening yoronlarim, mening asov donoligimdan qo‘rqib ketursiz va ehtimol, undan dushmanlarim bilan birgalikda qochib, ketursiz.
****
Bilik kishisi o‘z g‘animalarini faqat sevibgina qolmay, hatto O‘z do‘stlarini yomon ko‘ra bilmog‘i darkor.
Bir umrga faqat shogird bo‘lib qolgan kimsa o‘z ustozi oldidagi qarzini yomon o‘tagan bo‘lur. Nima uchun siz mening gulchambarimni yulib-yulib tashlamaysiz?
****
Siz meni topganingizda hali o‘zingizni qidirmagan edingiz. Barcha ishonuvchilar shunday qiladilar; chunki har qanday ishonchdan ma’ni juda oz.
Endi men sizga buyuraman: meni yo‘qoting va o‘zingizni toping; faqat siz hammangiz mendan yuz o‘girib tonganingizda, men yana sizga qayturman.
Chindan, birodarlarim, men o‘shanda o‘z yo‘qotganlarimni boshqacha ko‘z bilan izlayman; boshqacha muhabbat bilan sevaman men sizni o‘shanda.
Nitshe "Zardusht tavallosi" asaridan
Ismi aytilmaydigan (Adolf Gitler) Nitshening ushbu asarini sevib o'qigan. Xatto, dunyoda 2 ta zo'r asar bo'lsa birinchisi "Main Kamf", ikkinchisi "Zardusht tavallosi" degan ekan. Gitlerning "oriy irq" qarashlari ham ayni Nitshening "oliy odam" g'oyasi asosida shakllangan. Imperator Gindenburg vafot etganda Gitler buyrug'i bilan uning qabriga "Zardo'sht tavallosi"ni qo'shib ko'mishgan ekan.
@kitob_ombori
Ka’bai sharifda peshin namozini ado qilib, mehmonxonaga qaytdik.
Mehmonxonaning oshxona, tahoratxonalarini tozalab yuradigan habash yigit ish kiyimi bilan liftga chiqmoqchi bo‘lib turgan ekan. Darrov salom berdi. Alik oldim. "Osmondan kelib" qayerdanligini so‘radim. Afrikaning "bir burchagini" aytdi.
Mendan ham qayerdanligimni so‘radi. "Buxoriylardanmiz" dedim. (Nazarimda "Shum bola" filmidagi Ergash Karimov o‘ynagan obrazdek gapirdimov.)
Farrosh yigitning ko‘zlari o‘ynab ketdi… "Rovahul Buxoriy" deb "har bir so‘zi dalil, hujjat bo‘ladigan Ustozning avlodi ekansiz-da. Qur’onni ham yaxshi bilsangiz kerak…?" dedi.
"Ha-da…!"(Past kelgim kelmadi) U yettinchi qavatda tushar ekan, men sakkizinchi qavatga tushaman. Liftning tugmalarini bosdik 7 va 8. Ko‘rinishda yonma-yon turgani uchun 78 ga o‘xshab qoldi. Farrosh yigit "78 bo‘ldi" deb kuldi.
Kutilmaganda mendan "Baqara surasining 78-oyatini aytib bering" deb qoldi-yu…
Darrov "osmonimdan yerga tushdim". "Kitobdan qaramasam aytolmayman" dedim.
Baxtimga uning qavatiga yetib qoldik. U tushib ketayotib yelkamga qoqib, "Qur’onni yaxshiroq yodlang," dedi.
Esankirab xonaga kirdim. Mushafni ochib Baqaraning 78-oyatini ko‘rdim-u, yig‘lab yubordim:
"…Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omilar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos." (Baqara surasi 78 - oyat)
Yaxshiyam farrosh yigit ahvolimni ko‘rmadi.
@kitob_ombori
🪦 Bu haykalga teginsangiz "baxtingiz ochilib ketadi"! Chunki u haykal Juliyettaniki!
Shekspir asari qahramonining haykali Italiyaning Verona shahrida, Romeo o'z sevgilisiga sevgi izhor qilgan joy, ya'ni Juliettaning ramziy hovlisida o‘rnatilgan.
