kitob_ombori | Unsorted

Telegram-канал kitob_ombori - Kitoblar ombori (blog)

14209

Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Subscribe to a channel

Kitoblar ombori (blog)

Bir necha kun avval anonimchat oʻtkazgan edik.
Bir necha yuz insonlar turli hil mavzularda savollar yozishdi. Koʻpiga javob yozdim, qanchadir qismiga esa javob bera olmadim. Ammo umumiy savollarga bir qilib ushbu postni yozyapman.

Baxt

-Baxtsizman

-Hayotingizdagi biror narsani o‘zgartiring. Yoki o‘zingizni o‘zgartiring.

-Nimani o‘zgartirishim kerak?

-Istalgan narsani. Birortasini tanlang va harakat qilishni boshlang.

-Boshim aylanyapti.

-Chuqur nafas oling. Dastlab nazorat qilish imkoni bo‘lgan narsadan boshlang.

-Balki pulim ko‘proq bo‘lsa, o‘zimni baxtliroq his qilarman?

-Ha, biroq qaysidir darajada.

-Puldan ham muhim narsa bormi?

-Biz uchun qadrli bo‘lgan kishilar bilan o‘tkazilgan vaqt. Biz uchun muhim bo‘lgan narsalarga sarflangan vaqt. Yodingizda bo‘lsin, o‘tib ketgan vaqtni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

Vaqt haqida

-Vaqtim hech narsaga yetmaydi.

-Demak, ustuvorliklar noto‘g‘ri belgilangan.

-Biroq ulgurish kerak bo‘lgan ishlar shu darajada ko‘pki.

-Kamroq vazifani bajaring. Ko‘proq “yo‘q” deng.

-Biroq bajarishga majburman...

-Agar biror taklifga darhol “Ha, albatta!” deb javob bergingiz kelmasa, “Yo‘q” deng.

-Biroq agar “Yo‘q” desam xafa bo‘lishlari mumkin.

-Bu sizga taalluqli emas. Irodangizga qarshi borgandan ko‘ra rad etish yaxshiroq.

-Biroq hozir ayni payti emas.

-Ayni paytning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Agar doim kutsangiz, hech narsa qilolmaysiz. Keyin esa oldinroq boshlamagan ekanman, deya o‘zingizni ayblaysiz.

Munosabatlar haqida

-O‘zgalarda qanday qilib yaxshi taassurot uyg‘otish mumkin?

-Ko‘zlariga boqing. Tabassum qiling. Asta-sekinlik bilan gapiring.O‘zingizga ishoning. Tartibli kiyining.

-Uni uchrashuvga taklif qilsam bo‘larmikan?

-Ha.

-Agar rad etsa, nima bo‘ladi?

-Hech narsa yo‘qotmaysiz, biroq buni amalga oshirmaganingiz uchun keyin o‘zingizni ayblaysiz.

-Nima deyman?

-Salom, sen juda chiroyli, qiziqarli insonsan. Mening ismim... Seni bir finjon qahva bilan mehmon qilsam bo‘ladimi?

-Munosabatlarimiz murakkab.

-Ajraling!

-Biroq bundan yaxshiroq insonni uchratmasam nima bo‘ladi?

-Ertaga sizni avtobus urib yuborsa nima bo‘ladi?

-Meni tashlab ketishdi, yuragim tilka-pora bo‘ldi.

-Biroq hali ham urishda davom etmoqda. Demak, hali hamma narsa yo‘qotilgani yo‘q.

Endi nima qilish kerak?

-Bularning bari shu qadar mushkulki...

-Bilamiz! Agar bari shu qadar oson bo‘lganida, siz allaqachon baxtli bo‘lardingiz.

-Biroq qo‘limdan kelmaydi...

-O‘zingizni bu kabi fikrlar bilan cheklashni bas qiling. Biror narsani bajarib ko‘rmaguncha uning uddasidan chiqa olmaysiz.

-Bularning bari menga baribir yordam bermaydi.

-Hozir qanday yashayotgan bo‘lsangiz, ana shunday yashashda davom eting.

-Men o‘zimning hozirgi hayotimdan noroziman.

-Agar doimiy ravishda bir xil ish qilinsa, natija ham o‘zgarmay qolaveradi. Biz yo rivojlanamiz va o‘zgaramiz, yoki o‘lamiz.