Ushbu maskanga turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar, "o'z ikkinchi yarmini topish"ga umid qilib, Juliyettaning qo'li va ko'ksiga qo'llari bilan teginishadi.
2014-yilda haykalga hamma teginaverganidan uning qo‘li va ko'ksida yoriqlar paydo bo'ladi. Ma'murlar haykalni asl holatda asrab qolish uchun uni muzeyga jo'natishadi, hovliga esa uning nusxasi o'rnatiladi.
O'z baxtini qidirib yurganlarga jo'natib qo'yarsiz😁
@kitob_ombori
MUSLIH
Jon Pombe Magufuli Tanzaniyaning beshinchi prezidenti. U o‘z mamlakatida fasod va poraxo‘rlikka qarshi kurashgan. Kimyo bo‘yicha doktorlikni yoqlagan. Ozroq muddat o‘qituvchilik qilgan. So‘ng siyosatga kirishidan oldin bir sanoat shirkatida ishlagan.
2015-yil oktyabrda saylovda g‘alaba qozongach bir qancha ko‘zga ko‘ringan mas’ullarni ishdan bo‘shatgan. Ular orasida korrupsiyaga qarshi kurashuv apparatining boshlig‘i, soliqning boshlig‘i, temir yo‘llar boshlig‘i, portlar hay’ati raisi bor edi. U soxtakorlik bilan ishlagan 10.000 amaldorni ishdan oldi.
U davlat zarar qilmasligi uchun mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan rasmiy anjumanni bekor qildi. Bunga ketadigan mablag‘ni o‘sha paytda mamlakatda avj olgan xolera vabosiga qarshi kurashda ishlatdi.
Vazirliklarni 30 tadan 19 taga tushirdi. Barcha vazirlardan hisob raqamlari va mol-mulklarini ochiq ko‘rsatishlarini talab qildi. Ko‘rsatmaganlarni yoki vijdonan ishlash uchun ahdnomaga imzo chekmaganlarni ishdan oldi.
Jon Pombe Magufuli barcha mas’ullarga uning iznisiz chetga safar qilishlarini man qildi. U mas’ullar mamlakatning ichki muammolari bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim deb hisoblar edi.
Elchilar esa xorijda o‘z mamlakatlarini namoyon qiluvchi fuqaro o‘laroq o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari lozim edi. Hukumatdagilarni alohida samolyot va o‘rindiqlarda safar qilishini man qildi. Mehmonxonalarda o‘tkaziladigan hukumat yig‘inlari va uchrashuvlarini man qildi.
Britaniya hamkorlik majlislariga borishga tayyor turgan 50 ta mas’ulning o‘rniga 4 kishini yubordi.
Davlatdagi markaziy shifoxonani ko‘zdan kechirganida bemorlar yerda yotishganini, tibbiy jihozlar buzilib eskirib ketganini ko‘radi. Shifoxonadagi barcha mas’ullarni ishdan oladi. Shifoxonani o‘z holiga keltirish uchun bir hafta vaqt beradi. Uch kunda shifoxonani yaxshi holga keltirishadi.
Yangi parlament ochilishi marosimiga sarflanishi lozim bo‘lgan 100.000 dollarni 7000 ga qisqartirib ortgan pulni markaziy shifoxonani jihozlashga ishlatishni buyuradi.
U bosh vazirni "dorus salom" portini to‘satdan tekshirish uchun yuboradi. Ularning soliqqa oid qonunlarni buzganligi aniqlanadi. 40 million dollar daromad o‘zlashtirilgan edi. Tanzaniya devon raisi va beshta yordamchisini ishdan oladi. Barchasiga jinoiy ish ochadi.
U mas’ullarga xizmat qiladigan qimmat mashinalarni sotib yuborib o‘rniga arzon mashinalar oladi.
Magufuliga qadar faqatgina boshlang‘ich ta’lim bepul edi. U o‘rta ta’limni bepul qildi.