-Qachon boshlash kerak?

-Hozirning o‘zida!

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kitob oʻqishni odat qilish uchun, hajman kattaroq postni oʻqish va uzunroq podkastlarni koʻrish/tinglash ham katta samara beradi.
Ikki enli iqtibos, bir necha daqiqalik reels va videolarni davomli koʻraverish, odamda diqqat yetishmovchiligi, xotirani susayishi, tahlil qila olmaslik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Qayta eshitishli mood

Shunaqa musiqa boʻlsa ulashib ketinglar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men doimo tinchlik tarafdori bo'lganman. Har qanday vaziyatdan ham pozitiv narsalarni ko'rishga harakat qilaman. AsaxiyBooks hodimasi tomonidan sodir bo'lgan holat bu brend uchun yana bir bor ogohlik qo'ng'irog'ini chalgan bo'lsa ne ajab.

Bizning kichkinagina kitobxonlar jamiyatimizdagi har bir insonga kafolat berib aytamanki kitob blog yuritishdan hech qanday moddiy manfaat ko'zlanmagan. Har birimiz bu yo'nalishda, kitob o'qishni sevganimiz, o'qiganlarimiz ustida fikr yuritish va ularni o'zimiz kabi kitobxon do'stlarimizga ulashish uchun faoliyat yurityapmiz.

O'ylaymanki bu kabi uyatli holatlar kelajakda boshqa yuz bermaydi. Zero, ziyolilar qatlamida bunday ziddiyatlar bo'lishi juda ham uyatli ish.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Hech kimni sevmaslikka harakat qiling shunda hamma sizni yaxshi ko'radi. Voqeliklarga beparvodek munosabatda bo‘ling, odamlar shunda sizga qoyil qolishadi. Hamma narsa aslida juda oddiy - odamlar yaxshi munosabatlarni qadrlamaydilar.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Men uchrashuvda

Ayam topgan qiz:
-Mengacha koʻp qizlar bilan gaplashgan boʻlsangiz kerak a?

-Aldab nima qildim. Ha, ilk bor Raʼnoni sevganman, Zebiga achinganman, Klarissiyadan erta ayrilganman, Pat ham meni tashlab ketgan, Nastenka naqadar begʻubor edi ammo bevafolik qildi, Ruf bilan esa taqdirlarimiz hech kesishmagan.

Ertasi kuni qiz tomondagilarni gapi:

-Bizni bunaqa babnik bolaga beradigan qizimiz yoʻq!

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Кўп ўйга толиш - мавжуд бўлмаган муаммоларни пайдо қилиш санъатидир.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bir marta koʻzimiz boʻldi roʻbaroʻ -
Fasllar chalkashib, aqldan  ozdi.
Goʻyoki  hayitlik olgan boladek
Bulutlar oʻzini  yoʻqotayozdi.

Nogahon tiriklik isini tuydim,
Umrim – lahzalarning qoʻlida qarta.
Yulduzlar suyunchi oladi Arshdan,
Meni oʻylasangiz agar bir marta.

Togʻlar termuladi chordana qurib,
Ularning taqdiri bogʻliqdir sizga.
Ming  yilga uzaydi dunyoning umri,
Bir marta sevaman deganingizga.

Ummonlar chayqalib oʻqiydi takbir,
Ming yilda tangrining bir koʻngli toʻldi.
Oling, shu dunyoni men sizga berdim,
Labingiz bir marta entiksa boʻldi...

Shuhrat Orif

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Bugun maktab paytida ishlatgan 3110 telefonim topib oldim. Ichi to'la nostalgiya videolar, rasmlar, musiqalar... Xullas maktab davrlari eslab yengil o'rtandim.

Keling bir maktab davrlarni eslashamiz. Masalan sizni esingizda qolgan iboralarni yozib keting.
Meni esimda qolganlari:

"Bugun birinchi soatdan keyin kontrga o'tamizmi?"
"Ertaga birinchi soat jis tar. Ertaroq kelovr, darsgacha to'p tepib turamiz"
"matemdan MSNI bor ekan, Halil yaxshiroq tayyorlanib kel"

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kir yuvish bilan shug'ullangan "Dahshatlar qiroli"

Yoshligida Stiven King xotini va uch farzandini boqish uchun kir yuvish fabrikasida ishlagan. Vaqt o‘tishi bilan mashhur bo‘lib ketgan kitoblarining bir qismini u, ishdagi tanaffuslarda yozgan.