Magufulini "buzg‘unchilikka qarshi kurashuvchi buldozer" deyishadi. U amalga o‘tirganining birinchi kunidan boshlab mamlakatdagi buzg‘unchilikka qarshi kurashib keladi. Uning shiori: "Mamlakatga qilingan xiyonatni kechirish yo‘q!".
U "hayfsan" bermaydi. U "ogohlantirish" bermaydi. Xiyonatni faqat konkret jazolaydi.
"Majallatus saqofiyya".
©Abdulqodir Samarqandiy tarjimasi
@kitob_ombori
Ko‘rinmas san’at: Eski kitoblar qirralaridagi yashirin asarlar.
“Fore-edge painting” – kitob chetiga rasm chizish – bu eski ingliz kitobiy san’ati bo‘lib, bizning axborot-texnologiyalar asrimizda ushbu san’at deyarli unutilib ketgan.
Kitob sahifalarining chetlariga noodatiy rasmlarni chizish XVI asrda paydo bo‘lgan. Uning asoschisi – Venesiyada faoliyat yuritgan italiyalik naqqosh va Uyg‘onish davri rassomi Cesare Vecellio hisoblanadi.
#qiziqarli #kitoblargaoid
@kitob_ombori
1969-yil. 21-iyul. Nil Armstrong insoniyat tarixida ilk bor Oyga qo‘ngan birinchi odam sifatida tarixga kirgan kun.
U kemadan tushar ekan, hammaning yodida qolgan bir jumlani aytadi.
O‘sha payt Oydan to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvir va ovoz uzatilib, butun AQSH TVsida translatsiya qilinayotgan edi.
Armstrong Oyga qo'nib aytgan o'sha tarixiy jumlalar quyidagicha edi:
- Bu bir inson uchun kichik qadam, lekin insoniyat uchun ulkan sakrashdir.
Shundan so‘ng u pastroq ovozda qo‘shib qo‘yadi:
- Sizga omad tilayman, janob Gorskiy.
Yerga qaytgach, 10 yil davomida qiziquvchan jurnalistlar Armstrongdan mazkur so‘z bo‘yicha tushuntirish olishga harakat qilishdi, lekin u barcha savollarga javob bera olmasligini aytdi.
Savol an’anaviy tusga kirgan, javob ham shunaqa edi. Kutilmaganda, parvozdan 10 yil o‘tgach, matbuot anjumanida yana o‘sha standart savolni unga berishadi:
- Axir, kim o‘sha janob Gorskiy?
Armstrong kutilmaganda, Gorskiy vafot etgani uchun, endi buni izohlay olishini aytdi:
- Yetti yoshimda akam bilan hovlida beysbol o‘ynayottik. Akam juda kuchli zarba berdi va to'p qo‘shnilarimiz Gorskiylarning yotoqxona derazasi tagiga tushdi. Men to‘pni olgani yugurdim va Gorskiy xonimning eriga quyidagini aytayotganini eshitdim:
-Hm... Ko‘ngillari yangicha muhabbat istab qolibdimi?
Bo‘pti, senga o‘zing istagan bo‘sani sovg‘a qilaman. Lekin bilib qo‘y, uni faqat qo‘shni bolakay Oyga borib qaytgandagina olasan!
#tarixiyvoqealar
@kitob_ombori
Har bir kitob o'qishni sevadigan qizga, kitoblardagi muhabbat haqiqat ekanligi isbotlovchi yigit kerak.
#bookvibe
@kitob_ombori
«Har qanday qo‘zg‘olonni bostirish uchun, endi zo‘ravonlik qilish shart emas. Gitlerning metodlari eskirgan. Juda kuchli kollektiv shartlashni yaratish kifoya, shunda qo‘zg‘olon g‘oyasi odamlar ongida paydo bo‘lmaydi. Ideal holatda odamlarni tug‘ilgandan tarbiyalash, ularning tug‘ma biologik qobiliyatlarini cheklash kerak. Shundan keyin biz shartlashni davom ettirib, ta’limga bo‘lgan e’tiborni keskin kamaytiramiz, uni faqat kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga ixtisoslashtiramiz.
Savodsiz odamning dunyoqarashi, tasavvur doirasi cheklangan bo‘ladi, ularning fikrlashi o‘rtacha mashg‘ulotlar bilan chegaralangan bo‘ladi, bunday odamlar qo‘zg‘olonga qodir bo‘lmaydi. Biz fanlarga chuqur kirib borishni yanada qiyinlashtirishimiz, uni elitar ne’mat qilishimiz kerak, shunda odamlar va fan o‘rtasida uzilish bo‘ladi hamda umumiy ommaga ma’lumot tarqatishda unda hech qanday yovuz mazmun bo‘lmaydi.
Asosiysi – falsafasiz hayot. Bu yerda biz zo‘ravonlikdan ko‘ra ishontirish kuchini ishlatishimiz kerak: biz televideniyeda faqat hislar yoki instinktlarga tegishli bo‘lgan ko‘ngilochar dasturlarni ommaviy ravishda namoyish etamiz. Onglar foydasiz va o‘yinga hos narsalar bilan band bo‘ladi. Ongni o‘ylashdan to‘xtatishni doimiy teleshou ko'rsatuvlar va musiqa bilan amalga oshiramiz. Biz insonning qiziqishlari ro‘yxatining birinchi o‘rniga shahvoniylikni qo‘yamiz. Ijtimoiy trankvilizatorning eng yaxshisi fikrlatmaslikdir.
Umuman olganda, biz jiddiy hayot qismini yo‘qotish, barcha qimmatli narsalarni masxara qilishni ommalashtiramiz, doimo yengilfikrlikni qo‘llab-quvvatlash uchun, jamoatchilik eyforiyasini inson baxti va erkinlik namunasi bo‘lishini ta’minlaymiz. Shunday qilib, shartlash shunday integratsiyaga olib keladiki, biz qo‘llab-quvvatlashimiz kerak bo‘lgan yagona qo‘rquv – bu tizimdan chiqib ketish va shu sababli baxt uchun zarur bo‘lgan sharoitlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lmaslik qo‘rquvi bo‘ladi.
Shu tarzda shakllangan ommaviy odam bilan go‘yo u kim bo‘lsa, o‘sha odam sifatida muomala qilish kerak: go‘yo uni sigir va ularni poda sifatida kuzatish kerak. Ongning uyqusini ta’minlaydigan har qanday narsa jamoat foydasi va uni uyg‘otishi mumkin bo‘lgan har qanday narsani masxara qilish, bostirish, unga qarshi kurashish kerak. Tizimni shubha ostiga qo‘yadigan har qanday doktrina yovuz va terrorchi sifatida belgilanishi kerak va uni qo‘llab-quvvatlovchilarni keyin terrorchi sifatida ko‘rib chiqishadi».
Gyunter Anders, «Insonning eskirganligi» asaridan
#iqtibos
@kitob_ombori
Prokrastinatsiya: "keyinroq qilaman"dan qanday qutulish mumkin?
Prokrastinatsiya deb nomlanadigan bu holat nafaqat yumushlarning to‘planib boraverishiga, balki ruhiy tushkunlik, o‘ziga nisbatan ishonchning susayishiga ham sabab bo‘ladi.
Pyotr Lyudvig, Adel Shiker muallifligidagi “Prokrastinatsiyani yenging: ishlarni keyinga qoldirishni qanday to‘xtatish mumkin?” ("Победи прокрастинацию/The end of procrastination) kitobida bu tunneldan chiqib ketish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tilgan.
Insayt № 1.
Tasavvurni ishga soling, eng kuchli motivatsiya shu
Eng kuchli motivatsiya – qachondir tug‘ilganing va qachondir o‘lishinig muqarrarligi haqidagi haqiqatni doimo esda tutishdir. Bizga berilgan vaqt chegaralangan.
Vaqtimizning chegaralanganligi anglash bu vaqtni foydali ishlarga sarflash, yangilik yaratish, nimadir iz qoldirib ketishga undaydi.