P.S: Yana qaysi yozuvchi kirxonada ishlagan desam osonlik bilan topsangiz kerak a Martin Idenchilar? 🤓

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Misrlik 10 yoshli Maryam yoshlar o‘rtasida yugurish marafoni haqida eshitib, unda ishtrok etishga qaror qiladi. Biroq ishtirokchi marafongga qatnashishi uchun 200 funt to‘lashi shart edi. Buncha miqdordagi pul esa Maryamda yo'q. Tashkilotchilar o‘n yoshli qiz nima ham qila olardi deb uni marafonda ishtirok etishiga ruhsat beradilar.

Shundan so'ng yana muammo tug‘iladi.
Maryamning yugurishi uchun oyoq kiyimi ham yo'q edi. Tashkilotchilar uning yalangoyoq yugurishiga ham ruhsat berishdi. Xullas qizcha marafonda qatnashdi. U yalangoyoq holda har kuni salfetka sotib yuradigan masofani yarimini ham bosib o‘tmadi. Lekin marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Gʻaflatda qolmaylik

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Gul deganing nima sening?
Uch-to‘rt tikon, biroz yaproq,
Nedur sen sevgan bu hayot?
Uch-to‘rt nafas, so‘ngra tuproq.

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

👋 Assalamu Alaykum.

🕐 Bilasizmi? Eng og'ir yoqotishlardan biri vaqtni yoqotishdir. Insonga berilgan eng ulug' ne'mat vaqtdir, albatta!

🙂 Shunday ekan, vaqtingizni bekor o'tkazmang. Siz uchun yangi ochilgan manfaatli blog @muhammadomon_blog .

😇 Muhammad Omon sizlarni o'z sahifasida kutmoqda. Kitobxonlar va kitob sevuvchilar kiringlar, suhbatlashamiz.

🎁 Aytgancha, bu blogda kitobxonlar uchun kitob hadiyalari ham amalga oshiriladi.

💬 @muhammadomon_blog

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Iyun tonglari, iyul kunlari, avgust oqshomlari - barchasi o‘tdi ketdi. Ular endi qaytib kelmaydi va bu yoz faqat xotiralarda qoldi. Endi oldinda uzun kuz, oppoq qish, salqin yashil bahor turibdi. Shu vaqt mobaynida o‘tgan yozni mulohaza qilib, xulosa chiqarish kerak.

Rey Bredberi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Mono Liza (yana bir nomi Jokonda) jahon tasviriy san'atida o'ziga hos bo'lgan bebaho asar. Leonardo Da Vinchi ushbu suratni juda uzoq vaqt davomida chizgan va uni doimo o'zining yonida olib yurgan. Ayrim manbaalarda keltirilishicha Mono Lizani birgina tabassumini chizish uchun buyuk olim bir necha yillar vaqt sarflagan deyiladi. Ha, bu surat haqiqatan insoniyat yaratgan shoh asarlardan biri. Ammo tasviriy san'at birgina insondan iborat emas. Bu yo'nalishda o'zining falsafasi va uslubiga ega ko'zga ko'ringan yana ko'plab ijodkorlar bor.

Ushbu videoda Mono Liza portreti boshqa rassomlar uslubida chizilganda qanday ko'rinishda bo'lishi aks etgan.

Ho'sh, sizga kimning uslubidagi Jokonda ko'proq yoqdi?

#sanat

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ikki narsa bizni dono qiladi: o'qigan kitoblarimiz va tanishgan odamlarimiz.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

ЁШИМ 25 ДА БЎЛГАНИДА

"25 ёш бўлиб қолганингизда нима қилган бўлар эдингиз?", деган маънода савол бўлган эди.. Жуда ажойиб ва қийин савол... 20-26 гача бўлган давр бир тарафдан "ҳали ҳаммаси олдинда" вақти, бошқа тарафдан соғлиқ яхшилиги ва мия ўткирлиги бўлган олтин давр. Гапни чўзмай ўзимни ҳозирги ёшлар ўринга қўйиб фикр юритиб кўраман:

1. Нима қилиб бўлса ҳам мамлакатнинг пойтахти ёки дунёнинг катта шахарларидан бирига кетишга интилган бўлардим. Бу "сурвориш керак" ҳақида эмас, балки ўзи учун касбини топиш ва қобилиятларини ўзи учун намоён қилиш имкониятлари мавжуд бўлган жой топиш ҳақида (ҳозир интернет тезлиги жуда муҳим омил!).