Umrning chegaralangni haqida tasavvur harakatlanishga undovchi eng kuchli magnitdir. Siz haqiqatan kerak deb bilgan ishlarga vaqt ajrata boshlaysiz, behuda yumushlardan tiyilasiz. Bu ustuvor vazifalarni to‘g‘ri belgilash va ularni bajarish uchun kuch topishga yordam beradi.
“Tez orada o‘lishim haqidagi o‘y kerakli qarorlarni tezroq qabul qilishga yordam berdi. O‘lim qarshisida hamma narsa o‘z mazmunini yo‘qotadi – atrofdagilarning fikri, ambisiya (shuhratparastlik), muvafaqqiyatsizlikdan, sharmanda bo‘lishdan qo‘rquv hissi. Faqatgina haqiqatan muhim narsalargina o‘z qiymatini qoladi. O‘limni yodda tutish yo‘qotishing mumkin bo‘lgan narsalar haqida o‘ylashga majburlovchi aqliy tuzoqdan eng samarali himoyadir. Sen allaqachon barchasini yo‘qotib bo‘lgansan – hech narsang yo‘q. Va yuraging amriga quloq solishdan hech narsa qaytara olmaydi”.
Stiv Jobs
Insayt № 2.
Ichki muvozanatni kuchaytiring
Tan olaylik: hammamizga bir sutkada 24 soat berilgan. Dunyodagi eng boy odamlarda ham 24 soat bor. Ammo muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlarni nima ajratib turadi? Javob oddiy: ichki muvozanat.
Ichki muvozanatni ikkiga ajratish mumkin: samaradorlik va mahsuldorlik.
Misol: manzilga piyoda yetib borish kerak. Mahsuldorlik – ushbu manzilga qancha vaqtda yoki qancha qadam bilan yetib borish.
Samaradorlik esa manzilga eng qisqa vaqtda va minimum resursni sarflagan holda yetib borishni ifodalaydi.
Shu bois ichki muvozanat maqsadni amalga oshirishda muhim sanaladi.
Insayt № 3.
Natijalarni ko‘zlang. Natijalar keyingi qadamlarga ruhlantiradi
Maqsad sari harakatlanish uchun aniq ko‘zlangan marra, ko‘zga ko‘rinadigan natija bo‘lishi kerak. Natijaga erishgandan keyin harakatlar zoye ketmagani his qilinadi.
Natija hissiy bo‘lishi mumkin – o‘zi bilan faxrlanish ichki qoniqish hissini hosil qiladi. Misol, shanba kuni vaqtli uyg‘onib, xonani saramjomlashni rejalashtirdingiz va buni barjardingiz ham. O‘zingizga berilgan va’daning ustidan chiqqaningiz uchun ichki faxrni seza boshlaysiz.
Natija moddiy bo‘lishi ham mumkin. Yana o‘sha misol. Xonani saranjomladingiz – atrof toza va sarishta. Bu yaxshi kayfiyat beradi, uyga kelgandan to‘zib turgan xonadan hafsalangiz pir bo‘lmaydi.
Insayt № 4.
Ob’yektivlikka intiling, voqelikka chetdan nazar solishga harakat qiling.
Maqsad yo‘lida ob’yektivlikni ham unutmaslik kerak.
Miyamiz bizni har doim haq ekanligimizga, to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizga ishontiradi. Ammo harakatlarimiz aslida to‘g‘ri bo‘lib chiqmasligi ham mumkin. Xatolarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lishimiz, maqsad uchun noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan bo‘lishimizdan hech birimiz istisno etilmaganmiz. Shuning uchun harakatlaringizni vaqti-vaqti bilan begona nigoh bilan, chetdan tahlil qiling.
Britaniyalik faylasuf va matematik olimi Bertran Rassel: “Dunyoning muammosi shundaki – ahmoqlar o‘zlariga juda ishonishadi, aqllilar esa doim o‘zlariga shubha bilan qarashadi”, degan edi.
AQShlik Derek Medina "Qanday qilib hayotni, nikohni va oilani muloqot orqali saqlab qolish kerak" kitobining muallifi. Kitob katta muvaffaqiyatga erishgan va muallifga nisbatan iliq fikrlar bildirilgan. Ammo u o'z xotinini otib tashlagan va jasadini rasmga olib Facebook'ga joylashtirgan.
"Qanday qilib do'st orttirish mumkin?" kitobining muallifi Deyl Karnegi adoqsiz depressiya va yolg'izlikda vafot etgan.
Benjamin Spo ota-onalar haqida ko'plab kitoblarning muallifi, o'z o'g'illari tomonidan qariyalar uyiga topshirilgan.
Koreyalik yozuvchi Choi Yun Xi "Qanday qilib baxtli bo'lish kerak?" Janubiy Koreyada eng ko'p sotilgan kitob muallifi bo'lib, u o'zini depressiya tufayli osib qo'ygan.
Bularni nega yozyapman? Shaxsiy rivojlanish bo'yicha turli xil treninglar o'tayotgan insonlarni hammasi ham o'zlari maslahat berayotgan narsalarni o'z hayotlarida qo'llay olishmagan. Ortiq darajada kimgadir ishonmang, o'z yashash formulangizni yarating. Boshqalar yasab bergan qolipga o'zingizni majburlab tiqmang!
@kitob_ombori
Kecha kechki payt "Ovoz" loyihasini bir sonini ko'rib qoldim.
Unda Qozog'istonlik birodarimiz shoir va yozuvchi Абай Құнанбайұлыning - "Жарқ етпес қара көңілім не қылса да" she'ri asosida qo'shiq kuyladi. Haqiqatda ijroni maromiga yetkazib hakamlarni ham qoyil qoldirdi.
Buni nimasi hayron qolarli deyishingiz mumkin. Menga qiziq tomoni Askar do'stimizni hakamlar bilan suhbati bo'ldi.
Sevara Nazarxon "Siz bilan qaysi tilda suhbatlashamiz? Qozoqchami yoki ruscha qulaymi?" degan savoliga "Sizlar ruscha so'rayveringlar men qozoqcha javob qaytaraman. Bizni umumiy tilimiz turkiy-ku. Tushunaveramiz" degan ma'nodagi gapi bo'ldi.
Shu birgina chiqish men uchun boshqa zabonda so'zlashuvchi o'zbeklarimizni chiqishidan ko'ra meni juda ta'sirlantirdi.
So'nggi paytlarda Qozog'istonda qozoq tilini bilish, rasmiy joylarda ham xalqaro minbarlarda ham qozoqcha gapirishga hukumat darajasida katta ahamiyat berilmoqda.
Qo'shnilarimizni o'z tiliga nisbatan jiddiy e'tibor qaratishlari 2015-yildayoq ko'rina boshlagan edi. O'sha yili sentabr oyida BMT ning 70-assambleyasida Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT minbarida turib o'z nutqini qozoq tilida gapira boshlaydi. Bir necha daqiqadan so'ng kotib uning tilini tushunmayotganini hamda sinxron tarjimon topilgunicha nutqini biroz to'xtab turishini so'ragan edi.
Ha, yana bir narsa. "Ovoz"da chiqqan Asker Mukiyatdan Sevaraxon: "Endi qaysi ustoz bilan ishlashni tanlaysiz?" deganiga javoban "Er odam erkak bilan ishlagani durustda" degan javobi esa dasturni men uchun kulminatsion nuqatasi bo'ldi.
Ha, shu birgina odam butun boshli xalqqa chiroyli "dars" berib ketdi.
Videoni mana bu link bilan ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/wuboQ2MouaE?si=aoRdBYeOdMKUu3e5
@kitob_ombori
Shu kunlarda oʻzbek tili izohli lugʻatining veb-sayti ishga tushirilibdi. izohli.uz – ushbu elektron resursda o‘tgan yili nashr etilgan 6 jilddan iborat O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.
Sayt sinov tartibida ishlamoqda.
@kitob_ombori