2. Инглиз тилини бу ёшда эркин китоб ўқий оладиган, ўз фикрларини оғзаки ва ёзма баён қила оладиган даражада етказиб олишга интилар эдим

3. Рус тилини яхшилаш имконияти бўлган жой бўлса, албатта бундан фойдаланган бўлардим

4. Ўзбек тилининг лотин, кирилл ва араб алифболарида бемалол ўқийдиган қилиб ўрганиб олган бўлардим

5. Нимага лаёқатим, қобилиятларим борлигини ошкор қилишда қаттиқ тиришар эдим. Қобилиятим бор ва қалбимга ёқадиган соҳани топиб, унинг устида қаттиқ ишлаш йўлларини ахтарар эдим

6. Ҳафтасига икки ёки учта қалин китоб ва 10та мақола ўқиган бўлар эдим. Бунинг учун ўз рўйҳатим бўлиб, бир қисми касбимга таалуқли, иккинчиси бадиий асар, учинчиси руҳни тарбия қилувчи китоб бўлиши мумкин. Албатта, ҳар ҳафта адабиёт жанрларини ўзгартириб туриш мумкин

7. Бекорчи "улфатлардан" кескин узоқлашиб, бекорчи ишлар, урф одатларга тортувчи "ақлли" маҳалладош ва "ўртоқларга" ташимда "хўп, ака" деб, ичимда "why don’t you just ffff…ade away!" деган бўлардим ва амалга оширган бўлардим.

8. Тадбиркорлик билан шуғулланиб кўрардим. Хатолар ва ютқазишлар бўлади, улардан кўп ўгит олган бўлардим.

9. Қулай фурсат чиқиши билан мамлакат ичида ёки ташқарисида саёҳатга чиқиб турган бўлар эдим.

10. Ҳар куни фикр ва кузатишларимни кундалик тутиб ёзиб юрган бўлардим.

11. Веб-дизайн асосларини ўрганиб, ўзим қизиққан мавзуларда сайтлар ясаган бўлардим. Оддий дастурлаш асосларини ўрганган бўлардим.

12. Нутқ санъати, ёзиш кўникмалари, тадбиркорлик мавзуларида кўпгина курсаларга қатнаб юрган бўлардим.

13. Фото ва видеога тушириш техникасини яхшилаб ўзлаштирган бўлардим. График ва видео редакоторларини ўзлаштириб олган бўлардим. Булар ҳар қандай касб учун жуда керакли кўникмалардир!

14. Асосан ақлли, тажрибали инсонлар билан суҳбатлашган бўлардим.

15. Телевизорни умуман ёқмасдим

16. Аҳмоқ ва сафсатавозлар билан иложи борича ўтирмасдим. Умуман яқинлашмаган бўлардим.

17. Ишга кирадиган бўлсам, кўп нарса ўрганса бўладиган, ўзимга ёқадиган ишни танлар эдим, маоши камроқ бўлса ҳам. Асосий мақсад ҳаёт тажрибаси ва билим бўлиши керак. Аммо ойлик кам дегани ойига 100 доллар эмас! Бу инсон устидан ҳақорат.

18. Инглиз, рус тилларидан ташқари яна бир хорижий тил ўргана бошлардим.

19. www.coursera.org сайтида менга қизиқишим ва қобилиятларимга мос турли онлайн курсаларни ўтаб қўйган бўлардим.

20. Резюме ёзишни ўрганиб, ҳар ой такомиллаштириб юрган бўлардим.

21. Ишхона, маҳалла, оилада турли ғийбат фитналардан ўзимни катта масофада сақлаган бўлардим.

22. Бу ёшда қизиққонлик, эҳтиросларга берилиш кучли бўлади. Шуни англаб, қабул қилиб, уларни жиловда ушлаш устида ишлаган бўлардим.

23. Кўп ютуқлар билим, ақл, меҳнат ва сабр бирлашганда етилишини яхшилаб ўзлаштирган бўлар эдим.

24. Ҳаром топиш, бировлар ҳаққига тажовузкорлик ва бошқалар устидан зўравонлик йўлларидан ҳазар қилган бўлар эдим

25. Ишларимда маслаҳатлашган, шу билан бирга маслаҳатларга танқидий назар билан қараган бўлардим. Режаларимда ақл билан ёндашган, шу билан бирга хато қилишдан қўрқмаган бўлардим.. Ва албатта барча ишларимда Аллоҳга сиғиниб, унгагина таваккал қилган бўлардим.


Бу ҳақда қанча кўп ўйласам, фикр кўп келаверар экан. Шу жойда тўхтаган афзал. : )

PS. Линкдаги Gary Vaynerchuk, америкалик тадбиркор ва инвестор, ёшларга кўп амалий маслахатлар беради.

https://www.youtube.com/watch?v=miUNhEglBCo

09.12.2018

#devonanolitegi
#savoljavoblar
Манба: @subnazar

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

​​Kitob o‘qishni yoqtirib qolishingiz uchun 3 tavsiya

Kitob o‘qish dunyoqarashni kengaytiradi, tasavvurni rivojlantiradi, notiqlik qobilyati va xotirani kuchaytiradi. Shuningdek, so‘z boyligini oshiradi, charchoqni chiqaradi, hatto ba’zi olimlarning aytishicha, yoshlikni saqlab qolishga ham yordam beradi.

Siz kitob o‘qishni yoqtirmaysiz, ammo adabiyot olamiga yaqinlashmoqchisiz? Ishni nimadan boshlashni bilmaysizmi? Unday bo‘lsa, mana sizga 3 ta tavsiya:🤓

1. Atrofingizni “o‘qiydigan” odamlar bilan qurshab oling.

Ularga “yetib olish”ga harakat qilasiz, chunki ular bilan suhbatda gap nimadaligini tushunmasangiz, keyin o‘zingizni noqulay his qilishingiz, tabiiy. Bu noqulaylikdan xalos bo‘lish uchun kitobga qanday qo‘l uzatganingizni bilmay qolasiz. Biz kimlar bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshashni boshlaymiz. Atrofingizdagi muhitni tanlang – qanchalik o‘zgacha bo‘lmang – muhit baribir sizga ta’sir qiladi. Muhimi, “o‘qiydigan” do‘stlaringiz ijtimoiy tarmoqlardagi “lenta”, yangiliklar va bloglar bilan cheklanib qolmaydigan, adabiyotga rostdan ham qiziqadigan odamlar bo‘lsin. 

2. Qiziqqan narsangiz bilan kitoblarni bog‘lang

Masalan, agar kinoman bo‘lsangiz – o‘zingizga yoqqan filmlar janridagi kitoblarni tanlab o‘qing. Agar meloman – musiqa tinglashni yaxshi ko‘ruvchi bo‘lsangiz, avvalo, sevimli musiqachilaringiz biografiyasini, musiqiy janrlar yoki musiqiy asboblar tarixini o‘qib chiqing. Kitobga qanday sho‘ng‘ib ketganingizni bilmay qolasiz. Agar siz sportchi bo‘lsangizchi? Sport bilan bog‘liq kitoblar ham oz emas. Bugun istalgan mavzudagi kitobni topish qiyin bo‘lmay qoldi. 

3. Muhimi, qulay va yoqimli muhit yarating.

Kitob o‘qiyotgan joyingiz maksimal darajada qulay bo‘lsin. Ehtimol, bu balkondagi kreslodir. Balki bir finjon qahva yoki uyqu oldidan karavotda 15 daqiqa yotib kitob o‘qishni istarsiz. Muhimi, sizni televizor, telefon kabi chalg‘ituvchi omillar bo‘lmasin. Yaqinlaringizni nima bilandir band qiling, itingiz yoki mushugingizni ovqatlantiring va sokinlik lahzalaridan kitob bilan birga bahra oling.

#foydali

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

ёлғиз овқатлан. ёлғиз кинога бор. ёлғиз тўйга, туғилган кунларга бор. ёлғизликдан лаззатланишни ўрган. шунда умрингни ёлғизликдан қутулиш учун кимларнидир кутишга сарфлаб юбормайсан.

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

"ЕНГИЛТAК"

— Нима бўлди, қиз билан кўришдингми, маъқулми?
— Қўйсангиз-чи, бўлмайди унингиз. Мендан олдин жуда кўп йигитлар билан гаплашган экан: Отабекка ачинаман, Aнвар мард эди, Евгений бевафо эди, Печориндан нафратланаман... - дейди. Ғирт енгилтак қиз экан!

@mittihaqiqatlar

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

«Dunyoda oq ayiqlar qirilib ketmoqda!»
«Biz global issiqlik tomon ketyapmiz! Sayyoramizni asrang!»
«Oziq ovqat inqirozi ostonasida turibmiz!»
«Ayollarni huquqlarini kengaytiring» kabi va hokazo ommaviy davatlarni deyarli har kuni eshitish odatiy holga aylanib qolmoqda. Odamlar mana shunday shiorlar bilan ommaviy noroziliklar qilishadi. Bir maqsad yo‘lida birlashishadi.

Ammo hech kim «Ey insonlar, bir-biringizga mehribonroq bo‘linglar. Ota-onangizga shafqat ko‘rsatinglar. Sizga ishonganlarga xiyonat qilmanglar. Oilangizni doimo muhofaza qilinglar. Farzandlaringizni tarbiyasiga, ilm olishiga e'tibor bo‘linglar. Ularni tirik yetim holatiga qoldirmaslik uchun ajrashmanglar!» demaydi. Asl muammolarni negizi qolib, uning oqibatlari bilan kurashaveramiz-kurashaveramiz. Natija esa afsuski o‘zgarmaydi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Агар сенда кучли зеҳн ва аччиқ хотиралар бўлса, сен ер юзидаги бахтсиз инсонлардан бири экансан.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Niyatingizni to‘g‘rilab oling

Oldinlari bir kishining ko‘zidan (xushu’, Allohning zikri tufayli) yosh chiqsa, yonidagilar ko‘rmasligi uchun bosh kiyimini quyiroq tushirib olar edi. Hozir esa kameralar oldida turib yig‘lashadi...

Oldinlari bir kishi umraga borib, qaytib kelar, lekin bundan hech kimning xabari bo‘lmas edi. Hozir esa Ka’baning atrofida tavof qilayotganini hammaga ko‘z-ko‘z qilishadi...

Oldinlari bir kishi tunlari namoz o‘qib, to‘shagiga qaytib yotib olar, ba’zida bu holni yonida yotgan ayoli ham bilmay qolar edi. Hozir esa tunning oxirgi uchdan bir qismida uyg‘oq ekanliklarini bildirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda duolar qilishadi...

Oldinlari bir talaba dars asnosida professordan tahorat olishga ruxsat so‘rab, tashqariga chiqib ketar, aslida esa bu vaqtda zuho namozini o‘qib olar edi. Hozir Tvitter va Feysbukda Zuho namozini o‘qimoqchiligi haqida jar solishadi...

Diqqat qiling! Riyo ba’zida boshqalarga eslatma qilish bilan ham paydo bo‘ladi.

Oldinlari Ramazon oyi kirishi bilan kishi ibodatlarini ko‘paytirish uchun do‘stlaridan o‘zini chetga tortar, lekin buni o‘zgalarga sezdirmas edi. Hozir esa "Ramazonda ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlarni tark etmoqchiman", deb e’lon berishadi. Indamasdan ketish mumkin emasmi?!

Avvallari kishi niyatini xolis qilar, biron ibodati oshkor bo‘lib qolsa, o‘z nafsini malomat qilar edi. Hozir esa bir kishi nima qilayotganini qolganlar bilib turadi...

Salaflar tunda nimanidir ko‘rganlari haqida gapirib qolishsa, ortidan "Men namoz o‘qimayotgandim. Shunchaki, bir hasharot chaqib olganidan uxlay olmadim", deb qo‘yishardi...

Ayyub Saxtiyoniy: "Banda mashhurlikni yaxshi ko‘rar ekan, hech ham rostgo‘y bo‘la olmaydi", degan.

Hammod ibn Zayd aytadi: "Ayyub (Saxtiyoniy) bir majlisda o‘tirganida ibratli gap eshitsa, (ko‘zyoshini bildirmaslik uchun) burnini qayta-qayta tortib, "Shamollash buncha ham qattiq bo‘lmasa", der edi.

Imom Ahmadga "Hadislarni Alloh uchun jamladingiz-da", deyishdi. Imom: "Alloh uchun", desak, U bundan behojat. Aksincha, shu ishni yaxshi ko‘rganimiz uchun qildik", deb javob berardi.

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuzni nima kitobni o'qish bilan boshladinglar?

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

*   *   *
Kuzak xonamgacha bostirib keldi.
Tashqariga chiqdim.
Xazondan qochib.
Umrim tugayapti.
Kelgin.
Kel endi.
Yov yenggan shaharday yuragim ochiq.

Kuz bog‘lar boshiga ne ish solmadi,
Ana, daraxtlarning so‘ngaklari - cho‘p…
Senga aytadigan so‘zim qolmadi,
Senga aytadigan jimliklarim ko‘p…

Usmon  Azim

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Ish haqqingizni ololmayapsizmi?
Uni undirishni Mayakovskiydan oʻrganing!


Vladimir Mayakovskiy nafaqat buyuk shoir, balki favqulotda muammoli vaziyatlarni ham noodatiy ravishda hal qilishni biladigan odam edi.

Bunday holatlardan biri Gosizdateda sodir bo‘lgan.

Mayakovskiy oʻzi ishlaydigan muassasa bosh buxgalterining oldiga bir necha bor kelib, qilgan ishi uchun maoshini berishlarini talab qiladi. Ammo har safar buxgalterning "keyingi juma kuni olasiz" degan vaʼdasini olib qaytib ketar, lekin ha deganda to'lov kechikaverardi.
Tabiatan qiziqqon Mayakovskiy bunday vaziyatga ortiq chiday olmadi va vaziyatga boshqacha yondashishga ahd qildi.

U buxgalterning oldiga yana ish haqini soʻrab keldi, javob ham doimgidek "kelasi juma" boʻldi. Ammo shoir bu safar shunchaki ketmadi. U avval xotirjamlik bilan kurtkasini yechdi, yenglarini shimardi va oʻzining pullarini olmaguncha bosh buxgalterning kabinetida raqsga tushishini aytdi.

Tabiiyki bosh buxgalter uni gapini jiddiy qabul qilmadi, lekin Mayakovskiy parket pol ustida raqsga tusha boshlaganini koʻrgandan soʻng vaziyat jiddiyligini tushuna boshladi.

Mayakovskiy shu darajada berilib raqsga tushar ediki, uning harakatlaridan pollar gʻichirlar, lampalar likillar va butun xona silkinardi. Shoirning yuzidagi qatʼiy ifodadan koʻrinib turardiki, u bu ishni ancha vaqt davom ettirishga tayyor.

Bir necha daqiqalik "maosh raqsi"dan so‘ng bosh hisobchi taslim bo‘ldi. U ofisga yangi bir dasta pul bilan qaytib keldi va uni darhol Mayakovskiyga berdi.

Bu postni oyligini ola olmayotgan doʻstlaringizga joʻnatib qoʻying😉

#qiziqarli

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Kuz - o‘lim to‘shagida yotgan bemorga o‘xshaydi. Oyoq ostida  kasalmand hazonlar ingraydi. Erta bahordan bo‘tana bo‘lib shosha-pisha qirg‘og‘iga sig‘may oqqan ariqlar tiniqlashadi. Shuncha urinishlari zoe ketganini tushunib, olamga ma'yus boqadi... Yer-u ko‘kni oppoq kafandek tuman chulg‘aydi. Erta-indin osmonga motam libosini kiygan bulutlar chiqadi. Yer ustida uzoq charx uradi-da, achchiq-achchiq ko‘z yosh to‘kadi... Sim-sim yomg‘ir yog‘adi. To‘rt kunlik umrida dunyoga sig‘magan, oxir-oqibat jon taslim etgan tabiatga aza ochib, unsiz yig‘laydi.

O‘.Hoshimov "Tushda kechgan umrlar"

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

Tajribalarimdan shuni bildimki, agar odamlar sizga qarshi biror narsa qilsalar, bu oxir-oqibat sizga foyda keltiradi.

Indira Gandi

@kitob_ombori

Читать полностью…

Kitoblar ombori (blog)

-Sentyabrda oʻqish uchun kitoblaring bormi?

-Menda bu borada muammo yoʻq
Umuman yoʻq 🥲

@kitob_ombori

Читать полностью…
Subscribe to a channel